4-rasm. Risklarni ilmiy asosda boshqarishining bosqichlari
25
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, boshqarishning birlamchi bosqichi bo‘lib bank
riskini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Ushbu bosqichda tijorat banki boshqaruvi
tomonidan bank riski o‘rganib chiqilib, chegaralari belgilanadi va nazoratga
olinadi.
25
О.И. Лаврушин, Н.И. Валенцева Банковские риски: учебное пособие 2009
Bank
Riskini aniqlash
Bank riskini son va
sifat jihatdan baholash
Bank riskini
rejalashtirish
Bank riskini
chegaralash va uni
ma’lum
darajada ushlab
turishga qaratilgan
chora-tadbirlarni
ishlab chiqish
32
Bank riskini boshqarish jarayonining ikkinchi bosqichida bank riski son va
sifat jihatdan baholanadi. Bank riskini sifat jihatdan baholanishi uning darajasini
belgilanishidan iborat bo’ladi. Ushbu riskning qiymatdagi ifodasi uning son
jihatdan baholanish jarayoni mahsuli bo‘lib hisoblanadi.
Bank risklarini baholashning zamonaviy usullari bor bo’lib ular quyidagi
usullar yordamida baholanadi:
1. Statistik usul;
2. Risk qiymati VaR (Value at Risk) konsepsiyasi;
3. Tarixiy modellashtirish usuli (historical simulation);
4. Monte-Karlo statistik tajribasi (Monte-Carlo simulation);
5. Senariy tahlili (stress-test asosida);
6. Ekspertlar bahosi usuli.
Statistik usul-bank uchun risk hududini aniqlash imkonini beradi. Riskni
statistik usul tahlili miqdoriy usullar qatoriga kiradi. Statistik usulning mohiyati
shundan iboratki, u yoki bu sohada mavjud bo‘lgan foyda va zararlar statistikasi
o‘rganiladi, u yoki bu iqtisodiy hosilaning hajmi va olish davri aniqlanadi hamda
shularga ko‘ra kelgusi davr uchun eng istiqbolli ehtimol belgilanadi. Statistik
usulda quyidagi instrumentlar qo‘llaniladi:
variatsiya;
o‘rtacha kvadratik chetlanish;
dispersiya.
Risk qiymati konsepsiyasi. Hozirgi kunda banklar kredit, bozor va likvidlilik
risklarini aniq ehtimol bilan hisoblanadigan kutilayotgan natijalardan maksimal
farqlanish (olinishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik darajasi
kutilayotgan natijaning o‘rtacha miqdoridan qay darajada farq qilinishini
ko‘rsatadi) tahliliga asoslangan VaR usuli yordamida aniqlaydilar.
Risk qiymati olingan ehtimol davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
aktivlardagi portfellarning o‘zgarishidan keladigan zararlarni aks ettiradi. Qisqacha
aytganda, yo‘qotishlar x% ehtimollik bilan n kun davomida u so‘mdan oshib
ketmasligiga ishonch hosil qilinadi. Masalan, risk qiymati 1 kunlik uchun 95% lik
33
ishonch intervali bilan 100 ming pul birligini tashkil etadi, ya’ni bir kun
davomidagi yo‘qotishlar 95% lik ehtimol bilan 100 ming pul birligidan oshmaydi.
Xalqaro bank-moliya tashkilotlari (Bazel Qo‘mitasi) bank kapitalining
yetarligini baholash uchun 99% ehtimol darajasini 10 kunga teng qilib o‘rnatgan.
JP Morgan kunlik balansini risk qiymatida 95% ehtimol darajasi bilan e’lon qiladi.
Risk qiymati hajmini aniqlash uchun tanlangan interval vaqti davomida foyda
va zararlarning ehtimollik taqsimlanishini bilish kerak. Risk qiymatini aniqlashda
ishonch intervali va vaqtinchalik gorizont parametrlari yordamida beradi. Qoidaga
ko‘ra, yo‘qotishlar ehtimoli 1%, 2,5% va 5% (99%, 97,5% va 95% ishonch
intervaliga mos ravishda) darajada o‘rnatiladi. Shuni hisobga olish kerakki,
ishonch intervali ko‘rsatkichi o‘sishi bilan risk qiymati o‘sib boradi: 1% lik
ehtimol bilan paydo bo‘lgan yo‘qotishlar, 5% lik ehtimol bilan paydo bo‘lgan
yo‘qotishlardan yuqori bo‘ladi. Vaqtinchalik gorizontni tanlash mazkur aktivlar
bilan necha marta bitim tuzilishiga bog‘liq. Risk qiymati konsepsiyasiga ko‘ra
vaqtinchalik gorizont davomida portfel tarkibi va holati o‘zgarmasdan qoladi.
Portfelni har yangilashda risk qiymatiga tuzatish kiritish kerak.
Tarixiy modellashtirish usuli. Ushbu usul imitatsion usullar qatoriga kiradi.
Unga ko‘ra, portfeldagi instrumentlardan qiymati, uning qiymatiga ta’sir qiluvchi
bozor narxlarida va foiz stavkalarida ifodalanishi kerak. Shuningdek, joriy
portfelga o‘tgan yilda n davr davomida kuzatilgan bozor omilarining real o‘zgarish
riski ta’sir qiladi. Shuning uchun joriy o‘zgarishlar asosida bozor omillarining
gipotik n ko‘paytiruvchilari hosil qilinadi. Shu tarzda olingan gipotetik belgilar real
ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu gipotetik belgilar bilan hisoblab chiqilib, uning
joriy qiymati bilan solishtirganda bozor omillari ta’sirida foyda va zararlarning n
hajmi aniqlanadi.
Monte-Karlo statistik tajribalar usuli. Ushbu usulga ko‘ra, minglab bozor
omillari olinib, ular statistik taqsimlanib chiqiladi. Olingan ma’lumotlar portfel
qiymatining o‘zgarishiga olib kelgan foyda va zararlar hajmi aniqlanadi. Oxirgi
bosqichda portfelning foyda va zararlari aniqlanib, risk qiymati topiladi.
34
Senariy tahlili. Unga ko‘ra portfelning asosiy ko‘rsatkichlari asosida prognoz
qilinadi. Prognoz qilish jarayonida har bir holat uchun portfel qiymatining bozor
omillari (foiz stavkasi, valyuta kursi, aksiya narxi) o‘zgarishi haqida gipotezalar
tuzib chiqiladi. Takliflar asosida portfel qiymati qayta baholanadi. Olingan
ma’lumotlar potensial yo‘qotishlar qiymatiga teng bo‘ladi. Senariy yondashuvida
portfelni testdan o‘tkazish ham qo‘llaniladi. Testlar miqdoriy va sifat tahlillarni o‘z
ichiga oladi. Miqdoriy tahlil makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishini aniqlash va
ularning bank aktivlariga ta’sirini baholashga yo‘naltirilgan. Sifat tahlili ikkita test
vazifalariga asoslangan:
bank kapitalining yirik zararlarni qoplash imkoniyatini baholash;
kapitalni saqlash va risk darajasini tushirish uchun bank qabul qilishi
mumkin bo‘lgan qarorlarni aniqlash.
Test o‘tkazishning quyidagi bosqichlari mavjud:
birinchi bosqichda test o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan axborotlarni
ishonchliligini tekshirish;
ikkinchi bosqichda ma’lumotlar bazasi tuzilib, kredit portfeli tahlil qilinadi;
uchinchi bosqichda risk omillari dinamikasi tanlangan vaqtlar oralig‘idagi
o‘zgarishlarni aniqlash yo‘li bilan tahlil qilinadi.
Tijorat banklari tomonidan bank riskini rejalashtirish boshqarishning
navbatdagi bosqichni tashkil etadi. Bu bosqichda bank strategiyasiga muvofiq
riskni qabul qilish me’yorlari belgilanadi. Ya’ni tijorat banklari agressiv yoki
konservativ strategiya qabul qilishlariga qarab bank tomonidan qabul qilinadigan
riskning me’yori belgilanadi.
Tijorat banklari tomonidan qabul qilingan strategiyaga muvofiq, qabul
qilingan riskning me’yori belgilangandan so‘ng boshqarishning yakuniy
bosqichiga-foiz stavkasi riskining chegaralash va uning ma’lum darajada ushlab
turishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bosqichiga o‘tiladi. Mazkur
bosqich foiz stavkasi riskini tahlil etish, chegaralash va nazorat qilishga doir
hujjatlar, uslublar va usullarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
35
Bank riskining boshqarishga qaratilgan mazkur jarayon tijorat banklar
tomonidan bir butun yaxlitlikda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday
yondashuv banklarga nafaqat bank risklarini to‘g‘ri baholash, rejalashtirish va
nazorat
qilishga,
balki
bankning
foyda
va
risk
kombinatsiyasini
optimallashtirishiga ham ko‘mak beradi.
Risklarni o‘lchash va identifikatsiya qilish bank sektorida risklarni
boshqarish va nazorat ostiga olishning birinchi bosqichidir. Bankirlar risklarni
boshqarish jarayoniga muammoni qo‘yish va uni hal qilishning logik davomi
tariqasida qarashlari kerak. Bank sektorida risklarni boshqarish jarayoni quyidagi
asosiy bosqichlardan iborat:
Bankning risklarga ta’sirchanligini o‘lchash va identifikatsiya qilish. Bank
rahbariyati bankning turli bo‘linmalariga risklarning qanday omillari xavfli
ekanligini aniqlashi hamda ushbu risklarning hajmi va darajasini qanday
o‘lchash kerakligi yuzasidan qaror qabul qilishi kerak.
Bankning har bir bo‘linmasining joriy siyosati va risk omillarining har biri
adekvat tarzda kompensatsiya qilinayotganligini aniqlash uchun bu
siyosatning har kunlik amaliyotga joriy qilinishining holati. Bank rahbariyati
bo‘linmalar faoliyatidagi eng asosiy va jiddiy risk omillarini bartaraf qilish
uchun joriy faoliyat yoki strategik maqsadlarni o‘zgartirilish zarurati
mavjudligini (yoki zarurat yo‘qligini) aniqlashi lozim.
Risklarni boshqarish sohasidaga chora–tadbirlarni tahlil qilish bilan
bankning qisqa va uzoq muddatli rejalarini muvofiqlashtirish. Bank
rahbariyati risk faktorlarining boshqarilish darajasi qo‘yilgan maqsadlarga
mosligini aniqlashi kerak.
Risklarni boshqarish sohasida (har bir hisobot davri davomida va yakunida)
olib borilgan tadbirlar va qarorlar tahlili. Bank rahbariyati risk omillarini
to‘liq aniqlab olganligi va ularni bartaraf qilish yuzasidan olib borilayotgan
ishlar bankning qisqa va uzoq muddatli rejalarida ko‘zda tutilgan
maqsadlarga erishishni ta’minlay olishiga ishonch hosil qilishi zarur.
36
Agar risklarni oldini olishning to‘liq imkoniyati bo‘lmasa, u holda oxirgi
manba – bu riskni boshqarish usuli, ya’ni riskni qoplash hisoblanadi.
Riskni qoplash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Banklar tomonidan umumiy va maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish;
Ma’lum yig‘indilarni zararlarga o‘tkazish;
Kreditlar bo‘yicha foizlar belgilashni to‘xtatish va boshqalar.
Riskni minimallashtirish, ayniqsa kredit riski bo’yicha yuzaga keladigan
muammolarni hal etishda bank boshqaruvi tomonidan ishlab chiqilgan kredit
siyosatining ahamiyati katta. Chunki to’g’ri va aniq ishlab chiqilgan kredit siyosati
bankning joriy moliya yilidagi risni oldini olish, uni bartaraf etish borasida asosiy
hujjatlardan biri hisoblanadi.
Risklarni boshqarishda yuqorida keltirilgan usullardan foydalanishda bank
tomonidan riskka ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni hisobga olishi darkor.
Aks holda, riskka ta’sir etuvchi salbiy omillar natijasida bank risklarni boshqara
olmay qolishi va risklar natijasida paydo bo’lgan zararlarni o’z foydasidan
ajratilgan maxsus rezerv fondlari orqali qoplashga majbur bo’ladi. Bu esa bankning
barqaror faoliyat yuritishiga, kelgusida amalga oshiradigan operatsiyalariga,
shuningdek faoliyatini kengaytirishi va xalqaro bozorlarda o’z o’rnini topishiga
qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bank risklarni boshqarishda
nafaqat rikka ta’sir etuvchi omillarni, balki bank faoliyatiga ham ta’sir etuvchi
omillarni hisobga olishi darkor. Albatta, risklarni boshqarishda yuqoridagi
usullardan maksimal darajada foydalanish orqali banklar ta’bir joiz bo’lsa o’z
daromadlarini maksimal darajaga yetkazish imkoniga ega bo’ladi. Bank
daromadining o’sishi o’z navbatida bankning nafaqat milliy, balki jahon bozorida
o’z o’rni va obro’sini yanada mustahkamlash uchun zamin yaratadi.
|