Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal February, 2023
139
II. AXBOROTLASHTIRISH OBYEKTINI ATTESTATSIYALASH
Kiber tahdidlar va uning natijasida yuzaga keluvchi talofatlarni oldini olishning
samarali yechimlaridan biri bu axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyalashdan
iboratdir.
“Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 8 iyuldagi PQ-1572-
son qarori va Vazirlar Mahkamsining 2011 yil 7 noyabrdagi 296-son qarori bilan
tasdiqlangan tartibga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat xaxfsizlik xizmati
(avvalgi nomi Milliy xaxfsizlik xizmati) tomonida axborotlashtirish obyektlarini
attesatsiyadan o‘tkazishga doir ishlarning muyyan turlarini amalga oshirish uchun turli
mulkchilik shaklidagi tashkilotlarga ruxsatnomalar beradi. Albatta faqat ma’lum
talablarga muvofiq bo‘lgandagina[1]. Hozirda mamlakatimizda axborotlashtirish
obyektlarining maxfiy ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlash talablariga muvofiqligini
attesatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisining 2014 yil
1 maydagi 47-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan axborotlashtirish obyektlarini
attesatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi na’munaviy nizomga asosan amalga
oshiriladi.
Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha attestatsiyalash sinovlarini
o‘tkazish va attestatsiyalash xizmatini ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan axborotlashtirish
obyektlarining turlari va ro‘yxati Davlat xaxfsizlik xizmati tomonidan belgilangan.
Axborotlashtirish obyektlariga quyidagilar kiradi:
• turli darajadagi va maqsadlardagi avtomatlashtirilgan tizimlar (axborot tizimlari)
(axborotlashtirish vositalari va tizimlari);
• aloqa tizimlari, ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish
(axborotlashtirish vositalari va tizimlari);
• xizmat ko‘rsatish va ko‘paytirish tizimlari (axborotlashtirish vositalari va tizimlari
bilan jihozlangan binolar);
• maxfiy muzokaralar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan binolar va inshootlar (himoya
qilinadigan binolar).
Obyektni attestatsiyalash jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
• axborot oqib chiqishining potentsial kanallarini aniqlash uchun muhandislik tahlili;
• axborotni muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy-ma’muriy hujjatlarning yetarliligi va
to‘liqligini tekshirish;
• axborotlashtirish obyektini maxsus nazorat-o‘lchov vositalaridan foydalangan holda
instrumental tekshirish va axborotlashtirish obyektida qayta ishlangan himoyalangan
axborotning texnik kanallar orqali chiqishi bo‘yicha xavfsizligini baholash;
• axborotlashtirish obyektining axborotga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish bo‘yicha
xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash.
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiya sinovlarini o‘tkazishning umumlashtirilgan
sxemasi 1-rasmdagi sxemada ko‘rsatilgan.
|