О. К. Иминов tdiu "Statistika" kafedrasi dotsenti, I f. n. M. Ya. Azimov



бет6/13
Дата06.03.2020
өлшемі316.79 Kb.
#448101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mehnat statistikasi. Акбарова З. Ў-қ 2006.


295+ 304+311+312+320+302+314+320+312 О rtachaishgakelganlaisom= =


2790


9


= 310k is hi


Demak, turli xil sabablarga ko’ra, har kuni o’rtacha 13 kishi ishga kelmagan, kelganlardan ikki kishi kun mobaynida bo’sh turganlar. Umuman har kuni 15 kishi mehnatidan foydalanilmagan.

Korxona xodimlari harakatini ta’riflash uchun mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan foydalanildi. Mutlaq ko’rsatkichlarga: ishga qabul qilish aylanmasi, ishdan bo’shash aylanmasi, ortiqcha aylanma kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Agar o’rtacha yillik ro’yxatdagi xodimlar soni xalq xo’jaligida band bo’lganlar sonini hisoblash uchun mo’ljallangan bo’lsa, bu ko’rsatkichni hisoblashda maxrajida korxona qancha muddat faoliyat ko’rsatishidan qat’inazar yilli kalendar kunlar olinadi.

Masalan, korxona o’z faoliyatini 31 dekabrda boshlab ro’yxatdagi xodimlar soni 365 kishi bo’lsa:


O'rtachayillik ro'yxatdagixodimlarsoni= = \kishi

ЪЬЪкип

Bunday hisoblashdan maqsad, bir necha korxonalarda yil davomida ishlaganlarni qayta-qayta hisobga olmaslikdir.






Yil boshidagi ishchilar soni

360

Yil davomida ishga qabul qilinganlar

38

Boshqa kategoriyalardan ishchilar kategoriyasiga o’tg anlar

4

Harbiy xizmatga chaqirish munosabati bilan ishdan bo’sh aganlar

4

Nafaqaga chiqish munosabati bilan bo’shaganlar

6

O’z xohishi bo’yicha bo’shaganlar

16

Mehnat intizomini buzish bo’yich a bo’sh aganlar

2

Ishchi kategoriyasidan boshqa kategoriyaga o’tg anlar

2

Yil davomida doimiy ishlagan ishchilar soni

340


Ishchilar toifasiga qabul qilish aylanmasi:


К


— X100 = — X100 = 11,48%
T 366


Ishchilar toifasidan umumiy bo’shash aylanmasi:

D ОЛ


Kh = — X100 = X100 = 8,2%

T 366

Qo’nimsizlik ko’rsatkichi:



= ortiqcha aylanma x 1QQ _ Jj_x 1QQ _ 4 92,/o T 366

Doimiylik ko’rsatkichi:



r. W/davomidadoimiv ishlaganlar soni 340 , ,w,

A, = = 5 x 100 = x 100 = 92,9%



f T 366

Ko’rinib turibdiki, ortiqcha aylanma ko’rsatkichi 4,92%ni tashkil etib, bu degani, har o’rtacha 100 ishchidan beshtasi o’z xohishi bilan yoki mehnat intizomini buzish natijasida ishdan bo’shagan, demak intizom borasida ishchilarning o’z ishidan manfaatdor bo’lmasligi sababli, bu ko’rsatkich yuqori bo’lib, ma’muriyat o’z xohishi bilan bo’shaganlar sababini o’rganish ustida ish olib borishlari lozim. Xodimlar harakatini o’rganish maqsadida quyidagi absolyut ko’rsatkichlardan foydalaniladi:



  1. Umumiy ishchi toifasiga kiritilganlar soni (K)=38k + 4k = 42 kishi.

  2. Umumiy ishchi kategoriyasidan chiqqanlar soni

(B)=4k+6k+l 6k+2k+2k=3 Okishi:

  • zaruriy aylanma=4k+6k+2k=12kishi;

  • ortiqcha aylanma=16k+2k=18kishi.

Xodimlar harakati nisbiy ko’rsatkichlarini hisoblash uchun kerak o’rtacha yillik ishchilar sonini hisoblaymiz, buning uchun:

-yil oxiridagi ishchilar soni Ti=T0+K-B, Ti=360+42-30=372kishi;

- o’rtacha yillik ishchilar soni T = Tl + T° = 360 + 372 = 366kislii.

2 2


Qisqacha xulosalar

Iqtisodiy faol aholiga tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun o’z mehnatini taklif qiladiganlar kiritiladi. «Iqtisodiy faol aholi» tushunchasi o’rnida «ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» tushunchalari ishlatiladi. Ammo shuni nazarda tutish kerakki, «mehnat resurslari» toifasi yuqorida aytilgan toifalardan faqat «bandlar» va «ishsizlar»nigina emas, balki mehnatga layoqatli yoshdagi o’quvchilar, uy bekalari, har xil sabablarga ko’ra, iqtisodiy faol aholi hisoblanmaydigan mehnatga layoqatli boshqa shaxslarni qamrab olishi tufayli farqlanadi.

BMXT-93 alohida shaxslarni haqiqiy yoki potensial bandlikga ko’ra tasniflaydi. Band bo’lgan aholi nafaqat absolyut miqdorlarda, balki nisbiy miqdorlarda ham o’rganiladi, chunki makon va zamonda qiyoslashda mana shu nisbiy miqdorlardan foydalaniladi.

Xalq xo’jaligida band bo’lganlarga turli xil iqtisodiy faoliyat bilan band bo’lganlar, korxona, tashkilot, muassasalar, ya’ni yuridik shaxslarda va shu bilan fizik band bo’lganlar ham kiritiladi. Demak, umumiy band bo’lganlarni o’rganish







mikrodarajada, ya’ni korxona, firma va hokazolarda band bo’lganlami o’rganishdan boshlanadi. Korxonada band bo’lganlarni o’rganish maqsadida ro’yxatdagi xodimlar soni tuziladi, bu ko’rsatkich fursatli bo’lib, o’zgarishiga xodimlar harakati ta’sir etadi. Bu harakatni o’rganish maqsadida absolyut va nisbiy harakat ko’rsatkichlari hisoblanadi. Turli xil iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashda qo’llaniladigan o’rtacha ro’yxatdagi, o’rtacha ishga kelganlar va o’rtacha haqiqiy ishlaganlar soni hisoblanadi.

Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. Ish kuchi haqida tushuncha.

  2. Mehnat resurslari balansi va uning tarkibi.

  3. BMXT-93ga binoan band bo’lganlarning tasnifi.

  4. YOllanma xodimlar haqida tushuncha va ularning tarkibi.

  5. Ishsizlar haqida tushuncha.

  6. Iqtisodiy faol aholining tasnifi.

  7. Bandlik va ishsizlik nisbiy ko’rsatkichlarini hisoblash.

  8. Ro’yxatdagi xodimlar soniga kimlar kiritiladi?

  9. Nima maqsadda va qanday usullarda o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni hisoblanadi?

  10. Ish kuchi harakati qanday ko’rsatkichlar yordamida o’rganiladi?

Asosiy adabiyotlar

  1. Akbarova Z. Mehnat bozori statistikasi. O’quv qo’llanma. - T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent, 2004.

  2. Пoд рeд. С.ДИльeнкoвoй Микрoэкoнoмичeская статистика. Учeбник. - М., 2004 г.

  3. В.Г.Минашкин, O.ЛКoзарeзoва. Oснoвы тeoрии статистики. - М, 2004 г.

  4. Р.А.Шмoйлoва и др. Практикум пo тeoрии статистики. Учeбнoй пoсoбиe. - М., 2004 г.

  5. Р.А.Шмoйлoва и др. Teoprn статистики. Учeбник. - М., 2004 г.

  6. Башкатов Б.И., Карпуxина Г.Ю. Международная статистика труда. Учебник. - М.: Дело и Сервис, 2001.

  7. Сиденко А.В., Башкатов Б.И., Матаева В.М. Международная статистика. Учебник - М: Дело и Сервис, 1999.

  8. www. euireland. ie

  9. www. euireland. ie

  10. www.cec.org.uk

  11. www. eurunion. org

  12. www. europarl. ie





  1. bob. ISHCHI KUCHIGA TALAB VA TAKLIF

  1. Ishchi kuchining taklif ko’rs atkichlari

Ishchi kuchi taklifmi statistik aks ettirish maqsadida potensial, haqiqiy va qo’shimcha taklif kategoriyalaridan foydalaniladi.

Potensial taklif hajmi mehnatga layoqatli aholining butun aholi soni va tarkibi, sog’lig’ining holati va mehnatga layoqatlilik darajasi, aholining hududiy joylashishi va joydan-joyga ko’chishi, shuningdek, shu mamlakatdagi ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlarga bog’liq turli belgilari bo’yicha soni va tarkibiy tuzilishi ko’rsatkichlari yordamida ifodalanadi.

Haqiqiy taklif hajmi iqtisodiy faol aholining soni va tarkibiy tuzilishi ko’rsatkichlari yordamida aks ettiriladi. Iqtisodiy faol aholining soni ishchi kuchi taklifining dolzarb chegarasi hisoblanadi. Haqiqiy taklif hajmida talab qamrab olgan, band aholining soni va tarkibiy tuzilishi bilan ifodalanadigan, qoniqtirilgan taklif ajratib ko’rsatiladi.

Band aholini ta’riflash maqsadida guruhlashning quyidagi tasnifashidan foydalaniladi, ulardan muhimlari:



  1. jins va yosh bo’yicha;

  2. malaka va ma’lumot darajasi bo’yicha;

v) xodim foydalanadigan, ustama va imtiyozlarni belgilaydigan ish staji bo’yicha;

g) daromadlar darajasi chegaralari asosida amalga oshiriluvchi daromadlar darajasi bo’yicha;



  1. tarmoq tasnifi bazasida amalga oshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha;

  2. fuqarolik bo’yicha (shu mamlakat fuqarolari va xorijiy fuqarolar);

j) shartnoma bo’yicha ishlovchi xorijiy fuqarolar uchun bandlik turlari bo’yicha (korxona va tashkilotlar mehnat jamoalari tarkibida; pudrat shartnoma (kontrakt)larini amalga oshirish uchun jalb qilingan xorijiy yuridik shaxslar tarkibida; jismoniy shaxslarda);

z) XTST ga ko’ra, xodimlarning 10 asosiy guruhini qamrab oladigan ijtimoiy - kasbiy tarkib bo’yicha:



  1. Qonun chiqaruvchilar, katta davlat xizmatchilari va boshqaruvchilar.

  2. Mutaxassis - (fizika, matematika va texnika fanlari; biologiya va tibbiy fanlar sohalarida; ta’lim va iqtisodiyot, biznes, huquq, axborot, ijtimoiy fanlar sohalaridagi boshqa mutaxassislar, shuningdek, yozuvchi, rassom, artist va boshqalar).

  3. Y Ordamchi xodimlar.

  4. Xizmatchilar (idora xizmatchilari va xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari (kassirlar va bank xizmatchilari, axborot byurolari xizmatchilari).

  5. Xizmat ko’rsatish sohasi va savdo korxonalari xodimlari (shaxsiy xizmat va qo’riqlash sohasi xodimlari; sotuvchilar, tovar va modellarni namoyish qilib ko’rsatuvchilar).





  1. Qishloq xo’jaligi, baliqchilik va baliq ovlashning malakali xodimlari (bozorga yo’naltirilgan va shaxsiy iste’mol uchun mahsulot ishlab chiqaradigan).

  2. Sanoatning malakali ishchilari va yaqin kasblar ishchilari (qazib oluvchi va qurilish tarmoqlari, metallurgiya va metalga ishlov berish, matbaachilik (poligrafiya) va hunarmandchilik ishlab chiqarishlari ishchilari va boshqa ishlab chiqarishlar ishchilari).

  3. Sanoat qurilma va mashinalarining operator va yig’uvchilari (operator, yig’uvchi va transport vositalari haydovchilari).

  4. Malakaga ega bo’lmagan xodimlar.

  5. Qurolli kuchlar.

Ba’zi mamlakatlarda xodimlarning ayrim toifalari turlicha talqin qilinadi. Ishsizlar alohida mustaqil bo’limga ajratiladi yoki oxirgi ish bo’yicha taqsimlanadi.

Qo’shimcha taklif hajmi, ya’ni talab bilan qamrab olinmagan taklif, ish izlayotgan shaxslar umumiy soni va sifat tarkibi, ishsizlarning umumiy soni, ro’yxatga olingan ishsizlar soni, ishsizlik nafaqalarini olayotganlar soni,

shuningdek, bu ko’rsatkichlarning dinamikasi bilan ifodalanadi.

Ish izlayotgan shaxslar tushunchasi anchagina keng, chunki unga mehnat faoliyati bilan band bo’lmagan fuqarolardan tashqari hozirgi kunda band bo’lgan, mehnat birjasiga oldinda turgan ishdan bo’shatilish, yollash muddatining tugashi yoki asosiy ish vaqtidan bo’sh vaqtda ishlash ishtiyoqi tufayli murojaat qilgan shaxslar ham kiritiladi.

Ishsizlik nafaqalarini to’lash uchun (ma’lum shart-sharoitlarda fuqarolar sug’urta doirasida bunday huquqqa ega bo’lishadi) mehnat birjasida doimo ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tgan bo’lishlari talab etiladi. Bunday ro’yxatdan o’tish mazkur nafaqalarni to’lashga o’z-o’zidan olib kelmaydi. Ishsiz deb tan olinganlar qatoridan taklif etilgan muvofiq keluvchi ishni asossiz rad etgan, qayta ro’yxatdan o’tish tartibiga va shu kabilarga rioya etmagan shaxslar nafaqa olmaydilar. SHuning uchun ishsizlik bo’yicha nafaqa oluvchilar soni ro’yxatga olingan ishsizlar sonidan kam bo’ladi.

Qo’shimcha ish kuchi taklifiga ta’rif berishda murojaat qiluvchilar umumiy sonining mehnatga layoqatli aholi yoki band bo’lganlar sonining yig’indisiga, shuningdek, sifatli ta’rifning (masalan, ishchi kasbi yoki xizmatchi lavozimiga ega bo’lganlar, mehnat faoliyati bilan band bo’lganlar, shu jumladan, ayollar) o’ziga xos belgilari bilan ajralib turadigan murojaat qiluvchi alohida olingan guruhdagi shaxslar soni, ularning band ishchi va xizmatchilar orasidagi soniga hisoblangan ishga joylashtirish masalasi bo’yicha murojaat intensivligi ko’rsatkichi qiziqishga arziydi.

Ishsizlarning mavjudligi va sonining dinamikasi qator sabablarga bog’liq bo’ladi. Bu sabablar orasida iqtisodiy kon’yunkturaning o’zgarishi, ishsizlik nafaqalarini berish shart-sharoitlari va uni olishning davomiyligi, xorijiy region ishchi kuchining borligi va uning iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini, shuningdek, iqtisodiyotda sodir bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlarni alohida aytib o’tish kerak.





Mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatani belgilovchi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va siyosiy shart-sharoitlarga ko’ra, ishsizlik turli shakllarda bo’lishi mumkin. Analitik maqsadlarda ishsizlik qisqa muddatli va uzoq muddatli ishsizlikka ajratiladi. BMT tavsiyalariga ko’ra, iqtisodiy faoliyatning davriy xarakteriga bog’liq bo’lgan 1 yildan ortiq muddatdagi ishsizlik uzoq muddatli ishsizlik hisoblanadi. Uzoq muddatli ishsizlik tuzilmaviy, kon’yunktur va ishchi kuchiga sarflar bilan bog’liq ishsizlikka ajratiladi.

Tuzilmaviy ishsizlik - ishchi kuchi talab va taklifi miqdorini kasbiy va geografik nomuvofiqligi oqibati hisoblanadigan ishsizlik.

Kon’yunktur ishsizlik - butun iqtisodiyot doirasida tovar hamda xizmatlarga talabning pasayishi (kon’yunktur o’zgarishlar) sababli ishchi kuchiga talabning kamayishi oqibatida paydo bo’ladigan ishsizlikdir.

Ishchi kuchiga sarflar bilan bog’liq ishsizlik mehnat sarflari darajasining o’ta yuqoriligidan kelib chiqadi, qoidaga ko’ra, eng kam ish haqi darajasining yuqoriligi ish beruvchilarni ish joylarini qisqartirishga majbur qiladi. Qisqa muddatli ishsizlikka texnologik, friksion va mavsumiy ishsizlik kiritiladi.

Texnologik ishsizlik - iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlariga bog’liq bo’lgan ishsizlik.

Friksion ishsizlik - yangi ish o’rni yoki turar joyni izlash maqsadida ishdan ixtiyoriy ketish bilan bog’liq ishsizlik.

Mavsumiy ishsizlik - faqat ma’lum davrlarda (masalan, qishloq xo’jaligi ishlari qizg’in davrda) ishga ega bo’ladigan, yilning boshqa davrlarida band bo’lmaydigan shaxslarga xos ishsizlik.

Hozirgi kunda ishsizlikning mavsumiy o’zgarib turishi ishsizlik darajasiga kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu nuqtai nazardan, iqtisodiyot tarmoqlarining uch guruhini qamrab oladi:



  • tabiiy-iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lgan tarmoqlar (qishloq xo’jaligi, baliqchilik, ovchilik, qurilish);

  • xomashyo bilan ta’minlashda mavsumiy o’zgarishlarga bog’liq tarmoqlar (qishloq xo’jaligi va baliq ovlash mahsulotlarini qayta ishlash);

  • talab mavsumiy xarakterda bo’ladigan tarmoqlar (sport anjomlari, kiyim, poyafzal ishlab chiqarish, turizm va boshqalar).

Mavsumiylik omili muhim rol o’ynaydigan tarmoqlarda band bo’lganlar soni va ishlab turgan xodimlar ish vaqti davomiyligida o’zgarishlar bo’lib turadi.

Tuzilmaviy o’zgarishlar iqtisodiyotda hozirgi kunda uzluksiz bo’lib turibdi, bu yangi tavsif va parametrli ishchi kuchiga ehtiyojni keltirib chiqaradi. SHuning uchun ishchi kuchi taklifini tuzilmaviy o’zgartirish uni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish va ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari, mamlakatning turli mintaqalari o’rtasida qayta taqsimlashga yordam berish zarurligini taqozo etadi.

Keyingi yillarda ishsizlikning o’sishiga olib keladigan ko’pgina omillar amalda bo’lib turibdi. Bu band aholining daromadlarini qadrsizlantiradigan, uning to’lovga qodir talabini pasaytiradigan va shu orqali tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko’rsatadigan inflyasiya; iqtisodiy faoliyatga ayollar va





yoshlaming zo’r berib jalb etilishi; bozorda malakali mutaxassislaming ko’payib ketishi bo’sh joylarning etishmasligi tufayli oliy ma’lumotli mutaxassislarga talabni kamayishi; davlatning ijtimoiy dasturlarga mo’ljallangan xarajatlari keskin kamayib ketishi oqibatida xizmat sohasida ishchi kuchiga talabning kamayishi va boshqalardir.

Ishsizlar soni va tarkibiy tuzilish ko’rsatkichlari qo’shimcha ishchi kuchi taklifini tavsiflashga xizmat qiladi. Statistika ishsizlar umumiy sonining dinamikasini o’rganadi va kelgusi davrlar uchun bashorat qiladi. Ishsiz aholi tarkibiy tuzilishini o’rganish maqsadida qator guruhlashlardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari quyidagilar:



  1. jins va yoshga ko’ra, u ishsizlikning yoshlar va ayollar mehnat potensialidan foydalanishga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganishga imkon beradi (qoidaga ko’ra, bunda 24 yoshgacha bo’lgan, yoshlar guruhiga kiritiladigan aholi ajratiladi);

  2. ma’lumot darajasiga ko’ra;

v) ishdan bo'shash sabablariga ko'ra;

g) fuqarolik bo'yicha, bu ish mamlakatdagi ishsizlar umumiy sonida chet ellik ishsiz ishchilar soni va ulushini aniqlash imkonini beradi;



  1. ishsizlik nafaqasining olinishiga ko'ra, bu ishsizlarni nafaqa oladigan va olmaydiganlarga ajratiladi;

  2. nafaqa olmaydigan ishsizlarning kun kechirish mablag’lari manbalari bo’yicha, bunda qarindoshlar mablag’lari yoki mustaqil jamg’armalar, tasodifiy ishlab topilgan pul, jamoat ishlari ko’rsatiladi;

yo) jamoat ishlaridagi ishtirokka ko'ra, ularda ishtirok etadiganlar va ishtirok etmaydiganlarga ajratiladi;

j) ishsizlikning davomiyligiga ko’ra, odatda quyidagi uchta guruh ajratiladi:



  • 3 oygacha;

  • 3 oydan 12 oygacha;

  • bir yildan ortiq (turg’un ishsizlik);

z) ishsizlik nafaqasini olishning davomiyligiga ko’ra;

i) ish topilgan holatda, istak bildirilgan ish soatlari soni bo’yicha to’la yoki qisman ishlash istagida bo’lgan ishsizlar ajratiladi.



  1. Ishchi kuchiga talab ko’rs atkichlari

Ishchi kuchiga talab o’rganilganda umumiy, samarali va qoniqtirilmagan talab ko'rsatkichlari qo'llaniladi. Umumiy talab shu mamlakatda umumiy bor bo'lgan ish joylari va uning tuzilmasi bilan ifodalanadi. Samarali talab qoniqtirilgan taklif analogiyasi bo'lib, iqtisodiyotda band bo'lganlar soni va tarkibi bilan ifodalanadi.

Umumiy va samarali talab orasidagi farq qoniqtirilmagan talab bo’lib, uning asosiy ko’rsatkichlari bo’sh ish joylari va egallanmagan lavozimlarni turli belgilar (iqtisodiyot tarmoqlari, kasblar va talab etiladigan malaka, taklif etilayotgan







bandlik davomiyligi, taklif etilayotgan ish haqi darajasi va shu kabilar) bo’yicha mavjudligi, harakat hamda tarkibi haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi.

Mehnat bozori axborot ta’minotining hozirgi tizimida ishchi kuchiga talab statistikasi eng zaif bo’g’in hisoblanadi. Bo’sh joylar sonini aniqlash statistika ma’lumotlarining potensial manbalari quyidagilar hisoblanadi: davlat va xususiy bandlik xizmatlari tomonidan berilgan bo’sh joylarning borligi to’g’risidagi ma’lumotlar; gazeta va jurnallarda e’lon tariqasida bosib chiqarilgan ish to’g’risidagi takliflarni ro’yxatga olish; ish beruvchilarni statistik tekshiruvdan o’tkazish. Ammo hozirgi kunda ishchi kuchi talab va taklifining

muvozanatlanganligini tahlil qilish, garchi, korxonalar va tashkilotlar bandlik xizmatiga xabar berilgan bo’sh joylar (ya’ni yollash shart-sharoitlarida ishchi kuchiga talab) to’g’risidagi axborot oshkora kamaytirib ko’rsatilganligi oldindan ma’lum bo’lsada, qoidaga ko’ra, bo’sh ish joylari hamda egallanmagan lavozimlar soni va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar asosida tashkil qilinadi.

SHuning uchun, bu ma’lumotlarni sharhlashda, bu ko’rsatkich iqtisodiyotning ishchi kuchiga umumiy ehtiyojini emas, balki ish beruvchilar mehnat birjasiga uning ishga joylashtirish sohasidagi vositachilik xizmatidan foydalanish maqsadida murojaat qilgan holatlarni o’lchashini nazarda tutish kerak. Qoidaga ko’ra, rasmiy bo’sh ish joylarining soni, ularning iqtisodiyotdagi haqiqiy sonidan kamroq bo’ladi. SHunga ko’ra, bu sohada aniq axborotga ega bo’lish uchun qo’shimcha ishlash (tekshirishlar, anketa tadqiqotlari asosida) zarur.

Korxona va tashkilotlardan bevosita yig’iladigan ma’lumotlar asosida talab statistikasini o’rganishni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha axborot olishni ko’zda tutib tashkil etish maqsadga muvofiqdir:


  • hisobot davri boshiga bo’sh ish joylari (talab etiladigan xodimlar)ning soni;

  • yil boshidan band etilgan bo’sh ish joylari;

  • hisobot yili oxiriga bo’sh ish joylari (talab etiladigan xodimlar)ning soni;

  • yilning yaqin chegarasidagi qo’shimcha ish joylari (kutilayotgan bo’sh joylar)ning soni.

Statistika bu ma’lumotlardan ishchi kuchining qo’shimcha taklifi va talabi o’rtasidagi nisbatni ifodalashda foydalanadi. Qoidaga ko’ra, mehnat birjalarida ro’yxatga olingan bo’sh joylar sonining dinamikasi ishsizlar soni dinamikasiga qarama-qarshi bo’ladi. Barcha mamlakatlarda ishsizlar soni ortib, bo’sh ish joylari va egallanmagan lavozimlar soni kamayib boradi.

Band bo’lganlar va ishsizlar soni, tuzilmasi va dinamikasi, shuningdek, bo’sh joylarning borligi va tuzilmasini o’rganishdan tashqari statistika bandlikni kengaytirish va ishsizlikni qisqartirishga yo’naltirilgan tadbirlarning miqdoriy tomonini ham aks ettiradi. Bu tadbirlarga quyidagilar kiradi:



  • qo’shimcha ishchi kuchini yollagan holatlarda tadbirkorlar uchun ijtimoiy to’lovlarni pasaytirish;

  • ishsizlar yoki singan tadbirkorlarga kichik oilaviy korxonalarni tashkil etishlarida davlat yordamini ko’rsatish (bunday hollarda ular pul yordami va bepul maslahatlar olishadi);





  • xodimlami tayyorlash va qayta tayyorlash, bu davlat tomonidan bepul yoki kredit ko’rinishida yohud tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi, buning uchun tadbirkorlarga davlat ularga soliqlarni kamaytirish ko’rinishidagi imtiyozlarni beradi;

  • ishsizlarni kun kechirish uchun mablag’lar bilan ta’minlashga maxsus mo’ljallangan jamoat ishlarini tashkil etish;

  • ichki va tashqi immigrasiyada yordam ko’rsatish;

  • qoloq joylarni o’zlashtirish va qishloq xo’jaligi sektorini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

  • pensiyaoldi yoshidagi shaxslarning ishdan ketishlarini rag’batlantirish;

  • muvofiq keluvchi ma’lumot va kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmagan yoshlarni ishga joylashtirishni rag’batlantirish.

Mehnat bozorining bandlik va ishsizlik darajasiga, mehnatga haq to’lash darajasi va ayrim mamlakatlarning geografik holatiga bog’liq kon’yunkturasi, birinchi navbatda, mehnat bozoridagi keskinlikning umumiy xususiy koeffisientlari bilan ifodalanadi.

Mehnat bozoridagi keskinlikning umumiy koeffisienti butun mamlakat bo’yicha ishchi kuchi taklifi (ish izlayotgan yoki ishsiz shaxslar soni)ning unga talab (bo’sh joylar soni)ga nisbati tarzida hisoblanadi va 1 bo’sh joy hisobiga ish izlayotganlar yoki ishsizlar sonini ifodalaydi. Mamlakat mintaqalari, iqtisodiyot tarmoqlari, kasblar, ishlar va shu kabilar bo’yicha mehnat bozoridagi keskinlikning xususiy koeffisientlari ham xuddi shu yo’sinda hisoblab chiqiladi.

Mehnat bozori kon’yunkturasini o’rganishda bandlik xizmatlarining ishga joylashtirilganlar soni, ularning sifat tarkibi, dinamikasi, ishga joylashtirish koeffisienti (ish izlayotgan shaxslar yoki ishsizlar sonida ishga joylashtirilgan fuqarolar nisbati), ishga joylashtirishni kutishning davomiyligi va shu kabilar bilan ifodalanadigan faoliyati natijalarining ko’rsatkichi alohida o’rganadi.

Xodimlarning nisbiy tayyorgarligi to’g’risidagi ma’lumotlar mehnat bozori kon’yunkturasini tahlil qilishda hamda mehnat bozoridagi talab va taklifning nomuvofiqligi sabablarini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ishchilarni bevosita korxonalarda, hunar-texnika ta’limi tizimida va bandlik xizmatlari orqali kasbiy tayyorlash sohasidagi ishning yaxshilanishi, mehnat bozoridagi jiddiylikni anchagina kamaytirgan bo’lardi, chunki kasbiy tayyorgarlikning yaxshi yo’lga qo’yilgan tizimi ishchilarning raqobatbardoshligini oshiradi, mavjud yoki yangi tashkil etilgan ish joylarini va ish izlayotgan shaxslarni uchrashtirishni osonlashtiradi.

Aholining iqtisodiy faolligini tasniflashda bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlarini tahlil qilishdan tashqari, hozirgi kunda noto’liq bandlikni o’rganish hamda uni statistikada aks ettirish muammosi dolzarb bo’lib bormoqda. Ko’rinadigan noto’liq bandlik, asosan statistik tushuncha bo’lib, uni ishchi kuchini tadqiq qilish va boshqa tadqiqotlar doirasida bevosita o’zgartirish mumkin. U bandlik hajmining etarli emasligini (noto’liq ish kuni, noto’liq ish haftasini) aks ettiradi.





Ko’rinmaydigan noto’liq bandlik - ko’proq analitik tushuncha bo’lib, mehnat resurslarining noto’g’ri taqsimlanishi yoki mehnat va boshqa ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi chuqur muvozanatsizlikni aks ettiradi. Ko’rinmaydigan noto’liq bandlik daromadning pastligi, malakadan etarlicha foydalanmaslik va past unumdorlik bilan ifodalanadi.

Ko’rinadigan noto’liq bandlikni ta’riflashda band aholi sonini ish vaqtining davomiyligi (haftadagi ish soatlari yoki kunlarining soni) bo’yicha guruhlash juda muhim hisoblanadi.

Jumladan, XMT haftadagi ish soatlarining miqdori bo’yicha bandlar sonini quyidagicha guruhlashni tavsiya qiladi:


  • 15 soatdan kam;

  • 15 soatdan 31 soatgacha;

  • 32 soatdan 34 soatgacha;

  • 35 soatdan 39 soatgacha;

  • 40 soatdan 44 soatgacha;

  • 45 soatdan 47 soatgacha;

  • 48 soat va undan ortiq.

Bandlar sonini haftadagi ish kunlari soni bo’yicha guruhlash quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

  • 1 kun;

  • 2 kundan 4 kungacha;

  • 5 kun va undan ortiq.

Ko’rinadigan noto’liq bandlikni tahlil qilishda noto’liq bandlar sonini to’la ish vaqtida band bo’lgan shaxslar soniga qiyoslash, muvofiq keluvchi ulushlarni esa iqtisodiyot tarmoqlari va kasb guruhlari bo’yicha alohida hisoblash maqsadga muvofiqdir.

Ko’rinadigan noto’liq bandlikni etarlicha foydalanilmagan ish vaqti ko’rsatkichi bo’yicha o’lchash uchun ish kuni, haftasi, yilining haqiqiy davomiyligi (Thaq) shu toifa xodimlariga belgilangan (normal) ish kuni, haftasi, yilining davomiyligi (Tbel) bilan taqqoslash yo’li bilan quyidagi formula bo’yicha belgilangan ish vaqtidan foydalanish koeffisientini olish lozim bo’ladi:



т

jr _ hak


ЛJoy T

1 bet

Qoidaga ko’ra, belgilangan ish vaqtining 80%dan kamroq ishlaydiganlar noto’liq band bo’lgan shaxslar qatoriga kiritiladi.

Belgilangan ish vaqti davomiyligi bilan uning haqiqiy davomiyligi o’rtasidagi farq yo’qotilgan ish vaqti ko’rsatkichi hisoblanadi.

Noto’liq bandlikni haqiqiy band bo’lgan xodimlar sonini (Sx) mehnat unumdorligining o’rtacha darajasi va ishlab chiqarishning o’rtacha texnik darajasida (Sz) mazkur korxona uchun zarur xodimlar soniga qiyoslab hisoblash yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Agar ishlab chiqarish hajmi Q, o’rtacha mehnat unumdorligi W orqali belgilansa, zarur xodimlar soni quyidagiga teng bo’ladi:







Т z

Тх bilan Tz o’rtasidagi farq (agar u ijobiy bo’lsa) yashirin noto’liq bandlikni


yoki aksincha, ishchi kuchini ekspluatasiya qilish darajasi (agar u salbiy bo’lsa)
yuqori ekanligini ko’rsatadi.

Noto’liq bandlik tavsiflanar ekan, iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha bir


xodimga to’g’ri keladigan ish vaqtining o’rtacha haqiqiy hajmi ham aniqlanadi.
Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:

T

П

Bunda: T - ish vaqtining davomiyligi; n - ish vaqtining davomiyligi turlicha bo’lgan guruhlardagi xodimlar soni.

Iqtisodiyotning norasmiy sektori tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda band bo’lgan birliklar yig’indisi bo’lib, uning asosiy maqsadi shu birliklarga aloqador bo’lganlarni ish va daromad bilan ta’minlashdir.

Iqtisodiyot norasmiy sektoridagi bandli xalqaro statistikasining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:



  • norasmiy sektorning tarkibi to’g’risida axborot olish va uning segmentlarini tashkil etuvchilarni aniqlash maqsadida tuzilmaviy xarakteristikalariga bog’liq tarzda guruhlangan norasmiy sektor birliklarining umumiy soni;

  • norasmiy sektor birliklarida band bo’lganlarning umumiy soni, bunga ularning ijtimoiy-demografik tavsiflari, bandlik va mehnat shart-sharoitlari ko’rsatkichlari ham kiritiladi;

  • norasmiy sektordagi ishlab chiqarish hajmi va yaratilayotgan daromad.

Norasmiy sektorning ishlab chiqarish birliklari uy korxonalariga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Ularda asosiy vositalar va boshqa faollar tom ma’nodagi ishlab chiqarish birliklariga emas, ularning egalariga tegishli bo’ladi, egalik qiluvchilar tavakkal qilib, zarur moliyaviy mablag’larni o’zlari qidirib topishga majbur bo’ladilar, ishlab chiqarish faoliyatiga aloqador bo’lgan har qanday qarz va majburiyatlarga shaxsan javobgar bo’lishadi. Ishlab chiqarishga qilingan sarf-xarajatlarni ko’pincha uy xo’jaligiga qilingan sarf-xarajatdan farqlash qiyin bo’ladi. SHuningdek, asosiy vositalar (masalan, bino va transport vositalari)dan navbati bilan ishlab chiqarish va shaxsiy maqsadlarda foydalaniladi.

Norasmiy sektor ishlab chiqarish birliklarining faoliyati doimo ham soliqlar va ijtimoiy ta’minot badallarini to’lashdan atayin qochish maqsadida, mehnat yoki boshqa qonunchilikni buzib amalga oshirilmaydi. SHuning uchun norasmiy sektor faoliyati tushunchasini yashirin ishlab chiqarish faoliyatidan farqlash lozim.

Norasmiy sektorda band bo’lganlar qatoriga hisobot davri mobaynida norasmiy sektorning kamida bir birligida band bo’lganlar, ularning maqomi, bu ularning asosiy yoki qo’shimcha ishlari hisoblanish-hisoblanmasligidan qat’inazar kiritiladi.

Xalqaro mehnat bozori statistikasida markaziy o’rinni egallovchi ishchi kuchi qiymatining ko’rsatkichi geografik, tarmoq va kasbiy (professional)




Tn








jihatlarda ishchi kuchining harakatchanligi (mobilligi)ga ta’sir etishda birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi sababli ishchi kuchining talab va taklifi nisbatiga, shuningdek, mehnat bozorida shakllanadigan vaziyatga bevosita bog’liq bo’ladi. “Ishchi kuchi qiymati” kategoriyasi faqat bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida mavjud bo’ladi. Markaziy rejalashtiriladigan iqtisodiyotda bu kategoriya o’rnida faqat mehnat haqi ko’rsatkichidan foydalanilgan. Sababi shundaki, mehnatga haq to’lash ish haqini belgilashning markazlashgan tizimi bo’yicha aniqlangan va amalda ishlab chiqarish natijalariga bog’liq bo’lmagan.

Qisqacha xulosalar

Bozor munosabatiga o’tish sharoiti bilan yangi paydo bo’lgan ko’rsatkichlardan bin ish kuchiga talab va taklif ko’rsatkichlaridir. Ish kuchi taklifi: potensial, haqiqiy va qo’shimcha kategoriyalarga bo’linadi. Potensial taklif - mehnatga layoqatli aholining barcha aholi soni va tarkibi, sog’lig’i holati, mehnatga layoqatlilik darajasi, hududiy joylashishi, migrasiyasi va shu kabi turli belgilar bo’yicha tarkibiy tuzilish ko’rsatkichlari yordamida o’rganiladi.

Haqiqiy taklif - iqtisodiy faol aholining soni va tarkibiy tuzilishi ko’rsatkichlari yordamida aks ettiriladi. Haqiqiy taklif hajmida talab qamrab olgan, band aholining soni va tarkibiy tuzilishi bilan ifodalangan qoniqtirilgan taklif alohida ko’rsatiladi. Xalqaro taklif standartiga ko’ra o’n asosiy guruh bo’yicha tasniflanadi.

Qo’shimcha taklif - bu qoniqtirilmagan taklif bo’lib, ish izlayotgan shaxslar umumiy soni va sifat tarkibi bo’yicha o’rganiladi.

Ish kuchiga talab - umumiy, samarali va qoniqtirilmagan talab ko’rsatkichlari yordamida o’rganiladi. Umumiy talab mamlakatda bor bo’lgan ish joylari va uning tuzilmasi bilan ifodalanadi. Samarali talab qoniqtirilgan taklif analogiyasi bo’lib, iqtisodiyotda band bo’lganlar soni va tarkibi bilan ifodalanadi. Umumiy va samarali talab o’rtasidagi farq qoniqtirilmagan talab bo’lib, uning asosiy ko’rsatkichlari bo’sh ish joylari va egallanmagan lavozimlarni turli belgilar bo’yicha mavjudligi, harakati va tarkibi haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Bugungi kunda talab statistikasi chuqur o’rganilmagan bo’lib hisoblanadi.







Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Ish kuchi taklifi haqida tushuncha va uning kategoriyalari.

  2. Band aholi tasnifi.

  3. XTSTga ko’ra asosiy o’n guruh.

  4. Ishsizlik, uning turlari va o’rganish yo’nalishlari.

  5. Ish kuchiga talab va uning asosiy kategoriyalari.

  6. XMTga binoan haftadagi ish soatlari miqdori bo’yicha bandlini guruhlash.

  7. Ish vaqtidan foydalanish ko’rsatkichining mohiyati.

  8. Iqtisodiyot norasmiy sektoridagi bandli xalqaro statistikasi asosiy ko’rsatkichlari.

Asosiy adabiyotlar

  1. Akbarova Z. Mehnat bozori statistikasi. O’quv qo’llanma. - T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent, 2004.

  2. ^д рeд. С.ДИльeнкoвoй Микрoэкoнoмичeская статистика. Учeбник. - М., 2004 г.

  3. В.Г.Минашкин, O.ЛКoзарeзoва. Oснoвы тeoрии статистики. - М., 2004 г.

  4. Р.А.Шмoйлoва и др. Практикум no тeoрии статистики. Учeбнoй пoсoбиe. - М., 2004 г.

  5. Р.А.Шмoйлoва и др. TeopMa статистики. y4e6Hrn:. - М., 2004 г.

  6. Башкатов Б.И., Карпухина Г.Ю. Международная статистика труда. Учебник. - М.: Дело и Сервис, 2001.

  7. Сиденко А.В., Башкатов Б.И., Матаева В.М. Международная статистика. Учебник - М: Дело и Сервис, 1999.

  8. www. euireland. ie

  9. www.cec.org.uk

  10. www. eurunion. org

  11. www. europarl. ie



  1. bob. ISH VAQTI STATISTIKASI


  1. Ish vaqti o’lchov birliklari

Ish kuchidan to’laroq foydalanish maqsadida ish vaqti o’rganiladi. Agar mehnat uning davomiyligi bilan o’lchansa, ish vaqti esa kalendar vaqtning bir qismi bo’lib, ishchining shu kalendar vaqtida ishlagan vaqtini ifodalaydi. Kalendar vaqt sekund, minut, soat, kun, hafta, oy va yillarda o’lchansa, ish vaqti esa, kishiG’ sekund, kishiG’ minut, kishiG’ kun, kishiG’ hafta, kishiG’ oy, kishiG’ yil

o’lchov birligi bilan o’lchanadi.

Kishi/sekund, kishi/minut o’lchov birligi ko’proq mehnatni normllashtirsa, xronometraj o’tkazish, ish kunini suratga olish, avomatlashtirilgan ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Amaliyotda ko’proq kishi/kun va kishi/soat o’lchov birliklaridan foydalaniladi.

Ishlagan kishiG’ kun - ishchining ishga kelib tushgan kuni hisoblanadi. U qisqartirilgan (imtiyozli) yoki ustama ishlashdan qat’i-nazar ishlangan

kishiG’kunlar hisobiga kiritiladi.

Ishlagan kishi/kun hisobiga quyidagilar kiritiladi:


  1. Mazkur kunda korxonada ishlagan haqiqiy ishchilar kishiG’ kunlari;

  2. Korxona tashqarisida, korxona yo’llanmalari bilan ishlagan kishiG’kun kunlari, shu jumladan, xizmat safaridagilar ham.

  3. Asosiy ish joyida bo’sh turish bo’lganligi sababli, boshqa ishlarga jalb etilganlar.

Ishlagan kishilar kuniga nisbatan ishlagan kishilar soati aniqroq o’lchov birligi bo’lib, haqiqiy ishlagan ish vaqti, o’lchov birligi hisoblanadi.

Ishlagan kishilar soati ham belgilangan, ham ustama ishlagan haqiqiy soatlarini ifodalaydi. Ishlagan kishi soatlarga bo’sh turishlar, ishga kech qolish, erta ketish, qonuniy yoki noqonuniy ishlanmagan soatlar kiritilmaydi. Albatta, kishiG’ soat ham kamchiligi mavjud ish soati ichidagi yo’qotishlarni aniq hisobga olmaydi.

Kishi/hafta, kishi/oy, kishi/yil o’lchov birliklari o’miga o’rtacha haftalik, o’rtacha oylik, o’rtacha yillik ishchilar soni iborasi ishlatiladi.


  1. Ish vaqti fondlari va ulardan foydalanish

Yuqorida ish vaqti o’lchov birliklari ko’rib chiqildi. Shu o’lchov birliklari yordamida jami ish vaqti fondlari hisoblanadi.

Kalendar vaqt fondi ikki usul bo’yicha hisoblanadi:



  • kalendar vaqt fondi q ishga kelgan kishi kunlar + ishga kelmagan kishi kunlar;

  • kalendar vaqt fondi q kalendar kunlar x o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni. Tabel vaqt fondi kalendar vaqt fondidan bayram va dam olish kunlari

fondiga kamroqdir.




O’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni

200

Ishga kelgan va kelmagan kishi kunlar

73000

Haqiqiy ishlangan kishi kunlari

53200

Bayram va dam olish kishi kunlari

12000

Uzrli ishga kelmagan kishi kunlari

7700

SHu jumladan:




Navbatdagi ta’til

360

O’quv ta’tili

150

Homiladorlik ta’tili

130

Kasallik sababli

90

Qonun bo’yicha ruxsat etilgan

40

Kun davomida uzrli foydalanilmagan kishi/soatlar

1000

SHu jumladan:

Kasallik sababli

300

Emizikli bolaga qarash sababli

450

Davlat majburiyatlarini bajarish

250

To’liq ish vaqtining yo’qotilishi

100

SHu jumladan:




Ma’muriy at ru xsati bilan

45

Sababsiz

30

Kun davomida bo’sh turish

25

Almashish orasidagi ish saotining yo’qotilishi

1000

SHu jumladan:




Almashish orasidagi bo’sh turish

500

Kech qolish

100

Erta kelish

100

Mehnat intizomini buzish natijasida

300

Ishlangan kishi/soatlar

340500

SHu jumladan, ustama

4000

Belgilangan ish kuning davomiyligi

6,6


Kalendar vaqt fondi kishi kunlari:

53200+7700+100+12000=73000 k/k.

Shu fondni o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonining yildagi kalendar kunlariga ko’paytmasi ham beradi.

200x3 65=73 000k/k.

Tabel ish vaqti fondi:

73000-12000=6100 0k/k.



Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi: 61000-3600=57400k/k.




Ish vaqti fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari: 1) Kalendar ish vaqti fondidan foydalanish:


К


kif


ishlangan kishi/kunl ar kalendar ish vaqti fondi


53200

73000


= 0,729 -100% = 72,9%;


2) Tabel ish vaqti fondidan foydalanish:

ishlangan k/k 53200


К = -

tabel ish vaqti fondi 61000




= 0,672 -100% = 67,2%;


3) Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish:


Kmlf =


ishlangan k/k 53200


maksimal ish vaqti fondi 57200


= 0,927 -100 = 92,7%.


Demak, foydalanilmagan ish vaqti 7,3 foizni tashkil etgan.


  1. Ish davri davomiyligi va undan foydalanish ko’rs atkichlari

Ish davri davomiyligini o’rganishda o’rtacha ish kuni, o’rtacha ish oyi, o’rtacha ish yili davomiyligi tushunilai. Ish davri davomiyligi mehnat qonuniyatiga muvofiq belgilangan ish haftasining uzunligi, ya’ni 40 va 36 soatlik ish haftasiga bog’liq holda hisoblanadi.

Belgilangan ish kunining uzunligi:



  • besh kunlik ish haftasi uchun:

40s : 5k = 8s;

36s : 5k = 7,2s.



  • olti kunlik ish haftasi uchun:

40s : 6k = 6,67s;

36s : 6k = 6s.




Belgilangan ish kunining uzunligi o’rtacha arifmetik usulda hisoblanadi.
Masala: Korxonada 100 xodimdan 12tasi imtiyozli 36 soatlik ish haftasi
bo’yicha ishlasa, o’rtacha belgilangan ish kunining uzunligi:


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет