Норбоев Абдулла Ориф ўғли



Pdf көрінісі
бет23/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

K
BIA 
= [ ∑ (GI
1…n * 
α) ] / n 
Bu yerda: K
BIA
- kapitalga qo‘yilgan talab; GI - oxirgi uch yilda o’rtacha yillik 
yalpi ijobiy foyda; n - yillar miqdori (uch yil); α - 15% bu kurstakich Bazel 
qo‘mitasi tomonidan belgilangan.
Standartlashgan yondashuvda butun bank faoliyati 8 ta yo‘nalishga 
ajratiladi: korporativ moliya, oldi-sotdi va sotish, chakana bank xizmatlari
bankning tijorat operatsiyalari, to‘lovlar va hisob-kitoblar, agent xizmatlari, 
aktivlarni boshqarish va chakana brokerlik operatsiyalari. Har bir yo‘nalish 
bo‘yicha yalpi foyda mazkur yo‘nalish uchun foiz me’yorini aniqlashda asos 
bo‘ladi. Ushbu foiz me’yori risklarning har bir yo‘nalish bo‘yicha darajasi va 
turiga bog‘liq holda 12 dan 18 foizgacha tebranadi. Kapitalni hisoblash formulasi 
quyidagicha 

TSA 
= { ∑ 
yillar1-3 
max [∑ ( GI
1-8 *
β
1-8
),0] } /3 
Bu yerda:
TSA
- kapitalga qo‘yilgan talab; GI
1-8
- har yil uchun 8 ta yo‘nalish 
bo‘yicha o‘rtacha yillik yalpi ijobiy foyda; β
1-8
- 12-18% bu ko‘rstakich Bazel 
qo‘mitasi tomonidan belgilangan. 
Rivojlantirilgan yondashuv operatsion riskni qoplash uchun kerak 
bo‘ladigan kapital miqdorini hisoblashning xususiy usuliga asoslanadi. Ushbu 
usulni ma’lum bir sifat va miqdor andozalariga javob beradigan banklar ishlatishi 
mumkin. Bank rahbariyati Markaziy bankni operatsion riskni baholash tizimi, 


53 
ma’lumotlar jamlash sifati, nazorat mexanizmini shakllantirilganligiga ishontirishi 
lozim.
Mazkur usullar bo‘yicha hisoblangan kapitalning yetarlilik koeffitsientlari 
bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Shu sababli, fikrimizcha, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki mavjud uch usuldan birini tanlab olishi va 
respublikamiz tijorat banklarining barchasida operatsion risk bo‘yicha kapitalning 
yetarliligi ana shu usulda hisoblanishi lozim. Fikrimizcha, kapitalning yetarliligini 
hisoblashning kengaytirilgan usulini respublikamiz bank amaliyotida qo‘llash 
uchun sharoit mavjud emas. CHunki ushbu usul banklarning o‘zlari ishlab chiqqan 
reyting baholash natijalariga asoslanadi. Respublikamiz banklarida esa, operatsion 
riskni baholashning reyting usuli mavjud emas. 
Ma’lumki, Xalqaro hisob-kitoblar bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 
dunyoning 150 mamlakatida (O‘zbekiston ham shular jumlasidan) tijorat banklari 
kapitalining yetarliligini baholash bo‘yicha Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan 
ishlab chiqilgan standart qo‘llaniladi. Ushbu standartga ko‘ra, tijorat banki 
regulyativ kapitalining yetarliligini aniqlash uchun regulyativ kapital summasi 
bankning riskka tortilgan aktivlari summasiga bo‘linadi. Ushbu koeffitsientning 
eng past darajasi 8% qilib belgilangan. Agar tijorat bankida mazkur 
koeffitsientning amaldagi darajasi 8 foizdan past bo‘lsa, u holda, ushbu bankning 
balansi nolikvid hisoblanadi. Respublikamiz tijorat banklarida esa, regulyativ 
kapitalning yetarlilik darajasi 24 foizdan yuqoridir. 
Regulyativ kapitalning yetarlilik koeffitsienti tijorat banklarining to‘lovga 
qobilligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Xalqaro bank amaliyotida 
tijorat banklari kapitalining yetarliligini baholash bo‘yicha uchta metodika mavjud 
bo‘lib, ularning ichida nisbatan mukammali, ko‘pchilik taniqli ekspertlarning 
(K.Barltrop, D.MakNoton, A.Simanovskiy, V.Usoskin, O.Lavrushin va boshq.) 
fikriga ko‘ra, Xalqaro Bazel qo‘mitasi ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan 
metodika hisoblanadi. 
Tijorat banki kapitalining yetarliligini baholash bo‘yicha Xalqaro hisob-
kitoblar banki tomonidan ishlab chiqilgan metodikada kapitalning yetarliligi 


54 
regulyativ kapitalni aktivlarning umumiy summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Ushbu koeffitsientning eng past normativ darajasi 8% qilib belgilangan. 
AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha, 
tijorat banki kapitalining yetarliligi kapitalni depozitlarning umumiy summasiga 
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu koeffitsientning eng past normativ darajasi 
10% qilib belgilangan. 
Bazel-II ning Bazel-I dan farq qiluvchi asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: 

Bazel-II da tijorat banklari regulyativ kapitali yetarliligining risklarga yuqori 
darajada ta’sirchan bo‘lgan tizimini yaratish vazifasi qo‘yilgan. Ushbu tizim 
banklarning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan risklarni miqdoriy 
baholashga asoslanadi. 

Kredit riskini pasaytirish maqsadida qo‘llaniladigan instrumentlarga katta 
e’tibor qaratilgan. 

Kapitalning operatsion riskka nisbatan yetarliligiga yangi talablar qo‘yilgan. 

Nazorat organlarining vakolatlari kengaytirilgan. 
Bazel-II standarti tarkibiy jihatida kapitalga nisbatan minimal talablar 
bo’yicha tavsiyalar berilgan.Bunda kapitalga nisbatan minimal talablar kredit, 
bozor va operatsion risklarning darajasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 
Umumiy kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati 8 foizdan kam
bo‘lmasligi kerak. 
Bazel-II da kontragentda hosilaviy qimmatli qog‘ozlar, REPO bitimi 
bo‘yicha yuzaga keladigan kredit risklari darajasi ham kapitalning yetarliligini 
baholashda hisobga olinadi. 
Bazel-II kredit riskini o‘lchash bo‘yicha uch yondashuvni taklif etadi: 
 standartlashgan yondashuv; 
 ichki reytinglarga asoslangan bazaviy yondashuv (IRB-Internal rating-based 
approach); 
 ichki reytinglarga asoslangan takomillashgan yondashuv. 
Bazel-II 
kredit riskini baholashda qo‘llaniladigan koeffitsientlar 
quyidagilarni hisobga oladi: 


55 

mamlakatning suveren kredit reytingi; 

bankning reytingi; 

kredit olgan mijozning reytingi; 

bank operatsiyasining turi. 
AQShlik bank nazorati bo‘yicha ekspertlar Bazel-1 ning ayrim talablariga,, 
shu jumladan, kredit riskini baholash bo‘yicha talabiga nisbatan jiddiy e’tirozlar 
bildirib kelinayotgan edi. Bazel-1 da tijorat banki tomonidan mijozlarga berilgan 
kreditlarning risk darajasi 100% qilib belgilangan edi (ipoteka kreditlari bundan 
mustasno). Banklar tomonidan hukumatlarga berilgan kreditlarning risk darajasi 
esa, ushbu mamlakatlarning Ijtimoiy-Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo yoki 
a’zo emasligidan kelib chiqqan holda belgilanar edi. Bu esa, AQSHlik 
ekspertlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular haqli ravishda e’tiroz bildirishdi: 
nima Indoneziya hukumatining kredit to‘loviga layoqatliligi AQShning “Jeneral 
Motors” kompaniyasinikidan yuqorimi? 
Bazel qo‘mitasi ekspertlari AQSh ekspertlarining e’tirozini hisobga olishdi 
va xalqaro kreditlarning risk darajasini mamlakatning suveren kredit reytingiga 
bog‘liq ravishda belgilash tartibini joriy qilishdi.
Mavjud bo‘lgan AAA dan C- gacha tashqi reytinglar shkalasida Bazel II” V- 
dan kam bo‘lmagan reytinglarni e’tiborga oladi. Yanada past reytingli yuridik 
shaxslarga (ularning qaysi tarmoqqa aloqador ekanligidan qat’iy nazar) yuqori 
baholash koeffitsienti beriladi (150% miqdorida). 
“Bazel-II” tomonidan, davlatlar va markaziy banklarga berilgan (suveren 
reytingi deb atalmish) reytinglar, u yoki bu korxona yoki kredit tashkilotining 
yakka tartibdagi kredit reytinglari va eksport kredit reytinglari farqlanadi. 
Kontragentlarning risk darajasi quyidagi tarzda aniqlanadi: 
Suverenlarga nisbatan - davlatning tashqi kredit reytingiga bog‘liq ravishda;
Birinchisi– rezidenti u yoki bu bank, yoki mahalliy hokimiyat idorasi 
bo‘lgan, davlatning tashqi kredit reytingiga asoslangan.
Ikkinchisi – bankning yoki mahalliy hokimiyat idorasining o‘z reytingiga. 


56 
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Bazel qo‘mitasini 
banklarning kapitaliga nisbatan belgilangan talablarni keskin kuchaytirishga 
majbur qildi. Natijada Bazel-III deb nomlanuvchi yangi Bitim yuzaga keldi va 
uning asosiy jihatlari 2010 yilning 12 sentyabridan kuchga kirdi. 
Ushbu yangi Bitim Bazel-II ni bekor qilmaydi, balki uni to‘ldiradi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет