Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tuproq namunalari va monolitlarini olish texnikasi



бет4/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproq namunalari va monolitlarini olish texnikasi.


Tuproqni tahlilga tayyorlash. Tuproqniing-gigroskopik namligi aniqlash.
Turli laboratoriya tahlillarini o’tkazish va tuproqlarning tuzilishini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun odatda dala sharoitida tuproq namunalari va monolitlari olinadi. Bu maqsadda tuproq chuqurlari (razrezlari) deb ataluvchi maxsus chuqurlar kavlanadi. Chuqurlar uch xil bo’ladi: to’liq (asosiy) chuqurlar, yarim chuqurlar va chuqurchalar. Chuqur uchun to’g’ri joy tanlash tuproqlarni tekshirishdagi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Chuqur o’sha tekshirilayotgan joy uchun eng xarakterli bo’lgan uchastkada kavlanishi kerak. Chuqurlar uchun joy kovlab tashlangan yerlardan, kanallar yoki yo’llar yaqinidan, dalalarning mashinalar buriladigan burchaklaridan tanlanishi mumkin emas. Chuqur uchun joy tanlashda avvalo joyning relefi hisobga olinadi. Agar joy tekis bo’lsa, chuqur uning o’rtasidan kavlanadi. qiyalik maydonlarda chuqurlar odatda joyning yuqori, pastki va o’rta qismidan kavlanadi.
Dastlab chuqur uchun joy tanlangan maydonchada uning shakli belgilab olinadi. Buning uchun tuproq betida uzunligi 150-200 sm, eni taxminan 80 sm li to’g’ri burchak chiziladi. Tuproq chuquri faqatgina tuproqning qatlamlarini emas, balki ona jinsning yuqori qismini ham ochib tasvirlash imkonini berishi kerak, shuning uchun uning chuqurligi 125-200 sm, ba’zan undan ham ko’proq bo’lishi lozim. Sizot suvlar va shag’alli qatlam yer betiga yaqin joylashgan yerlarda chuqurlar ancha yuza olinadi.
Tuproq chuqurining tekshiriladigan old devori tik tushgan bo’lishi va ta’riflash chog’ida bu devor mumkin qadar yaxshi yoritilib turilgan bulishi zarur. Chuqurda ishlash qulay bulishi uchun tik devorga qarama-qarshi tomonda zinapoyalar qilinadi (1-rasm). Chuqurdan kavlab olinayotgan tuproq faqat yon tomonlariga chiqarib tashlanadi. Yon tomonlardan biriga chirindili yuqori qatlam, boshqasiga esa chuqurroq qatlamlardan olingan tuproq tashlanadi. Chuqur, tuproqni avvalgi joyi va holatiga ko’ra to’kilib qayta ko’miladi. Tuproq chuquri maxsus forma bo’yicha ta’riflanadi.
Tuproq chuqurini ta’riflash uning qayerda joylashgani (viloyat, tuman, aholi punkti, MMTP, fermer xo’jalik, dala) ni ko’rsatishdan boshlanadi. Shundan so’ng relefga ta’rif berishga o’tiladi (makrorelef, mezorelef, mikrorelef). Chuqur kavlangan joyning mikrorelefi elementlarini ta’riflashga alohida ahamiyat berish zarur. Mikrorelefning asosiy formalari quyidagilardan iborat: mayda tepachalar yoki mayda do’ngliklar, uyumlar ko’rinishidagi nisbatan ko’tarilgan joy formalari (ularning paydo bo’lishi ko’pincha yer kavlovchi umurtqali hayvonlar faoliyati bilan bog’liq bo’ladi); past-balandliklar, botqoqlangan o’tloqlarga xosdir; likobchasimon pasaygan joylar-uncha chuqur bo’lmagan oqovasiz tekis joylar; mikropotyajjinalar – qiyofasi noaniq, uncha chuqur bo’lmagan, egri-bugri kambar pasaygan joylar.



Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет