FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik.
T.: TDYuI, 2004 y.
2. С.С.Ғуломов ва бошқалар. Ахботор тизимлари ва технологиялари.
Дарслик. Тошкент, “Шарқ”, 2000 й.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
104
3. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.:
“Cho‘lpon”, 2013 y.
4. B.Moʻminov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-boʻstoni”, 2014 y.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
105
MATEMATIKA FANI VUJUDGA KELISHI
Ibroximova Tursunoy Shermirzayevna
Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Kosonsoy tuman
1-son kasb-hunar maktabi matematika fani katta òqituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fani vujudga kelishi va rivojlanishi
borasida fikr va mulohazalar yuritilgan.
Kalit so’zlar: Mateatika, fan, gipoteza, nazariya, tenglama, son, metod, predmet,
mustaqil fan.
Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo’lib dastlabki bosqichlarda o’zaro
muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana
boshladi, ya’ni faktlar yig’a boshladi. Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela
boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o’zi ham
ta’sir eta boshladi. Matematika fanini rivojlanishini asoslari, boshqa fanlarini
rivojlanishi kabi, insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Fanning
rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslanadi. ”Matematika, boshqa
fanlar kabi, odamlarning amaliy ehtiyojlari natijasida vujudga keldi, bular: yer
maydonining yuzalarini o’lchash, idishlarning sig’imini o’lchash, vaqtni o’lchash va
mexanikaning elementlaridir”.
Haqiqatan ham matematikaning turli bo’limlari real dunyoning fazoviy
formalarini va miqdoriy munosabatlarini o’rganishda o’zining metodlarining turli
tumanligi bilan ajralib tursada, yagonaligi va umumiyligi bilan yaxlit birlashtirib
turadi.
Matematika fanining mazmuni quyidagicha;
1) uning rivojlanish jarayonida yig’iladigan - faktlar;
2) faktlar asosida ilmiy tasavvurning shakllanishi - gipoteza. Ўz o’rnida bu tajriba
orqali tekshiriladi; hamda ularni nazariya va qonunlar ko’rinishiga keltirish;
3) nazariya va qonunlarni o’rganish, matematikani o’rganishni xarakterlaydigan
umumiy yo’nalishlarni ifodalovchi metodolog
4) faktlar va tajribalar natijalarini umumlashtirish iyani yaratish.
Matematika tarixida o’zining xarakteri jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladigan
davrlar mavjud bo’lib, bunday ajratishlar davlatlarda nisbatan , sotsial - iqtisodiy
formatsiyalarga nisbatan , buyuk kashfiyotlarga nisbatan va hokazo qarab davrlarga
bo’linishi mumkin. Shulardan biri A.N.Kolmogorov taklif etgan variantdir. U
quyidagicha:
I. Matematikaning ro’yobga kelishi. Bu davr eramizdan oldingi VI-V asrlargacha
davom etib, bu paytga kelib matematika mustaqil fan sifatida shakllanadi. Bu davrning
boshlanishi esa, o’tmish ibtidoiy davrga qarab boradi. Bu davrda matematika hali fan
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
106
sifatida shakllanmagan bo’lib, qilingan ishlarning xarakteri asosan kuzatish va
tekshirish natijalari asosida materiallar to’plashdan iborat bo’lgan.
II. Elementar matematika davri. Bu davr eramizdan oldingi V-V asrlardan
boshlanib, to hozirgi XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda asosan
o’zgarmas miqdorlarga oid masalalar atroflicha o’rganilgan bo’lib, bularning ba’zilari
o’rta maktab kursiga kiritilgan , matematikaning bundan keyingi rivoji o’zgaruvchi
miqdorlarning kiritilishi bilan bog’liq.
III. O’zgaruvchi miqdorlar matematikasi. Bu davrning boshlanishi o’zgaruvchi
miqdorlarning kiritilishi, Dekart analitik geometriyasi vujudga kelishi, Nyuton va
Leybnits asarlarida differentsial va integral xisobi tushunchalari paydo bo’lishi bilan
xarakterlidir. XVI asrdan to XIX asrgacha davom etgan bu davrda matematika jadal
sur’atlar bilan rivojlandi, yangi bo’limlar vujudga keldi. Barcha ilmiy yo’nalishlarning
bunday rivoji matematikani hozirgi zamon ko’rinishiga olib kelinishiga sabab bo’ldi.
Hozirda biz buni matematikaning klassik asoslari deb yuritamiz.
IV. Hozirgi zamon matematikasi davri. Bu davrda yangi matematik nazariyalar,
matematikaning yangidan -yangi tatbiqlari vujudga keldiki, u matematika predmetini
mazmunini judayam boyitib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika asosini
(aksiomalar sistemasini, isbotlashning mantiqiy usullarini va boshqalar) hozirgi
zamon matematikasining yutuqlari asosida qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.
Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo’lib dastlabki bosqichlarda o’zaro
muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana
boshladi, ya’ni faktlar yig’a boshladi. Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela
boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o’zi ham
ta’sir eta boshladi. Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo’lib dastlabki
bosqichlarda o’zaro muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U
asta-sekin rivojlana boshladi, ya’ni faktlar yig’a boshladi. Matematika mustaqil fan
sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik
bilimlarning o’zi ham ta’sir eta boshladi Shulardan ba’zilarini qayd etib o’taylik. O’rta
asrlarda esa fan ko’p jihatdan boy-feodallarning manfaatiga, dinga bo’ysundirilgan
(savdo ishlari, hosil bo’lish, meros bo’lish, o’zga yerlarni bosib olish, ta’sir doiralarni
kengaytirish). Matematika fanida ilg’or va reaktsion kuchlarning kurashi har doim
sinfiy xarakterga ega bo’lib kelgan. Ayniqsa tarixiy va filosofik masalalarda bu yaqqol
ko’rinib turadi Demak, matematika tarixini bilish fanni mantiqan va tarixan
rivojlanishining asosiy faktlarini va qonunlarini to’g’ri bilish va talqin qilish imkonini
beradi, sxolastikani bartaraf etadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Matematika
tarixida o’zining xarakteri jihatidan birbiridan tubdan farq qiladigan davrlar mavjud
bo’lib, bunday ajratishlar davlatlarda nisbatan, sotsial - iqtisodiy formatsiyalarga
nisbatan , buyuk kashfiyotlarga nisbatan va hokazo qarab davrlarga bo’linishi mumkin.
Shulardan biri A.N.Kolmogorov taklif etgan variantdir.
Xitoyda matematik tushunchalarni paydo bo’lishi Xitoy matematika tarixchisi Li
Yanning tasdiqlashiga ko’ra e.o. XIV asrga to’g’ri keladi. Dastlabki matematikaga oid
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
107
ma’lumotlar chjoubi (quyosh soati) va matematikaga oid 9 kitob (matematika v
devyati knigax) asarlardir. Bu asarlar eramizning boshida (e.o. 152 y. olim Chjan Tsan)
paydo bo’lib, bungacha bo’lgan Xitoydagi matematikaga oid barcha ma’lumotlar
jamlangan. Jumladan bu asarda ieroglifli simvolika bilan berilgan o’nli sanoq sistemasi
haqida ham ma’lumotlar bor. Sonlar sinflarga bo’linib, har birida to’rttadan razryad
bor. Nol esa yo’q bo’lib, faqat XII asrda paydo bo’lgan (hindlardan o’zlashtirilgan bo’lsa
kerak). Arifmetik amallar esa sanoq taxtasida bajarilib, nolni o’rni bo’sh qoldirilib
ketgan. Misrda matematikaga oid bo’lgan ma’lumotlar 1858 yili Raynda (Rhind)
papirusining o’qilishidir. U Londonda saqlanayotgan bo’lib, taxminan uzunligi -5,5
metr eni - 32 sm bo’lib, 84 ta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masala jamlangan.
Ikkinchi katta yodgorlik Moskvada bo’lib, Axmes papirusi deb ataladi. Uzunligi
o’shanday bo’lib, eni 8 sm ga teng, 25 ta masala bor. Birinchisi e.o. 1650 yilga tegishli
bo’lib, 1882 yili V.V.Babinin ruscha sharxini bergan. Ikkinchisi e.o. 1850-yilga tegishli
bo’lib, sovet akademiklari B.A.To’raev va V.V.Struve tomonidan o’qilgan va o’rganilgan.
Ma’lum bo’lishicha Misrliklar e.o. 4000 yillar davomida matematikani amaliy ishlari
bilan shug’ullanganlar. Ularga o’nlik va 60 lik sanoq sistemalari tanish bo’lgan.
Jumladan o’nli sanoq sistemasi ieroglifli bo’lib, bog’lovchi sonlar 10k larga maxsus
belgilar qo’yilgan. Algoritmik sonlar esa bog’lovchi sonlarning kombinatsiyasi asosida
tuzilgan. Umuman olganda o’nli sanoq sistemasini paydo bo’lishi, shakllanishi va
rivojlanishi turli xalqlarda turlicha kechdi.
Достарыңызбен бөлісу: |