Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет16/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   164
1-секция

Адабиѐтлар 
1.Джураев Р.Х.,Шегай И.Л. Роль образования в формировании 
гармонично развитого поколения в условиях глобализации эканомики // 
Узлуксиз таълим.-Тошкент, 2013.№6.С.45-48. 
2.Рахимов 
Б.Х. 
Талаба-ѐшларнинг 
тадққотчилик 
қобилиятини 
шакллантиришда мустақил таълимнинг асосий вазифалари. Республика 
илмий-амалий анжумани материаллари. Гулистон. 2011 й. 31-34-б. 
BUXORO AMIRLIGI VA QO‟QON XONLIGINING SIYOSIY 
MUNOSABATLARIDA ZOMIN QAL‟ALARINING TUTGAN O‟RNI 
 
G.Razzoqova - o‟qituvchi, J.Sangirov-talaba 
Jizzax Davlat Pedagogika instituti 
Ashtarxoniylar sulolasining inqirozi natijasida uning o‘rnida Buxoro amirligi 
va Qo‘qon xonligi tashkil topdi. Etnik negizda vujudga kelgan bu davlatlardan biri 


29 
Qo‘qon 1876 yil, Buxoro esa 1920 yilgacha mavjud bo‘ldi. Anashu vaqt davomida 
bu ikki davlatning siyosiy munosabatlari o‘zgaruvchan bo‘lib, deyarli muttasil 
urushlarda o‘tdi. Bu holat esa ularning zavolga yuz tutishiga olib keldi. Bunga bir 
nechta sabablar mavjud bo‘lib, bugungi Zomin tumani hududidagi qal‘a manzillarni 
tadqiq etish, bu ikki davlat siyosiy munosabatlarining sabalarini oydinlashtirishda 
muhum ahamiyat kasb etadi. 
O‘z navbatida Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax bilan bir qatorda Zomin, Pishag‘or, 
Yom, Sovot kabi qal‘alarning Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi siyosiy 
munosabatlaridagi ahamiyatini aniqlashni ikki davrga bo‘lib o‘rganish o‘rinlidir.
Birinchi davr: XVIII asrning boshi, Fozilbiyning otasi Oqbo‘tabiyning ushbu 
viloyatlarga hokimligining boshlanishidan, XIX asrning 20 yillari, Amir Nasrullo 
tomonidan Jizzaxning egallanishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Farqli 
tomoni bu vaqt oralig‘ida ushbu viloyatlarda Fozilbiy va uning avlodlari 
hukumronlik qiladi. ular goh Buxoro amirlari, goh Qo‘qon xonlari bilan yaxshi 
munosabatda bo‘lishga urunib, ushbu hududni mustaqil boshqarishadi. Masalan, 
Fozilbiy dastlab Qo‘qon xoni Abdulkarimbiy bilan yaxshi aloqada 
bo‘ladi.[Muhammad Hakimxon To‘ra: 233] Unga 1741-1745yillarda Qalmoqlarga 
qarshi kurashda yordam beradi.[Mirzo Olim Mahmud Xoji: 7] Lekin, 1750 yilda 
xonlik taxtiga o‘tirgan Erdonabiy bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmaydi.
Fozilbiy 
Buxoro amiri Muhammad Rahimbiy bilan ham bir necha bor jang qiladi. 
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 22-23]
Fozilbiydan so‘ng hokimlikni egallagan 
Xudoyorbiy dastlab Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy bilan yaxshi aloqada bo‘lmay, ikki 
orada, Xo‘jand masalasida, bir necha bor urush bo‘lib o‘tadi. [Mirzo Olim Mahmud 
Xoji: 56]
Lekin, Amir Shohmurod bilan munosabatlari yomonlashgani sababli 
Norbo‘tabiyga nisbatan munosabatini o‘zgartiradi. Xudoyorbiy Buxoro amirligiga 
qarshi kurashda Shahrisabz beklaridan yordam olishga intiladi. Qorabolig‘ 
mavzesida bo‘lgan amir Shomurod bilan jangda Shahrisabzdan hatto amaliy 
yordam keladi.[Muhammad Hakimxon To‘ra: 36]
Xudoyorbiydan so‘ng Bobo 
parvonachi ham Amir Shohmurodga qarshi Norbo‘tabiy bilan yaxshi aloqada 
bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay amir Shohmurod Zominni Mahmudxondan tortib 
olib, Yomni ham egallaydi. [Muhammad Hakimxon To‘ra: 47]
Bobo parvonachi 
jiyani Bekmurodbiy tomonidan 1806 yilda o‘ldiriladi. [Muhammad Hakimxon 
To‘ra: 283]
Bundan foydalangan Amir Haydar Pishag‘or, Zomin, Yom, O‘ratepa 
qal‘alarini egallaydi. Bekmurodbiy hiyla orqali qo‘lga olinib, Bobo parvonachi 
avlodiga topshiriladi.[ Muhammad Hakimxon To‘ra: 51]Bu uzoq davom etmaydi 
tez orada Olimxon O‘ratepani Buxorodan qaytarib oladi va Nekqadan inoqni hokim 
qilib tayinlaydi.
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 288]Lekin, ko‘p o‘tmay bu 
hududlar Fozilbiyning avlodi Mahmudxon qo‘liga o‘tadi. U Amir Haydar bilan 
aloqasini yaxshi qilishga intiladi. Tabiyki, Olimxon bunday vaziyatda viloyatga 
tez-tez yurishlar qilib turadi. Muhammad Hakimxon To‘ra Olimxon butun 
hukumronligi davrida O‘ratepa, Zomin, Jizzax hududlariga jami 12 marta yurish 
qilganligini yozadi.
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 298] 
Mahmudxon va Amir Haydarning munsabatlari o‘zgarishi 1810 yilda Qo‘qon 
taxtiga o‘tirgan Umarxon bilan aloqalarini yaxshilashga intilishiga sabab bo‘ladi. 


