Объединение юридических лиц в форме ассоциации


INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL



Pdf көрінісі
бет175/199
Дата28.02.2023
өлшемі3.95 Mb.
#470155
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   199
1 3 ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ НАУКИ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020: CENTRAL ASIA» 
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, FEB-MARCH 2020 
 
167 
ko‘rgazmaliligini, o‘qituvchiningnutqini va o‘quvchilar harakatini o‘z ichiga iladi, buning 
natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug‘iladi. Bu esa 
o‘qituvchining aytganlarini bolalarning zehnan o‘ylab olishiga va o‘sha aytilganlarini ifodalab 
berishlariga, ya’ni didaktik o‘yinlar qoidalarini o‘quvchilarning o‘zlari bajarishlariga imkon 
beradi. Didaktik o‘yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish 
imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha o‘quvchilar o‘yin vaqtida qiziqish bilan harakat 
qiladilar.
O‘yinlar bolaning his-tuyg‘usiga ta’sir etib, unga o‘qishga ijobiy munosabat va qiziqish 
xislatini tarkib toptiradi. O‘quvchilar o‘yinni zo‘r mamnuniyat bilan o‘ynaydilar, o‘yin 
boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida ertangi o‘quv kunining quvonchli 
manzarasi gavdalanadi.
Didaktik o‘yin mashg‘ulotlarining o;ziga xos xususiyatlari: 
Syujetli –rolli o‘yinlar: 
Fanning turli sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog‘lanishlarni 
amalgam oshirish, tabiatdagi va kundalik hayotdagi muammolarni imkoniyati yaratilganda, 
kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat ob’yektlari va tabiiy hodisalar o‘rtasidagi 
aloqalar va bog‘lanishlarni adabiy-badiiy tarzda yoritish, muayyan rollarni bajarish orqali 
bilim,ko‘nikmalarni egallashdan iborat. 
Ijodiy o‘yinlar: 
Avval o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan, 
muammoli vaziyatlarni avval o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni ijodiy qo‘llash orqali hal 
etish, ijodiy izlanish natijasida yangi mavzuni o‘zlashtirishdan iborat. 
Ishbilarmonlik o‘yini. Auksion: 
Turli ob’yektlarga tavsif berish, ularni taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘linganda, 
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida ta’lim oluvchilarning dunyoqarashini 
kengaytirish, kasbga yo‘llash, auksionda ishtirok etish orqali yangi mavzuni o‘zlashtirishdan 
iborat. 
Konferensiya: 
Fanning turli sohalariga oid bilimlar mujassamlashgan va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni 
yoritish, fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish imkoniyati vujudga kelganda, qo‘shimcha va 
mahalliy materiallar bilan tanishtirish, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, 
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, kasbga yo‘llash.bilan. 
Matbuot konferensiyasi: 
Asosan, “Muxbir” va “Fuqarolar yig‘ini raisi” maqomini olib, dolzarb muammolar ustida 
fikrlashiladi. 
O‘qituvchi didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi va 
uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi lozim: 
- didaktik o‘yin mashg‘ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lishi; 
- jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhimmuammolarga bag‘ishlanib, ular o‘yin 
davomida hal qilinadi; 
-barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq me’yorlariga mos 
kelishi; 
-o‘yin tuzilish jihatdan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi; 
-mashg‘ulotlardavomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga 
erishish kerak. 
O‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib 
boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir 
topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   199




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет