723
“Young Scientist” . # 23 (313) . June 2020
Young Scientist O’zbekiston
Young Scientist O’zbekiston
М ОЛ ОД О Й У Ч Е Н Ы Й O’ Z B E K I S TON
Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA
texnologiyasini qo’llash
Zaripov Fazilbek Maxsetovich, assistent;
Begjanova Ziybagul Tajetdinovna, assistent;
Geldibaev Begench Egendurdiyevich, magistrant
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali (O’zbekiston)
Maqolada dars jadvali veb-ilovasida progressive web application texnologiyasini qo’llash masalasiga bag’ishlanadi.
Kali so’zlar: pwa, web, web-app, php.
Применение технологий PWA в веб приложениях для повышения эффективности
использования на мобильных устройствах
Зарипов Фазилбек Махсетович, ассистент;
Бегжанова Зийбагул Тажетдиновна, ассистент;
Гелдибаев Бегенч Егендурдиевич, студент магистратуры
Ташкентский университет информационных технологий, Нукусский филиал (Узбекистан)
В статье рассматривается использование технологий PWA в веб-приложении расписания уроков.
Ключевые слова: pwa, web, web-app, php.
D
asturchilar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar
orasida mobil operatsion tizimlar uchun ilovalar ishlab
chiqishga bo‘lgan qiziqish va talab kundan kunga ortib
bormoqda. Mobil ilovalarni yaratish imkonini beruvchi
yondashuvlar va qurollarning esa turlari tobora ko‘paymoqda.
Hozirgi vaqtda smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va shu kabi
turli qurulmalarning judayam ommalashishi bilan internetda
oʻzining veb saytiga ega boʻlgan deyarli barcha tashkilotlar
va ommaviy saytlar egalari, foydalanuvchilar ularning
resurslaridan foydalanishi qulay boʻlishi uchun android,
iOS platformalariga moʻljallangan maxsus ilovalarni ishlab
chiqishadi va shu bilan foydalanuvchilar uchun birqancha
qulayliklarni yaratishadi.
Bugungi kundagi o’tkazilgan tahlillarga qaraganda mobil
ilovalarga qaraganda web-ilovalarga talab kuchaymoqda.
Buni statistik ma’lumotlarda ko’rishimiz mumkin. comScore
saytining oʻtkazgan statistik tahlilining natijalariga koʻra
foydalanuvchilarning 65,5 foizi bir oy davomida umuman
hech qanaqa mobil ilovani yuklashmagan, ularning ozgina
qismigina bir oy davomida 2 yoki 3 ta ilovani yuklab olishgan.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, mobil ilovalarga bo’lgan
qiziqish web ilovalarga qaraganda juda past. Bundan tashqari
tahlillar oʻtkazish bilan shugʻullanadigan Recode saytining
ma’lumotlariga qaraganda foydalanuvchilar tomonidan
ilovalarni deinstalyatsiya qilinishi oʻrnatilishiga qaraganda
yildan yilga ortib bormoqda. Tasavvur qiling sizning saytingizdan
foydalanuvchi oddiy ilova kabi foydalanishi mumkin. Ya’ni
uni oʻzining xohlagan qurulmasiga oʻrnatishi, xabarlar olishi
va hattoki undan internet bilan boʻgʻlanish boʻlmaganda
ham foydalanishi mumkin. Mana shu imkoniyatlarni Google
tomonidan taqdim etilgan yangi va zamonaviy texnologiyasi
toʻliq yaratib beradi [3].
Bu texnologiya Progressive Web Apps (PWA) deb nomlangan
boʻlib progressiv veb ilova deb aytish mumkin. Veb sayt yoki veb
ilovani yaratish, qoʻllab-quvvatlash yoki mukammallashtirish
ishlari bilan shugʻullanadigan har qanday dasturchi PWA dan
foydalanishi mumkin. Sababi PWA dan foydalanish veb saytning
sifatini yaxshilaydi, konversiyasini va foydalanuvchilari sonini
oshirish imkonini beradi va eng asosiysi mobil platforma
egalarining veb ilovalardan foydalanishi uchun qulayliklar
yaratadi. Ushbu maqola aynan shu PWA texnologiyasini
veb-ilovalarda qo’llanishga ba’gishlanadi. Maqolada ta’lim
muassasalarida dars jadvali veb-ilovasida PWA texnologiyasini
qo’llash yoritib beriladi.
|