30 
Ular birgalikda Pishag‘orni egallab, Jizzaxni qamal qiladi. lekin, egallay olmay 
ortga qaytishadi.
Bundan xabar topgan Amir Haydar Jizzaxga keladi, Peshag`or 
qal‘asini egallaydi va vayron bo`lgan qal‘ani qaytaddan qurdirib, unga 
Xudoyorbiyning ikkinchi o`g`li Muhammad Rahim devonbegini hokim qilib 
tayinlaydi. [Muhammad Hakimxon To‘ra: 341]
Aynan shu voqeadan boshlab 
Pishag‘or ikki davlat chegarasiga aylanadi. Ya‘ni Pishag‘ordan sharqdagi Zomin, 
Yom, Sovot, O‘ratepa Qo‘qonga qarashli qal‘alarga, g‘arbdagi hududlar Ravot, 
Jizzax Buxoro amirligiga qarashli qal‘alarga aylanadi. Bu holat 1817 yilga qadar 
davom etadi. Shu yili Umarxon Mahmudxonni O‘ratepa hokimligidan olib o‘rniga 
Qosim devonbegini tayinlaydi. O‘ratepa mudofasi kuchsizlanadi. Bundan 
foydalangan Pishag‘or hokimi Muhamad Rahim devonbegi Zomin, Yom, Sovot, 
O‘ratepa qal‘alarini egallab oladi.
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 356] Zominga 
Tursun devonbegining o‘g‘li Berdiyorni hokim qilib tayinlaydi. Shuni alohida 
takidlash kerakki, Muhammad Rahim devonbegi dastlab Buxoroga rasman 
tobeligini tan olsada ammo tez orada mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. Shunday 
bo‘lsada Umarxon O‘ratepa, Zomin, Jizzaxni olishni yodidan chiqarmaydi. Doimo 
shuning paytini poylaydi. Muhammadhakimxon To`raning yozicha Umarxon 
hukumronligining oxirgi, 1822 yilida Berdiyor hokimlik qilayotgan Zomin 
qal‘asini qamal qiladi. [Muhammad Hakimxon To‘ra: 445] Zominlik qal‘a 
himoyachilari mardonavor jang qiladilar. Qamal yigirma kundan ortiq davom 
qiladi. Natijada Umarxon asosiy qal‘adan yarim farsax yuqorida joylashgan 
ikkinchi kichik Zomin qal‘asini qamal qilib egallaydi va ortga qaytadi. 
Muhammad Rahim devonbegi viloyatni 1828-1829 yillargacha boshqaradi. U 
Qo‘qonga qarshi Buxoro amiri Nasrullo bilan yaxshi munosabat o‘rnatishga 
intiladi. Nasrullo buning evaziga Jizzaxni berish talabini qo‘yadi. Muhammad 
Rahim devonbegi bunga rozi bo‘lsada mahalliy aholi qarshilik qiladi. Aksiga 
Qo‘qon xoni Madalixon bostirib kelib, O‘ratepa, Yom, Zomin, Pishag‘or qala‘larini 
egallaydi. Zomin qal‘asiga Muhammadsharif otaliqning ukasi Abdulvali hokim 
qilib tayinlanadi. Bu orada Muhammad Rahim devobegining ukasi Muhammad 
Sodiqbek isyon ko‘taradi. Og‘ir ahvolda qolgan Muhammad Rahim devonbegi 
Nasrullodan yordam so‘raydi. Bundan foydalangan Nasrullo Jizzaxni egallaydi 
ammo, hokim qilib Muhammad Rahim devobegini emas, o‘z noibi Hakim dodhoni 
qoldiradi. Shu tariqa Fozibiy avlodidan bo‘lgan beklarning hukumronligiga chek 
qo‘yiladi.
Ikkinchi davr: XIX asrning 20 yillari ohiridan boshlanib, XIX asrning 60 
yillarining ikkinchi yarmi, Rossiya imperiyasi tomonidan hududning zabt 
etilishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati 
unda hudud uchun talashuv kuchayib, viloyatlar tez-tez qo‘ldan qo‘lga o‘tadi, 
tayinlangan hokimlar hududni rasman ham amalda ham yo Buxoro, yo Qo‘qonga 
tobe sifatida boshqaradi. Jumladan, voqealarni diqqatlik bilan kuzatgan Madalixon 
1839 yilda taxminimizcha Jizzaxni egallashga otlanadi. Lekin, Pishag‘orga kelib, 
uning qal‘asini qaytadan mustahkam qilib qurib, Gadayboyni hokim qilib ortga 
qaytadi. Amir Nasrullo bundan xabar topgach turli baxonalar bilan dastlab 
Pishag‘orni qamal qilib egallaydi. Shundan so‘ng Zominga yurish qiladi. Zomin 


31 
hokimi Abduvali kuchli qarshilik qilsada, qal‘ani saqlab qola olmaydi. [Mirzo 
Olim Mahmud Xoji: 182]shundan so‘ng Nasrullo birin-ketin Yom, O‘ratepa va 
Xo‘jandni egallab, u yerga Madalixonning ukasi Mahmudxonni hokim qilib 
tayinlaydi. Lekin, Mahmudxonning Madalixon bilan kelishib u tomonga o‘tib 
ketishi natijasida Qo‘qonga yurish qiladi. shu tariqa Zomin va uning atrofidagi 
qal‘alar Buxoro amirligi tarkibiga olinadi. Lekin, Qo‘qonda vaziyat o‘nglangach, 
yana bu hududlar uchun talash boshlanadi. [Mirzo Olim Mushrif: 87] Manbalarda 
yozilishicha bunday yurishlaning ko‘pligidan xatto bolalar Qo‘qonda ―O‘ratepaga 
yurish‖ nomli o‘yinni o‘ylab topganlar.[ Ishoqxon To‘ra Ibrat: 23] bunday doimiy 
urushlar ahvolning og‘irlashishga olib keladi. Ohir oqibat Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax 
singari 
Zomin 
ham 
Rossiya 
imperiyasi 
tomonidan 
osonlik 
bilan 
egallanadi.[Muxammad Yusuf Bayoniy: 24]
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi voqealarning barchasiga chuqurroq to‘xtalib 
o‘rganish Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi siyosiy munosabatlaridagi ko‘plab 
chalkashliklarning yechimining topilishini ta‘minlaydi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет