Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет48/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.Mavlonova, K. (2016). Ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini 
integratsiyalash asosida o‘rganish metodikasi. Mashhur-press. 
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,- Xalq ta’limi, 1998, 1-son. 
3. “Tilshunoslik atamalarining izohli lug’ati ”. N.Uluqov.Namangan 
4. “Darsda hammasi bo`lmasa ham pedagogikaning asosiy qismi markazlashgan”. 
(Совершенствование процесса обучения. M. 1971. 149 стр.). 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
112 
INFORMATIKA FANI ISTIQBOLLARI 
Mahmudova Nazira Abdumalikovna 
Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Kosonsoy
tuman 1-son kasb-hunar maktabi Informatika fani katta o'qtuvchisi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi davrda informatika fanini istiqbollari 
haqida fikr va mulohazalar boradi. 
Kalit so’zlar: Demokratik, ta’lim, ilmiy axborotlar, informatika, axborot, maktab, 
dars, o’quvchi. 
Respublikamiz rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishligi uchun 
davlat tomonidan ta’lim tizimiga alohida ahamiyat berilishi bejiz emas. Buning dalili 
sifatida 2020-yil 19 mayda O„zbekiston Respublikasining “Ta’lim to„g„risida”gi qonuni 
Prezident tomonidan tasdiqlanishi alohida ahamiyatga ega. Rivojlangan davlatlar 
tajribasidan shu ma’lumki, bozor iqtisodi sharoitida axborot tizimining qanchalik 
suratda takomillashuvi davlat tizimining ravnaq darajasini belgilaydi. Shu ma’noda, 
axborotlarning ishonchliligi, ularning o„z vaqtida tayyorlanishi ko„p jihatdan 
kompyuter, dasturchilarni mukammal darajada bo„lishligiga bog„lik, chunki bu uch 
vosita bir-biri bilan chambarchas bog„langan holda faoliyat ko’rsatadi. 
Informatika - ilmiy axborotlarning struktura va umumiy xossalarini, shuningdek 
ularni yaratish, uzgartirish, uzatish va ulardan inson faoliyatining turli soxalarida 
foydalanish konuniyatlarini urganadigan fan. Nazariy(ilmiy axborotlar predmeti va 
metodlari, mazmuni, strukturasi va xossalari), ilmiy kommunikatsiya(rasmiy va 
norasmiy protsesslar, ilmiy axborot xizmati), informatsion izlanishlar, ilmiy 
axborotlarni tarkatish va ulardan foydalanish, ilimy axborot xizmatini tashkil etish va 
uning tarixi bulimlari bor. 
Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash 
texnikasidan ishlab-chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etish va har xil 
murakkab masalalarni echishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko’p faktorlarni 
hisobga olish, ulkan hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati- elektron 
mashinalarsiz hal etishga imkon bermaydi. Hisoblash texnikasi yordamida 
mashinasozlik, transport ishlab-chiqarishini rejalashtirish, loyihalash, hisoblash 
hamda tahlil ishlari keng hal qilinmoqda. SHuning uchun ham hisoblash texnikasi keng 
joriy etilishi munosobati bilan bu texnikalardan mustaqil foydalana oladigan 
mutaxassislarga talab oshib bormoqda. 
Bugungi kunda har bir kishi o’z farzandining kelajagi, ayniqsa uning olayotgan 
ta’limi haqida chuqur qayg’uradi. O’z farzandlarini maktabga yuborish orqali ular 
ta'lim olish jarayonida zarur bilimlarni olishi, har tomonlama rivojlanishi va ota-onalar 
maktab va o'qituvchilarni o'z farzandlarining tarbiyasi uchun mas'ul ekanligi uning 
kelajagini belgilab beradi. Shu munosabat bilan o'quv jarayonining hozirgi pozitsiyasi 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
113 
va an’analarini qayta ko'rib chiqish, umumiy ta'limning yangi ta'lim standartlarini 
takomillashtirish zaruriyati tug'iladi. 
Hozirgi zamonda dunyo bo'ylab tadqiqotchilar va o'qituvchilarning nisbatan yosh 
va tez rivojlanayotgan informatika faniga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Bugungi 
kunda informatika fundamental fan sifatida paydo bo'ldi. Uni o'rganish obyekti - bu 
ma'lumot, uning tuzilishi va uni qayta ishlash usullari. So'nggi yillarda "Informatika va 
AT" maktab kursi o'z rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. 
Ayniqsa, kompyuter savodxonligi haqidagi dunyoqarash o'zgardi. Maktabda 
informatika fanini joriy etish boshida kompyuter savodxonligi dasturlash qobiliyati 
sifatida tushunilgan. Endi hamma maktabdagi informatika dasturlash kursi bo'lmasligi 
kerakligini anglab yetdi. Hozirgi vaqtda maktab informatika o'qituvchisi eng qiyin va 
qiziqarli kasblardan biri hisoblanadi. Informatika fani o’qituvchisi kompyuter 
texnologiyalari rivoji, yangi dasturlarning paydo bo'lishi, ular bilan ishlash texnikasi va 
usullarining o'zgarishini diqqat bilan kuzatishga majbur. Mutaxassis muttasil quyidagi 
savollar bilan yuzma-yuz keladi: «Nimani va qanday o'qitish kerak? Qanday qilib 
bolani tez rivojlanayotgan axborot texnologiyalari dunyosida yo’nalish olishni 
o'rgatish kerak? " Buning uchun o’qituvchi o’zini doimiy ravishda takomillashtirib 
borishi kerak, shaxsiy maqsadga muvofiqlik va doimiy ravishda axborot 
texnologiyalari dunyosida va pedagogik sohada sodir bo'layotgan voqealarni bilishga 
intilish kerak. 
Maktabda informatika fanini o'rganish zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari o'quvchilarining rivojlanishiga hissa qo'shadi. Hozirgi pandemiya 
sharoitida amaliyot shuni ko'rsatadiki, bolalar informatika darslarida olgan bilimlarini 
qo'llagan holda ularni boshqa fanlarga tayyorgarlik ko'rishda foydalanadilar, masalan, 
o’qituvchilar bilan masofaviy muloqotda, aytaylik, ular biror darsdan ta’lim olish 
jarayonida albatta bevosta kompyuterdan, information texnologiyalardan foydalanadi. 
Shuning uchun informatika o'qituvchisi, hech kimga o'xshamagan holda, o'quvchilarni 
o'z darslari, mavzusi bilan qiziqtirishi kerak. 
Informatika darslari o'quvchilarning ijodiy rivojlanishiga ham ta'sir qiladi. 
Kompyuter darsda nafaqat o'quvchining ishini kuzatibgina qolmay, balki ularning 
bilim, ko'nikma va malakalarining foydali va kamchiliklarini kashf etishga yordam 
beradi. Informatika darslarida faqat o’quvchilar nazariy bilimini shakllantirbgina 
qolmay, balki fanning texnik jihatlaridan ham bilimga ega bo'lishlarini ta’minlash 
lozim. Har bir o’quvchining temperamenti har bo’lishini hisobga olib vazifalarning 
tasniflanishi, berilgan topshiriqlarning o’quvchi uchun qiziqarli bo’lishini ta’minlash 
bo’yicha mutaxassisdan kuzatuvchanlik talab qilinadi. Berilgan vazifa o’quvchilarni 
ijobiy fikrlashga moslashishga yordam beradi. Agar ular kompyuter bilan ishlashga 
bo'lgan qiziqishini rivojlantirsalar, ular ko'proq rivojlanishi mumkin. Juda oddiy qilib 
aytadigan bo’lsak kompyuterdan foydalanishni yaxshi o’rgangan, informatika bo’yicha 
zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan o’quvchilar maktabda boshqa fanlarni o’qishi, 
ularni o’zlashtirishi birmuncha oson bo’ladi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
114 
Umumta'lim maktabida informatika o'qitishning muammolari va istiqbollari 
haqida gapirishdan oldin, asosiy muammo muhokama qilinishi kerak, bu bolalarning 
informatika fanining akademik mavzu sifatida ahamiyatini anglashi, shuningdek, uni 
qo'llash sohasining aniq tavsifi. Internet, elektron kutubxonalar va kitoblar, raqamli 
audio-video-foto vositalar, mobil telefonlar, planshetlar, cho'ntak kompyuterlari va 
kommunikatorlar, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar haqidagi tushunchalarni zamonaviy 
maktab o'quvchisi bilmog’i,. taxminan 10-20 yil oldingi maktab o’quvchisi bilan hozirgi 
zamon o’quvchisining tubdan farq qilishi, fan sifatida rivojlangan Informatikaning ilm-
fan sohasida juda katta yutuqlarga erishishda ko’makchi bo’lganligini va 
bo’layotganligi to’g’risida tasavvurni shakllantirish kerak bo’ladi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет