7000 8000 ~7000 8000
. C£j*q o) (3ooo-6+4ooo-8) 18000+32000 50000 im.oinno/ im.w
CZjx4x) 3400-5 + 4600-7 17000+32200 49200
Mehnat talabchanligining pasayishi natijasida (ikkala mahsulot turi bo’yicha ham 1 k/soat) va ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibi o’zgarishi natijasi. Umumiy olingan vaqt tejami.
Mahsulot
|
dq(t
|
dq
|
^0
|
4
|
turlari
|
Ko’ylak
|
0,4286
|
0,425
|
6
|
5
|
Kostyum
|
0,5714
|
0,575
|
8
|
7
|
dq =
Iw =
2>
EvEgo E,r'
6 0,4286 + 8 0,5714 7,1428
X/i ’ E'o E'A 5-0,425 + 7-0,575 6,13
= 1,162-100% = 116,2%
YA’ni o’zgaruvchan tarkibli indekslar 3 usulda hisoblansa ham, bir xil natija
beradi.
Iw =
iwT
E(Vi Ecf
t)9i f0?i *
ETi ETi ETi ETi E?i?i E^ EW0dT Ehdqi
ErA, _ E?o^i _ 6-0,425 + 8-0,575 _ 7,15
Erfi^i 5-0,425 + 7-0,575 6,15
= 1,1626-100 = 116,26%
q
Mahsulot hajmi o’zgarishiga sarf qilingan ish vaqti mehnat unumdorligi ta’sirini aniqlash.
YUqorida aytilganidek mehnat unumdorligi darajasi ikki ko’rsatkichga nisbatan hisoblanadi, ya’ni, W = d!T
q - mahsulot hajmi;
T - sarf qilingan ish vaqti.
Demak, mehnat unumdorligiga ikkala omil ta’sir ko’rsatadi. Mana shu omillarning ta’siri mutlaq miqdorda quyidagicha hisoblanadi.
Qr^W-Wo)-^
Q = Qm~Qm
Namunaviy misol.
Quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Ko’rsatkichlar
|
Davr
|
Indeks
|
|
Jami
|
1. Mahsulot hajmi, ming so’m
|
300
|
385
|
1,25
|
2. Sarf qilingan ish vaqti (kishi/kun)
|
100
|
110
|
1,1
|
3. Kunlik mehnat unumdorligi, ming so’m
|
3
|
3,5
|
1,17
|
Mahsulot hajmi o’zgarishiga, ya’ni, AQ =Q1-Q0 = 385 - 300 = 85 ming
oshishini ikki omil ta’sir ko’rsatgan.
a) ekstensiv omil, ya’ni, sarf qilingan ish vaqti o’zgarishi ta’siri.
300
aQ(T) =(T1-T0)- W0 =110-100 = — = 30mmg so m.
b) intensiv omil, ya’ni, mehnat unumdorligi o’zgarishining ta’siri.
*0(W)
385 300
= («' -Wn)-T,= ( )-110 = 55mmg so m.
1 01 110 100
Demak, Ae = Ag(T) + Ag(W) = 30 + 55 = 85 ming so’m.
so’m
Qisqacha xulosalar
Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi, u to’g’ri va teskari ko’rsatkichlar yordamida baholanadi. To’g’ri mehnat unumdorligi ko’rsatkichi - vaqt birligida ishlab chiqargan mahsulot miqdorini ifodalaydi. Teskari mehnat unumdorligi ko’rsatkichi, mehnat talabchanligi - mahsulot birligiga sarf etilgan ish vaqti birligini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlar orasida teskari bog’liqlik mavjud.
Mehnat unumdorligi darajasini o’rganish muammosi, iqtisodchi-statistiklar orasida diskussiya hisoblanib, juda ko’p fikr va mulohazalar bildirilmoqda. G’arb statistikasida unumdorlik ko’rsatkichlari tizimi ishlab chiqarish nazariyasi asosida tashkil etiladi va bu nazariyaga ko’ra mehnat unumdorligi, unumdorlikning xususiy ko’rsatkichi sifatida qaraladi, chunki sarflangan jonli mehnat, faqat ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida qaralib, texnik taraqqiyot etishi sari uning ahamiyati kamayib boradi va shuning uchun mahsulot yaratishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish omillarini ham hisobga olish lozim.
Xalqaro statistikada unumdorlik hisob-kitobida, mahsulot ko’rsatkichi sifatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish, pirovard mahsulot, sof mahsulot, yalpi qo’shilgan qiymat, sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkinligi ko’riladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi indeks usuli yordamida o’rganilib, bu usul nafaqat mehnat unumdorligi o’zgarishini ko’rsatib, balki turli xil omillar ta’sirini ham aks ettiradi. Mehnat unumdorligi bozor sharoitida natijaviy ko’rsatkichni oshirishning asosiy omili bo’lib hisoblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Mehnat unumdorligini xalq xo’jaligi rivojlanishida tutgan o’rni.
Mehnat unumdorligi darajasini hisoblash usullari.
Unumdorlikni o’rganish bugungi kun diskussion muammolari.
Unumdorlikni baholashda qo’llaniladigan natijaviy ko’rsatkichlar.
Mehnat unumdorligi dinamikasini o’rganish.
O’zgaruvchan tarkibli indekslarni hisoblash usullari.
Doimiy tarkibli indekslarni hisoblash usullari va ular orasidagi farq.
Tarkib siljishli indekslarni hisoblash usullari va ular orasidagi farq.
Asosiy adabiyotlar
Akbarova Z. Mehnat bozori statistikasi. O’quv qo’llanma. - T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent, 2004.
Под ред. С.Д.Ильенковой. Микроэкономическая статистика. Учебник. - М., 2004 г.
В.Г.Мишшкин, О.ЛКозaрезовa. Основу теории - М., 2004 г.
Р.A.Шмойловa и др. npa^^yM по теории стaтистики. Учебной пособие. - М., 2004 г.
Р.A.Шмойловa и др. Теория стaтистики. Учебник. - М., 2004 г.
Бaшкaтов Б.И., ^рпухиш Г.Ю. Междунaроднaя стaтистикa трудa. Учебник. - М.: Дело и Сервис, 2001.
Сиденко А.В., Бaшкaтов Б.И., Мaтaевa В.М. Междунaроднaя стaтистикa. Учебник - М: Дело и Сервис, 1999.
Бaшкaтов Б.И., ^рпухиш Г.Ю. Междунaроднaя стaтистикa трудa. Учебник. - М.: Дело и Сервис, 2001.
Сиденко А.В., Бaшкaтов Б.И., Мaтaевa В.М. Междущродшя стaтистикa. Учебник - М: Дело и Сервис, 1999.
www. euireland. ie
www.cec.org.uk
www.eurunion.org
www. europarl. ie
bob. ISHCHI KUCHI QIYMATI STATISTIKASI
Ishchi kuchining qiymati tushunchasi va uning ko’rsatkichlari tizimi
Xalqaro mehnat bozori statistikasida markaziy o’rinni egallovchi ishchi kuchi qiymatining ko’rsatkichi geografik, tarmoq va kasbiy (professional) jihatlarda ishchi kuchining harakatchanligi (moyilligi)ga ta’sir etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli ishchi kuchining talab va taklifi nisbatiga, shuningdek, mehnat bozorida shakllanadigan vaziyatga bevosita bog’liq bo’ladi. “Ishchi kuchi qiymati” kategoriyasi faqat bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mavjud bo’ladi. Markaziy rejalashtiriladigan iqtisodiyotda bu kategoriya o’rnida faqat mehnat haqi ko’rsatkichidan foydalanilgan. Sababi shundaki, mehnatga haq to’lash ish haqini belgilashning markazlashgan tizimi bo’yicha aniqlangan va amalda ishlab chiqarish natijalariga bog’liq bo’lmagan.
Ishchi kuchiga qo’shimcha sarflarning katta qismi taqsimlash tartibida davlat byudjeti orqali amalga oshirilgan. Oylik o’rtacha ish haqi korxonada bor bo’lgan (amalda-belgilangan)umumiy ish haqi fondi va xodimlarning o’rtacha soni asosida hisoblangan. Bunda faqat to’la oy ishlagan ishchi va xizmatchilar hisobga olingan, ya’ni to’la ish haqi yoki kasalligi, haq to’lanmaydigan ta’til yoki boshqa sabablar tufayli maosh olmaydiganlar hisobga olinmagan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan davlatning roli o’zgaradi, uning bu sohadagi ko’pgina vazifalari bevosita ish beruvchilarga topshiriladi. Ish haqi kasaba uyushmalari bilan ish beruvchilar, shuninigdek, hukumat o’rtasidagi muzokaralar mavzuiga aylandi. Ish beruvchilar ish haqi shakli va moddiy rag’batlantirish shaklini mustaqil belgilaydi, xodimlar tarif miqdorlari va lavozim maoshlarini aniqlaydilar, turli ijtimoiy to’lovlar amaliyotini qo’llaydilar.
XMT ta’rifiga ko’ra, ishchi kuchining qiymati (yoki ishchi kuchini saqlash xarajatlari) ish beruvchilarning ishchi kuchini saqlash va undan foydalanishga aloqador sarflari summasidir. Bu sarflar ikki guruhga: bevosita va bilvosita sarflar guruhiga ajratiladi.
Ishchi kuchiga bevosita sarflarga quyidagilar kiradi: bevosita ish haqi va maosh ishlanmaydigan vaqt uchun to’lov; ish haqi fondiga kirmaydigan mukofot va sovg’alar; ovqatlanish va ichimliklar harakatlari hamda iqtisodiy faoliyat jarayonida natura shaklidagi boshqa to’lovlar.
Ishchi kuchiga bilvosita sarflar quyidagilarni o’z ichiga oladi: ish beruvchi o’z zimmasiga oladigan xodimlarning turar joyga xarajatlari; ishchi kuchiga boshqa xarajatlar, shuningdek, ishchi kuchiga xarajatlar sifatida qaraladigan soliqlar. Analitik maqsadlarda ishchi kuchiga xarajatlarni iqtisodiy faoliyat sohalari bo’yicha va imkoni bor joyda ish haqi bilan maosh oluvchilarning xalqaro standart tariflari yo’qligi tufayli bu kategoriyalarni shu mamlakat statistik maqsadlari uchun eng yaroqli mezonlarni hisobga olib farqlash lozim.
Ishchi kuchiga xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bandlar soniga muvofiq tarzda ish haqi yoki maosh oladigan, ishlab turgan erkaklar va ayollar, shuningdek,
shogirdlar soni ham ko’rsatilgan ma’lumotlar bilan to’ldirish kerak. Ishchi kuchi qiymati ko’rsatkichini hisob-kitob qilish uchun haqiqiy ma’lumotlarni yig’ish ish beruvchilarni tanlab tekshiruvdan o’tkazish asosida amalga oshiriladi. Bu 5 yilda bir marta o’tkaziladi va afsuski, barcha mamlakatlarda emas, bu xalqaro taqqoslashni ancha qiyinlashtiradi.
Natijada mazkur maqsadda amaliyotda, qoidaga ko’ra, faqat soatbay ish haqi to’lash ko’rsatkichidan foydalaniladi. Statistika ishchi kuchi qiymatini o’rganish jarayonida quyidagi vazifalarni hal qiladi:
ishchi kuchi qiymati darajasi, tuzilishi va dinamikasini hududlar hamda iqtisodiy faoliyat sohalari bo’yicha aniqlash;
mehnat haqi, ayniqsa, ish haqi ko’rsatkichlarini statistik o’rganish, shuningdek, uning darajasi va dinamikasiga turli omillar ta’sirini o’rganish;
xodimlarni bandlikdan oladigan daromadlari ulushini baholash;
aholi foydalanadigan ijtimoiy transportlarning statistik tasnifi;
ishchi kuchining malaka egallash va ma’lumot darajasini oshirishga bog’liq xarajatlar hajmi va dinamikasini o’rganish;
vakant birligi hisobiga ishchi kuchiga o’rtacha xarajatlarni (mehnat sarfi birligiga xarajatlarni) aniqlash.
Mehnatga haq to’lash ko’rs atkichlari
Mehnatga haq to’lashni o’rganish «Mehnat statistikasi»ning eng muhim vazifalaridan bin hisoblanadi, chunki mehnat miqdori va sifatiga ko’ra, bir xil mehnatga haq to’lashdagi jiddiy farqlanish aholining mehnat mobilligi kuchayishining muhim omili hisoblanadi.
Mehnat haqi aholining pul va natura ifodasidagi barcha daromadlari bo’lib, u iqtisodiy faoliyat jarayonida hosil bo’ladi va ish haqi, choy puli va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ish haqi yollanma xodimlarga, qoidaga ko’ra, muntazam vaqt oralig’ida ishlangan va ishlanmagan vaqt uchun pul va natura shaklida to’lanadigan rag’batlantirishdir.
Hozirgi kunda ish haqining darajasi va dinamikasini hisobga olish u yoki bu shaklda amalga oshirilishi mumkin. Ammo turli manbalarda ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar bir-biridan jiddiy farq qiladi: korxonalar (ish beruvchilar)ning ma’lumotlari eng yuqori hisoblanadi; ijtimoiy ta’minot va sug’urta organlari (kasalxona kassalari, nafaqa fondlari va boshqalar)ning ma’lumotlari ancha pastroq; kasaba uyushmasining ma’lumotlari undan ham pastroq bo’ladi. So’zsiz, kasaba uyushmalarining ma’lumotlari ko’proq darajada ishonchli bo’ladi.
Hozirgi kunda ish haqining ikki asosiy shakli: vaqtbay va ishbay turi mavjuddir.
Vaqtbay ish haqi ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq bo’lib, quyidagi ikki ko’rinishga ega:
Ishbay ish haqi bajarilgan ish miqdori va sifatiga bog’liq bo’ladi. Uning bir necha turlari bor:
bevosita ishbay (bunda ishning bahosi bajarilgan ish hajmidan qat’inazar o’zgarmaydi);
ishbay progressiv (bunda bajarilgan ish bahosi bajarilgan ish hajmiga ko’ra ortib boradi);
ishbay mukofotli;
akkord ish haqi (alohida ish turlarini bajarish ish beruvchi bilan yollanma ishchi o’rtasida akkord shartnomasini tuzish natijasida aniqlanadi).
Aytish lozimki, amaliyotda vaqtbay va ishbay ish haqi sof ko’rinishda ancha kam qo’llanadi. Odatda, bu ikki shaklning turli birikmalaridan foydalaniladi.
Umumiy mehnat natijasiga qo’shgan hissasini aniqlash mumkin bo’lgan ish kuchi kategoriyalari mehnati ishbay haq ko’rinishida rag’batlantiriladi, qo’shgan hissasini aniqlash mumkin bo’lmagan kategoriyalar vaqtbay hisoblanadi.
Ish haqi fondi tarkibiga: ishlangan vaqt va ishlanmagan vaqt uchun mehnat haqini to’lash kiradi.
Ishlangan vaqt uchun mehnat haqi to’lash quyidagilarni qamrab oladi:
vaqtbay ishlovchilarga ishlangan vaqt uchun ish haqi to’lash;
vaqtbay ishlovchilarga rag’batlantiruvchi qo’shimcha to’lovlar to’lash;
ishbaychilar ish haqi;
ustama ishdan tashqari soatlarda, tungi vaqtda ishlaganligi uchun,grafik, bayram kunlari uchun qo’shimcha to’lovlar;
komission to’lovlar;
turli qo’shimcha to’lovlar (staj, malaka, brigadaga boshchilik qilganlik, shogirdlarni o’qitganlik uchun; ish sharoitining zararliligi uchun va indeksasiya to’lovlari).
Ishlanmagan vaqt uchun to’lovlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
haq to’lanadigan davlat bayrami kunlari;
har yilgi ta’tillarga haq to’lash;
boshqa haq to’lanadigan ta’tillar;
mukofotlar (mavsumiy, yillik, foydadagi ishtirok, shuningdek, ta’tilga qo’shimcha to’lovlar).
YUqoridagilar bilan barcha ish haqiga ish beruvchi bevosita xodimga to’langan turar joy subsidiyalari va oilaviy nafaqalar ham qo’shiladi. Ish haqi fondiga quyidagilar kiritilmaydi: ish beruvchilarning o’z xodimlari ijtimoiy ta’minoti va pensiya fondlariga badallari; xodimlarning shu tizim va farqlar doirasida olgan summalari; dam olish nafaqalari.
Turli mamlakatlar statistikasida xodimlar oladigan natura shaklidagi to’lovlar summasini ish haqiga kiritish masalasi turlicha hal qilinadi. Qator mamlakatlar (Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya)da bu to’lovlar ish haqi fondi tarkibiga to’la kiritiladi; ayrim mamlakatlar (Belgiya)da ish haqiga faqat mahsulot bilan berilgan to’lovlar kiritilib, bepul berilgan turar joy qiymati kiritilmaydi;
boshqa mamlakatlar (Fransiya, Germaniya, YAponiya)da natura shaklidagi to’lovlar ish haqi fondiga umuman kiritilmaydi.
Ish haqi ikki variantda hisoblanadi:
yalpi (soliqlar va majburiy to’lovlar chegirilguncha);
sof (soliqlar va to’lovlar chegirilgandan so’ng).
Statistikada asosiy va qo’shimcha ish haqi ham farqlanadi.
Asosiy ish haqi haqiqiy bajarilgan ishlar uchun to’lovlardan iborat bo’ladi, qo’shimcha ish haqi esa shu korxonada ishlovchi xodimlarning bilvosita daromadlarini ifodalaydi. Asosiy ish haqi egallab turgan lavozim, ma’lumot va malaka darajasi, staj va bajarilayotgan ishning murakkabligiga bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha ish haqi me’yor (norma)ni oshirib bajarganlik uchun to’lanadigan haq va narx-navoning o’sishi munosabati bilan turmush darajasini saqlash uchun qo’shimcha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Asosiy va qo’shimcha ish haqidan tashqari bir oylik maosh miqdorida yilda bir ikki marta taqdirlov puli sifatida beriladigan bonuslar mavjud.
Keyingi yillarda ish haqining umumiy fondida qo’shimcha ish haqining salmog’i asosiy ish haqi ulushining kamayishi hisobiga bo’ldi.
Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi fondini shakllantirish asosini tarif miqdorlari tashkil qiladi. Ular ma’lum kasb va ma’lum malaka darajasiga ega bo’lgan xodimning ma’lum vaqt oralig’idagi mehnat haqini qayd etadi. Xodimlarning alohida razryadlari bo’yicha tarif setkalaridan foydalaniladi. Har bir razryaddagi xodim turli normativ xujjatlarda rasmiy mustahkamlangan ma’lumot malaka talablariga javob berishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonida ayni bir xil razryadga ega bo’lgan ishchilar haqiqiy bajarayotgan ishlaridan qat’inazar, bir xil tarif miqdorini oladi.
Tarif miqdoriga hududiy omil ham ta’sir etadi. Ish haqi o’rganilganda uning o’rtacha darajasi aholining alohida ijtimoiy-kasbiy tariflari bo’yicha aniqlanadi. U bir xodimga to’g’ri keladigan va bir kishi/soatga to’g’ri keladigan hisobda ham aniqlanishi mumkin. Birinchi holatda ish haqi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
f
TfT =
T -
Ish haqi fondi
o’rtacha xodimlar soni (qilingan ish vaqti)
Bu erda, f - o’rtacha ish haqi.
O’rtacha ish haqi: o’rtacha soatlik ish haqi, o’rtacha kunlik ish haqi, o’rtacha oylik ish haqi, o’rtacha yillik ish haqi bo’lishi mumkin.
Xalqaro statistikada, qoidaga ko’ra, ish haqi bir xodim hisobiga emas, bir kishi/soatiga ko’ra aniqlanadi. Sababi shundaki, dunyo mamlakatlarining ko’pida xodimlarning sezilarli qismi to’la ish vaqtida band bo’lmaydi.Ish haqi dinamikasini o’rganishda ish haqining rivojlanish tendensiyasini aniqlash imkonini beradigan
indeks usulidan keng foydalaniladi.Ish haqi umumiy fondining dinamikasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Fo Zf„T0
Bu erda, Fi va F0 - ish haqi fondlari. F = ^1T
O’rtacha ish haqi dinamikasini ta’riflovchi indekslar esa muhim indekslar hisoblanadi. O’rtacha ish haqi qay darajada o’zgarganligini bilish maqsadida umumiy o’zgaruvchan tarkibli indeks hisoblanadi:
т _ к Zf к. Ef»T„
fo Zh ■ £T0
Bu indeksga ikki omil ta’sir ko’rsatadi: birinchidan:
-o’rtacha ish haqi o’zgarishi С , Г, ;
-turli ish haqi oluvchi xodimlar tarkibi (yoki sarf qilingan ish haqi) o’zgarishi.
ZV
T
dT =W-.
Zh
Har bir omilning o’rtacha ish haqi o’zgarishiga qay darajada ta’sir ko’rsatganini o’rganish maqsadida o’zgaruvchan tarkibli indeks quyidagi hosilaviy indekslarga bo’linadi:
-doimiy tarkibli indeks, faqat birinchi omilning ta’sirini o’rganish uchun
7 _Zf1T1.ZfpT1_Zf1T1
f ZT1 ' ZT1 Zhh
- tuzulmaviy siljish indeksi,
If(dT)= T‘ : ^5°Tl yoki If(dT) “
Zh Zh
Ularga o’zgaruvchan tarkibli, doimiy tarkibning ish haqi indekslari va tuzilmaviy siljishlar indekslari kiritiladi. Doimiy tarkibli ish haqining indeksi ishchi kuchining tarkibiy tuzilmasi o’zgarmas bo’lgandagi o’rtacha ish haqining dinamikasini tavsiflaydi. Uni hisob-kitob qilishda tarozi sifatida hisobot davridagi xodimlar soni (ishlangan vaqt) dan foydalaniladi.
Ish haqi ko’rsatkichlarini tavsiflashda nominal va haqiqiy (real) ish haqini farqlash lozim. Nominal ish haqi ish haqining muvofiq qiluvchi davr narxlarida puldagi ifodasidir. Real ish haqi nominal ish haqi xarid qobiliyatining puldagi ifodasi, ya’ni mazkur ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan iste’mol tovar va xizmatlarning yig’indisidir.
Inflyasiya sharoitlarida real ish haqini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki u narxlar o’zgarishining ta’sirini bartaraf etadi va xarid qobiliyatining haqiqiy dinamikasini aks ettiradi.Real ish haqi indeksi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
heal ih horn ih ■ h
Достарыңызбен бөлісу: |