56
do‘ppichilik, qog‘ozgarlik, temirchilik kabi sohalari taraqqiy etganligi aytib
o‘tiladi. Qo‘qon xonligidagi hunarmandchilik haqida gapirganda, uning ayrim
turlariga mahsulot yetkazib beruvchi tog‘-konchilik ishlari haqida ham to‘xtalib
o‘tish lozim. Lekin xonlikda bu ishlab chiqarish sohasi shunchalik sodda va kam
ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Shuning uchun mamlakatda Rossiyadan olib
kelinadigan metallarning narxi anchagina arzon bo‘lgan.
Xonlikdagi asosiy metal
qazib chiqaruvchi joylar haqida to‘xtalsak, oltin asosan Sirdaryoga qo‘shiladigan
daryolar yuqori qismlarida topilgan. Yana shuningdek, Kosonsoyda, Qoratog‘ning
shimolrog‘idagi Kukreu daryosida va Chirchiq daryosi bo‘ylaridan ham topilgan
[G.Isabayeva: 42]. Namangandan 4 kunlik masofada joylashgan Ketmontepa
qarorgohi atroflaridan kumush va qo‘rg‘oshin qazib olinganligi ham ma‘lum.
Qo‘qondagi nafis misgarlik asarlarining xomashyosi hisoblanmish mis qazib
chiqarish ham mavjud bo‘lgan. Ma‘lumki XIII asrdan boshlab O‘rta Osiyoga mis
va undan yasalgan ba‘zi buyumlar Eron, Qashqardan, keyiroq esa Rossiyadan
keltirila boshladi. XIX asrda Qo‘qon xoni Madalixon davrida xonlikning bir
qishlog‘iga yaqin joyida mis qazib chiqara boshlangan, ammo u chetdan keltirilgan
misdan ko‘ra qimmatga tushganligidan to‘xtatib qo‘yilgan edi [Б.Сергеев: 6].
Bunday holat natijasida, xonlik mis tangalari Rossiyadan keltirilgan misga yarmiga
teng qo‘rg‘oshin qo‘shib tayyorlanishiga ham sabab bo‘lgan [G.Isabayeva: 4].
Xonlikda mavjud tabiiy resurslar o‘sha davrdagi boshqa Markaziy Osiyo davlatlari
singari bu sohada yetarli kadrlarning mavjud emasligi, sanoat taraqqiyotining past
darajada bo‘lishi kabi omillar tufayli yetarlicha ishga solinmay kelingan.
Qo‘qon misgar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan amaliy san‘at
namunalari nafaqat xonlik yoki Markaziy Osiyo hududdida,
balki chetda ham
yuqori baholangan. Qo‘qon ustalari misgarlik sohasida o‘ziga xos maktab ham
yaratganlar. Buxoro ustalaridan farqli o‘laroq, Qo‘qon ustalarida asarlar
nusxalarining rasmlari ham bo‘lardi; bu rasmlarni ustalar o‘zlari chizardilar.
Ba‘zida esa bosma suratlardan ham foydalanardilar [Б.Сергеев: 10]. XIX asrda
manbalarda Qo‘qon shahrida 400 taga yaqin misgar yashaganligi ma‘lum
[Т.Абдуллаев: 103). Bu faktning o‘ziyoq sohaning Qo‘qonda qay darajada
rivojlanganligidan dalolat berib turibdi. Qo‘qon hunarmandchiligiga xos
xususiyatlardan biri xonlikdagi hunarmandalar do‘konlarining asosiy ko‘pchiligida
bir paytning o‘zida aynan shu mahsulot ishlab chiqarilishi edi. Ular tayyorlangan
mahsulotlarni do‘konlarning o‘zidayoq sotishgan. G‘oyat darajada nafis va
ko‘rkam qilib ishlangan bu san‘at asarlari aholi ichki ehtiyojlarini qondirish bilan
birga, chet davlatlar bilan savdoda ham asosiy va qimmatbaho tovar sifatida
ko‘rilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, XVIII-XIX asrlar davomida O‘rta
Osiyo davlatlaridan biri sifatida hukm surgan Qo‘qon xonligida hunarmandchilik
taraqqiyoti o‘zbek xalqining bir necha mingyillik tarixiy taraqqiyoti natijasida
shakllangan milliy hunarmandchiligimiz an‘analarini davom ettirib, unga o‘zining
munosib hissasini qo‘sha oldi. Ammo ushbu davrda jahon xalqlari tarixida
sanoatning yangi sohasi hisoblanmish metal qazib olish ishlariga yetarlicha etibor