Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет47/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. Axmedov S.A. O’rta Osiyda matematika o’qitish tarixidan. T.: «O’qituvchi», 
1977. 
2. Abduraxmonov A. Al-Xorazmiy buyuk matematik. T.: «O’qituvchi», 1983. 
3. Abduraxmonov A., Narmonov A., Normurodov N. Matematika tarixi. T.: O’zRMU, 
2004. 
4. Beruniy. Tanlangan asarlar. «Qonuni Mas’udiy». T.: «Fan», 1975. 
5. Nazarov X., Ostonov Q. Matematika tarixi. T.: «O’qituvchi», 1996. 
6. Gleyzer o’.I. Istoriya matematika v shkole. M.: Prosveщenie, 1964 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
108 
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI INNOVASIYON YONDASHUV 
Mamajanova Shaxnoza Yusubaliyevna 
Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Kosonsoy tuman 
1-son kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyoti fani oliy toifali o’qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi ta’lim tizimida ona tili va adabiyoti 
o’qitishga innovatsion yondashuv borasida so’z boradi. 
Kalit so’zlar: Ta’lim, kasb-hunar maktabi, o’quvchi, pedagog, bilim, malaka, 
bilimdon, adabiyot. 
 
Bugungi kunda ta’lim sohasiga har qachongidan ham ko‘proq ahamiyat 
berilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida ta’limning birlamchi ishtirokchilari bo‘lgan 
o‘qituvchilarga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki bugungi kun o‘qituvchisi har 
sohada yetuk va bilimdon bo‘lmog‘i shart va zarurdir. O‘qituvchi o‘quvchilarga fanga 
doir yetarli bilimlarni berish, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birgalikda 
ularning tasavvurida fanlarning o‘zaro uzviy bog‘liqligini, biri ikkinchisini taqozo etishi 
to‘g‘risidagi muayyan tushunchani hosil qilishi zarur. Bu kabi masalalarda 
integratsiyaning – fanlararo aloqadorlikning o’rni juda muhimdir. Ona tili va adabiyot 
darslarini tashkil etishda integrativ yondashuvdan keng foydalanish – o‘quvchilarning 
fanga doir bilimlarini puxta o‘zlashtirishida yetakchi samara beradi. 
Keyingi yillarda ta’limda integrativ yondashuv jarayonlarini tadqiq qilishda 
ko‘plab izlanishlar olib borildi. Shuningdek, ona tili va adabiyot darslarini integrativ 
o‘qitishning samaradorligi va bu jarayonga xos ta’lim metodlarini ishlab chiqish kabi 
masalalar ko‘ndalang qo‘yildi. Xususan, A.G‘ulomov, H.Ne’matov, B.Ziyomuhammadov, 
B.Abdullayeva singari olimlarning ishlarida fanlararo integratsiyaning ona tili va 
adabiyot ta’limidagi o‘rni xususida qimmatli fikrlar uchraydi. Til ta’limida integrativ 
yondashuv xususida U.Musayev, D.Yo‘ldosheva kabi pedagoglarlarning ilmiy 
izlanishlaridan ham ma’lumotlar olish mumkin. Jumladan, K.Mavlonovaning “Ona tili 
darslarini adabiyot darslari bilan badiiy matn orqali integratsiyalash masalalari” 
bo‘yicha olib borgan izlanishlari ham alohida ahamiyat ega. 
Dunyoning barcha rivojlanayotgan davlatlari (hatto bir qator rivojlangan 
davlatlar ham) hozirgi globllashuv vaqtda o’z oldiga hamma bolalarni umumiy o’rta 
ta'lim jarayoniga to’liq qamrab olish masalasini qo’ygan bir vaqtda, mustaqil 
O’zbekistonimizda ushbu muammo allaqachon muvaffaqiyatli hal etilgan bo’lib, 
uzluksiz ta’limda masofaviy ta’limni qo’llab, o’quvchilar bilimini baholashda raqamli 
texnologiyalardan samarali foydalanmoqda. Bugungi kunda navbatdagi ustuvor vazifa 
sifatida, sifatli ta'lim-tarbiya berish, ta'limning samaradorligini oshirish masalasi 
qo’yildi. Ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va 
axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan qiziqish kundan-kunga 
ortib bormoqda. Bunday bo`lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
109 
ta'limda o`quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy 
texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil 
o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga 
o`rgatadi. O`qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo`naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o`quvchi asosiy figuraga 
aylanadi. Shuning uchun umumta'lim maktablarida zamonaviy o`qitish metodlari - 
interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalarning o`rni va roli benihoya kattadir. Bu 
metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda 
faoliyat ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni 
o`ziga xos xususiyatlarga ega. Darslarni innovasion texnologiyalardan foydalanish 
asosida tashkil etish ijobiy natija beradi, chunki o`qituvchi innovasion faoliyat 
yuritgandagina ta'lim mazmuni o`zgaradi. 
Ta'lim-tarbiya jarayoniga, xususan, til ta'limiga ham pedagogik texnologiyani 
tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. 
O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani 
tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asaosiy maqsadi aniq natijaga 
erishishga qaratilgan bo’lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o’quvchilarning bilim 
saviyasi, guruh tabiati va sharoitga qarab tanlanadi Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy 
va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini 
nazarda tutadi. Interfaol metod-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metod. 
Interfaol metod va usullar: “Keys-stadi”, “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Sinkveyn”, 
“BBB”, “Venn diagrammasi”, “T jadvali”, “Klaster”, “Balik skaleti”, “Aqliy hujum”, 
“Zinama-zina”, “Muzyorar” va hakozo. Hozirgi kun ona tili o’qituvchisi bu yangi ta’lim 
usull va metodlaridan qay darajada foydalanyapti? Bizningcha darslarda bu 
metodlardan ayrim murabbiylar unumli foydalanmayapti. Jamiyatning axborotlashuvi 
ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab etadi. Bugun har qanday uslub darhol 
eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli 
natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq? Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab 
tadqiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib 
borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaolusullar», «innovatsion texnologiyalar» 
to‘g‘risida yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim 
muassasalarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli 
emas. Ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish turli 
bosqichlarda amalga oshiriladi. Ona tili o‘qitish metodikasida o‘quvchilarning savodini 
chiqarish, grammatik tushunchalarini shakllantirish, ularning nutqiy va imloviy 
savodxonligini oshirishda qo‘llanadigan usullar, mashqlar variantlari ko‘p. Fonetik, 
grammatik, orfografik tushunchalarni mustahkamlash, nutqiy malakani mukammal 
shakllantirishda metodika fanidan belgilangan mashqlar qatorida o‘yinlar orqali 
ta’limga ped texnologiyalarni tatbiq etish ham muhim o‘rin tutadi. O‘yinlarni boshqa 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
110 
mashq turlaridan farqi shuki, bunda bir tamondan, o‘quvchilarning zerikishi, 
charchog‘iga barham berilsa, ikkinchidan tamondan, bolalarning fikrlash jarayoni 
tezlashadi, muayyan belgilangan malakalarning mufassal shakllanishi osonlashadi. Bu 
vazifani to'liq bajarish maqsadida, eng avvalo, olimlar hamda maktablar, akademik 
litsey, kasb-hunar maktablari va oliy ta'lim muassasalarida ishlayotgan o'qituvchilar 
hamkorligida bir necha muammolarni yechish lozim. Jumladan: 
- yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyatini aniqlash va uning nazariy 
asoslarini yaratish; 
- uning prinsiplarini ishlab chiqish; 
- pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llashning samarali yo'llarini tanlash va 
hokazo. 
Hozirgi kunda dars jarayonlarida an'anaviy metodlar qo'llanilish natijasida, ta'lim 
oluvchilarning axborotni eslab qolish ko'rsatkichining eng yuqori darajasi 30 foizni 
tashkil etar ekan. Noan'anaviy metodlar qo'llanilganda esa, ularning axborotlarni 
o'zlashtirish darajasi yanada ortib boradi. Bugungi kunda barcha fanlar qatori ona tili 
darslarini ham hozirgi zamon talablariga muvofiqlashtirish, zamonaviy ta'lim 
metodlari asosida o'qitish yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda. «Ona tili va adabiyot» 
darslariga noan'anaviy darslarni olib kirish va uni ta'lim mazmuniga singdirish, dars 
o'tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta'lim standartlari talablarini bajarishga 
zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o'sib kelayotgan yosh 
avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini uyg'otishda, milliy 
tilga, o'z xalqining an'analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Ona tili va adabiyot» 
darslarining o'rni beqiyosdir. Shuningdek,hozirgi davrda XXI asr pedagogidan nafaqat 
nazariy bilim balki shu bor bilimni o'quvchilar ongiga samaraliroq usullar orqali 
yetkazish, berilgan bilimning oson, puxta va tez o'zlashtirilishiga zamin yaratish, 
o'quvchilar ongida mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va ravonlikni shakllantirish ham talab 
etilmoqda. Albatta bunday vazifalar innovatsion texnologiyalar, turli xil interaktiv 
o'yinlar orqali amalga oshiriladi. Biroq ta'lim mazmuni, usuli va vositalarini 
"o'quvchilarning ijodiy, mantiqiy, obrazli va assotsiativ fikrlash, tafakkur qilish, 
tafakkur mahsulini og'zaki va yozma shakllarda nutq sharoitiga mos ravishda to'g'ri va 
ravon ifodash kompetensiyalarini rivojlantirish"2 bosh maqsadidan kelib chiqib, izchil 
va sistemali, aniq amaliy natijalarni olish nuqtai nazaridan tashkil etib ta'lim 
samaradorligini ta'minlash dolzarb muammoligicha qolmoqda. 
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan. 
Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu 
yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib, 
tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish 
metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi ma’lumotlarni 
o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga o’rganilayotgan 
grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili bilan izchil bayon 
qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish metodi 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
111 
o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3—5 daqiqaga 
mo’ljallangan, Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir ham uchraydi. 
Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar 
o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. O,na tili ta’limi jarayoniga analiz — 
tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan 
grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkarnlash maqsadida 
tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda 
namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni 
yaxshilashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga 
oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, 
aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, 
mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi 
namoyon bo’ladi. Analizsintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish 
o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish 
shakllariga bog’liq bo’ladi. Baholashga oid, ya'ni maqsadga muvofiq holda qo'llanilgan 
material yoki uslublarni baholash uchun tuzilgan testlar bilan ishlash asnosida 
o'quvchi o'z bilimlarini ichki va tashqi mezonlar asosida baholashni o'rganadi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет