Агрокимё маъруза



Pdf көрінісі
бет2/9
Дата04.03.2022
өлшемі1.1 Mb.
#455971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
agrokimyo

Qo`shimcha 
1. И.А.Каримов “O’збекистон 21 аср бo’саg’асида: Хавфсизликга тахдид 
баркарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари ” Тошкент. O’збекистон 1998 
2. .И.А.Каримов “Қишлоқ хo’жалик тараққиёти тo’кин ҳаёт манбаи Т.
O’збекистон 1998 
3. Қишлоқ хo’жалигида ислоҳатларни чуқурлаштириш дастури (1998-2000) Т. 
O’збекистон 1998 
4. Протосов, И.Н.Ниёзалиев, Т.З.Тоиров ”Пахтачиликда агрохимия ” 1981 
5.Х.Х.Зокиров Агрохимия. Т. Университет 1998 
6.Б.С.Мусаев. O’g’ит қo’ллаш тизими (o’қув қo’лланма) Т 1998 
7.В.Н.Эфимов, и др. Система бремипемия удобрений. М. ”Колос ” 1968 


1-MA’RUZA: KIRISH. AGRОKIMYO FANINING PRЕDMЕTI, O`RGANISH 
USULLARI, MAQSADI, VAZIFLARI, UNING BОSHQA FANLAR ОRASIDAGI 
TUTGAN O`RNI VA ULAR BILAN ALОQASI 
RЕJA: 
1. 
Agrоkimyo fani nimani o`rganadi? 
2. 
Agrоkimyo fanining prеdmеti, maqsad va vazifalari. 
3. 
Agrоkimyo fanini o`rganish va tеkshirish usullari. 
4. 
Agrоkimyo fanining bоshqa fanlar bilan alоqasi va ular оrasida tutgan o`rni. 
5. 
Agrоkimyo fanining хalq хo`jaligidagi ahamiyati. 
6. 
Хulоsa. 
7. 
Tayanch ibоralar
8. 
O`z-o`zini tеkshirish uchun savоllar 
9. 
Fоydalanilgan adabiyotlar
AGRОKIMYO FANI NIMANI O`RGANADI? 
Agrоkimyo fani - qishlоq хo`jalik ekinlarini еtishtirish va оziqlanish jarayonida 
o`simliklar, tuprоq va o`g’it o`rtasidagi o`zarо munоsabatni o`rganadi.
Bundan tashqari dеhqоnchilikda mоddalar aylanishi to`g’risida va linadigan 
hоsilni ko`paytirishda o`g’itlardan samarali fоydalanish, hоsilning sifatini yaхshilash 
hamda tuprоq unumdоrligini оshirish to`g’risidagi bir qatоr masalalarni o`rganadigan 
fandir. Hоzirgi zamоn Agrоkimyo fani qishlоq хo`jalik ishlab chiqarishiga 
to`g’ridan-to`g’ri amaliy va almiy yordam bеradigan ham biоlоgik ham kimyoviy 
fandir. 
Agrоkimyoda o`rganiladigan uchtalabalar asоsiy оbеkt - o`simliklar, tuprоq va 
o`g’itlar bir-birlari bilan dialеktik o`zarо alоqada bo`lib, bir-biriga taosir etib turadi. 
Bu bоg’lanishlar sistеmasini D.N.Pryanishnikоv uchburchak ko`rinishdatasvirladi, 
uning uchtalabalar uchi o`simlik, tuprоq va o`g’it, qo`sh, qarama-qarshi yo`nalishdagi 
strеlkalar esa bu оbеktlarning bir-birlari bilan o`zar taosirini ifоdalaydi, chunki 
uchburchak markazida esa agrоkimyo turadi. 
O`simliklar оziqlanish jarayonida tuprоq va o`g’it bilan tuprоq - o`simlik va 
o`g’it bilan, o`g’it-tuprоq va o`simlik bilan o`zarо taosirlashadi. 
Bunday o`zarо taosirning sharоitlari va хaraktеri оlinadigan hоsilning 
miqdоrini va sifatini bеlgilaydi. «O`simlik, tuprоq va o`g’it оrasidagi o`zarо 
munоsabatlarni o`rganish, - dеb yozgan edi D.N.Pryanishnikоv, - hamma vaqt 
agrоkimyogarlarning asоsiy vazifasi bo`lib kеlgan». 
D.N.Pryanishnikоv faqat agrоkimyogina tuprоqning unumdоrligini va qishlоq 
хo`jalik ekinlirining hоsildоrligini оshirish uchun tеgishli bo`lgan o`g’itlarni sоlish 
yo`li bilan yuqоrida aytib o`tilgan o`zarо taosir etuvchi uchtalabalar оmilga dоir 
bilimlarning sintеzi bilan shug’ullanishini taokidlagan edi. O`simliklarning 
оziqlanishi va o`simlik, tuprоq hamda o`g’itlar оrasidagi o`zarо taosirni o`rganish 
agrоkimyoning nazariy asоsini tashkil etadi. 


Nazariy asоslarni bilish o`g’itlar ishlatishga dоir amaliy masalalarniijоdiy хal 
etishga imkоn bеradi. Bunday masalalarni esa agrоkimyo ishlab chiqadi. 
O`g’itlarning eng samarali shakllarini, dоzalari va nisbatlari, ularni har хil 
tuprоq-iqlim sharоitida turli qishlоq хo`jalik ekinlariga sоlishning оptimal muddatlari 
va usullari, o`g’it sоlishni tuprоqqa ishlоv bеrish, almashlab ekish, sug’оrish va 
bоshqa agrоkimyoviy tadbirlar bilan muvоfiq ravishda birga оlib bоrish ana shunday 
masalalar jumlasiga kiradi.
o’simlik 



tuproq
o’g’it
1-rasm. Agrokimyo fanining asosiy mazmunini D.N.Pryanishnikov talqinida 
ifodalanishi. 
AGROKIMYO FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
Agrokimyo fanining asosiy perdmeti - bu o’simlik, tuproq va o’g’itlar hamda 
ular orasidagi o’zaro taosir munosabatlarini o’rganishdir. 
Agrokimyo fanining maqsadi - o’g’itlarning har xil turlari va shakllari, 
xususiyatlarini xisobga olgan holda o’simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi 
sharoit yaratishdir. SHuningdek, o’g’itlarning tuproq bilan o’zaro taosir 
xususiyatlarini, ularning eng samarali shakllarini, yerga solish usullari va muddatlari 
tizimini yaratishdir. 
Agrokimyoning bosh vazifasi o’simlik, tuproq va o’g’it sistemasida kimyoviy 
elementlar balansini va aylanishini boshqarishdir. Agrokimyo maktabining asoschisi 
D.N.Pryanishnikov agrokimyoning asosiy vazifasini ifodalab, shunday yozgan edi: 
«Agrokimyoning bosh vazifasi dehqonchilikda moddalar aylanishini o’rganish, 
tuproq va o’simliklarda kechadigan kimyoviy jarayonlarga taosir qiluvchi turli xil 
omillarni aniqlash, qaysiki bu omillar olinadigan hosilni oshirish va kamaytirishi, shu 
bilan birga uning tarkibini ham o’zgartirishi mumkin. 
O’g’itlarning qo’llanilishi esa ushbu moddalar aylanishiga insoniyatning 
aralashuvini bosh usulidir. 
Zamonaviy agrokimyoarning vazifasi - har xil qishloq xo’jalik ekinlarini 
berilgan har xil mahsuldorlik darajasida va ularning navlarini yetishtirish 
mintaqalarini hisobga olgan holda barcha biogen elementlarnig aylanishini aniq 
parametrlarini aniqlashdir. 
Mineral o’g’itlarning qo’llanishi xo’dalikdagi yetishtiriladigan o’simliklarning 
oziqlanishida yagi ozuqa elementlarini kpayishiga imkon yaratdi, organik 
o’g’itlarning va boshqa har xil chiqindilardan foydalanish esa ozuqa elementlaridan 
qaytadan foydalanish imkoniyatini beradi, yani o’simlik bargi, poyasi, ildizi 
tarkibidagi ozuqa elementlaridan o’simliklar keyingi rivojlanish davrlarida 
foydalaniladi. Mineral o’g’itlar ham, organik o’g’itlar ham tuproqning 
xususiyatlariga (uning kimyoviy, fizikaviy, biologik xususiyatlariga) kuchli taosir 


etuvchi 
vositalardir. 
SHuningdek, 
o’simliklarning 
oziqlanishiga, 
o’sishiga, 
rivojlanishiga va hosil sifatiga kuchli taosir etuvchi omillardir. Mineral va organik 
o’g’itlarning qo’llanilish, 
ularning 
samaradorligini oshirish dehqonchilikni 
kimyolashtirishning asosini tashkil etadi.
O’g’itlar bilan har xil ozuqa elementlarini tuproq tarkibiga kirishi va ularning 
hosilni shakllanishida sarflanishi boshqa jarayonlarni murakkablashtiradi. Yani ozuqa 
elementlarining taosirida tuproq xususiyatlari buzilishi, sizot suvlarining tarkibiy 
o’zgarishi va ozuqa elementlari shamol va suv eroziyasi taosirida atrof muhitni 
ifloslantirishi mumkin. 
SHu bilan birga bazi ozuqa elementlari tuproqqa atmosfera yog’inlari va 
mikroorganizmlar faoliyati natijasida ham tushishi mumkin (azot). 
Bundan tashqari hosilning keyingi taqdiri moddalar aylanishiga kuchli taosir 
etadi. yani hosilning tovar qismida ozuqa elementlari hosilning sotilishi, qayta 
ishlanishi va boshqa jarayonlarda xo’jalikdan tashqariga chiqib ketadi, ikkilamchi 
tovar bo’lmagan qismi (poyasi, bargi, poxoli va boshqalar) chorvachilikda yem-
xashak va to’shama sifatida ishlatilib, yana xo’jalik yerlariga qaytadi. SHuning uchun 
Agrokimyoda hosilning tovar qismidagi chiqib ketadigan ozuqa elementlariga 
alohida eotibor beriladi. 
AGROKIMYO FANINI O’RGANISH VA TEKSHIRISH USULLARI 
Agrokimyoviy tekshirishlarda qo’llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga 
bo’linadi: biologik va laboratoriya usullariga bo’linadi. Bu usullar deyarli birgalikda 
qo’llanilib, bir-birini to’ldiradi. 
1) biologik usullar: dala tajribalari, vegetatsion va mezimetrik usullardan ibort 
bo’ladi. Dala tajribasi usuli - taosir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish 
qilish usullarining ekinlar hosiliga taosirini aniqlash maqsadida tabiiy sharoitda, 
yani dalaning o’zida maxsus ajratilgan maydonlarda olib boriladi. Dala tajribasi 
turli tuproq-iqlim sharoitlarida agrotexnika va boshqa omillarga bog’liq holda 
qo’llaniladigan o’g’itlrning samaradorligini o’rganishning asosiy usulidir. 
Vegetatsion usul - alohida omillardan har birining o’simliklarning o’sishi, 
rivojlanishi, moddalar almashinuvi, oziqlanishi va hosiliga taosirini tekshirib 
ko’rishga imkon beradi. 
Vegetatsion tajribalarda o’simliklar shishadan yasalgan maxsus uychalarda, suvli, 
qumli va tuproqli muhitlarda sim to’r ostida o’stiriladi. 
Vegetatsion tajribalarda o’simliklarning oziqlanish sharoitlarini va maolum 
darajada tashqi muhit sharoitlari - nam rejimi, yorug’lik, harorat va shu kabi 
omillarni ham qatiy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo’ladi. 
Olib boriladigan tadqiqotlarning maqsadiga qarab, vegetatsion tajribalar mustaqil 
ahamiyatga ega bo’lishi mumkin yoki dala tajribasiga qo’shimcha ravishda 
o’tkazilishi mumkin. 
Mezimetrik usul - tabiiy sharoitda maxsus qurilmalar - mezimetrlar yordamida 
tuproq qatlamlarida suvning harakati va sizib o’tishini o’rganishga yordam beradi. 
Agrokimyoviy tadqiqotlarda mezimetrik usul o’g’itlar bilan qilinadigan tajribalarda 
suv rejimini, mineral tuzlarning va ekinga solinadigan o’g’itlarning tuproqdan 


yuvilib ketishi darajasini o’rganishda, shuningdek tuproqdagi oziq moddalar 
balansini ularning tuproqqa tuishi bilan o’simliklar tomonidan olib chiqib ketilishi 
va yo’qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko’rishda qo’llaniladi. 
2) Laboratoriya usuli o’simliklarni, tuproq va o’g’itlarni agrokimyoviy analiz 
qilishning laboratoriya usuli biokimyoviy, mikrobiologik, fizikaviy, kimyoviy 
usullarini o’z ishlab chiqarishiga oladi. Laboratoriya usullari yordamida 
agrokimyoviy obektlarni analiz qilish yetakchi o’rinni egallaydi. 
Tajribalarning aniqligi va olingan natijalarning to’g’riligi haqida xulosa 
chiqarish, o’g’itlar bilan hosildorlik orasidagi bog’liqlikni aniqlash, o’simliklarning 
yutish jarayonlarini modellashtirish, oziq moddalarning tuproqda aylanishi va 
ularning tuproqdan hamda o’g’itlardan yo’qolishini aniqlashga doir agrokimyoviy 
tadqiqotlarda matematik usullardan ham foydalaniladi. 
AGROKIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ULAR 
ORASIDA TUTGAN O’RNI 
Agrokimyo fani bir qator fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlanadi va 
faoliyat olib boradi.
Yashil o’simliklarning oziqlanishini o’rganish uni o’simliklar fiziologiyasi fani 
bilan uzviy bog’laydi. 
Agrokimyo fani nafaqat yashil o’simliklarni oziqlanishini o’rganibgina 
qolmay, balki uni ishlab chiqarish sharoitida boshqarib turadi, yani qishloq xo’jalik 
ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. 
Qishloq xo’jalik kinlarini yetishtirishda agrokimyo fani tuproqning 
xususiyatlarini chuqur o’rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada 
bo’ladi. Agrokimyo fani, xususan har bir agrokimyogar chorvachilik asoslarini har 
tomonlama mukammal bilishi kerak.
CHorvachilikdan chiqadigan go’ng va boshqa chiqindilar qishloq xo’jalik 
ekinlai uchun qimmatli o’g’it hisoblanadi. SHuning uchun Agrokimyo fani 
chorvachilik sohasidagi fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Bundan tashqari, Agrokimyo fani dehqonchilik, o’simliklarni himoya 
qilishsohasidagi fanlar entomologiya, fitopotologiya, fitotsenologiya kabilar bilan 
uzviy munosabatda bo’ladi. 
Hozirgi paytda Agrokimyo fani biokimyo, genetika, selektsiya va fanning 
yangi sohalari - gen injeneriyasi, biotexnologiya, iqtisodiy yo’nalishdgi bir qator 
fanlar, matematika va zamonaviy informatika - hisoblash texnikasi kabi fanlar bilan 
aloqadorlikda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
AGROKIMYO FANINING XALQ XO’JALIKDAGI AHAMIYATI 
Agrokimyo qishloq xo’jalik ekinlarini intensiv texnologiya asosida 
yetishtirishda muhim rol o’ynaydi, hosilni yuzaga kelishida ishtirok etuvchi hamma 
omillarni optimal darajada bir-biri bilan muvofiqlashtirib turadi. Eng yuqori, iqtisodiy 
jihatdan samarali hosil olish uchun qishloq xo’jalik ekinlarining eng yaxshi 
navlaridan foydalaniladi, tuproqning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini 
yaxshilash, o’simliklarning o’suv davrida kimyolashtirish vositalaridan foydalanish, 
hamma agrotexnik tadbirlar o’z vaqtida va sifatli qilib olib boriladi. 


Agrokimyo fani tez suratda rivojlanib bormoqda, bunday rivojlanish esa ishlab 
chiqarishning va amaliyyotning talabi bilan belgilanadi. Mineral va organik o’g’itlar 
qo’llanilishining o’sishi asosida qishloq xo’jalik ekinlari mahsuldorligini doimiy 
ravishda ko’payib borishi bilan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini 
yaxshilanishi, selektsiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. 
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda ularni Mineral va 
organik o’g’itlar bilan oziqlantirishni balanslashtirish, tabaqalashtirish, turli xil 
tuproq -iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlarini biologik 
xususiyatlarini o’rganish, tuproqlarni har xil ozuqa elementlarib taominlanganligini 
aniqlash, tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash) va yuqoridagi 
ko’rsatkichlar asosida agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va boshqa bir qator 
agrokimyoviy tadbirlar asosida amalga oshiriladi. 
Agrokimyo fani qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga va xalq xo’jaligining 
boshqa tarmoqlariga malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga 
ega. 
Agrokimyo kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Mineral 
o’g’itlarni ishlab chiqarish va ulardan turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida foydalanish 
borasidagi davlat tadbirlarini tuzishda juda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda, 
aniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish, sof, toza agrokimyoning ahamiyati kun sayin 
ortib bormoqda. 
Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning nazariy asosi hisoblanadi. 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
Agrokimyo fani nimani o’rganadi? 
1. 
Agrokimyo fanining maqsadi nimadan iborat? 
2. 
Agrokimyoning bosh vazifasi nimadan iborat? 
3. 
Moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvining bosh omili nima? 
4. 
Xo’jalikda mineral va organik o’g’itlarning qo’llanilishidan qaysi 
imkoniyatlar yuzaga keladi? 
5. 
Agrokimyo qanday tekshirish usullaridan foydalanadi? 
6. 
Agrokimyo fani qaysi fanlar bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanadi? 
7. 
Agrokimyoning qishloq xo’jalikdagi ahamiyati? 
8. 
Agrokimyoning kimyo sanoatining rivojlanishidagi ahamiyati. 
9. 
Agrokimyoning fan sifatida malakali mutaxassis tayyorlash borasidagi 
ahamiyati. 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Metodika polivnqx opqtov s xlopchatnikom. Trudq Soyuz NIXI, Izd. 5, 
tashkent. 1981. 
5. 
Skryabin F.A. novoe v sisteme udobreniya xlopchatnika. Izd-vo. Fan. 
Tashkent. 1970. 


2-MA’RUZA: AGROKIMYONING RIVOJLANISH TARIXIDAN. O’ZBEKISTON 
VA CHET ELLIK OLIMLARNING AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA 
QO’SHGAN XISSALARI. LIBIX NAZARIYALARI VA UNI TANQID. 
REJA: 
1. 
Agrokimyoviy bilimlarning paydo bo’lishi. 
2. 
Agrokimyoning rivojlanishiga horijiy olimlarning qo’shgan xissalari. 
3. 
Agrokimyoning rivojlanishiga rus olimlarining qo’shgan xissalari. 
4. 
O’zbekiston Respublikasida Agrokimyoviy tadqiqotlarning boshlanishi va 
uning rivojlanishiga xissa qo’shgan olimlar. 
5. 
Xulosalar. 
6. 
Tayanch iboralar
7. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. 
Foydalanilgan adabiyotlar
AGROKIMYOVIY BILIMLARNING PAYDO BO’LISHI 
Agrokimyoviy bilimlarning paydo bo’lishi, ularning ilk ko’rinishlari qadimgi 
dehqonchilik davrlariga boribg’ qoladi. Ajdodlarimiz bndan bir necha ming yillar 
ilgari tuproq unumdorligini oshirish uchun turli-tuman chiqindilardan, go’ngdan, eski 
kuygan devorlarning tuproqlaridan va chuchuk suv xavzalarida to’plangan 
loyqalardan unumli foydalanganlar. Qadimgi Rim imperiyasi davridanoq ko’kat 
o’g’itlardan yerlarning unumdorligini oshirishda foydalanganlar, kulning, ohakning 
va gipsning o’g’it sifatidagi ahamiyati maolum bo’lgan.
Evropa kolonizatorlari Amerika mintaqasiga birinchi marta qadam 
bosganlarida indeytslarning dalalarga ekilgan makkajo’xorini baliqlar bilan 
oziqlantirayotganliklarini ko’rib hayron qolgan edilar. Lekin bu qilingan ishlarning 
ahamiyati o’simliklarning oziqlanish sirlari ochilgunga qadar noaniqligicha 
qolaverdi. Qalimgi Gretsiyaning materialist faylasuflari o’simliklarning hayoti uchun 
olov, tuproq, suv va hvo zarur ekanligini aytganlar. 
Ular bu fikrlari bilan haqiqatga juda yaqin kelgan edilar, yani katta olov - 
quyosh o’simliklaridagi fotosintez jarayonining borishida yorug’lik va energiya 
manbai bo’lib xizmat qiladi, tuproq esa mineral elementlar bilan oziqlanish manbai, 
havodan karbonat angidrid olinadi va suv esa o’simliklardagi bo’ladigan barcha 
jarayonlarda ishtirok etadi. 
AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA XORIJIY OLIMLARNING 
QO’SHGAN XISSALARI 
Turli xil ekinlarning hosildorligini oshirish uchun tuproqni go’ng, kul, ohak va 
boshqa mahalliy o’g’itlar bilan o’g’itlash o’simliklarni oziqlantirishning hozirgi 
nazariyalari ishlab chiqilishidan ancha ilgari dehqonlar tomonidan qo’llanilar edi. 
Lekin o’sha paytlarda o’g’itlrning ijobiy taosiri nazariy jihatdan tushuntirib 


berilmagan bo’lib, bu hol tuproqni o’g’itlashning turli usullarining rivojlanishi va 
takomillashish yo’lini berkitib qo’ygan edi. 
Qadimgi mualliflarning asarlarida tuproqning «yog’i», yani tuproq 
unumdorligini oshirishda muhim omil haqida so’z yuritiladi. bu esa o’simliklarning 
chirindi bilan oziqlanish nazariyasi edi. 
Mineral moddalar va o’g’itlarning ahamiyati to’g’risidagi fikrlar frantsuz 
tabiatshunosi Bernar Pallisi tomonidan 1563 yilda bildirilgan edi va u shunday 
yozgan edi: Hamma ekinlarning hayoti va rivojlanishi uchun qandaydir tuz asos 
bo’ladi, ekinlarga solinayotgan go’ngning ham ahamiyati uning tarkibida pichan va 
poxollarning chirishi natijasida hosil bo’lgan tuzning borligidadir, dean edi. 
SHundan 100 yil o’tgandan keyin, 1956 yilda ingliz kimyogari Glauberning 
tajribalari shuni ko’rsatdiki, tuproqqa selitra solinishi natijasida u ekinlarning 
hosildorligiga kuchli taosir qiladi, yani hosilini keskin oshirib yuborgn. 
Lekin 17-asr olimlari ushbu fikrni to’g’ri baholay olmadilar, chunki hali 
azotning kashf etilishi uchun 100 yil bor edi, azotning o’simliklar hayotidagi bebaho 
ahamiyati yana ham kechroq aniqlandi. 
O’simliklarning havodan oziqlanishi to’g’risidagi jahonshumul ahamiyatga ega
bo’lgan fikrni kimyo fanining asoschilaridan M.V.Lomonosov 1753 yilda birdirgan 
edi.
18-asrning oxirida G’arbiy Yevropada o’simliklarning chirindi bilan 
oziqlanishi to’g’risidagi nazariya tarqalgan edi. Bu nazariyani dastlab 1761-1766 
yillarda shved kimyogari Vamrius ilgari surdi.
Bu nazariyaga ko’ra tuproqdagi chirindi o’simliklar oziqlanishining yagona 
manbaidir, mineral moddalar (kul) esa chirindining oson o’zlashtiriladigan shaklga 
o’tishiga yordam beradi, xolos. 
«CHirindi nazariyasi»ning keng tarqalganiga va ommalashib ketishiga 19-
asrning birinchi yarmida, ayniqsa nemis olimi Teer katta xissa qo’shgan. 
1775 yilda atmosferada azot borligini kashf etgan Lavuaz’e o’simliklarning 
havodan va ildizdan oziqlanishi o’rtasida aloqadorlik borligini bildirgan edi. 
O’simliklarning havodan oziqlanishi va kislorodning kashf etilishi munosabati 
bilan Pristli (1775), Ingenguz (1779) va Senebe (1782) kabi olimlar o’simliklarning 
yashil bargi karbonat kislotadan kislorodni havoga ajratib chiqaradi, o’zida uglerodni 
qoldiradi yoki o’zi karbonat angidrid gazi bilan oziqlanadi, ko’rsatib berdilar. 
SHunday qilib, o’simliklardagi kechadigan fotosintez jarayonining ilk 
mohiyatiga qadam qo’yildi. 
Agrokimyoning rivojlanishida ulkan, olamshumul ahamiyatga ega bo’lgan 
voqea sodir bo’ldi, yani 1836 yilda frantsuz olimi Jorj Bussenganing olib borgan 
ishlari natijasida dehqonchilikda moddalar aylanishiga asoso solindi va dukkakli 
ekinlar tuproqda azot to’plashini aniqlandi. 
O’simliklarning chirindi bilan oziqlanishi to’g’risidagi nazariya o’rniga 
J.Bussengo azot bilan oziqlanish nazariyasini ilgari suradi va azotning ahamiyatini 
birinchi darajaga ko’tarib, dukkakli ekinlar almashlab ekishda azot balansini 
yaxshilaydi va hosilni sezilarli darajada ko’paytiradi, deydi. 
J.Bussengo dukkakli ekinlar azotni havodan o’zlashtiradi, degan to’g’ri 
taxminni aytgan edi.


Bir vaqtning o’zida uning ishlarida hosil tarkibidagi uglerodning miqdori 
go’ng tarkibidagi uglerodga bog’liq emasligi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan 
uglerod manbai bo’lib havodagi karbonat angidrid gazi xizmat qilishi to’g’ri 
ko’rsatilgan. 1740 yilda taniqli nemis olimi Yustus Libix «Ximiyani dehqonchilik va 
fiziologiyaga tatbiqi» nomli kitobida «chirindi nazariyasi»ni qattiq tanqid qiladi va 
o’simliklarning mineral oziqlanishi nazariyasini taoriflagandan so’ng o’simliklarning 
oziqlanishiga doir qarashlarda tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. 
Yu.Libix bir xil ekin ekilavergandan tuproqning unumdorligi pasayishi 
sabablarini ishonarli dalillar bilan tushuntirib berdi va o’zining hosildorlikni saqlash 
uchun va tuproqning unumdorligini saqlash uchun tuproqni o’g’itlash nazariyasini 
ilgari surdi, bu nazariya tuproqdan olingan barcha mineral moddalarni tuproqqa 
qaytarish lozimligiga asoslangan edi. 
Yu.Libix tuproqda juda kamayib ketgan moddalarni, yani birinchi 
minimumdagi moddalarni qayta ishi zarur deb hisoblardi. 
Bu qoida keyinchalik «minimum qonuni» degan nom oldi. Yu. Libix kuldagi 
moddalardan birinchi navbatda fosforni tuproqqa qaytarish lozim, chunki tuproqdan 
don bilan birga eng ko’p fosfor chiqib ketadi, deb xisoblar edi.
O’g’it tarkibidagi azotning ahamiyatiga esa yetarlicha baho bermadi, havodan 
keladigan yog’in-sochin suvlari bilan tuproqqa tushadigan ozgina ammiak miqdori 
o’simliklar uchun bemalol yetadi, deb noto’g’ri o’ylagan edi. Yu.Libixning go’ng 
o’rniga uning kulini ishlatsa ham bo’laveradi, degan fikri ham noto’g’ri edi.
1843 yilda Looz-Angliyadagi Rotasted tajriba stantsiyasining asoschisi, 
o’zining bir qator dala tajribalaridan olinan maolumotlar asosida ibixning yuqoridagi 
noto’g’ri fikrlarini rad etdi. 
Hosilni oshirish uchun o’g’itlar tarkibidagi kul elementlari bilan birgalikda 
azot ham, albatta bo’lishligi lozimligi ko’rsatilgan edi.
19-asrning o’rtalarida Yevropa va Amerikada o’g’it sifatida chili selitrasini 
ishlata boshladilar, u juda katta samara berdi. Bu hol o’simliklarning oziqlanishida 
azotning birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatgan J. Bussengoning 
fikrlari to’g’ri ekanligini tasdiqladi. 
Yu.Libixning tuproqqa olingan oziq moddalarning qatishi haqidagi talabini 
ham absolyut ahamiyatga ega deb bo’lmaydi, umuman o’simliklar olgan oziq 
moddalarning tuproqqa qaytarish zarurligi haqidagi g’oyaso’zsiz to’g’ri bo’lsa ham 
oziq moddalarni tuproqqa to’liq qaytarish mutlaqo shart emasligi hozir aniqlangan. 
SHu munosabat bilan keyinchalik K.A. Timiryazev Yu. Libixning «to’la 
qaytarish» to’g’risidagi taolimotini fanning eng buyuk kashfiyoti deb baholagan edi 
va shunday yozgan edi: «Qaytarish zarurligi haqidagi taolimotning ahamiyatini 
cheklashga har qancha urinishlardan qatiy nazar, bu taolimot fanning eng buyuk 
kashfiyotlaridan biri bo’lib qolaveradi». 
Yu. Libix dehqonchilikda moddalar aylanishini ongli ravishda boshqarish 
lozimligi, chunki uning buzilishi tuproq unumdorligining pasayishiga olib kelishi 
haqidagi g’oyani birinchi bo’lib aniq aytib bergan edi. Uning bazi fikrlari xato 
ekanligiga qaramay, uning ishlari o’simliklarning oziqlanishi va o’g’itlar ishlatish 
masalalariga qiziqish uyog’otdi, shu sohadagi tadqiqotlarning rivojlanishiga yordam 
berdi. 


Ko’pgina mamlakatlarda agrokimyoviy tajriba stantsiyalari vujudga keldi, ular 
agrokimyoning yanada rivojlanishida va qishloq xo’jalik amaliyotida o’g’itlar 
ishlatilishida muhim rol o’ynaydi. 
O’simliklarning oziqlanishi haqidagi talimotni rivojlantirishda o’simliklarni 
suniy muhitda - suvda va qumda o’stirishga doir tajribalar muhim ahamiyatga ega 
bo’ldi. Ularda zaruriy oziq moddalar, mineral tuzlar holida qo’shilganda ko’pchilik 
olilar Knop, Saks va boshqalar 1858-1859 yillarda o’simliklarning normal o’sishiga 
va o’simliklarning oziqlanishi uchun qaysi elementlar qanday miqdorlarda va 
nisbatlarda zarur bo’lishini anqlashga erishdilar.
Gel’rigellining 1886 yilda dukkakli o’simliklarning azot bilan oziqlanish 
xususiyatlarini o’rganishga doir tekirishlri ham katta ahamiyatga ega bo’ldi, ular 
dukkakli o’simliklar ildizlarida rivojlanadigan tuganak bakteriyalari yordamida 
atmosferadan molekulyar azotni o’zlashtirishini va tuproqni azot bilan boyitishni 
ko’rsatdi. 
O’simliklarning oziqlanish nazariyasining rivojlanishi bilan birga qishloq 
xo’jalik amaliyotiga o’g’itlar ishlatish ham tatbiq etila bordi. 19-asrning 
o’rtalaridayoq G’arbiy Yevropa mamlakatlarida superfosfat va CHili selitrasini 
ishlata boshladilar, keyinroq (1865) esa kaliyli tuzlarning tabiiy qatlamlaridan 
olinadigan kaliyli o’itlardan ham foydalana boshlandi. 
AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA RUS OLIMLARINING
QO’SHGAN XISSALARI 
Agrokimyo fanining rivojlanishida rus olimlari ham nihoyatda katta rol 
o’ynaydilar. 
Rossiyada o’simliklarning oziqlanish masaalarini ishlab chiqish va o’g’itlar 
ishlatishning boshlanishi 19-asrning 60-70-yillariga to’g’ri keladi. Bu sohada 
A.A.Engelgardt, D.I. Mendeleev, P.A.Kostichev, timiryazev, I.M. Komov, 
A.Bolotov, M.G.Pavlov va boshqalarning olib borgan ishlari,ayniqsa diqqatga 
sazovordir. 
O’sha darning ilg’or agronom-olimlari I.M.Komov, A.T. Bolotov , 
M.G.Pavlov tuproqning unumdorligini tiklash uchun go’ng, kompostlar, kul, ohak va 
boshqa mahalliy o’g’itlar ishlatishga katta eotibor berdilar. olimlarning ancha ilgari, 
19-asrning boshlaridayoq o’simliklarning oziqlanishi uchun go’ng parchalanganda 
tuproqda hosil bo’ladigan mineral tuzlarning o’simliklarning oziqlanishidagi 
ahamiyatini ko’rsatib bergan edilar. 
Professor A.N.Engeldardt (1832-1893) o’z zamonasining buyuk demokratik 
arboblaridan biri bo’lib, dehqonchilikning kimyoviy asoslari, qiloqdan xatlar kabi 
qator asarlarida dehqonchilikda o’g’itlardan foydalanishni targ’ibot qilgan edi. 
Olim tomonidan Smolensk guberniyasida fosforli o’g’it sifatida fosforit unidan 
foydalanib, qator tajribalar olib borilgan. A.N.Engeldardt yashil o’g’itlarga, yani 
sideratsiyaga juda katta ahamiyat bergan edi.
A.N.Engeldardt fosforit uni va sideratsiya juda katta maydondagi shimol 
yerlarini madaniy holga kelishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi, degan edi. U 
yerlarni kimyoviy melioratsiyalash, yani ohaklash va gipslash ilarini go’ng bilan 
birga qo’shib olib borishni qizg’in tarafdorlaridan biri edi.


D.I. Mendeleev (1834-1907) dehqonchilik sohasida faol ilmiy-tadqiqotlar olib 
borgan ulug’ russ kimyogari. U tomonidan o’g’itlarning taosirini o’rganish bo’yicha 
Peterburg, Moskva, Smolensk va Simbirsk guberniyalarida tajriba stantsiyalari 
tashkil etilgan va bu tajriba stantsiyalarida suniy mineral o’g’itlardan foydalangan 
holda ilmiy-tadqiqot ilariolib borilgan. 
D.I.Mendeleev dehqonchilikdan olinadigan mahsuldorlikni har tomondlama 
ko’paytirish sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirgan va bu ishlarga raxbarlik 
qilgan. 
D.Mendeleev 
tomonidan 
o’g’itlar 
samaradorligini 
oshirish 
bo’yicha 
Rossiyaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida dala tajribalari olib borilgan va turli 
tuproq -iqlim sharoitlarida o’g’itlarning qanday taosir etish xususiyatlari ochib 
berilgan va dala tajribalarining geografik to’rini tashkil bo’lishiga asos solgan. Ilmiy-
tadqiqotlarning natijasi asosida shunday xulosaga kelindiki, Rossiyaning Yevrova 
qismida go’ng hamma joyda samarali taosir etgan, fosfor qora tuproqlarda, azot va 
ohak chimli -podzol tuproqlarda yaxshi taosir qilgan, kaliy esa dukkakli jkinlarga va 
idiz mevalilarga samarali taosir ko’rsatganligi ko’rsatib berilgan. 
P.A. Kostichev - rus agronomiya fanining asoschilaridan biri, 1894 yilda uning 
«O’g’it to’g’risida talimot» nomli kitobi chop etildi. U o’zining ushbu asarida 
Yu.Libixning «To’la qaytish nazariyasi»ni tanqid qiladi.
P.A. Kostichev shunday deydi: «Tuproqning unumdorligi uning tarkibijagi 
ozuqa elementlariing miqdorigagina bog’liq bo’lmasdan, balki uning strukturasiga va 
boshqa fizik xususiyatlariga ham bog’liqdir. Tuproqning strukturasi esa uning 
tarkibidagi chirindiga bog’liqdir». Kostichev tomonidan tuproqning fosfat rejimiga 
oid ilmiy-tadqiqotlari amalga oshirilgan. 
Professor G.G.Gustavson (1834-1908) o’zining «Agrokimyodan 20 talabalar 
MA’RUZA» degan kitobida tuproq va o’g’itlar kimyosi, tuproq, o’g’it va yem-
xashaklar analizlari to’g’risida masalalarni yoritgan edi. 
Agrokimyoning ilmiy asoslarini yaratishda K.A.Timiryazevning (1843-1920) 
mumtoz ilmiy-tadqiqotlari katta o’rin tutadi. Uning ilmiy amaliyotga vegetatsion 
tajribalar olib borish uslubiyoti tadbiq etilgan. K.Timiryazev tajriba ishlarini olib 
borishni juda yuqori baholagan edi. 1872 yilda Rossiyada birinchi bo’lib vegetatsion 
tajribalar olib boriladigan uy, pavilon qurdirgan va bu pavilon hozirgi kungacha 
faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
K.A.Timiryazev dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan vazifalarini 
izohlab, shunaday yozadi: dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan asosiy ilmiy
vazifasi - bu yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining o’ziga xos xususiyatlarini 
o’rganish, madaniy o’simliklarni tashqi muhit sharoitiga bo’lgan talabini aniq 
hisobga olishdir. Timiryazev o’simliklar fiziologisining nazariy masalalarini
chuqurlashtirgan holda asimilyatsiya sohasidagi ishlarni olib bora turib, dehqonchilik 
va agrokimyoning bir-biri bilan chambarchas bog’liq sohalar ekanligini ko’rsatib 
berdi. 
Agrokimyo fanining keyingi rivojlanishi ulug’ olim D.N.Pryanishnikov (1865-
1948) ning ilmiy faoliyati bilan bog’liqdir. D.N.Pryanishnikov ilmiy izlanishlarining 
masshtabining kattaligi, o’zining qamrab olgan vazifalarining kengligi va kattaligi 
bilan boshqalardan farq qiladi. Uning rahbarligi ostida o’simliklarning fosfor bilan 


oziqlanishi masalalari o’rganilgan. Xususan o’simliklarning fosforitlardan fosforni 
qanday o’zlashtirishi va fosforit unining o’g’it sifatida ishlatilishi batafsil 
o’rganilgan. Solikamsk kaliy konining ishga tushirilishi munosabati bilan olim va 
uning shogirdlari tomonidan o’simliklarning kali tuzlaridan foydalanishi yuzasidan 
bir qator ishlar amalga oshirilgan. 
D.N.Pryanishnikov har doim dehqonchilikda biologik azotning rolini 
o’rganishga alohida eotibor berib kelgan, organik o’g’itlardan foydalanish zarurligini 
har doim taokidlar edi. 
D.N.Pryanishnikov o’simliklarga mikroelementlarning taosirini o’ganish 
bo’yicha ilmiy ishlarni tashkil etgan edi. o’simliklarning azot bilan oziqlanishida 
ammoniyli tuzlar ham azot kislota tuzlari bilan teng qimmatga, xususiyatga ega 
ekanligini isbotlab berdi. 
Ammoniy tuzlari bilan o’simliklar oziqlantirilganda ularda hech qaysi noxush 
holatlar ro’y bermagan. Bu ishning ahamiyati shundan iboratki, ammoniyli tuzlarni 
azotli o’g’it sifatida ishlatish to’g’risida qaror tayyorlanayotgan edi.
Mineral o’g’itlarning ishlatilishi va azotli o’itlar ishlab chiqarish sanoatining 
rivojlanishi D.N.Pryanishnikovning klassik ishlari bilan bog’liqdir. Uning 
redaktorligi ostida 17 tomlik «Vegetatsion tajribalar va laboratoriya ishlarining 
natijalari» nomli asarlar to’plami chop etildi. 
Uning rahbarligi va faol ishtirokida o’g’itlar bo’yicha ilmiy institut, 
Butunittifoq o’g’itlar, agrotexnika va tuproqshunoslik instituti, markaziy ilmiy-
tadqiqot 
institutlari 
tashkil 
etilgan. 
D.N.Pryanishnikovning 
«Agrokimy, 
«Dehqonchilik va o’simlik hayotida azotning roli» kabi fundamental asarlari hozirgi 
kunda ham agrokimyogar mutaxassislar tayyorlashda dastur sifatida foydalanib 
kelinadi. 
K.K.Gedroyts (1872-1932) tomonidan tuproqning singdirish qobiliyati va 
singdirish turlari aniqlandi. Tuproqda bo’ladigan almashinish hodisasida chirindi, 
tuproqning organik qoldiqlari, tuproqning mineral qismi va mikroorganizmlari itirok 
etishini tushuntirib berdi. Gedroyts ishlari natijasida tuproqning potentsial kislotaligi 
aniqlandi va bu tuproqlarni ohaklash va gipslash ishlari uchun nazariy asos bo’lib 
xizmat qiladi. 
A.N. Lebedyantsev (1878-1941) Qora tuproq zonasining shimoliy qismida 
fosforit unidan samarali foydalanish imkoniyatini birinchi bo’lib aniqlagan.
Olim tomonidan Rossiyaning turli tuproq-iqlim zonalarida o’g’itlardan 
foydalanishning solishtirma samaradorligini aniqlash bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib 
borgan. 
V.M.Klechkovskiy (1900-1972) o’simliklarning fosfor bilan oziqlanishi 
masalalarini, o’g’itlar taosirning miqdoriy qonuniyatlarini, o’simliklar oziqlanishida 
oziq elementlarining optimal nisbatlarini o’rgangan. 
V.M.Klechkovskiy - suniy radionukleidlar agrokimyosining asoschilaridan 
biridir. Qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibidagi radionukleidlarning miqdorini 
kamaytirishning usullaridan biri - mineral va organik o’g’itlarni birga qo’shib 
foydalanishdir. 
Ya.V.Peyve (1906-1976) o’simlikshunoslikda mikroo’g’itlarni tabaqalashtirib 
ishlatish nazariyasining asoschisidir. Bu nazariga asosan tuproq tarkibidagi o’zlasha 


oladigan mikroelementlarni va o’simliklarning fiziologik xususiyatlarini xisobga 
olish lozim.
Ya.Peyve metall mikroelementlarining fermentlar va fermentlar sistemasiga 
taosiri nazariyasini ishlab chiqishda o’zining bebaho xissasini qo’shdi.
L.V.Peyve tomonidan kaliy, alyuminiy, kaltsiy va fosforning agrokimyosini 
o’rganishga 
oid 
ilmiy-tadqiqotlar 
qilindi, 
tuproq 
tarkibidagi 
xarakatchan 
mikroelementlarning miqdori va tarqalish qonuniyatlarito’g’risida izlanishlar olib 
borildi. 
N.S.Avdonin (1903-1980) o’simliklarning har hil o’suv davridagi oziqlanish 
xususiyatlarini va o’simliklarni oziqlantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi. 
A.V.Sokolov (1898-1980) tomonidan oldingi ittifoqdagi tuproq turlariga 
agrokimyoviy xarakteristika berish va ularning o’g’itlarga bo’lgan talabini o’rganish 
bo’yicha kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borgan. 
A.Sokolov tomonidan tuproqning almashinuvchi kislotaligini, tuproq 
tarkibidagi fosfatlarning shakllarini aniqlash bo’yicha va o’simliklar tarkibidagi 
fosforli birikmalarni miqdorini aniqlash usullari ishlab chiqildi. A.V.Sokolov 
tomonidan donador superfosfat ishlab chiqarish usuli taklif etilgan. 
O’ZBEKISTONDA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLARNING 
BOSHLANISHI VA UNING RIVOJLANISHIGA XISSA
QO’SHGAN OLIMLAR 
O’rta Osiyoda, xususan O’zbekistonda agrokimyoviy tadqiqotlarning 
boshlanishi, asosan chor Rosiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va uning paxta va 
boshqa qishloq xo’jalik xomashyosiga bo’lgan talabini qondirish bilan bog’liqdir.
O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi, xususan paxtachilikni rivojlantirish maqsadida 
taniqli, shu sohaga taaaluqli olimlar yuboriladi. 
Bunday olimlar qatoriga R.R.SHreder, M.M.Butuev, I.K.Negodnov, A.I. 
Kurbatov, Ye.A. Joripov, D.A. Sabinin va boshqalarni kiritish mumkin. 
O’rta Osiyoga mineral o’g’itlar birinchi marta XX asrning boshlarida aniqrog’i 
1906 yilda keltirilgan. 
Qishloq xo’jalik ekinlariga mineral o’g’itlarni qo’llash borasidagi ilk tajribalar 
SHreder, Butuev, Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan. 1906-1928 yillar 
mobaynida 121 talabalar dala tajribalari amalga oshirilgan.
Bundan 
tashqari 
O’zbekistonda 
agrokimyoning 
va 
agrokimyoviy 
tadqiqotlarning rivojlanishida O’zbekiston Respublikasi FA tarkibiga kiruvchi 
tuproqshunoslik va Agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi juda katta 
ahamiyatga ega bo’ldi. CHunki bu ilmiy maskandan juda ko’p taniqli tuproqshunos, 
agrokimyogar olimlar yetishib chiqdilar va o’zlarining ilmiy izlanishlari bilan 
O’zbekistonda, O’rta Osiyoda agrokimyoning rivojlanishiga munosib xissa qo’shib 
kelmoqdalar. Bular jumlasiga D.V.Xarkov, L.M.Golodkovskiy, N.K,Bolyabov, 
S.A.Kudrin, J.S.Sattorov, I.N.Niyozaliev, M.Umarov, T. Zokirov, I.Turopov, 
Q.M.Mirzajono, A.Rasulov, X.M.Maxsudov, T.Piroxunov, I.Turopov va boshqa 
ko’pgina tadqiqotchilarni kiritish mumkin. 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1. 
Dastlabki agrokimyoviy tasavvurlar nimalarda ifodalangan edi? 


2. 
Agrokimyo fanining rivojlanishiga xorijiy olimlar ishlarining ahamiyati? 
3. 
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayonini ilk mohiyatiga qachon va 
kimlar tomonidan qadam qo’yilgan edi? 
4. 
Rossiyada o’simliklarning oziqlanishi va o’g’itlar ishlatishga doir 
tekshirishlar qachon boshlangan? 
5. 
Agrokimyo fanining rivojlanishida professor A.N.Engilgardt-ning roli. 
6. 
Agrokimyo fanining rivojlanishida D.I.Mendeleev qilgan ishlarining 
ahamiyati. 
7. 
Agrokimyo fanining rivojlanishida akad D.N.Pryanishnikovning roli. 
8. 
O’rta Osiyoda agrokimyoviy tadqiqotlar qachon va kimlar tomonidan 
boshlangan edi? 
9. 
Agrokimyo fanining rivojlanishiga xissa qo’shgan O’zbekistonlik olimlarni 
sanab bering. 
10. Libix nazariyasining mohiyatini gapirib bering. 
ADABIYOTLAR
1. 
Agroximiya. Pod. red V. M. Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Musaev B. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. Universitet. 1995. 
5. 
Udobreniya i osnovnie usloviya ix effektivnogo primenenie. Trud. 
VASXNIL. Moskva. Kolos. 1970. 
3-MA’RUZA: O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI. O’SIMLIKLARDA 
SUV QURUQ MODDA 
REJA: 
1. 
O’simliklarning kimyoviy tarkibi. 
2. 
O’simliklardagi suv va uning ahamiyati. 
3. 
O’simliklardagi quruq modda
4. 
O’simliklar quruq moddasining organik birikmalari. 
5. 
Tayanch iboralar
6. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. 
Foydalanilgan adabiyotlar
O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI 
O’simliklar o’z organizmlarini tashqi muhitda bo’lgan maolum bir kimyoviy 
elementlardan tuzadi.
Tirik o’simlik va qurib qolgan o’simliklar massasi bir-biridan elementar tarkibi 
bilan farq qiladi.


O’simliklar organizmi suv va quruq moddadan tashkil topadi. Quruq modda 
esa organik va mineral birikmalardan iborat. 
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining vegetativ organlaridagi suvning 
miqdori 70-95 %, urug’larida esa 5 % dan 15 % gacha bo’ladi. O’simliklar quruq 
massasining 90-95 % ni organik birikmalar va 5-10 % ni mineral tuzlar tashkil etadi.
O’simliklardagi asosiy organik moddalar: oqsillar va boshqa azotli birikmalar, 
yog’lar, kraxmal, qand moddalari, klechatka va pektin moddalaridan iborat bo’ladi.
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayonida o’simliklarning bargi orqali 
yutilgan karbonat angidrid gazi va ildizi orqali olingan suvdan uglerod, kislorod va 
vodoroddan iborat bo’lgan oddiy azoti bo’lmagan organik moddalar hosil bo’ladi. 
O’simliklar quruq massasining 95 % ni uglerod, kislorod, vodorod va azot tashkil 
etadi. Bu yuqoridagi 4 element organogen elementlar deb yuritiladi. O’simliklarni 
kuydirganda qoladigan elementlarni kul elementlar deyiladi va ular o’simliklar quruq 
massasining 5 % ni tashkil qiladi. Bunday elementlarga natriy, magniy, fosfor, 
oltingugurt, kaliy va birnecha miqdor mikroelementlar kiradi.
XX asrning boshlarida shu narsa aniqlandiki, o’simliklarningnorma o’sishi va 
rivojlanishi uchun uglerod, kislorod va vodoroddan tashqari yana 7 elementlar azot, 
fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt va temir ham kerak bo’ladi. Bu elementlar 
makroelementlar deyiladi. Keyinroq yana shu narsa ko’rsatib o’tildiki, ushbu 7 
elementdan tashqari o’simliklarga juda oz miqdorda boshqa elementlar ham zarur 
ekan. Bular jumlasiga marganets, bor, molibden, mis, rux, kobald, yod. Ulardan 
o’simliklardagi miqdoriy foizning mingdan hatto yuz mingdan bir ulushiga to’g’ri 
keladi. Bunday elementlarni mikroelementlar deb ataladi. 
Makro va mikroelementlardan tashqari o’simliklarda juda oz miqdorda 
ultramikroelementlar ham uchraydi. Bunday elementlarga rubidiy, tseziy, selen, 
kadmiy, kumush, simob va boshqalar kiradi. Agarda o’simliklar tarkibidagi kimyoviy 
elementlarning hammasini qo’shib hisoblaganda 70 dan ortiq elementlarni tashkil 
etadi.
O’simliklardagi azot va kul elementlarining miqdori o’simlikni yoshiga va uni 
yetishtirish sharoitiga bog’liq bo’lib, har xil organda, to’qimalarda har xil miqdorda 
bo’ladi.
Masalan, o’simliklarning ildizida, poyasida va bargida kul elementlari ko’p 
bo’lsa, urug’ida esa kam bo’ladi. O’simliklarning kuli tarkibidagi fosfor va kaliy 
miqdori ushbu elementlarning oksidlari shaklida ifodalash qabul qilingan. Ko’pchilik 
o’simliklar bargining kulida kaliy 30-50 % ni tashkil etadi. Beda va vikaning bargida 
esa kaliyga nisbatan kaltsiy ko’p bo’ladi. 
O’simliklarning qari barglarida kaliy, fosfor va oltingugurtning miqdori kam 
bo’lib, kaltsiyning miqdori kulning massasiga nisbatan 20-40 % dan 50-60 % gacha 
ortadi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining har xil organlari kulining tarkibini o’rganish 
ayrim qonuniyatlarni keltirib chiqaradi. Donli va don dukkakli ekinlarning kulida 
fosfor 40-50 % kaliy 30-40 %, magniy 8-12 % ni tashkil etadi.
Demak, bu 3 elementlar oksidlarining urug’idagi miqdori umumiy kul 
miqdoriga nisbatan 90 % ni tashkil etadi. Poxolning kulida fosfor 3-5 marta kam. 
lekin kaltsiy va kremniy miqdori ancha ortiq bo’ladi.


Kartoshka va ildizmevalilarning kulida kaliy miqdori 40-60 % ni tashkil etadi. 
Agar o’simliklar tarkibini aniq va zamonaviy analiz qilish usullari bilan tekshirilsa, 
yuqorida sanab o’tilgan kimyoviy elementlarning sonini yanada ko’paytirish 
imkonini beradi.
O’SIMLIKLARDAGI SUV VA UNING AHAMIYATI 
Har bir tiri organizm to’qimasi suv va quruq moddadan iborat bo’ladi. 
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining vegetativ organlarida suv 70-95 %, 
urug’larida esa 5-15 % gacha bo’ladi. O’simlik hujayrasining suv bilan optimal 
darajada taominlanishini o’simliklar organizmida kechadigan hayotiy muhim 
jarayonlarning tezligini va yo’nalishini belgilaydi. 
O’z navbatida mineral oziqlanish, shningdek suv bilan taminlanishi va 
o’simliklarning biologik xususiyatlari ulardagi suvning miqdorini belgilaydi. Suvning 
kamayib ketishi o’simliklarda kechadigan moddalar almashinuvi va sintetik 
jarayonlarning o’tishi oldin susaytiradi va kein to’xtatadi. Oqibatda o’simlik halok 
bo’ladi. 
Quyida turli qishloq xo’jalik ekinlari organlaridagi suvning miqdori keltiriladi. 
1) pomidor va bodring mevasida - 94-96 % 
2) oqboshli karam va rediskada - 90-93 % 
3) sabzi, lavlagi, piyozda - 86-91 % 
4) kartoshka va qand lavlagida - 75-80 % 
5) g’alla ekinlarining donida - 12-15 % 
6) kungaboqar urug’ida - 7-10 % 
Demak, qishloq xo’jalik ekinlarining ko’pgina vegetativ organlarida suv 85-95 
% ni tashkil etar ekan. O’simliklardagi suvning funktsiyalari uning fizik va kimyoviy 
xossalari bilan bog’liq va u turli xil funktsiyalarni bajaradi.
Suv yuqori solishtirma issiqlik sig’imiga ega bo’lganligi sababli va parlanish 
xususiyatiga ega bo’lganligi uchun o’simliklarni qizib ketishdan saqlaydi.
Suv ko’pgina birikmalar uchun yaxshi erituvchi, suvli muhitda bunday 
birikmalar elektrolitik dissotsilanadi va o’simliklar tarkibida zaruriy mineral oziqa 
elementlari bor ionlarni o’zlashtiradi. Suvning sirt tarangligi yuqori bo’lganligi 
sababli u turli adsorbtsiya jarayonlarida va mineral hamda organik birikmalarning bir 
joydan ikkinchi joyga siljishida katta rol o’ynaydi.
Suvning ishtirokida o’simliklardagi sintezning biokimyoviy reaktsiyalari va 
organik birikmalarning parchalanishi sodir bo’ladi.
Suv tuproqdan olingan mineral tuzlarning erituvchisi bo’lish bilan birga 
o’simliklardagi moddalarning almashinishi va harakatlanishi uchun ham muhim 
hisoblanadi.
O’simliklardagi suvning miqdori o’simliklarning turi va yoshiga, suv bilan 
taminlanish sharoitiga, transpiratsiyasiga va mineral oziqlanishiga bog’liqdir. Suv 
o’simliklardagi energetik o’zgarishlarda avvalo quyosh energiyasini fotosintezida 


kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida akkumulyatsiyalanishida alohida ahamiyatga 
ega.
Suv nurning fotosintez uchun zaruriy ko’rinadigan va shunga yaqin bo’lgan 
ultrabinafsha qismini o’tkazib, infraqizil isiqlik radiatsiyasini maolum qismini tutib 
qoladi. O’simliklarning to’qimalari hujayralarida suvning bo’lishligi turgorga sabab 
bo’ladi, bu turli tuman fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning muhim intensivlik 
va yo’nalganlik faktoridir.
O’simliklar organizmida organik birikmalarning juda ko’p biokimyoviy sintez 
va parchalanish reaktsiyalari suvning bevosita ishtirokida boradi. Boshqa tashqi 
muhit omillari bilan bir qatorda suv suv bilan yaxshi taminlanganlik darajasi ham 
qishloq xo’jalik ekinlari hosilining miqdori va sifatiga hamda o’g’itlarining 
samaradoroligiga sezilarli darajada taosir qiladi.
O’SIMLIKLARDAGI QURUQ MODDA
O’simliklar quruq moddasining 90-95 % ni organik birikmalar, oqsillar va 
boshqa azotli moddalar, uglevodlar va yog’lardan tarkib topadi. Bularning miqdori 
hosil sifatini belgilaydi, 5-10 % ni esa mineral tuzlar tashkil etadi.
Har bir qishloq xo’jalik ekinlari tarkibida maolum miqdorda oqsillar, qand 
tsellyuloza, vitaminlar olish uchun yetishtiriladi. 
Masalan, yem-xashaklar tarkibida tsellyuloza ko’p bo’lsa, uning yem-xashakli 
qimmati pasayadi, g’o’za zig’ir kanakunjut esa tola olish uchun yetishtiriladi. Qaysiki 
ularning tolasi asosan tsellyulozadan iborat bo’ladi.
Qand lavlagining sifati undagi saxarozaning oz-ko’pligi bilan belgilanadi.
Dukkakli ekinlar ularning tarkibida qanchalik oqsil to’planishi bilan 
baholanadi. 
Turli qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibidagi quruq modda miqdori har xil 
bo’ladi. Masalan,
1) pomidor va bodring mevasida - 4-6 % 
2) oqboshli karam va rediskada - 7-10 % 
3) sabzi, lavlagi, piyozda - 9-14 % 
4) kartoshka va qand lavlagida - 20-25 % 
5) g’alla ekinlarining donida - 85-88 % 
6) kungaboqar urug’ida - 90-93 % 
Urug’larning pishishi natijasida ulardagi suvning miqdori kamayib boradi va 
quruq moddalarning miqdori 85-90 % gacha ko’payadi.
Ekinlardan yuqori hosil yetishtirish uchun maolum bir maydondan ko’proq 
quruq modda olishga erishish lozim. O’simliklarning to’qimalarida suv borligini 
hisobga oladigan bo’lsak, u yoki bu qishloq xo’jalik ekinlarining hosilida qancha 
quruq modda borligini bilish mumkin. 
(ts/ga) 
Hosildorlik
Quruq modda
Bug’doy doni 
30 
25 
Makkajo’xori doni
60 
50 
Kartoshka
250
50 
Qand lavlagi 
300
60 


Karam 
500
40 
Sabzi
400
40 
Agarda asosiy qishloq xo’jalik ekinlaridan nisbatan yuqori hosil olinsa, uning 
tovar qismidan har gektar hisobiga 25-60 ts quruq modda olish mumkin. Bundan 
tashqari quruq modda o’simliklarning ildiz qismida ham va xo’jalikda 
foydalanadigan ikkilamchi qismida qolib ketishi mumkin. O’simliklar quruq moddani 
havodan karbonat angidrid gazi, tuproqdan ildizi orqali suv va mineral tuzlarni olish 
hisobiga to’playdi.
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari quruq moddasining tarkibi o’rganilganda 
ularning tarkibidagi uglerod 45 %, kislorod 42, vodorod 7 % ni tashkil etib, bu 
elementlar quruq moddaning 94 % ni, qolgan moddalar esa 6 % ni tashkil etadilar (94 
% quruq moddani tashkil etgan qismi o’simlikning karbonat angidrid va suv hisobiga, 
qolgan 6 % qismi esa tuproqdan olinadi). 
O’SIMLIKLAR QURUQ MODDASINING ORGANIK BIRIKMALARI 
O’simliklar quruq moddasining 90-95 % ni organik birikmalar tashkil etadi. 
Bular jumlasiga oqsillar va boshqa azotli birikmalar, uglevodlar va yog’lar kiradi. 
Bularning miqdori ekinlardan olinadigan hosilning sifatini belgilaydi.
Oqsillar. Ancha cheklangan miqdordagi aminokislotalarning yuzlab va 
minglab qoldiqlaridan tuzilgan yuqori molekulyar organik mddalardir. 
oqsillar organizmar hayotining asosiy moddalar almashinuvini barcha 
jarayonlarida hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Oqsillar struktura va katalitik funktsiyalarni bajaradi. SHuningdek 
o’simliklarning asosiy zapas moddalaridan biri hisobanadi.
O’simliklarning vegetativ organlarida oqsillar miqdori odatda ular massasining 
5-20 % ni, boshoqli don ekinlari urug’ida 6-20 % ni, dukkakli va moyli ekinlar 
urug’ida esa 20-35 % ni tashkil etadi.
Oqsillarning elementar tarkibi ancha o’zgarmas, yani stabil bo’lib, 
quyidagichadir. 
Uglerod 
51-555 % 
kislorod 
21-24 % 
azot
15-18 % 
vodorod 
6,5-7 % 
oltingugurt
0,3-1,5 % 
Oqsillar o’z tuzilishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. 1. Aminokislotalar 
qoldiqlaridan tuzilgan oddiy oqsillar yoki proteinlar. 2. Tarkibida oqsillar emas, 
birikmalar bilan mustahkam bog’langan oddiy oqsili bor murakkab oqsillar yoki 
proteidlar. 
Proteinlar yoki oddiq oqsillar eruvchanligiga qarab quyidagi fraktsiyalarga 
bo’linadi.
albuminlar - suvda eriydi 
globulinlar - neytral tuzlarni tuzsiz eritmalarida eriydi 
prolaminlar - spirtda eriydigan oqsillar
gluteinlar - iqorda eriydigan oqsillar


Barcha oqsillarning asosiy struktura birligi bo’lgan aminokisloatalar tarkibida 
karboksil guruhlardan va 1 ta yoki 2 aminoguruhdan iborat bo’lib, yog’ qatori yoki 
aromatik qatorning organik kislotalari hisoblanadi. O’simlik oqsillari 20 ta 
ominokislota va 2 ta omiddan tuzilgan.
Qishloq xo’jalik ekinlaridagi oqsillar o’zining fraktsion va aminokislota tarkibi 
jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, dukkakli va moyli ekin urug’idagi asosiy 
oqsillar massasini globulinlar tashkil etadi, prolaminlar faqat g’allagullilar urug’ida 
uchraydi.
Prolaminlar va gluteinlar bug’doyning yelimligi tarkibiga kirib, donni 
texnologik va non bo’lish sifatlarani yaxshilaydi.
O’simliklarning oqsillari tarkibida juda qimmatli aminokislotalar (valin, leytsin 
va izoleytsin, treonin, metionin, gistidin, lizin, triptofan va fenilalanin) bo’lishining 
alohida ahamiyati bor. CHunki bu aminokislotalar odam va hayvonlar organizmida 
sintez qilinmaydi. Bunday aminokislotalarni faqat o’simlik mahsulotlaridan olish 
mumkin. Oqsillar tarkibida urug’lardagi azotning va ko’pgina o’simliklar vegetativ 
organlaridagi azotning ko’p qismi bo’ladi.
Uglevodlar o’simliklarda qand moddalari kraxmal, tsellyuloza va pektin 
moddalari holida bo’ladi.
Qand moddalari xususan shakarlar barcha qishloq xo’jalik ekinlarida oz 
miqdorda bo’ladi. Ildizmevalilarda va sabzavot ekinlarining ayrim organlarida 
uzumda, rezavor meva hamda mevalarda zapas modda sifatida to’planadi. 
Ko’pchilik o’simliklarda monosaxaridlar, asosan glyukoza va fruktoza, 
oligosaxaridlar esa disaxarid va oligosaxaroza holida bo’ladi. O’simliklarda 
glyukoza va fruktoza erkin holatda yani fosfat kislotaning efirlari holida uchraydi.
Monosaxaridalardan glyukoza o’simliklarning nafas olishida asosiy energetik 
material hisoblanadi, uning fosfat efirlari esa boshqa saxarofosfatlar bilan birga 
fotosintezda murakkab uglevodlar sintezida va boshqa moddalar almashinuvi 
jarayonlarida itirok etadi.
Glyukozaning uzumdagi miqdori 8-15 % ni tashkil etadi, fruktozaning danakli 
mevalardagi miqdori 6-10 % ni tashkil etadi.
Saxaroza glyukoza va fruktozadan tuzilgan disaxariddir. Sabzi, piyoz, 
lavlagida uning miqdori 4-8 % ni tashkil etadi.
Saxaroza qand lavlagida 14-22 %, shakar qamish poyasining shirasida esa 11-
25 % ni tashkil etadi.
Kraxmal. O’simliklarning barcha yashil organlarida ozroq miqdorda bo’ladi, 
lekin tuganaklarda, piyozboshda va urug’da asosiy zapas uglevod sifatida to’planadi. 
Kartoshkaning ertangi navlari tuganaklarida kraxmal miqdori 10-14 %, o’rta va 
kechpishar navlarining tuganaklarida 16-22 % ni tashkil etadi. Bu tuganaklarning 
quruq massasiga aylantirib hisoblaganda 70-80 % ni tashkil etadi.
Kraxmal amilaza va amilapektindan yani ko’p miqordagi glyukoza 
qoldiqlaridan iborat polisaxaridlardan tarkib topadi.
Kraxmal - odam va hayvonlar organizmi oson o’zlashtiradigan uglevoddir. 
TSellyuloza. O’simlik hujayrasi devorlarining asosiy komponenti hisoblanadi. 
Paxta tolasining 95-98 % ni, zig’ir, kanop, kunjut tolalarining 80-90 % ni tashkil 
etadi.


Suli, guruch, tariq urug’larida tsellyuloza 10-15 %, don-dukkakli ekinlar 
urug’ida 3-5 ni tashkil etadi.
TSellyuloza glyukoza qoldiqlarining tarmoqlanmagan zanjiridan tuzilgan 
polisaxarid bo’lib, molekulyar massasi bir necha 100 mingdan bir necha milliongacha 
bo’ladi. TSellyuloza to’liq gidrolizlanganda glyukoza hosil bo’ladi.
Pektin moddalar. Mevalarda, ildizmevalarda va o’simliklar tolalarida 
bo’ladigan yuqori molekulr polisaxariddir. Pektin moddalari kislotalar va shakarlar 
ishtirokida jele hosil qilish xususiyatidan qandolatchilik sanoatida foydalaniladi. 
Yog’lar 
va 
yog’simon 
moddalar 
(lipidlar). 
O’simlik 
hujayrasi 
tsitoplazmasining struktura komponenti hisoblanadi. Moyli ekinlarda esa zapas 
birikmalar rolini bajaradi.
Eng muhim moyli ekinlar va soya urug’laridagi moyning o’rtacha miqdori % 
hisobida
Kana kunjut urug’ida - 60 
kunjut - 50-45 
ko’knori - 45-50 
zaytun - 45-50 
kungaboqar - 24-50 
zig’ir - 30 
kanop - 30 
korchitsa - 30-35 
chigit - 25 
soya - 20 %. 
Kimyoviy tuzilishiga ko’ra yog’lar 3 atomli spirt glitsirinning murakkab efiri 
bilan yuqori molekulyar yog’ kislotalar aralashmasidir.
O’simlik moylarida to’yinmagan kislotalardan olein, linol va linonel 
kislotalar, to’yinganlaridan esa palmitin va steorin kislotalar bo’ladi.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1. 
Turli xil qishloq xo’jalik ekinlari mahsultlarida suv va quruq moddaning 
miqdori qanday bo’ladi? 
2. 
O’simliklar organizmida suv qanday asosiy funktsiyalarni bajaradi.
3. 
O’simliklar quruq moddani qanday paydo qiladi va uning elementar tarkibi 
qanday bo’ladi? 
4. 
Oqsillar va ularning ahamiyati, turlari. 
5. 
Asosiy uglevodlarni sanab o’ting va ularni o’simliklardagi miqdorini 
ko’rsating. 
6. 
Qanday elementlar organogen elementlar deyiladi? 
7. 
Qaysi elementlar makro, mikro elementlar deyiladi? 
Adabiyotlar


1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4-MA’RUZA: O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI VA UNING TURLARI. 
OZIQLANISH NAZARIYASINING ASOSIY BOSQICHLARI. 
REJA: 
1. 
O’simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir.
2. 
Oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari. 
3. 
Oziqlanish turlari. 
a) o’simliklarning havodan oziqlanishi
b) o’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi
v) o’simliklarning ildizdan tashqari oziqlanishi
4. 
O’simliklarga zarur va nozarur bo’lgan kimyoviy elementlar.
5. 
O’simliklar kimyoviy elementlarning to’plovchisidir. 
6. 
Tayanch iboralar
7. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. 
Foydalanilgan adabiyotlar
O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI UNING HAYOTIDAGI MUHIM 
OMILDIR 
Qishloq xo’jalik ekinlari bir vaqtning o’zida ikki muhitdan oziqlanadi,
1) tuproqdan
2) atmosferaning pastki qatlamidan. 
O’simliklar barglari orqali havodan karbonat angidridni yutadi, ildizi orqali 
esa suv, mineral moddalar va organik moddalarni ham tuproqdan oladi. 
O’simliklarning havodan va ildizdan oziqlanishi o’tgan asrning o’rtalariga kelib 
yoritildi. Yani fiziologlar o’simlik bargining yashil rangini va quyosh yorug’ligining 
rolini bir-biri bilan bog’laganlaridan so’ng va o’simliklar tomonidan karbonat 
angidridning o’zlashtirilishi maolum bo’lganda, shuningdek agroimyogarlar esa 
o’simliklarni tarkibi oldindan maolum bo’lgan oziqali tuzlar eritmalarida ham 
o’stirish mumkin ekanligini aniqlaganlaridan so’ng maolum bo’ldi.
O’simliklarning havodan oziqlanishi to’g’risida K.A.Timiryazev juda katta 
olamshumul ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirdi va o’zining mumtoz asarlarida yoritib 
berdi. Uning shogirdi D.N.Pryanishnikov esa o’simliklarning ildizdan oziqlanishi 
haqidagi mukammal ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.


D.N.Pryanishnikov dehqonchilikda azot almashinuvi va o’simliklarni azotli 
o’g’itlar bilan oziqlantirish mumkin ekanligini ko’rsatib berdi. D.N.Pryanishnikov 
1892 yilda G’arbdagi Vlibexning kimyo maktabiga teng keladigan va unga qarshi 
tura olish qobiliyatiga ega bo’lgan ilmiy agrokimyo maktabini yaratdi va 
agrokimyoda fiziologiya yo’nalishini yaratdi.
O’SIMLIKLARNING MINERAL OZIQLANISHI TO’G’RISIDAGI 
NAZARIYALAR VA ULARNING TARAFDORLARI 
O’simliklarning mineral oziqlanishi to’g’risida bir necha nazariyalar mavjud 
bo’lib, bu nazariyalar 1858 yilda o’z tasdig’ini oldi. Yani shu yilda suniy oziqaviy 
muhitda birinchi marta o’simliklarni to’liq rivojlantirib, pishgunga qadar olib borildi.
Keyinchalik o’simliklarni qumli muxitda o’stirish uchun to’laqonli suniy ozuqa 
aralashmasi taklif etildi. 1837 yilda Dyutroj tomonidan tirik hujayralar tomonidan 
moddalarning yutilishi to’g’risida maolum bir fikrlar aytilgan edi, yani hujayraga 
kirayotgan suv va unda erigan moddalar tsitoplazmatik membrananing teshiklari 
orqali diffuziya yo’li bilan kiradi degan edi. Saksning fikriga ko’ra, hujayrada ro’y 
beradigan kimyoviy jarayonlar hujayra ishlab chiqarishidagi moddalar va uni o’rab 
turgan eritma o’rtasidagi kontsentratsiya muvozanatini buzadi.
Diffuzion osmotik nazariyasining tarafdorlari professor Defriz, Mayer va 
boshqa olimlar kiradilar.
Bu nazariyaga ko’ra ildiz sistemasi orqali suv bilan birga oziqa moddalari 
so’riladi, Suv esa doimo parlanib turadi. SHunday qilib, oziqa moddalarni o’simlikka 
qabul qilinishi uning transpiratsiyasiga bevosita bog’liqdir.
Lekin bu fikrlar o’simliklarga oziqa moddalarni qabul qilinishi to’g’risidagi 
qonuniyat doirasiga to’g’ri klmaydi. O’simlikka qabul qilinayotgan su va ozuqa 
moddalari o’rtasida malum aloqadorlik yo’qligi to’g’risida Timiryazev ham aytib 
o’tgan edi. Yani o’simliklarning oziqlanishi uchun parlanishga sarflangan miqdorda 
ko’p suv kerak emas.
Bu fikrlar D.A.Sabilinning ishlarida ham o’z ifodasini topgan. 
19-asrning oxirida oVerton tomonidan lipoid nazariyasi ilgari suriladi.
Bu nazariyaga ko’ra moddalarning hujayraga kirishi, ularni tsitoplazmatik 
membranasining lipid suyuqligida erishi natijasida sodir bo’ladi. Ular bu hodisani 
anilin bo’yog’ini o’simlik hujayrasiga kirishi va uni lipid suyuqligida erishini 
kuzatganlar.
Traube va Rulandlar esa ultrafiltratsion nazariya tarafdorlari edilar.
Ularning fikrlariga ko’ra hujayraga ozuqa moddalar tsitoplazma qoldig’ining 
teshiklari orqali kiradi. Oziqa moddalarning kirishi tsitoplazma qobig’ining teshiklari 
va oziqa moddalar molekualarini o’lchamlariga bog’liq. Lekin shunday faktlar ham 
maolumki, o’simliklar molekulalarining o’lchami anchagina katta bo’lgan 
aminokislotalarni ham yutadi.
XX asrning boshlarida Devo o’simliklar hujayrasining kuchli suyultirilgan 
eritmasidan kationlarni tezlik bilan bog’lash mumkinligini aniqladi. Bu holat esa 
adsorbtsiya nazariyasining kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Bu nazariyaga asosan bog’langan kation o’z miqdoriga teng bo’lgan boshqa 
kationni o’simlik to’qimasidan siqib chiqaradi.


SHunday qilib o’simliklar hujayrasiga bir ionning yutilishi boshqa huddi 
shunday miqdordagi ionni siqib chiqaradi. CHunonchi bu jarayo o’simlik hujayrasi 
eritmasining kontsentratsiyasiga va vaqtga bog’liqdir.
D.A.Sabinin va boshqa olimlarning ko’pgina tekshirishlari natijasida o’simlik 
xujayrasiga moddalarning yutilishi bilan hujayra hayot faoliyati darajasi o’rtasida 
bog’liqlik borligi ko’zga tashlanadi. O’simlik ildiz sistemasining hujayraga moddalar 
yutilishida aktiv rol o’ynashi ko’rsatib o’tilgan. O’simlik shirasidagi moddaning 
miqdori o’simlikning oziqa elementlari bilan qanday taminlanganligiga, tur 
xususiyatlariga yoki o’simlikning yoshiga bog’liqdir. Hujayra va to’qimalar 
fiziologik aktivligining har xil bo’lishi ularning kimyoviy tarkibi va elektr 
xususiyatlarini har xil bo’lishini belgilaydi. O’simliklarning to’qimasidagi modda 
almashinuvi darajasi ular moddalarining yutilish darajasiga belgilaydi. 
Styuard, Lundegrd, Byurstrem va boshqa olimlar tomonidan o’simliklar 
to’qmasining nafas olish bilan mineral tuzlar ionlarining yutilishi o’rtasida bog’liqlik 
borligi aniqlandi.
Xogland va Ryuerlarning ishlarida oziqa eritmasi tarkibiga havo va glyukoza 
ko’p qo’shilganda harorat ko’tarilganda va boshqa nafas olish jarayonlarini 
tezlashtiruvchi omillarni yuzaga keltirganda o’simlik hujayrasi va to’qimalariga oziqa 
moddalarning yutilishi ko’payganligini isbotlaganlar.
D.A.Sabinin tomonidan o’simliklarni oziqlanishi bilan malum bir organlarning 
paydo bo’lishi va rivojlanishi o’rtasida aloqadorlik borligi isbotlangan. 
OZIQLANISH TURLARI 
A) O’simliklarning havodan oziqlanishi. 
Maolumki o’simliklarning quruq moddasida o’rtacha 45 % uglerod va 42 % 
kislorod mavjud. O’simliklarning uglerod va kisloroddan organik moddalar sintez 
qilishini manbai esa o’simliklarning havodan oziqlanishidir. Karbonat angidrid gazi 
o’simliklarga barg og’izchalari orqali kiradi.
Barg og’izchalaridan bir vaqtning o’zida suv ham parlanib turadi.
O’simlik barglari sathining umumiy yig’indisi o’zi o’sib turgan tuproq sathidan 
20-70 marta kattadir. Bu esa yashil barlarni karbonat angidrid gazi va quyosh nuri 
energiyasidan ko’proq va to’laroq taminlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. 
Barglarning yashil rangi xlorofill borligidan dalolat beradi. 
Xlorofillsiz o’simliklar quyosh nuri energiyasidan foydalana olmas edilar. 
O’simliklarning har bir kilogramm yangi bargidagi xlorofillning miqdori 1-3 
grammni tashkil etadi yoki 25 sm kv. barg plastinkasida esa 1 m grammni tashkil 
etadi.
Yozning yorug’ bir kunida o’simlik bargi 25 % gacha yangidan organik 
moddani to’laydi, shunday esa 5-10%ni nafas olish uchun sarflaydi. O’simliklar nafas 
olish jarayonida hosil bo’layotgan uglevodlarning 15-20 % dan 30-50 gachasini 
oksidlaydi.
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayoni natijasida ulevodlar bilan organik 
kislotalar aminokislotalar va oqsillar paydo bo’ladi.
Fotosintez jarayonida ishtirok etayoggan mineral elementlardan azot va 
oltingugurtdan tashqari fosfor ham istemol qilinadi va natijada fosolitserin kislota va 
saxarofosfatlar hosil bo’ladi. Bundan tashqari xlorofill tarkibida 2,7 % gacha magniy 


ham bo’ladi. O’simliklardagi kaliy ham muxim vazifani bajaradi, yani uglevodlarni 
barg plastinkalaridan o’simlikning boshqa organlariga xarakatlantiradi.
Agar o’simliklarda temir yetishmasa xlorofilning hosil bo’lishiga salbi taosir 
ko’rsatadi. 
Fotosintez jarayonida quyosh nuri energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi va 
fotokimyoviy reaktsiyalar energiyasi hisobiga yangi organik birikmalar sintez 
qilinadi.
Fotokimyoviy reaktsiyalar natijasida ATF hosil bo’ladi.
Uzoq vaqtlar fotosintez jarayoni uchun sarflangan quyosh energiyasi karbonat 
angidrid gazini parchalaydi. Atmosferaga kislorodning ajralib chiqishiga va 
uglerodning suv bilan birikishiga sarflanadi deb aytiladi. Fotosintez jarayonining 
dastlabki mahsuloti formaldegid deb hisoblanar edi. Ammo formaldegid 
o’simliklarda hech qachon uchratilmagan.
Bunday holatni formal’degidni tezlik bilan glyukozaga aylanadi, deb 
tushuntirilar ediyu ammo radiaktiv uglerod bilan tajribalar o’tkazilganda, fotosintez 
boshlangandan so’ng 30 sek o’tganda ham bargda formal’degid uchramagan, 
karbonat angidrid gazining parchalanishi ham ro’y bermasligi aniqlangan. 
A.P.Vinogradov 1941 yilda bu masalani oydinlashtirdi. U izotop usuli 
yordamida fotosintez jarayonida o’simliklar tomonidan ajralib chiqarilayotgan 
kislorod suvning parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Karbonat angidridning 
parchalanishi natijasida emasligini isbotladi.
Keyinchalik fotosintez jarayonini 2 stadiyada sodir etilishi aniqlandi. 
SHulardan birinchisi fotosintezning yorug’likda sodir bo’ladi, suv parchalanadi va 
kislorod ajralib chiqadi va vodorod ishtirokida qaytadan hosil bo’lgan birikmalar 
vujudga keladi. Ikkinchi stadiyasi qorong’uda sodir bo’ladi va bunda karbonat 
angidrid assimilyatsiya qilinib har xil organik birikmalar hosil bo’ladi.
O’simliklarning quyosh nuri energiyasidan foydalanish koeffitsientini oshirish 
uchun yuqori hosilli ekinlarni ekish va qayta ekishni joriy etish lozim. Hashaki 
ildizmevali ekinlarning quyosh nuridan foydalanish koeffitsienti 1,98 %, 
kartoshkaniki 2,38 %, g’alla ekilarida 2,42 - 2,74 %, lyupinda 4,79 % ni tashkil etadi. 
Har yili butun yer yuzasida o’simliklar 400 mlrd tonna organik moddani sintez qiladi. 
Agar atmosferani karbonat angidrid gazi bilan to’ldirib turilmasa, taminan 4-5 yil 
mobaynida to’lig’icha u yashil o’simliklar bilan birikadi.
Atmosferani karbonat angidrid gazi bilan to’ldirilib turilishida dengiz va 
okeanlar muhim haroratining ko’tarilishi natijasida karbonat angidrid gazining suvda 
eruvanligi pasayadi va bir qismi havoga uchib ketadi. Harorat pasayganda esa 
karbonat angidrid gazi suv xavzalariga aralashadi. Lekin o’simliklar uchun karbonat 
angidrid gazi o’suv darida kerak bo’ladi. SHuning uchun havoni karbonat angidrid 
gazi bilan boyitish lozim. 
Atmosferada karbonat angidrid gazi umumiy hajmiga nisbatan 0,03 % ni 
tashkil etadi. Bu 1 l suvda 0,5565 m grammga to’g’ri keladi.
Er yuzasiga yaqin bo’lgan 1 m qalinlikdagi havo qatlamida 1 gektar maydon 
ustidagi karbonat angidrid miqdori 5-6 kilogrammni tashkil etadi.
Bu o’simliklarni talabiga nisbatan juda ozdir.


O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun juda ko’p miqdorda karbonat 
angidrid gazi zarur bo’ladi.
Masalan, qand lavlagidan har gektar maydondan 400 ts hosil olish uchun 1 
kunda tez rivojlanayotgan paytda 1 ga uchun 300 kilogramm karbonat angidrid gazi 
kerak bo’ladi. 
Karbonat angidrid gizining miqdonini ko’paytirish uchun ko’p miqdordagi 
organik o’g’itlardan foydalanish lozim. Organik o’g’itlarning parchalanishi natijasida 
juda ko’p miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Har ga 20-30 t o’g’it 
solinganda uning parchalanishi natijasida atmosferaga 5-7 t karbonat angidrid gazi 
chiqadi. Agar atmosferadagi karbonat angidrid gazining miqdori 0,01 % dan 
kamaysa, o’simliklarda fotosintez jarayoni to’xtaydi.
O’SIMLIKLARNING ILDIZ ORQALI OZIQLANISHI
Tuproqdan azot va boshqa kul elementlari o’simliklari ildiz sistemasining faol 
yuzasi orqali ionlar holida yutiladi. Masalan, azot natriy anioni va oltingugurt fosfat 
sulfat kislotalarining anionlari holida kaliy, kaltsiy, magniy, natriy, temirlar, kationlar 
holida mikroelementlar esa tegishli kation va anionlar holida yutilishi mumkin. 
O’simliklar ionlarni faqat tuproq eritmasidangina emas, balki kolloidlarga yutilgan 
ionlarni ham o’zlashtiradi.
Bundan tashqari o’simliklar tuproqning qattiq fazasiga aktiv taosir etib, zaruriy 
oziq-moddalarni 
o’zlashtiradigan 
shaklga 
aylantiradi. 
Ildiz 
sistemasining 
baquvvatligi, uning tuzilishi va tuproqda tarqalish xarakteri o’simliklarning har xil 
turlarida keskin farq qiladi. 
Ildiz morfologiyasi ildiz sistemasining shakllanishi dinamikasi uning 
rivojlanish darajasi va tuproqda qanchalik chuqur kirib borishi avvalo o’simliklarning 
biologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Lekin ildiz sistemasining morfologiyasidan va rivojlanish xususiyatlaridan 
qatiy nazar barcha o’simliklarda ildizlarning massasi chuqur kirib borgan sari 
kamayadi. Ularning umuiy yuzasi esa ortadi. 
Ildiz sistemasining aktiv qismi o’sayotgan yosh ildizchalardan iborat bo’ladi. 
Tuproqdan mineral oziq elementlari ana shular orqali yutiladi.
Har bir ildizcha o’sa borishi bilan uning yuqorigi qismi yo’g’onlashib, tashqi 
tomonidan po’kaklangan to’qima bilan qoplanadi va oziq-moddalarni yutish 
xususiyatini yo’qotadi. Ildiz sistemasining o’sish tezligi va rivojlanish xarakteriga 
tuproqning fizik xossalari, unda namlikning va oziq-moddalarning taqsimlanishi katta 
taosir ko’rsatadi. O’simliklarning kuchli tarmoqlangan ildiz sistemasi tuproqda 
nihoyatda katta yutish sathini hosil qiladi. uning kattaligi o’simliklarning vegetatsiya 
davrida o’zgarib turadi va ko’pincha gullash davrida maksimumga yetadi.
O’simliklarni oziq-moddalarni yutish jarayonini tushunib olish uchun ildizning 
birlamchi tuzilishini ko’rib chiqish lozim. 
O’simlik ildizi ildiz qini bilan himoyalangan uchidan boshlab o’sadi. 
Ildizchalarning uchiga bevosita yaqin joyda bo’linuvchi meristematik hujayralar 
zonasi joylashadi.
Uning yuqorisida cho’zilish zonasi bo’ladi. Bu yerda hujayralar sistemasining 
kattalashishi va ularda markaziy vakuola hosil bo’lishi bilan birga o’tkazuvchi 
to’qimalarning differentsiatsiyasi boshlanadi.


CHo’zilish zonasida o’simliklar naychali o’tkazuvchi sistemasini shakllangan 
pastlab boruvchi qismi floema bo’ladi, organik moddalar yer ustki organlaridan 
ildizga aan shu floema orqali o’tadi, so’ngra o’sayotgan ildiz uchidan 1-3 mm 
masofada ildiz tolalari hosil bo’lish zonasi joylashadi. Bu zonada o’tkazuvchi 
sistemalarning yuqorilab boruvchi qismining ksilemaning shakllanishi tugaydi. Ana 
shu qism orqali suv shuningdek yutilgan ionlarning va ildiz sintezlangan organik 
birikmalarning bir qismi ildizdan o’simlikning yer ustki qismiga o’tadi.
Ildiz tolalari hosil bo’lishi tufayli ildiz sistemasining tuproq bilan kontaktda 
bo’lgan oziq-moddalarni yuta oladigan faol yuzasi keskin o’nlab marta kattalashib 
ketadi. Ildiz uchidan boshlab ildiz tolalari hosil bo’lish zonasi tugaydigan joyga qadar 
hujayraning tashqi tsellyuloza qobig’ida kutikulalar bo’lmaydi va oson singdiruvchan 
bo’ladi. Ildiz kutikulasiz huddi anashu qismi tuproqdan oziq moddalarni yutishda 
ishtirok etadi.
Ionlarning eng intensiv yutilishi ildiz tolalarining hosil bo’lish zonasida sodir 
bo’ladi. Va ildizga o’tgan ionlar bu yerdan o’simlikning yer ustki organlari tomon 
xarakatlanadi. SHuni takidlash kerakki, ildiz faqat yutish organi bo’libgina qolmay, 
balki ayrim organik birikmalarni, shu jumladan oqsillar va aminokislotalarni sintez 
qilish organi hamdir. 
Ildiz o’sa borishi bilan tuproqdagi aktiv yutilish zonasining uzluksiz ravishda 
siljishi sodir bo’ladi. Bunda xemotropizm hodisasi ro’y beradi. Uning mohiyati 
shundan iboratki, o’simlikning ildiz sistemasi o’zlashtiriladigan oziq-moddalar 
joylashgan yo’nalishda tez o’sadi. Bu musbat xemotropizmdir. O’simliklar ildiz 
sistemasining o’sishi ular uchun noqulay bo’lgan ko’p tuz to’plangan zonada to’xtab 
qoladi. Bu manfiy xemotropizmdir. 
O’sayotgan yosh ildizchalar tuproq eritmasidan ionlarni o’z atrofidagi radiusi 
20 mm ga yaqin tuproq hajmidan almashinib yutiladigan ionlarni esa 2 -8 radiusli 
tuproq hajmidan tortib oladi. O’simliklarning ildizlari orqali oziq-moddalar yutilishi 
passiv va aktiv yo’l bilan sodir bo’ladi. Bunda aktiv yutilish yetakchi rol o’ynaydi. 
Passiv yutilish. Suvning bug’lanishi natijasida barg hujayralarida so’ruvchi 
kuch vujudga keladi. Bu kuch ildizlarning tuproqdan suvning yutilishiga sabab 
bo’ladi. So’ruvchi kuch osmotik bosim bilan turgor bosim orasidagi farqdan paydo 
bo’ladi.
O’simlik suvni qanchalik ko’p yo’qotsa, barglardagi hamda ildiz sistemasidagi 
osmotik bosim shuncha yuqori, o’simlikning so’rish kuchi shuncha katta bo’ladi. 
Gidrostatik sistema ksilemaning erkin bo’shlig’i bilan tutashgan hujayralarning erkin 
bo’shlig’idan iborat. Erkin bo’shliq deganda hujayralarning mineral elementlar 
diffuziya yo’li bilan ionlar holida kira oladigan bo’shlig’i tushuniladi.
Suv va mineral birikmalarning yuqorilab boruvchi oqim bilan yutilishi va 
xarakatida transpiratsiya bilan bir qatorda ildiz bosimi kattaligi ham muhim 
ahamiyatga ega.
Ildiz po’stlog’ining parenxima hujayralari suv bilan unda erigan moddalarni 
o’tkazuvchi naychali sistemaga aktiv haydaydi va anchagina gidravlik bosim hosil 
qiladi. 
Oziq elementlarining passiv yutilishi kontsentratsiya gradienti bo’yicha, yaoni 
katta kontsentratsiyadan kichik kontsentratsiyaga qarab sodir bo’lishi mumkin va 


metabolitik energiya bo’lishi mumkin va metabolitik energiya sarf qilinishini talab 
qilmaydi. 
Bu jarayon diffuziya hamda osmos jarayonlari bilan bog’liq va erkin sirt 
energiyasi, shuningdek transpiratsiya sarflanadigan quyosh energiyasihisobiga sodir 
bo’ladi. 
Aktiv yoki metabolik yutilish. 
O’simliklarga ayrim oziq elementlari tuproq eritmasidagi miqdoriga nisbatda 
o’tadi. Elementlarning tevarak atrof-muhitdagi kontsentratsiyasi hatto bir xil 
bo’lganda ham bazi elementlarni ildizlar ko’p miqdorda boshqalarini esa kamroq 
miqdorda yutadi. O’simliklarning oziqlanishi tanlab yutish harakteriga egadir.
O’simliklarning oziq moddalarni yutishi ildizlarning tuproq eritmasini undagi 
tuzlar bilan birgalikda passiv ravishda so’rishdangina iborat bo’lmay, balki aktiv 
fiziologik jarayondir. Bu jarayon o’simliklarning ildizlari va yer ustki organlarining 
hayot faoliyati bilan fotosintez, nafas olish hamda moddalar almashinuvi jarayonlari 
uzviy ravishda bog’liq va energiya talab qiladi. 
O’simliklarning tuproq eritmasidan oziq moddalarning yutilishini dastlabki 
bosqichi ildizning yutuvchi yuzasida ionlarning adsorbtsiyalanishi doimo tiklanib 
turadi. CHunki adrobtsiyalangan ionlar ildiz hujayrasi ishlab chiqarishiga to’xtovsiz 
ravishda kirib turadi. Hujayralarga kirgan ionlar o’zgarmas holatda yoki ildizda 
sintezlangan organik birikmalar shaklida yer ustki organlariga poya va barglarga ular 
eng intensiv assimilyatsiyalanadigan joylarga siljiydi.
Oziq moddalarni ildizlarga yutilishi va keyingi harakati o’simliklar 
organizmida moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari bilan yer ustki 
organlarining ham ildizlarning ham hayot faoliyat va o’sishi bilan bog’liq. nafas olish 
jarayoni mineral oziq elementlarining aktiv yutilishi uchun zaruriy energiya manbai 
hisoblanadi. Ildizlarning o’sishi yomonlashganda va nafas olish jarayoni 
sekinlashganda oziq moddadarning yutilishi keskin kamayadi.
Ildizlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun nafas olish jarayoni uchun 
ularga yer ustki organlaridan energetik material fotosintez jarayoni mahsulotlari 
doimo kelib turishi zarur.
Fotosintez jarayoni susayganda ildizda assimilyatsiyalarning hosil bo’lishi va 
harakatlanishi kamayadi, natijada ularning hayot faoliyati yomonlashadi va tuproqdan 
oziq moddalarning yutilishi kamayadi.
O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANISHI
O’simliklaring oziqlanishida bir qism kul elementlari va azot ularning barglari 
orqali yutiladi, masalan, amiak va oltingugurt oksidi havodan, tuzlar esa yomg’ir 
suvlaridan, shuningdek mikroelementlar ham.
Lekin odatda bilan yo’l bilan o’simliklarning ozuqa moddalarga bo’lgan 
talabini qondirib bo’lmaydi.
Ammiak oltingugurt oksidlari va boshqa oziq elementlari hamda 
mikroelementlar havoda juda kam bo’ladi.
Ildizdan 
tashqari 
o’simliklarning 
oziqlanishida 
tuzlarning 
kuchsiz 
eritmalaridan purkash yo’li bilan foydalanishga umid bog’langan. Lekin o’simliklarni 
bunday usul bilan oziqlantirilganda yani ularga kuchsiz eritmalar purkaganda 


fotosintez jarayoni va boshva organik birimalarning hosil bo’lish jarayonlariga salbiy 
taosir qilar ekan. 
Maolum bo’lishicha., ko’pchilik mineral moddalar hatto ular kuchsiz eritma 
xolida bo’lsa ham o’simliklarning bargini kuydirar ekan. 
SHuning uchun azotli o’g’itlar orasida ildizdan tashqari oziqlantirishda faqat 
mochevinaning eritmasidan foydalanish mumkin ekan. Bundan tashqari faqat 
ildizdan tashqari oziqlantirishdan o’simliklarning normal o’sib rivojlanishiga erishib 
bo’lmaydi. Bu usul ildiz orqali oziqlantirish usuliga yordam to’ldiruvchi omil 
hisoblanadi. 
O’SIMLIKLARGA ZARUR BO’LADIGAN KIMYOVIY ELEMENTLAR 
Hozirgi vaqtda ilmiy bilimlaring rivojlanishi shuni ko’rsatadiki, 20 element 
o’simliklarning oziqlanishi uchun eng zarur elementlar, 12 ta element shartli zarur 
elementlar hisoblanadi. 
1. 
H, (Li), Na, K, Cu, (Ag) 
2. 
Mg, Ca, Zn, (Sc, Cd) 
3. 
B, (Al) 
4. 
C, (Si, Ti, ‘b) 
5. 
N, ‘, V 
6. 
O, S, Mo (Cr, Se) 
7. 
Cl, J,Mn (F) 
8. 
Fe, Co, (Ni) 
O’simliklarning oziqlanishi uchun eng zarur bo’lgan elementlarsiz o’simliklar 
o’zlarining rivojlanish tsikllarini to’la tugata olmaydilar va ularni boshqa elementlar 
bilan almashtirib bo’lmaydi. O’simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo’ladigan 
elementlarni mikro, makro va ultromikroelementlarga bo’linishi ham mumkin.
O’simliklarning turli organlaridagi mikro elementlarning miqjori maolum bir 
qonuniyatga mos holda tarqalgan. Maslan, marganets v molibden o’simliklarning 
bargida, ru, bor, kobal va mis gevetativ va generativ organlarda, donli ekinlarning 
donida va ko’pchilik dukkakli ekinlarning vegetativ organlarida bor ko’p miqdorda 
bo’ladi.
Turli biologik guruhlarga xos bo’lgan o’simliklar mikro elementlarning 
maolum bir kontsentratsiyalariga bo’lgan talabiga qarab farq qiladilar. 
Masalan, makkajo’xori va tamaki ruxga, g’allali ekinlar esa marganets va 
molibdenga talabchan bo’ladilar. 
O’SIMLIKLAR - KIMYOVIY ELEMENTLARNING TO’PLOVCHISIDIR 
Maolumki, ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari o’zlarida mineral oziqlanish 
elementlarni to’plash xususiyatiga egadir. 
Bunday xususiyatni qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va mahsulot olishda 
hisobga olish lozim, chunki ularning ozuqaviy qimmatini baholashda kerak bo’ladi. 
O’simliklarda to’plangan elementlar bir qator fiziologik va biokimyoviy 
jarayonlarda ishtirok etadi.
Masalan, molibden dukkakli ekinlarda to’planadi va biz bilamizki, bu 
elementlar atmosfera molekulyar azotini bog’lashda muhim rol o’ynaydi. Oltingugurt 
dukkakli ekinlarda to’planadi va u oqsil almashinuvida ishtirok etadi. 


SHunday qilib, mineral oziqlanish elementlarni to’plovchi o’simliklardagi 
modda almashinuvi va ushbu o’simliklarning mineral elementlarni to’plash qobiliyati 
orasida maolum bir aloqadorlik mavjudligi kuzatiladi. 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1. 
O’simliklar necha muhitdan oziqlanadi? 
2. 
Qanday oziqlanish nazariyalari mavjud va ularning tarafdorlari kimlar? 
3. 
O’simliklarning havodan oziqlanishida qaysi jarayon asosiy o’rinni 
egallaydi? 
4. 
Fotosintez jarayoni necha stadiyada kechadi? 
5. 
Nima uchun atmosferani karbonat angidrid gazi bilan boyitish kerak va 
boyitishning qanday usulari mavjud? 
6. 
Qanday holatda fotosintez jarayoni to’xtaydi? 
7. 
O’simliklarning ildiz orqali oziqlanishida ozuqa moddalar qanday holatda 
yutiladi? 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T. Mehnat. 1988. 
5. 
Nazarov M. G’o’zaning oziqlanishi va hosildorlik. T. Mehnat. 1990. 
6. 
Zikryoev A. Biologiyadan ruscha-o’zbekcha izohli lug’at. T. Qomuslar bosh 
tahririyati. 1993. 


5-MA’RUZA: O’SIMLIKLAR QABUL QILADIAN OZUQA ELEMENTLARI 
BIRIKMALARINING SHAKLI. O’SIMLIKLARNI OZUQA MODDALARNI 
QABUL QILISHIGA TASHQI MUHIT JARAYONLARINING TAOSIRI 
REJA: 
1. 
O’simliklar qabul qiladigan ozuqa elementlari birikmalarining shakli. 
2. 
O’simliklarning 
ozuqa 
moddalarni qabul 
qilishaga 
tashqi 
muhit 
sharoitlarining taosiri. 
a) tuproq eritmasi kontsentratsiyasining taosiri 
b) ozuqa muhitidagi makro, va mikro elementlarning nisbati va ularni 
o’simliklar tomonidan qabul qilinishi
v) tuproqning namligi 
g) tuproqdagi havo almashinuvi 
d) issiqlik 
e) yorug’lik
3. 
Tuproq muhitining reaktsiyasi 
4. 
Tayanch iboralar
5. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
6. 
Foydalanilgan adabiyotlar
O’SIMLIKLAR QABUL QILADIGAN OZUQA ELEMENTLARI 
BIRIKMALARINING SHAKLI 
To’xtovsiz biologik, fizikaviy, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlar 
taosirida tuproqdagi murakkab mineral va organik birikmalar oddiy moddalargacha 
parchalanadi. 
Hosil bo’lgan parchalanish mahsulotlari o’simliklarning oziqlanishi uchun 
foydalanilgan bir qismi gaz holiga o’tadi, bir qismi esa tuproqning chuqur 
qatlamlariga yuvilib ketadi. 
O’simliklar ozuqa elementlarining asosiy qismini ildiz sistemasi orqali oladi. 
Ozuqa elementlari ion shaklida o’zlashtiriladi.
Bundan 
tashqari 
o’simliklar 
oziqlanishi 
uchun 
oz 
miqdorda 
aminokislotalardan, qand moddalardan va boshqa organik moddalardan foydalanadi. 
O’simliklarga qabul qilingan aminokislotalar ammiakgacha qaytariladi va 
ammiak sintetiu jarayonlarda ishtirok etadi. Lekin azot asosan nitrat anioni 
ko’rinishida va ammoniy kationi ko’rinishida yutiladi. 
Bu ionlar tuproqda doimiy ravishda mikroorganizmlar tomonidan sodir 
etiladigan ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlarida organik birikmalarning 
parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. O’simliklarga qabul qiladigan nitrat anioni 
shaklidagi azot fermentlar taosirida ammiakgacha qaytariladi. 
Azotning tarkibida aylanishi va hosil bo’lishida molekulyar azotning 
bog’lanish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Atmosferadagi molekulyar azotning 
bog’lanishi tuproqdagi mikroorganizmlar va ular bilan simbiotik hayot kechirayotgan 
o’simliklar tomonidan amalga oshiriladi. Molekulyar azotning bog’lanish jarayoni 
ko’p pog’onali harakterga ega bo’lib, bu jarayonda nitrogenaza, leggemoglobin 
fermentlari, V12 vitaminlar guruhi va temir, molibden va boshqa metallar ishtirok 
etadi. 


Oltingugurt o’simliklar tomonidan sul’fat kislotaning anioni ko’rinishida 
qabul qilinadi. 
O’simliklarda qabul qilinadigan sulfat, sulfit va sulfidgacha qaytariladi va 
vodorod birikishi natijasida sulfogidrid guruhini tashkil etadi.
Vodorod atomining yo’qotilishi natijasida, ikkita sulfogidril guruxi birikib, 
disulfid guruxini hosil qiladi. Oltingugurt aminokislotalar va atsetilkoenzim A-
lipidlarsintezida ishtirok etuvchi birikmalar tarkibiga kiradi. 
Fosfor - o’simliklarga fosfor kislotaning anionlari ko’rinishida o’zlashadi. 
O’simliklardagi fosfor nuklein kislotaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Nuklein 
kislota yadroning genetik apparatini tarkibiy qismini tashkil etadi.
Tirik organizmlardagi fosfor, ortafosfor kislotaning qoldig’i ko’rinishida qabul 
qilinadi va organik molekulalar bilan birikadi yoki bu kislota qoldig’i bir 
molekuladan boshqasiga o’tadi. Hayoti faoliyat bilan bog’liq jrayonlarda energiya 
bilan taminlashda ATFning ahamiyati beqiyosdir. 
Xlor - o’simliklarga xlor ioni ko’rinishida qabul qilinadi. Xlor ksho’proq 
sho’rga chidamli o’simliklarda, yani galofitlarda uchraydi. 
Bor va molibden - o’simliklarda borat va molibdat anionlari ko’rinishida qabul 
qilinadi. 
Kaltsiy, kaliy, magniy, mis temir varux - shu elementlarning kationlari 
ko’rinishida.
Marganets - esa ham kation, ham anion ko’rinishida qabul qilinadi. 
O’SIMLIKLARNING OZUQA MODDALARNI QABUL QILISHAGA 
TASHQI MUHIT SHAROITLARINING TAOSIRI. 
Ozuqa moddalarning tuproqdan so’rib olinishi - bu aktiv fiziologik jarayo 
hisoblanib, nafaqat ildiz sistemasining, balki butun o’simlikning hayotiy faoliti bilan 
bog’liqdir. 
O’simliklarning mahsuldorligi va o’simlik tomonidan makro, va mikro 
elementlarning singdirilishi tuproqdagi mineral ozuqa elementlarining miqdoriga 
bog’liqdir.
Tuproqdagi ozuqa elementlari tuproq eritmasida, yani turli xil mineral va 
organik erituvchi brikmalarda, tuproqning organik moddasida va tuproqning qattiq 
mineral fazasida bo’lishi mumkin.
O’simliklar uchun hamma erigan hamda almashinuvchi-singdiriluvchi 
shaklidagi ozuqa elementlari yaxshi qabul qilinadi.Qolgan moddalar esa 
o’simliklarga qabul qiladigan shaklga o’tganda, parchalangandan keyin, organik 
moddalar pinerallashgandan so’ng qabul qilinadi.
Tashqi sharoitning o’zgarishi natijasida tuproqdagi bir qism makro va mikro 
elementlar o’zlasha olmaydigan shaklga o’tib qolishi ham mumkin. Bu esa ularni 
o’simliklarga qabul qilinishini kamaytiradi. 
O’simliklarga ozuqa elementlarining oz yoki ko’p qabul qilinishiga 
o’simliklarning o’zlari ham sababchi bo’ladilar. 
O’simliklardan ajralib chiqadigan har xil moddalar taosirida muhit 
reaktsiyasining o’zgarishi natijasida tuproqdagi ko’pina qiyin qabul qiladigan 
birikmalar oson o’zlashadigan shaklga o’tishi mumkin. 


O’simliklarga ozuqa elementlarining qabul qiladigan o’simliklarning biologik 
xususiyatlariga, 
tuproqning 
xossalariga, 
shuningdek 
tuproqning 
potentsial 
unumdorligiga, organik moddalarning miqdoriga, mineral tarkibiga, harorat, namlik, 
yorug’lik va boshqa ko’pgina omillarga bog’liq.
Masalan, kechasi o’simliklarga kali, kaltsiy, fosforning qabul qilinishi 1,5-3 
marta kamayadi. 
Demak, kechasi yorug’likning yetishmasligi, haroratning pasayishi, havo 
rejimi, transpiratsiya va fotosintez jarayonilari to’xtaydi. 
O’simliklarning ozuqa moddalarining qabul qilishiga bir necha tashqi muhit 
sharoitlari taosir qiladi: 
a) tuproq eritmasi kontsentratsiyasining taosiri. 
Tuproq ozuqa elementlarining kontsentratsiyasi yetarli darajada bo’lmasa, 
unda o’simliklar yomon o’sadi va ozuqa elementlariga bo’lgan talabi qondirilmaydi. 
Kontsentratsiyaning ortib borishi natijasida esa o’simliklarning nobud bo’lishiga olib 
keladi. 
O’simliklarning ildiz sistemasi ozuqa moddalarini tuproq ozuqa eritmasining 
kontsentratsiyasi 0,01-0,05 % ga teng bo’lganda yaxshi qabul qiladi. 
Agarda shu darajada uning kontsentratsiyasi ushlab turilsa, ozuqa moddalarni 
qabul qilish jarayoni yaxshi kechadi. Tabiiyo aroitda tuproq ozuqa eritmalarining 
kontsentratsiyasi, sho’rlangan tuproqlarda 0,02-0,2 % gacha o’zgarib turadi. 
O’simliklarga mineral elementlarning eng ko’p qabul qilinishi tuproq 
eritmasidagi ozuqa moddalar kontsentratsiyasi maolum bir darajaga yetgandagina 
amalga oshadi.
Suv esa o’g’itlanmagan zonada joylashgan ildiz sistemasi orqali yaxshi qabul 
qilinadi. 
Tuproq eritmasida tuzlarning kontsentratsiyasini ortib ketishi natijasida uning 
osmotik bosimi ortadi va o’simlikka suv hamda ozuqa elementlarini qabul qilinishi 
qiyinlashadi. 
b) Ozuqa muhitidagi makro va mikro elementlarning nisbati va ularni 
o’simliklar tomonidan qabul qilinishi. 
O’simliklarning oziqlanishi uning o’suv davridagi ozuqa elementlarini 
qanchalik o’zlashtirilishi va bu ozuqa elementlarining bir-biriga bo’lgan nisbatiga 
qarab baholash lozim. 
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, o’simliklarning mmineral ozuqa elementlarini 
o’zlashtirishda muhitdagi ionlarning nisbati muhim rol o’ynaydi. Har bir o’simliklar 
turiga, o’suv davrida, ozuqa elementlarining malum bir nisbati zarur. 
Ildiz orqali ozuqa elementlarining qabul qilinishida gidratlangan holdagi 
ionlarning diametri muhim ahamiyatga ega. 
SHundan kelib chiqib, shuni aytish kerakki,o’simlik hujayrasiga bir valentli 
kationlar ikki va ko’p valentli kationlarga nisbatan tez qabul qilinadi. Lekin eng 
muhimi esa qabul qilish sistemasining o’ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga 
ega.
Masalan, o’simliklarning ildiz sistemasiga kaliy rubidiy va tseziyga nisbatan 
tez qabul qilinadi, lekin rubidiy va tseziyning gidratlangan anioni diametri 
kaliynikiga nisbatan kichikdir. 


CHunonchi, har qanday mineal ozuqa elementlarini birdaniga ko’payishi yoki 
ortib qolishi natijasida o’simliklarning javob reaktsiyasi bunga qarshi boqa elementni 
qabul qilishi ortadi. 
O’simliklarning yer usti organlarini normal o’sishida va ildiz sistemasining 
yaxshi rivojlanishida tuzlarning eritmadagi nisbati, eritmaning fiziologik 
muvozanatlashganligi ham muhim ahamiyatga egadir.
Tarkibidagi alohida-alohida ozuqa moddalar o’simliklar eng samarali 
foydalanadigan nisbatlarda bo’lgan eritma fiziologik muvozanatlashgan eritma 
deyiladi. 
Tarkibida faqat bitta tuz bo’lgan eritma fiziologik muvozanatlashmagan 
bo’ladi. 
O’simlikda bitta tuzning,ayniqsako’p bo’lishi, xususan bir valentli biror 
kationning ortiqcha miqdorda bo’lishi o’simlikk zararli taosir ko’rsatadi. 
O’simlik ildizi ko’p tuzli eritmada eng yaxshi rivojlanadi. Unda ionlar 
ontogonizmi namoyon bo’ladi. Yani har qaysi ion boshqa ionning ildiz hujayrasiga 
ortiqcha miqdorda kirishiga to’sqinlik qiladi. 
Antogonizm bir xil zaryadlangan ionlar orasida va eritmada bir ionning 
kontsentratsiyasi boshqa ionning kontsentratsiyasidan juda ortiq bo’lgan hollarda 
kuchli namoyon bo’ladi.
Eritmaga kaltsiy tuzlari qo’shilganda fiziologik muvozanatlashish juda tez va 
oson tiklanadi. Eritmada kaltsiy kationi bo’lganida ildiz sistemasining rivojlanishi 
uchun yaxshi sharoit yaratiladi, shu sababli suniy ozuqa aralashmalarida kaltsiy 
kationi boshqa barcha ionlardan ko’proq bo’lishi lozim. 
v) tuproqning namligi 
Tuproqda yetarli darajada namlikning mavjud bo’lishi o’simliklarning 
normalo’sib, rivojlanishi uchun va ozuqa elementlarining yaxshi qabul qilinishiga 
katta imkoniyat tug’diradi. Tuproq tarkibidagi moneral ozuqa elementlari miqdori 
bilan va ularni o’simlikka qabul qilinishida transpiratsiya intensivligi bilan to’g’ridan 
to’g’ri bog’lanish mavjud emas. 
Lekin tashqi muhitda makro va mikro elementlar miqdorining quyi bo’lganda 
va transpiratsiya tez borayotgan bo’lsa, ularning o’simliklarga qabul qilinishi ortadi. 
O’simliklarga mineral ozuqa elementlarining qabul qilinishida tuproq 
namligining taosirini quyidagi fiziologik va fizik omilar bilan belgilanadi: 
1. 
O’simliklarning umumiy fiziologik holarini, fotosintez jarayoni, oqsillar 
biosintezi va boshqa moddalar almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi, qaysiki 
bu omillar o’simliklarning ozuqa elementlarini yutishida muhim rol 
o’ynaydi. 
2. 
Tuproq namlik bilan mo’tadil taminlanganda o’simliklarning ildizlari yaxshi 
rivojlanadi va joylashadi hamda ildizning umumiy yutish qobiliyati ortadi.
3. 
Ozuqa moddalar inolarining tuproq eritmasidan va tuproq singdirish 
kompleksidan o’simliklarning ildiz tukchalariga o’tishini yaxshilaydi. 
Yuqoridagi sanab o’tilgan omillar o’simliklarga makro va mikro elementlar 
qabul qilinishida tuproq namligining ahamiyati katta ekanligini ko’rsatadi. Tuproq 
mo’tadil ravishda namlik bilan taminlanganda o’simliklarga azot, fosfor, kaliy, 
kaltsiy, marganets, temir va boshqa elementlarning umumiy qabul qilinini ortadi. 


Turoqda namlik yetishmasa, o’simliklarga minerl ozuqa elementlarining qabul 
qilinishi qiyinlashadi, fermentlar sistema jarayoni ishida buzilish ro’y beradi, gidroliz 
jarayoni va organik moddalarning cho’kishi kuchayadi, fotosintez jarayonining tezligi 
keskin pasayadi va o’simlikning o’sishi to’xtaydi. Yozning issiq kunida o’simlik 1 
soat davomida o’z tanasidagi suv miqdoriga teng bo’lgan suvni bug’latadi. Suv 
bargning og’izchalarida parchalanadi. Kunning ikkinchi yarmida o’simliklar 
ildizining katta so’ruvchi sathi ham parlanish uchun suvni yetkazib bera olmaydi.
SHuning uchun kunning ikkinchi yarmida fotosintez jarayonining dispersiyasi 
boshlanadi, yaoni barg og’izchalari berkiladi, o’simlik suvni bug’latmaydi, bu paytda 
o’simliklarga karbonat angidrid gazining yutilishi ham to’xtaydi. 
g) tuproqdagi havo almashinuvi 
Tuproq va ozuqa ritmasining havosi almashinuvida, o’simliklarga ozuqa 
moddalarning qabul qilinishi keskin o’zgaradi. O’simlik ildizini o’rab turgan 
muhitdagi kislorod va karbonat angidridning miqdori o’zgarib turadi. 
Anaerob sharoitda hujayralarni kislorod bilan taminlanishi yomonlashadi, 
karbonat angidrid miqdori ortadi. 
Tuproqdagi havo almashinishi yoki unda havoning yangilanib turishi 
o’simliklarning ildiz orqali oziqlanishida muhim ahamiyatga ega.
Tuproq haqosining yaxshilash uchun tuproqqa o’z vaqtida ishlov berilishi, 
qator oralarining yumshatilishi, qatqaloqni yo’qotish loim bo’ladi.
Bundan tashqari tuproq eroziyasi tuproqda harorat va bosimning o’zgarishi, 
yog’in yog’ishi natijasida has kuchayadi. 
O’simliklarning ildizlari yoki ajritb qo’yilgan sharoitda o’stirilayotgan o’simlik 
ildizi o’sha muhitda 2-3 % kislorod bo’lganda ozuqa elementlarini yaxshi qabul 
qiladi. 
Tuproqdagi havo almashinuvi yoki aeratsiya shamol taosirida ham sodir 
bo’ladi. Odatda g’ovak qovushmali yetilgan tuproqlarda aeratsiya jarayoni normal 
kechadi. Tuproqlardagi gaz almashinuvi 25-35 sm qalinligidagi qatlamlarida bir soat 
davomida to’la almashinib, yangilanib turadi. Karbonat angidrid miqdori o’simliklar 
va mikroorganizmlar hayotiga va shuningdek tuproqqning xossalariga bevosita taosir 
qiladi. 
Aeratsiyaning yaxshilanishini natijasida tuproqda kislorod ko’payadi, 
aerobakteriyalarning faoliyati kuchayadi, o’simliklarning ildizlari yaxshi o’sadi, 
tuproqning suv rejimi yaxshilanadi. 
Tuproq havosida 20 % kislorod bo’lganda, o’simliklar hayoti uchun mo’tadil 
havo sharoiti vujudga keladi. 
d) issiqlik va o’simlikning oziqlanishi . 
O’simliklarning hamma hayot faoliyati malum bir harorat chegarasida ro’y 
beradi.
Issiqlik o’simliklarning unib chiqishi va rivojlanishiga ham taosir qiladi. 
Ko’pchilik o’simliklar yetarli darajada yorug’lik va namlik bilan 
taminlanganda, harorat 15-30 S daraja bo’lganda, yaxshi oziqlanadi. G’allali 
ekinlarga azot fosforning normal qabul qilinishi uchun harorat 23-25 S daraja 
bo’lmog’i kerak. Kana kunjut, soya, g’o’za, kabi ekinlar harorat 30-35 S ga yetganda 
ozuqa moddalarni yaxshi qabul qiladi. 


Haroratni 5-7 S ga pasaytirilganda, bug’doyga kaliyning qabul qilinishi 
kamaymaydi, lekin ildizning azot, fosfor, kaltsiy va oltingugurt qabul qilishi kuchli 
darajada qisqaradi. 
Har bir o’simlik turi va navi uchun mineral ozuqa elementlaridan intensiv 
foydalanish uchun malum bir xarorat darajasi bo’ladi. Past haroratda o’simliklarni 
fosforni o’zlashtirish yomonlashadi, 5-6 da esa nitratli azot qabul qilinishi qisqaradi. 
Umuman olganda, 10 S gradusdan past haroratli sharoitda o’simlik ildiziga 
mineral oziqlanish elementlarning qabul qilinishi susayadi yoki to’xtaydi. 
e) yorug’lik va o’simliklarning oziqlanishi. 
O’simlik quyoshning birinchi nurlari paydo bo’lgandan boshlab, mineral ozuqa 
elementlariini kuchli darajada qabul qila boshlaydi.
O’simlik o’sayotgan joyga soya tushishi natijasida fotosintez jarayonining va 
ildizning ozuqa moddalarni yutish intensivligi pasayadi. 
Agarda o’simliklarni uzoq muddat qorong’ulikda soqlab turilsa, mineral ozuqa 
elementlariini qabul qilinishi to’xtaydi. Bu holat shu bilan tushuntiriladiki, fotosintez 
jarayonida o’simliklarning nafas olishida foydalaniladigan organik moddalar hosil 
bo’ladi.
Qorong’ulikda esa o’simliklarning nafas olishi sekin asta to’xtaydi. SHunday 
qilib, yorug’likning o’simliklar oziqlanishiga taosiri fotosintez jarayonining borishi 
bilan izohlanadi. 
TUPROQ MUHITINING REAKTSIYASI 
Tuproq muhitining reaktsiyasi tuproq eritmasidagi vodorod va giroksil 
ionlarining nisbatiga bog’liq.
Tuproq muhitining reaktsiyasi hamma o’simliklar uchun muhim fiziologik 
ahamiyatga ega.
Tuproqqa ohak solish yo’li bilan Rnni o’zgartirish natijasida vodorod ionining 
o’rnini kaltsiy egallaydi, bu esa o’simlikni ko’pgina mineral ozuqa elementlaridan 
foydalanish imkoniyatini beradi. 
Malumki, kaltsiy vodorod ionini o’simlikka qabul qilinishini to’xtatadi va 
tuproq eritmasida kaltsiyning ko’pligi natijasida o’simliklar nordon reaktsiyali 
muhitga bardosh bera oladi. Nordon reaktsiyali muhitda temir, marganets, kobalt, 
misning o’simliklarga yaxshi qabul qiladigan shakllarini miqdori ortadi.
Malumki, nordo reaktsiyali eritmada vodorod ioni quyi bo’lib, eritmaning 
kislotaligini ortishi natijasida anionlarning qabul qilinishi kuchayadi. 
Eritmalarning ishqoriyligi ortganda kationlarning qabul qilinishi kuchayadi, 
bunda ON- ionlarining miqdori ortadi. 
O’simlikka yaxshi qabul qiladigan bir valentli fosfor kislota ikki valentli fosfor 
kislotaga va oxiri uch valentli, o’simliklar yomon o’zlashtiradigan fosfatga aylanadi. 
Ishqoriy muhitda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishining pasayishiga ularga 
kerakli bo’lgan fosfor birikmalari miqdorining kamayishi bilan bog’liq ekan. 
O’simliklarga salbiy taosir etadigan yuqori kislotali muhit tuproq eritmasida 
kaltsiy miqdorining kamligi bilangina emas, balki yorug’likning yetishmasligi 
natijasida fotosintez jarayonini susayishi va mineral ozuqa elementlarining 
yomonlashuviga ham olib keladi. 


Tuproqdagi havo almashinuvining yomonlashuvi, yuqori darajadagi namlik 
ham yuqori kislotalilikni o’simlikka salbiy taosirini kuchaytiradi. 
Bazi hollarda tuproq muhiti kislotaliligining ortishi natijasida ko’pgina yomon 
eriydigan tuproq tuzlarining erishi kuchayadi va ularni o’simlikka qabul qilinishi 
yaxshilanadi. 
Tuproq eritmasida kislotalilik darajasi ortganda tuproqdagi temir, alyuminiy, 
marganets ionlarining xarakatchanligi kuchayadi va o’simliklarda ular zaharli 
kontsentratsiyagacha to’planadi va bu o’simliklarning rivojiga o’ta salbiy taosir 
qiladi. 
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari kuchsiz nordon reaktsiyali muhitda yaxshi 
o’sib rivojlanadi. Umuman o’simliklar katta singirish sig’imiga ega bo’lgan 
tuproqlarda muhitning noqulay sharoitlarini yengil o’tkazadi. 
TAYANCH IBORALAR
Ozuqa 
elementlari 
birikmalarning 
shakli, 
parchalanish 
mahsulotlari, 
o’simliklarning oziqlanishi, natrat anioni, ammoniy, kationlar, ammonifikatsiya, 
nitrifikatsiya, molekulyar azotning bog’lanishi, aminokislotalar, molekulyar azot, 
nuklein kislotalar, galofitlar, ozuqa moddalarni tuproqdan so’rib olinishi, tuproq 
organik qismi, o’simliklarning biologik xususiyatlari, kontsentratsiya, osmotik 
bosim, makro, mikro elementlar nisbati, muvozanatlashgan eritma, ionlar 
ontogonizmi, tuproqning namligi, tuproqdagi havo almashinuvi, anaerob sharoit, 
tuproq muhitining reaktsiyasi, eritmaning kislotaliligi, tuproqning buferlik qobiliyati. 
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1. 
Azotli oziqlanish birikmalari o’simliklarga qanday shaklda qabul qilinadi? 
2. 
Fosfor va oltingugurt qanday shaklda qabul qilinadi? 
3. 
O’simliklarning ozuqa moddalarni qabul qilinishiga qanday tashqi muhit 
omillari taosir qiladi? 
4. 
O’simliklarga ozuqa elementlarining qabul qilinishi qanday omillarga 
bog’liq? 
5. 
Tuproq oziq eritmasining kontsentratsiyasi necha foizga teng bo’lganda 
ozuqa moddalarni yaxshi qabul qiladi? 
6. 
Qanday eritma fiziologik muvozanatlashgan eritma deyiladi? 
7. 
Ionlar ontogonizmi nima? 
8. 
O’simliklarning oziqlanishiga namlik qanday taosir ko’rsatadi? 
9. 
O’simliklarning oziqlanishida issiqlikning ahamiyati. 
10. Tuproq muhitining reaktsiyasi qaysi ionlarning nisbatiga bog’liq bo’ladi? 
11. Nima uchun kechasi o’simliklarda kechadigan jarayonlar sekinlashadi yoki 
to’xtaydi? 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 


3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Pankov M.A, Tuproqshunoslik. «O’rta va Oliy maktayu» davlat nashriyoti. 
T. 1963. 
6-MA’RUZA: TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKTSIYASI. 
O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHIDA MIKROORGANIZMLARNING ROLI.
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHINING DAVRIYLIGI.
REJA: 
1. 
Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi. 
2. 
O’simliklarning mineral ozuqa elementlarii qabul qilishida 
mikroorganizmlarning roli. 
3. 
O’simliklarning har xil o’suv davrlarida oziqlanish sharoitiga munosabati. 
4. 
O’simliklar oziqlanishining davriyligi. 
5. 
Tayanch iboralar


6. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. 
Foydalanilgan adabiyotlar
TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKTSIYALARI. 
O’simliklarga ozuqa moddalarning mineral o’g’itlardan qabul qilinishiga 
boshqa omillar bilan bir qatorda tuzlarning fiziologik reaktsiyasi ham qiladi. O’g’it 
sifatida ishlatilayotgan hamma tuzlar kimyoviy xususiyati jihatidan kislotali yoki 
nordon, ishqoriyli va neytral bo’lishi mumkin. O’simliklar o’suv davrida ionlarni 
tanlab qabul qiladi, hatto tuproq eritmasiga solingan kimyoviy neytral tuzlarning 
fiziologik reaktsiyasi ham har xil bo’lishi mumkin. 
O’simliklarning oziqlanishida u yoki bu kation va anionlrning ahamiyati 
ularning qabul qilinishidagi har xil intensivligini belgilaydi. Natijada tuproq ozuqa 
eritmasida qolgan ionlar tuproq eritmasining nordonligini yoki ishqoriyligini 
belgilaydi. 
O’g’itlarning fiziologik kislotaligi - bu uning muhit reaktsiyasini 
nordonlashtirish xususiyatidir. 
Bunda o’simliklar tuz tarkibiga kiruvchi kationlardan foydalanadi. Fiziologik 
kislotali o’g’itlarga quyidagilar kiradi: ammoniy xlorid, ammoniy sulfat, ammoni 
karbonat, kaliy xlorid, kaliy sulfat - o’simliklar asosan ushbu o’g’itlar tarkibidagi 
ammoniy, kaliy kationlaridan foydalandi.
O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi - bu ularning muhit reaktsiyasini 
ishqoriyligini oshirish xususiyati bo’lib, o’simliklar tuz tarkibidagi anionlardan 
ko’proq foydalanadiar. 
Fiziologik ishqoriy o’g’itlarga quyidagilar kiradi: natriy nitrat, kaltsiy nitrat, 
magniy nitrat, kaliy nitrat. 
Agar eritmada ammoniy xlorid bo’lsa, u holda o’simliklar tezroq va ko’p 
miqdorda ammoniy ionlariga almashinadi. CHunki ammoni kationi aminokislotalar, 
keyin esa oqsillar sintez qilinishida foydalaniladi.
SHu bilan birga xlor ionlari o’simlikka oz miqdorda kerak bo’ladian va 
shuning uchun uning yutilishi cheklangan bo’ladi. Bunda tupro eritmasida vodorod 
va xlor ionlari to’planadi, eritma esa kislotali bo’lib qoladi. 
Agarda eritmada natriy nitrat bo’lsa, u holda o’simlik gidrokarbonat anionlari 
o’rniga ko’p miqdorlarda va tezroq nitrat anionini yutadi. 
Eritmada natriy va bikarbonat anionlari to’planadi va natriy karbonat hosil 
bo’ladi, eritma esa ishqoriy muhitga ega bo’lib qoladi. 
Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi o’simliklarni suvda va qumda, yani buferligi 
kam bo’lgan muhitda o’stirilganda va mexanik tarkibi qumoq bo’lgan yerlarga 
solinganda ko’proq namoyon bo’ladi.
Fiziologik kislotali tuzlardan doimiy ravishda foydalaniladi, yerlarni ohaklash 
lozim. Tarkibida azot bor tuzlarda birinchi navbatda o’simlikka azot o’zlashadi. 
SHuning uchun azotning ammiakli tuzlari fiziologik kislotali tuzlar, selitralar 
esa fiziologik ishqoriy o’g’itlar hisoblanadi. Masalan, natri nitrat, kaliy nitrat, magniy 
nitrat, kaltsiy nitrat tarkibidagi nitrat anioni o’simlikka tez va ko’p miqdorda qabul 
qilinadi, eritmada esa yuqoridagi tuzlarning metall qoldiqlari qoladi.


Natijada eritmada gidrolitik ishqoriy muhit yuzaga keladiyu Tuproq ozuqa 
eritmaga ammoniy tuzlarining qabul qilinishi oqibatida ammoniy kationi o’simliklar 
tomonidan tez va ko’p miqdorda qabul qilinadi va qolgan kislota qoldiqlari kislotali 
muhitni yuzaga keltiradi. 
Kaliyli tuzlarning fiziologik reaktsiyasi ekinlarning talabiga qarab, turlicha 
bo’lishi mumkin. 
Masalan, kaliyga kam talabchan jkinlar uchun kaliyli o’g’itlar fiziologik 
neytral hisoblanadi, kaliyga talabchan ekanilar uchun esa fiziologik kislotali 
hsoblanadi. 
O’SIMLIKLARNING MINERAL OZUQA ELEMENTLARII QABUL 
QILISHIDA MIKROORGANIZMLARNING ROLI. 
Mikroorganizmlar planetamizda hayotning normal kechishida juda muhim 
ahamiyatga ega.
Mikroorganizmlarning 
hayot 
faoliyati 
natijasida 
organik 
moddalar 
minerallashadi va atmosferaga karbonat angidrid gazi to’xtovsiz ajralib turadi. 
Fotosintez jarayoni normal kechadi. Tog’ jinslarining yemirilishi, torfning paydo 
bo’lishi, neft, toshko’mirning, selitralarning , ohaktoshlarning paydo bo’lishi, 
hammasmi to’g’ridan-to’g’ri mikroorganizmlarning ishtirokida amalga oshiriladi. 
Birlamchi tirik mikroorganizmlar tuproq paydo bo’lishida ishtirok etgan. 
Mikroorganizmlar o’zlaridan kuchli kislotalarni ajratib chiqarganlar, qaysiki bu 
kislotalar ona jinsni parchalagan, maydalagan, natijada yangi struktura elementlari 
yuzaga kelgan. Vaqt o’tishi bilan yemirilgan jinslar organik moddalar bilan boyigan 
va tuproq hosil bo’lish jarayoni boshlangan. 
Tuproqning har bir gektar haydov qatlamidagi bakteriyalar miqdori 3 t dan 7-8 
t gacha yetadi. 
Mikroorganizmlar oziqlanishiga ko’ra avtotrof va geterotrof oziqlanuvchi 
mikroorganizmlarga bo’linadi. 
Avtotrof bakteriyalar karbonat angidrid gazidagi uglerodni bog’lash uchun yo 
fotosintez jarayonidan yoki ayrim mineral moddalarning oksidlanishidagi kimyoviy 
energiyadan foydalanadi. Fotosintez jarayonida ishtirok etish xususiyatiga ega 
bo’lgan bakteriyalarga yashil oltingugurt bakteriyalari, nitrifikatsiya bakteriyalari va 
temir bakteriyalari kiradi.
Geterotrof bakteriyalari esa uglerodni tayyoreaktsiyasi organik birikmalardan 
o’zlashtiradi. Ko’pchilik tuproq bakteriyalari, aktinomitsetlar, deyarli hamma 
zamburug’lar geterotrof bakteriyalari jumlasiga kiradi. 
Vodorod sulfidni, elementar oltingugurtni va tiobirikmalarni sulfat 
kislotagacha oksidlanishi sulofikatsiya jarayoni deyiladi. Bu jarayonni oltingugurt 
bakteriyalari va tiobakteriyalar amalga oshiradilar. 
Nitrifikatsiya jarayoni nitroz va nitrat bakteriyalari ishtirokida amalga oshirilib, 
ammiakli tuzlarni nitratlargacha oksidlaydi. 
Odatda tuproq tarkibidagi nitratlar har bir kilogramm tuproqda 2 mg dan 20 mg 
gacha tashkil etadi. 


Nitratlar juda harakatchan bo’lganligi uchun ular tuproqning pastki 
qatlamlariga yuqilib ketadi hamda denitrifikatsiya jrayoniga tez uchraydi. 
Denitrifikatsiya - bu nitratlarning molekulyar azotgacha yoki oraliq birikmalar, azot 
kislota va ammiakkacha qaytarilishidir. 
Malumki, organik azotni o’simliklar qabul qilmaydi. O’simliklar uchun nitrat 
shaklidagi mineral azot zarur. Tuproqda organik azotning minerallashuvi natijasida 
ammiak hosil bo’ladi. Bu biologik jarayon ammonifikatsiya deb yuritiladi.
Bunda geterotrof bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug’lar ishtirok 
etadilar. Mikroorganizmlar o’zlarining oziqlanishi uchun har xil kimyoviy 
elementlardan foydalanadilar. 
Tuproq mikroorganizmlari, asosan zot bilan oziqlanadilar. 
Avtotrof mikroorganizmlar oddiy azotli mineral birikmalardan ammoniyli va 
azot kislota tuzlaridan foydalanadilar. Avtotrof mikroorganizmlar orasida fotosintez 
qiluvchi organizmlar ham uchraydi, ular atmosferadagi azotni o’zlashtiradi.
Geterotrof mikroorganizmlar esa mineral birikmalar tarkibidagi azotni 
o’zlashtiradi. 
Tuproqda va mikroorganizmlarning hujayralarida bo’ladigan kimyoviy va 
biokimyoviy jarayonlar suvda sodir etiladi.
Mikroorganizmlar 50-60 % maksimal nam sig’imiga ega bo’lgan tuproqlarda 
yaxshi rivojlanadi. Anaerob mikroorganizmlar esa 100 % namlikda ham yaxshi 
rivojlanadi. Tuproq tarkibida mikroorganizmlarning har xil turlari uchraydi, ular 
kletchatkani va pektin moddalarni parchalaydi. 
Urobakteriyalar taosirida mochevina ammoni karbonatgacha aylanadi. 
Urobakteriyalar rN 7-8 ga teng bo’lganda ham yaxshi rivojlanadi. Mochevina ularga 
uzot manbai bo’lib xizmat qiladi. O’simlik o’zining hayot faoliyati davomida ildizi 
orqali har xil moddalarni mineral tuzlarni, organik kilotalarni, qand moddalarni 
aminokislotalar, vitaminlarni ajratib chiqaradi.
Mikroorganizmlar oziqlanishi uchun o’simlik ildizi ajratmlaridan tashqari 
chiriyotgan ildiz qoldiqlaridan, ildiz tolalaridan ham foydalanadi. 
O’SIMLIKLARNING HAR XIL O’SUV DAVRLARIDA OZIQLANISH 
SHAROITIGA MUNOSABATI. 
O’sishning turli darlarida o’simliklarning tashqi muhit sharoitlariga, shu 
jumladan oziqlanish sharoitlariga talabi turlicha bo’ladi.
O’simliklarning vegetatsiya davrida azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq 
elementlarini yutishi har xil bo’ladi. Oziqlanishning kritik davri va oziq moddalar eng 
intesiv yutilganda maksimal oziqlanish davri tushunchalarini bir-biridan farq qilish 
lozim. O’simliklar o’sishining dastlabki davrida istemol qiladigan barcha oziq 
moddalarning absolyut miqdori uncha ko’p bo’lmaydi, lekin eritmada ularning 
yetishmasligi ham, ko’pligi ham o’simlikka tez taosir qiladi. 
O’sishning dastlabki boshlang’ich davrida fosfor bilan oziqlanishga nisbatan 
kritik davrdir. 


Yosh nihollarga fosforning yetishmasligi o’simlikka shu qadar kuchli taosir 
qiladiki, hatto keyingi rivojlanish davrida fosfor bilan mo’l-ko’l oziqlantirilganda 
ham hosil juda kam bo’ladi. 
O’simliklarning ildiz sistemasi hali yaxshi rivojlanmagan paytda sintetik 
jarayonlarning juda tez ketishi sababli yosh nihollar oziqlanish sharoitlariga ayniqsa 
talabchan bo’ladi.
Demak, bu davrda ildizning bo’g’iz zapasida oziq elementlari oson eriydigan 
shaklda, lekin ularning kontsentratsiyasi yuqori bo’lmasligi, azot va kaliyga nisbatan 
fosfor ko’proq bo’lishi lozim. Vegetatsiyaning boshlang’ich davridanoq barcha 
elementlar bilan yetarli darajada taminlanishi mo’l hosil yetishtirishning muhim 
omilidir. Masalan, boshoqli don ekinlarida dastlabki 3-4 ta barg yozish 
davridanoqreproduktiv organlar - boshoq va ro’vakka asos solinishi va tabaqalanishi 
boshlanadi. Bu davrda azot yetishmasligi keyinchalik xatto kuchli oziqlantirilganda 
ham, ro’vakdagi yosh boshoqdagi boshoqchalar sonining kam bo’lishiga hamda 
hosilning pasayishiga olib keladi. 
O’simliklarning yer ustki organlari poya va barglari jadal o’sadigan davrda 
bargcha oziq elementlarini isteomol qilishi ancha ko’payadi. O’simliklarning o’sish 
jarayonlarida azot yetakchi rol o’ynaydi. 
Azot bilan ko’plab miqdorda oziqlantirish vegetativ organlarning tez o’sishiga, 
kuchli assimilyatsion apparatning shakllanishiga yordam beradi.
Bunday davrda azotning yetishmasligi esa o’sishning to’xtashiga, keyinchalik 
esa hosil miqdori va sifatining pasayishiga olib keladi. 
Gullash va meva tuga boshlash davriga kelib, ko’pchilik o’simliklarning azotga 
bo’lgan talabi kamayadi, lekin fosfor va kaliyning ahamiyati ortadi. 
Bu ularning fiziologik roli - reproduktiv organlarining shakllanishida va 
hosilning tovar qismida zapas moddalar hosil bo’lishida, ayniqsa intensiv boradigan 
organik moddalar almashinuvida fosfor va kaliyning ishtirok etishi bilan bog’liqdir. 
Vegetativ massaning massaning o’sishi to’xtaydigan va hosil tugish davrida 
barcha oziq moddalarning istemol qilinishi asta -sekin kamayadi, so’ngra ularning 
o’simlikka yutilishi to’xtaydi. 
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHINING DAVRIYLIGI 
Turli xil qishloq xo’jalik ekinlari vegetatsiya davri mobaynida ozuqa 
elementlarini yutish miqdori va tezligi jihatidan bir-biridan Farg’ona davlat 
universiteti qiladi. Barcha boshoqli don ekinlari, zig’ir, kanop, ertagi kartoshka, bazi 
sag’bzavotlar intensiv oziqlanish davrining qisqaligi bilan farq qiladi. Ular oziq 
moddalarning asosiy miqdorini qisqa muddatlarda istemol qiladi. 
Masalan, kuzgi javdar barcha oziq moddalar miqdorini 25-30 % ni kuz 
davrining o’zidayoq 
yutadi, 
bahorgi 
bug’doy 
nisbatan qisqa 
muddatda 
naychalanishdan boshoqlanishgacha bo’lgan davrda ozuqa moddalar barcha 
miqdorining 2/3 - 3/4 qismini istemol qilib bo’ladi. 
Kartoshkaning o’rta va kech pishar navlari oziq moddalarni eng ko’p miqdorda 
iyul oyida isteomol qiladi. SHu o ichida hosildagi miqdoriga nisbatan olganda deyarli 
40% azot, 50 % dan ko’p fosfor va 60 % dan ko’proq kaliyni yutadi. 


Zig’irda mineral oziqlanish elementlarini maksimal istemol qilish davri 
g’unchalashdan gullash darigacha, g’o’zada esa oziq moddalarning asosiy miqdori 
shonalash boshlanganidan ko’saklarda yalpi tola hosil bo’lishi boshlanish oralig’ida 
yutiladi.
Bazi o’simliklar - makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi va boshqalar ozuqa 
moddalarni bir meyorda va uzoq muddatlarda istemol qilishi bilan xarakterlanadi. 
O’simliklar ayrim ozuqa elementlarini turli tezlik bilan yutadi, masalan, 
makkajo’xorida eng tez yutiladigan kaliy, so’ngra azot, fosfor ancha sekin istemol 
qilinadi. Kaliyning yutilishi ro’vak hosil bo’lishi davrida, azotniki esa don hosil 
bo’lish davrida batamom to’xtaydi. 
O’simlikka fosforning yutilishi ancha cho’ziladi va deyarli vegetatsiya oxiriga 
qadar davom etadi. Kanop dastlabki oyda azot va kaliyni juda tez yutadi. Azotning 
kelishi maysalar unib chiqqanidan 3 xafta, kaliyning esa 5 xafta o’tgandan keyin 
batamom tugallanadi.
Vegetatsiya 
davrining 
boshlanishida 
va 
maksimal 
yutilish 
davrida 
o’simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish ayniqsa muhimdir. Bu 
o’g’it solishning turli xil muddatlarini asosiy o’g’itni ekishgacha ekish vaqtida solish 
va qo’shimcha o’g’it solish usullarini birga qo’llash bilan amalga oshirishladi. 
Asosiy o’g’itlashning asosiy vazifasi - butun vegetatsiya davrida 
o’simliklarning oziqlanishini taminlashdan iborat, shuning uchun ekish oldidan, 
ko’pincha organik o’g’itlarning to’la normasi mineral o’g’itlarning ko’p qismi 
solinadi.
Vegetatsiyaning eng masuliyatli davrlarida o’simliklarni oziqlanish elementlari 
bilan taminlash uchun asosiy o’itga va ekin vaqtidagi o’g’itga qo’shimcha o’g’itla 
usuli qo’llaniladi. 
O’simliklarni oziqlanish sharoitlarini ularning ehtiyojiga yarasha o’g’it solish 
yo’li bilan o’sish davrlari bo’yicha boshqarib, hosil miqdori va uning mumkin. 
G’o’za o’simligiga ozuqa moddalarning qabul qilinishi, % 
Vegetatsiya davrlari 

R
2
O
5
K
2

1. shonalashgacha 
3-5 
3-5 
2-63 
2. shonalashdan yalpi gullashgacha 
25-30 
15-20 
15-20 
3. gullashdan yalpi pishgungacha
65-70 
75-80 
75-80 
G’allali ekinlarda ozuqa moddalarning yutilishi, % 
Vegetatsiya 
davrlari 
bug’doy
arpa
suli

R
2
O
5
K
2


R
2
O
5
K
2


R
2
O
5
K
2

nat o’rash 
71 
68 
88 
71 
56 
73 
51 
36 
54 
Gullash 
97 
100 
100 
96 
74 
100 
82 
71 
100 
to’liq pishish 
90 
93 
67 
100 
100 
64 
100 
100 
83 
TAYANCH IBORALAR


Tuzlarning kislotaliligi, ishqoriyligi, fiziologik reaktsiyasi, fiziologik kislotali 
o’g’itlar, fiziologik ishqoriy o’g’itlar anion, anionlar, kation mikroorganizmlar, 
avtotrof va geterotrof bakteriyalar, nitrifikatsiya, ammonifikatsiya, denitrifikatsiya, 
urobakteriyalar, 
rivojlanishning 
davlatki 
boshlang’ich 
davri, 
anaerob 
mikroorganizmlar, urobakteriyalar, o’suv davri, meva xosil qilish davri, intensivlik 
ozuqa moddalarni yutish miqdori, asosiy o’g’itlash, ekish bilan o’g’it solish, 
qo’shimcha o’g’itlash.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1. 
O’g’itlarning fiziologik reaktsiyasi nima? 
2. 
O’g’itlarning fiziologik kislotaliligi va shunday o’g’itlarinng vakillariga 
qaysilar kiradi? 
3. 
O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi nima va ularning vakillari? 
4. 
Mikroorganizmlarning ahamiyati? 
5. 
Mikroorganizmlar oziqlanishia qarab necha turga bo’linadi? 
6. 
Sulfofikatsiya jarayonini bayon eting? 
7. 
Ultrifikatsiya nima? 
8. 
Ammonifikatsiya nima? 
9. 
Tuproq mikroorganizmlari asosan qaysi elementlar bilan oziqlanadi? 
10. Mikroorganizmlar qaysi sharoitlarda yaxshi rovijlanadi.
11. Oziqlanishning kritik davri nima? 
12. Oziq elementlarining eng ko’p qabul qilishi qaysi davrga to’g’ri keladi? 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Sparovchnik po udobreniyam. Izd. 39, izd-vo Kolos, Moskva 1964. 
5. 
Azizov G’. Tuproq unumdorligini oshirishad mikroorganizmlarning roli, T. 
O’zbekiston. 1969. 
6. 
Petuxov P.M., Panova Ye.N. Dudina N. X. Agroximiya i sistema 
udobreniya. Izd-vo Kolos. Moskva, 1979. 
7-MA’RUZA: TUPROQNING SINGDIRUVCHANLIK QOBILIYATI VA UNING 
TURLARI. TUPROQNING KISLOTALILIGI VA UNING TURLARI. 
TUPROQNING BUFERLIGI. 


REJA: 
1. 
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati va uning turlari. 
2. 
Tuproqning singdirish sig’imi. 
3. 
Tuproqning kislotaliligi va uning turlari. 
4. 
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi. 
5. 
Tuproqning buferligi. 
6. 
Tayanch iboralar
7. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. 
Foydalanilgan adabiyotlar
TUPROQNING SINGDIRUVCHANLIK QOBILIYATI VA UNING 
TURLARI 
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati uzoq o’tmishdan ham kishilarga 
maolum edi. Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganish19-asrning 
o’rtalariga to’g’ri keladi. 1850-1854 yillarda shu sohada D.Ueyening ishlari chop 
etildi. Uning fikriga qaraganda, tuproq tuzlarini to’liq singdirmaydi balki uning 
tarkibidagi asosinigina singdiradi va tuproqdan eritmaga ham shuncha miqdordagi tuz 
asosi ajralib chiqadi.
Keyingi paytlarda tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganishda kolloid 
kimyo fani katta o’rintutmoqda. Mana shu o’nalishda ko’p ilmiy ishlarni amalga 
oshirgan olimlarga K.K.Gedroyts, G.Vinger va S.Matsonlarni o’shish mumkin. 
Tuproqning almashinuvchi singdiruvchanligini o’simliklarning oziqlanishi 
bilan bog’lab o’rganishda D.N.Pryanishnikovning laboratoriyasida ko’p ishlar amalga 
oshirilgan.
Akademik K.K.Gedroyts tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganishda 
uni o’g’itlarning qo’llanilishi, o’simliklarning oziqlanishi, tuproqning kimyoviy 
melioratsiyalash ishlari bilan uzviy bog’lab olib bordi.
Keyingi yillarda uning ilarini zamondosh olimlar yanada chuqurroq o’rgandilar 
va mukammallashtirdilar.
Akademik 
K.K.Gedroyts 
o’zining 
tekshirishlari 
asosida 
tuproqning 
singdiruvchanlik qobiliyatiga quyidagicha tarif berdi. Tuproqning eritmadagi 
birikmalarini, 
shuningdek 
turli 
bug’larni, 
gazlarni, 
suspenziyalarni 
va 
mikroorganizmlarni ulab qolishga tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati deyiladi.
Tuproq qatlamidan o’tayotgan suvda erigan va erimagan moddalar, turli gazlar 
hamda 
mikroorganizmlarning 
tuproqda 
singib 
qolishi, 
yani 
tuproqning 
singdiruvchanlik qobiliyati juda murakkab hodisadir.
Bunda kimyoviy fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar yuz beradi. akademik 
K.K.Gedroyts tuproqning xar xil moddalarini ushlab qolishi, singdirish va bunda 
kechadigan jarayonlarni eotiborga olib tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini 5 
turga bo’ladi. 
1. 
Tuproqni mexanik singdirish
2. 
Tuproqni fizik singdirish
3. 
Tuproqni fizik-kimyoviy singdirish


4. 
Tuproqni kimyoviy singdirish
5. 
Tuproqni biologik singdirish
1. Tuproqni mexanik singdirish.
Tuproqni qatlami orqali yuqridan pastga xarakat etayotgan yog’in va sug’orish 
suvlaridagi loyqa holidagi zarrachalarning shu qatlamlar orasida mexanik ravishda 
ushlanib qolishiga mexanik singdirish deyiladi. bu xolda tuproq loyqa suvni suzgichi 
bo’lib xizmat qiladi. Bu xildagi singdirish tuproqning mexanik tarkibi strukturasi, 
qatlamning zichligi va g’ovakligiga bog’liqdir.
Soz va qumoq mexanik tarkibli tuproqlar g’ovak qovushmali qumloq 
tuproqlarga nisbatan suvdagi loyqani yaxshiroq va ko’proq ushlab qoladi.
O’zbekiston 
hududidagi 
tog’ 
etaklari 
adirliklarida 
toshloqliklarni 
o’zlashtirishda tajribali dehqonlar tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatidan 
foydalanganlar. Bir necha o’n yillar mobaynida toshloq yerlarga loyqa cho’ktirganlar. 
O’sha joylarda ekin ekish uchun yaroqli unumdor taqir tuproqni vujudga keltirganlar. 
Demak, tuproqning mexanik singdirish qobiliyati tuproq unumdorligini oshirishda 
o’simliklarning oziqlanishini yaxshilashda va oziq elementlaridan samarali 
foydalanishda muhim ahamiyatga egadi. 
2. 
Tuproqni fizik singdirish
Bunday singdirish paytida tuproq mayda zarrachalarining yuza energiyasi 
taosirida ularning sirtida turli gazlar, bug’lar, mikroorganizmlar va suvda erigan 
moddalar ushlanib qoladi. Tuproq kolloidlari va uning qattiq qismi qatlami quruq 
bo’lganda tuproq haqosidagi gazlarni, nam bo’lganida esa suv va unda erigan 
moddalarni molekula holida singdiradi.
Fizik singdirish darajasi tuproq zarrachalarining maydaligiga, chirindi 
miqdoriga, minerologik va mexanik tarkibiga bog’liq.
Fizik singdirish chirindisi ko’p soz va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda 
yaxshi kechadi.
Tuproq tarkibida temir va alyuminiy oksidlari hamda montmorilaning 
guruhidagi minerallarning ko’paytirish natijasida ham tuproqning fizik singdirish 
qobiliyati kuchayadi.
Bu xildagi singdirish natijasida ozuqa moddalar tez yuvilib ketishidan 
saqlanadi va tuproq eritmasining kontsentratsiyasini yaxshilaydi. Ammo tuproq 
eritmasidan bazi moddalarni kolloid zarralar mutlaqo singdirmaydi yokislotali juda 
oz singdiradi. Bu holdagi salbiy hodisa ayniqasa nitratlarga xos bo’lganligi sababli, 
azotli mineral o’g’itlarni ekish oldidan yokislotali o’suv davrida bir necha bo’lib-
bo’lib solish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bakteriyalarni ham singdirib qolinishi 
mikrobiologik jarayonlarning yaxshilanishiga olib keladi. Lekin shu bilan birga xar 
xil zararli mikroblarni ham tuproqda ushlanib qolishiga sabab bo’ladi.
3. Tuproqning fizik-kimyoviy singdirilishi. 
Fizik-kimyoviy yokislotali almashinuvchi singdirish tuproqlarning qattiq 
qismini xossasi bo’lib, atrof tevarakdagi eritmadan ionlarni singdirib oladi va ularni 
mustakam tutib turadi. Bu singdirish tuproq qattiq fazasidagi ionlarning tuproq 


eritmasidagi ionlarning ekvivalent miqdoriga almashinuvi orqali amalga oshirishladi. 
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati tuproqdagi diametri 0,1 mm dan ham 
kislotalichik, disperslangan mayda zarrachalarga bog’liqdir. 
Tuproqning mineral yokislotali organik qismidagi manfiy zaryadga ega 
bo’lgan mayda dispers kolloid zarrachalarining tuproq eritmasidan turli kationlarni 
singdirishi fizik-kimyoviy yokislotali almashinuvchi singdirish deyiladi. 
Bunda tuproq eritmasidan bir xil kationlarning singdirilishi tuproqning qattiq 
fazasi tomonidan oldin o’zlashtirilgan unga ekvivalent bo’lgan boshqa kationlarning 
siqib chiqarilishi bilan boradi.
Tuproqning almashinadigan kationlarini singdirishda qatnashadigan organik va 
mineral holdagi mayda dispers zarrachalari yig’indisi akademik K.K.Gedroyts 
tomonidan tuproqning singdirish kompleksi yokislotali qisqacha TSK deb 
nomlangan.
Tuproq eritmasidagi kationlarni TSKdagi kationlar bilan almashinishi 
ekvivalent miqorda boradi. Kationlarning almashinish reaktsiyasi juda tez o’tadi.
Tuproqqa kal’tsiy, ammoniy nitrat, natriy nitrat kabi oson eriydigan o’g’itlar 
solinganda, ular tezda tuproqning sindirish kompleksi bilan reaktsiyaga kirishadi, 
ularning kationlari tuproq eritmasidan ilgari sindirilgan holatdagi kationga 
almashingan holda singadi: 
Tuproq kationlardan tashqari anionlarga ham singdiradi. Anionlarning 
singdirilish darajasiga qarab 3 guruhga bo’linadi. 
1. 
Yaxshi singuvchan anionlar 
2. 
Kuchsiz singadigan anionlar 
3. 
Singimaydigan anionlar 
Tuproqning fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati o’simliklarning oziqlanishida 
muhim ahamiyatga ega bo’lib bu jarayon natijasida muhim ozuqa elementlari 
tuproqda ushlanib qoladi va pastka qatlamlarda yuqilib ketmaydi. Fizik-kimyoviy 
singdirish vaqtida zol holidagi kolloidlarning gel holiga o’tishi sababi tuproqlda 
mikrostruktura elementlari paydo bo’ladi. 
4. Tuproqning kimyoviy singdirilishi. 
Tuproqdagi ayrim eruvchan tuzlarning o’zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishishi 
natijasida suvda erimaydigan yokislotali juda qiyin eriydigan va cho’kmaga 
tushadigan birikmalarni hosil bo’lishi bilan bog’liqdir.
Masalan, karbonat kislota va sulfat kislota anionlari kalitsiy va magniyning 2 
valentli kationlari bilan suvda qiyin eriydigan cho’kmalarga tushadiganlarni hosil 
qiladi.
Tuproqning kimyoviy singdirish xususiyati aniyqsa tuproqdagi fosforning 
o’zgarishida katta ahamiyatga egadir. 
Ikki kaltsiy fosfat kuchsiz (...............) kuchsiz kislotalarda eriydi va uning 
tarkibidagi fosfor o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi.
Yomon eriydigan uch kaltsiyli fosfatning hosil bo’lishi bilan fosforning 
o’simliklar uchun samarasi yo’qoladi.


5. Tuproqni biologik singdirish. 
Tuproqni biologik singdirish xususiyati tuproqda o’simliklarning tirik ildizlari 
va mikroorganizmlarning mavjudligi bilan bog’liqdir. O’simliklarning tirik ildizlari 
va mikroorganizmlar tuproq eritmasidan azot va boshqa kul elementlarini tanlab 
qabul qiladi. Ularni o’z tanalarida turli organik birikmalarga aylantiradi.
Natijada ozuqa moddalar tuproqdan yuvilib ketishidan saqlaydi. Biologik 
faolyat natijasida tuproqda ozuqa moddalar to’planadi. Ko’pchilik mikroorganizmlar 
oziqlanishi va o’zining tanasini qurishi uchun o’simliklar foydalanadigan ozuqa 
elementlaridan foydalanadilar.
Tuproq tarkibida mikroorganizmlar miqdori juda ko’pdir. Mikroorganizmlar 
organik moddalarni oziq va energetik material sifatida foydalanib ularni parchalaydi 
va ularni mineral oziqlanish elementlariga aylantiradi. O’simliklar bilan bir vatqda 
mikroorganizmlar ham azot, fosfor oltingugurt va boshqa elementlarni istemol qiladi. 
Tirik mikroorganizmlar plazmasining tanasida sezilarli darajada azot, fosfor, 
oltingugurt va kaliy borligi aniqlangan.
E.N.Mishustinning 
hisoblashiga 
ko’ra 
madanilashgan 
chimli 
podzol 
tuproqlardagi mikroorganizmlarning plazmasida har gektar hisobiga 125 kilogramm 
azot, 40 kilogramm fosfor va 25 kilogramm kaliy borligi aniqlangan. Tuproqqa 
solingan o’g’itlarning bir qismini ham mikroorganizmlar tomonidan istemol qilinadi.
TUPROQNING SINGDIRISH SIG’IMI
Turli xil tuproqlar tarkibida xar xil miqdorda singdirilgan kationlar bilan 
almashinishga xos bo’lgan kationlar mavjud. 
Tuproqdagi hamma almashinuvchi sinshdirilgan kationlarning umumiy 
yig’indisiga tuproqning singdirish sig’imi deyiladi.
U 100 gramm tuproqda milligramm ekvivalentda ifodalanadi. Masalan, 100 g 
tuproqda singdirilgan holatda 400 mg kal’tsiy ioni, 60 mg magniy va 9 g ammoniy 
oini 
bo’lsa, 

vaqtda 
100 

shu 
tuproqning 
singdirishi 
sig’imi 
400/20+60/12+9/18=25,5 m.ekv ga tengdir. Singdirish sig’imi tuproqning mexanik 
tarkibi va melorativ holatiga hamda tarkibida qancha miqdorga organik moddalar 
saqlashiga bog’liq. Tarkibida kam miqdorda kolloid fraktsiyalar saqlovchi qumli va 
qumloq tuproqlarda singdirish sig’imi ham juda past bo’ladi. Organik moddalarga 
boy bo’lgan tuproqlarning singdirish sig’imi ham katta bo’ladi.
Singdirish sig’imi past bo’lgan qumli va qumloq tuproqlarda tuproqqa oson 
eriydigan g’ilar solinganda uning tarkibidagi ozuqa moddalarning yufilib ketishi va 
tuproq eritmasi kontsentratsiyasini haddan tashqari oshib ketishiga olib keladi. 
SHuning uchun bunday tuproqlarda azotli va kaliyli o’g’itlarni kichik normalarda 
berish va ularni ham ekishdan oldinroq solish kerak. 
Singdirish sig’imi yuqori bo’lgan tuproqlarda ozuqa moddalarning yuqilib 
ketishi va tuproq eritmasi kontsentratsiyasini ortiqcha darajada ortib ketish hollar 
kuzatilmaydi. Kal’tsiy va magniy ioni yig’indisi tuproqdagi umumiy almashinuvchi 
singdirilgan kationlarning 90 % ini tashkil etadi. Kislotali muhitga ega bo’lgan 
tuproqlarda singdirilgan kationlar orasida vodorod va alyuminiy ionlari, sho’rtob 
tuproqlarda natriy kationlari ko’p miqdorni tashkil etadi. 


Tuproq tomonidan almashinuvchi singdirilgan kationlardan o’simliklar uchun 
eng muhim ozuqa moddalar manbasi hisoblanadi. Ular tuproq eritmasidan oson siqib 
chiqariladi va o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi.
Tuproqning natriy bilan to’yinishi kolloidlarning peptizatsiyasini vujudga 
keltiradi. Bu esa tuproqdagi ozuqa moddalarning yuvilishiga va uning miqdorini 
kamayib ketishiga tuproqning donador strukturasining buzilishiga va fizik 
xossalarining yomonlashuviga olib keladi. Bundan tashqari tuproqni singirish 
kompleksida natriy mavjud bo’lsa, uning tuproq eritmasidagi boshqa kationlar siqib 
chiqaradi va bunda soda hosil bo’ladi. Bu esa tuproq eritmasida o’simliklarning 
o’sishi uchun noqulay sharoit yani ishqorli reaktsiyani vujudga keltiradi. 
Tuproqning singdirish kompleksi tarkibida vodorod va alyuminiy ionlari ortib 
ketsa suvda eriydigan tuzlarning kationlari bilan o’zaro taosir natijasida tuproq 
eritmasiga o’tishi va uni kislotali qilib qo’yishi mumkin. 
Tuproq eritmasining kislotaliligi ortib ketsa va ayniqsa uning tarkibida 
alyumini ko’p bo’lsa, u o’simlikning o’sishiga salbiy taosir ko’rsatadi.
TUPROQNING KISLOTALILIGI VA UNING TURLARI 
Tuproqning kislotaliligi uning eritmasida va sigdirish kompleksida vodorod 
ioni mavjud bo’lgan holda vujudga keladi. Odatda tuproqning aktual va potentsial 
kislotaliligi farq qiladi. Tuproqning aktual kislotaliligi tuproq eritmasidagi vodorod 
ionnining kontsentratsiyasi yuqori bo’lishiga bog’liqdir. U tuproqdan olingan suvli 
so’rim bo’yicha oziqlanadi va tuproq eritmasidagi vodorod ioni kontsentratsiyasining 
manfiy logarifmi ko’rsatadigan rN kattalik bilan o’lchanadi.
Neytral raktsiyali muhitda vodorod va gidroksil ionlari kontsentratsiyasi bir 
xilda bo’lib, u bir litr eritmada 10-7 yoki eritma rN 0,7 ni tashkil etadi.
Agar eritma rN 7,0 dan kichik bo’lsa, reaktsiya kislotali bo’ladi.
Tuproqning aktual kislotaliligi tuproqda karbonat kislota, shuningdek suvda 
eriydigan boshqa kislota va boshqa gidrolitik nordon tuzlar vodorod ionining 
dissotsilanishi hisobiga neytrallaydigan moddalarning yetishmasligidan kelib chiqadi.
Tabiiy sharoitda turli xil tuproqlarda suvli so’rim reaktsiyasi rN bo’yicha 3-3,5 
dan sho’rtop tuproqlarda rN 9-10 gacha o’zgarib turadi.
Janubiy qora tuproqlarda va kashtan tuproqlarda rN 7,5, bo’z tuproqlarda esa 
rN 8,5 gacha va sho’rtoplarda rN 9 gacha va undan ko’proq ishqori reaktsiyaga ega 
bo’ladi. oddiy va qalin qavatli qora tuproqlarda muhit reaktsiyasi neytralga yaqin. rN 
6,5. Tuproqning aktual kislotaliligi potentsial kislotalilik bilan bevosita bog’liq bo’lib 
bu ham o’znavbatida almashinadigan va gidrolitik kislotalikka bo’linadi.
Tuproqning singdirish kompleksidagi vodorod va alyuminiy ionlari tuz 
eritmalarining o’zaro taosirida singdirilgan holatdan siqib chiqariladi, natijada tuproq 
eritmasi reaktsiyasini nordonlashtiradi. Eritmada xlorid kislota va alyuminiy xlorid 
yani gidrolitik nordon tuzlar xosil bo’ladi. 


Tuproqda singdirilgan holatda va birorta neytral tuz taosirida siqib chiqarishga 
moyil bo’lgan vodorod va alyuminiy ionlari vujudga keladigan kislotalilikka 
almashinadigan kislotalilik deyiladi. U tuproqni 1 n kaliy xlorid eritmasida ishlov 
berish yo’li bilan aniqlanadi va 100 gramm tuproqqa to’g’ri keladigan m ekvivalent 
yokislotali rN kattalik bilan ifodalanadi. tuproq 1 normal kaliy xlorid bilan 
ishlanganda tuproqning singdirish kompleksidan hamma vodorod ham siqib 
chiqarilmaydi. Ularning tufaqat tuproqqa gidrolitik ishqorli tuzlar eritmasi masalan, 
natriy atsetatni taosir ettirib siqib chiqarish mumkin. 
Tuproqqa vodorodni nisbatan kam harakatchan ionlarga bog’liq holdagi va ular 
tuproq gidrolitik ishqorli tuz eritmasi bilan taosir ettirilganda siqib chiqarilganda 
sodir bo’ladigan kislotalilik gidrolitik kislotalilik deyiladi. 
Tuproqning ushbu kislotaliligida TSKda asosan kamharakatchan vodorod ioni 
bo’lib, ular tuproq eritmasidagi kationlar bilan qiyin almashinadi, shunga ko’ra ular 
o’simliklarga bevosita zararli taosir ko’rsatmaydi. 
TUPROQNING ASOSLAR BILAN TO’YINGANLIK DARAJASI 
Tuproqqa tavsif berish uchun faqat uning kislotaliligini absolyut o’lchami, yani 
yutilgan vodorod ionlarining umumiy miqdorini belgilashdan tashqari ularning o’zaro 
nisbati va boshqa yutilgan kationlar bilan o’zaro nisbatini ham bilish kerak.
Vodorod va alyuminiydan tashqari yutilgan hamma kationlar miqdori ham har 
yuz gramm tuproqqa n ekvivalent hisobida S harfi bilan yutilgan vodorodning 
umumiy miqdori yani gidrolitik kislotaliligi Nch bilan ifodalanadi.
Ularning yig’indisi har 100 gramm tuproqqa m ekv hisobida to’g’ri keladigan 
umumiy yutilish sig’imini T ko’rsatadi. S + Nch = T yutilgan asoslarning singdirish 
sig’imiga nisbatan foizlarda ifodalangan summasi xissasiga tuproqni asoslar bilan 
bo’yinganlik darajasi deyiladi va u V harfi bilan belgilanadi. 
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi tuproq kislotalilik darajasini 
xarakterlash uchun zarur ko’rsatkich bo’lib, u tuproqqa qancha miqdorda oxak solish 
kerakligini aniqlashda hisobga olinadi. Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi 
qancha kam bo’lsa, uning oxakka bo’lgan ehtiyoji shunchalik kuchli bo’ladi.
TUPROQNING BUFERLIGI
Tuproqdagi o’simliklar va mikroorganizmlarning normal hayoti va rivojlanishi 
uchun hamda tuproq unumdorligini yaxshilashda tuproq eritmasining reaktsiyasi 
turg’un holatda bo’lishi, yani kislotali yokislotali ishqoriy tomonga tez o’zgarib 
ketmasligi katta ahamiyatga ega.
Tuproqning yokislotali tuproq eritmasining reaktsiyalar taosiriga qarshi tura 
olish qobiliyati buferlik deyiladi. Buferlik tuproq reaktsiyasining turg’unligini asl 


holatini saqlab turishini va tashqi muhitning har xil reaktsiyalariga qarshi bardoshlilik 
xususiyatini ancha oshiradi.
Buferlilik juda murakkab hodisa bo’lib, u tuproqni va tuproq eritmasining 
kimyoviy tarkibi xossalari va singdiruvchi kompleksning xarakteriga bog’liq bo’lib, 
bir qancha jarayonlar taosirida vujudga keladi.
Tuproqning kislotali reaktsiyaga nisbatan buferliligi tuproq tarkibidagi 
karbonatlarga ayniqsa kaltsiy karbonat birikmasining miqdoriga bog’liq. Karbonatli 
bo’z tuproqlarga solingan ammoniy sulfat singari fiziologik kislotali o’g’itlar o’g’itlar 
karbonat bilan reaktsiyaga kirishib uning taosirida neytrallanadi. Bunda tuproq 
eritmasining reaktsiyasi o’zgarmaydi.
Singdiruvchi kompleks asoslar bilan to’yingan tuproqlar kislotali reaktsiyaga 
qarshi buferlilikka ega. 
Asoslar bilan to’yinmagan tuproqlar esa ishqoriy reaktsiyaga qarshi buferlilik 
xususiyatiga ega. 
Tuproqning singdirish sig’imi qancha katta bo’lsa, tuproqning buferlilik 
qobiliyati ham shuncha yuqori bo’ladi.
Bulardan tashqari tuproq va uning tuproq eritmasi tarkibidagi kislota 
ishqorlarning oqsil moddalari bilan o’zaro reaktsiyaga kirishi natijasida kislotalilik va 
ishqoriylik daradjasi kamayishi mumkin. 
CHunki har bir tuproqdagi organik qoldiqlar va chirindilar tarkibida maolum 
miqdorda oqsillar bo’ladi. 
O’simliklar neytral yokislotali unga yaqin reaktsiyali sharoitlardagina yaxshi 
rivojlanib o’sadi. Ana shunday reaktsiya tuproqning buferliligi bilan saqlanib turadi.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1. 
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati qachon va kimlar tomonidan 
o’rganilgan? 
2. 
Necha xil singdirish turi mavjud? 
3. 
Tuproqning fizik singdirishi va fizik-kimyoviy singdirilishi o’rtasida farq? 
4. 
Biologik singdirishning mohiyati nimadan iborat? 
5. 
Kimyoviy singdirishning ahamiyati? 
6. 
Tuproqning singdirish sig’imi nima? 
7. 
Tuproqning singdirish kompleksi nima? 
8. 
Tuproqning kislotaliligi necha turga bo’linadi? 
9. 
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi deganda nimani tushunasiz? 
10. Tuproqning buferliligi nima? 
11. Tuproqning buferliligining ahamiyati? 
12. Buferlilikni oshirish uchun qanday chora-tadbirlar qo’llash lozim? 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
3. 
Pankov M.A. Tuproqshunoslik «O’rta va oliy maktab nashriyoti». T. 1963. 
4. 
K.K.Gedroyts. Uchenie o poglotitelnoy sposobnosti pochv. Izb. soch. M. 
Selxozizdat. 1955. t.1. 
5. 
Petuxov P.M., Pankova Ye.N. Dudina N. X. Agroximiya i sistema 
udobreniya. Izd-vo Kolos. Moskva, 1979. 


8- MA’RUZA: MINERAL O’G’ITLAR. AZOTLI O’G’ITLAR. AZOTNING 
O’SIMLIKLAR OZIQLANSHIDAGI ROLI. TUPROQ TARKIBIDAGI AZOT VA 
UNING BIRIKMALARI DINAMIKASI. DEHQONCHILIKDA AZOTNING 
AYLANISHI. 
REJA: 
1. 
Mineral o’g’itlar va ularning xususiyatlari. 
2. 
Azotning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
3. 
Tuproq tarkibidagi azot va uning birikmalari. 
4. 
Dehqonchilikda azotning aylanishi. 
5. 
Tayanch iboralar
6. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. 
Foydalanilgan adabiyotlar.
MINERAL O’G’ITLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
Hamma o’g’itlar ikkita asosiy guruhga bo’linadi: 
1. 
Organik o’g’itlar
2. 
Mineral o’g’itlar
Bundan tashqari ishlab chiqarilishiga qarab sanoatda ishlab chiqarilgan 
o’g’itlarga va mahalliy o’g’itlarga bo’linadi. 
Qo’llanilayotgan mineral o’g’itlarning samaradorligini oshirish uchun, 
saqlashni to’g’ri tashkil etish uchun, ularni bir joydan boshqa joyga olib borishda 
isrofgarchilikning oldini olish uchun mineral o’g’itlarning o’zlariga xos fizik, 
kimyoviy va mexanik xususiyatlarni bilish lozim. 
Bunday xususiyatlar jumlasiga mineral o’g’itlarning suvda eruvchanligi, 
gigroskopikligi, mushtlashib qolishi, namligi, donadorlik tarkibi, shuningdek 
donachalarning mustahkamligi va boshqalar kiradi. 
Mineral o’g’itlarni saqlashda ularning zichlanishini, olovga va portlashga 
xavfli yokislotali xavfli emasligini, ammiak ajralib turishi kabi bir qator 
xususiyatlarni bilish lozim. 
Mineral o’g’itlarning namligi. 
Mineral o’g’itlarning namligi GOST va texnik shartlarda ko’rsatilgan 
ko’rsatkichlardan yuqori bo’lmasligi kerak. Ammoniyli - azotli o’g’itlarning namligi 
0,2-0,6 % dan oshmaslishi lozim, ammoniy nitratli va amidli o’g’itlarlarning esa 0,2-
0,3 %, nitratli o’g’itlarniki 1-2 %, kalitsiy nitratniki esa 14 % dan oshmasligi lozim. 
Suvda eruvchan fosforli o’g’itlarning maksimal namligi 3-5% , suvda 
erimaydigan fosforli o’g’iting 1,5-2% dan 8%gacha bo’lishi kerak, kaliyli o’g’itlar 
uchun 1-4% dan 5-6 % gacha bo’ladi, ohak tsnining namligi 1,5-4% dan oshmasligi 
lozim. 
Gigroskopikligi. Mineral o’g’itlarning xarakterli xususiyatlaridan biri bu 
havodagi namlikni o’ziga yutishidir. Gigroskopiklik 10 ballik sistma bilan 
baholanadi.
Kuchli gigroskopik o’g’itlarga kaltsiy nitrat kiradi, uning gigroskopikligi 9,5 
ga, ammiakli selitraniki 9,3 ga, mochevina 3,6 ga, donador qo’sh superfosfatniki 4,7 
ga tengdir. Yuqori gigroskopiklik o’g’itlarni qovushtiradi, donachalarning 
mustahkamligi kamayadi. Soqiluvchanligi kamayadi. Mineral o’g’itlarning bir joydan 


ikkinchi joyga olib borish uchun ularning gigroskopikligi 3 ballga teng bo’lishi va 
undan past bo’lishi kerak. 4-6 ballga teng gigroskopiklikka ega bo’lgan o’g’itlarni 
bitum shimdirilgan qabat qatlamli qog’oz qoplarda yokislotali polietilen qoplarda 
tashiladi. Gigroskopikligi 7-10 ga teng o’g’itlarni faqat germetik idishlarda saqlanishi 
lozim (polietilen).
Mushtlashib qotib qolishi. 
Mineral o’g’itlarning bu xususiyatlari bir qator omillarga bog’liq. Uning 
namligiga gigroskopikligiga, donadorlik tarkibiga, saqlanish sharoitlari va vaqtiga 
bog’liq. O’g’itlarning bu xossasi 7 ballik sistema bo’yicha baholanadi.
Kuchli mushtlashib qoladigan o’g’itlarga 0,2 -1 mm o’lchamli fraktsiyadagi 
karbomid oddiy tolqon superfosfat kiradi 7 ball, donador ammoniylashgan 
superfosfat, kaliy xlorid va silvinid 6 ballga teng. Karbonid 1-2, sulfat ammoniy 2-3, 
ammiakli selitra 2-4. 
Amalda kaliy sulfat, kaliy magniziya o’g’itlarni mushtlashib qolmaydi.
Sochiluvchanlik. Mineral o’g’itlarning bu xususiyatlari biirnchi navbatda uning 
donadorlik tarkibiga, xarakatchanligiga, donalarning mustahkamligiga bog’liq. 
Mineral o’g’itlarning bu xossalari 12 balli sistemada baholanadi. Mineral 
o’g’itlarning bu xususiyatlari ularning xar xil mexanizmlari bilan yerga sepadigan 
paytda ekin maydonlari yuzasiga bir tekisda sochilib tushishida muhim ahamiyatga 
ega.
Donadorlik tarkibi. Bu o’g’itlar donadorlikning o’lchami bo’lib xar xil 
o’lchamdagi elakdan o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi. Har xil fraktsiyalarning foiz 
miqdori o’g’itlarning qotib qolishi va sochiluvchanligiga taosir qiladi. Bir xil 
o’lchamga ega bo’lgan o’g’itlarni mexanizmlar bilan yerga sepilganda agregatning 
qamrov kengligiga mos ravishda tushadi.
Donachalarning 
mustahkamligi. 
Bu 
mineral 
o’g’itlarning 
namligiga 
donachalarning o’lchami va shakliga bog’liq. Donachalarning mustahkamligini 
muhanik usulda katta kuch bilan singirish yokislotali parchalash bilan maxsus 
moslamalarda olib boriladi.
AZOTNING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI 
Azot bu o’simliklarning oziqlanishida eng muhim elementlardan biridir. Azot 
hamma oddiy va murakkab oqsillar tarkibiga kiradigan element bo’lib bu o’simlik 
hujayrasi tsitoplazmasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Organizmlardagi moddalar 
almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’lgan RNK va DNK tarkibiga 
kiradi.
Azot xlorofill tarkibida fosfatlar, alkaloidlar, fermentlar va boshqa o’simlik 
hujayrasidagi organik moddalar tarkibiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanishi uchun azotning bosh manba bu azot kislota va 
ammoniy tuzlaridir.
O’simliklarga mineral shaklda qabul qilingan oddiy oqsil molekulalari 
tarkibiga kirishgacha borgan murakkab jarayonlarni bosib o’tadi.
Oqsillar, aminokislotalardan sintez qilinadi, qaysiki ular organik kislotalarning 
ketonguruxlarini ammiak bilan o’zaro taosiri natijasida hosil bo’ladi.


Aminokislotalarning sintezi uchun azotning qaytarilgan shakli zarur. Agar 
o’simliklarda uglevod yetarli darajada bo’lsa, nitritlar o’simliklarning ildizidayoq 
ammiakkacha qaytariladi.
Azotning asosiy manbalari bu atmosferadagi gaz holidagi azot, tuproqdagi 
nitrat va ammoniy ko’rinishidagi azotdir.
O’simliklardagi nitratlarning fermentlar yordamida qaytarilishi uglevodlarning 
oksidlanishi natijasida ro’y beradi va quyidagi sxemada boradi. 
Bu jarayon 4 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda nitratlar nitrotreduktaza 
fermenti taosirida nitratlargacha qaytariladi. 
2-bosqichda nitritreduktaza fermenti taosirida nitritlar giponitritgacha 
qaytariladi.
3-bosqichda giponitrireduktaza fermenti taosirida gidroksilamin hosil bo’ladi.
4-bosqichda gidroksilamin reduktaza fermenti taosirida ammiakkacha 
qaytariladi. 
Nitratlarning ammiakgacha qaytarilishi jarayonida molibden, mis, temir va 
marganets ishtirok etadi. 
Nitrat shaklidagi azot o’simliklarda azotningchagina to’planishi mumkin. 
Lekin nitratlarning sabzavotlarda, yem-xashaklarda va boshqa o’simliklar 
mahsulotlarida meyoridan ko’p to’planishi ularni istemol qiladigan hayvon va 
odamlar organizmiga zararli taosir ko’rsatishi mumkin.
Ammiak yuqori o’simliklarda erkin holda oz miqdorda uchrashi mumkin. 
Lekin uning ko’p miqdorda to’planishi ayniqsa uglevodlar yetishmagan sharoitda 
o’simliklarni zaxarlashga olib keladi.
O’simliklarni azotning yutishi va uning oqsil hamda boshqa azotli organik 
birikmalarning hosil bo’lishida foydalanish butun o’suv davrida amalga oshiriladi. 
Azotni o’simliklar tomonidan tuproqdan eng ko’p qabul qilinishi va uni 
aminokislotalar va oqsillar sintezi uchun foydalanishi o’suv organlari poyasi va 
barglari hamda hsil elementlari paydo bo’lgan davrga to’g’ri keladi.
Azot yetishmasligi oqibatida o’simliklarning o’sishi birdan yomanlashadi, 
ayniqsa azot yetishmasligi barglarning rivojlanishida yaqqol ko’rinadi.
SHuningdek, hosil elementlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi ham 
yomonlashadi. Natijada olingan hosil sezilarli darajada ortadi va undagi oqsil 
moddalarning miqdori ham ko’payadi. Lekin azot bilan bir tomonlama ko’p 
oziqlatirish ayniqsa o’suv davrining 2-yarmida hosilning yetilishini kechiktirib 
yuboradi. Lekin don, tuganaklar, kartoshka, paxta hosili va boshqalar kamayib ketadi.
D.N.Pryanishnikov va uning shogirdlari olib borgan ishlari ammiak va nitrat 
azoti muayyan sharoitlarda o’simliklar uchun azotning teng qimmatli manbai bo’lishi 
mumkinligini isbotlagan.
Lekin o’simliklarning ammiak va nitrat azotidan foydalanishi bir qator ishlab 
chiqarishki va tashqi omillarga ekinning biologik xususiyatlariga, o’simliklarning 
uglevodlar bilan taminlanganlik darajasiga muhit reaktsiyasiga, kaltsiy, magniy, 
kaliy, fosfor va mikro elementlarning bor yo’qligiga bog’liq. Kal’tsiy, magniy va 
kaliy miqdorining ko’p bo’lishi ammiakli azotning o’zlashtirilishi uchun yaxshi 
sharoit yaratadi, nitratli azot bilan oziqlantirishda esa fosfor yetarli bo’lishi kerak. 


Molibdenning yetishmasligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va 
o’simliklarning nitrat azotini assimilyatsiya qilishini seklab qo’yadi.
TUPROQ TARKIBIDAGI AZOT VA UNING BIRIKMALARI 
Er qobig’idagi azotning miqdori A.P.Vinogradov maolumotiga ko’ra 2,3*10
-2
% ni yokislotali uning umumiy zahirasi o’nlab mlrd tonnani tashkil etadi. Tuproq 
tarkibidagi azotning asosiy qismi organik birikmalar ko’rinishida bo’ladi.
Bundan tashqari, azotning bir qismi yer qobig’ida ammoniylar 
almashinmaydigan ion ko’rinishida alyumoslikatlarning kristall panjaralarida 
ushlanib qoladi.
Tuproq tarkibidagi azotning umumiy miqdori uning tarkibidagi organik 
moddalarning miqdoriga bog’liqdir. Azotning eng ko’p miqdori chirindiga boy 
bo’lgan qora tuproqlarda kam miqdori esa chirindi bilan kam taminlangan chimli 
podzol va bo’z tuproqlarda.
Masalan, os tusli bo’z tuproqlarda 0,07-0,22 %, tipik bo’z tuproqlarda 0,1-0,2 
%, to’q tusli bo’z tuproqlarda 0,35-0,40 %. 1 gektar yerning haydov qatlamidagi 
azotning umumiy zahirasi turli tuproqlarda turlicha bo’ladi. qumoq tarkibli chimli 
podzol tuproqlarda 1,5 t bo’lsa, unumdor qora tuproqlarda esa 15 t ni tashkil etadi.
Tuproqlar
umumiy azot
%
ga/t 
CHimli-podzol tuproqlarda 
Kulrang o’rmon tuproqlarda 
Ishqorsizlangan qora tuproqlarda 
Unumdor qora tuproqlarda 
Oddiy qora tuproqlarda
Kashtan tuproqlarda 
Bo’z tuproqlarda 
Qizil tuproqlarda 
Lekin qishloq xo’jalik ekinlarining azot bilan taminlanishi tuproq tarkibidagi 
umumiy miqdorga emas, balki uning o’simliklarga o’zlasha oladigan shakliga 
bog’liqdir.
Tuproq tarkibidagi o’simliklarga o’zlasha odadigan azot nitrat ioni va 
almashinuvchi ammoniy ioni krinishida bo’lib, 1% ni tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi azotli organik birikmalarning parchalanishi quyidagi sxema 
bo’yicha boradi: 
Oqsillar, gumin moddalar 
 aminokislotalar, amidlar  ammiak  nitritlar 
 nitratlargacha. 
Azotli organik moddalarning ammiakkacha parchalanishi yokislotali 
qaytarilishi ammonifikatsiya deyiladi.
Ammonifikatsiya jarayoni aerob va anaerob mikroorganizmlarning katta 
guruhlari itirokida amalga oshiriladi.


Bu biokimyoviy jarayon natijasida hosil bo’lgan ammiak tuproqdagi har xil 
kislotalar bilan reaktsiyaga kirishadi va o’simliklar uchun azot manbi bo’lgan tuzlar 
hosil bo’ladi.
Ammoniikatsiya jarayoni hamma tuproqlarda turli xil reaktsiyali sharoitlarda, 
xavo ishtirokida yokislotali havosiz sharoitda boradi, lekin anaerob sharoitda kuchli 
kislotali va ishqorli muhitda kuchli darajada sekinlashadi. 
Anaerob sharoitlarda azotli organik moddalar ammiakgacha parchalanadi. 
Nitrifikatsiya jarayoni maxsus bakteriyalar ishtirokida amalga oshiriladi, bunda 
ketma-ket bo’ladigan ikki xil biokimyoviy jarayon natijasida tuproqdagi ammiak 
dastlab nitrit kislota, so’ngra esa nitrat kislotaga aylanadi.
Ammiakning bu xildagi oksidlanishi nitrifikatsiya jarayoni deyiladi. 
Nitrifikatsiya jarayoni natijasida paydo bo’lgan nitrat kislota tezgina 
tuproqdagi kationlar bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib kaltsiy nitrat, magniy nitrat 
kabi tuzlarni hosil qiladi.
Nitrifikatsiya jarayonida qatnashadigan bakteriyalar aerob, yani kislorod taolab 
mikroorganizmlardir. 
Kislotali (rN=6-3) podzol va botqoq tuproqlardan tashqari hamma tuproqlarda 
ana shunday bakteriyalar juda ko’p miqdorda uchraydi, ular ishtirokida 
mikrobiologik jarayonlar rivojlanadi.
A.N.Lebedyantsev maolumotlariga ko’ra, agarda tuproqda azotli organik 
moddalarning zaxirasi yetarli bo’lsa, nitrifikatsiya jarayoni natijasida bir yilda 1 
kilogramm tuproqda 100 mg nitrat to’planadi yokislotali 1 gektarda 300 kilogrammga 
to’g’ri keladi.
Bulardan tashqari atmosferadgi erkin molekulyar azotni o’zlashtiradigan 
mikroorganizmlar ham bo’ladi. Ko’pchilik yashil o’simliklar ham huddi shnday 
xususiyatlarga ega. Bu xildagi bakteriyalar atmosferadagi erkin molekulyar azotni o’z 
tanasiga o’zlashtirib, uni murakkab moddalarga aylantiradi. Natijada bu 
mikrobiologik jarayon tufayli tuproqda azotli moddalar ko’plab to’planadi.
Atmosferadagi molekulyar azotni o’zlashtiradigan tuproq bakteriyalarining 2 
turi, erkin yashovchi aerob va anaerob bateriyalar hamda dukkali ekinlar ildizida ular 
bilan birgalikda yashaydigan tuganak bakteriyalar tarqalgan.
O’simliklarning turi, tuproq tipi va olib boriladigan agrokimyoviy tadbirlarning 
sifatiga qarab, tuganak bakteriyalari byuir gektar ekin maydonida bir mavsumda 100-
150 kilogrammgacha azotni o’zlashtiradi. Haroratning va tuproq muhiti reaktsiyasi 
neytralga yaqin bo’lishi tuganak bakteriyalari uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. 
Tuganak bakteriyalari o’zlashtirgan va organik modda holida bo’lgan azot ular nobud 
bo’lgandn keyin parchalanib, o’simliklar ildiziga oson singadigan azot tuzlarini hosil 
qiladi. 
DEHQONCHILIKDA AZOTNING AYLANISHI
Tuproq tarkibidagi azotning umumiy zapasi, shuningdek uning tuproqdagi
mineral birikmalarning miqdori har doim o’zgarib turadi, yani bir tomondan azotning 
sarf bo’lishi, ikkinchi tomondan uning to’ldirilib turilishidir. Tuproq tarkibidagi 
azotning sarf etilishi uni o’simliklar tomonidan foydalanishi va hosil bilan chiqib 
ketishi, shuningdek eroziya va denitrifikatsiya jarayonlari natijasida yo’qolishidir.


Suv va shamol eroziyasi vaqtida tuproq zarrachalari bilan birga chirindi 
moddalari ham yo’qoladi. Bu esa tuproqda chirindi va umumiy azotning kamayishiga 
olib keladi.
Tuproq tarkibidagi mineral shakldagi azot ammoniy va nitrat ionlarining 
organik moddalarga aylanishi natijasida kamayadi.
O’simliklarga o’zlasha oladigan azot nitratlarning tuproq chuqur qatlamlariga 
yuvilishi va denitrifikatsiya jarayonida eng ko’p miqdorda yo’qoladi. 
Nitratlar juda harakatchazotning bo’lganligi sababli, ular sizot suvlarigacha 
yuvilishi mumkin va uni o’simliklar qayta ololmaydilar. Ntiratlar tuproq tarkibida 
ham vertikal yo’nalish bo’yicha ham gorizontal yo’nalish bo’yicha xarakatlanadi. Bu 
holat erta bahorda va kuzda ayniqsa yaqqol bilinadi. 
Nitratlarning yuvilish darajasi iqlim sharoitiga, tuproqqa ilov berishga, 
dalaning o’simliklar bilan qoplangalik darajasiga va ekin maydonlarini band 
ilganligiga bog’liqdir. 
Agar maydon o’simliklar bilan qoplangan bo’lsa, nitratlarni yuqilishdan 
saqlaydi, chunki o’simliklarning ildizlari nitratlarni maolum miqdorda o’zlariga 
singdiradi. SHuning uchun o’suv devorida tuproqdan nitratlar kam yuviladi.
Nitratlarning yuvilishi, asosan bahorda va kuzda sodir bo’ladi, chunki bu 
paytda maydonlarda o’simliklar bo’lmaydi. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan 
sharoitda to’g’ri sug’orish sistemasi tashkil etilsa, tuproq suvlari sizot suvlari bilan 
tutashmagan vaqtda, nitratlar yuvilishidan saqlanadi.
Sug’orish suvlari bilan tuproqning pastki qatlamlarigacha tushgan nitratlar 
keyinchalik parlanish natijasida yuqoriga ko’tariladi.
Nitratlarning yuvilishi tuproqlarning mexanik tarkibiga ham bog’liq. Mexanik 
tarkibi yengil, toshloq, qumli va qumoq tuproqlarda nitratlar mexanik tarkibi og’ir 
tuproqlarga nisbatan ko’p yuviladi. (1 ga dan 20-30 kilogramm). 
Tuproq tarkibidan azot, asosan gaz holida, denitrifikatsiya hodisasi natijasida 
yo’qoladi. Tuproq tarkibidagi azotning kamayishiga qishloq xo’jalik ekinlarining 
hosili bilan chiqib ketishi ham sabab bo’ladi. 
NAZORAT SAVOLLARI
1. 
O’g’itlar necha guruhga bo’linadi? 
2. 
Saoatda ishlab chiqarilgan o’g’itlarga, mahalliy o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
3. 
Mineral o’g’itlar qanday xususiyatlarga ega? 
4. 
Mineral o’g’itlarning gigroskopikligi nima va u qanday ahamiyatga ega? 
5. 
Mineral o’g’itlarning sochiluvchanligi nima va uning ahamiyati? 
6. 
Mineral o’g’itlarni saqlashda qanday amillarni hisobga olish lozim? 
7. 
O’simliklar uchun azotning asosiy manbalari qaysilar? 
8. 
Tuproq tarkibidagi azotning asosiy qismi qanday ko’rinishda bo’ladi? 
9. 
Tuproq tarkibidagi o’simlikka o’zlasha oladigan azot necha % ni tashkil 
etadi? 
10. Ammonifikatsiya jarayoni deb nimaga aytiladi va uning ahamiyati? 
11. Nitrifikatsiya hodisasi nima va uning ahamiyatini izohlang. 


12. Atmosfera erkin azotning bog’lashda qaysi mikroorganizmlar itirok etadi 
va bu hoisani mohiyatini gapiring. 
13. Tuproq tarkibidagi azotning sarflanish qismini ko’rsating? 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
3. 
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964. 
9-MA’RUZA: AZOTLI O’G’ITLARNI ISHLAB CHIQARISH. ULARNING 
TURLARI, YILLIK MEOYORLARI VA YERGA
SOLISH MUDDATLARI 
REJA: 
1. 
Sanoatda azotli o’g’itlarning ishlab chiqarilishi. 
2. 
Azotli o’g’itlarning turlar va ularning tavsifi. 
3. 
Ammiakli selitraning tuproq bilan o’zaro munosabati.
4. 
Mochevinaning tuproq bilan o’zaro munosabati. 
5. 
Azotli o’g’itlarning yillik normalari. 
6. 
Azotli o’g’itlarning samaradorligi va uni yaxshilash yo’llari. 
7. 
Tayanch iboralar
8. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. 
Foydalanilgan adabiyotlar
Sanoatda azotli o’g’itlarning ishlab chiqarilishi. 
Ammiak sintezi. Sanoatda azotli o’g’itlar ishlab chiqarish molekulyar azot va 
vodoroddan ammiak sintez qilishga asoslangan. 
Ammiak sintezi atmosfera azotini bog’lanishning juda muhim usulidir. Sintez 
jarayonida azot yonamunalaryotgan koksli generatorga havoni quyish yo’li bilan 
olinadi, vodorod manbai esa metanga boy bo’lgan tabiiy gazdan yokislotali qisman 
koks pechlaridan chiqib ketayotgan gazlardan olinadi. 
Sintetik ammiak ishlab chiqarishda 3 hajm vodorod va 1 ham azot aralashmasi 
kompressorlar bilan so’riladi va zaruriy bosimgacha siqiladi.
So’ngra vodorod azot aralashmasini tozalash maqsadida moy ajratkichdan va 
qizdirilgan ko’mir to’ldirilgan filtrdan o’tkaziladi.
Tozalangan aralashma katalizatorlikontakt apparatiga yuboriladi. Bu yerda 
400-500 S harorat, yuqori bosim ostida va katalizatorlar ishtirokida azot vodorod 
bilan reaktsiyaga kirishadi va gaz holidagi ammiak hosil bo’ladi. hosil bo’lgan gaz 
holidagi ammiak sovitilishi natijasida suyuq ammiakgacha aylanadi: 
Olingan ammiakni kislorod bilan oksidjlab, ammoniy tuzlari va nitrat kislota 
olish uchun foydalaniladi: 


Olingan nitra kislota natriyli va ammiak -nitratli o’g’itlar ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladi.
Sintetik ammiak va nitrat kislotalar azotli mineral o’g’itlar ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladigan asosiy xom ashyodir. 
AZOTLI O’G’ITLARNING TURLARI 
Hozirgi vaqtda quyidagi azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi6 
1) nitratli azotli o’g’itlar - natriy nitrat, kaltsiy nitrat 
2) ammoniyli va ammiakli azotli o’g’itlar - ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, 
ammiakning suvdagi eritmasi.
3) ammiak nitratli -ammiakli selitra, ohak - ammiakli selitra, suyuq 
ammiakatlar. 
4) Amidli azotli o’g’itlar - mochevina kaltsiy tseonidi.
1. 
Natriyli azotli o’g’itlar. Ularga asosan antriy nitrat va kaltsiy nitrat tuzlari 
kiradi. 
Uzoq vaqtgacha bu guruhning yagona vakili chili selitrasi bo’lib, u tabiiy holda 
qazib olingan.
Atmosfera azotini bog’lash usuli kashf etilishi munosabati bilan hozirgi kunda 
sintetik selitra ishlab chiqarilmoqda.
Natriyli selitra - uning tarkibidagi azotning miqdori 15-16 % ni tashkil etib, 26 
% natriy bo’ladi.
Kaltsiyli selitra - tarkibida 13-15 % azot bor. Bu selitra 40-48 % li nitrat 
kislotani mel yokislotali ohak bilan neytrallash yo’li bilan olinadi.
Natriy nitrat va kaltsiy nitrat tuzlari tuproq eritmasida tezda eriydi va bu 
selitralar tuproqni singdirish kompleksi bilan almashinuvchi reaktsiyaga 
kirishadi. 
Natriy va kaltsiy kationlarini tuproq singdiradi. Tuproq singdirish 
kompleksidan kaltsiy va vodorod kationlari tomonidan siqib chiqarilgan nitrat 
kislota anioni kaltsiy nitrat va nitrat kislotani hosil qiladi.
Natriyli va kaltsiyli selitralar ildizmevali ekinlarga ishlatiladi.
Bu o’g’itlar chimli podzol tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bu o’g’itlarni 
kuzgi ekinlarni va chopiq talab ekinlarni ekishdan oldin, ekish bilan birga 
qatorlarga va oziqlantirishda qo’llaniladi.
Natriyli selitra ayniqsa qand lavlagining urug’ini ekish bilan birga solinganda 
yashi samara beradi.
CHimli podzol tuproqlarda kaltsiy nitratning ishlatilishi va samaradorligi 
bo’yicha oldingi o’rinda turadi.
Bu tuproqda kaltsiyli selitra solinganda TSK kaltsiy bilan boyiydi. Tuproq 
eritmasida kaltsiy bikarbonat hosil bo’ladi va natijada tuproq kislotaliligini 
netrallaydi. Natriyli selitrani sho’rlangan va sho’rtop yerlarga solinishi tavsiya 
etilmaydi.


2. 
Ammoniyli va ammiakli azotli o’g’itlar jumlasiga aamoniy sulfati kiradi. 
Tarkibidagi azoti 20,5-21 % ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat dunyoda ishlab 
chiqarilayotgan azotli o’g’itlarning 25 % ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat 
suvda yaxshi eriydi. Suyuqlanganda qotib qolmaydi. Gigroskopikligi uncha 
katta emas. Sochiluvchanligi yaxshi kristal ko’rinishidagi tuz, rangi oq, 
namligi 0,2-0,3 % dan oshmasligi lozim. 
Ammoniy natriy sulfat tarkibidagi azoti 16 % dan kam emas. Rangi sariq. 
Natriy sulfat, 20-25 % ni, natriy oksidi 9 % ni tashkil etadi.
Ammoniy xlorid tarkibidagi azoti 24-25 %, xlori esa 66,6 % ni tashkil etadi. 
Suvda yaxshi eriydi, gigroskopikligi kam, saqlanganda qotib qolmaydi. 
Ammoniy karbonat - tarkibidagi azoti 21-24 %, ochiq havoda ammiak ajralib 
turadi va tezda ammoniy bikarbonatga aylanadi. 
Ammoniy bikarbonat - tarkibida 17 % ga yaqin azot bor.
Tuproqqa solingan ammoniy sulfat tezda eriydi va tuproqni qattiq fazasidagi 
kationlar bilan almashinish reaktsiyasiga kirishadi. 
Tuproq tarkibida erigan o’g’itning ammoniy kationi tuproqni singdirish 
kompleksiga o’tadi va eritmada esa ekvivalent miqdorda boshqa kation qoladi.
Singdirilgan ammoniy kationi o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.
Tuproq singdirish kompleksiga singdirilgan ammoniy ioni kam harakatchan 
bo’lib qoladi. Bu esa ammoniy sul’fatdagi azotning yuvilishini oldini oladi. 
Nitrifikatsiya jarayoni natijasida ammoniy sulfatning azoti nitrat shakliga 
o’tadi. Nitrat shaklidagi azot tuproq, kolloid zarrachalariga singimaydi. 
Eimaydigan tuzlar hosil qilmaydi. Tuproq eritmasiga qoladi.
Bu esa o’simliklarning ildizidan tezda qabul qilishiga sharoit tug’diradi. bu 
o’g’itlarni kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlarda qo’llashni tavsiya 
etilmaydi.
Suyuq ammiakli o’g’itlar. 
1. 
Suvsiz ammiak - tarkibidagi azoti 82,3 % ni tashkil etib, eng yuqori 
kontsentratsiyali o’g’it hisoblanadi. Gaz holidagi ammiakni suyultirish 
yo’li bilan olinadi. Ochiq idishda saqlash mumkin emas.
2. 
Ammiakli suv yoki ammiakning suvdagi eritmasi. Ikki xil navda ishlab 
chiqariladi. 1 navidagi azot 20,5 %, 2-navidagi azot - 16,4 % ni tashkil 
etadi.
3. 
Ammiak - nitratli azotli o’g’itlarga ammiakli selitra kiradi. Tarkibidagi 
ham ammiakli ham nitratli azoti 34,6 % ni tashkil etadi. 56-60 % li nitrat 
kislotasini gaz holidai ammiak bilan neytrallash natijasida olinadi. 
Ammiakli selitrani ajratib olish uchun eritma 95-98 % gacha parlatiladi. Qayta 
kristallanadi va quritiladi.
Natijada oqilona foydalanish rangli kristall tarkibida 98-99 % ammoniy nitrat 
bor modda olinadi. 
Ammoniy nitratning gigroskopikligi juda yuqori, ochiq havoda namli juda tez 
tortadi va qotib qoladi. 
Qotib qolishini kamaytirish uchun oz miqdorda tuyulgan fosforit uni, gips, 
kaolinit qo’shiladi. 
Qo’shilgan qo’shimcha moddalar selitraga o’ziga xos rang beradi. 


4. 
Amid shaklida azoti bor o’g’itlar. Bunday o’g’itlar jumlasiga mochevina 
kiradi, uning tarkibidagi azoti 46 % dan kam emas. Mochevina karbonat 
angidrid gazi bilan ammiakni yuqori bosim va harorat ishtirokidagi o’zaro 
taosiri natijasida olinadi.
Mochevina oq rangli kristall modda, hozirgi vaqtda donador qilib ishlab 
chiqarilmoqda. Suvda juda yaxshi eriydi. Gigroskopikligi 20 % gacha uncha katta 
emas, lekin haroratning ko’tarilib borishi natijasida uning bu xususiyati kuchayib 
boradi.
Donador mochevina qotib qolmaydi. Saqlanish davrida sochiluvchanligi yaxshi 
saqlanadi. Donachalarining ustki qatlami yupqa yog’ qatlami bilan qoplanadi. 
Mochevinani donadorlashtirish maqsadida yuqori harorat taosirida biuret moddasi 
hosil bo’ladi.
Biuretning miqdori mochevina tarkibida 3 % dan oshmasligi olzim. Biuret 
zaharli modda bo’lganligi uchun 3 % dan ortib ketsa, o’simlikni halok qiladi.
Hozirgi vaqtda sanoatda ishlab chiqarilayotgan mochevinada biuretning 
miqdori 1 % dan oshmaydi. 
Bu esa o’simliklarga zarar ko’rsatmaydi. 
Kaltsiy tsianamid tarkibida 20-22 % azoti bor. texnik maxsulot sifatida uning 
tarkibiga 58-60 % katsiy tsianid 20-28 % kaltsiy oksid, 9-12 % ko’mir va oz 
miqdorda kremniy kislota, temir oksidi, alyuminiy oksidi va kaltsiy karbidi kiradi. 
Kaltsiy tsianidning tashqi ko’rinishi yengil mayda qora yoki to’q kulrang poroshok.
U bilan ishlaganda ehtiyot bo’lib ishlash lozim. CHunki teriga va ko’zga tushsa 
kuydiradi.
Kaltsiy tsianid tuproqqa solingandan so’ng gidrolizga uchraydi va TSK bilan 
o’zaro taosirga kirishadi. 
Hosil bo’lgan tsianid o’simliklar uchun zaharlidir. Lekin u tezlik bilan 
mochevinaga aylanadi.
Kaltsiy tsianamid ishqoriy reaktsiyali o’g’itdir, chunki uning tarkibida kaltsiy 
oksidining aralashmalari bor.
Bu o’g’itni chimli-podzol tuproqlarda sistemali ravishda ishlatilishi uning fizik 
xususiyatlarini ancha yaxshilaydi. 
Kaltsiy tsianamidning o’simliklarga zararli taosirini yqotish uchun bahorda uni 
yerga ekishdan 7-10 kun oldin solish lozim yoki kuzda haydov ostiga solish lozim. 
Kal’tsiy tsianamidni o’simliklarni oziqlantirishda foydalanish mumkin emas. 
AMMIAKLI SELITRANING TUPROQ BILAN O’ZARO MUNOSABATI 
Ammiakli selitra tuproqning namida tezda to’la eriydi. D.N.Pryanishnikov 
laboratoriyasida olib borilgan tajribalarda shu narsa aniqlanganki, o’simlik ammiakli 
selitradan ammoniy kationini nitrat anioniga nisbatan tez va ko’p qabul qiladi. 
SHuning uchun ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’itlar jumlasiga kiradi. Lekin 
uning kislotalilik xususiyati boshqa ammiakli o’g’itlarga nisbatan ancha past. 
Tuproqqa solingan ammiakli selitra TSK bilan reaktsiyaga kirishadi. 
Natijada ammoni kationi tuproq kolloidlar bilan birikadi va eritmada qolgan 
nitrat anioni kaltsiy yoki magniy tuzlarini hosil qiladi. Asoslar bilan to’yingan qora 
va bo’z tuproqlarda hatto doimiy ravishda ammiakli selitra yuqori dozalarda 
ishlatilganda ham tuproq muhitida kislotalilik sodir etilmaydi.


Tuproqda kaltsiy yetishmaganda esa tuproq eritmasida kislotalilik muhiti 
yuzaga keladi.
Bunday kislotalilik vaqtinchalik harakterga ega bo’lib, o’simliklar tomonidan 
nitratlar o’zlashtirilgandan so’ng yo’qoladi.
Lekin ammiakli selitrani uzoq vaqt mobaynida ishlatilishi yengil mexanik 
tarkibli buferliligi past bo’lgan chimli podzol tuproqlarda kislotalilik xususiyati 
ko’payishi mumkin. SHuning uchun kislotali muhitga chidamli bo’lgan ekinlarga 
solinganda uning samaradorligi pasayadi.
Ammiakli selitrada yarim azot ammony shaklida qaysiki, tuproqqa solingandan 
so’ng tuproq kolloidlarga singadi. Yarmisi esa tuproq eritmasida qoladigan o’ta 
harakatchazotning bo’lgan nitrat anioni ko’rinishidadir.
Bundan tashqari tuproqqa solingan ammiakli selitraning ammoniyli va nitratli 
azotlarini o’simliklardan tashqari mikroorganizmlar ham istemol qiladi. SHuning 
natijasida uning bir qismi o’simliklarda o’zlashtirilgan murakkab organik birikmalar 
ko’rinishiga o’tadi. Maolum vaqtlar o’tishi bilan mikroorganizmlar halok bo’lib, 
chirigandan so’ng ularning tarkibidagi azot minerallashib yana o’simliklarga ozuqa 
sifatida foydalaniladi. ularning bir qismi esa mikrob oqsillarining parchalanishi 
natijasida chirindi moddalariga aylanaib uzoq muddat o’simliklarga o’zlashmay 
saqlanadi.
Ammiakli selitraning ishlatilishi.
Ammiakli selitra samaradorgigi jihatidan azotli o’g’itlar orasida 1-o’rinda 
turadi. Uni hamma tuproqlarda turli hil ekinlar uchun foydalanish mumkin. Kislotalik 
buferliligi oz bo’lgan chimli podzol tuproqlarda ishlatish uchun ularni avval ohaklash 
lozim. Ammiakli selitraning potentsial kislotaligini ohak yoki dolomit bilan 
neytrallash lozim. 
Bu o’g’itni o’ta nam iqlimli sharoitda mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kuzda 
haydov ostiga solib bo’lmaydi. SHo’ri yuvilmaydigan iqlimi quruq joylarda esa 
kuzda solinsa ham bo’ladi.
Bizning sharoitda asosan kuzda solinmaydi, bahorda g’allali ekinlarni 
oziqlantirishda ishlatiladi. Bir qismi ekish bilan birga qolgan qismi esa 
oziqlantirishda beriladi.
MOCHEVINANING TUPROQ BILAN O’ZARO MUNOSABATI
Tuproqqa solinga mochevina tuproq namligida to’la eriydi va urobakteriyalar 
ajratib chiqargan arolaza fermenti taosirida ammonifikatsiyaga uchraydi va ammoniy 
karbonatga aylanadi. 
Yaxshi sharoitda chirindiga boy tuproqlarda mochevinaning ammoniy 
karbonatga aylanishi uchun 2-3 kun vaqt o’tadi. Unumdorligi past bo’lgan qumli va 
botqoq tuproqlarda ammonifikatsiya juda sekin o’tadi.
Ammoniy karbonat turg’un birikma bo’lmaganligi sababli ochiq joyda 
bikarbonat ammoniyga va ammiakka parchalanadi 
SHuning uchu mochevinani yer yuziga sepilsa, yoki sayoz solinsa, nam yetarli 
bo’lmasa, azot ammiak ko’rinishida havoga uchib ketadi.
Azotning bunday yo’qolishi neytral va ishqoriy reaktsiyaga ega bo’lgan 
tuproqlarda ko’proq uchraydi. 


Tuproqqa normal holatda solinganda hosil bo’lgan ammoniy karbonat 
gidrolizga uchraydi va natijada ammoniy bikarbonat va ammoniy gidroksid hosil 
bo’ladi. 
Mochevinani tuproqqa solinganda hosil bo’lgan ammoniy kationi tuproq 
kolloidlariga singdiriladi va o’simliklar tomonidan asta-sekin o’zlashtiriladi. 
Mochevinaning ishlatilishi. 
Mochevina hamma tuproqlarda har xil qishloq xo’jalik ekinlari uchun ekishdan 
oldin solinadigan o’g’it sifatida ishlatiladi.
Nam yetarli bo’lgan mintaqalarda yengil mexanik tarkibli, chimli podzol 
tuproqlarda va sug’oriladigan bo’z tuproqlarda kartoshka, qand lavlagi va sabzavot 
ekinlariga solinganda mochevina ammiakli selitraga qaraganda ko’p samara 
berganligi tajribada aniqlangan. Bu shu bilan tushuntiriladiki, mochevina tarkibidagi 
amid shaklidagi azot tezlik bilan ammoniy shakliga o’tadi va tuproq kolloidlariga 
singdiriladi hamda tuproqning chuqur qatlamlariga kam yuviladi. Erta bahorda kuzgi 
ekinlarni oziqlantirishda ishlatiladi. Mochevinani ildizdan tashqari yani bargidan 
oziqlantirishda ham foydalanish mumkin.
Bunday holda uning kristall holidagi o’g’itidan foydalanish lozim. CHunki 
kristall holidagi mochevinada biuret miqdori kam.
Mochevinani ekish bilan birga solinganda u o’simlik niholini paydo bo’lishini 
sekinlashtiradi , chunki uning parchalanishi vaqtida ildiz chiqayotgan va 
rivojlanayotgan joyda juda ko’p erkin ammiak to’planadi. Mochevinani tuproqqa 
solinayotganda bir tekis tushishi uchun uni ayniqsa oziqlantirishda boshqa o’g’itlar 
bilan aralashtirib solinadi, chunki uning tarkibida azot ko’p bo’lganligi sababli yerga 
solinayotgan miqdori boshqa azotli o’g’itlarnikiga qaraganda kam bo’ladi.
AZOTLI O’G’ITLARNING YILLIK NORMALARI 
Azotli o’g’itlar hamma qishloq xo’jalik ekinlari uchun asosan oziqlantirishda 
beriladi. Azotli o’g’itlarni ekilayotgan ekinning turiga, tuproq iqlim sharoitlariga, 
ekinning biologik xususiyatlariga qarab har xil normada solinadi.
Har gektariga kilogramm/ga hisobida
1. 
G’allali ekinlar - 50-60
2. 
Bahorgi g’alla ekinlari - 30-60 
3. 
Makkajo’xori - 60-90
4. 
Kartoshka - 60-90 
5. 
Pomidor - 180-200 
6. 
SHoli - 120-150 
7. 
Karam - 150-200 
8. 
Qand lavlagi - 120-150 
9. 
Kunjut - 100-120 
10. Olxo’ri, shaftoli, malina, xurmo va b. - 60-90 
11. Bodring - 150-200 
12. Sabzi - 120-150 
13. Piyoz - 180-200 
14. G’o’za - 200-250 
15. Tamaki - 60-90 
16. CHoy - 150-200 


AZOTLI O’G’ITLARNING SAMARADORLIGI 
VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI 
Azotli o’g’itlar ko’pchilik tuproq -iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan qishloq 
xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishitirishda muhim rol o’ynaydi. Har bir t azotli 
o’g’itlar hisobiga qo’shimcha ravishda 10-15 t dan 20-30 t gacha pichazotning, 30-40 
t qand lavlagi 2 t zig’ir tolasi va 5-6 t paxta olinishi aniqlangan. 
Azotli o’g’itlar faqat hosildorlikni oshiribgina qolmasdan, balki uning sifatini 
ham yaxshilaydi.
Azotli o’g’itlarning samaradorgigi ayniqsa namlik bilan yetarli darajada 
taminlangan noqora tuproq mintaqasida azot bilan juda kam taminlangan chimli 
podzol tuproqlarda ishqorsizlangan qora tuproqlarda yuqoridir. SHimoldan janubga, 
g’arbdan sharqa qarab harakatlanan sari azotli o’g’itlarning samaradorgigi kamayib 
boradi. Janubiy sahro mintaqasida joylashgan xo’jalikarda azotli o’g’itlar 
samaradorgigini oshirish uchun sug’orishni to’g’ridan o’lga qo’yish lozim. O’rta 
Osiyo respublikalarida tarqalgan bo’z va boshqa tuproqlarda namlikni sug’orish 
evaziga taminlab g’o’za va boshqa ekinlardan azotli o’g’itlardan foydalanish evaziga 
yuqori hosil yetishtirilmoqda.
Denitrifikatsiya va nitratlarning yuvilishi natijasida tuproq va o’g’itlar 
tarkibidagi azotning yo’qolishini kamaytirishning, shningdek suv manbalarini 
ifloslanish xavfini yo’qotish va qishloq xo’jalik ekinlarini nitratlar miqdorini 
kamaytirishni yo’llaridan biri bu nitrifikatsiya ingibitorlarini ishlatishdir.
Bu preparatlar tuproqqa 1 ga maydonga 0,5-2 kilogramm miqdorda solinganda 
ammoniyli o’g’itlar bilan birga nitrifikatsiya jarayonini 1,5-2 oy to’xtatib turadi 
hamda tuproq va o’g’itlarning mineral azotini ammoniy shaklida saqlab turadi.
Ingibitorlar o’g’itlar tarkibidagi azotning nitrifikatsiyasini to’xtatish bilan 
uning gaz holida va nitratlarning yuvilishi natijasida yo’qolishini 1,5-2 marta 
kamaytiradi. 
T.M.Smirnov, E. A.Muravin maolumotlariga qaraganda, nitrifikatsiya 
ingibitorlari sug’oriladigan dehqonchilik rayonlarida ayniqsa, g’o’zada va sholi 
plantatsiyalarida ishlatilganda yetarli darajada namgarchilik bo’ladigan mintaqalarda 
eng keng samara bergan.
NAZORAT SAVOLLARI
1. 
Sanoatda azotli o’g’itlar qanday ishlab chiqariladi? 
2. 
Azot vodorod aralashmasi qanday nisbatda bo’ladi? 
3. 
Necha turdagi azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi? 
4. 
Nitratli o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
5. 
Ammoniyli va ammiakli o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
6. 
Ammiak nitratli o’g’itlarni ayting? 
7. 
Amidli azotli o’g’itlar va ularning formulalarini yozing? 
8. 
Natriy nitratning TSK bilan o’zaro reaktsiyasini yozing? 
9. 
Ammiakli selitraning ammoniy va nitrat ko’rinishidagi azoti qachon 
o’simliklar uchun o’zlashtira olmaydigan shaklga o’tadi?
10. Boshqa azotli o’g’itlardan farqli ravishda mochevinadan qanday 
oziqlantirishda foydalaniladi? 


11. Ammiakli selitraning qotib qolishini kamaytirish uchun qanday tadbirlar 
qo’llaniladi? 
12. Mochevinaning tarkibida biuret qancha bo’lishi kerak? 
13. Nima uchun ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’itlar jumlasiga kiradi? 
14. Molekulyarchevinaning 
ammiakgacha 
parchalanishi 
jarayonini 
reaktsiyasini yozing. 
15. Azotli o’g’itlarning samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rsating. 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964. 
3. 
Udobreniya i osnovnqe usloviya ix effektivnogo primeneniya. Nauchnqe 
trudq. M., Kolos. 1970. 
4. 
Udobreniya v xlopkovodstve. Trudq Soyuz NIXI, vqp. XXVI. Tashkent. 
1974. 
10-MA’RUZA: FOSFORLI O’G’ITLAR. FOSFORNING
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI. FOSFORLI O’G’ITLARNING 
TURLARI, NORMALARI VA YERGA
SOLISH MUDDATLARI 
REJA: 
1. 
Fosforning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
2. 
O’simliklar uchun fosfor birikmalari. 
3. 
Tuproq tarkibidagi fosfor birikmalari. 
4. 
Fosforli o’g’itlarning o’simliklar o’sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga 
taosiri. 
5. 
Fosforli o’g’itlarning turlari, yillik meyorlari va yerga solish muddatlari. 
6. 
Tayanch iboralar
7. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. 
Foydalanilgan adabiyotlar
FOSFORNING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI 
Fosfor ham azot singari o’simliklarning oziqlanishida eng muhim 
elementlardan biridir. O’simliklar fosforni asosan ortofosfat kislotaning anianolari 
holida o’zlashtiradi. Ular fosforni metafosfat va pirofosfat kislota tuzlaridan, ular 
gidrolizlangandan so’ng o’zlashtirishi, shuningdek bazi organik fosfatlarning fitin 
glyukoza fosfatlarning fosforini ham o’zlashtirishi mumkin. 
Uch asosli kislota bo’lgan ortafosfat kislota rN 7-8 da va undan pastda 
dissotsiyalanaib, bitta yoki 2 ta vodorod ajratib chiqaradi va ortafosfat kislota qoldig’i 
anionlarini hosil qiladi.


Mineral fosfatlar o’simliklarning to’qimalarida oz miqdorda bo’ladi, lekin ular 
hujayra shirsi bufer sistemasining vujudga kelishida muhim rol o’ynaydi va fosforli 
organik birikmalar hosil qilish uchun zahira bo’lib xizmat qiladi.
O’simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, azotli 
asoslar, uglevodlarning molekulalari va fosfat kislotadan tarkib topgan murakkab 
yuqori molekulyar moddalar eng muhim rol o’ynaydi. Ular organizmlar hayot 
faoliyatining eng muhim jarayonlarida oqsil sintezida o’sish, ko’payish, irsiy 
xususiyatlarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar 
bilan kompleks hujayralarning tsitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan 
nukleotidlarni hosil qiladi.
Fosfor fosfidlar yoki fosfolipidlar tarkibiga kiradi. Ular oqsil lipidli hujayra 
membranalarini hosil qiladi. Ularning turli moddalarni o’tkazishini tartibga solib 
turadi. 
O’simliklardagi fosforning azotningchagina miqdori fitin yani urug’larni zapas 
moddasi tarkibiga kiradi. Bu modda o’simlikning o’sish, fosfor elementining manbai 
sifatida foydalaniladi. O’simliklar to’qimalaridagi fosfor organik birikmalarning 
muhim guruhi saxarofosfatlar bo’lib ular fotosintez jarayonida uglevodlarni sintez 
bo’lishida va parchalanishida muhim ahamiyatga ega.
O’simliklarning hujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli hil moddalar 
almashinish jarayonida nihoyatda muhim rol o’ynaydi.
Fosfor uglevod va azot almashinishida fotosintez, nafash olish, achish, bijg’ish 
jarayonlarida faol ishtirok etadi. O’simliklarda uglevodlarning turli tuman 
o’zgarishlari uglevodlar molekulalariga fosfat kislotaning birikishidan yoki uning 
ajralib chiqishidan, yani ularning fosforlanishi va defosforlanishidan boshlanadi. 
Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun energiyaga boy fosforli birikmalar 
ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ular orasida ATF asosiy rol o’ynaydi. ATF nafas olish 
jarayonida ajralib chiqadigan fotosintezda to’planadigan asosiy energiya aktseptori va 
turli xil sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun asosiy energiya taminotchisi 
hisoblanadi.
Uglevod almashishida fosfor katta rol o’ynagani sababli fosforli o’g’itlar qand 
lavlagida shakar to’planishiga, kartoshka tuganaklarida kraxmal to’planishiga va 
boshqa jarayonlarga ijobiy taosir qiladi. Fosfor o’simliklarda azotli moddalar 
almashinuvida ham muhim rol o’ynaydi.
O’simliklarning azotli va fosforli oziqlanishi orasidagi uzviy bog’lanish ham 
ana shu jarayonlar bilan ifodalanadi. 
Fosfor yetishmaganda oqsil sintezi buziladi va uning o’simlikdagi miqdori 
kamayadi. 
Azot singari fosfor ham o’simliklarning organik moddalar sintezlanish 
jarayonlari intensiv boradigan reproduktiv va yosh o’suvchi organlarida hamda 
qismlarida eng ko’p bo’ladi. Fosfor eskiroq barglardan o’sish zonasiga o’tish va 
takpror foydalanishi mumkin, shu sababli o’simliklarda fosfor yetishmasligining 
tashqi belgilari avvalo eski qari barglarda bilinadi.
O’simliklarda fosfor yetishmasligi yosh nihol paytida, xali rivojlanmagan ildiz 
sistemasining o’zlashtirish qobiliyati past bo’lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. 


Bu davrda fosfor yetishmasligining salbiy taosirini keyinchalik fosfor bilan 
ko’p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo’lmaydi. 
O’simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o’sayotgan davrda eng ko’p 
o’zlashtirsa ham o’sishning boshlang’ich davri fosforli oziqlanishiga nisbatan 
olganda kritik davr xisoblanadi.
SHu sababli o’simlikni vegetatsiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan 
taminlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Reproduktiv organlarning shakllanish 
davrida o’simliklarni fosfor bilan taminlashning muhim ahamiyati bor. 
Bu davrda o’simliklarni Farg’ona bilan kuchli oziqlantirish reproduktiv 
organlar hosil bo’lishini va o’simliklarning pishib yetilishini tezlashtiradi, hosilni va 
uning sifatini oshiradi. 
O’SIMLIKLAR UCHUN FOSFOR BIRIKMALARI 
Tabiiy sharoitda o’simliklar uchun fosforning bosh manbai - bu ortafosfat 
kislotaning tuzlaridir. 
Lekin pirofosfat va polifosfatlar ham gidrolizdan keyin hamma o’simliklar 
tomonidan foydalanishi mumkin. Metafosfatlarni esa gidrolizsiz ham foydalanadilar. 
Lekin ularning ham asosiy massasi gidrolizga uchraydi.
Ortafosfat kislota uchta anionlarga dissotsilanadi. 
Bulardan o’simliklar kuchsiz kislotali muhitda anionlardan foydalanadilar. 
Ortafosfat kislota qoldig’ining anioni esa o’simliklarning oziqlanishida deyarli 
ishtirok etmaydi. 
- digidrofosfat ..................... kaltsiy digidrofosfat 
- gidrofosfat ............................. kaltsiy gidrofosfat 
- fosfat ...........................kaltsiy fosfat 
Ortafosfat kislota va uning anionlarini turli muhit ko’rsatkichlari rNda 
o’zlashtirilishi, %. 
Kislota va
rN 
uning anionlari 




ortafosfat kislota
0,10 
0,01 


digidro fosfat kislota 
97,99 
83,68 
33,90 
4,88 
fosfat kislota
1,91 
16,32 
66,10 
95,12 
fosfat ioni 



0,01 
Tuproq tarkibida uchraydigan ortafosfat kislotaning 1 valentli kationlarining 
tuzlari suvda yaxshi eriyda va o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Ortafosfat kislotaning 
2 valentli kationlarining 2 o’rin almashinuvchi tuzlari suvda erimaydi, lekin kuchsiz 
kislotalarda mikroorganizmlar hayot faoliyati davomida va o’simliklar ildizidan 
tuproqqa ajralib chiqadigan organik kislotalarda ham eriydi.
SHuning uchun bu tuzlar o’simliklarning fosfor bilan oziqlanishida muhim 
manba hisoblanadi. Lekin o’simliklarning shunday guruhi mavjudki, ular xudi shu 


juda qiyin eriydigan va qiyin o’zlashtiradigan kaltsiy fosfat bilan oziqlanadi. Bunday 
o’simliklarga lyupin, gretsixa, gorchitsa, sal kam o’zlashtiradiganlarga no’xat, 
ekspartsit, kana kunjut, donnik kiradi. Bu o’simliklarni qiyin eriydigan fosforitlar 
bilan oziqlanishi shu bilan izohlanadiki, ularning ildizlaridan ajraladigan 
suyuqlikning kislotali muhitga ega ekanligidir. Masalan, lyupinning ildizidan 
chiqadian suyuqlikning rN=4-5 ga tengdir. SHuning uchun bu suyuqliklar fosfilarni 
eritish xususiyatiga egadir. 
Fosfat kislotaning 3 valentli kationlarining tuzlarini o’simliklar o’zlashtira 
olmaydilar. Bundy tuzlarga alyuminiy fosfat, alyuminiy gidrofosfat, temir fosfat, 
temir gidrofosfat va boshqalar kiradi. 
Yuqori o’simliklar organik fosfatlarni ham o’zlashtira oladimi? degan savol 
tug’iladi. 
Bu savolga javob berish uchun sterillangan sharoitda olib borilgan tajribalar 
javob beradi. SHunday tajribani 1913 yilda I.S.SHulov olib bordi. Bu tajribada no’xat 
va makkajo’xoridan foydalanildi. Organik fosfatlardan fitin va letsitindan foydalandi. 
Fitin no’xatni fosforga bo’lgan talabini yaxshi qondiradi, makkajo’xorini esa 
kuchsiz darajada, letsitin esa ikkala o’simlik ham o’zlashtira olmadi.
I.S.SHuvalovning takidlashicha, fitin o’zidagi fosfor kislotani metsitinga 
qaraganda azotningcha yengil ajratgan, shuning uchun fitinning gidrolizi natijasida 
o’simliklar uchun kerakli mineral fosfor ajralib chiqqan. 
Gidroliz esa fosfataza fermenti ishtirokida bo’lgan. Fosfataza fermenti no’xat 
ildizi yuzasida aktiv bo’lgan, yani ko’p ajralib chiqqan, makkajo’xori ildizida esa 
kam aktiv bo’lgan. 
Huddi shunday sharoitda makkajo’xori kaltsiy gelitserofosfat bilan 
oziqlantirilgan. Bunda makkajo’xori yaxshi rivojlangan. Lekin bu makkajo’xori 
gelitserofosfatni to’g’ridan-to’g’ri singdirdi degan gap emas. 
Makkajo’xori ildizidan fosfataza fermentini ajratib chiqargan. Ferment fosfor 
kislotani glitserindan tortib oladi, ildizlar fosfor kislota anionini singdiradi, glitserin 
esa ozuqa eritmasida qoladi.
Endi shu narsa aniq bo’ldiki, fosfatazi fermenti o’simlik ildizining yuzasida 
ajraladi va fosforli organik birikmalarning gidrolizida aktiv faoliyat ko’rsatadi. 
TUPROQ TARKIBIDAGI FOSFOR BIRIKMALARI 
Fosfor yer po’stlog’ini tashkil etuvchi elementlar orasida 13-o’rinni egallaydi 
va 0,12 % ni yoki 1*10
15
tonnani tashkil etadi. Elementar fosforni birinchi bo’lib 
1969 yilda gamburglik dorishunos alximik Gening Brandt tomonidan kashf etilgan. 
SHundan so’ng fosforni oksidlangan birikmalari hamma tirik mavjudotlar uchun 
zarurligi asoslab berilgan. 1804 yilda DeSyussor hamma anliz qilingan o’simliklar 
kulining tarkibida kaltsiy fosfat borligini maolum qilgan, bu esa umuman tirik 
mavjudot fosforsiz yashashi mumkin emasligini tasdiqladi. Kaltsiy fosfat ammonit 
materialidir. Appatitning juda ko’p turlari maolum. ularan eng ko’p tarqalgani ftor 
appatitdir. Dunyoda appatitning eng boy qatlamlari Kola yarim orolidagi Kirov shahri 
yaqinida joylashgan. Fosforitlarning esa Uralda, Volga bo’yida, Sibirda, SHimoliy 
Afrika, Suriya, Amerikada katta-katta konlari mavjud.
Tuproq tarkibidagi fosfor tuproqning mexanik tarkibiga va undagi chirindi 
miqdoriga bog’liq bo’ladi.


Tuproq nomi 
fosfor 5-oksidi, % 1 ga/t his. 
1. 
CHimli podzol tuproq
0,04
1,2 
2. 
Soz tuproq
0,15
4,5 
3. 
Ishqorsizlangan qora tuproq 0,16
4,8 
4. 
Qalin qavatli tuproq
0,22
6,6 
5. 
Janubiy qora tuproq
0,19
5,7 
6. 
Qizil tuproq
0,11
3,3 
Fosforning miqdori tuproqning pastki qatlamlariga qarab kamayib boradi. 
D.N.Pryanishnikov maolumotlari: 
CHimli -podzol tuproqlarda : 0-5 25-30 30-100 100-150 
R
2
O
5
miqdori % 0,12 0,06 0,03 0,02 
Tuproqning ustki qatlamlarida fosforning ko’pligi o’simliklarning faoliyati 
bilan bog’liq bo’lib, o’simlik ildizlari fosfor kislota birikmalarini tuproqning pastki 
qatlamlaridan olishi va o’zida singdirishi bir qism fosfatlar esa tuproqning ustki 
qatlamlarida qig’ilgan ko’pgina o’simliklar ildizi qoldiqlari chirishi, parchalanishi 
natijasida to’planadi. 
Bir joyda uzoq vaqt ekilgan ekinlar ham o’g’it solinmasa, tuproq tarkibidagi 
fosforning miqdorini kamaytiradi.
Tuproq tarkibidagi mineral fosfor birikmalari organik fosfor birikmalariga 
nisbatan azotningcha ko’pligi bilan xarakterlanadi. 
Tuproqlar
haydov qatlamidagi R
2
O
5
miqdori, ga/t 
Hammasi 
organik
mineral 
Kuchli podzollangan tuproq 
2,6 
0,7 
1,9 
O’rta podzollangan tuproq 
2,3 
0,7 
1,6 
O’rmon sur tusli tuproq 
2,5 
1,1 
1,4 
Qalin qavatli qora tuproq 
4,4 
1,6 
2,8 
Kashtan tuproqshunoslikroq 
3,6 
0,9 
2,7 
Bo’z tuproq 
4,2 
0,6 
3,6 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, SHimoliy mintaqa tuproqlari janubiy tuproqlarga 
nisbatan fosfor bilan kam taminlangan. Organik fosfor o’rmon sur tusli va qalin 
qavatli qora tuproqlarda ko’p.
SHu ikki xil tuproqdan: ham janubga ham shimolga tomon qarab, organik 
fosfor miqdorining kamayib, mineral fosfor miqdorining ko’payib borishini kuzatish 
mumkin. 
Fosforning organik shakli, asosan chirindi tarkibida bo’ladi. Ornanik fosfor 
o’rmon sur tusli tuproqlarida 1,78-2,46 %, qalin qavatli qora tuproqlarda 0,81-1,25 
%, to’q tusli kashtan tuproqlarda 0,97-1,30 % ni tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi organik fosforning eng ko’p qismi fitotlar ko’rinishida 
bo’ladi. Kislotali tuproqlarda alyuminiy, temir fitotitlari neytral muhitli tuproqlarda 
kalitsiy fitotitlari ko’p bo’ladi. Tuproq tarkibidagi nuklein kislotalarning fosfori 5 % 
dan oshmaydi.


Mikroorganizmlar taosirida chirindining parchalanishi va boshqa fosforli 
organik birikmalarning minerallashuvi taosirida o’simliklarga o’zlashtira oladigan 
shakldagi fosfor kislotaning mineral tuzlari ajralib chiqadi.
Lekin ular suvda eruvchan holatda ko’p miqdorda ko’planmaydilar va ularni 
tuproq kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik tarzda bog’laydi. 
Bazi adabiyotlarda tuproq tarkibidagi fosforning ko’pligini mikroorganizmlar 
faoliyati bilan bog’ladilar. Bunga qarshi ravishda I.V.Tyuri shunday yozadi: - 
Agarda 1 gramm tuproqdagi bakteriyalar soni 5 mlrd ga yetganda ham ular 
tomonidan bog’langan fosforning miqdori 1 ga yerning haydov qatlamiga 
hisoblanganda 24 kilogrammdan ortmaydi.
CHimli podzol va bo’z tuproqlarda chirindining 0,5-1 % ni chrindiga bo qora 
tuproqlarda esa 0,1 % ni tashkil etadi.
Harorat maolum bir chegaragacha ko’tarilganda o’simliklarning organik 
fosforni o’zlashtirishi kuchayadi. AQSHda 17 xil tuproq to’ldirilgan vegetatsion 
idishlar suv hammomiga qo’yilgan va harorat 20 S dan 35 S gacha ko’tarilgan. 20 S 
gacha ko’tarilganda fosforni o’zlashtirish kuchaygan. 35 S gacha ko’tarilganda esa 
organik fosforni o’zlashtirish kuchayganligi kuzatilgan. 
N.A.Krasil’nikovning (1951) taokidlashicha, O’rta Osiyoning sug’oriladigan 
bo’z tuproqlarida bedaning ildiz sistemasi atrofidagi tuproq qatlamida har 1 g 
tuproqdagi mikroorganizmlarning soni 20 mlrd ga yetadi. Agarda shu miqdorni 100g 
shunday tuproqqa hisoblanganda, uning tarkibidagi mikroorganizmlardagi fosforning 
miqdori 3,2 mg ga yaqin bo’ladi. 
Tuproq tarkibida fosfatlar bilan kam taominlangan organik moddalarning 
minerallashuvi natijasida fosfor tuzlarining miqdori ko’paymaydi, aksincha, kamayib 
ketadi. 
Bunday holatni o’rganish uchun L.A.Ivanov tarkibida klechatkasi ko’p bo’lgan 
moddalardan natriy fosfat va ammoniy sulfat aralashmasidan qo’shib kompost 
tayyorlagan. Malum vaqtdan so’ng tayyoreaktsiyasi bo’lgan kompost analiz 
qilinganda uning tarkibida mineral fosfor to’la yo’qolgan. Bunday holat ko’pgina 
olimlarning tajribalarida kuzatilgan.
Fosfor kislotaning kal’tsiyli tuzlari ko’proq eruvchanlikka ega,alyuminiy va 
temir tuzlarining, ayniqsa, asosli tuzlarning
eruvchanligi juda yomon, amalda erimaydi. 
Bu tuzlarning bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tishi tuproq 
kislotaliligining ortishi bilan kuchayadi. 
Tabiiyki, bu tuzlarning eruvchanligining kamayishi ularning o’simliklarga 
o’zlashishini kamaytiradi. 
FOSFORLI O’G’ITLARNING O’SIMLIKLAR O’SISHI, RIVOJLANISHI, HOSILI 
VA UNING SIFATIGA TAOSIRI. 
Fosforli o’g’itlar o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga sezlarli darajada 
taosir qiladi. Fosfor yetishmasa o’simliklarning barglari ko’kish yashil rangga kiradi. 
Bunday holatda o’simliklarda oqsillar sintezi va qand moddalarining pasayishi 
pasayadi. Barglar maydalashadi, yupqa bo’lib rivojlanadi, qirralari yuqoriga qarab 
buklanadi. 


Hamma o’simliklar o’zlarining rivojlanishlarini boshlang’ich davrida fosforga 
bo’lgan talabi seziladi, chunki ham bu davrda ularning ildiz sistemasi yaxshi 
rivojlanmagan bo’ladi. SHuning uchun o’simliklar shu davrda fosforli o’g’itlar bilan 
yaxshi taminlanmasa, bu hol ularning keyingi rivojlanishiga ham salbiy taosir 
ko’rsatadi. 
Fosfor yetishmasligi o’simliklarda azot va boshqa ozuqa elementlaridan 
foydalanishni yamonlashtiradi. G’o’za o’zining dastlabki rivojlanish davrida fosfor 
bilanyaxshi taminlanmasa, keyingi rivojlanish fazalarida ko’p miqdordagi fosfor 
bilan kuchli oziqlanishi ro’y beradi. Bu esa o’simliklarda kechadigan jarayonlarga 
salbiy taosir qiladi. 
SHuning uchun g’o’za, makkajo’xori, va ko’pgina boshqa qishloq xo’jalik 
ekinlarini ekayotgan vaqtda o’simliklarga yaxshi o’zlasha oladigan shakldagi fosforli 
o’g’itlar yoki murakkab o’g’itlar oslib ekiladi.
Agar ekish bilan birga shunday o’g’itlar solinmasa, yosh o’simliklarning 
nihollari tuproq tarkibidagi fosforning nihollari tuproq tarkibidagi fosforni o’zlasha 
oladigan shakllarini isteomol qilib bo’lib, fosfor yetishmasligi belgilarini namoyon 
qiladi. 
SHuning uchun g’o’za chigitini ekish bilan har gektarga 20 kilogramm, 
makkajo’xori uchun 10-15 kilogramm, g’allali ekinlar uchun 15 kilogramm, 
kartoshka uchun 20 kilogrammdan fosfor solib ekiladi. Fosforning o’simliklar hayot 
faoliyatiga taosiri har tomonlamadir. O’simliklarning fosfor bilan yaxshi taminlanishi 
qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi va hosilining sifatiga yaxshi 
taosir ko’rsatadi. G’allali ekinlarda doni ko’payadi.
Mevalarda va ildizmevalarda uglevodlar miqdori ortadi. Tola beruvchi 
ekinlarning tolasi uzun, pishiq va ingichkatta o’qituvchi bo’ladi.
G’allali ekinlar poyasini baquvvat qilib ularning yotib qolishidan saqlaydi. 
Qishloq xo’jalik ekinlari quyidagi o’suv davrlarda fosforni ko’p miqdorda qabul 
qiladi. Zig’ir gullash davrida, bug’doy don o’rash va boshoq tortish davrida, 
kartoshka iyulda, qand lavlagi ildiz mevasining kattalashayotgan paytida va 
boshqalar. O’simliklar o’sib rivojlanib borayotganda oziq elementlari ularning 
vegetativ qismida to’planadi. SHuni takidlash lozimki, har qanday tuproqda ham 
shunday bir payt keladiki, tashqaridan o’g’it solish bilan azot va fosfor taminlab 
turilmasa, olinadigan hosil doimiy suratda ortib bormaydi. Xo’jalikdagi fosfor 
balansini hisobga olayotganda uning sarflanayotgan qismiga nafaqat o’simliklardan 
olinadigan hosil bilan chiqib ketayotgan qismi, balki uning chorvachilik mahsulotlari 
bilan chiqib ketishini hisobga olish lozim. 
Agarda xo’jalikda 100 ta sog’iladigan sigirdan har biridan 5 ming 
kilogrammdan sut sog’ib olinsa, sotilgan sut bilan chiqib ketgan fosforning o’rnini 
to’ldirish uchun xo’jalik 20 % li superfosfatdan 7 t yerga solish lozim.
Yana shuni ham eslatib qo’yish lozimki, o’simliklarning fosfordan 
foydalanishi boshlang’ich 2 yilda 25-30 % dan ortmaydi. 
Fosfor bilan to’liq va haqiqiy taominlash uchun olib chiqib ketilgan 
chorvachilik mahsulotlariga nisbatan 3-4 marta ko’p fosfor solish lozim bo’ladi. 
Fosforli oziqlanish bilan nafaqat o’simliklarni, balki chorva hayvonlarining talabini 
ham qondirish kerak.


CHorva hayvonlarining ozuqa ratsionida fosfor kislotaning mineral tuzlari 
miqdori yetishmasa, ularning rivojlanishida salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Baxtga qarshi, azot va fosforning sarflanish qismiga ularning tuproqda sizot 
suvlariga yuvilib ketgan qismi kirmaydi. 
Angliyadagi Rotamsted tajriba stantsiyasining 100 yillik kuzatishlaridan va 
boshqa mamlkatlarda olib borilgan izlanishlardan shu narsa aniqlandiki, og’ir 
mexanik tarkibli tuproqlar tarkibidan fosfat kislotaning tuzlari yuvilmaydi. Doimiy 
ravishda fosforli o’g’itlar solinib haydov qatlami fosfor bilan boyitilgan og’ir soz, 
mexanik tarkibli tuproqlardagi fosfor miqdori hatto uning haydov osti qatlamidagi 
oldingi mavjud bo’lgan fosfor miqdoriga ham taosir qilmaganligi tajribalarda 
isbotlangan.
Lekin yengil mexanik tarkibli tuproqlarda oz miqdorda yuvilish sodir bo’lishi 
mumkin. 
FOSFORLI O’G’ITLARNING TURLARI, YILLIK MEYORLARI VA 
YERGA SOLISH MUDDATLARI. 
Tarkibida fosfori mavjud bo’lgan minerallar orasida faqat appatit va cho’kindi 
fosforitlar fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xos ashyo bo’lib xizmat qiladi. 
Appatit tuproq ona jinsi tarkibida dispers holda keng tarqalgan mineraldir. 
Lekin uning konlari juda kam. Eng katta koni 1925 yilda Kola yarim orolidagi 
Xidinda ochilgan. Bundan tashqari uning kichikroq konlari Urald,Janubiy Bayka 
bo’yi, Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSH va SHvetsiyada ochilgan.
Fosforitlar uzoq geologik davrlarda yer yuzida yashagan tirik mavjudotlar 
skeletlarini minerallanishi natijasidan hosil bo’lgan, shuningdek fosfor kislotaning 
kaltsiy bilan suvda cho’ktirish yo’li bilan paydo bo’ladi. Fosforitlarning qimmatli 
konlari 1937 yilda Qoratov tog’larida topilgan.
Appatitlar kristal modda, fosforitlar esa ham amorf ham kristall holda 
uchraydigan moddalardir. Appatit ham, fosforit ham ortofosforkislotasining kal’tsiyli 
tuzlaridir. 
Hamma fosforli o’g’itlar 3 gruhga bo’linadi.
1. 
Suvda eruvchazotning 
2. 
Suvda erimaydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan va shuning uchun 
o’simliklarga o’zlashadigan 
3. 
Suvda erimaydigan kuchsiz kislotalarda yomon eridigan va ko’pchilik 
o’simliklar tomonidan o’zlashmaydigan fosfatlar. 
Butun dunyoda 1-guruhdagi suvda eruvchazotning fosforli o’g’itlar eng ko’p 
ishlatiladi.
1. 
Supper fosfat. 
a) tolqonsimon oddiy supper fosfat. Appatit kontsentratidan ishlab chiqarilgan 
supperfosfatda 18.7 % suvda eriydigan fosfori bor. Qoratov fosforitidan ishlab 
chiqarilgan supper fosfatida 14 % o’zlashuvan fosfori bor. 
b) donador oddiy super fosfat. Tarkibidagi o’zlashuvchazotning fosfori 19,5 -
22 %, namligi 1-4 %. 
v) qo’shaloq supper fosfat, tarkibidagi suvda eruvchazotning fosfori 85 %, 
o’zlashuvchazotning fosfori esa 45-50 %. 
2. 
-guruh fosforli o’g’itlarga quyidagilar kiradi 


a) pretsipitat bu suvda erimaydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan va 
o’simliklarga o’zlashadigan fosforli o’g’itlardir. Tarkibidagi o’zlashadigan 
fosfori 25-35 % ni tashkil etadi.
b) ftorsizlantirilgan fosfat, appatitlarni qayta ishlashdan olingan o’g’itlarda 30-
32 %, fosforitlardan olingan o’g’itlarda 20-22 %, 2% li limon kislotada 
eriydigan fosfori bor. Empirik formulasi 
v) Tomas shlak, tarkibida 7-8 dan 16-20 % gacha, 2 % li limon kislotada 
eriydigan fosfori bor. 
g) Marten fosfat shlaki, tarkibida 8-12 %, limon kislotada eriydigan fosfori bor. 
3. 
-guruh fosforli o’g’itlari 
a) fosforit uni, umumiy fosfori oliy navida 25 %, birinchi navida 22 %, 2-
navida 19 % umumiy fosfori bor. Fosforli o’g’itlar orasida fosforit uni 
o’simliklarga uzoq muddat taosir qilib turadi.
b) suyak uni, tarkibidagi umumiy fosfori 60 % ni tashkil etadi.
Yana metafosforitlar deb ataluvchi fosforli o’g’itlar ham mavjud bo’lib, ularga 
quyidagilar kiradi. 
1. 
Kaltsiy metafosfat, tarkibida 64 % fosfor 5-oksidi va 25 % kaltsiy oksidi 
bor. 
2. 
Kaliy metafosfat, tarkibida 55 % fosfor 5-oksidi va 35 % kaliy oksidi bor.
3. 
Ammoniy metafosfat. Tarkibida 80 % fosfor 5-oksidi va 17 % azoti bor. 
Lekin bu o’g’itlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan. 
Fosforli o’g’itlar asosan kuzgi yoki bahorgi haydov ostiga umumiy yillik 
normaning 70 % solinadi. Qolgan qismi ekish bilan birga har gektariga 15 -20 
kilogramm va o’simliklarni oziqlantirishda. 
Haydov ostiga solinadigan yoki asosiy o’g’it sifatida solinadigan fosforli 
o’g’itlarni tuproqqa solish quyidagi omillarga bog’liq. 
1. 
Tuproqqa solish muddati 
2. 
Tuproqqa solish chuqurligi 
3. 
Eruvchanligi bo’icha shakli 
4. 
Yillik normasi 
5. 
Boshqa o’g’itlar bilan birga solinishi 
TAYANCH IBORALAR
Ortafosfat kislota tuzlari, nuklein kislotalar, saxaro fosfatlar, ATF, ortafosfat 
kislota anionlari, xo’jalikagi fosfor balansi, buferlilik, suvda eriydigan, kuchsiz 
kislotalarda eriydigan, suvda erimaydigan, o’simliklarga o’zlashmaydigan fosfor 
yetishmasligi, fosforli o’g’itlar, fosfor bilan yaxshi taminlanganda, appatit 
kontsentranti, fosforit minerali. 
NAZORAT SAVOLLARI
1. 
O’simliklarga fosfor qanday birikmalar ko’rinishida qabul qilinadi? 
2. 
Nuklein kislotalarning ahamiyati? 
3. 
Fosfor qanday moddalar tarkibida bo’ladi? 
4. 
Fosfor o’simliklarda qanday jarayonlarda ishtirok etadi? 
5. 
O’simliklarda fosfor yetishmasligi qachon namoyon bo’ladi? 
6. 
O’simliklar uchun fosforning bosh manbai? 
7. 
Ortafosfat kislotaning tuzlari necha turga bo’linadi? 


8. 
O’simliklarning qaysi guruhi qiyin eriydigan fosfatlarni o’zlashtiradi? 
9. 
Fosfor tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi? 
10. Tuproq tarkibidagi qanday shakldagi fosfor birikmalari ko’p? 
11. Haroratning o’simliklarda fosfor birikmalarining o’zlashtirilishiga taosirini 
gapiring? 
12. O’simliklarda fosfor yetishmasligini alomatlarini gapiring? 
13. Fosforli o’g’itlar o’simliklarga o’zlashishiga qarab necha guruhga bo’linadi 
14. Fosforli o’g’itlarga misollar keltiring? 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
3. 
Udobreniya i osnovnqe usloviya ix effektivnogo primeneniya. Natschnqe 
trudq. VASXNIL, Kolos, M., 1970. 
4. 
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964. 
5. 
Udobreniya xlopkovodstvo Trudq Soyuz NIXI vqp. XXVI, Tashkent, 1974. 
6. 
Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T. Mehnat. 1988. 
11-MA’RUZA: KALIYLI O’G’ITLAR. KALIYNING O’SIMLIK HAYOTIDAGI 
ROLI. KALIYLI O’G’ITLARNING KONLARI. KALIYLI O’G’ITLARNING 
TURLARI, YILLIK MEOYORLARI VA YERGA SOLISH MUDDATLARI. 
REJA: 
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi roli. 
2. Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalari va uning shakllari. 
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va sifatiga taosiri. 
4. Kaliyli o’g’itlarning konlari. 
5. Kaliyli o’g’itlarning turlari, normalari va yerga solish muddatlari. 
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi roli. 
Kaliy hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar uchun zarur elementlar 
qatoriga kiradi. 
Kaliyning ko’p qismi o’simlik hujayrasining shirasida bo’ladi. O’simlikning 
tunasida yengil harakatchanlikka ea bo’lib, ildizdan kechasi ajraladi va kunduzi yana 
singadi. O’simliklarning eski qari bargidan yomg’ir suvlari kaliyni ko’plab yuvadi. 


O’simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko’p qimsi modda almashinivi va 
hujayraning bo’linishi intensiv ravishda ketayotgan organlarida mirestemasida, yosh 
novdalarida bo’ladi. 
Kaliy o’simlik ning changdonida ham ko’p bo’ladi. Makkajo’xorining 
changdonida 35,5% gacha bo’ladi. Kaliy o’simlik larning tovar bo’lmagan qismida 
ko’p bo’ladi.
Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayonini normal o’tishini taominlaydi. 
Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini tezlashtiradi. 
Protoplazma kolloidlarining gidrofillik qobiliyatini kuchaytiradi. Kaliyning 
taosiri da o’simliklar suvni o’zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. Qisqa muddatli 
qurg’oqchilikka chidamliligini kuchaytiradi.
Kaliy bilan oziqlanish yaxshi bo’lgan sharoitda o’simliklarda uglevodlarning 
tez to’planishi natijasida meva va sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, 
zig’ir va boshqa tolali ekinlada tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. X 
ujayra shirasining osmotik bosimi va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi. 
O’simliklar kaliy bilan yaxshi taminlansa, oqsil ko’p hosil bo’ladi,azotni 
yashshi o’zlashriradi. 
Ko’pgina qishloq xo’jaligi ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo’ladi. 
Lekin hamma o’simliklar vamikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko’p istemol qiladi.
Kaliy yetishmaganda o’simlik barglarining qirralari qizil-qo’ng’ir tusga 
kiradi.U larning rivojlanishi va xosilning yetilishi kechikadi.
O’simliklar o’zlaring har xil o’suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul 
qilmaydilar. 
Masalan, zig’ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%, to’la 
gullaganda 98,7% qabul qiladi. 
Qishloq xo’jaligi ekinlari kaliyni birday talab qilmaydilar. Kaliyni nisbatan 
ko’p talab qiladigan qishloq xo’jalik ekinlariga qand lavlagi, karam kartoshka ildiz 
mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli ekinlar va makkajo’xori
kiradi.Arpa, tariq, bug’doy,javdarlarning donida kaliyni miqdori kam bo’ladi.
Kaliy azot va fosfordan farq qilib o’simliklarning vegetatsiya qismida ko’p 
bo’ladi. G’allali ekinlarningdonida kam poxolligida esa ko’p bo’ladi. 
Kaliyning pichanda g’allali ekinlaning poxolida ko’p bo’lishi kelgusida go’ng 
tarkibidan kaliyni ko’p bo’lishini taminlaydi. CHunki poxol va pichanlar chorva 
mollariga hamda to’shama sifatida foydalaniladi. To’shama esa go’ngning tarkibiy 
qismi xisoblanadi.
Bazi qishloq xo’jalik ekinlarining xosili tarkibidagi kaliyni miqdori
ekin turlari 
Mahsulot

kaliy 
oksidi 
ekin turlari mahsuloti 
kaliy oksidi 
kuzgi donli 
doni/pox
ol 
0,65/1,10 bodring 
mevasi 
5,65 
bahorgi 
g’allali 
doni/pox
ol 
0,67/1,30 pomidor 
mevasi 
5,60 
makkajo’xori fani/poya
si 
0,43/1,93 zig’ir 
poxolida 
1,10 


no’xat 
doni/pox
ol 
1,46/0,60 g’o’za 
tolasi 
1,00 
qand lavlagi 
il.meva/o
’s. 
1,0/3,0 
yo’ng’ichka pichan 
1,80 
ozuqa lavlagi il.meva/o
’s. 
3,5/2,63 beda 
pichan 
1,80 
kartoshka 
kartoshk
a/o’s 
2,40/3,70 vika 
pichan 
1,20 
karamda 
bosh 
4,60 
timofelka 
pichan 
2,42 
sabzida 
Ild.meva 3,20 
2. Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalariva shakllari. 
Er qobig’idagi kaliyning miqdori 2,14%ni tashkil etadi. Ko’pgina tuproqlarni 
ona jinsi hisoblangan qo’kindi jinslar tarkibida bo’ladi. 
Tuproq tarkibidagi kaliyni miqdori azor va fosforning birgalikdagi miqdoridan 
hamma vaqt ko’p bo’lgan. Kaliy og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda ko’p bo’ladi. 
Loyli va soz mexanik tarkibli tuproqlarda kaliyning miqdori 2% bazi hlllarda esa 3% 
gacha bo’ladi.
Tuproq tarkibidagi kaliyning ko’p qismi suvda erimaydigan va o’simliklarga 
kam o’zlashadigan shaklda bo’ladi.
Tuproqning xaydov qatlamidagi kaliyning umumiy miqdori azotga qaraganda 
5-50 marta fosforga nisbatan 8-40 marta ko’pdir. Tuproq tarkibidagi kaliyning 
zaxirasi azot va fosforning zaxirasiga nisbatan sezilarli darajada ko’pdir.
Kaliyning umumiy miqdori qizil tuproqlarda 0,86% chimli podzol tuproq larda 
2,32%, o’rmon sur tusli tuproqlarda 2,35% ni oddiy qora tuproqlarda 2,03%, 
ishqorsizlangan qora tuproqlarda 1,96% qalin qavatli qora tuproqlarda 2,37% oddiy 
qora tuproqlarda 2,03% tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi kaliy birikmalari o’simliklarda o’zlasha olishi bo’yicha 4 
guruxga bo’linadi. 
1. Barqaror alyumoslikat minerallar asosan dala shpatlarihamda slyudalar 
tarkibiga kiruvchi kaliy , bu minerallar kam eruvchanligi va o’simliklar yaxshi 
o’zlashtira olmaganligi bilan xarakterlanadi.
Dala shpatlardagi kaliyni o’simliklar qiyin o’zlashtiradi. Lekin suv va unda 
erigan karbonat angidrid gazi taosirida tuproq temperaturasining o’zgarishi va 
tuproqdagi mikroorganizmlarning faoliyati taosirida bu minerallar asta sekin 
parchalanadiva kaliyning eruvchan tuzlaring hosil qiladi. Slyudalar tarkibidagi 
kaliyni o’simliklar birmuncha oson o’zlashtiradi. 
2. Almashinuvchi ,tuproq kolloidlariga yutilgan kaliy. Bu elementlarning 
tuproqdagi umumiy miqdorining ko’pi bilan 0,5-1,5%ni tashkil etadi. U 
o’simliklarning oziqlanishida asosiy ahamiyatga ega. Almashinuvchi kaliyni 
o’simliklar 
oson 
o’zlashtirishiga 
sabab 
uning 
boshqa 
kationlar 
bilan 


almashingandagina eritmada oson o’tish xususiyatiga va eritmadan kaliyni 
o’simliklar o’zlashtirishidir. Almashinuvchi kaliy miqdari tuproqning kaliy bilan 
taminlanganlik darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
3. Suvda eriydigan kaliy. Kaliyning bunday shakli tuproq eritmasida erigan 
har xil tuzlar xolida bo’ladi. Ulaning o’simliklar bevosita o’zlashtiradilar. 
Tuproq dagi suvda eriydigan kaliynning paydo bo’lishi bir qator jaryonlarga 
bog’liq: 
a) kaliyli minerallarning gidrolizi, 
b) o’simliklar ildizi ajratmalari tomonidan minerallarning buzilishi
v) minerallarga nitrifikatsiya bakteriyalari to’plagan natriy kislotasining 
taosiri. 
g) tuproqqa tushadigan o’g’itlarning tuzlaridan va o’simliklar ildizining 
ajratmalaridan almashinuvchi kaliyning ajralib chiqishi va boshqalar.
4.Mikroorganizmlar plazmasi tarkibiga kiruvchi kaliy, kaliyning bu shakli kam 
o’rganilgan.
Kaliyning eriydigan tuzlari o’simliklarning oziqlanishida eng yaxshi manba 
xisoblanadi.
O’simliklar ildizlarining qoldiqlari va mikroorganizmlarning xalok bo’lishi, 
chirishi natijasida xosil bo’lgan kaliydan yaxshi foydalanadi. Umumiy kaliy o’zining 
tarkibida kaliyli birikmalarning har xil shakllarining birlashtiradi va quyidagilarga 
bo’linadi: 
1. Suvda eruvchan kaliy. 
2. Almashinuvchi kaliy. 
3. Xarakatchan kaliy. 
4. Almashinmaydigan, gidrolizlangan kaliy. 
5. Kislatada eriydigan kaliy. 
6. Almashinmaydigan kaliy. 
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari xosildorligi va uning sifatiga taosiri.
Kaliy bilan oziqlanish qishloq xo’jalik ekinlarining hosili va uning sifatiga 
sezilarli taosir ko’rsatadi. Kaliy yetishmasa o’simliklarda yangi hujayralar kam xosil 
bo’ladi. O’simliklar o’sishdan orqada qoladi. Moddalar almashinuv jarayni buziladi. 
Buning natijasida esa barglarda xosil bo’lgan uglevodlarning xosil 
elementlariga kelish kamayadi. Barglarda uglevodlar ko’p to’planadi va natijada barg 
vilt kasaliga chalinganga o’xshab oqarib sarg’ayib to’kiladi. 
Kaliy yuqori molekulyar uglevodlvrning sintezini kuchaytiradi, natijada 
o’simliklar poyasining xujayralaridevorlari qalinlashadi. Bu esa qishloq xo’jalik 
ekinlarini yotib qolishdan saqlaydi va zig’ir, kunjut, paxta tolalarining sifatini 
yaxshilaydi. 
Kaliyning yetishmasligi natijasida qator fermentlarning faoliyati buziladi, 
o’simliklarning nafas olishi uchun qand moddalaring sarfi ortadi, uglevodlar va 
oqsillar almashinivi buziladi. Natijada kuch pishmagan don, urug’lar xosil bo’ladi. 
Urug’larning unuvchanligi va chiqishi yashash qobiliyatlari pachayadi, bu esa xosil 
sifatiga salbiy taosir ko’rsatadi.


Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliy bilan yaxshi taminlamaslik ularning har xil 
kasalliklarga chalinuvchan qilib qo’yadi,buning narijasida xosilni yig’ishtirib 
olgandan so’ng xosil uzoq vaqt saqlanishini yo’qotadi, tez buziladi. 
Kaliy yetishmaganda o’simliklarda quyidagicha tashqi belgilar paydo bo’ladi: 
o’simliklarning pastki yaruslaridagi eski barglari tezda sarg’ayadi, keyinchalik 
barglar yaekkalaridan uchlarigacha qo’ng’ir tusga kiradi. Bazi xollarda qizil 
zangsimon dog’lar paydo bo’ladi, barllarning chekkalari quribqoladi.
Qishloq xo’jaligida kaliyning aylanishi azot va fosforni aylanishidan ancha 
farq qiladi.
Donli ekinlarda doniga qaraganda somonida kaliy ko’p bo’ladi. SHu sababli 
somonning hammasi yem xashaklar va mollarning tagiga to’shama uchun 
ishlatilganda kaliyning ko’p qismi go’ng bilan birga yana tuproqqa qaytib keladi. 
SHu munosabat bilan go’ngdan ratsional va tshliq foydalanish o’simliklarning 
kaliy bilan taminlashda juda katta axamiyatga egadir.
4. Kaliyli o’g’itlarni konlari. 
Kaliyli o’g’itlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy xaldagi kaliy tuzlari xom- 
ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu xom ashyolar kaliy tuzlarining katta-katta konlaridan 
qazib olinadi. Bunday konlar Rossiyaning Yevropa qismida Qozog’istondava 
Markaziy Osiyo respublikalarida joylashgan.
1. Solikams kaliy koni.Bu kon Kama daryosining chap qirg’og’iga joylashgan. 
Ural tizma tog’lari shimoliy qismining g’arbiy qoyalari bo’ylab joylashgan. Bu kon 
1925 yilda ochilgan. Kaliy o’g’itlar bu yerda 1929 yildan boshlab ishlab chiqarish 
boshlangan.
Bu yerda kaliyli tuzlar qalin yotqiziq jinslar qatlamlari ostida joylashgan. 
Qavatning yuqorigi qismi karnalit va boshqa moddalardan iborat.
2. Karpat oldi kaliy koni. Bu konlar Ivano-Frankovsk va Lvov viloyatlarida 
joylashgan. Bu konda quyidagi tarkibida kaliy bo’lgan minerallar bor: langbeynit, 
poligamit, silvinit,kalushit, kanamag. 
3. Belorussiya kaliy koni. Bu kon Soligorsk shaxri yaqinidagi joylashgan. Bu 
kon bazasida shaxta hamda kaliy kombinati qurilgan.
Bu konda silvinit, karnolliy va gallit minerallari bor.
4. Zavolje kaliy koni. Bu konda kaliyning qimmatli sulfatli tuzlari mavjud. Bu 
kondagi asosiy minerallarga poligamit, glazeritdan tashkil topgan.
5. Turkmaniston kaliy koni. Bu kaliy konida hali ishlab chiqarish ommaviy 
holda yo’lga qo’yilmaganligi sababli kaliyli o’g’itlar kam ishlab chiqariladi. 
5. Kaliyli o’g’itlar, ularning turlari, yerga solish muddatlari va usullari. 
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish tayyorlanishiga qarab: xom kaliyli 
o’g’itlar,kontsentirlangan kaliyli o’g’itlar va sanoat chiqindilariga bo’linadi. 
1. Xom kaliyli o’g’itlar.
Tabiiy kaliy tuzlari maydalash yo’li bilan olinadigan xom kaliyli tuzlar 
tarkibida kaliy miqdorining juda kamligi va qo’shimchalar miqdorining ko’pligi bilan 
xarakterlanadi.
Xom kaliyli tuzlardan silvinit va kolinit eng ko’p tarqalgan. Ular tarkibida ko’p 
miqdaoda xlor bo’ladi. Bu ham uni ishlatishni cheklab qo’yadi.


a) silvinit- tarkibida 14-18% kaliy oksidi, 34-38% natriy oksidi,va 52-55% xlor 
bo’ladi. Dag’alroq maydalangan holda chiqariladi. Tashqi ko’rinishidan yirik,har xil 
rangli oq, pushti,qo’ng’ir, ko’k rangli kristallar aralashmasidir.suvda yaxshi eriydi. 
Salgina gigroskopikligi bor. Silvinit asosiy o’g’it sifatida kuzgi shudgor ostiga 
solinadi. Bunda xlorning ko’p qismi pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Kaliy esa 
tuproqqa yutiladi. Silvinitda natriyni ko’p bo’lishi lavlvgi va xashaki ovqatga 
ishlatiladigan ildizmevalar bazi sabzavot ekinlari uchun foydalidir. Silvinit ular 
uchun yaxshi o’g’it xisoblanadi. 
v) Kalinit- ko’p miqdorda natriy xlor aralashgan, tarkibida 10-12% kaliy oksid, 
8% atrofida magniy oksidi, 40-% ga yaqin xlor va 35% nariy oksidi bo’ladi. Kalnitli 
yoki kalnitli -langbonitli jinsni maydalashdan olinadi. Kalnit ham asosiy o’g’it 
sifatida ishlatiladi.
2. Kontsentrlangan kaliyli o’g’itlar.
A) kaliy xlorid tarkibida 58 % dan 62 % gacha kaliy oksidi bo’ldi. Silvinitldan 
kaliy xloriddan natriy xloridni ajratish orqali olinadi. Ularni ajratish harorat 
ko’tarilishi bilan bu tuzlarning eruvchanligi turlicha bo’lishga asoslangan. Harorat 20 
S dan 100 S gacha ko’tarilganda kaliy xloridning eruvchanligi 2 marta ortadi, natriy 
xloridning eruvchanligi deyarli o’zgarmaydi. Maydalangan silvinitdan kaliy xlorid 
110 gradus haroratda natriy xloridning to’yingan eritmasidan eritib olinadi, so’ngra 
sovutilganda cho’kmaga tushadi. Natijada mayda kristall holdagi kaliy xlorid olinadi. 
U saqlab qo’yilganda qovushib qoladi.
B) 40 % li kaliyli tuz. Kaliy xloridni maydalab tuyilgan silvinit yoki kalmid 
bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Tarkibi va xossalariga ko’ra silvinit bilan 
kaliy xlorid o’rtasida oraliq xolatni egallaydi.
Kaliyli tuz qand lavlagi va xashaki ildizmevalilar uchun juda samaralidir. 
V) kaliy sulfat tarkibida kamida 48 % kaliy oksidi bor. Tashqi ko’rinishidan 
kulrang tusli mayda kristall tuz. Deyarli suvda yaxshi eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy 
tuzlaridan kaliy sulfatni ajratish yo’li bilan olinadi. Kaliy sulfatning fizik xossalari 
yaxshi, mushtlashib qolmaydi, gigroskopikligi juda kam. Har qanday tuproqda va 
barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
G) kaliy magneziya tarkibida 28-30 % kaliy oksidi va 8-10 % magniy oksidi 
bor. Karpat oldi konidagi tabiiy sulfatli kali tuzlaridan qayta kristallash yo’li bilan 
olinadi. 
Kalimagneziya kartoshka, zig’ir va boshqa ekinlar uchun yaxshi kaliyli o’g’it 
hisoblanadi.
3. Sanoat chiqindilari.
A) xlor - kaliy - elektrolit - solinamen karnalitdan magniy ishlab chiqarishda 
olinadigan chiqindi, tarkibida 32 % dan 45 % gacha kaliy oksidi, 6-8 % magniy 
oksidi, 6-8 % natriy oksidi va 50 % gacha xlor bo’ladi. 
Asosiy o’g’it sifatida foydalaniladi va kuzgi haydov ostiga solinadi hamda 
barcha ekinlarga solish mumkin. 
B) kaliy karbonat, tarkibida 52-55 % kaliy oksidi bo’ladi. 
Nefelindan alyuminiyni ishlab chiqarishda chiqindi sifatida olinadi, ishqoriy 
reaktsiyaga ega, kuchli gigroskopik, suyuqlanib ketadi yoki kuchli qotib qoladi, 
sochiluvchanligi yomon. 


Tuproqqa solishdan oldin uni 1:1 nisbatda quruq torf bilan aralashtirish tavsiya 
etiladi. 
V) tsement changi - tarkibida karbonatlar, bikarbonatlar va kaliy sulfat holida 
14 % dan 35 % gacha kaliy oksidi, 19 % kaltsiy oksidi 3-4 % magniy oksidi va 1 % 
natriy oksidi bo’ladi.
Kartoshka, zig’ir, grekchikaga solinganda yaxshi natijalar beradi. 
G) nefelin qoldig’i - mayda tuyilgan nefelin. Kola yarim orolidadagi 
appatitlardan appatit kontsentrati ishlab chiqarishda olinadjigan chiqindi.
Tarkibida 5-6 % kaliy oksidi, 10-13 % natrik oksidi, 8-10 % kaltsiy oksidi 
bo’ladi. Nefelin tarkibida kaliy miqdorining kam bo’lishi tufayli u uzoq masofalarga 
tashib olib borilmaydi. 
Nefelin qoldiqlarini ishlatish shu kon atroflaridagi tarqalgan kislotali torfli 
tuproqlarda yaxshi samara beradi. 
Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa solinganda, ular tez erib 
ketadi va tuproqning singdiruvchi kompleksi bilan o’zaro taosirlashadi: 
kaliyli o’g’itlar tarkibiga kiruvchi kaliy va boshqa kationlar tuproqning kolloid 
qismiga yutiladi, xlor esa tuproq eritmasida qoladi va shu sababli oson yuvilib ketadi. 
Kaliy yutilgan holatga o’tishi natijasida uning tuproqdagi harakatchanligi 
kamayadi va yuqilib ketishi to’xtaydi, singdirish sig’imi kichik bo’lgan qumli hamda 
qumloq tuproqlar bundan mustasnodir. 
Barcha kaliyli o’g’itlar - fiziologik kislotali tuzlardir, lekin ularning fizikologik 
kislotaliligi ammoniyli o’g’itlarnikidan kam bo’lib, u ko’p miqdorda kaliy isteomol 
qiladigan ekinlarga kungaboqar, grechixa, ildizmevalar, kartoshka, sabzavotlarga 
uzoq vaqt sistemali ravishda solib turilgandagina namoyon bo’ladi. 
Asoslarga to’yingan qora va bo’z tuproqlarda kaliyli o’g’itlarning salbiy taosiri 
kuzatilmaydi. 
Kaliyli o’g’itlar yengil qumli va qumoq mexanik tarkibli tuproqlarda eng 
yaxshi samara beradi.
Tarkibida kaliy kam bo’lgan bunday tuproqlarda barcha qishloq xo’jalik 
ekinlariga kaliyli o’g’itlarni solish kuchli taosiri qiladi.
Kaliyli o’g’itlarni samarali ishlatishning muhim sharti - bu o’simliklarni azot 
va fosfor bilan yaxshi taominlashdir. Tarkibida azot va fosfor kam bo’lgan 
tuproqlarda kaliy kutilgan natija bermaydi. 
Odatda harkatchan kaliy ko’p bo’ladigan sho’rtob tuproqlarda kaliyni solish 
bunday tuproqlarning yanada sho’rlanishiga olib keladi.
Azotli va fosforli o’g’itlar sistemali ravishda qo’llanilganda, kaliyli 
o’g’itlarning samaradorligi ortadi va yildan-yilga ularga bo’lgan ehtiyoj ko’payib 
boradi. 
Tayanch iboralar 
Kaliy-ozuqa manbai, moddalar almashinuvi, meristema, o’suv organlari, 
fotosintez jarayoni, protoplazma, kolloidlar, kaliy yetishmasligi alomatlari, kaliy 
ionlari, xom kalili o’g’itlar, kontsentratsiyali kaliyli o’g’itlar, tuproqning 
singdiruvchanligi, 
qurg’oqchilikka 
va 
sovuqqa 
chidamlilik, 
ekvivalent, 
singdiruvchanlik, asoslarga to’yinmagan, asoslarga to’yingan, azot va fosfor bilan 
yaxshi taominlash. 


Nazorat savollari
1. Kaliyning o’simliklar uchun qanday ahamiyati bor? 
2. Tuproqdagi kaliyning miqdori va shakllari qanday? 
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari hosiliga va uning sifatiga taosiri qanday? 
4. Kaliy o’g’itlar ishlab chiqarishdagi xom ashyo bazalarini aytib bering. 
5. Xos kaliyli o’g’itlar va ularning vakillariga qaysilar kiradi? 
6. Kontsentrlangan kliyli o’g’itlar, ularning vakillari va tarkibidagi ozuqa 
moddalarining miqdorini ayting. 
7. Kaliyli o’g’itlar qaysi muddatlarda tuproqqa solinadi? 
8. Kaliyli o’g’itlarning tuproq bilan o’zaro taosirlashuvini ko’rsating? 
9. Kaliyli o’g’itlar tuproqning xossalariga qanday taosir qiladi? 
10. Kaliyli o’g’itlar tarkibida kaliydan tashqari yana qanday komponentlar 
bor? 
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Smirnov P.M. Agroximiya. O’qituvchi, T., 1984. 
4. 
Spravochnik po oborudovaniyam. Izd-vo “KOLOS” m., 1964. 
12-MA’RUZA: MIKROO’G’ITLAR 
REJA: 
1. Mikroelementlarning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
2. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar
3. Mikroo’g’itlar, ularning turlari, normalari va foydlanish usullari. 
4. Tayanch iboralar
5. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
6. Foydalanilgan adabiyotlar


1. Mikroelementlarning o’simliklar oziqlanishidagi roli. 
Mikroelementlar - bu eng zarur oziq elementlari bo’lib, o’simliklarda mingdan 
bir-yuz mingdan bir foizni tashkil etadi va o’simliklarning hayot faoliyatida muhim 
funktsiyalarni bajaradi. O’simliklar xhayotida mikroelementlarning fiziologik 
ahamiyati ochib berilgandan keyin dehqonchilikda ham mikroelementlarni 
qo’llashning nazariy asoslari ishlab chiqildi. 
O’simliklarning mikroelementlar bilan oziqlanishining nazariy va amaliy 
masalalrini o’rganishda Ya.V.Peyve, M.V.Katalimov, M.Ya.SHkolnik va boshqa 
olimlar o’zlarining katta xissalarini qo’shdilar. O’simliklarda mikroelementlarning 
yetishmasligi natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi va o’simliklarni halokatga 
olib kelishi mumkin. 
Amalda mikroo’g’itlardan foydalanish oqibatida o’simliklarning kasalliklari 
bartaraf etish bilan birga yuqori sifatli hosil olishga imkon yaratadi. 
Mikroelementlar o’simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonida, 
uglevod va azot almashinuvida qatnashadi, o’simliklarni kasalliklarga va tashqit 
muhitning noqulay sharoitlarining taosiriga chidamliligini oshiradi.
Mikroelementlar 
o’simliklar 
hujayralarining 
membranalarini 
o’tkazuvchanligiga va oziq elementlarini qabul qilnishiga taosir qiladi. 
Masalan, marganets o’simliklarni tashqi muitdan ionlarni tanlab qabul 
qilinishini, fosforni o’simliklarning qari barglaridan yosh barglariga qarab 
harakatlanishini yaxshilaydi. 
Temir - G’e. Temirsiz o’simliklarning bargida xlorofill hosil bo’lmaydi. 
O’simliklar xloroz kasali bilan kasallanadi.
Temir yetishmasligi natijasida xlorofilning hosil bo’lishi kamayadi va 
barglarning yashil rangi yo’qola boshlaydi. Lekin temirning o’zi xlorofillning 
tarkibiga kirmaydi. 
Ilgari xlorofillning sintezida G’e oksidlanish-qaytarilish jarayonini boshqaradi, 
deb taxmin qilingan edi. 
Bunday taxminga aniqlik kiritildi, yaoni xlorofillning paydo bo’lishija ishtirok 
etadigan fermentlarda G’e bor ekan. 
Bor - V. Borning eng ko’zga tashlanadigan roli o’simliklarda sodir bo’ladigan 
changlanish hodisasida seziladi, yaoni borsiz o’simliklar gulidagi otaligi o’smaydi va 
changlanmagan gullar to’kilib ketadi. SHuning uchun o’simliklarda bor yetishmasa, 
urug’larining mahsuldorligi pasayib ketadi. Agar bor yetishmasa, zig’irda o’suv 
nuqtasi quriydi, kartoshkada chirish kasalliklari rivojlanadi. 
O’simliklar ildizi o’suv nuqtasining va o’simliklarning o’suv nuqtasining qurib 
qolishi borning yetishmasligi bilan bog’liqdir. 
Bor o’simliklarning hosil tarkibid ko’p bo’ladi. 
Marganets. Hmma o’simliklarning tirik hujayralari tarkibiga kiradi. Marganets 
o’simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida faol ishtirok etadi, 
askorbin kislota sintezida ishtirok etadi. 
Marganets yetishmasa, makkajo’xori, qand lavlagi, g’o’za, don-dukkaklilarda, 
tamakida xloroz kasalligi ro’y beradi. Barglarining chetlari sarg’ayadi, yosh novdalari 
qurib qoladi.


Marganetsning yem-xashaklarda yetishmasligi natijasida jo’jalarning oyoqlari 
qiyshayadi. O’simliklar tarkibidagi marganetsning miqdori, quruq moddaga nisbtan 
mg hisobida, 15 mg dan 400 mg gacha tashkil etadi. 
Mis - oksidlovchi fermentlar tarkibida bo’ladi, masalan, polifenoloksidoza 
fermenti tarkibiga kiradi. V guruh vitaminlarning aktivligini oshiradi mis 
yetishmasaligi oqsil sintezini kamaytiradi. 
O’simliklarni misli birikmalar bilan kam oziqlantirilsa, hayvonlarda kamqonlik 
ro’y beradi, yosh hayvonlar raxit bilan kasallanadi, qo’y-echkilarda junning to’kilishi 
ro’y beradi. 
Molibden - Mo. O’simliklarda aminokislotalar va oqsil moddalarning sintezida 
nitratlarning ammiakgacha qaytarilish jarayonida ishtirok etadi. 
Mo ushbu jarayonni tezlashtiruvchi nitratreduktoza fermenti tarkibiga kiradi. 
Mo tuganak bakteriyalari faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Agar Mo 
yetishmasa, tuganak bakteriyalari atmosferadagi erkin azotni bog’lamaydi.
Rux - karbonangidraza fermenti tarkibiga kiradi va nafas olish jarayonini 
tezlashtiradi. 
Auksinlarning 
hosil 
bo’lishini 
yaxshilaydi. 
Ru 
yetishmasa, 
o’simliklarda oqsillarning parchalanishi sodir bo’ladi. O’simliklarning ruzga bo’lgan 
talabi yorug’lik kuchayishi bilan ortadi. 
Kobalt So. Bu mikroelementni ko’proq dukkakli ekinlar talab qiladi, chunki 
kobalt tuganak bakteriyalaining faoliyatini kuchaytiradi. 
Muhit reaktsiyasini nordonlashuvi natijasida, uning o’simliklarga qabul 
qilinishi kuchayadi. Kobaltning ozuqa eritmasidagi optimal dozasi 1 l ga 0,06 mg nm 
tashkil etadi.
CHorva hayvonlarining ozuqasida kobalt yetishmasa, yirik shoxli 
hayvonlarning va qo’ylarning ishtahasi keskin pasayadi hamda ularing mahsuldorligi 
kamayadi. 
2. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar. 
O’simliklarni mikroelementlar bilan taominlanishida ularning tuproq 
tarkibidagi miqdorlari ham muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Bunda tuproq tarkibidagi mikroelementlarning umumiy miqdori emas, balki 
o’simliklarga o’zlashadigan harakatchan shakllarining mavjud bo’lishi muhim rol 
o’ynaydi.
Mikroelementlarning 
tuproqdagi 
harakatchanligi, 
shuningdek 
ularni 
o’simliklarga o’zlashishida tuproqning kislotaliligi, uning oksidlanish -qaytarilish 
reaktsiyalari va boshqa sharoitlar taosir qiladi.
Temir - G’e. Unumsiz tuproqlar tarkibida ham 2-3 % gacha bo’ladi. Ko’pchilik 
hollarda, dala sharoitida G’e ni yerga o’g’it sifatida solishga hojat qolmaydi. 
Qishloq xo’jalik ekinlaridan eng yuqori hosil olinganda ham hosil juda ozdir, 
chunki temir birikmalarining harakatchanligi kamdir. Kislotali muhitga ega bo’lgan 
tuproqlarda temir birikmalarining eruvchanligi ortadi, baozi hollarda o’simliklar 
temirning xloridli yoki sulfatli tuzlarining taosirida ezilib qolishi mumkin. 
Bor - V. Borning tuproq tarkibidagi umumiy miqdori 100 g tuproqda 0,15 mg 
dan 5,5 mg gacha bo’ladi. Bor alyumosilikatlar tarkibida to’planadi.


Bor O’rta Osiyodagi boshqa tuproqdarga nisbatan bo’z tuproqlar va 
serchirindili o’tloqi tuproqlarda ko’proq, yaoni bir kg tuproqda 250 mg ni tashkil 
etadi. Borli birikmalar tuproqqa organik o’g’itlar, pech qumi va baozi bir kaliyli 
o’g’itlarni solganda tushadi. 
Marganets Mn. Tuproq tarkibidagi marganets 0,01-0,4 % ni tashkil etadi.
Tuproqning chirindili ustki qatlami va illyuvial qatlamida to’planadi. 
Og’ir mexanik tarkibli hamda serchirindi to’proqlarda ko’proqdir. 
O’zbekiston hududidagi bo’z tuproqlarda bu element 0,6-0,07 % to’q tusli 
o’tloqi tuproqlarda bu elementning miqdori bundan ham ko’proqdir. 
Marganetsning suvda eriydigan nitratli, xloridli, sul’fatli birikmalari 
tarkibidagi marganetsni o’simliklar oson o’zlashtiradi. 
Mis Cu. Tuproqdagi organik mineral birikmalar ko’rinishida bo’lib, chirindi 
qatlamida to’planadi. 
Kislotali tuproqlarda mis eruvchan shaklda bo’lib, ammo neftral va ishqoriy 
reaktsiyaoli tuproqlarda esa mis o’simliklar uchun uncha yetarli bo’lmaydi. 
Tuproqlarda mis o’rtacha bo’lib, Ye.M.Kruglovaning maolumotiga ko’ra, 
Mirzacho’ldagi ekin ekilmagan och tusli bo’z tuproqlarning chirindili qatlamida 
0,002 % bo’lib, sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning yuqori qatlamida 0,003%, 
tipik bo’z tuproqlarda 0,003%, sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda 0,0048%, o’tloqi 
tuproqlarda esa 0,003-0,004% ni tashkil etadi.
Molibden - Mo. Tuproq tarkibidagi molibdenning umumiy miqdori juda oz 
bo’lib, 100 g tuproqda 0,02 dan 0,75 mg gacha. Kislotali muhitda molibdenning ko’p 
qismi uch valentli kationlar bilan bog’langan, bu tuproqlarda uning harakatchanligi 
juda past, shuning uchun bu tuproqlarda dukkakli ekinlar, gul karam va boshqa 
ekinlar ekilganda, molibden tanqisligi sezilib qoladi. 
Rux -Zn. 100 g quruq tuproq tarkibidagi miqdori 2,5-6,5 mg ni tashkil etadi. 
Rux, asosan, chirindili qatlamda ko’proq to’planib, chirindi bilan birgalikda 
murakkab birikmalar hosil qiladi. SHuningdek rux mineral kolloidlarga singdirilgan 
holatda va turli minerallar tarkibida uchraydi. 
E.M.Kruglovaning maolumiga ko’ra, bo’z tuproqlarda rxningumumiy miqdori 
0,006-0,012 % ni tashkil etadi.
Kobal’t - So. Tuproqdagi turli alyumosilikatlar tarkibida va kolloid 
zarrachalarga singldirilgan hamda turli organik-mineral birikma holida bo’ladi. 
Kobal’t miqdori tuproqda o’rtacha 3 % ni tashkil etadi. Qora, kashtan va bo’z 
tuproqlarda bu element miqdori ko’proqdir. Kislotali muhitga ega bo’lgan 
tuproqlarda o’simliklar kobaltni yaxshi o’zlashtiradi, chunki tuproqning kislotaliligi 
ortgan sari kobaltning harakatchanligi kuchayadi. Kislotali tuproqlarni ohaklaganda, 
kinlar uchun kobalt yetishmasligi seziladi. 
3. Mikroo’g’itlar, ularning turlari, normalari va foydalanish usullari. 
O’simliklarga juda oz miqdorda kerak bo’ladigan, tarkibida mis, rux, bor, 
marganets, molibden va kobalt bo’lgan birikmalarga mikroo’g’itlar deyiladi. 
1. Borli mikroo’g’itlar. Bor o’simliklarga juda oz miqdorda kerak bo’ladi. 
Lekin tuproq trkibidagi o’simliklarga o’zlasha oladigan shakli yetishmaydi. 
Bunday holatda qishloq xo’jalik ekinlaridan ko’zlangan hosilni olib bo’lmaydi. 


Quyidagi borli o’g’itlar foydalaniladi. 
1. Bor dotolitli un (....................) 
Voskrens kimyo kombinati ishlab chiqaradi. Tarkig’bida suvda xeruvchan 1,5-
2 % bor mavjud, och kul rangli poroshok. Bu o’g’itni turli xil usulda ishlatish 
mumkin. 
Bu o’g’itni yerga ekin ekilgunga qadar solinadigan bo’lsa, 1 ga maydonga kg 
hisobida: qan lavlagi - 1,5 kg, kartoshka va sabzavot - 1 kg, grechixa - 1 kg, zirk - 0,5 
kg solish lozim.
Erga solishdan oldin bu o’g’it boshqa o’g’itlar bilan yaxshilab aralashtiriladi, 
tuproqqa bir tekisda tushishi uchun. Ekish bilan birga berilganda mikroo’g’itlarning 
dozasi ikki marta qisqartiriladi. Ekish bilan birga borli superfosfat solinsa, yaxshi 
samara beradi. 
2. Borli superfosfat, donador holda ishlab chiqariladi, tarkibida 0,17-0,34 % 
bor va 15-18 % fosfor bor yoki 1-1,3 % bor va 36 % gacha fosfori bo’ladi. 
O’simliklarning eng yaxshisi, suvda to’la eriydigan o’g’itlar bilan oziqlantirgan 
maoqul. Bunday borli o’g’itlarga barat kislota kiradi, tarkibida 17,5 % bor mavjud.
Bura, tarkibida 11,3 % bor mavjud. 
Bor - magniyli tuz, tarkibida 0,9-5,3 % bor va 70-75 % magniy sulfat bor. 
Borli mikroo’g’itlardan haydov ostiga solish uchun uning suvda erimaydigan, 
lekin o’simliklarga o’zlashadigan shakllaridan foydalanish lozim. 
Bunday borli o’g’itlarga cho’ktirilgan borat-magniyli tuz kiradi. Tarkig’ida 1,5 
% va 19 % gacha magniy mavjud. 
2.Marganetsli mikroo’g’itlar. 
Marganetsli o’g’itlar sifatida marganetsli ruda sanoatiing chiqindisidan 
foydalaniladi. Bu chiqindilar tarkibida 10-18 % marganets mavjud. Tshqi ko’rinishi 
to’q kul rang yoki qora rangli poroshok. SHuningdek, tarkibida marganetsi bor 
boshqa chiqindilar ham borki, ulardan ham qimmatli marganetsli o’g’it sifatida 
foydalanish mumkin. 
Buar jumolasiga: ferromarganets changi, tarkibida 26-32 % marganets oksidi, 
marten shlagi, tarkig’ida 10-14 % marganets oksidi bor. Bu suvda erimaydigan 
moddalarni tuproqqa solinganda, ulardan marganets asta-sekin ajraladi va 
o’simliklarga o’zlashadigan shaklga o’tadi. 
2. Marganetsli superfosfat. Oddiy superfosfatga nodadorlashtirishdan oldin 10-
15 % marganetsli shlam qo’shiladi. Bu o’g’itda 18-19 % fosfor oksidi va 1,5-2,5 % 
marganets bo’ladi. 
3. Marganets sulfat. 
Qishloq xo’jaligida zarur bo’lgan marganetsli o’g’itlarning 30 % ga yaqinnini 
marganets sulfati tashkil etadi. 
Marganets sulfatdan urug’larni ekishdan oldin ishlashda va bargidan 
oziqlantirishda ishlatiladi. 
50-100 g marganets sulfat 300-400 g tal’p bilan aralashtirilib, qand lavlagi, 
bug’doy, makkajo’xori, arpa, no’xat, kungaboqarning 100 kg urug’i bilan 
aralashtiriladi. Yemevali daraxtlarga sepish uchun har gektariga shunday 
aralashmadan 600-1000 g sarflanadi. 


3. Misli mikroo’g’itlar.
1. Misli mikroo’g’itlardan eng ko’p tarqalgani sulfat kislota sanoatining 
chiqindisi pirit ogarogi, trkibida 0,3-0,6 % mis mavjud. Buning tarkig’ida misdan 
tashqari kobalt, molibden, rux va 50 % gacha temir ham bo’ladi. 
Bu o’g’itni 4-5 yilda bir marta har gektar hisobiga 500-600 kg dan kuzgi 
haydovostiga yoki bahorda ekishdan oldin kultivatsiya bilan tuproqqa solinadi. 
4. Molibdenli mikroo’g’itlar. 
Molibdenli mikroo’g’itlarga, asosan ammoniy molibdek kiradi. Tarkibidagi 
mlibden 35 % ni tashkil etadi.
Molibdenli o’g’it sifatida mis, elektrolampa ishlab chiqarish, molibden ishlab 
chiqarish sanoatining chiqindilaridan foydalaniladi. Molibdenli o’g’itlardan 
foydalanishning samarali va iqtisodiy tomondan tejamli usuli - bu urug’larni ekishdan 
oldin ishlashidir. 
5. Ruxli mikroo’g’itlar. 
Ruxli mikroo’g’itlarni shunday sharoitlarda ishlatish lozimki, ruxning 
harakatchan shakli, 1 kg tuproqda, noqoratuproq mintaqada 0,2-1,0 mg, qoratuproq 
zonada 0,3-2,0, kashtan va bo’z tuproqlarda 1,4-1,8 mg dan kam bo’lganda 
foydalanish mumkin. Ruxli o’g’it sifatida rux sulfat sanoatining chiqindisidan va 
ruxli 
bo’yoqlar 
ishlab 
chiqarishdagi 
zavodlarning 
chiqindisi 

polimikroudobreniyadan foydalaniladi. Uning tarkibida 19,6 % rux oksidi, 17,4 % 
rux silikat, 21.1 % alyuminiy oksidi va oz miqdorda mis va marganets ham bo’ladi. 
Makkajo’xori uchun har ga ga 20 kg dan MPU-7 solinadi. 
6. Kobaltli mikroo’g’itlar.
Kobaltli mikroo’g’itlarni qora tuproqlarda, madaniylashtirilgan chimli podzol 
tuproqlarda, Markaziy Osiyoning kashtan va bo’z tuproqlarida ishlatish yaxshi 
samara beradi. O’simlik mahsulotlarining parhezlik hususiyatini oshirishda bu 
o’g’itlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. 
Agarda 1 kg quruq pichan tarkibida kobaltning miqdori 0,07 mg dan 
kamaysa,, charvo hayvonlari okobal’toz kasalligi bilan og’riydi. SHuning uchun 
kobal’tli o’g’itlarda yaylovlarni, o’tloqlarni oziqlanishda foydalanish lozim, qaysiki 
tuproqlari kobalt bilan yaxshi taominlanmagan mintqalarda. 
Yuqorituproq mintqaning har bir kg quruq tuproq tarkibida 1,0-1,1 mg, qora 
tuproq mintaqasida 0,6-2,0 mg, Markaziy Osiyoning kashtan va bo’z tuproqlarining 
har bir kg da 1,-1,5 mg kobalt bo’lsa, kobaltli o’g’itlarning samaradorligi yuqori 
bo’ladi. 
Ildizdan tashqari oziqlantirish va urug’larni ekishdan oldin ishlash uchun 
kobalt sulfatning 0,01-0,1 % li eritmasidan foydalaniladi. 


Tayanch iboralar iboralar 
Mikroelementlar, fermentlar tarkig’iga kiruvchi, modda almashinuvi, 
oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari, uglevod azot almashinuvi, fotosintez jarayoni, 
mikroo’g’itlar, mikroelementlar, oksidlanish, marganets, molibden, kaliy, natriy, 
temir, kobalt, kobaltli mikroo’g’itlar, ildizdan tashqari oziqlantirish. 
Nazorat savollari 
1. Mikroelementlar deb nimaga aytiladi? 
2. Mikroelementlar o’simliklarda kechadigan qanday jarayonlarda aktiv 
ishtirok etadi? 
3. Qaysi mikroelementlar qishloq xo’jaligi sohaida qo’llaniladi? 
4. O’simliklar hayotidagi temirning ahamiyatini gapiring. 
5. O’simliklar hayotidagi marganetsning roli. 
6. Mining o’simliklarga taosiri. 
7. Molibdenning o’simliklar hayotidagi roli? 
8. O’simliklardagi ruxningmiqdori va rux yetishmasligi qaerlarda uchraydi? 
9. Nima uchun dukkakli ekinlar ko’proq kobaltni talab qiladilar? 
10. Mikroelementlarning tuproq tarkibidagi miqdorlarini ko’rsating. 
11. Bor qanday tuproqlarda ko’p bo’ladi. 
12. Kelajakda qishloq xo’jaligining misli mikroo’g’itlarga bo’lgan talabini 
qanday moddalar qondiradi? 
14. Molibdenli o’g’itlardan foydalanish usullarini gapiring. 
15. Kobaltli mikroo’g’itlar, asosan qaerlarda ishlatiladi va ularning ahamiyati 
qanday? 
16. Rux sulfati, asosan qanday maqsadda foydalaniladi? 
17. Kobaltli mikroo’g’itlarga misollar ayting. 
18. Molibdenli o’g’itlarga misollar ayting.
Adabiyotlar
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V.Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Agroximicheskie metodi issledovaniya pochv. M., 1975. 
5. 
Piroxunov T., Kariev A. Effektivnost’ primeneniya molibdena i tsinka pod 
xlopchatnika i lyutsernu. T., 1974. 
MA’RUZA 13: ODDIY, ARALASH VA MURAKKAB MINERAL O’G’ITLAR. 
KOMBINATSIYALANGAN VA SUYUQ MURAKKAB O’G’ITLAR. 
REJA: 
1. Oddiy mineral o’g’itlar
2. Aralash mineral o’g’itlar


3. Murakkab mineral o’g’itlar
4. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan mineral o’g’itlar
5. Suyuq kompleks o’g’itlar
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Oddiy mineral o’g’itlar. 
Kimyo sanoatining ishlab chiqarayotgan o’g’itlarning yarmidan kupi oddiy 
mineral o’g’itlar xissasiga to’g’ri keladi. Tarkibida oziqa elementlaridan biri bo’lgan 
mineral o’g’itlarni oddiy minerallar deb atash qabul qilingan. 
Amalda esa o’simliklarning oziqlanishini yaxshilash uchun, oziq elementlariga 
bo’lgan talabini bir vaqtda qondirish maqsadida birdaniga bir necha oddiy mineral 
o’g’itlar aralashtirilib solinadi. 
CHunki qishloq xo’jalik ekinlariga har bir oddiy mineral o’g’itlarni alohida -
alohida solinganda, juda ko’p mehnat, yonilg’i-moylash materiallari va qat sarf 
bo’ladi. 
Bu esa iqtisodiy tomondan ham samarali emas. SHundan kelib chiqib, o’g’itlar 
aralashmasini tayyorlash zarurati tug’iladi. 
2. Aralash mineral o’g’itlar. 
Aralash mineral o’g’itlarning tayyorlanishi ularning tuproqa solishdagi sarf 
harajatlarni kamaytiribgina qolmasdan, balki ushbu o’g’itlarning fizik xususiyatlarini 
ham yaxshilaydi. Aralash mineral o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy donadorlashtirilgan 
yoki donadorlashtirilmagan o’g’itlarni maxsus o’g’it aralashtirish zavodlarida, 
agrokimyo markazlarida yoki bevosita xo’jaliklarda aralashtirish yo’li bilan olinadi. 
Bunda o’g’itlar solishga ketadigan vaqt hamda mehnat o’g’itlarni alohida alohida 
solishdagiga nisbatan ancha tejaladi va ularning samaradorligi ortadi, chunki barcha 
zaruriy o’g’itlar birdaniga solinadi. Ular dala bo’ylab bir meoyorda taqsimlanadi va 
ayrim oziq elementlari har bir joda ham bo’ladi. 
O’g’it solinadigan ekinning ehtiyojiga va tuproqni xossalariga bog’liq holda 
o’g’itlar aralashmalarining tarkibi N:R:K nisbati turlicha bo’lishi mumkin. 
SHu jihatdan olganda ular tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdori har xil 
tuproqlardagi ekinlarga solish uchun doim ham to’g’ri kelavermaydigan kompleks 
o’g’itlardan ustun turadi. Ldekin har qanday o’g’itni ham bir biri bilan aralashtirib 
bo’lmaydi, chunki ular orasida sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiyalar natijasida 
ko’ngilsiz o’zgarishlar - fizik xossalarining yomonlashuvi, eruvchanligining 
kamayishi yoki zaruriy oziq moddalarning yo’qolishi hollari sodir bo’lishi mumkin. 
Aralashtirish yo’li bilan o’g’itlarning mushtlashib qolishini kamaytirish va 
sochiluvchanligini yaxshilash mumkin. Misol tariqasida, ammiqakli selitra, pretsipitat 
va kaliy sul’fatdan iborat o’g’itlar aralashmasini olib ko’raylik. Ammiakli selitra 
nomini o’ziga tez tortib oladi, gigroskopikligi kuchli va tezda qotib qoladi. Yerga 
solishdan oldin uni albatta maydalash lozim bo’ladi. 
Pretsipitat va kaliy sulfat esa gigroskopik emas, qotib qolmaydi. 


Ammiakli selitraning ular bilan aralashmasi yaxshi fizik xususiyatga ega 
bo’ladi, yaoni aralashma yaxshi sochiladi, dalaga bir tekisda tushadi.
Mayda kristall holida kaliy xlorid ham juda gigroskopikdir.
Kaliy xloridni fosforit uni bilan aralashmasi uning fizik xususiyatini 
yaxshilaydi. Huddi shunday ammiakli selitra bilan fosforit unining aralashmasida 
ham shunday holatni kuzatish mumkin. 
Aralash mineral o’g’itlarni xo’jaliklarning o’zidja ham tayyorlash mumkin. 
Lekin xo’jaliklarda mineral o’g’itlarni talab darajasida aralashtiradigan mexanizmlar 
mavjud emas.
SHuning uchun xo’jaliklarda odamlar o’g’itlarni yerga solishdan oldin qo’lda 
aralashtirib, keyin soladilar. Ammo bunda o’g’itlar bir tekis aralashmaydi va ko’p 
mehnat talab qiladi. O’g’itlar va insektofungitsidlar ilmiy tekshirish institutining 
maolumotiga ko’ra, lavlagi ekiladigan rayonlarda va Markaziy Osiyoning paxta 
yetishtiradigan mintaqalarida o’g’itlarga ketgan sarf-xarajatlarning 50 % qismini 
o’g’itlarni aralashtirish uchun ketgan sar harajatlar tashkil etar ekan.
O’g’itlar aralashmalarini tayyorlashda maolum bir cheklanishlar mavjudki, 
hamma o’g’itlar ham bir-biri bilan aralashavermaydi. Bu ham xo’jalik sharoitida 
ishning murakkablashuviga olib keladi. 
O’g’itlar aralashmasini zavodlarda tayyorlab solinadigan tuproq sharoitlarini 
o’simliklarning biologik xususiyatlarini hisobga olib, ishlab chiqarish maqsadga 
muvofiq bo’lar edi. 
O’g’itlar aralashmasini tayyorlashni mexanizatsiyalash ularning tannarxini 
keskin pasaytiradi. 
O’rta Osiyo Respublikalarida 40-yillardayoq azotli va fosforli o’g’itlardan 
aralashmalar tayyorlash yo’lga qo’yilgan edi. 
AQSH, Angliya, Frantsiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ishlayotgan 
o’g’itlarning yarmidan ko’pi aralashma holida foydalaniladi. Qanday aralashmalar 
ishlab chiqarish kerak, degan muammo ko’ndalang bo’ladi, chunki aralashmalarning 
tarkibi 3 shartni qondirishi lozim. Birinchidan, tuproq tarkibidagi o’simliklarga 
o’zlashadigan shakldagi ozuqa elementlari bilan tuproqning taominlanganlik 
darajasini hisobga olish lozim. Ikkinchidan, aralashma o’g’itlanayotgan ekinning 
talabiga, ozuqa elementining shakli va nisbatiga javob berishi kerak. 
Bu esa nafaqat hosil miqdoriga, balki uning sifatiga o’g’itning samarali 
taosirini belgilaydi. Uchichidan, aralashmani tayyorlayotganda, uni asosiy o’g’it 
sifatida, ekish bilan birga beriladimi yoki o’suv davridagi oziqlantirishda 
ishlatiladimi, shularni ham hisobga olish lozim. 
3. Murakkab mineral o’g’itlar. 
Murakkab mineral o’g’itlarga shunday kimyoviy birikmalar kiradiki, ularning 
tarkibida 2 yoki 3 ta ozuqa elementlari mavjud bo’ladi, qaysiki, ular o’simliklar 
uchun eng kerakli bo’lgan ozuqa elementlaridir. Eng yaxshi murakkab mineral 
o’g’itlardan biri - bu ammofosdir. 
Bu o’g’itda ballasti yo’q. 
Bu tuzni tashkil etgan ammoniy va fosfat ionlari hamma o’simliklarga kerak va 
ular hamma tuproqlarda o’simliklar tomonidan oson o’zlashadi. Ammofos tarkibida 
11-12 % azoti va 46-60 % atrofida o’zlashuvchan fosfori bor. 


Ammofosni ishlab chiqarish texnologiyasi juda soddadir, yaoni ammiakni 
fosfor kislota bilan neytrallashga asoslangan. 
Ammofos yuqori kontsentratsiyali o’g’it bo’lib, undan foydalanganda juda 
katta iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
Fosfoammomagneziya - yoki magniy - ammoniy - fosfat, kam eruvchan 
murakkab o’g’it, tarkig’ida 8 % azot va 40 % fosfori mavjud. 
Bu o’g’itning tarkibidagi ammoniyni nitrifikatsiya jarayoni ham sulfat va nitrat 
ammoniylarniki kabi tez boradi. Asosiy o’g’it sifatida foydalaniladi, hatto katta 
dozalarda ham o’simliklarga zararli taosir ko’rsatmaydi. Bu o’g’itning tarkibiga 
marganets, mis, rux kabi mikroelementlarni ham qo’shish mumkin. Natijada 
berkitilgan yoki yopilgan tuproq sharoitida ham foydalanish mumkin bo’lgan o’g’itga 
aylanadi. 
4. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan mineral o’g’itlar. 
Nitrofosforlar va nitrofoskalar appatit yoki fosforitni nitrat kislota bilan 
parchalanish orqali olinadi. Bunda kal’tsiyli selitra va kal’tsiy monofosfat aralashgan 
dikal’tsiyfosfat olinadi. 
Kaltsiy nitrat juda gigroskopik bo’lganligi sababli bunday aralashma tezda nam 
tortib qoladi. O’g’itni fizik xossalarini yaxshilash uchun ortiqcha kaltsiy eritmadan 
ajratib olinadi, buning uchun kaltsiy nitrat boshqa birikmalarga aylantiriladi. 
Bu ish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Qaynoq pul’pa aralashmasiga 
ammiak yoki sul’fat kislota yoki ammoniy sul’fat qo’shiladi. Bunda kal’tsiy nitrat 
o’rniga gigroskopikligi kamroq bo’lgan ammoniy nitrat va gips hosil bo’ladi.
Sul’fat kislotali va sul’fatli nitrofoslar dikal’tsiy fosfat, ammoniy fosfat, 
ammoniy nitrat va gpsdan tarkib topadi. Ammoniy sulfatning yoki sulfat kislotaning 
miqdoriga qarab, o’g’it tarkibidagi suvda eriydigan fosfor miqdori turlicha bo’ladi. 
Boshqa usulda eritmadan ortiqcha kal’tsiyni ajratib olish uchun pul’paga ammiak va 
ancha arzon karbonat kislota qo’shiladi. Bunda dikal’tsiy fosfat, ammoniy nitrat va 
kal’tsiy karbonatdan iborat karbonatli nitrofoska olinadi. 
Kal’tsiy nitratni muzlatish va so’ngra ammiak hamda sul’fat kislota 
aralashmasi bilan ishlov berish usuli ham qo’llaniladi. Bunda ammoniy nitrat, 
dikal’tsiy fosfat va ozroq miqdoridagi ammoniy fosfat aralashmasidan iborat 
muzlatilgan nitrofos olinadi. 
Fosforli nitrofoska ballastsiz va juda kontsentrlangan o’g’it tarkibida 50 % 
oziq moddalar bo’ladi. 
Uning tarkig’idagi fosforning 50 % i suvda eriydigan shaklda bo’ladi. Bu 
o’g’itni ekishdan oldin va ekish bilan birga ishlatiladi. Demak, nitrofoskalarda azot 
va kaliy oson eruvchan birikmalar holida bo’ladi. Fosfor esa, asosan kal’tsiy fosfat va 
qisman suvda eriydigan ammoniy fosfat hamda kal’tsiy monofosfat holida bo’ladi.
Karbonatli nitrofoskada suvda eriydigan fosfori bo’lmaydi, shuning uchun u 
faqat kislotali tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatiladi.
Nitrofoskalarning xrakteristikasi 


markasi
azot, %
o’zlashtiriladigan 
fosfor 5-oksid 
kaliy oksidi, % 
A (16:16:13) 
16-14 
16-17 
13-14 
B (13:16:13) 
12,5-13,5 
8,5-9,5 
12,5-13,5 
V (12:12:12) 
11-12 
10-11 
11-12 
Nitrofoskalar donador holda, donachalarining o’lchami 2,5-4 mm yoki 1,65-2,8 
mm qilib chiqariladi, qog’oz qoplarga joylanadi. Nitrofoska asosiy o’g’it sifatida 
ekishgacha tuproqqa solinadi, tarkibidagi fosforning ko’p qismi suvda eruvchan 
shaklda bo’lganlari esa ekish vaqtida qatorlarga va uyalarga hamda oziqlantirish 
maqsadida solinadi.
Nitroammofoslar va nitroammofoskalar 
Nitrat hamda fosfat kislotalar aralashmasining ammiak bilan neytrallab olinadi. 
Monoammoniy fosfort asosida olinadigan o’g’it nitroammofos, kaliy qo’shilganda 
esa nitroammofoska deyiladi, diammoniy fosfat asosida olingan o’g’it-tegishlicha 
diammonitrofos va diammonitrofoska deyiladi. Bu kompleks o’g’itlar tarkibida oziq 
moddalarning ko’pligi bilan boshqa o’tish yeridan farq qiladi, ularni olish paytda esa 
tarkibidagi azot, fosfor va kaliyni orasidagi nisbatni o’zgartirish uchun katta 
imkoniyat bo’ladi. 
Nitroammofoslar azotning miqdori 10-30 % va fosfor 14-30 % oralig’ida qilib 
chiqarilishi mumkin. 
Karboammofoslar yoki tarkibidagi azot amid va ammiak shaklida, fosfor esa 
suvda eriydigan shaklda bo’ladi.
Ularni ishlab chiqarish mochevinaning fosfat kislota bilan yoki ammofos 
hamda diammofos bilan kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga asoslangan. 
O’g’itlar tarkibida 24-48 % azot, 48-18 % fosfor bo’lishi mumkin. 
Uchlamchi kombinatsiyalngan o’g’it olish uchun kaliy xlorid qo’shiladi. 
Karboammofoskalarda oziq moddalarning umumiy miqdori 60 % gacha bo’ladi.
Karboammofoskalar azot-fosfor - kaliyning nisbatlari quyidagicha qilib 
chiqariladi: 1:1:1; 1,5:1:2; 2:1:1 va 1:1.5:1. 
Nitroammofosfatlarning harakteristikasi 
o’g’itlar
azot, % 
fosfor 
oksidi, 

kaliy oksid, 

nitroammofos 
a markasi (1:1) 
23 
23 

b markasi (1:1.5) 
16 
24 

nitroammofoska 
1-navi (NRK-50 %) 
16 
16 
18 


2-navi (NRK - 44 %) 
14 
14 
18 
karboammofos 
30 
30 

karboammofoska 
1-navi (NRK - 60 %) 
20 
20 
20 
Ammoniy polifosfatlar - polifosfat kislotani ammiak bilan neytrallash orqali 
olinadi.
Polifosfat, boshqacha aytganda superfosfat kislota orto-piro va ozroq 
miqdordagi polifosfat kislotalar aralashmasidan tarkib topgan bo’lib, tarkibida 75 % 
atrofida fosfori bor. 
Ammoniy polifosfatda esa 17 % azot, 60 % fosfor bo’ladi. Bu o’g’itlarning 
fizik xossalari yaxshi, barcha ekinlarga ishlatish mumkin, o’g’itlar aralashmasi uchun 
va suyuq kompleks o’g’itlar tayyorlashda yaxshi komponent hisoblanadi.
5. Suyuq kompleks o’g’itlar. 
Qishloq xo’jaligiga ko’plab miqdorda suyuq azotli o’g’itlardan ammiakli suv 
yetkazib berilmoqda. 
Bu o’g’itni ishlatish uchun germetik berkiladigan idishlar zarur, aks holda ko’p 
miqdorda azotni yo’qotish mumkin. 
Bu o’g’itning tarkibida faqat ammiak ko’rinishidagi azot bor, xolos. 
Suyuq kompleks o’g’itlar tarkibida esa 2 yoki 3 ta ozuqa elementlarining 
eritmasi bo’ladi. Ularga ikkinchi darajali ozuqa elementlari va mikroelementlarni 
ham qo’shish mumkin. 
Tajribalar qattiq va suyuq kompleks o’g’itlarning o’simliklarga taosiri deyarli 
bir xil ekanligini ko’rsatgan. 
Suyuq kompleks o’g’itlar perspektivali o’g’itlar turiga kiradi. 
Bu o’g’itlarni olishning printsipial sxemasi fosfor kislotani ammiak bilan 
neytrallashga asoslangan (rN=6,5 gacha). 
Suyuq kompleks o’g’itlarning 2 turi mavjud bo’lib, ularni ishlab chiqarishda 
foydalanilayotgan fosforning shakliga qarab farqlanadi:
1. Ortofosfor kislota 
2. Superfosfor kislotasi 
Ularning tarkibg’ida azotn ko’paytirish maqsadida ammiakli selitra, mochevina 
yoki mochevina va ammiakli selitra aralashmasi qo’shiladi. 
Termik fosfor kislota asisda olingan suyuq kompleks o’g’itlar - tiniq, rangsiz 
suyuqlikdir.
Issiq aralashtirishda fosfor va polifosfor kislotalar gaz holidagi va ammiakli 
suv bilan neytrallanadi, shuningdek olingan aralashmaga oldindan tayyorlangan 
komponentlar ham qo’shiladi va ular ham eritiladi. 
Azotli va kaliyli komponentlar sifatida ko’proq mochevina ammoniy-nitratli 
eritmalar va kaliy xlorid qo’shiladi. 
Sovuq aralashtirib tayyorlashda esa oldindan tayyorlangan komponentlar 
mexanik ravishda bir-biri bilan aralashtiriladi. 
Sovuq aralashtirishda ammoniy fosfat va qattiq diammoniyfosfat eritmalaridan 
foydalaniladi.


Polifosfor kislota asosida olingan suyuq kompleks o’g’itlar tarkibidagi ozuqa 
elementlarining miqdori 40 % dan ko’pdir.
Bunday eritmalar tarkibida 3 ta elementi bo’ladigan subq kompleks o’g’itlar 
ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ularning tarkibi har xil bo’lib, ularga 
mochevina, ammiakli selitra va kaliy xlorid qo’shiladi. 
Bu o’g’itlarning zichligi 1,35-1,40 ga teng, kristallanish harorati 18 S. Ular 
uzoq aqt saqlanganda har xil nuqsonlar paydo bo’lmaydi. 
Suyuq kompleks o’g’itlarda erkin ammiak bo’lmaydi. SHuning uchun ularni 
tuproq yuzasiga bemalol sepish mumkin va uni har xil tuproqqa solinadi. 
Suyuq kompleks o’g’itlar maxsus agregatlar yordamida har qanday ekinlarga 
solinishi mumkin. 
Bu o’g’itlarni sug’orib dehqonchilik qilinadigan joylarda ham qo’llash 
mumkin.
Suyuq kompleks o’g’itlar bilan birga gerbitsidlarni, insektitsidlarni, 
mikroelementlarni 
va 
har 
xil 
o’simliklarni 
o’sishini 
tezlashtiruvchi 
biostimulyatorlarni ham qo’shib ishlatish mumkin. Bunday operatsiyalar esa juda 
katta iqtisodiy samara beradi. 
Tayanch iboralar iboralar 
Oddiy mineral o’g’itlar, aralash mineral o’g’itlar, fizik xususiyatlari, iqtisodiy 
samaradorligi, aralashmalar tarkibi, mineral o’g’itlar, murakkab mineral o’g’itlar, 
azot 
va 
fosfor 
o’rtasidagi 
nisbat, 
ammiakni 
to’yintirish, 
diammofos, 
kombinatsiyalangan 
o’g’itlar, 
sul’fatli 
sxema, 
ikkinchi 
darajali 
ozuqa 
elementlari,termik ortofosfor kislota, azot fosforli suyuq kompleks o’g’itlar, issiq 
aralashtirish, sovuq aralashtirish. 
Nazorat savollari
1. Oddiy mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi? 
2. Aralash mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi va ularning 
ahamiyati. 
3. Murakkab mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi? 
4. Ammofos va diammofosning ahamiyati va kamchiliklarini ayting. 
5. O’g’itlarni aralashtirishda qanday omillarni hisobga olish zarur? 
6. O’g’itlar aralashmalarining tarkibi qanday shartlarni qondirish kerak? 
7. Murakkab o’g’itlardan qanday o’g’it sifatida foydalaniladi? 
8. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan o’g’itlarga qaysilar kiradi? 
9. Suyuq kompleks o’g’itlar necha xil bo’ladi? 
10. Issiq aralashtirish usulini ayting. 
11. Sovuq aralashtirish usulini gapiring. 
12. Suyuq kompleks o’g’itlardan qanday foydalaniladi? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 


4. 
Spravochnik po oborudovaniyam. Izd-vo “KOLOS” m., 1964. 
MA’RUZA 14: MINERAL O’G’ITLARNI SAQLASH, TASHISH VA TUPROQQA 
SOLISH. MINERAL O’G’ITLAR BILAN ISHLASHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
REJA:
1. Mineral o’g’itlarni saqlash 
2. Mineral o’g’itlarni tashish 
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish 
4. Mineral o’g’itlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi. 
5. Tayanch iboralar
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mineral o’g’itlarni saqlash. 
O’g’itlarni saqlash, tashish va tuproqqa solishni to’g’ri tashkil etish 
isrofgarchiliklarni kamaytirish va o’g’itlarning samaradorligini oshirishda muhim 
ahamiyatga ega.
Mineral o’g’itlar tipovoy loyqalar asosida qurilgan, temir yo’l stantsiyalari 
yaqinidagi, 
shuningdek 
bevosita 
xo’jaliklarining, 
ulardagi 
kgrokimyoviy 
punktlaridagi maxsus omborlarda saqlanadi. 
Mineral o’g’itlar ochiq, jihozlanmagan maydonlarda saqlanganda ularning 
anchagina qismi isrof bo’ladi va sifati buziladi. Ngam tortadi, mushtlabi qoladi, 
tarkibidagi oziq moddalar miqdori kamayadi. 
Yomg’ir qor va gurunt suvlari oqib chiqib ketadigan qilib ishlangan, maxsus 
tayyorlangan, asfalt bosilgan yoki betonlangan oziq maydonlarda o’g’itlarni 
polietilen qoplarda texnogen holda saqlashga ruxsat etiladi. 
Bunda qoplarni yog’och taglikka taxlash kerak va ustidan brezent yoki 
polietilen plyonka yopib qo’yiladi. 
O’g’itlarni omborlarda saqlash zaruriyati ularning mavsumiy ishlatilishi va yil 
davomida notekis kelishi bilan bog’liq. Omborlarning tiplari va o’lchamlari turlicha 
bo’ladi, ular o’g’itlarning yil davomida kelib ketishini hisobga olgan holda maolum 
sig’imiga mo’ljallangan bo’ladi. Temir yo’llar yonidagi va stantsiyalardagi 
omborlarning sig’imi xo’jaliklarning omborlariga nisbatan ancha katta bo’ladi. 
Omborlarning binosi temir-beton va yengil yog’och konstruktsiyalardan, shuningdek, 
g’isht va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan quriladi. Ular turar joy, jamoat va 
ishlab chiqarish binolaridan kamida 200 m uzoqlikda bo’ladi.
Temir yo’l va stantsiya yaqinidagi omborlar sig’imi shu ombor xizmat 
ko’rsatadigan xo’jaliklarning soniga, ularning ombordan uzoq yaqinligiga, kelajakda 
o’g’itlarga yillik ehtiyoj qancha bo’lishiga qarab, shuningdek, ombor qurishga hamda 
o’g’itlarning xo’jaliklarga tashishga sarflanadigan minimal sarf-xarajatlarni hisobga 
olgan holda aniqlanadi. 
Temir yo’l yaqinidagi omborlarda mintaqaviy sharoitlarga bog’liq holda 
o’g’itlarning yillik kelib ketishi ikki, uch va to’rt martagacha borishi mumkin.


Xo’jalik omborining o’lchamlari uning kelajakda mineral o’g’itlarga 
bo’ladigan ehtiyojiga va ularning keltirish-sarfldash koeffitsientiga bog’liq bo’ladi.
Kelajakda o’g’itlarga ehtiyoji 1-2 ming tonnadan kam bo’lgan xo’jaliklarda 
mineral o’g’itlarning xo’jaliklararo omborlarini qurish maqsadga muvofiqdir. 
Tipovoy loyixalar bo’yicha qurilgan omborlar quidagi asosiy talablarga javob 
berishi kerak: 
o’g’itlarga atmosfera yog’in sochinlari, qor, va gurunt suvlari tegmasligi. 
Omborda mikroiqlim yaratilishi lozim. 
O’g’itlarni yuklash - tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon berishi 
lozim. 
Idishlarga joylanmagan o’g’itlarni tushirish uchun omborda qabul qurilmasi 
bo’lishi, omborning tagi albatta beton yoki asfatl bo’lishi shart. 
Idishlarga joylangan hamda joylanmagan o’g’itlar omborlarda aloxida aloxida 
saqlanadi. Ular turiga va shakliga qarab maxsus xonalarga joylashtiriladi yoki 
idishlarga solinmagan o’g’itlar ko’chma to’siqlar bilan ajratib qo’yiladi. Xonaning 
yoki sektsiyaning old tomoniga o’g’itning nomi, tarkibidagi oziq moddalarning 
miqdori, olingan vaqti yozilgan yorliqlar osib qo’yiladi. 
Idishlarga joylanmagan o’g’itlar 2-3 m balandlikdagi uyum holida saqlanadi. 
Polga sochilgan o’g’itlar yig’ishtirib olinadi. Idishlarga joylangan o’g’itlar yassi yoki 
ustunlarga o’rnatilgan tagliklarga joylashtiriladi. Har bir taglik uch qavat va besh 
qatordan iborat bo’ladi. 
Namlik yetarli darajada va ortiqcha bo’ldigan joylarda idishlarga joylangan 
o’g’itlarni panjara tagliklarga va stelajlarga joylashtirigan maoqul. 
Joylashtirish vaqtida ehtiyoj bo’lish mumkin. Idish yirtilib -buzilganda o’g’itni 
darhol boshqa idishga joylashtirilishi lozim. Ammiakli selitraning o’t olish xavfi bor, 
shuning uchun u maxsus jihozlangan ajratilgan sektsiyalarda yoki alohida omborgda 
saqlanadji. 
Ammiakli selitra solingan paketlarni stelajlarda yoki korroziyalanmaydigan 
ustunli tagliklarda 10 qavat qilib taxlangan holda saqlangan maoqul. 
Taxlangan joy bilan devor orasidagi masofa 1m, uyumlar orasida esa 3 m 
gacha bo’lishi kerak. 
2. Mineral o’g’itlarni tashish. 
Mineral o’g’itlar zavoddan temir yo’l yaqinidagi omborlarga temir yo’l 
transportida, bu omborlardan xo’djaliklarni omborlariga es avtotransportlar tashiladi. 
Mineral o’g’itlarni temir yo’l transporida tashish va vagonlarni bo’shatish 
vaqtida isrofgarchilikni kamaytirish maqsadida quyidagilarga rioya qilish zarur: 
topish uchun faqat butun vagonlardan foydalanish lozim; 
maqsadlarga mo’ljallangan usti yopiq temir yo’l vagonlarida, asosan paketlarda 
hamda vagonlarga yaxshi o’rnatilgan ustunli tagliklarda tashish lozim, vagonlardan 
paketlardagi o’g’itlarni tashib ketish uchun vagon eshiklari keng bo’lishi kerak. 
Idishlarga joylashmagan donador o’g’itlarni yaxshi ixtisoslashgan o’z-o’zidan 
tushiriladigan vagonlarda yoki eshiklari o’z-o’zicha zich berkiladigan, to’siqlar bilan 
jihozlangan usti yopiq umumiy vagonlarda tashigan maoqul. 
Fosforit uni va ohak temir yo’l tsisternalarida - tsementavozlarda yoki maxsus 
o’zi to’kadigan vagonlarda tashiladi. 


O’g’itlarni avtotransportda tashishda yopiq kuzovli maxsus avtomashinalardan, 
odatdagi avtomashinalar bilan tashishda esa kuzov ustini to’kmaydigan material bilan 
qoplash lozim. 
O’g’itlar tushirib olingandan keyin avtomobillarning kuzovlarini yaxshilab 
tozalash kerak. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish uchun tayyorlashda, ularni dalaga 
tashib olib boishda va yerga solishda iloji boricha o’g’itni isrof qilmaslik lozim. 
O’g’itni solishga tayyorlash, ularni maydalash va aralashtirish ishlari 
maydalagich va o’g’it aralashtirish mashinalaridan foydalangan holda bevosita
omborning o’zida bajariladi, maydalagich va aralashtirgichlar bo’lmaganida esa bu 
ilar qulda-albatta asfalt yoki beton maydonchalarda bajariladi. 
O’g’itni dalaga tashib borish va ularni solish ishlari to’g’ri oqimi va ag’darma 
texnologiya bo’yicha bajarilishi mumkin. 
Birinchi holda o’g’itlar bitta mashinaning o’zi bilan tashiladi va tuproqqa 
solinadi. 
Ikkinchi holda esa o’g’itlar dalaga avtotransport vositalari bilan olib boriladi va 
dala chetidagi maxsus tayyorlangan maydonchalarga ag’darib kelinadi va so’ngra 
o’g’itlar sogichlarga yuklanadi. Avtotransport kuzovlarining teshiklari yaxshilab 
berkitilishi lozim. 
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish. 
Mineral o’g’itlarni tuproqqa turli usullarda solish mumkin.
O’g’itlarni tuproqqa solishda, ayniqsa aviametod bilan solishda o’g’itlanadigan 
maydondantashqariga to’kilishi hisobiga ular isrof bo’lishi mumkin. 
Markazdan qochirma soggichlardan foydalanilganda, o’g’itni uzatib beradigan 
qurilma uzib qo’yilganda, o’g’itlar tarqalilarga o’z-o’zini to’kilishi, shuningdek, dala 
bo’ylab notekis taqsimlanishi yo’l qo’yiladigan normadan ortib ketishi mumkin. Bu 
esa ularning samaradorligini kamaytiradi. 
O’g’itlar solishning optimal dozalari, muddatlari va solish usullariga rioya 
qilinmaganida, tuproqqa o’g’itlar solingandan keyin ham oqar suvlar olib ketishi va 
pastki qatlamlarga yuvilib ketishi natijasida o’g’itlardagi oziq mddalar isrof bo’lishi 
mumkin.
Isrofgarchiliklarni kamaytirish uchun o’g’itlarni agrokimyo xizmatining va 
ilmiy tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq holda foydalanish, ularni kuzgi-qishki va 
erta bahorgi davrlarda ortiqcha namlangan tuproqlarga hamda tekislanmagan rel’efi 
dalalarga solinishiga yo’l qo’ymaslik, bahorgi ekinlar va ko’p yillik o’tlarga bahorgi 
oziqlantirish maqsadida solish ishlarining qor erib ketganidan va tuproq yuzasidagi 
hamda ichidagi erigan qor suvlari oqib ketgandan keyin amalga oshirish kerak. 
O’g’itlarni dalaga iloji boricha bir meoyorda taqsimlanishiga erishish zarur, 
buning uchun markazdan qochma sochgichlarni to’g’ri boshqarish, burilishlarda 
o’g’it mashinalari ish organlarini o’z vaqtida uzib ulashni qatoiy nazorat qilib turish 
kerak. 
Samolyotlardan foydalanilganda aniq signalizatsiya sistemasini taominlash, 
o’g’itlanadigan maydon chegaralarini belgilash va shamol bo’layotgan vaqtda o’g’it 
sepmaslik muhim ahamiyatga ega. O’g’it va zahar ximikatlar sepish uchun aviatsiya 
ishlatish harakatlarini ko’paytirsa ham, lekin dalalarga tez kimyoviy ishlov berish 
zarur bo’lganda yoki juda namlangan dalalarda mashinalardan foydalanish mumkin 


bo’lmagan hollarda muhim ahamiyatga ega. Bunda o’g’it va zaharli kimyoviy 
vositalar ishlatishga qilingan ortiqcha xarajatlar ishlarni bajarishning optimal 
muddatlariga rioya qilish natijaida olinadigan qo’shimcha hosil hisobiga qoplab 
ketadi. 
SHu sababli o’g’itlarni mashinada va aviatsiyada solish bir-birini to’ldirish 
lozim. Ikkala usulda bajariladigan ishlar hajmining nisbatlari konkret zonal 
sharoitlarga qarab belgilanadi. 
Sug’orib dehqonchilik qilinadigan bizning sharoitimizda mineral o’g’itlar 
tuproqqa asosan yer ustki agregailari bilan solinadi. Asosiy o’g’itlarni kuzgi haydov 
ostiga solish uchun NRU-500, RUM tipidagi sochish agregatlaridan foydalaniladi. Bu 
agregatlar mineral o’g’itlarni tuproqning yuzasiga bir tekisda sepadi. 
Qolgan holatlarda mineral o’g’itlar asosan oziqlantirgich kultivatorlar bilan 
solinadi. 
Ekishdan oldin tuproqqa ishloq berish paytida mineral o’g’itlarni chizel -
kultivatorlar bilan 18-20 sm chuqurlikka solinadi. Ekish bilan birga beriladigan azotli 
va fosforli o’g’itlar ekish chizig’idan 5-6 sm yonboshga va 10-12 sm chuqurlikka 
solinadi. Asosiy qishloq xo’jalik ekini hisoblangan g’o’zani oziqlantirishda ham 
o’g’itlarni KRX tipidagi kultivator oziqlantirgichlar bilan tuproqqa bir necha 
oziqlantirishlarda solinadi: 
g’o’zani birinchi oziqlantirish 2-4 ta chin barg chiqarganda amalga oshiriladi. 
Bunda mineral o’g’itni g’o’za qatoridan 12-15 sm yoniga va 14-16 sm chuqurlikka 
solinadi. Bunda azotli o’g’itlar solinadi. 
4. Mineral o’g’itlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi va mehnat 
muhofazasi. 
Mineral o’g’itlar bilan ishlashda ishlovchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi 
va mehnat muhofazasi qoidalariga qatoiy rioya qilishlari lozim. 
O’g’itlar va ohakli materiallar bilan ishlashga 18 yoshdan kichik bo’lmagan 
shaxslargagina ruxsat etiladi. 
Ishlovchilarning hammasi o’g’itlar bilan ishlashni boshlashdan oldin texnika 
xavfsizligi va mehnat muhofazasiga oid instruktajdan o’tishlari zarur. O’g’itlar bilan 
ishlashdagi texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalari ombor binosiga ilib tso’yilgan 
bo’lishi kerak. 
Ombor ichida va ombor tashqarisida o’g’itlar bilan ishlashda barcha ishchilar 
shu xildagi ishlar uchun tavsiya etilgan maxsus kiyim: kamenzon, qo’lqoplar, 
ko’zoynak, raspiratorlar yoki protivogazlar kiyib olishlari kerak. 
Ammiakli selitrani saqlashda yong’inga qarshi qoidalarga rioya qilish zarur. 
Uni ombor tashqarisida uyum holida va yonuvchan moddalar bilan birgalikda 
saqlash mumkin emas. Ammiakli selitra saqlanadigan omborda chekish, ochiq 
alangadan foydalanish va qizdirish vositalaridan foydalanish taoqiqlanadi. 
O’t chiqib ketganida uni faqat suv sepib o’chirish darkor. 
O’t o’chirish vaqtida ajrab chiqayotgan azot oksidlaridan zaharlanib qolmaslik 
uchun protivogazdan foydalanish lozim. Suyuq ammiak bilan ishlashda, ayniqsa 
ehtiyot bo’lish kerak. 


O’g’itlar bilan to’xtovsiz ishlashda respiratordan foydalanilayotgan bo’lsa, har 
yarim soatdan keyin 5 minut tanaffus qilish tavsiya etiladi. 
Ish kunining oxirida, ish tugagandan keyin yuvinish lozim. 
Ish joyida doimo toza suv zapasi va dori-darmonlar qutichasi bo’lishi kerak. 
O’g’itlar ko’zga tushganda, uni darhol ko’p miqdordagi toza suv bilan yuvish va 
tezlik bilan tibbiy punktga murojaat qilish, kuygan hollarda esa kuygan joyni kuchli 
suv oqimida yuvish, spirtni 5 % li eritmasi bilan artish va doka bog’lab qo’yish kerak. 
Mineral o’g’itlar saqlanadigan omborlardan oziq-ovqat mahsulotlarini, don 
mahsulotlarini 
saqlashda, 
uy-ro’zg’or 
buyumlarini 
saqlashda 
foydalanish 
taoqiqlanadi. 
Tayanch iboralar
Mineral o’g’itlarni saqlash ombori, agrokimyo punktlari, isrofgarchilikning 
oldini olish, maxsus maydonchalar, omborlarning o’lsamlari va sig’imi, temir yo’l 
yonidagi ombor, mineral o’g’itlarni tashish, temir yo’l vagonlari, tsisternalar, 
avtotransport, mineral o’g’itlarni tuproqqa solish, avia usul, yer ustki agregatlaridan 
foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi. 
Nazorat savollari
1. Mineral o’g’itlar saqlanadigan omborlar qanday asosiy talablarga javob 
berishi kerak? 
2. Turli xil mineral o’g’itlar omborlarda qanday saqlanadi? 
3. Mineral o’g’itlarni tashishda isrof bo’lish sabablari va uni oldini olish 
tadbirlari. 
4. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solishning usullarini gapiring. 
5. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solishdagi isrofgarchiliklar va ularni bartaraf 
etish yo’llarini ayting. 
6. Mineral o’g’itlar bilan ishlaganda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga 
rioya qilish lozim? 
7. O’g’itlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari buzilganda yoki 
zaharlanganda qanday birinchi yordam ko’rsatish lozim? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Petuxov M.P. Panova Ye.A., Dudina N.K. Agroximiya i sistema udobreniya. 
M., Kolos, 1979. 
3. 
Smirnov P.M., Muravin E.A. Agroximiya. T., 1981. 
4. 
SHayxov EROZIYa va bilan. Paxtachilik. T., Mexnat. 1990. 
5. 
Islomov M. va bilan. Tuproq, paxta va hosildorlik. Farg’ona, 1993. 


MA’RUZA 15: BAKTERIAL PREPARATLAR, ULARNING TURLARI VA 
FOYDALANISH USLUBLARI. 
REJA: 
1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari. 
2. Azotni biologik bog’lanishining mohiyati. 
3. Azot bog’lovchilarning asosiy vakillari. 
4. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati. 
5. Tayanch iboralar
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari. 
Tuproqning foydali mikroorganizmlarining tarkibini yaxshilash va aktivligini 
oshirish uchun bakterial preparatlar qo’llaniladi.
Mineral va organik o’g’itlarni tuproqqa solgandja, o’simlik uchun 
o’zlashadigan yoki o’zlasha oladigan shaklga o’tadigan ozuqa moddalari tushadi.
Bakterial preparatlarni tuproqqa solganda, ozuqa moddalar emas, balki 
o’simliklar oziqlanish sharoitini yaxshilovchi turkum tuproq mikroorganizmlari 
tushadi. 
Bakterial preparatlarning quyidagi turlari mavjud: 
1. Nitragin bakterial preparatlar
2. Azotobaktrin bakterial preparatlar
3. Fsoforobakterin bakterial preparatlar
4. AMB bakterial preparatlar
1. Nitragin - aktiv tuganak bakteriyali bakterial preparatdir. 
Tuganak bakteriyalari o’zlariga xos xususiyatga egadir, yaoni ular maolum bir 
dukkakli ekinlar ildizida tuganak hosil qiladi, xolos. 
Ulardan birlari faqat bedaning ildizida tuganak hosil qilsa, boshqalari esa 
no’xatning, yana boshqalari loviya va soyaning ildizida rivojlanadi va tuganak hosil 
qiladi. Baozi hollarda tuganak bakteriyaning o’ziga xos xususiyatlari shunday kuchli 
namoyon bo’ladiki, hatto bir turdagi o’simliklar ildizlaridagi tuganak bakteriyalar shu 
turning ichidagi boshqa o’simliklarning ildizida rivojlanadi. Tuganak bakteriyalari 
o’zlariga xosliklaridan tashqari yana virulentlik va aktivligi bilan ham farq qiladi. 
Virulentlik - tuganak bakteriyalariening dukkakli ekinlar ildiz tolalaridan 
ularning ildizlariga kirib, tuganaklar hosil qilish xususiyatidir.
Tuganak bakteriyalarining aktivligi esa ularning atmosfera azotini o’zlashtirish 
qobiliyatidir. 


Bu bakteriyalarning faqat aktiv guruhlari dukkakli ekinlarni azot bilan 
taominlaydi. 
Aktiv bo’lmaganlari esa hatto o’simliklari halok qilishi mumkin. Dukkakli 
ekinlar ildizmevalariga virulentlik xususiyatiga ega bo’lgan bakteriyalarni 
yuqtirganda ham aktiv bo’lmagan bakteriyalar tuganak hosil qiladi. Lekin atmosfera 
azotini bog’lamaydi.
Eskidan haydalik kelinadigan, madaniylashgan tuproqlarda tez-tez dukkakli 
ekinlar yetishtirilib kelinayotgan bo’lsa, dukkakli ekinlarning ildizlarida hatto 
nitragin solinmasa ham tuganaklar hosil bo’laveradi.
Lekin ilgari dukkakli ekinlar o’stirilmagan joyga ular ekilsa, ularning 
ildizlariga nitragin yuqtirilmasa, tuganak bakteriyalari ildizlarida tuganak paydo 
bo’lmaydi. Dukkakli ekinlarning ildizlarida tuganak paydo qiluvchi bakteriyalarning 
xususiyatlariga ko’ra guruhlari. 
Bakteriyalarning 
xususiyatlari 
bo’yicha 
guruhlari 
ildizida tugunaklar hosil bo’ladigan o’simliklar 
1.
yo’o’ng’ichka 
2.
no’xat, china, chechvitsa 
3.
beda, donnik, trigonella 
4.
lyupin va seradella 
5.
soya 
6.
loviya 
7.
mosh
8.
eryong’oq 
9.
jut 
10. 
espartset 
11. 
oq akatsiya 
12. 
sariq akatsiya 
Kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlarda tuganak bakteriyalari kam aktiv 
shaklga o’tadilar. Botqoq tuproqlarda ular umuman bo’lmaydilar. SHuning uchun 
bunday tuproqlarda dukkakli ekinlarni yangi ekkanda, nitragin yuqtirish lozim. 
Tuganak bakteriyalarining virulentligi va aktivligi tashqi muhit taosirida 
kuchayishi va passayishi mumkin. Kislotali tuproqlarga ohak solganda, organik, 
fosfor, kaliyli va mineral mikroo’g’itlar solinganda, tuproqning namligini optimal 
darajagacha yetkazilganda, tuganak bakteriyalarning aktivligi va virulentligi ortadi,
azotli o’g’itlar solinganda esa pasayadi. 
Ilgari tuproqni tuganak bakteriyalari bilan boyitish maqsadida oldin dukkakli 
ekinlar ekilgan maydondagi tuproqdan olib, yangidan dukkakli ekinlar ekilayotgan 
maydonning tuprog’iga tuganak bakteriyalarning yuqtirishni tavsiya etiladi. Bu esa 
yangi maydonga tuganak bakteriyalaridan tashqari har xil bakteriyali va virusli 
kasalliklarni kelishigiga ham sabab bo’lardi. 


Keyinchalik bu usul taoqiqlandi. Tuproqlarning tuganak bakteriyalari bilan 
boyitishning eng ishonchli va samarali usuli - bu nitragindan foydalanishdir. 
Nitraginni maxsus zavod laboratoriyalarida tayyorlanadi. 
Bir gektar maydondagi dukkakli ekinlarga tuganak bakteriyalarini yuqtirish 
uchun bitta yarim litrlik shishadagi nitragin yetarlidir. 
Nitragin tayyorlangan kundan boshlab 9 oy saqlanadi. Uzoq vaqt saqlanganda 
esa tuganak bakteriyalarining aktivligi pasayib ketadi.
Nitraginni yadoximikatlar saqlanadigan xonalarda, omborlarda saqlash 
qatoiyan man etiladi. 
Nitgarinni tuproqqa dukkakli ekinlarning urug’lariga yuqtirish yo’li bilan 
solinadi. Buning uchun dukkakli ekinlar ekiladigan kuni toza idishga kerakli 
miqdorda preparat solinadi. 
Uning ustiga 10 kg urug’ning ustiga 2 stakan toza suv quyiladi, 20 kg urug’iga 
bir stakan suv quyilib, yog’och tayoqcha bilan 3-5 minut davomida nitragin suvga 
aralashtiriladi. Aralashmani tindirib qo’ymasdan, tezlik bilan taxta pol yoki brezent 
ustiga yoyib qo’yilgan urug’lar namlanadi. 
Urug’larning hammasi birday namlanguncha ular aralashtiriladi. 
Urug’lar qurishi bilan ular qoplarga solinib, ekiladigan joylarga yuboriladi. 
Nitraginlash soyada olib boriladi. 
Agar dukkakli ekinlarning urug’lari formalin bilan zaharlangan bo’lsa, urug’lar 
yaxshilab quritiladi, shamollatiladi va undan so’ng tuganak bakteriyalari yuqtiriladi. 
Agar urug’lar gronozan bilan zaharlangan bo’lsa, nitragin faqat ekishdan oldin 
yuqtirilishi mumkin.
Nitragin nafaqat urug’lar bilan birga, balki tuproqqa aralashtirib ham yerga 
solish mumkin. Buning uchun dukkakli ekinlar ekiladigan maydonda 300-400 kg 
tuproq olinib, har gektariga sarflanadigan nitragin miqdori bilan yaxshilab 
aralashtiriladi va bu aralashma yerga sepiladi. 
Xo’jaliklarda tayyorlanadigan nitragin quyidagicha tayyorlanadi: kuzda, 
kasalliklarga chalinmagan, yaxshi hosil bergan dukkakli ekinlar ekilgan yerlardagi 
ildizlar terib, to’planib olinadi va yaxshilab tozalanadi hamda mayalanadi. SHunday 
ildizlarni tanlab olish lozimki, ulardagi tuganaklari yirik -yirik bo’lishi kerak. 
Quritilgan ildiz yaxshilab maydalanadi va 1 mehnat muhofazasi li elakdan 
o’tkaziladi. 
SHunday poroshok nitragin sifatida foydalanish mumkin.
Bunday nitragin 2 yilgacha saqlanishi mumkin. 
1 g shunda nitraginda 8-19 mln tuganak bakteriyalari bo’ladi. 
2. Azotobakterin - tarkibida azotobakteri bo’lgan preparatdir.
Azotobakter - tuproqda erkin yashovchi va aerob guruhiga kiruvchi azot 
bog’lovchi bakteriyalardir. Bu bakteriyalarning tuganak bakteriyalaridan farqi 
shundaki, bu bakteriyalar ildizning ichiga kirmaydi, ildizning yaqinida erkin holda 
yashaydi. Azotobakter o’zining rivojlanishi uchun o’simliklar ildizlari ajratmalaridan 
va ildizning chirigan qismidan foydalanadi, ildiz atrofi tuprog’ini azot bilan 
oziqlanishini yaxshilaydi. Azotobakterin tuproqli, torfli va agarli bo’ladi. Tuproqli 
yoki torfli azotobakterin chiqindili tuproq dagi yoki kuchli parchalangan neytral 
reaktsiyali torfdagi ko’paytirilgan azotobakteriyalardir. 


Bunday azotobakterin g’allali ekinlar, sabzavot va texnika ekinlari urug’lariga 
har gektariga 3 kg dan, kartoshka va sabzavot ekinlari ko’chatlariga 6-9 kg dan 
ishlatiladi. 
Urug’lar poyaga yoki brezent ustiga yoyiladi va suv bilan 30-40 kg urug’ 
uchun 1 l suv sarflanadi. 
SHundan keyin kerakli miqdordagi azotobakterin bilan aralashtiriladi. Agar 
azotobakterin urug’larga yopishmasa, ular yana qaytadan namlanadi. Namlanganda 
urug’lar bir-biriga yopishib qolsa, ular shamollatib,sergitiladi. Azotobakterin 
yuqtirilgan urug’lar 24 soat ichida ekib yuborilmasa, ularga yana azotobakterin 
yuqtiriladi. 
Azotobakterinni kartoshkaga yuqtirib, ekish uchun kartoshka ekiladigan yerdan 
azotobakterin miqdoriga nisbatan 8-10 barobar ko’p bo’lgan tuproq bilan 
aralashtiriladi. Keyin bir gektarga yetadigan kartoshka urug’i 15 l suv bilan 
namlanadi va tayyorlangan azotobakterin tuproq aralashmasi sepiladi va yaxshilab 
aralashtiriladi. 
Sabzavot 
ekinlari 
ko’chatlarining 
ildizlarini 
torfli 
azotobakterindan 
tayyorlangan quyuq eritmaga botirib olib ekiladi. Agarli azotobakterin shishalarda 
tayyorlanadi. Urug’larni ekishdan oldin azotobakterin bor shishaga 200 ml suv 
quyiladi va bir sutkada 5-6 marta chayqatiladi. Urug’lar ekiladigan kuni tayyorlangan 
aralashma suv bilan suyultiriladi. Urug’lar uchun 1 ga ga 1 l, kartoshka uchun 10 l 
hisobida suyultiriladi. Eritmalar urug’lar bilan, kartoshka bilan yaxshilab 
aralashtiriladi. 
3. Fosforobakterin - tuproqdagi fosforli organik birikmalarni minerallashtirish 
xususiyatiga ega bo’lgan mikroorganizmlardan iborat bakterial preparatdir.
Urug’lar bilan tuproqqa tushgan fosforobakterin o’simlik ildiz sistemasi 
yaqinida rivojlanadi va fosforli organik birikmalarni o’simliklarga yaxshi o’zlasha 
oladigan mineral shakliga o’tkazadi. Fosforobakterin suyuq va quruq holda 
ishlatiladi.
Suyuq fosforobakterin shisha idishlarda bo’ladi. G’allali, sabzavot va texnik 
ekinlari urug’lari uchun 1 gektariga 50 ml, kartoshka, bo’za urug’lari va lavlagi 
uchun 100 ml sarflanadi. 
Ekiladigan urug’lar fosforobakterin bilan ekishgacha ozroq muddat qolganda 
ishlanadi. 
Fosforobakterinning kontsentratsiyali eritmasi iliq suv bilan suyultiriladi. 
Mayda urug’lar uchun 50-70 kg ga va yirik urug’lar uchun 100-200 kg ga suv 
sarflanadi, 10-20 l suv 1,5-2 t kartoshka uchun sarflanadi. 
Fosforobakterin yuqtirilgan urug’lar yaxshilab aralashtiriladi, 20-25 sm 
qalinlikda yoyiladi va havoda quritiladi. Kartoshka urug’i quritiladi. Poroshok 
holidagi fosforobakterin 1 gektariga 250 gr sarflanadi. 
Ishlashidan oldin suv bilan suyultiriladi, bu eritma yaxshilab 5-6 marta 
chayqatiladi, xona haroratida 2-3 soat qoldiriladi. Qolgan jarayonlar suyuq 
fosforobakterindan qanday foydalanilgan bo’lsa, shunday amalga oshiriladi. 
AMB - kombinatsiyalangan bakterial preparati bo’lib, tuproqdagi chirindini 
minerallashtirib, o’simliklar uchun oson o’zlashadigan ozuqa moddalari hosil qiladi. 


AMB preparati yordamida tuproq chirindi moddasining parchalanish va chirish 
jarayonlarini tezlashtirishi mumkin. 
2. Azotni biologik bog’lanishining mohiyati. 
Atmosfera molekulyar azotining bog’lanishi favqulodda murakkab jarayondir. 
Atmosfera azotining bog’lanishini S. N. Vinogradskiy, S. Kostichev, J. 
Busengo, M. Breynik, G. Gel’riger, G. Vil’fort, M. S. Voronin, V. L. Omelyanskiy, 
D. N. Pryanishnikov, kabi juda ko’p g’taniqli olimlar tomonidan o’rganilgan. 
D. I. Mendeleev va KALIY. A. Timiryazev ham atmosfera azotining biologik 
bog’lanishiga g’oyat katta ahamiyat bergan edilar. 
Tuganak bakteriyalarini 1866 yilda birinchi bo’lib M. S. Voronin aniqlagan 
edi. 
Keyinchalik M. Breynik (1888) ozuqaviy muhitdan ajratib oldi va mikrobiolog 
hamda fiziologlar tomonidan har tomonlama o’rganildi. Bakteriyalar dukkakli 
ekinlarning ildiziga ildiz tukchalari orqa tushadi va ildizning yauqurroq, ichki 
qavatlariga parenximasiga kiradi, hujayralarni kuchli bo’linish va o’sishga hosil 
qiladi.
Boshlanishida bakteriyalar o’simlikning ozuqa moddasini isteomol qiladi, 
o’zlashtiradi va shuning uchun o’simlikning rivojlanishini susaytiradi. Keyinchalik 
tuganakning o’sishi, kattalashishi bilan bakteriya va dukkakli o’simlik o’rtasida 
simbiotik hayot boshlanadi. 
Bakteriya o’simlikdan uglerodli oziq moddalarni va mineral moddalarni oladi, 
o’rniga o’simlikka azotli birikmalarni beradi. S. N. Vinogradskiyning fikriga ko’ra, 
atmosfera azotining tuganaklarda va erkin yashovchi azot to’plovchilarda 
bog’lanishining boshlang’ich mahsuloti fermentlar taosirida atmosfera azotining 
aktiv vodorod bilan qaytarilishi natijasida hosil bo’lgan ammiakdir.
S.P.Kostichev ham atmosfera molekulyar azotning bog’lanish ximizmi ammiak 
hosil bo’lish orqali amalga oshiriladi, deb aytgan edi. S.Vinogradskiy va Kostichelar 
bo’yicha atmosfera molekulyar azotining to’g’ridan-to’g’ri qaytarilishi quyidagi 
sxema bo’yicha amalga oshadi: 
D. N. Pryanishnikov atmosfera molekulyar azotni bog’lanishini ikki yo’li 
to’g’risida yozgan edi:
1) amiakni qaytarilish orqali hosil bo’lishi avval gidratatsiya, yaoni azotning 
gidrat birikmalarini hosil bo’lishi bilan; 
2) hosil bo’lgan azotning gidrat birikmalarini gidroksilamingacha qaytarilishi 
orqali amalga oshadi.
Qaytarilish jarayonlari uchun zarur bo’lgan vodorod manbai - bu organizmdagi 
moddalar almashinuvi jaranida sodir bo’ladigan uglevodlar va boshqa birikmalarning 
biokimyoviy o’zlashishidir.
Er yuzining har gektar quruqligi va suvlik qismining yuzasi ustida 80 ming 
tonna azot mavjuddir, qaysiki bu azot ko’pchilik o’simliklar uchun atmosfera 
azotining o’zlashtiradigan va to’playdigan maxsus tuproq bakteriyalari alohida 
ahamiyatga ega.
3. Azot bog’lovchilarinng asosiy vakillari. 
Atmosferadagi 
erkin 
molekulyar 
azotni 
o’zlashtiradigan 
tuproq 
bakteriyalarining ikki turi mavjud: 


1. Erkin yashovchi aerob va anaerob bakteriyalar
2. Dukkakli ekinlar ildizida ular bilan birgalikda yashaydigan tuganak 
bakteriyalaridir. 
Tuproqda aerob sharoitda yashaydigan azot o’zlashtiradigan azotobakter 
krokokkum va azotobakter agiliy singari bakteriyalarning hayot kechirishlari uchun 
tuproqning harorati 25-30 S, tuproq muhitining reaktsiyasi neytral bo’lishi eng qulay 
sharoit hisoblanadi.
Tuproqdagi kislorodsiz muhitda ham hayot kechiradigan azot to’plovchi 
kristridium paterianum bakteriyasi mavjudki, bu bakteriyalar tashqi muhit sharoitiga 
unchalik talabchan emas.
Kislorod yetarli muhitda o’sayotgan dukkakli ekinlar ildizida yashaydigan 
Psevdomonas radikikola deyiladigan aerob tuganak bakteriyalarning turi ham ko’p 
uchraydi. 
4. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati. 
Ko’pchilik yashil o’simliklar va mikroorganizmlar atmosferadagi juda ko’p 
miqdordagi molekulyar erkin azotdan foydalanadi. SHuning uchun atmosfera azotini 
o’zlashtiradigan va to’playdigan maxsus tuproq bakteriyalari alohida ahamiyatga ega. 
Kislorod yetarli sharoitda o’sayotgan dukkakli ekinlar ildizida yashaydigan 
Psevdomonos radikikola deyiladigan aerob tuganak bakteriyalarining turi ham ko’p 
uchraydi. Har qaysi dukkakli ekin ildizida o’ziga xos tuganak bakteriyalar yashaydi. 
Bu mikroorganizmlarga sebarga bakteriyasi, beda, yo’ng’ichka, no’xat, loviya 
bakteriyalari, soya bakteriyalari va boshqalar kiradi. 
Havoda va tuproqda namlikning yetishmasligi, harakatning keskin o’zgarishi, 
tuproq kislotaliligining ortishi azot bog’lovchi bakteriyalar akitvligini kuchli darajada 
pasaytiradi. Tuganak bakteriyalari tuproqning neytral va kuchsiz ishqoriy muhitida 
(RN=6-7) yaxshi rivojlanadi. 
Kislotali tuproqlarni ohaklash tuganak bakteriyalari hayot faoliyatini 
yaxshilaydi, ularning aktivligini oshiradi va ularning ko’payishini kuchaytiradi. 
Tuganak bakteriyalarining aktivligi tuproqning ouqa moddalari bilan 
taominlanishiga bog’liq. Tuproqni yuqori darajada organik moddalar bilan, fosfor va 
kaliyning xarakatchan shakllari bilan taominlanishi tuganak bakteriyalarning 
aktivligini oshiradi.
ukkakli ekinlarning o’sishi va rivojlanishi bilan asta-sekin tuganak 
bakteriyalarining aktivligi ortib boradiva gullash davrida kelib ularning aktivligi eng 
yuqori darajaga ko’tariladi. 
Atmosfera azotining bog’lanishi o’simlikning yoshidan ko’ra tuganaklarning 
kattaligiga ham bog’liq.
D.N.Pryanishnikovning maolumotiga ko’ra, bir yilda yo’ngichka 150-160 kg, 
lyupin 160-170 kg, beda 250-300 kg, soya - 100, vika, loviya, no’xat 70-80 kg dan 
azot to’playdilar. 
Tuganak bakteriyalari o’zlashtirgan a organik birikmalar holida bo’lgan azot 
ular nobud bo’lgandan keyin parchalanib, o’simlik ildiziga oson singadigan azot 
tzlarini hosil qiladi.


Lekin tuproq tarkibidagi organik moddalarning parchalanishi va atmosfera 
azotini bog’lash natijasida hosil bo’lgan azot bilan ekinlarning hosildorligini oshirish 
uchun dukkakli ekinlar o’g’itlarni qo’llashni birga qo’shib olib borish kerak. 
Tayanch iboralar
Bakterial preparatlar, tuproq turkum mikroorganizmlari, nitragin, azotobakter, 
fosforobakterin, tuganak bakteriyalari, bakteriyalarning virulentligi, bakteriyalarning 
aktivligi, dukkakli ekinlar, 9 oy, yadoximikat omborlari, erkin yashovchi, aerob 
guruhiga kiruvchi atmosfera azotining bog’lanishi, simbioz,kuchli ishqoriy, kislotali 
muhit, kisloatli tuproqlarni ohaklash. 
Nazorat savollari
1. Bakterial preparat nima va u nima uchun tuproqqa solinadi? 
2. Nitragin qanday preparat? 
3. Tuganak bakteriyalarining o’zlariga xos xususiyatlarini ayting? 
4. Tuganak bakteriyalarning virulentligi nima? 
5. Tuganak bakteriyalarining aktivligi nima? 
6. Qanday holatda nitragin tarkibidagi tuganak bakteriyalari o’simlik ildiziga 
tez va katta miqdorda kiradi? 
7. Tuganak bakteriyalari qanday sharoitda kam aktiv holatga o’tadilar? 
8. Tuganak bakteriyalarining virulentligi va aktivligi qachon, qanday sharoitda 
kuchayadi? 
9. Zavodda tayyorlangan nitraginning miqdori qancha va uning saqlanish 
muddatini ayting? 
10. Nitragin qanday joyda saqlanishi kerak? 
11. Nitraginni xo’jalikda tayyorlashni gapiring. 
12. Ildiz tuganak bakteriyalari va ularning ahamiyatini ayting. 
13. Atmosferadagi erkin molekuyar azotni o’zlashtiradigan tuproq bakteriyalari 
necha xil bo’ladi? 
14. Atmosfera molekulyar azotini bog’lashning mohiyatini ayting. 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Bahodirova M., Rasulov A.M. - Tuproqshunoslik. T., 1975. 


MA’RUZA 16: ORGANIK O’G’ITLAR VA ULARNING TURLARI. GO’NGNING 
KIMYOVIY TARKIBI. GO’NGNING ISHLATILISHI VA UNING TUPROQ 
UNUMDORLIGIGA HAMDA EKINLAR HOSILIGI TAOSIRI 
REJA: 
1. Organik o’g’itlar, ularning turlari va ahamiyati. 
2. Go’ng, uning turlari va tarkibi. 
3. Go’ngning tuproq xususiyatlariga va o’simliklarga taosiri. 
4. Turli tuproq-iqlim sharoitlarida go’ngning samaradorligi va undan 
foydalanishning xususiyatlari. 
5. Go’ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi. 
6. Sapropel nima? 
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Organik o’g’itlar, ularning turlari va ahamiyati. 
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun organik o’g’itlarni 
qo’llash katta ahamiyatga ega.
Organik o’g’itlar deb, yangi yoki biologik qayta ishlangan, kelib chiqishi 
jihatidan o’simliklar yoki hayvonlar chiqindilaridan bo’lgan, tuproqqa solinganda 
uning unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshiradigan moddalar kompleksiga 
aytiladi. Organik o’g’itlarga go’ng, torf, parranda qiyoi, suyuq go’ng, najas, turli xil 
kompostlar, ko’kat o’g’itlar, yirik aholi punktlari va shaharlarning chiqindilari va 
boshqalar kiradi. 
Bularning hammasi mahalliy o’g’itlar ham deyiladi, chunki ular xo’jaliklarning 
o’zida to’planadi, tayyorlanadi va yashil o’g’itlar yetishtiriladi. 
Tuproqning biologik xususiyatlari organik o’g’itlar ishlatish xhisobiga tubdan 
yaxshilanadi. Tuproqning haydalma qavatida doimo yashab, o’simliklarning normal 
o’sishi uchun sharoit yaratib beradigan mikroorganizmlarning miqdori gektariga 4-5 t 
ni tashkil etadi. Mikroorganizmlarning taosiri ostida doimo tuproq unumdorligini 
oshiradigan jarayonlar kechadi va ularning faoliyati tufayli tuproqdagi foydali 
birikmalar miqdori ortib boradi. 


Organik o’g’itlar ishlatilganda mikroorganizmlarning umuiy soni ortadi va 
ulardagi turli xil guruhlarning ham o’zaro rivji va nisbati yaxshilanadi. 
SHunga ko’ra, organik o’g’itlar tuproqdagi chiqindi moddasi miqdorini 
oshirishda asosiy rol o’ynaydi.
Olib borilgan tajribalarning natijasilarga qaraganda, har gektariga 150 kg azot, 
100 kg fosfor va 50 kg kaliy ishlatilganda, tuproqdagi chirindi miqdori 15-18 % ga 
ortadi, go’ng ishlatilganda esa uning miqdori ikki martaga ko’payadi. 
Tuproq unumdorligini oshirishda unda mavjud bo’lgan juda ko’p xildagi 
fermentlarning ahamiyati ham kattadir. 
Fermentlar tuproq tarkibidagi oziq moddalarni o’simliklar o’zlashtira oladigan 
shaklga aylantirib beradi, o’simliklarda modda almashinuvini tezlashtiradi. Tuproqqa 
organik o’g’itlar solinganda shu xildagi fermentlarning miqdori 3-4 marta ortgan. 
Organik o’g’itlar ishlatilganda mikroorganizmlar hayot faoliyatining 
jadallashishi evaziga tuproqdagi biologik aktiv moddalarning turi va miqdori 
ko’payadi. Biologik aktiv moddalardan hisoblangan auksinlar, geteroauksinlar, 
organik moddalar va aminokislotalar, vitaminlar o’simliklar tomonidan juda oz
bo’lsa ham o’zlashtirilishiga qaramasdan, unda kechadigan modda almashinuv 
jarayonlarini tezlashtiradi. 
Natijada o’simliklar tomonidan ko’p miqdorda mineral o’g’itlar o’zlashtiriladi, 
ekinlarning hosildorligi ortadi va mahsulotlarning sifati sezilarli darajada 
yaxshilanadi. 
Olib borilgan ko’p sonli tajribalarda kompost qilingan go’ngda va organik 
o’g’it solingan tuproqlarda vitamin V12, riboflavin, nikotin kislotasi, biotin, 
pentsillin, streptomitsitin, terramitsin kabi fiziologik aktiv moddalar bo’lishi 
aniqlangan. 
Tuproqda penitsillin, streptomitsin, terromitsin kabi antibiotik mddalarning 
bo’lishi, birinchidan, undagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni yo’qotsa, 
ikkinchidan, o’simlik tomonidan oz miqdorda o’zlashtirilishiga qaramay uni turli xil 
kasalliklarga duchor bo’lishidan saqlaydi. SHu sababli, organik o’g’itlar solingan 
maydonlardagi o’simliklar sog’lom bo’lib, hosildorligi hamisha yuqori bo’ladi. 
Organik o’g’itlar tuproqning oziq rejimini ham sezilarli darajada yaxshilaydi. 
Organik o’g’itlar tarkibida 0,5 % gacha azot, 0,25 % fosfor va 0,5 % atrofida kaliy 
bo’ladi. 
Bulardan tashqari, organik o’g’itlar tarkibida yana molibden, bor, rux, 
marganets, kobalt va mis kabi boshqa bir qancha foydali mikroelementlar ham 
bo’ladi. Organik o’g’itlar tuproqning oziq rejimiga bevosita taosir ko’rsatishdan 
tashqari yana bilvosita ham taosir etadi. Masalan, mikroorganizmlar o’z hayoti 
faoliyati davomida azotli o’g’itlarni o’zlashtirib, ularni o’z tanasida saqlab turadi. 
Natijada azotli o’g’itlarning tuproqdagi aktiv harakati ancha pasayadi va u 
o’simlikning ildiz sistemasi joylashgan qatlamida uzoq muddatgacha saqlanib turadi. 
Demak, organik o’g’itlarni ishlatish azotli o’g’itlarning yo’qolishini sezilarli 
darajada kamaytiradi va ularning samaradorligini ancha oshiradi.
Organik o’g’itlarning fosforli o’g’itlar xususiyatigaga ko’rsatadigan taosiri 
alohida ahamiyatga ega. Bunda, birinchidan, mikroorganizmlar o’g’itlar tarkibidagi 
fosforni o’zlashtirib, uni tuproqdagi tuzlarning kimyoviy taosiridan saqlab turadi. 


Natijada tuproqqa solingan fosforli o’g’itlarning ko’pchilik qismi qiyin eriydigan 
shakllarga o’tib qolishdan saqlanadi. 
Ikkinchidan esa organik o’g’itlar va tuproqda ularning taosirida paydo bo’lgan 
chirindi fosforni o’rab olib, uni o’simlik qiyin o’zlashtiradigan shaklga o’tib 
qolishdan saqlaydi. 
Uchinchidan, tuproq fermentlari, mikroorganizmlarning nafas olish davrida 
ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi hamda organik o’g’itlarning parchalanishi 
natijasida paydo bo’ladigan organik kislotalar taosiri ostida tuproq tarkibida bo’lgan 
fosforning eruvchanligi kuchayib, o’simlik oson o’zlashtira oladigan shaklga aytiladi. 
Organik o’g’itlar taosirida tuproq zarrachalarining shimuvchanlik qobiliyati 
oshadi, natijada sho’r yerlarda tuzlarning o’simlik ildiziga ko’rsatadigan zararli 
taosiri ancha kamayadi. 
SHunday qilib, organik o’g’itlar tuproq xususiyatlariga turlicha va sezilarli 
darajada taosir ko’rsatar ekan. Tajribalarda aniqlanishicha, organik o’g’itlar katta 
normada ishlatilganda o’simliklarning yuqori dozada berilgan mineral o’g’itlardan 
samarali foydalanishi uchun muvofiq sharoit vujudga kelar ekan. 
1 tonna organik o’g’itlar tarkig’idagi ozuqa moddalar miqdori,
kg hisobida 
Organik o’g’itlar
1 t tarkibida, kg 
azot 
fos. 
ksi. 
kaliy 
oks. 
Kal’ts. 
ksi. 
yarim 
chirigan 
go’ng
5,0 
2,5 
6,0 
7,0 
suyuq go’ng
2,5 
0,6 
3,6 
0,6 
yuqorida 
hosil 
bo’lgan torf, namligi 
70 % 
3,0 
0,3 
0,3 
0,9 
pastda hosil bo’lgan 
torf, namligi 70 % 
9,0 
1,2 
0,6 
1,2 
har xil chiqindilar 
6,0 
3,0 
2,0 
1,0 
2. Go’ng, uning turlari va tarkibi. 
Go’ng - organik o’g’itlarning asosiy mahalliy turi hisoblanadi. Go’ngning 
tarkibida azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar hamda juda ko’p miqdorda turli xil 
mikroorganizmlar bo’lganligi uchun hamma vaqt unda biologik jarayonlar davom 
etadi. Bu jarayonlar natijasida go’ng tarkibidagi organik va mineral moddalar 
shaklan o’zgaradi, parchalanadi. Natijada go’ngning sifati yaxshilanadi. Go’ng 
o’simliklarning oziqlanishi uchun eng muhim ozuqa manba hisoblanadi va undan 
foydalanish duhda ozuqa moddalar aylanishini tartibga solishda katta ahamiyat kasb 
etadi. Go’ngning ana shu ulkan ahamiyatini hisobga olgan D. N. Pryanishnikov 
“mamlakatda mineral o’g’itlar qanchalik ko’p ishlab chiqarilmasin, go’ng hech 


qachon o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, qishloq xo’jaligida asosiy o’g’itlardan biri 
bo’lib qolaveradi”, - deb yozgan edi. 
CHorvachilikdan olinadigan go’ng bilan birga tuproqqa o’simliklar uchun 
kerak bo’lgan hamma makro va mikroelementlar tushadi. 
SHuning uchun go’ng 
to’laqonli o’g’it hisoblanadi.
20 tonna go’ng tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdori 250 kg superfosfat, 
200 kg kaliy xlorid va 300 kg ammiakli selitra tarkibidagi ozuqa moddalar miqdoriga 
tengdir.
Yirik shakli hayvonlardan olingan go’ngning har bir tonna quruq moddasi 
tarkibida 20 kg azot, 10 kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 6 kg magniy, 4 kg 
oltingugurt, 25 kg bor, 230 go’ng marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr kobal’t, 2 
gr molibden va 0,4 gr yod bo’ladi. 
Go’ng o’simliklar uchun faqat mineral oziqlanish manbaigina bo’lib qolmay, 
balki karbonat angidrid bilan taominlash manbai hamdir. 
Tuproqqa go’ng solinganda, uning chirishi, parchalanishi natijasida ko’plab 
miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi va bu o’simliklarning havodan 
oziqlanishini fotosintez jarayonini yaxshilaydi. Agar tuproqqa 30-40 t go’ng solinsa, 
uning intensiv parchalanish davrida, o’g’it solinmagan yerga nisbatan, har kuni 1 ga 
hisobiga 100-200 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. 
CHorva mollarini boqish texnologiyasiga qarab, to’shalmali go’ng, 
to’shalmasiz, suyuq go’ng va go’ng shaltog’i kabi go’ng turlari mavjud bo’lib, ular 
bir biridan tarkig’biga, saqdlash va foydalanish usullariga qarab farq qiladi.
1. To’shalmali go’ng va uning tarkibi.
To’shalmali go’ng hayvonlarning qattiq va suyuq ajratmalaridan hamda uning 
ostiga solingan to’shamadan iborat. 
Uning tarkibi va o’g’itlilik qimmati chorva mollarining turiga, to’shamaning 
sifati va miqdoriga hamda go’ngning saqlash usuliga bog’liq bo’ladi.
Hayvonlarning qattiq va seroq holdagi ajratmalarining miqdori, tarkibi, o’zaro 
nisbati, hayvonlarning ayrim turlari bo’yicha sezilarli darajada farq qiladi.
Masalan, otlarda qattiq ajratmalari suyug’iga qaraganda 3,5 baravar, qo’y va 
qoramolda 2,5 baravar ko’p, cho’chqalarda esa aksincha jaratadigan siydigi 
go’nggiga nisbatan ikki baravar ham ko’proqni tashkil etadi. 
Suyuq holdagi ajratmalarda oziq elementlari yaxshi eruvchan hamda o’simlik 
tomonidan oson o’zlashtirila oladigan bo’ladi. Hayvonlarning quruq va suyuq holdagi 
ajratmalari tarkibi va o’zaro nisbati ular tomonidan isteomol qilinadigan yem-
hashaklarning miqdori hamda sifatiga bog’liq bo’ladi. SHirali ozuqalar ko’p va 
ularning namligi yuqori bo’lsa, hayvonlarning suyuq ajratmalari shunchalik ko’p 
bo’ladi. Hayvonlar oxzuqasi qanchalik oson xazmlanadigan bo’lsa, hayvonlarning 
qattiq ajratmasi tarkibida quruq modda miqdori shuncha kam bo’ladi. Hayvonlarga 
beriladigan kontsentrant ozuqa miqdori ham ortib boradi.
Hayvonlar tomonidan isteomol qilinadigan yem-hashakdan go’ngga o’rta 
hisobda organik moddalarning 40 %, azotning 50 %, fosforing 80 % va kaliyning 95 
% o’ta 
Hayvonlarning turi va to’shamasiga qarab go’ngning tarkibi, % 


go’ngning tarkibi 
somonli to’shamada 
torfli 
to’shamada 
aralash 
sigir 
ot 
qo’y 
cho’chq

sigir 
ot 
suv 
organik 
modda 
75 
77,3 
71,3 
64,6 
72,4 
77,5 
67,0 
umumiy azot 
21 
20,3 
25,4 
31,8 
25,0 


ammiakli azot 
0,15 
0,14 
0,19 

0,20 
0,18 
0,28 
fosfor oksid 
0,25 
0,23 
0,28 
0,23 
0,19 
0,22 
0,25 
kaliy oksid 
0,60 
0,50 
0,63 
0,67 
0,60 
0,48 
0,53 
kal’tsiy oksid 
0,35 
0,40 
0,21 
0,33 
0,18 
0,45 
0,44 
magniy oksid 
0,15 
0,11 
0,14 
0,18 
0,09 


Hayvonlar ostiga to’shama sifatida solish uchun boshoqli don ekinlarining 
solishni, torf yoki torf qirqimlaridan foydalaniladi. 
Xo’jalikda olinadigan go’ngning miqdori hayvonning turiga, umumiy soniga 
va ularni og’ixonada boqio’ davriga, yem-xashak miqdoriga va qo’llaniladigan 
to’shalmaning turiga bog’liq bo’ladi. Xo’jalikda olinadigan go’ngning miqdorini 
quyidagi formula bilan hisoblab chiqarish mumkin. 

N = (--------- + p) 4 

N - go’ng miqdori 
Kaliy - oziq tarkibidagi quruq modda 
p - to’shama miqdori 
4- koeffitsient (xo’l go’ngning massasi ozuqadagi quruq modda massasiga 
qaraganda 4 barobar ko’p). 
Bir yilda turli hayvonlardan olinadigan go’ngning miqdori,
t hisobida 
og’ilxonada 
boqish 
davri, kun 
qoramol 
yoki 

yoshli 
gacha 
bo’lgan 
buzoq/ 
otlar 
qo’ylar 
200 
dan 
220 gacha 
7-8 
5-6 
0,8-0,9 
180 
dan 
220 gacha 
6-7 
4-5 
0,6-0,8 


180 
dan 
kam 
4-5 
2,5-3 
0,4-0,5 
2. To’shamasiz (suyuq) go’ng. 
To’shama sifatida foydalaniladigan materiallar chegaralangan hollarda 
tarkibida 85-87 % gacha suv bo’lgan suyuq go’ng olinadi. 
To’shama unchalik ko’p bo’lmagan holda tshplangan go’ng va siydik 
aralashmasi chorvachilik fermasini tozalash ishlarini to’liq mexanizatsiyalash 
imkonini beradi, lekin yarim suyuq holdagi go’ng transport vositalarida tashish va 
yerga solish uchun noqulay fizik xossaga ega bo’ladi. Bunday go’ngdan azot ko’p 
nobud bo’ladi va uni dalaga chiqarib solishdan oldin torf yoki tuproq bilan 
kompostlash talab qilinadi. Yirik chorvachilik fermalari hamda chorvachilik 
komplekslarida chorva mollarini to’shamasiz boqish tajribasi qo’llanilib, bunda 
suyuq holatdagi harakatchan go’ng aralashmasi olinadi. 
Yirik chorvachilik komplekslarida suyuq holatdagi go’ngning chiqishi yil 
davomida, o’rta hisobda, tarkibidagi suv 90 % bo’lganda, 2000 bosh sigir uchun 40 
%, 10 ming bosh buqachalar uchun 100 t ni tashkil etadi. Bu miqdor cho’chqalarda 
har 100 ming bosh cho’chqa uchun 100 t ga boradi. 
Bunday miqdordagi suyuq go’ngdan foydalanishga faqat chorvachilik 
fermalarida go’ngni transport vositalarida tashish, saqlash va undan foydalanish 
jarayonlarini to’la ravishda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish yo’li 
bilangina erishish mumkin. 
Suyuq go’ngning chiqishi va uning tarkibi. 
ko’rsatkichlar 
qoramol
cho’chqa 
har bir bosh hisobiga sutkada
go’ng siydik chiqishi, kg 
55 
50 
tarkibi, % 
suv 
88,5 
89,5 
quruq modda 
11,5 
10,5 
organik modda
8,6 
5,2 
umumiy azot 
0,40 
0,50 
ammiakli azot 
0,25 
0,35 
fosfor oksidi 
0,20 
0,25 
kaliy oksidi 
0,45 
0,24 
magniy oksidi 
0,10 
0,10 
kaltsiy oksidinatriy 
0,15 
0,20 
natriy oksidi 
0,12 
0,10 
3. Go’ngning tuproq xususiyatlariga va o’simliklarga taosiri. 
CHala chirigan go’ng tarkibida organik moddalarning ko’p miqdorda bo’lishi 
tuproqning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ijobiy taosir etadi. Go’ng 
muntazam ishlatilgan maydonlarda tuproq tarkibidagi chirindi va umumiy azot 


miqdori ortadi, almashinuvchi va gidrometrik kislotaliligi pasayadi, xarakatchan 
shakldagi alyuminiy va marganets miqdori kamayadi, asoslar bilan to’yinish darajasi 
ortadi.
Qumli va qumoq tuproqlar bir muncha qovushqoq bo’lib qoladi, ularning 
singlirish xususiyati va buferligi ortadi, bu esa ularda suv va oziq moddalarning 
saqlanishiga imkon beradi.
Go’ng yerga mantuzam solinib turilganda, faqat tuproqning kislotaliligi 
pasayibgina qolmasdan, balki o’simliklarning kaltsiy, magniy, oltingugurt va 
mikroelementlar bilan oziqlanishi ham yaxshilanadi. 
Tuproqqa solingan 30-40 t go’ngning parchalanishidan har kuni 35 kg dan 65 
kg gacha karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi, bu o’simliklarning uglerod bilan 
oziqlanishini ancha yaxshilaydi.
Go’ng bilan tuproqqa juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar ham tushadi. 
Go’ng tarkibidagi organik moddalar tuproq mikroflorasi uchun eng yaxshi oziq va 
energiya manbai hisoblanadi.
SHunga ko’ra yerga go’ng solinganda tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati 
kuchayadi va undagi ozuqa moddalar zonasini o’simliklar uchun jalb etish 
jadallashadi.
Go’ngning o’g’itlilik qimmati uning tarkibidagi umumiy va ammiakli azot 
miqdoriga qarab aniqlanadi. 
Go’ng tarkibidagi azot, fosfor va kaliydan ikkinchi yili o’simliklarning 
foydalanishi quyidagicha bo’ladi: azot 15-20 %, fosfor 10-15 , kaliy 10-15 %, 
uchinchi yili esa azot 10-15 %, fosfor 5-10 % va kaliy 0-10 % ni tashkil etadi.
Almashlab ekishning rotatsiyasi davrida go’ngdagi ozuqa moddalardan 
foydalanish azot bo’yicha 50-60 %, fosfor bo’yicha 50-60 % va kaliy bo’yicha 80-90 
% ni tashkil etadi.
Bu mineral o’g’itlardan foydalanish darajasiga yaqin keladi. 
4. Turli tuproq-iqlim sharoitlarida go’ngning samaradorligi va undan 
foydalanishning xususiyatlari. 
Go’ngning bevosita yerga solingan birinchi yili va undan keyingi yillarda 
taosiri go’ngning sifatiga va uni yerga solish normasiga, shuningdek tuproq-iqlim 
sharoitlariga bog’liq bo’ladi. 
Yaxshi chirimagan somonli go’ng birinchi yili ikkinchi va uchinchi 
yillardagiga qaraganda yaxshi taosir ko’rsatmaydi. Go’ng o’sha mintaqa uchun 
belgilangan normada va o’z vaqtida solib turilsa, uning bevosita hamda keyingi 
yillardagi taosiri shunchalik kuchli bo’ladi.
Soz mexanik tarkibli tuproqlarda yerga solingan go’ng juda sekin parchalanadi, 
keyingi yillarda ekiladigan ekinlarga uning taosirini oltinchi -ettinchi yillarda ham 
kuzatish mumkin. Qumloq mexanik tarkibli tuproqlarda esa go’ng tez parchalanadi 
va keyingi yillarda ekilgan ekinlarga ko’rsatadigan taosiri ham uch-to’rt yildan 
oshmaydi. Nam iqlimli sharoitda, go’ng qurg’oqchil mintaqalarga nisbatan tez 
chiriydi, chunki janubiy va janubiy sharqiy mintaqalarda nam yetarli bo’lmaydi, 
natijada go’ng sekin parchalanadi. 
SHunga ko’ra noqora tuproq mintaqada go’ngning birinchi yilgi ekinga 
ko’rsatadigan bevosita taosiri, qora tuproq mintqasidagiga qaraganda yuqori, ikkinchi 


va uchinchi yilgi ko’rsatadigan taosiri esa past bo’ladi. Qurg’oqchil janubiy va 
janybiy sharqiy mintaqalarda go’ngning keyingi yillarda ekilgan ekinlarga 
ko’rsatadigan bevosita taosiri birinchi yilgi ekiladigan ekinga qaraganda ustunlik 
qiladi.
Tuproqqa solingan go’ng nam bilan yetarli darajada taominlangan. Noqora 
tuproq mintaqaning shimoliy g’arbiy va markaziy rayonlarida qora tuproq 
mintaqaning shimoliy rayonlarida eng yuqori samara beradi. Ana shu joylarda 
tuproqqa solinadigan go’ngning yillik normasi har gektariga 20-40 t ni tashkil etadi.
Qurg’oqchilik rayonlarida namgarchilik nisbatan yuqori bo’lgan joylardagiga 
qaraganda go’ngning samaradorligi past bo’ladi. Bunday joylarda tuproqqa o’z 
vafqtida va sifatli ishlov berish, namni iloji boricha ko’proq saqlab qolish va boshqa 
ko’plab agrotexnik tadbirlar qo’llanilganda go’ngning samaradorligi ortib boradi. 
Go’ngning yillik normasi uning sifatiga va miqdoriga, o’g’itlanadigan ekinning turiga 
bog’liq bo’ladi. Go’ngning samaradorligini oshirishad uni mineral o’g’itlarga qo’shib 
solish alohida ahamiyatga ega.
Ko’pgina olib borilgan tajribalarning natidjalarining guvohlik berishicha, 
go’ngning mineral o’g’itlarga qo’shib ishlatilganda olinadigan qo’shimcha hosil 
miqdori. Ana shu o’g’itlarni alohida alohida ishlatgandagiga nisbatan 20 % dan 60 % 
gacha ortadi.
Buni go’ng mineral o’g’itlarga qo’shib solinganda o’g’itlar alohida 
berilgandagiga nisbatan o’simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoitlari vujudga 
kelishi bilan tushuntirish mumkin.. Yaoni mineral o’g’itlar hisobiga o’simliklarning 
vegetatsiya davri boshlarida normal oziqlanish taominlanadi. Go’ng esa tuproqda asta 
sekin parchalanib o’simliklarning ozuqa moddalariga bo’lgan ehtiyojini eng kerak 
bo’lgan davrda qondiradi.
5. Go’ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi. 
Go’ngxoanalrda va daladagi shtablarda turgan go’ngni yuklagich mexanizmlari 
bilan go’ng sochadigkan mashinalarga yuklanadi va dalaga bir tekisda sochiladi. 
Go’ngning yillik normasi mashinalarni yonboshidagi shkalalardan tegishli sonni 
tpopib, maxsus richagni o’sha songa to’g’rilash bilan aniqlanadi. 
T yuzasiga sepilgan go’ng tezlik bilan haydalishi lozim. Aks holda tuproq 
yuzasida qoldirilgan go’ngdagi ammiakli azot yo’qoladi va go’ngning samaradorligi 
pasayadi. 
Tuproq-iqlim sharoitlariiga qarab go’ng tuproqqa 10-14 sm dan 20-25 sm 
gacha chuqurlikka solinadi. Lekin namlik yetarli bo’lmagan qurg’oqchil mintaqalarda 
va namlikni sug’orish yo’li bilan saqlaydigan joylarda go’ngli tuproqni sernam 
chuqurroq qatlamlariga solinadi. 
Almashlab ekish tixzimida go’ngni birinchi navbatda sabzavot va dala 
ekinlariga shuningdek, kuzgi don ekinlariga solinishi lozim. CHunki ular qo’shimcha 
oziqlantirishga talabchan bo’ladi va boshqa ekinlarga nisbatan ko’p miqdorda 
qo’shimcha hosil beradi.
Go’ngni mineral o’g’itlar bilan birga ishlatishda ularni bitta maydonga bir 
yo’la solish mumkin. Lekin ular turli muddatlarda solinishi mumkin. Masalan, 
go’ngning yillik normasini hammasi kuzgi haydov ostiga solinadi. Huddi shu kuzgi 


haydov ostiga yana fosforli va kaliyli o’g’itlarning yillik normasini ko’p qismi ham 
solinadi. 
Fosforli va kaliyli o’g’itlarning hamda azotli o’g’itlar o’simliklarning keyingi 
rivojlanishi bosqichlarida tuproqqa solinadi. Bunday usul o’simliklarning butun 
vegetatsiya davrida ozuqa moddalarga bo’lgan talabini bir tekisda taominlash 
imkoniyatini yaratadi. 
6. Sapropel’ nima? 
Sapropel’ bu suv xvzalarini o’t bosishi natijasida vujudga kelgan ko’l va torf 
yotqiziqlaridir. Sapropel’ tuproq aralashmasidan iborat massa organik moddalarga
boy bo’lib, minrallanish darajasi va minerald qismining tarkibi bilan farqlanadi. 
Sapropel’ni tepa qavati kuchli namlangan bo’ladi. Huddi shu joyda kimyoviy , 
biologik jarayonlar natijasida o’lgan planktonlardan sapropel’ paydo bo’lishi kechadi. 
Sapropel’ning qatlami qfalinlashgan sari undagi biologik jarayonlar so’nadi va uning 
kuchli zichlanishi ro’y beradi. 
Suv xavzalarida sapropel’ jinslarni ko’plab to’planishi natijasida u tezda 
qariydi, yaoni evtrofiyaga uchraydi. SHuning shuning uchun sapropel’ qazib 
chiqarish o’z oldiga ikki maqsad qo’yali.
1) tuproq unumdorligini oshirish uchun organik o’g’ olish. 
2) suv xavzalarining ekologik holatini yaxshilash. 
Ko’llilik darajasi past bo’lgan sapropel’ eng qimmatli hisoblanadi. Ko’llilik 
darajasiga qarab sapropel’ quyidagilarga bo’linadi.
1. Ko’li kam, o’rtacha ko’mlik yuqori ko’lli, o’ta yuqori ko’lli 85 % dan ortiq 
ko’llilikka ega bo’lgan sapropelli jinslar il deyiladi.
Sapropel’ ning hajmiy massasi 1,02-1,08 t/m3. Sapropel’ muzdan tushgandan 
keyin tezda quriydi va bo’sh hoga o’tadi.
Sapropel’ning ranggi turli tuman bo’lib, uning tarkibidagi organik va anorganik 
moddalarning miqdoriga bog’liqdir.
Sapropel’da o’simliklarga qiyin o’zlashadigan azotli birikmalar bor. Fosfor 
miqdori kam, kaliyniki esa juda kam.
Sapropel’ tarkibiga quyidagi mikroelementlar kiradi: marganets - 200-1000 
mg, rux - 10-400 mg, bor - 10-2000, mis - 2-60 mg, molibden - 2-20 mg, va kobalt 2-
15 mg. 
Sapropel’ni g’allali ekinlarga har gektariga 30-40 t chopi qumlar talab 
ekinlarga esa, 50-100 t solinadi.
Tayanch iboralar
Organik o’g’itlar, mineral o’g’itlar, mahalliy o’g’itlar, fermentlar, antibiotiklar, 
go’ng, to’shalma go’ng, chala chirigan go’ng go’nning yillik normasi, sapropel’. 
Nazorat savollari
1. Organik o’g’itlar debbnimga aytiladi va uning qanday turlari maqjud? 
2 Organik o’g’itlarning ahamiyati haqida gapiring. 
3. Go’ng nima va uning turlari haqida gapiring. 
4. To’shalmali go’ng va uning tarkibi. 
5. To’shalmasi go’ng va uning tarkibi.
6. Go’ng tuproqning qanday xususiyatlariga taosir qiladi? 
7. Go’ngning o’simliklarga ko’rsatadigan taosirini gapiring. 


8. Sapropel’ nima? 
9. Sapropel’ ko’llilik darajasiga qarab necha hilga bo’linadi? 
10. Sapropel’ tarkibidagi asosiy oziq moddalarning miqdorini gapiring. 
11. Go’ng tuproq qaysi muddatlarda va chuqurliklarga solinadi? 
12. Sapropel’ qanday normada solinadi? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971. 
5. 
Vasilev V.A. flipiva N.V. spravochnik po organicheskim udrobreniyam.
Rosagrogromizdat’, M.: 1988.
6. 
Roziqov Q. M., Hamraev K. Paxtachalikda organik o’g’itlar. T. 1977. 
MA’RUZA 17: ORGANIK O’G’ITLAR JAMG’ARISH VA SAQLASH TURLARI. 
KOMPOST TAYYORLASH USULARI VA ULARNI FOSFOR HAMDA KALIY 
BILAN BOYITISH. 
REJA: 
1. Organik o’g’itlar jamg’arish va saqlash usullari. 
2. Fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning samaradorligi
3. Go’ngning chirish darajasiga ko’ra turlari 
4. Kompost tayyorlash uslublari, ularni fosfor va kaliy bilan boyitish. 
5. Tayanch iboralar
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Organik o’g’itlar jamg’arish va saqlash usullari. 
Go’ngning miqdori va uning sifati ko’p jihatdan go’ng saqlash usuliga bog’liq 
bo’ladi. Go’ngni saqlash davrida mikroorganizmlar taosirida go’ng tarkibida azot va 
azotli organik moddalar parchalanadi. 
Mochevina va boshqa azotli organik birikmalar chorva mollarining suyuq 
ajratmasi tarkibida bo’lib, u gaz holatidagi ammiakka aylanadi, go’ngdan 
yo’qoladigan azoting asosiy manbai hisoblanadi. Mochevina urobakteriyalar 


tomonidan ajratiladigan urlaza fermentlari taosirida ammoniy karbonatga aylanadi, u 
esa ammiakka, karbonat angidrid gazi va suvga oson parchalanadi. 
Hayvonlarnin qattiq ajratmasi tarkibidagi azotli birikmalar va to’shamasi 
asosan oqsilli moddalardan iborat bo’ladi, odatda u ammiak jaratishi bilan bir vaqtda 
juda ham sekin parchalanadi. 
Go’ngning azotsiz organik moddalari, asosan, kletchatka va oson 
parchalanadigan 
boshqa 
organik 
birikmalardan 
iborat 
bo’ladi. 
Go’ng 
qanchaliksersomon bo’lsa, uning tarkibida azotsiz organik moddalar shunchalik ko’p 
bo’ladi. Agar unga havo kirib qolsa, go’ng karbonat angidrid gazi va suvgacha 
parchalanib, bunda harorat ham 50-70 S gacha ko’tariladi. Anaerob sharoitlarda esa 
kletchatka parchalanib, karbonat angidrid gazi va metah hosil bo’ladi.
Go’ngning tarkibida oson parchalanadigan organik moddalar ko’p bo’lsa, havo 
yaxshi kirib turadigan sharoitda ularning parchalanishiintensiv ravishda boradi. 
Go’ngni saqlash sharoitiga qarab organik moddalarning parchalanishi turli xil 
tezlikda kechadi va turli xil sifatga ega bo’lgan go’ng hosil bo’ladi. Go’ng 
saqlashning ken foydalaniladigan usullariga qo’yidagilar kiradi: 
1. Hayvonlar ostida saqlash
2. Zichlangan usulda saqlash 
3. Bo’sh zichlangan usulda saqlash 
4. Bo’sh usulda saqlash. 
1. Hayvonlar ostida saqlash. 
Bu usul chorva hayvonlari bo’sh yuradigan joylarda keng qo’llaniladi. CHorva 
fermerlari hovlilaida va hayvonlar sayr qiladigan maydonlarida hayvonlar ostiga 
solinadigan to’shama uzoq vaqt uchun birdainga ko’p va qalin qilib solinadi va keyin 
ustiga oz-ozdan qo’shib boriladi. Ularning ostida to’plangan go’ng esa har kuni 
olinmaydi, bir necha haftadan so’ng yoki bir necha oydan so’ng to’planib olinadi. 
CHorva hayvonlari bo’y yuradigan fermalarda torfdan pol qilinadi. 
Buning uchun hayvonlar yuradigan paydonlar 30-50 sm chuqurlikd qilib 
tekislanadi va torf to’ldriladi. Uning ustidan yaxshilab shibbalanadi. 
Mana shunday torfdan qilingan pol ustida chorva mollari bir necha oy yuradi 
va ulardan ajralib chiqqan suyuq ajratmalaring hammasini torf shimib oladiyu hosil 
bo’lgan torfli go’ng maolum muddatlardan keyin yig’ishtirilib olinadi va to’g’ridan-
to’g’ri dalaga olib borilib, haydov ostiga solish mumkin yoki shtabelga to’planadi. 
Bunday usul shimoliy mintaqalarda qo’llaniladi. 
Bunday sharoitda torfli to’shama bir oyda bir marta 3-4 marta almashtiriladi. 
CHorvachilik 
fermalaridan tashqari, 
chorva 
mollari 
sayr 
qiladigan 
maydonlarda ham, dala sharoitidagi chorva hayovnlari bo’sh haydalib saqlanadigan 
joylarda ham go’ngni to’plash va jamg’arish mumkin. Bunday joylarda torfni yoki 
maydalangan somonni 40-50 sm qalinlikda to’shaladi. CHorva hayvonlari bunday 
to’shama ustida yuradi va uni yaxshilab ezadi hamda to’shamani bir tekisda 
o’zlaridan chiqadigan suyuq ajratmalar bilan namlaydi va bosib zichlaydi. 
Go’ngni anaerob sharoitda chirishi, parchalanishi uchun sharoit yaratadi. 
Go’ngni chorva hayvonlari ostida saqlaganda, jamg’arilgan go’ng ancha 
arzonga tushadi, chunki uni har kuni tozalanmaydi, aqlash va jamg’arish uchun 


maxsus go’ngxonalar kerak emas, to’shamaning ko’pligi uchun suyuq ajratmalar 
hammasi to’lasiga to’shamada qoladi, ammiakli azot yo’qolmaydi. 
2. Zichlangan usulda saqlash. 
Go’ngni bunday usulda saqlash uchun uni go’ngxoanalarga joylanadi yoki 
dalada bo’lsa, shtabellarga qavat-qavat qilib, har bir qavatdan so’ng yaxshilab 
bosiladi, zichlanadi. 
Birinch qavatning kengligi 3-4 m, balandligi 1 m bo’ladi va uzunligi sharoitga 
qarab belgilanadi. 
SHtabelning 
balandligi 
2-2,5 

bo’lgunga 
qadar 
qavatlab 
zichlanadi.shtabelning usti qirqilgan somon yoki torf yoki tuproq bilan 15-20 sm 
qalinlikda yopiladi. 
Go’ng zichlangan usulda saqlanganda qirish jarayoni anaerob sharoitda boradi 
va unda doimiy namlik saqlanib turadi. Qishda shunday usulda saqlanganda 
shtabeldagi harorat 20-25 S, yozd esa 30-35 S bo’ladi. 
SHuning uchun go’ngni bunday usulda saqlanishi “sovuq usulda saqlash” 
deyiladi. Zichlangan usulda saqlanganda go’ngning hamma teshiklari karbonat 
angidrid gazi va suv bug’lari bilan to’la bo’ladi. Bu esa ammoniy karbonatni ammiak, 
karbonat angidrid gazi va suvgacha parchalanishiga yo’l qo’ymaydi. Bunday usulda 
saqlanganda organik moddalarning va azotning yo’qolishi boshqa usullarga nisbatan 
ancha kam bo’ladi. Zichlangan usulda go’ngni saqlanganda yarim chirigan go’ng 
olinadi va 3-4 oyda tayyor bo’ladi. Yaxshi chirigan go’ng olish uchun esa 
jamg’arilgan go’ng 7-8 oy turishi kerak. 
3. Bo’sh zichlangan usulda saqlash. 
Bu usulda go’ng quyidagicha saqlanadi: yangi usulda go’ng oldin 1 m 
qalinlikda bo’sh holda joylanadi, zichlanmaydi, qachonki, ushbu qavatda go’ngning 
harorati 60-70 S bo’lganda, kuchli darajada zichlanadi. Bu zichlangan qavatning 
ustiga yana 1 m qalinlikda bo’sh, zichlanmagan go’ng joylanadi, uning ham harorati 
60-70 S darajaga yetganda, bu qavat ham kuchli zichlanadi. 
Go’ngni yaxshlab zichlangandan so’ng harorat 30-35 S darajaga tushadi va 
go’ng kyinchalik anaerob sharoitda parchalanadi. 
Bunday usulda saqlanganda go’ng tezda parchalanadi. Yarim chirigan go’ng 
1,5-2 oyda tayyor bo’ladi. Bu usul nisbatan qisqa muddatda ko’proq chirigan go’ng 
olish uchun yoki veterinar vrach go’ngdan oshqozon -ichak kasalliklarining 
qo’zg’aluvchilarini topganda, saqlanayotgan go’ngning tarkibida ko’p miqdorda 
poxol to’shama bo’lganda qo’llaniladi. 
4. Bo’sh usulda saqlash.
Go’ng bunday usulda saqlanganda, shtabelga to’plangan go’ng bosilmasdan, 
zichlanmasdan shunday bo’sh holda qoldiriladi. 
SHuning uchun go’ng to’plangan shtabel aerob sharoit yuzaga keladi, ko’p 
miqdorda organik moddalar va azot yo’qoladi hamda go’ngdagi suyuqliklar ajralib 
chiqadi. Bunday holat go’ng tartibsiz saqlanganda ro’y beradi. 
Yuqorida aytib o’tilgan go’ng saqlash va jamg’arish usullari aniq sharoitdan 
kelib chiqib, har xil usulda saqlanigi mumkin. 


Go’ngni chorvachilik fermalari yaqinida joylashgan go’ngxonalarda yoki 
o’g’itlanishi lozim bo’lgan dalaning o’zida ham saqlash mumkin.
5. Go’ngni go’ngxonalarda saqlash. 
Xo’jaliklarda mavjud go’ng saqlaydigan va jamg’ariladigan joyda talab 
darajasidagi sifatli va har xil kompostlar tayyorlash imkoniyatini beradigan go’ngni 
jamg’arish mumkin. 
Go’ngxonalar 2 xil tipda bo’ldi: 
1. Kotlovan tipidagi go’ng saqlaydigan joylar. 
2. Yer ustida go’ng saqlaydigan joy. 
Qurg’oqchilik sharoitga ega bo’lgan joylarda, ochiq shtabellarda go’ng 
saqlanganda, jamg’arilgan go’ng tezda qurib qoladigan bo’lsa, go’ngni kotlovan 
usulida saqlash mumkin. 
Er soti sizot suvlari yaqin joylashgan bo’ls, go’ngni yerning ustida shtabel qilib 
saqlanadi. 
Go’ngni kotlovan tipidagi go’ngxonalarda saqlanganda, anaerob sharoiti 
yaratish ancha oson bo’ldi, go’ngning tarkibidagi azot va organik moddalar kam 
yo’qoladi. 
Har qanday go’ng saqlanadigan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) jamg’arilgan go’ng tarkibidagi chuyuq go’ngning yo’qotmaslik uchun 
go’ngxonalarning osti asfat’tlangan yoki betonlargan bo’lishi kerak.
2) go’ngxonalarning bir tomonida suyuq go’ng yig’iladigan joyi bo’lishi kerak. 
3) Go’ngxonalarning asfal’tlangan yoki betonlangan ostiki qismi suyuq 
go’ngni to’planadigan joyga qiya qilinishi kerak. 
4) go’ngxonaning uzunasiga ketgan ikki tomonini tashqarisidan yomg’ir va 
boshqa suvlar oqib ketadigan ariqchalar bo’lishi kerak. 
5. Go’ngxonalardagi jamg’arilgan go’ngni olib ketish uchun transport 
vositalariga qulay sharoit bo’lishi kerak. 
6) go’ngxonalarni quruq va baland joyga qilish kerak. CHorvachilik 
fermalaridan 50 m, aholi yashaydigan punktdan 200 m uzoqlikda bo’lishi kerak. 
Go’ngxonalarni botqoqliklarda, suv toshib chiqib ketadigan joylarda, daryo, 
ko’l, buloqlarning yaqinida qurish mumkin emas. 
Go’ngxonalar quriladigan joy chorvachilik fermasining veterinar vrachi va 
sanitariya eidemiologiya tantsiyasining vakili bilan birgalikda tanlanadi. 
6. Go’ngni dalada ugomlarda saqlash. 
Xo’jaliklarda transport juda badnligini hisobga olib, tayyorlangan va 
to’plangan go’nglarni qishda dalaga tashib, ugom holida saqlash mumkin. 
Buning uchun dalaning balandroq suv bosmaydigan qismi tanlanadi, qori 
tozalanadi va qirqilgan somon yoki torf bir qavat qilib solinadi. 
Go’ngni iloji boricha katta uyumlarga yig’iladi va uni muzlab qolishidan va 
azoltni yo’qolmasligini oldini olish uchun yaxshilab zichlanadi. 
Uyumning kengligi 3-4 m va balandligi 2-2,5 m bo’ladi.
Go’ngni muzlab qolishini oldini olish uchun har bir uyumlarni 1-2 kun ichida 
tayyorlab, ustini 20-25 sm qalinlikdagitorf yoki qirqilgan somon bilan yopish kerak. 


Yangi yoki yarimchirigan go’nglarniYu, dala sharoitida, kichik kichik 
uyumlarda saqlash mumkin emas. Ular qishda muzlaydi, bahor va yozda esa qurib 
qoladi va ko’p miqdordagi ammiakli azot yo’qotiladi. 
Uyumlarning ustiga 9-9,5 g/*m2 normadagi simazin sepilsa, yovvoyi o’tlar 
ko’karmaydi. 
7. Go’ngni saqlash vaqtida uning tarkibidagi ozuqa moddalarning 
yo’qolishini oldini olish. 
Go’ngni saqlash va jamg’arish vaqtida yuzaga kelgan noqulay sharoitlar 
taosirida uning tarkibidagi ozuqa moddalari yo’qolib, o’g’itlilik xususiyati pasayadi. 
Go’ngning chirish jarayonida birinchi navbatda azot ammiak ko’rinishida 
yo’qoladi. Hayvonlarning suyuq ajratmalarini va uyumdan sizib chiqadigan suyuq 
go’ngni atrofga oqib ketishi yoki uyum turgan joyda tuproqqa singib ketishi 
natijasida uning tarkibidagi kaliy yo’qoladi. 
Bunday yo’qolishlarning oldini olish uchun ko’proq miqdorda to’shama solish, 
to’shama sifatida torf va qirqilgan poxol bo’lakchalaridan foydalanish va go’ngni 
zichlangan usulda saqlash kerak. CHorvachilik fermalarida va go’ngxonalarda suyuq 
go’nglarni to’playdigan xovuzlar qurish loxim. 
2. Fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning samaradorligi. 
Serpoxol go’nglarda fosfor yetishmasligi fosfor natijasida mikroorganizmlar 
yaxshi rivojlana olmaydilar. 
Go’ngga fosforit unining qo’shilishi natijasida go’ngda fosfor miqdori 
ko’payadi, mikrobiologik jarayonlar kuchayadi, gumifikatsiya jarayoni tezlashadi va 
go’ngni saqlash davrida ammiakli azotning mikroorganizmlar tomnidan singdirilishi 
keskin kuchayadi. 
Bularning hammasi go’ngni saqlashda azotning yo’qolishini kamaytirishga olib 
keladi. 
Go’ngni fosforli o’g’itlar bilan kompost qilishning undagi organik moddalar va 
azotning yo’qolishini kamaytirishga taosiri (Mamchenkov) 
kompost qilish usullari 4 oy saqlangan go’ngdan 
oldingi holatiga nisbatan 
yo’qolishi, % 
organik 
moddalar
azot 
go’ngning o’zi fosforli 
o’g’it qo’shilmasi 
58,1 
19,6 


fosforit 
uni 
qo’shib 
kompost 
qilingan 
42,6 
5,4 


superfosfat 
qo’shib 
kompost 
qilingan 
41,4 
3,3 


Go’ngni fosforit uni qo’shib kompost tayyorlash go’ngning sifatini oshiribgina 
qolmasdan, balki arzon, lekin qiyin eriydigan o’simlikga yomon o’zlashadigan 
fosforli o’g’it - fosforit uninig samaradorligini xam oshiradi. 
Go’ngning parchalanishi, chirishi natijasida hosil bo’lgan ko’mir va organik 
kislotalar taosirida fosforit unining tarkibidagi fosfor o’simliklarga oson 
o’zlashadigan shaklga o’tadi.
Fosforit uni tarkibidagi fosforning bir qismi kompost qilinganda 
mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi va vaqtincha bakteriya plazmasida organik 
shaklga o’tadi. 
Bu fosfor mikroorganizmlarning tanasi minerallashgandan so’ng o’simliklarga 
o’zlashadigan bo’ladi. 
Go’ngni fosforit uni qo’shib kompost qilinganda 1 t go’ngga 10-40 kg, 
ko’pincha esa 20-30 kg fosforit uni qo’shiladi.
Kompost qilinganda go’ngga qo’shilgan superfosfatning miqdorini oshirib 
berilishi undagi azoting yo’qolishini keskin kamaytiradi. 
Superfosfatning dozasi 
go’ng tarkibidagi azotning 
boshlang’ich miqdorini 4 
oydan keyingi kamayishi, 

superfosfat 
qo’shilmagan 
46,4 


superfosfat 
qo’shilgan 
31,5 


superfosfat 
qo’shilgan 
23,5 


superfosfat 
qo’shilgan 
11,3 


superfosfat 
qo’shilgan 
3,1 
Fosforit unining go’ngga tayyorlashdan Toshkent tuproqqa solgungacha 
bo’lgan davrda qochon solinsa ham bo’laveradi. Lekin ikkala o’g’itning bir biriga 
aralashuvi va ular o’rtasildagi o’zaro taosirlashuv qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha 
yaxshi kompost tayyorlanadi. 
SHuning uchun fosforit unini, chiqaradigan go’ngning miqdorini bilgan holda, 
o’sha chorvachilik fermasidagi hayvonlar yuradigan joyga sepsa ham bo’laveradi. 
Go’ng - fosforit unidan tayyorlangan kompostlarni kuzgi va bahorgi haydov 
ostiga solinadi. 
Agarda ularga azotli o’g’itlar qo’shilsa, ularning samaradorligi juda ham 
yuqori bo’ladi. 
3. Go’ngning chirish darajasiga ko’ra turlari. 
Go’ng chirish darajasiga qarab bir necha turga bo’linadi. 
1. Yangi go’ng


2. Yarim chirigan go’ng 
3. CHirigan go’ng 
4. CHirindi modda. 
1) yangi yoki kuchsiz darajada chirigan go’ng deb shunday go’ngga aytiladiki, 
unda to’shama sifatida ishlatilgan poxol o’zining sariq rangini va qattiqligini 
yo’qotmagan bo’ladi. 
2) yarim chirigan go’ngda to’shama poxol o’zining qattiqligini yo’qotadi va 
rangi to’q jigarrang tusga kiradi 
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 20-30 % ga kamayadi. 
3) chirigan go’ng - qora rangli bo’lib, uning tarkibidagi poxol bo’lakchalari 
bo’linmaydi. 
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 50 % ga kamayadi. 
4) chirindi - bir xil tarkibga ega bo’lgan, organik moddalarga boy, qora rangli 
tuproqsimon massa. 
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 75 % ga kamayadi. 
Go’ngni oxirgi chirindi holatiga kelgunga qadar bo’lgan stadiyalarni 
o’tashgacha olib kelmaslik kerak, chunki bu jarayonda juda ko’p organik moddalar 
va azot yo’qoladi. 
Tuproq-iqlim sharoitiga ko’ra, ko’proq yarim chirigan yoki chirigan holatdagi 
go’ng ko’proq ishlatiladi. 
Janubiy-sharqiy quruq iqlimli sug’orilmaydigan sharoitga ega bo’lgan 
mintaqalarda chirigan go’ngdan ko’proq foydalaniladi. 
Sug’orib dehqonchilik qilinadigan, go’ngni oldindan kuzgi haydoq ostiga 
tashlanadigan va vegetatsiya davri ekinlar yetishtiriladigan mintaqalarda yangi 
go’ngdan foydalansa ham bo’laveradi, lekin ko’pincha yarim chirigan go’ngdan 
foydalanish yuqori masara beradi. 
4. Kompost tayyorlash uslublari, ularni fosfor va kaliy qo’shib boyitish. 
Kompost tayyorlash - mahalliy, organik o’g’itlarni va o’g’itlarning masani 
oshirishning muhim usulidir.
Kompost qilish bir organik o’g’it parchalanganda uning tarkibidagi ozuqa 
elementlarini yo’qolishini kamaytirish uchun va boshqasini tarkibidagi ozuqa 
elementlarini o’simliklarga o’zlashishini kuchaytirish uchun zarurdir.
Kompost mikroorganizmlarning parchalanishiga chidamliligi jihatidan 2 xil 
komponentdan iborat bo’ladi. Bulardan biri, masalan, torf, poxol, chimli yer va 
boshqalar, bular namni va ammiakni o’zlariga yaxshi singdiradi, va kompost 
qilinmasa, qiyin parchalanadi.
Ikkinchi komponent esa mikroorganizmlarga boy, tarkibida yetarli miqdorda 
yengil parchalanadigan azotli organik birikmalari bor jimslardir.
Bunday kompost tayyorlashda, birinchi komponent ikkinchisiga nisbatan 
ko’proq olinadi. 
Bunday kompost tayyorlash biologik kompost tayyorlash deyiladi. 
Bu arzon va inert materiallardan, o’zlarining o’g’itlilik sifati past bo’lgan 
organik moddalardan ko’plab miqdorda yuqori sifatli organik o’g’itlar tayyorlash 
imkoniyatini beradi. 


Bunday kompostlarga: torf-go’ngli, torf-najasli,torf-suyuq go’ngli, poxol va 
boshqa qiyin parchalanadigan organik materiallarning najas va suyuq go’ng bilan 
qilingan kompostlari kiradi. 
Bunday organik kompostlar tarkibiga mikroorganizmlarni bakteriyal 
preparatlar ko’rinishad ham qo’shish mumkin. 
Go’ngni kompost qilishdan asosiy maqsad - uning miqdorini ko’paytirish va 
tarkibidagi azot hamda go’ng suyuqligini saqlab qolishir. 
Torfni go’ng, suyuq go’ng va najas bilan kompost qilinadi. 
Kompost qilishning 2 xil usuli mavjud:h 
1. Qatlam-qatlam qilib kompost tayyorlash. 
Bunday kompost tayyorlashda shtabelning yoki uyumning kengligi - enining 
kengligi 3-4 m bo’ladi va go’nghamda rof yoki boshqa mahalliy materiallar 
navbatma-navbat qavat -qavat qilib, balandligi 2,0-2,5 m bo’lgunga qadar joylanadi. 
Go’ng tarkibidagi suyuqliklar yerga singib ketmasligi uchun shtabelning eng ostiga 
50 sm qalinlikda torf yoki boshqa shunga o’xshash materiallar tashlanadi. 
2. Go’ngni markazga olib kompost tayyorlash. 
Bunda avval torfdan 50-60 sm qalinlikda shtabel qilinadi va uning o’rtasiga 
enining fqalinligi 1-1,5 m, qalinligi 70-80 sm qilib, go’ng qavati hosil qilinadi. Keyin 
go’ngning atrofi va usti 50-70 sm torf bilan yopiladi. Bunday kompost tayyorlash 
ko’proq sovuq iqlimli mintaqalarda qo’llaniladi. 
3. Dalada buldozer bilan torf-gli kompost uyumini tayyorlash. 
Buning uchun avval o’g’itlanayotgan dala boshiga avtosamosval yoki traktor 
pritseplarida torf olib chiqiladi va ular oralig’i 5 m dan qilib to’kiladi va ularning 
oraig’iga go’ng tashlanadi. Ana shunday 3 ta qator qilinadi. Keyin ikki chekkadagi 
qatorlarni o’rtadagi qatorga to’planadi. So’ngra hosil bo’lgan bir qatorni qarama-
qarshi tomonlaridan surib, uyum hosil qilinadi. Bunda torf va go’ng juda yaxshi 
aralashadi va ular uyumga yaxshilab joylanadi. 
Bunday usulda tayyorlangan kompostlar bosilmaydi, zichlanmaydi. Bu esa 
ularning tarkibidagi organik moddalarni parchalanishini tezlatadi, go’ng tarkibidagi 
ammiakli azotni to’lig’icha torf singdirib olganligi uchun u to’lig’icha kompost 
qoladi.
Tajribalarning ko’rsatishicha, kompostlarga kaliyli o’g’itlarning qo’shilishi 
torfdagi azotli birikmalarning xarakatchanligini oshiradi. 
Tayanch iboralar
Go’ngni saqlash usuli, gaz holidagi ammiak, go’ngning azotsiz organik 
birikmalari, go’ngni hayvonlar ostida saqlash, zichlashgan usulda saqlash, bo’sh 
zichlashgan usul, anaerob sharoit, shtabel, sovuq usul, yarim chirigan, go’ngning 
muzlab qolishi, kotlovin, chirigan go’ng, yangi go’ng, komponental, biologik 
kompost, kompost turlari, kompost qilish usullari. 
Nazorat savollari 
1. Go’ngni saqlash davrida qanday jarayonlar sodir bo’ladi? 


2. Go’ngni hayvonlar ostida saqlash va uning ahamiyatini gapiring. 
3. Go’ngni zichlangan usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring. 
4. Go’ngni bo’sh zichlangan usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring. 
5. Go’ngni bo’sh usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring. 
6. Sovuq usulda saqlash deganda nimani tushunasiz? 
7. Kotlovan tipidagi go’ngxonalardan qanday sharoitda foydalaniladi? 
8. Go’ngxonalarni qanday joylarda qurish mumkin emas? 
9. Go’ngxonalar quriladigan joylar kimlar tomonidan tanlanadi 
10. Go’ng tarkibidagi ozuqa moddalarning yo’qolishini oldini olish uchun 
qo’llaniladigan tadbirlarni ayting. 
11. Go’ngga fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning ahamiyatini gapiring. 
12. Bioloik kompost tayyorlash deb qanday usulga aytiladi? 
13. Go’ngxonalar chorvachilik fermalari va aholi punktlaridan necha metr 
uzoqlikda bo’lishi kerak? 
14. Go’ngni kompost qilishdan asosiy maqsad nima? 
15. Kompost qilish usullarini gapiring. 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964.
MA’RUZA 18: TORF, UNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI. TORFNING 
KIMYOIY TARKIBI VA UNING QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANISHI. 
REJA: 
1. Torfning paydo bo’lishi va turlari. 
2. Torfning xususiyatlari 
3. Torfning kimyoiy tarkibi
4. Torfning qishloq xo’jaligida foydalanishi 
5. Quritilgan torfzor torfidan o’g’itlar sifatida foydalanish 
6. Torfli kompostlar 
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar


1. Torfning paydo bo’lishi va turlari. 
Torf katta miqdordagi botqoqlik o’simliklarni ortiqcha namlik va havo 
yetishmasligi sharoitida halok bo’lishi hamda chala chirishi natijasida hosil bo’ladi.
Har qanday torf kam chirigan o’simlik qoldiqlaridan, chirindi va mineral 
aralashmalardan iborat bo’ladi. Torfning turlari va tiplari sifati bo’yicha turli xildir. 
SHuning uchun uning o’g’it sifatida foydalanish bir xil emas. Torfni o’g’it 
sifatidatoza holda ishlati bo’lmaydi, uni boshqa komponentlar bilan birga 
foydalaniladi.
Torfning 90 % dan ortig’i Rossiyaning noqora tuproq mintaqasida joylashgan. 
Torfli maydonlar 80 mln ga ni tashkil etadi. Torf zahirasi quruq holitai 
hisoblanganda, 160 mlrd t ni tashkil etadi, bu dunyodagi torf zaxirasining 66 % ni 
tashkil etadi.
Torfning turlari uning paydo bo’lish sharoitlari, rel’ef elementlari bo’ylab torfli 
botqoqlarning joylashishiga bog’liqdir. Torfning turi uning tarkibiga kiruvchi 
qoldiqlarga qarab belgilanadi.
Torfli botqoqliklarning paydo bo’lishi sharoitiga qarab 3 turga bo’linadi. 
1. Balandlikda hosil bo’lgan torf. 
2. Pastlikda hosil bo’lgan torf.
3. O’tish holatidagi torf. 
Balandlikda hosil bo’lgan torf relefning balandlik qismidan sfagnum moxidan 
va boshqa o’simliklardan paydo bo’ladi. Bu o’simliklar ozuqa va namlikka kam 
talabchan bo’ladi. 
Pastlikda hosil bo’lgan torf relefning pastki qismida sizot suvlari taosirida 
paydo bo’ladi. 
Bu torfning paydo bo’lishida har xil moxlar, qamishlar, olxa, qayinlar, yel’, 
sasna, tol va boshqa namsevar hamda ozuqaga talabchan o’simliklar muhim rol 
o’ynaydi.
O’tish holatidagi torf oraliq holatni egallab, uning ustki qavati balandlikdagi 
torfga, pastgi qavati pastlikdagi torfga yaqindir.
Torf paydo bo’lishida ustunlikka ega bo’lgan o’simlik turining nomi so’zning 
oxiriga va torf paydo bo’lishida 2-darajali bo’lgan o’simlikning nomi so’zning 
boshida keladi.
Agar torfning tarkibidagi o’simlik qoldiqlari, asosan sfagnum moxidan iborat 
bo’lsa, u vaqtda torfning o’g’itlik sifati past, agar qiyoqlar o’simliklarning yog’ochliq 
qisamidan iborat bo’lsa, bu xildagi torf ancha qimmatli hisoblanadi.
2. Torfning xususiyatlari. 
Torfning xar xil turlari va tiplarini agronomik jihatdan baholashda uning 
botanik tarkibi, parchalanish darajasi, ko’llilik darajasi, ozuqa moddalar miqdori, 
kislotaliligi, nam sig’imi kabi xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.
Botanik tarkibi.


Torfning agronomik jihatdan sifatini xarakterlovchi muhim belgisidir. 
Masalan, balandlika hosil bo’lgan sfagnum moxidan hosil bo’lgan torf ozuqa 
moddalarning kamligi, ko’llilik xususiyatlarining kamligi, kislotali reaktsiyaga 
egaligi va gumifikatsiyaning pastligi bilan ajraib turadi. 
O’g’it olinadiga material sifatida foydalaniladigan torfni baholashda undagi har 
xil organik birikmalarning tarkibi va nisbatining ahamiyati kattadir. Torf tarkibiga 
kiruvchi ligninlar, bitumlar, smolalar, yog’ kislotalari, mikroorganizmlarning 
parchalashlariga juda chidamlidir. 
Balandlikda paydo bo’lgan torfning tarkibi ularning miqdorining ko’p bo’lishi 
uning tuproq tarkibi parchalanishini susaytiradi. Pastlikda hosil bo’lgan torfda gumin 
moddalari ko’p. Bunday torfning gumin moddalari kaltsiy bilan kuchli bog’langan. 
Torfning parchalanish darajasi. 
Torfning parchalanish darajasi qancha katta bo’lsa, uning o’g’itlik ahamiyati 
shuncha yuqori bo’ladi.
1. Torfning tarkibida 5-25 % gacha gumifikatsiyalangan moddasi bo’lsa, u 
kuchsiz parchalangan torf deyiladi.
2. Agar torf 25-40 % gacha parchalangan moddalari bo’lsa, bunday torf 
o’rtacha parchalangan torf deyiladi.
3. O’simliklardan paydo bo’lsa, torf katta parchalanish darajasiga ega. 
Torfning kulliligi. 
Bu torfning qishloq xo’jaligida foydalanishda muhim ko’rsatkich hisoblanadi. 
Torf normal va yuqori ko’llilik darajasiga ega bo’ladi.
Agar torfning ko’lliligi 12 % bo’lsa, bu normal kulli torf deyiladi.
Agar torfning kulliligi 12 % dan yuqori bo’lsa, bunday torflar yuqori kulli torf 
deyiladi. 
Balandlikda paydo bo’lgan torfda 5 %, o’tish holatdagi torfda 10 %, pastlikda 
paydo bo’lgan torfda 8-12 % kuli mayjud bo’ladi. 
Torfning kislotaliligi. 
Bu torfdan qishloq xo’jaligida foydalanish usulini va uni tashqi aniqlashda 
muhim ko’rsatkichdir. Agar torfning tuzli so’rimining rN = 5,5 dan past bo’lsa, uning 
o’g’it sifatida to’g’ridan-to’g’ri foydalanib bo’lmaydi. 
Uni avval go’ng bilan ohak va fosforit uni bilan kompost qilish kerak. 
Balandlikda paydo bo’lgan torfning kislotaliligi yuqori bo’lib, pastlikda paydo 
bo’lgan torfning kislotaliligi pastdir.
Torfning nam sig’imi va singdirish qobiliyati. 
Torfning bu xususiyatlari uning to’shalma sifatida foydalanishda muhim rol 
o’ynaydi.
Eng yuqori nam sig’imiga ega bo’lgan torf bu balandlikda paydo bo’lgan 
torfdir va uning nam sig’imi absolyut quruq moddaga nisbatan 1000-1800 % ni 
tashkil etadi.
Pastlikda paydo bo’lgan torfda esa bu ko’rsatkich 500-1000 % ni tashkil etadi.
Torfning singdirish sig’imi juda yuqori. 100 gr quruq moddaga nisbatan, 100-
200 mg/ekv. ni tashkil etadi. 
3. Torfning kimyoiy tarkibi. 


Torfning har xil turi va tipida ularning miqdori bir xil emas. Torf darajasi ham 
go’ngdagi kabi tarkibida o’simliklar uchun zarur bo’lgan ozuqa elementlarining 
hammasi mavjud, lekin ularning nisbati bir xil emas, azot, fosfor va kaliy kabi ozuqa 
elementlarining orasida torfning tarkibida azot ko’p miqdorni tashkil etadi.
Absolyut quruq massaga nisbatan balandlik torfida 0,7-1,5 %, pastlik torfida 
esa 2,5-3,5 % ni tashkil etadi.
Lekin tuproqdagi azotning asosiy qismi organik shaklda bo’lib, o’simliklarga 
minerallashganan so’ng o’zlashishi mumkin. 
Torfdagi birdan-bir o’zlashadigan azot bu ammiakli azotdir. 
Uning miqdori pastlik torfida 0,09 % ni, balandlikda paydo bo’lgan torfda esa 
0,035 % ni tashkil etadi. SHuning uchun torf o’simliklar uchun azotli oziqlanish 
manbai bo’ladi. Qachonki, unga biologik taosir ko’rsatganda, yaoni unga go’ng 
suyuq najas bilan kompost tayyorlaganda uning tarkibi azotni o’simliklar yaxshi 
qabul qiladi. 
Fosfor normal kulli torfda azotga nisbatan ancha ozdir.
Kaliy. 
Torfda kaliy kam. Absolyut quruq moddasida 0,0,5-0,2 % ni tashkil etadi. 
Lekin kaliy torfdan suv bilan oson ajratib olinadi va unda o’simliklarga oson 
o’zlashadigan shaklda bo’ladi.
Torfning kimyoiy tarkibi 
tofrlar
Absolyut quruq modda nisbatan miqdori, % 
org.mod kuli
azot 
fos-for kaliy
kaltsiy 
balandlikda 
paydo 
bo’lgan torf
95-98 
2-5 
0,7-1,5 
0,0,5-
0,15 
0,05-
0,10 
0,2-0,4 
pastlikda 
paydo 
bo’lgan torf
85-92 
8-15 
2,5-3,5 
0,20-
0,60 
0,15-
0,20 
2-6 
o’tish holatidagi
90-95 
5-10 
1,2-2,5 
0,15-
0,25 
0,10-
0,15 
0,4-2 
4. Torfning qishloq xo’jaligida foydalanishi. 
Torf qishloq xo’jaligida juda xilma xil soxalarda ishlatiladi. 
U chorva fermalarida to’shama uchun ishlatiladi.xar xil konpastlar tayyorlashda 
ishlatiladi. 
1. Torf to’shama uchun juda yaxshi materialdir.uning yuqori nam sig’imi 
hayvonlar, suyuq ajratmalarining to’la singdirib olish imkoniyatini beradi. 
To’shama uchun eng yaxshi torf bu parchalanish darajasi 25%bo’lgan va 
kullilik 10% dan kam bo’lgpn torf xisoblanadi. 


2. Torfdan kompostlar tayyorlash - bu yuqori sifatli organik o’g’itlar tayyorlash 
usulidir.
Kompost tayyorlashda torfdga ohak, fosforit uni, yaxshi eriydigan mineral 
o’g’itlar, go’ng, suyuq go’ng, shaltog’i, najas va boshqalar qo’shiladi. 
Ohak, fosforit uni yoki kul bilan kompost tayyorlashda rN=5 ga teng, kullilik 
darajasi 10 % dan kam, parchalanish darajasi 40-25 dan past bo’lgan torfdan 
foydalanish kerak. 
3. Torf- chirindili tuvakchalar yasash. 
Torf sabzavotchilikda ko’chatlar o’tkaziladigan ozuqali tuvakchalar yasash 
uchun foydalaniladi. Tuvakchalar yasash uchun foydalaniladigan aralashmalar 
tarkibida har xil organik moddalar mineral o’g’itlar va neytrallovchi qo’shimchalar 
kiradi. Ko’chat o’tkazuvchi tuvakchalar yasash uchun eng yaxshisi pastlikda paydo 
bo’lgan torflardan yoki o’tish stadiyasida turgan neytral yoki kuchsiz kislotali 
muhitga ega bo’lgan 30-40 % parchalanish darajali va kulliligi 3-15 % bulgan torfdan 
foydalaniladi. 
4. Torfni kompost qilmasdan o’g’it sifatida ishlatish. 
Bunday maqsad uchun kuchli parchalangan pastlikda paydo bo’lgan yuqori 
kulli torfdan foydalaniladi.
To’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatish uchun shuningdek, rN 5,5 dan ortiq, 
kulliligi 10 % dan yuqori, kaltsiy 4 % dan yuqori, parchalanish darajasi 40-50 % dan 
kam bo’lmagan torfdan ham foydalanish mumkin. 
5. Torfdan mul’chalashda foydalanish. 
Torfdan mevali va sabzavot ekinlarini mul’chalashda foydalaniladi. Ekinlarni 
mul’chalashdan maqsad ekinlar ekilgan tuproqning ustki qatlamida suv, harorat va 
ozuqa rejimini yaxshilash, qatqaloq oldini olish va begona o’tlardan saqlash uchun 
foydalaniladi.
Haydoq oldidan torfni parchalashni tezlatish maqsadida oz miqdorda go’ng, 
suyuq go’ng va najas qo’shiladi va haydab yuborila.i 
5. Quritilgan torfzor torfidan o’g’it sifatida foydalanish. 
Torflar torfzorlar bevosita quritilgandan keyin yoki qisman yer yuzida 
qavatma-qavat qilib qayta ishlangandan so’ng bevosita yem-xashak halla va sabzavot 
ekinlari o’stirishda, shuningdek, ekiladigan o’tloq va yaylovlar barpo etishda 
o’g’itsifatida ishlatiladi. Torfli o’tloqlar tarkibida kaliy elementi kam saqlashi va 
ko’pincha fosfor tutishi bilan farq qiladi. SHunga ko’ra torfzorlardan o’tloqi 
yaylovlar yoki bo’lmasa, ekin dalalari sifatida foydalanish uchun kaliyli va fosfor 
kaliyli o’g’itlardan foydalanish birinchi navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.
Torfzorlarnino harakterli xususiyatlari shundan iboratki, ularda o’simliklar 
uchun layoqatli bo’lgan misning tanqisligi hisoblanib, shunga ko’ra ana shu 


tuproqlarda mis elementining qo’llanilishi ekinlardan mo’l hosil olishning eng zarur 
shartlaridan biri hisoblanadi.
Torfni o’g’it sifatida ishlatish uchun tayyorlash. 
Toza holda yaxshi parchalangan tarkibida ko’plab kul moddalarini saqlovchi 
pastlik torfini ayniqsa ohakka va fosforga boy bo’lgan torflarni bevosita o’g’it 
sifatida ishlatish mumkin. O’g’i sifatida torflardan samarali foydalanishdja ularni 
tayyorlashni to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Eng yaxshisi torfni o’g’it 
uchun yoz davomida yuza qatlamli usulda tayyorlanish foydalidir. Ana shu usulda 
namligi 50-60 % ga boradigan uvoqli torf olini, bunga torf tayyorlashdagi 
bajariladigan barcha ishlarni to’liq mexanizatsiyalashtirish mumkin bo’ladi.
Torfni qish djavomida tayyorlashda enldigina qazib chiqarilgan torfning 
namligi juda yuqori bo’lib, 80-90 % ga yetadi. Bunday torfni boshqa torflarga 
qaraganda yerga 2-3 barobar ko’p solishga to’g’ri keladi.
Masalan, absolyut quruq torfni gektariga 10 t miqdorida ishlatish 
mo’ljallangani holda, namligi 50 % bo’lgan torfdan 20 t namligi 80 % li torfdan 50 t 
solish kerak. Yaxshi qurimagan va namligi yuqori bo’lgan yangi torf hatto har 
gektariga 50-100 t dan ishlatilganda ham, odatda sezilarli natija bermaydi, buning 
ustiga bu xildagi torfni qish davomida tayyorlash yozdagiga qaraganda ancha 
qimmatga tushadi. 
6. Torfli kompostlar 
Kompost tayyorlash uchun pastlik va o’tish holatidagi, shuningdek, bir oz 
parchalanadigan yuqori torflardan ham foydalanish mumkin. Torf tarkibidagi 
azotning asosiy qismi o’simliklar uchun kam o’zlashuvchan organik holda va faqat 2-
3 % esa ammiak va nitrat holdagi mineral birikmalardan iborat bo’ladi.
Torft tarkibigi organik mineral moddlar mikrobiologik parchalanishga juda 
chidamli bo’lib, azot organik birikmalarining minerallanishi ham juda sekin boradi. 
Torfning ko’pchilik turlari nordon reaktsiyalidir. Bu es ularning tuproqda 
parchalanishini qiyinlashtiradi.
Torfning samaradorligi uni biologik aktiv organik o’g’itlar, go’ng , suyuq 
go’ng, go’ng shaltog’i, najaz va fosforitni, ohak kul va boshqalardan iborat bo’lgan 
mineral o’g’itlar bilan birga qo’shib kompost qilinganda ortadi.
Torf 
go’ngli 
kompostlar. 
Torf go’ng bilan kompost qilinganda mikroorganizmlar bilan boyiydi. Uning 
kislotaliligi pasayadi. Kompostlarda mikrobiologik jarayonlar kuchayadi. Organik 
moddalarning parchalanishi intensiv boradi va tarkibidagi o’simliklar uchun layoqatli 
bo’lgan azot miqdori ortadi. Bu hildagi torf yuqori singdirish qobiliyatiga ega 
bo’lganligidan organik moddalarning parchalanishidan hosil bo’ladigan ammiakni 
to’liq bog’laydi.
Torfning parchalanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa kompost tayyorlash 
uchun torfning shunchalik kaliyli o’g’itlarp va go’ngni kamroq olish kerak. 
Kompostni qish tayyorlash uchun bir qism torfga bir qism go’ng bahorgi yozgi 
kompostlashda torfni go’ngga nisbatan 2-3 qism va undan ham ko’proq olinadi. 
Odatda torf tayyorlashda torf va go’ng qavatma-qavat qilib uyiladi, yoki go’ngni 


kompost qatlamlari orasiga to’p-to’p qilib, joylab kompostlash usuli qo’llaniladi. 
Birinchi holda torf va go’ng qalinligi 25-30 sm dan qilib navbati bilan qavatma-qavat 
joylanadi. Bunda har qaysi qavat orasiga har bir t kompost hisobiga 20-30 kg fosforit 
uni sepib ketish tavsiya etiladi. CHunki bunda kompostning sifati yaxshilanadi. 
Qishda kompost qavatma-qavat qilib uyilganda u yetarli darajasi qizimaydi. SHtabel 
muzlab qoladi, natijada torf tarkibidagi organik moddalar parchalanmaydi va 
kompostlashdan qo’tsilgan maqsadga erishilmaydi. SHunga ko’ra kompostni qishda 
tayyorlash uchun go’ngni to’p-to’p qilib joylash usulini qo’llash foydildir.
Torf go’ng shaltoqli kompostlar. 
Xo’jalikda to’planadigan go’ngshaltog’idan torf bilan kompostlash uchun 
foydalaniladi. Unda go’ng shaltog’i tarkibidagi azotning nobud bo’lishi keskin 
kamayadi va torfning o’g’itlilik sifati ortadi. Go’ng shaltog’i bilan kompostlash 
uchun ohakni torflardan tashqari hamma turdagi torflardan foydalanish mumkin.
Har bir t quruq torfni namligiga qarab 0,5 t dan 1 t gacha go’ng shaltog’i 
qo’shiladiyu.
Torf go’ng shaltoqli kompostlar odatda u solinadigan dala unchalik uzoq 
bo’lmagan joyda qish va yozda tayyorlanadi. Buning uchun uyilgan torf shtabelidan 
chuqurligi 50-60 sm va eni 1 m atrofida go’ng shaltog’i oqib turadigan ariq qaziladi. 
Go’ng shaltog’i shimilib ketgandan keyin ariq torf bilan to’ldiriladi. SHuningdek, 
yana torfni 40-50 sm qalinlikda qavatma-qavat uyilib har qaysi qavat orasiga go’ng 
shaltog’i quyiladi. 
Torf go’ng shaltoqli kompostlar kompostlash uchun qo’yilgandan 1-1.5 oy 
o’tgach yerga solinishi mumkin. SHundagina samaradorligi jihatdan go’ngdan 
qolishmaydi.
Torf najasli kompostlar. Najas tarkibida azot go’ngdagiga qaraganda ko’p 
bo’ladi, 1 t najas tarkibida 8-10 kg azot, 2-4 kg fosfor va 2-3 kg kaliy bo’ldi. Uning 
tarkibidagi azot asosan ammiak va mochuvina holida bo’lib, mochuvina 
parchalanishida ammiakka aylanib, osongina havoga uchib nobud bo’ladi.
Torf najas bilan kompostlanganda torfdan ham va najasdan ham o’g’it sifatida 
ratsional foydalanilgan bo’ladi. Bunda najas zararsizlanadi. Azotning nobud bo’lishi 
keskin kamayadi. Torfda bo’lgan azot va boshqa ozuqa moddalarning o’simliklar 
tomonidan oson o’zlashtiriladigan holga o’tishi kuchayadi. 
Torf qanchalik nam bo’lsa, kompostlashish uchun najas shunchalik kam 
ishlatiladi.
Erning yuqori va o’rta qismidagi har bir tonna hisobiga 2 tonna najas, 1 tonna 
pastlik torfi uchun esa, 1 t najas solish kerak.
Torf najasli kompostlar bilan o’g’itlanadigan dalalarda torf qatlami 20-25 sm 
dan qilib uyilib har qaysi qatlamiga qquyiladi. Va shu tartibda balandligi 2-2,5 m 
gacha uyib chiqiladi.
Torf qanchalik Namangan bo’lsa, kompostlash uchun najas shunchalik kam 
ishlatiladi. Lekin kompostlash uchun namligi 40-50% bo’lgan torfdan foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
Erning yuqorigi va o’rta qismidagi har 1 t torf hisobiga 2 t najas, 1 t pastlik 
torfi uchun esa 1 t najas olish kerak. Torf - najasli kompostlar bilan o’g’itlanadigan 


dalalarda torf qatlami 20-25 sm dan qilib uyulib, har qaysi qatlamiga najas quyiladi 
va shu tartibda balandligi 2-2.5 m ga yetguncha uyub chiqiladi. 
Uyulgan torf -najasli kompostlar kamida 1,5-2 oy saqlanib, keyin asosiy o’g’it 
sifatida don ekinlariga har gektariga 10-15 t, kartoshka va silos ekinlariga 20-30 t 
hisobida solinadi. 
Nazorat savollari
1. Torf qanday paydo bo’lgan? 
2. Torfni tarqalish hududlari va zahiralarini ayting? 
3. Torf turlarining paydo bo’lishiga qanday omillar taosir qiladi? 
4. Torf necha turga bo’linadi? 
5. Torfning botanik tarkibi haqida gapiring? 
6. Torfning parchalanish darajasi, ahamiyatini gapiring. 
7. Torfning kullilik darajasini gapiring. 
8. Torfning kislotaliligi nima? 
9. Torfning nam sig’imi va singdirish qobiliyatini ahamiyatini gapiring. 
10. Torf tarkibidagi azot va uning miqdori. 
11. Torf tarkibidagi fosfor, kaliy va ularning miqdori. 
12. Torf qishloq xo’jaligida qanda maqsadlarda foydalaniladi? 
13. Quritilgan torfzorlarning torfdan qanday foydalaniladi? 
14. Torf o’g’it sifatida foydalanish uchun qanday tayyorlanadi? 
15. Qanday torfli kompostlar tayyorlanadi? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
2. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
3. 
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984. 
4. 
Roziqov Q. M., Hamraev K. Paxtachalikda organik o’g’itlar. T. 1977. 
5. 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964. 
6. 
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971. 
MA’RUZA 19: KO’KAT O’G’ITLAR 
REJA: 
1. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati
2. Ko’kat o’g’itlarni yetishtirish usullari 
3. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalanadigan mintaqalar
4. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi 
5. Ayrim sideratlarni yetishtirish va ulardan foydalanish usullari. 


6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati 
Ko’kat o’g’itlar bu tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitish uchun 
haydaladigan yangi ko’kat o’simliklar massasidir.
Bu usulni ko’pincha sifratsiyalash ham deyiladi. O’g’itlash uchun 
yetishtiriladigan o’simliklarni esa sideratlar deb ataladi. Sideratlar sifatida ko’proq 
dukkakli ekinlar va shuningdek, kuzgi javdar roj perko kabilar ekiladi.
Ko’kat o’g’itlar boshqa xar qanday organik o’g’itlar singari tuproqni 
hususiyatiga har tomonlama ijobiy taosiri qiladi. Lekin ko’kat o’g’itlar o’zlarining 
alohida afzalliklariga egadir. 
Ko’kat o’g’itlar, avvalo, tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitadi.
Ko’kat o’g’itlar yerga xaydalganda tuproqni xaydov qatlami ko’p miqdorda 
azot va boshqa ozuqa moddalar to’planadi. Sideratlar hamma kul elementlarini 
ildizlari bilan tuproqning pastki qatlamlaridan tortib so’rib loadilar go’ng 
yetishmagan sharoitlarda ko’kat o’g’itlar uni o’rnini ancha bosishi mumkin. 
Sideratlarning ko’k massasi tarkibidagi azotning miqdori go’ngning tarkibidagina 
teng yoki hatto undan ko’p xam bo’lishi mumkin. Lekin fosfor va kaliy anchagina 
kamdir.
Go’ng va sideratlarning ko’k massasi tarkibidagi asosiy ozuqa moddalarining 
miqdori, % 
O’g’ilar 

R
2
O
5
K
2

SaO 
Aralash 
go’ng 
0,50 
0,34 
0,55 
0,70 
lyupinning 
ko’k massasi 
0,45 
0,10 
0,17 
0,47 
donning 
ko’k massasi 
0,77 
0,05 
0,19 
0,97 
Go’ng va sideratlarning ko’k massasi tarkibidagi asosiy ozuqa moddalarining 
miqdori ko’kat o’g’itlardagi fosfor va kaliyning yetishmagan qismini fosforli hamda 
kaliyli o’g’itlarning sideratlarning o’zlariga yoki uni xaydashda tuproqqa solib 
to’ldirish mumkin.
O’simliklarning ko’kat o’g’itlardagi azotni o’zlashtirish koeffitsienti 
go’ngdagiga nisbatan 2 barobar ko’pdir. Ko’kat o’g’itlarni xaydaganda ularning 
tarkibidagi azot xech yo’qolmaydi.
Sideratlar tuproqda boshqa tarkibida ko’p miqdorda klechatka bo’lgan organik 
o’g’itlarga nisbatan tez parchalanib ketadi. Tuproqqa xaydalgan ko’kat o’g’itlar 
uning 
kislataliligini 
pasaytiradi. 
Alyuminiyning 
xarakatchanligini 
kamaytiradi.Buferligini singdirish sig’imi non sig’imini suv o’tkazuchanligini 
oshiradi. Tuproq strukturasini yaxshilaydi. 


Ko’kat o’g’itlar tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatini keskin 
yaxshilaydi. Tuproq dagi mikrobiologik jarayonlar xali sideratlar o’sayotgan 
davrdayoq kuchayadi. Xuddi shu o’suv davrida ularning ildizlaridagi tuganak 
bakteriyalarning faoliyati kuchayadi.
Tuproq mikroorganizmlari uchun yana ham sharoitlari sideratlarni 
xaydagandan so’ng yaratiladi.
Tuproqda xaydalgan ko’kat o’g’itlarning parchalanishi natijasida tuproq va 
tuproq ustki havosida SO2 gazi ko’payadi. Tuproqda o’simliklar o’zlashtira oladigan 
kul elementlari ko’p miqdoda to’planadi.
Ko’kat o’g’itlar unimdorligi past ayniqsa qumli va qumloq mexanik tarkibli 
tuproqlarning unimdorligini oshirishda muxim vosita xisoblanadi.
2. Ko’kat o’g’itlarni yetishtirish uslublari
Sideratlarni yetishtirish va foydalanish uslublari bir necha xil bo’ladi. Ular 
sho’lari toza holda boshqa ekinlar bilan birga ekilishi bilan birga ekilishiga qarab 2xil 
uslublarda ekiladi. 
1. Mustaqil. 
2. Boshqa ekinlar bilan birga aralash ekish. 
Sideratlar o’zlari toza holda mustaqil ekilganda dalaning qatorasiga 1-2 
mavsumga yoki bir necha yilga egallashi mumkin. 
Sideratlarning aralash ekish uslublari. 
Masalan, unumdorligi past bo’lgan qumli va qumoq mexanik tarkibli yerlarda 
ekilgan ko’p yillik lyupin shu tuproqlarning unumdorligini yaxshilash maqsadida shu 
dalada 3-4 yil qatorasiga ekilishi mumkin. 
Bitta maydonda asosiy ekiladilan ekinlar bilan yoki sideratlar boshqa 
ekinlarlarning qator oralariga ekiladi. Ko’kat o’g’itlar uchun yetishtirilgan o’simlik 
asosiy ekinlarni yig’ishtirib olgandan keyin xaydaladi.
Sideratlar dalaning yoppasiga egallashi yoki uning bir qismini polosa 
ko’rinishida egalashiga qarab yoppasiga ekilgan va kulis ko’rinishida ekilgan 
sideratlarga bo’linadi.
Kulis ko’rinishidagi sideratlar ko’ptncha bog’larning qatorlari orasiga choy va 
tsitrus ekinlari plantatsiyalari orasiga ekiladi. 
Baozi hollarda esa oldin yoppasiga ekiladi va keyin kumis hosil qilinib, orasiga 
boshqa ekinlar ekiladi.
Sug’orilb dehqonchilik qilinadigan Markaziy Osiyo Respublikalarida 
sideratlarni kuzda, sentyabr-oektyabr oylarida ekilib, yuahorda asosiy ekinlar 
ekilgunga qadar ular haydaladi va so’ngra asisy ekinlar ekiladi. 
Ko’kat o’g’itlardan foydalanishga qarab, ular 3 xilga bo’linadilar: 
1. To’liq ko’kat o’g’itlar
2. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlar
3. Sideratlarni o’rib olingandan keyin chiqqan o’simtalardan foydalanish. 
1. To’liq ko’kat o’g’itlar - ular yetishtirilgandan so’ng to’lig’icha yerga 
haydabyu yuboriladi. 


2. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlar deb, boshqa dalada yetishtirilgan 
sideratlarni o’rib olib kelib boshqa dalaga sepish va uni tuproqqa haydash 
tushuniladi. 
3. Sideratlarni o’rib olgandan keyin ulardan yana yangi o’simtalar o’sib chiqadi 
va ana shu o’simtalarni tuproqqa ko’kat o’g’itlar sifatida haydaladi. 
3. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalaniladigan mintaqalar. 
Ko’kat o’g’itlardan keng miqyosda foydalanadigan mintaqalarga noqoratuproq
mintaqada joylashgan chirindi va ozuqa elementlari bilan juda kam taominlangan 
chilim podzol tuproqlar kiradi. Ko’kat o’g’itlarning qumli va qumoq mexanik tarkibi 
ushbu tuproqlarni unumdorligini oshirishda jeuda ahamiyati kttadir. Bunday 
tuproqlarda bir yillik va ko’p yillik lyupindan, sho’rtob va kuchsiz ishqoriy 
tuproqlarda danakdan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Uzoq SHarq mintaqasida bir yillik va ko’p yillik lyupindan ko’kat o’g’itlar 
sifatida foydalaniladi.
Sug’oriladigan paxtachilik mintaqalarida ko’kat o’g’itlar sifatida ko’k no’xat, 
no’xat, burchoq, mosh, qizil sebarga, shabdar kabi dukkakli ekinlar va kuzgi javdar, 
raps, va perkadan foydalaniladi. 
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan rayonlarda sideratlarni asosiy ekinlarrni 
yig’ishtirib olgandan so’ng yoki bahorda asosiy ekinlar ostiga ekish tavsiya etiladi. 
4. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi. 
Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi sideratlarning hosiliga bog’liqdir. Tuproqqa 
qancha ko’p va yuqori sifatli ko’p massa haydalsa, ko’kat o’g’itlarning taosiri va 
keyingi taosiri shunchalik ko’p bo’ladi. 
Sideratlarning haydash muddati bir qator sharoitlarga bog’liqdir. Agar 
tuproqning qurib qolish xavfi bo’lsa sideratlarni yerga haydashni kechiktirib 
bo’lmaydi. Sideratlarni juda kech tuproqqa haydalsa, tuproq unga ekin ekilib, 
sug’orilib, ular unib chiqqandan so’ng cho’kadi. 
Bu esa ekilgan g’alli ekinlarning changlashadigan qismini yalang’ochlab 
qo’yadi va ularni qishga chidamsiz qilibqo’yadi. Tuproqqa haydalgan ko’kat 
o’g’itlarning parchalanish tezligi ularning haydash chuqurligiga, sideratlarning 
yoshiga, tuproqning mexanik tarkibiga va namligiga bog’liqdir.
Sideratlar qanchalik chuqur haydalsa, ularning yaoni ular yetishib pishgan 
bo’lsa, tuproqning mexanik tarkibi og’ir bo’lsa, sideratlar bunda sharoitda juda sekin 
parchalanadi. Aksincha ular sayoz haydalsa sideratlar yosh bo’lsa, tuproqning 
mexanik tarkibi yengil bo’lsa, ularning parchalanish shunchalik tez boradi.
Dukkakli sideratlar bilan birga qiyin parchalandigan torf poxol qo’shib 
haydalsa ham ularning parchalanish sekinlashadi.
Dukkakli sideratlarning azotli oziqlanishiga bo’lgan ehtiyojini asosan tuganak 
bakteriyalari faoliyati bilan bog’lash lozim. Bu bakteriyalar o’zlariga xos 
hususiyatlarga xos bo’lib, ular faqat bitta ekin ildizida faolit ko’rsatib, tuganak hosil 


qiladi va boshqa dukkakli ekinlarning ildizida rivojlanmaydi. Tuganak bakteriyalar 
yana o’zlarining virulentligi va aktivligi bilan ham bir birlaridan farq qiladi. 
Tuganak bakteriyalarning virulentligi bu bakteriyalarning ildiz tukchalari 
orqali ildizning ichiga kirib tuganak hosil qilish xususiyatidir. Tuganak 
bakteriyalarning aktiqvligi esa bu ularning atmosfera erkin molekulyar azotini 
o’zlashtirish qobiliyatidir. 
Bunday bakteriyalarning faqat aktiv guruhi dukkakli ekinlarni azot bilan 
taominlaydi, aktiv emaslari esa hatto o’z o’simliklarini halok qilishlari ham mumkin. 
5. Ayrim sideratlarni yetishtirish va foydalanish usullari. 
Eng ko’p tarqalgan sideratlar jumlasiga lyupin, seradella va donnik kiradi. 
Lyupin. Noqora tuproq zonada tarkibi har xil miqdorda alkalodillari mavjud 
bo’lgan lyupin yetishtiriladi. Bu yerdagi lyupin 1 yillik yoki ko’p yillikdir. Tarkibida 
alkaloidi bor bo’lgan lyupin o’g’it uchun yetishtiriladi, alkaloidi bo’lmagan lyupinni 
yer ustki qismi chorva hayvonlariga ozuqa sifatida ildizi va ang’iz qoldiqlar esa 
o’g’it uchun foydalaniladi. Lyupinni yetishtiradigan asosiy mintaqalarga 
Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning noqora tuproq mintaqasi kiradi. 
Lyupinning hamm turlari ham ko’p miqdorda ko’p massa berish va juda 
unumdorligi past tuproqlarda ham ko’p miqdorda azot to’plash qobiliyatiga ega.
Lyupin boshqa dukkaklilardan farq li o’laroq kislotali muhitda ham o’saveradi. 
Kislotali tuproqlarga solnadigan ohak lyupinni qiyin erimaydigan fosfatlar tarkibidan 
fosforni o’zlashtirishini kamaytiradi. SHuning uchun lyupin ekiladigan maydonlarga 
ohakni va fosforti unini qatlamlarga bo’linib solinishi lozim.
Noqora tuproq mintaqaning shimoliy qismida sideratlar sifatida 1 yillik ko’k va 
sariq lyupin yetishtiriladi. 1 yillik lyupin toza holda va boshqa ekinlarga aralashtirib 
ekilishi mumkin. 
Uni bosh poyasida yaltiroq dukkaklari paydo bo’lganda tuproqqa haydash 
lozim. CHunki huddi mana shu paytda eng ko’p azot to’planadi.
Seradella. Bir yillik dukkakli ekinlar. Ko’kat o’g’itga nisbatan seradella 
to’lig’icha foydalaniladi yoki to’liq ko’kat o’g’it hisoblanadi. Bundan tashqari 
seradellani asosiy ko’k mevasini ozuqaga, keyingi chiqqan o’simtasini o’g’it sifatida 
ham foydalaniladi.
Seradella - namsevar o’simlik hisoblanadi. Kuchsiz nordon reaktsiyali yengil 
tuproqlarda yaxshi o’sadi. 
Birinchi 4-6 xaftada uning ildiz sistemasi rivojlanadi va yer ustki massasiv 
sekin rivojlanadi. Qumli va qumoq tuproqlarda kaliyli va magniyli o’g’itlarni yaxshgi 
qabul qiladi. 
Seradella fosforit uni tarkig’idagi fosforni yaxshi o’zlashtiradi. 
Donnik. Bu ekin kaltsiyga boy bo’lgan neytral reaktsiyali tuproqlarda yaxshi 
o’sadi. Ohak solingan chimli podzol tuproqlarda lyupinga qaraganda ko’p ko’k massa 
beradi. 
Donnik bir yillik va ikki yillik oq va sariq bo’ladi. Oq donnik yuqori hosilli, 
lekin sariq donnik erta nishadi.boshqa dukkakli ekinlarga qaraganda ildiz sistemasi 
kuchli rivojlangan. SHuning uchun donnik qurg’oqchilikka chidamli va o’g’itlilik 


qimmati yuqori hisoblanadi. Donnikni ham ozuqa sifatida ham ko’kat o’g’itlar 
sifatida foydalaniladi. Ko’kat o’g’itlar uchun 2 yillik donni kaliy yetishtiriladi. 
Donnik turli maqsadlarda foydalaniladi.
- kuzgi g’allali ekinlar uchun o’g’it sifatida tuproqqa haydash maqsadida 
shudgorni band qiluvchi mustaqil ekin sifatida; 
- kompleks maqsadlarda, gullash boshlangandjan yer ustki qismini ozuqaga va 
o’rimdan keyinchiqqan o’simtalarini o’g’bit uchun haydash; 
- birinchi o’rimdagi ko’k massani o’g’it uchun , ikkinchi o’rimdagi ko’k 
massani ozuqaga; 
Kuzgi javdar. 
Bizning paxtachilik bilan shug’ulanadigan sug’orilib dehqonchilik qilinadigan 
sharoitda asosan ko’kat o’g’itlar sifatida kuzgi javdardan foydalaniladi. Kuzgi javdar 
sentyabr oyining ikkinchi yarmida ekiladi va imkoniyatga qarab sovuq tushguncha 
oziqlantiriladi. Yoki erta bahorda oziqlantiriladi. Asosiy ekinlar ekilgunga qadar 
yaxshi rivojlanib, ko’k miqdorda massa to’plydi. Uning yer ustki ko’k massasini 
chorva hayvonlariga ozuqa sifatida o’riladi. O’rimdan chiqqandan keyin chiqqan 
yangi o’simtalari ildiz sistemasi va ang’iz qoldiqlari esa o’g’it sifatida foydalaniladi.
Nazorat savollari
1. Ko’kat o’g’itlar - qanday o’g’itlar? 
2. Ko’kat o’g’itlar uchun yetishtiriladigan ekinlarga qaysilar kiradi? 
3. Ko’kat o’g’itlarni nima maqsadda ishlatiladi? 
4. Ko’kat o’g’itlardan ko’proq qanday sharoitda foydalaniladi.
5. Ko’kat o’g’itlar qanday afzalliklarga ega? 
6. Ko’kat o’g’itlar tuproq mikroorganizmlarga ega? 
7. Ko’kat o’g’itlar qanday usullarda yetishtiriladi? 
8. Sideratlarni toza holda, mustaqil ekish usulini bayon eting. 
9. Aralash ekish usulini bayon eting. 
10. To’liq ko’kat o’g’itlar qanday o’g’it? 
12. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlardan foydalanishni bayon eting. 
13. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalaniladigan mintaqalarga qaysilar kiradi? 
14. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligini oshirish uchun qo’llaniladigan 
tadbirlarni ayting. 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964. 
3. 
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971. 
4. 
Vavilov P. P. I dr. Rastenievodstvo. M., kolos. 1979. 
5. 
Vasilev V.A. Filipova N.V. spravochnik po organicheskim udrobreniyam.
Rosagrogromizdat’, M.: 1988.
6. 
Romanov X. S., i dr. Virashenie soi. T., Mehnat. 1990. 
MA’RUZA 20: EROZIYAGA UCHRAGAN YERLARNI O’G’ITLASH. 
REJA: 


1. Tuproq eroziyasi to’g’risida tushuncha 
2. Eroziyani keltirib chiqaradigan omillar
3. Eroziyaning tuproq turlari
4. Eroziyaga uchragan yerlarda o’g’itlarning yillik meoyorlari va shakllari 
5. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari. 
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Tuproq eroziyasi to’g’risida tushuncha. 
Havo tiniq va musaffo. Quyosh atrofida nur sochib turibdi. Lekin birdaniga 
xavoning avzoyi buzilib, shamol turadi, chang-to’zon ko’tariladi, tezda osmonni 
bulut qoplab, jala quya boshlaydi. Bular hammasi go’zal tabiatning injiqliklaridir. 
Qattiq shamol, dovul, bo’ronlar, jala va sellar taosirisiz o’tib ketmaydi, ular 
ko’pincha katta-katta maydonlardagi ekinzorlarni, paxtazorlarni, bog’-rog’larni 
nobud qiladi, sug’orish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, xatto butun-butun qishloq va 
shaharlarni vayron qiladi.
Tuproqni suv va shamol taosirida yemirilishiga eroziya deyiladi.
Eroziya sodir bo’lgan maydonlarda suv va shamol tuproqning ustki unumdor 
qatlamini yemirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib tashlaydi. Natijada tuproqning 
unumdorligi pasayib, bunday yerlarga ekilgan ekinlarning hosildorligi nihoyatda 
pasayib ketadi. 
2. Eroziyani keltirib chiqaradigan omillar. 
Tuproq eroziyani keltirib chiqaradigan qator omillar mavjudki, ushbu omillar 
taosirida eroziya yuzaga keladi. 
Bunday omillar jumlasiga: yog’ingarchilikning kam bo’lishi, tuproq mexanik 
tarkibining yengil bo’lishi, tuproqda chirindining kam bo’lishi, tuproq strukturasining 
buzilishi, tuproq tarkibida sulfat va karbonatli tuzlarning ko’payishi, joyning relefi, 
tuproqqa ishlov berishning buzilishi ekin dalalarining yiriklashtirilishi ekin 
ekiladigan dalalar atrofidagi nishab joylardagi daraxtlarning qirqib tashlanishi yangi 
o’zlashtirilayotgan yerlarda eroziyaga qarshi kurash choralari ko’rilmasdan yerlarni 
yoppasiga haydab yuborilishi, ekinlarni sug’orish qoidalarini buzilishi va boshqa 
ko’pgina omillar ham borki, ular tuproq eroziyasini keltirib chiqaradi. 
3. Tuproq eroziyasining turlari. 
Tuproq eroziyasi yuzaga keltiradigan omillarga qarab, bir necha turga 
bo’linadi. 
1. Suv eroziyasi 
2. SHamol eroziyasi 
3. Jarlik eroziyasi 
4. Xarbiy eroziya. 


Biz quyida eroziyaning suv va shamol eroziyalari to’g’risida fikr yuritamiz.
Suv eroziyasi. Yon bag’irdan oqayotgan suv muayyan miqdorda kinetik 
energiyaga ega bo’ladi. Bu energiyaning kuchi suvning miqdoriga hamda yon 
batg’irning niashbligiga bog’liq. Ana shu sababli bu suv tuproqning ayrim zarralarini 
yoki hatto butun butun agregatlarni ko’chirib yuborishi va ularni maolum tezlikda 
oqizib ketishi mumkin. Yomg’ir tomchilari tuproq yuzasiga urilganda tuproq sezilarli 
darajasi parchalanadi va atrofga schiladi. 
Tuproqni suv taosirida yuvilishi 2 xil bo’ladi: yoppasiga va uzunasiga yuvilish. 
Yoppasiga yuvilish. Butun yon bag’ir yuzasidan oquvchi kichik oqimlar 
tuproqni yoppasiga yuvadi. Bunday oqim nishab yonbag’irdan zarralarni olib ketadi. 
Va yonbag’irning nishabi kamaygan jolarida sekinlashib, tuproq zarralarini yotqizadi. 
Keltirilib yotqizilgan material yuvilib kelib o’tirgan tuproqni hochsil qiladi. Tuproq 
qatlami bo’lmagan yonbag’irliklardan keltirilgan materiaol delyuvial oqiziqni 
vujudga keltiradi.
2. Uzunasiga yuvilish. Uzunasiga yuvilish yonbag’irni yuvib ketib erozion 
egatlarni, chuqurlar va jarlarni hosil qiluvchi suv oqimlari tufayli ro’y beradi. 
Uzunasiga yuvilish vaqtida faqat tuproq qatlamlarigina emas, balki yonbag’irliklar 
ham yuviladi. Bunda melkozyom jinslar btunlay oqizilib ketiladi.
3. Sug’orish irrigatsion eroziyasi. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan tog’ 
yonbag’irliklarida adirliklarda ekinlarni sug’orish texnikasiga yetarli darajada eotibor 
berilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Bu eroziya tufayli suv jo’yaklarini yuvib daladan 
juda ko’p miqdorda mayda zarralarni oqizib ketadi, natijada, tuproq unumdorligi 
tapasayadi. Hamda bdunady joylarda o’simliklar yaxshi rivojlanmaydi. Suv 
eroziyasining kelib chiqishiga ichki va tashqi omillar taosir qiladi.
Tashqi omillarga yog’in miqdori va uning tez yoki sekin yog’ishi yil fasllarida 
taqsimlanishi, iqlim sharoitiga qarab qor va muzliklarning erishi, joyning nishabligi, 
yer yuzasini o’simliklar bilan qoplanganlik darajasi, o’rmon va daraxtzorlarning 
mavjudligi, ularning zichligi, yaylovlardan to’g’ri foydalanish, yerni to’g’ri ishlash 
va boshqa ko’pgina omillar sabab bo’ladi.
Ichki omillarga tuproqning o’zining xossalari, jumladan, uning strukturasi, 
mexanik tarkibi, suv o’tkazuvchanligi, namlik darajasi kimyoviy tarkibi, chirindi 
miqdorini oz ko’pligi va boshqalar kiradi. 
Agar tuproq strukturali bo’lib, tarkibida chirindi ko’p va suqv 
o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa, suvda oson eriydigan tuzlar tuproqda qanchalik kam 
bo’lsa, eroziya jarayoni shuncha kam rivojlanadi. 
Jarlik eroziyasi. Eroziyaning bu turi O’rta Osiyo hududida keng tarqalgan. 
Keng tarqalgan bo’lib, qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yer fondining kamayib 
yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo’lmoqda. Jarliklar katta miqordagi suvlardan 
noto’g’ri foydalanish natijasida ularning o’z yo’nalishlarini o’zgartirib, boshqa 
yo’nalishlardan ketishi va u joylarda tuproqning chuqur atlamlarigacha buzilishi, 
yemirilishi bilan bog’liqdir. 
2. SHamol eroziyasi. Insonning ishtirokisiz, taosirisiz ro’y beradigan shamol 
eroziyasi geologik eroziya deyiladi.
Er yuzida inson paydo bo’lgach, yerlardan foydalana boshlangan odamlar 
yerning unumdorligini oshirish bilan qadimdan shug’ullanganlar. 


Erdan noto’g’ri foydalanilsa, uning xususiyati, tuzilishi yomonlashib, eroziya 
jarayonlari kuchayadi. Masalan, AQSH olimlaridan T. Konke bilan A. Bertonning 
asarlarida yozilishicha, Amerika kontinentiga oq kolonizatorlar kelgandan buyon 
yerning 7,5 sm lik tuproq qatlami nobyuud bo’lgan. X. X. Bennetning yozishicha va 
hisoblashicha, 2,5 sm qalinlikda tuproq qatlami hosil bo’lishi uchun 300 yildan 
ko’proq vaqt kerak bo’lar ekan. 
SHamol eroziyasidan jahondagi bir qancha mamlakatlar jumladan Kanada, 
Hindiston, Afg’oniston, Eron, Hitoy hamda Avstraliya va Afrika qitoasidagi bir 
qancha mamlakatlar zarar ko’radi.
Bunday eroziya tufayli ko’pincha tuproqning ustki unumdor qatlamini 
shamoluchirib ketadi. SHamol eroziyasi tufayli tuproqning mayd zarrali qismi hamda 
undagi chirindi va ozuqa moddalar yo’qoladi. Natijada tuproq unumdorligi nihoyatda 
pasyib ketadi. Bunday yerlarda ekinlarning hosildorligi ham juda kamayib sifati 
buziladi.
G’arbiy Farg’onada eroziyaga uchramagan o’tloq botqoq tuproqlarda chirindi 
miqdori 1,5-2 % ni eroziyaga uchragan tuproqlarda esa 0,4-0,5 % ni tashkil etadi.
Eroziya va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan hamda amaliyotga 
tadbiq etishda juda ko’p horijiy va vatinimiz olimlari ilmiy izlanishlar olib borganlar. 
Bular jumlasiga Pallas, Mikendorf, Vasilevskiy, Sovetov, Solomonov, V. 
Dokuchaev, Bletskiy, Visotskiy, Sokolov, Bichexin, Obruchev, Zaxarov, 
Konstantinov, pankov, Yakubov va boshqa ko’pgina olimlar kiradilar.
O’zbekistonda shamol eroziyasidan zarar ko’radigan rayonlarga: Farg’ona 
vodiysi, Zarafshon vohasi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Andijon, Buxoro, 
Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyati kiradi.
Farg’ona viloyatining Beshariq (O’zbekiston), dang’ara, uchko’prik, Bog’dod, 
Oxunboboev, Yozyovon, Oltiariq, Quva tumanlari; 
Buxoro viloyatining Vabkent, G’ijduvon, Buxoro, Roliton, SHofirkon, 
Qorako’l, Peshku tumanlari; 
Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Koson, G’uzor tumanlari; 
Toshkent viloyatining Bekobod, Sirdaryo viloyatining Xovost, Yangier 
tumanlari shamol eroziyasidan katta zarar ko’radilar. 
4. Eroziyaga uchragan yerlarda o’g’itlarning yilik meoyorlari va shakllari 
SHamol va suv eroziyasi natijasida tuproqda oziq moddalar juda kamayib 
ketganligidan yerning unumdorligini oshirish talab etiladi. CHunki eroziyaga qarshi 
kurash o’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi hamda eroziyaga uchragan yerlarni 
tug’ri o’g’itlash masalalarini ham o’z ichiga oladij. 
Eroziyaga uchragan yerlar o’g’itga muhtoj bo’ladi lekin o’g’it o’simliklarga 
oziqa bo’lib qolmay balki tuproqning mikrobiologik xususiyatlariga ham yaxshi 
taosir ko’rsatadi. Ozuqa moddalarning o’simlik oson o’zlashtiradigan holatga 
keltiradi. O’simlikning o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi hosilini ko’paytiradi 
va sifatini yaxshilaydi. Buxoro viloyatining shamol eroziyaga uchragan o’tloq 
alyuvial soz tuproqlarda olib borilgan ko’p yillik tajribalar quyidagicha ilmiy 
xulosalar chiqarishga imkon beradi.


Kuchsiz shamol eroziyasiga uchragan ushbu tuproqlarda mineral o’g’itlarning 
yilik meoyori har gektariga azot 250 kg, fosfor 175 kg, kaliy 125 kng dir.
Bedadan keyin 4-5 yilda har gektariga 20 t organik o’g’it qo’shib beriladi.
O’rtacha shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarda esa har gektariga azot 300 
kg, fosfor 200 kg, kaliy 125 kg, bedadan keyin 3 yilda gektariga 30-45 t organik 
o’g’it qo’shib sollinadi.
Eroziyaga uchragan yangidan o’zlashtirilgan ushbu tuproqlarda fosforning 250 
kg kaliyning 150 kg lik meyorlari fonida azotning 3 xil meoyori o’rganildi. 
125, 250, 375 kg. 
Eroziyaga uchragan tuproqlarda azotli o’g’itlarni solish muddatlari 
quyidagicha bo’ladi. Azotning yillik normasi 50 %, bahorgi haydov yoki chizel ostiga 
25-50 kg ekish bilan birga qolgan qismi esa shonalash va gullash davrida beriladi.
Fosfornig yillik normasi 1560 kg bo’lsa, shundlan 100 kg haydov ostiga 50 kg 
ni azotga qo’shib kultivator bilan 12-16 sm chuqurlikka solinadi va borona qilinadi.
Kuchli shamol eroziyasiga uchragan yangidan o’zlashtirilgan yerlarda 1981-
1988 yillar mobaynida mineral o’g’itlarning optimal yillik meyorlarini aniqlash 
bo’yicha dala tajribalari olib borildi. Bunda azotning 250, 350, 450 kg fosforning 
150, 200, 300 kg, kaliyning 85 va 175 kg li meyorlari olindi. Tajriba shamol 
eroziyasiga qarshi kurash choralari fonida olib borildi.
Olib borilgan tajribaning natijalaridan shunday ilmiy xulosaga kelindi. Kuchli 
shamol eroziyasiga uchragan yerlarda mineral o’g’itlarning optimal meyorlari 
quyidagicha bo’lishi kerak. Azot 350, fosfor 250, kaliy 170 kg va uarga 40 t go’ng 
yoki 60 t vignil qo’shish lozim.
Huddi mana shu sharoitda organik o’g’itlarning haydash chuqurliklarini 
o’rganilgan va 350 kg azot 250 kg fosfor va 170 kg kaliyga 45-60 t go’ng yoki lignin 
qo’shib solinadi.
Sug’orish eroziyasiga uchragan yerlarni o’g’itlash. 
Erlarni noto’g’ri sug’orish natijasida ham eroziya jarayoni boshlanadi. Buni 
sug’orish yoki irrigatsiya eroziyasi deyiladi. Sug’orish eroziyasi respublikamizning 
asosan bo’z tuproqli mintaqasi ro’y beradi. O’zbekistonda 250 ming gektar maydon 
sug’orish eroziyasidan zarar ko’radi. O’zbekistonda sug’orish eroziyasini o’rganish 
uni oldini olish ishlari bilan juda ko’p olimlar shug’ullanib eroziyaga qarshi kurashish 
yo’llarini belgilab berdilar. Bular jumlasiga Yesenin, Suchkov, Kamaev, Gussak, 
Maksudov, Protasov, Mayliboev, Mirzajonov va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Sug’orish eroziyasi avj olgan joylarda tuproqning loyqasimon chirindili qismi 
yuvilib ketadi. Natijada qiyalikning yuqori qismida tuproqning mexanik tarkibi 
yengillashadi. Bunday joydagi ekinlar chanqayverib tez-tez sug’orishni tuproq esa 
o’g’itlashni ko’p talab qiladi. Qiyalikning pastki qismiga yuvilgan loyqallar oziq 
moddalarni to’planaverganligi natijasida undagi ekinlar azot va fosforni kamroq talab 
qiladi va tez chanqamaydi.
Sug’orish eroziyasi ro’y bergan joylarda o’stirilgan g’o’zaning hosili ham har 
xil bo’ladi. Qiyalikning yuqorisida paxta tez ochilsada, chirtak va hosili kam bo’ladi. 
Qiyalikning pastki qismida esa ozuqa moddalari va suv nihoyatda ko’p 


bo’lganligidan g’o’zalar g’ovlab ketadi va paxta kech pishadi. Sug’orish eroziyasi avj 
olgan joylarda paxta hosili 30-40 % va undan ham kamayibyu ketadi. Bning ustiga 
paxtaning sifati buziladi. Tolaning uzunligi va pishiqligi kamayadi.
Sug’orish eroziyasiga uchragan yerlar xususan yonbag’tirlar azot va fosforga 
juda muhtoj bo’ladi. Bunday yerlarning unumdorligini o’g’it slib oshirish mumkin. 
Azotli o’g’itning yillik meyori 200 kg dan va undan ko’proq qilib belgilangan 
bo’lsa, kuchli yuvilgan yerda bu normaning 50 % ni chigit ekishdlan oldin solish,
yillik norma 150 kg/ga bo’lgan hollarda esa chigit ekishdan oldin 30 % ni solish 
tavsiya etiladi. 
O’g’it yonbag’irga nisbatan ko’ndalang yo’nalishda solinadiyu. Ao’ yerni 
haydashdan oldin yoki haydalgandan keyin 15-18 sm chuqurlikka ko’miladi, 
shuningdek chigit ekish vaqtida ham solinadi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar 
shudgorlashdan oldin tuproq yuzasiga sepilib, 28-30 sm chuqurlikka solinadi.
Sug’orish eroziyasiga uchragan va qiyalikning har xil darajada yuvilgan 
qismlarida azotli o’g’itlarnig har xil shakllari sinab ko’rilgan va quyidagi xulosalarga 
kelingan. 
Qiyalikning kuchsiz yuvilgan qismida mochevina va ammoniy sulfati yaxshi 
natija bergan. 
2. O’rtacha yuvilgan joyda sulfat ammoniy va kaltsiy tsianamid
3. Kuchli yuvilgan qismida esa sulfat ammoniy va kaltsiy tsianamid yaxshi 
natija bergan. 
4. qiyalikning pastki qismida yaoni yuvilib tushgan loyqa va ozuqa moddalar 
to’plangan joyda ham ao’ning yuqoridagi shakllari yaxshi natijalar beradi.
5. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari 
Tuproq yemirilishidan saqlash uchun quyidagi agrokompleks tadbirlarni 
amalga oshirish zarur. 
1. Tog’li rayonlarda nishabi kuchli bo’lgan yerlarni ko’ndalangiga haydash. Bu 
yerlarga har xil serildiz va mevali daraxtlarni ekish. 
2. Tog’li joylardagi yaylovlardan to’g’ri foydalanish. 
3. Tog’li joylarda dehqonchilik qilishda yerlarni terrasalar shaklida tekislab 
dalalar atrofida mevali daraxtlar va toklar ekish. 
4. Nishabligi kuchli bo’lgan yerlarni ko’ndalangiga haydash va sug’orish 
ishlarini to’g’ri tashkil etish. 
5. Jarliklar yoqasiga daraxtlar ekib, jarlik eroziyasini kengayishiga, sug’orish 
maydonlardan jarliklarni suvning oqib ketishiga yo’l qo’ymaslik va har xil to’siqlar 
hamda suv yig’adigan xavzalar barpo etish. 
6. Sug’orish eroziyasining oldini olish uchun tuproqning fizikaviy va kimyoviy 
xususiyatlarini hamda yerning nishabligini nazarda tutib, ilg’or suvchilar tajribasidan 
foydalangan holda ekinlarni to’g’ri sug’orish, jo’yakka beradigan suvning miqdorini 
to’g’ri belgilash va sug’orish eroziyasiga moyil yerlarda suvni jildiratib sug’orish
g’oyat muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston shariotida shamol eroziyasining oldini olish va unga qarshi 
kurashda quyidagi choralar muhim ahamiyatga ega. 


1. Tuproqning haydalma qatlamini chuqurlashtirish 
2. Tuproq strukturasini mustahkamlash. 
3. Organik va mineral o’g’itlardan ratsional foydalanish
4. Tuproq namini oshirish 
5. Bo’yi baland bo’lib o’sadigan o’simliklardan kulislar barpo qilish 
6. Tuproqni palasa-palasa qilib haydash. 
7. Uchar qumlarni kimyoviy va fitomeliorativ yo’l bilan mustahkamlash. 
8. Ixota daraxtzorlarini barpo etish 
9. Yaylovlardan to’g’ri foydalanish
10. Yangi o’zlashtirilgan kuchli shamol eroziyasiga uchragan turli dahalarda 
qum tuproqlar va qumliklarning yuzasini yoppasiga qoplab o’sadigan ekinlar ekish. 
Nazorat savollari
1. Tuproq eroziyasi deb nimaga aytiladi? 
2. Tuproq eroziyasi necha hil bo’ladi? 
3. Eroziyani keltirib chiqaradigan ichki omillarga nimalar kiradi? 
4. Eroziyaga sabab bo’luvchi tashqi omillarga qaysilar kiradi.? 
5. Yoppasiga yuvilish nima? 
6. Uzunasiga yuvilish nima? 
7. Sug’orish eroziyasi qanday sodir bo’ladi? 
8. Geologik eroziya deb nimaga aytiladi. 
9. SHamol eroziyasi tartsqalgan mamlakatlarni ayting. 
10. Kuchsiz shamol eroziyasiga uchragan yerdagi mineral va organik 
o’g’itlarinng yillik meyorlari. 
11. O’rtacha shamol eroziyaiga uchragan yerlardagi mineral va oragink 
o’g’itlarning yillik meyorlari. 
12. Kuchli shamol eroziyasiga uchragan joylarda mineral va organik 
o’g’itlarning yillik meoyorlari. 
13. Qiyalik va yonbag’irlar yuvilish darajasiga qarab, necha qismga bo’linadi? 
14. Qiyalikning eng pastki tekislik qismiga nima uchun mineral o’g’itlarni kam 
solinadi yoki solmasa ham bo’laveradi? 
Adabiyotlar 
1. Pankov M. A. Tuproqshunoslik. T., 1963. 
2. Rasulov A. M. Povqshenie ilodorodiya chopv xlopkovoy zonq. M., 1976. 
3. Mirjajonov Q. M. Vetrovaya eroziya oroshaemqx pochv Uzbekistana i 
borg’ba s ney. T., 1973. 
4. Mirzajonov K. M. Nauchnqe osnovq borg’bq s vetrovoy eroziey na 
oroshaemqx zemelyax Uzbekistana. T., 1981. 
5. Mirzajonov Q. M., To’raev M. Sug’oriladigan yerlardagi eroziya. T., 1971. 
6. Nasriddinov M. N., Xamraev M.B., Nasriddinov M.R. Intensifikatsiya 
ispol’zovaniya pustinnix pochv. T., 1989. 
7. Alijonov O.A., Mayliboev S.S., Mirzajonov K.M. Udobrenie xlopchatnika 
na erodirovannix pochvax. T., 1977. 


MA’RUZA 21: O’G’ITLARNI QO’LLASH SISTEMASI VA UNING 
VAZIFALARI. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINING O’G’ITGA BO’LGAN 
TALABINI ANIQLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI 
REJA: 
1. O’g’itlarni qo’llash sitemasi va uning vazifalari. 
2. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’g’itga bo’lgan talabini aniqlashning 
fiziologik asoslari: 
a) ozuqa moddalarni o’simliklarga har xil o’suv dasrida qabul qilinishi; 
b) ozuqa moddalarni qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi; 
v) o’simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi; 
g) o’simliklarni organik va mineral o’g’itlardagi ozuqa moddalarni 
o’zlashtirishi; 
d) qishloq xo’jalik ekinlarining ang’iz va ildiz qoldiqlarining tuproq ozuqa 
rejimiga taosiri. 
3. Tayanch iboralar
4. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’g’itlarni qo’llash sitemasi va uning vazifalari. 
Xo’jalikning tabiiy va tashkiliy iqtisodiy sharoitlariga javob beruvchi ratsional 
o’g’itlash sistemasi -hosildorlikni oshirishda va uning sifatini yaxshilashda, tuproq 
unumdorligini oshirishda yetakchi omillardan biridir. O’g’itlash sistemasining 
rivojlanishi jarayonin 2 etapga bo’lish mumkin.
1. O’g’itlarni qo’llash bo’yicha iqtisodiy jihatdan asoslangan tavsiyanoma 
hujjatlarni tuzish; 
2. Ushbu hujjatni xo’jalik miqyosida amaliyotda qo’llash; 
Brinchi etapdagi almashlab ekishda o’g’itlar sistemasini organik va mineral 
o’g’itlarning qo’llanish rejasi deyish mumkin, qaysiki, unda alohida ekinlar uchun 
o’g’itlarning turi, dozasi, solish muddatlari va usullari tuproq-iqlim sharoitlarini 
hisobga olgan holda ko’rsatiladi. 
Xo’jaliklarda shunday rejani o’g’itlar bo’yicha mutaxassis, yaoni agronom-
agrokimyogarlar tuzadilar. 
Buning uchun mutaxassisning qo’lida qishloq xo’jalik ekinlaridan 3-5 yil 
mobaynida olingan hosildorlik va keyingi 2-3 yilga mo’ljalangan hosildorlik, 
almashlab ekish rejasi, xo’jalikning agrokimyoviy kartogrammasi, tuproq xaritasi va 
organik o’g’itlarning jamg’arishi rejalari bo’lishi kerak. Ko’pincha shunday 
hujjatlarni, xo’jaliklarga, ilmiy tekshirish tashkilotlari tomonidan ishlab beriladi.
2-Etap. O’g’itlarni qo’llash rejasini xo’jaliklarda amaliyotga joriy etish muhim 
ahamiyatga egadir. 
Bu etapda tashkiliy va agrotexnik tadbirlar komplesini amalga oshirish kerak. 
Xo’jalik almashlab ekish tiziidagi o’g’itlar sistemasi - bu o’g’itlardan 
foydalanishning ilmiy asoslangan rejasini bajarishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, 


agrokimyoviy va agrotexnik tadbirlar kompleksidir, qaysiki unda qishloq xo’jalik 
ekinlariga beriladigan o’g’itlarning turlari, normalari, tuproqqa solish muddatlari va 
usullari ko’rsatiladi.
Bu reja qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyatlarini, rejalashtirilgan 
hosilning ko’p yoki oz ekanligini, tuproq-iqlim sharoitlarini, o’g’itlarning keyingi 
beradigan taosirini, har bir yerning o’ziga xos xususiyatlarini, almashlab ekishdagi 
ozuqa moddalar blansini, o’g’itlarni hosil sifatiga ko’rsatadigan taosirini va tuproq 
unumdorligini oshirishini hisobga olgan holda tuziladi. 
O’g’itlash sistemasining eng muhim bo’g’inlaridan biri - uning iqtisodiy 
samaradorligidir.
O’g’itlarni qo’llash sistemasining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1. Qishloq xo’jalik ekinlaridan olinadigan hosilni ko’paytirish va uning sifatini 
yaxshilash; 
2. Yerlarning unumdorligini oshirish va asta-sekin bir xil darajaga yetkazish, 
baozi holatlarda esa hozirgi unumdorligini saqlab qolish; 
3. O’g’itlardan samarali foydalanish, dehqonchilikni intensifikatsiyalash 
darajasini oshirish va atrof-muhitni himoya qilish. 
Xo’jaliklarning qanday yo’nalishda ixtisoslashganligiga qarab, almashlab ekish 
dalalarining chorvachilik fermalari yoki sanoat chorvachilik komplekslaridan uzoq 
yaqinligiga qarab, 3 xil o’g’itlash sistemasini joriy etish mumkin: 
1. Organik va mineral o’g’itlarni birga ishlatishga asoslangan go’ng - mineral, 
organo-mineral yoki kombinatsiyalangan o’g’itlash sistemasidir. 
2. Faqat mineral o’g’itlardan foydalanishga asoslangan mineral yoki go’ngsiz 
o’g’itlash sistemasidir. 
3. Sanoat - chorvachilik yo’nalishidagi xo’jaliklarga xos bo’lgan organik yoki 
go’ngli o’g’itlash sistemasidir. 
2. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’g’itga bo’lgan talabini aniqlashning fiziologik 
asoslari: 
a) ozuqa moddalarni o’simliklarga har xil o’suv dasrida qabul qilinishi. 
O’simliklarning yoshiga qarab ozuqa elementlarini qabul qilinishi o’zgarib 
turadi. U yoki bu ozuqa elementlarini o’simliklar tomonidan qabul qilinishi 2 xil 
davrga bo’linadi: 1. Ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz davri. 
2. Ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qilish davri. 
1) ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz, eng kerakli davri shundayki, 
agar o’simliklar o’sishi va rivojlanishining maolum bir paytda ozuqa muhitida 
qandaydir element yetishmay qolsa, bu yetishmovchilikning o’rnini keyinchalik shu 
ozuqa elementlaridan ko’p miqdorda berilsa ham to’ldirib bo’lmaydi. 
Tekshirishlarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jalik ekinlarining fosfor va azotga 
bo’lgan tig’iz davri yosh nihollar paydo bo’lgandan keyin 10-15 kun o’tgandan 
boshlanadi. 
O’simliklar rivojlanishining boshlang’ich fazalarida kaliyning keskin 
yetishmaligi ha keyinchalik hosildorlikni pasayib ketishga sabab bo’ladi. Lekin 
keyinchalik kaliyli o’g’itlarning yetarli miqdorda berilishi natijasida hosildorlikni 


sezilarli darajada oshirish mumkin. Ammo fosforning va azotning o’simliklar 
rivojlanishining boshlang’ich faz-asidagi yetishmoqchiligini keyingi oziqlantirishlar 
yo’li bilan to’ldirib bo’lmaydi.
Dala sharoitlarida o’simliklarning mineral oziqlanishiga nisbatan tig’iz davri, 
odatda 
tuproq 
organik 
moddalarini 
minerallashtiruvchi 
mikroorganizmlar 
aktivligining pasaygan vaqtiga to’g’ri keladi.
Bu erta bahorda, past harorat tuproqdagi mikrobiologik faolyatni 
sekinlashtirgan vaqtda ro’y beradi. 
2) o’simliklarning oziqlanishidagi taksimal, ozuqa elementlarini eng ko’p 
qabul qiladigan davri shunday davrki, bu paytda o’simliklarning bir kecha-
kunduzdagi ozuqa elementlarini o’rtacha isteomol qilishi eng ko’p miqdorni tashkil 
etadi.
O’simliklarning ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qiladigan davri ularning 
ancha ko’p qabul qiladigan davri ularning ancha keyin o’suv fazalariga to’g’ri keladi. 
Ko’pincha bunday holat o’simliklarda hosil elementlari paydo bo’layotgan va 
shakllanayotgan davriga to’g’ri keladi. O’simliklar oziqlanishidagi davriylik ularga 
o’g’itlarni bo’lib- bo’lib solish nazariyasining asosli ekanligini ko’rsatadi.
b) ozuqa moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi. 
Tuproqdan o’simliklar ozuqa elementlarini har xil miqdorda va nisbatda qabul 
qiladi. Ekinlarning ozuqa moddalarga bo’lgan ehtiyoji to’g’risidagi ko’rsatkichlar 
ozuqa moddalarni umumiy hosil bilan chiqib ketishi yoki asosiy mahsulotdagi hosil 
birligiga to’g’ri keladigan ikkilamchi qismini hisobga olish bilan belgilanadi.
O’simliklarda mineral oziqlanish elementlarining to’planishi pishish davrining
boshlanishida eng ko’p miqdorni tashkil etadi.
Rivojlanishning oxirgi fazalarida barglarning tushishi, moddalarning ildiz 
sistemasidan tuproqqa o’tishi natijasida o’simliklarda elementlarning yo’qotilishi 
kuzatiladi. 
Ozuqa elementlarining chiqib ketishi biologik, xo’jalik va qoldiq olib chiqib 
ketish turlariga bo’linadi. 
Ozuqa moddalarni biologik yo’l bilan chiqib ketishi - bu ozuqa moddalarning 
shunday miqdoriki, u o’simliklar o’z hosilining biologik massasini tuzish uchun, 
paydo qilish uchun sarflagan ozuqa moddalar miqdoridir. 
Ozuqa moddalarning biologik olib chiqib ketishi deganda, yerlarni 
o’simliklardan to’la tozalanishi maydondan to’la yig’ishtirib olib chiqib tashlanadi. 
Biologik olib chiqib ketish xo’jalik va qoldiq olib chiqib ketishlarga bo’linadi. 
Xo’jalik yo’li bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar - bu ozuqa 
moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari tovar mahsuloti tarkibiy qismidir. 
Agar qishloq xo’jalik ekinlarining tovar bo’lmagan qismi shu ekinlar 
yetishtirilgan maydondan olib chiqib ketilmasa, ularning tarkibidagi ozuqa 
moddalarning miqdori xo’jalik yo’li bilan olib chiqib ketiladigan miqdoriga 
qo’shilmaydi. 
Ozuqa moddalarning olib chiqib ketilishining qoldiq qismi - bu dalada qolgan 
chirindi, ildiz qoldiqlari va boshqalardan tuproqqa o’tgan ozuqa elementlarining 
miqdoridir. 


v) o’simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi. 
O’simliklarning tuproq tarkibidagi ozuqa elementlaridan foydalanish 
koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi: 

K = --------- 100 % 

a - o’g’itlanmagan yerdan hosil bilan chiqib ketgan ozuqa elementlarining miqdori, 
ga/kg; 
v - haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining harakatchan shaklining miqdori, ga/kg. 
Haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining miqdori kartogramma bo’yicha 100 
gr tuproq hisoblash koeffitsientiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi. 
Masalan, kartogramma bo’yicha harakatchan fosforning 100 gr tuproq 
tarkibidagi miqdori 10 mg bo’lsa, qayta hisoblash koeffitsienti 30 ga teng bo’lsa, har 
gektariga 10x30=300 kg fosfor (R
2
O
5
) kerak bo’ladi. 
Ozuqa moddalarning harakatchan shakllarini tuproqdan o’zlashtirish 
koeffitsienti nafaqat ekinlarning biologik xususiyatlaridan, balki atrof muhitning 
o’zgarishiga ham bog’liqdir. Bu ko’rsatkichlar o’g’itlarning yillik hisob normalarini 
aniqlshda ancha qiyinchilik tug’diradi. 
Tuproq tarkibidagi ozuqa elementlarining o’zlashadigan shakllari qanchalik 
ko’p bo’lsa, o’simliklarning ulardan foydalanish koeffitsienti shunchalik past bo’ladi.
Organik va mineral o’g’itlar hamda ohakni yerga solganda, tuproqdagi ozuqa 
moddalarning qabul qilinishi kuchayadi va o’simliklarning ulardan foydalanish 
koeffitsienti ortadi. 
Har xil tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor va kaliydan qishloq xo’jalik 
ekinlarining o’rtacha foydalanish koeffitsienti, % hisobida 
Ekinlar
Tuproqlar Machigin usulida 
analiz qilinganda 
fosfor (5) 
oksidi 
kaliy oksidi 
makkajo’xo
ri silosiga 
15 15 - 



makkajo’xo
ri doniga 
30 30 - 
10 
10 - 
kungaboqar 30 30 - 
20 
15 - 
g’o’za

20 20 

10 10 
g’alali 
ekinlar 
15 15 15 



qand 
lavlagi






g) o’simliklarni organik va mineral o’g’itlardagi ozuqa moddalarni 
o’zlashtirishi. 


O’simliklarni organik va mineral o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalaridan 
foydalanish koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi. 
Vu-Vo 
K = ------------ 100 % 

Vu - o’g’itlangan maydondagi hosil bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar, 
ga/kg; 
Vo - o’g’itlanmagan, nazorat qilinayotgan maydondagi hosil bilan olib chiqib 
ketilgan ozuqa moddalar miqdori, ga/kg; 
S - o’g’it bilan solingan ozuqa elementlarining miqdori, ga/kg. 
O’simliklarning o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalaridan foydalanish 
koeffitsienti ham tuproq xususiyatlariga, iqlim sharoitlariga, ekinlarning biologik 
xususiyatlariga, ishlatilayotgan o’g’itlarning shakllariga va ularning solish usullari 
hamda boshqa omillarga qarab o’zgarib turadi. 
O’simliklarning o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalardan foydalanishning o’rtacha 
koeffitsientlari, % 
Taosir 
organik o’g’itlardan mineral 
o’g’itlardan 
q-sh yill. 

R
2
O
5
K
2


R
2
O
5
K
2

o’g’itlarning past va o’rtacha normalaridan 
1-yil 
20-25 25-30 50-
60 
60-
70 
15-
20 
50-
60 
2-yil 
20 
10-15 10-
15 

10-
15 
15-
20 
3-yil 
10 





to’l.al.ek. 
rotats-si 
50-55 40-50 60-
75 
60-
70 
30-
40 
65-
85 
o’g’itlarning yuqori normalaridan 
1-yil 
15-20 15-25 40-
50 
45-
55 
10-
15 
40-
50 
2-yil 
15 
10 
10 

5-10 10-
15 
3-yil 
10 





to’l.al.ek. 
rotats-si 
40-45 30-40 50-
60 
45-
55 
20-
30 
50-
65 
d) qishloq xo’jalik ekinlarining ang’iz va ildiz qoldiqlarining tuproq ozuqa 
rejimiga taosiri. 
Qishloq xo’jalik ekinlarining ang’iz va ildiz qoldiqlari tuproq ozuqa rejimiga 
sezilarli darajada taosiri qiladi. 
Dukkakli ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlari ulardan keyin ekiladigan 
ekinlarning oziqlanishiga va tuproqning ozuqa rejimiga eng ko’p taosir qiladi. 


Dukkakli ekinlar ang’iz va ildiz qoldiqlaridagi uglerodning azotga nisbati 
yaxshi chirigan go’ngdagi kabidir. SHuning uchun dukkakli va don dukkakli 
ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlarining minerallashuvi tez boradi, dukkakli 
ekinlardan keyin ekiladigan qishloq xo’jalik ekinlarining dukkaklilari ang’iz va ildiz 
qoldiqlari tarkibidagi ozuqa moddalardan foydalanish koeffitsienti huddi organik 
o’g’itlarning tarkibidagi azotning keyingi taosirini hisobga olish zarur. 
Dukkakli ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotdan foydalanish 
koeffitsienti ulardan keyin birinchi ekilgan ekinlar 20-25 %, ikkinchi ekilgan ekinlar 
15-20 % va uchinchi ekilgan ekinlar esa 5-10 % ga tengdir. 
Ko’p yillik dukkakli va don dukkakli ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlari 
ko’rinishidagi 1 t pichanda 10-15 kg azot bo’ldi.
Dukkakliklardan keyingi birinchi ekin ang’iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi 
azotdan 25 % yoki 30 kg dan foydalanadi, bu esa don hosilini har gektariga 1 t ga 
oshirish imkoniyatini beradi. 
Don dukkakli ekinlar ang’iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotning miqdori 
qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketadigan azotning 0,5 qismiga tengdir, 
birinchi yili foydalanilayotgan ko’p yillik dukkakli ekinlar tarkibidagi azotning 
miqdori ham yuqoridagi ko’rsatkichga teng yoki hatto 1,5 marta ortiqdir.
Har xil ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlarining miqdori va ulardagi ozuqa 
moddalarning miqdori 
Ekinlar 
asosiy
mahsulo

haydov 
qatlamda
gi quruq 
an 
ang’iz 
va 
ildiz 
qoldiqlaridagi 
ozuqa 
moddalarnig miqdori, 
hosili 
g’iz 
va 
ildiz 
qoldiqlari

R
2
O
5
K
2

1-yilgi beda 

3,6 
78 
22 
37 
2-yilgi beda 
5,6 
5,0 
106 
30 
47 
no’xat 
2,5 
2,2 
40 

24 
kuzgi 
bug’doy 
2,2 
2,5 
27 

14 
arpa

2,5 
22 

14 
makkajo’xo
ri

4,6 
29 
12 
72 
kartoshka 

1,3 
11 

32 
kanakunjut 

2, 
12 

13 
karam 

1,3 
17 


pomidor 


16 


bodring 

0,8 
11 


sabzi 

0,8 



piyoz 

0,5 





Tayanch iboralar
O’g’itlash sistemasi, birinchi etap, o’g’itlarni qo’llanish rejasi, ikkinchi etap, 
almashlab ekish tizimidagi o’g’itlash sistemasi, iqtisodiy samaradorlik, o’g’itlash 
sistemasining vazifalari, hosil elementlari, tig’iz davr, xo’jalik va qoldiq chiqib 
ketish, ang’iz qoldiqlari, ang’iz va ildiz qoldiqlari, ozuqa moddalar, dukkakli ekinlar, 
ildiz qodiqlari, mineral o’g’itlar, organik o’g’itlar. 
Nazorat savollari
1. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi necha etapga bo’linadi? 
2. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi birinchi etapda qanday tadbirlar amalga 
oshiriladi? 
3. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi ikkinchi etapida qanday tadbirlar 
amalga oshiriladi? 
4. O’g’itlash sistemasining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
5. Necha xil o’g’itlash sistemasi bor? 
6. Ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz davri o’simliklar rivojlanishining 
qaysi davriga to’g’ri keladi? 
7. Ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qilish davri qanday davr? 
8. Azot va fosforga hamda kaliyga bo’lgan tig’iz davrlar va ular o’rtasidagi 
farq nimadan iborat? 
9. Ozuqa moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi 
necha turga bo’linadi? 
10. O’simliklar tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarning qanday shakllaridan 
yaxshi foydalanilar? 
11. O’simliklar organik va mineral o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalardan 
qanday sharoitda yaxshi foydalanadilar? 
12. O’simliklarning ang’iz va ildi qoldiqlari tuproq ozuqa rejimiga qanday 
taosir qiladi? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo. 
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 
3. 
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964. 
4. 
Mirzajonov Q. M. Agronomichevkie osnovq vqsokogo urojaya. T., 1986. 


MA’RUZA 22: TURLI XIL OMILLARNING ORGANIK VA MINERAL 
O’G’ITLAR SAMARADORLIGIGA TAOSIRI. 
REJA: 
1. Tuproq xususiyatlarining taosiri
2. Agrotexnik sharoitlari 
3. Iqlim sharoitlari
4. Organik va mineral o’g’itlarni birgalikda ishlitilishi 
5. Ayrim ekinlar oziqlanish xususiyatlarining ahamiyati va almashlab ekish 
harakteri. 
6. Tayanch iboralar 
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Tuproq xususiyatlarining taosiri.
Qishloq xo’jalik ekinlariga berilayotgan o’g’itlarning samarali taosiri 
o’simliklarni yetishtirishda qo’llaniladigan agrotexnik tadbirlarga, tuproqning 
xususiyatlari, iqlim sharoitiga va boshqa omilga ko’p jihatdan bog’liqdir. 
O’simliklarga solinayotgan o’g’itlarning taosiri tuproqning bir qator xususiyatlariga 
bog’diqdir.
Tuproqning bunday xususiyatlari jumlasiga: tuproqning tipi va turi, mexanik 
tarkibi, kimyoviy tarkibi madaniylashganlik darajasi, muhit reaktsiyasi, tarkibidagi 
o’simliklarga o’zlasha oladigan ozuqa moddalar miqdori va boshqalar kiradi. Har xil 
tipdagi tuproqlargasolingan ayrim o’g’itlarning taosiri turlicha bo’ladi. 
Masalan, qora tuproqlarda anchagina katta va ko’p miqdorda fosforli o’g’itlar 
ishlatiladi. CHimli-podzol tuproqlarda to’laqonli o’g’it sifatida azotning ahamiyati 
kattadir. 
Torfli mintaqalarda kaliy ahamiyati jihatdan birinchi o’rinda turadi. 
Tuproqning mexanik tarkibi o’g’itlarning harakatlanishi, singdirilishi va ushlanib 
qolishiga, bu esa o’z navbatida o’simliklarning o’g’itlar tarkibidagi ozuqa 
moddalardan foydalanish xarakteriga taosir qiladi. Tuproqning mexanik tarkibini 
o’g’itlarning normasini, solish moddalari va usularini belgilayotganda hisobga olish 
lozim. 
Og’ir 
mexanik 
tarkibli 
tuproqlarda 
o’g’itlarning 
singdirilishi 
va 
mustahkamlanib qolishi kuchli bo’ladi, suv bilan birga harakatlanishi sekin bo’ladi, 
bu jarayonlar yengil mexanik tarkibli tuproqlarda ancha tez o’tadi. 
O’g’itlarning samaradorligiga tuproqlarning madaniylashganlik darajasi katta 
taosir qiladi. 


Madaniylashgan tuproqlarning fizik kimyoviy xususiyatlari yaxshi bo’ladi, 
shunday tuproqlarda mikrobiologik jarayonlar intensiv o’tadi, bu esa o’g’itlarning 
samaradorligiga ijobiy taosir qiladi.
Madaniylashgan tuproqlarning ko’zga tashlanadigan ko’rsatkichlaridan bir - 
ularda o’simliklarga yengil o’zlashadigan ozuqa elementlarining borligidir. 
O’g’itlardan tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda ratsional, tabaqalashtirib 
foydalanishda yuqorida aytilgan tuproq xususiyatlarini bilish kerak. 
Buning uchun tuproqlarni tekshirish va xo’jaliklarning tuproq xaritasini 
tuziladi, xaritada tuproqning almashlab ekish dalalaridagi alohida turlari, ularning 
xarakteristikasi, mexanik tarkibi, organik moddalar miqdori, haydov qatlamining 
chuqurligi va boshqa xususiyatlari ko’rsatiladi. 
Tuproqning ayrim xususiyatlari juda sekin o’zgaradi, tuproqni tekshirish 
jarayonida olingan bunday ko’rsatkichlar shu tuproq turi uchun uzoq vaqt xizmat 
qilishi mumkin.
Tuproq xaritasidan tashqari, xo’jaliklarda agrokimyoviy kartogrammasi ham 
mavjudki, ularda tuproq tarkibidagi arakatchan ozuqa moddalarning miqdori, 
kislotaliligi, tuproq singdirish kompleksining asoslari bilan to’yinganlik darajasi va 
boshqa tez o’zgarib turadigan ko’rsatkichlar keltiriladi. 
2. Agrotexnika sharoitlari. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda qo’llaniladigan agrotexnik tadbirlar 
ham organik va mineral o’g’itlarning o’simliklar tomonidan samarali foydalanishga 
taosir ko’rsatadi. 
Agrotexnik tadbirlar jumlasiga: tuproqlarga o’z vaqtida va sifatli qilib ishlov 
berish, qishloq xo’jalik ekinlarini eng yaxshi va qulay agrotexnik muddatlarda ekish 
ekinlarning eng yaxshi o’tmishdoshlarini tanlash, almashlab ekish qoidalariga rioya 
qilish, qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlarga 
qarshi kurash hamda boshqa omillar ekinlarga solinayotgan o’g’itlarning 
samaradorligiga sezilarli darajada taosir ko’rsatadi. 
Tuproqlarga o’z vaqtida va sifatli ishlov berish tuproqda yaxshi suv xhavo va 
mikrobiologik rejimlarni yaxshilaydi, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun 
yaxshi sharoit yaratadi, ildiz sistemasining tuproq va o’g’itlar tarkibidagi ozuqa 
elementlaridan foydalanishni kuchaytiradi. 
O’tmishdosh ekinlarning alohida taosiri shundan iboratki, ular tuproqda ko’p 
miqdorda ildiz qoldiqlari qoldiradilar, o’tmishdoshlar o’zlarining o’suv davrlarida har 
xil miqdorda oziqlanadilar, ozuqa va suvdan har xil miqdorda foydalanadilar, bu esa 
tuproqning suv va ozuqa rejimiga, uning mikrobiologik aktivligiga, kasallik va 
zararkunandalar bilan zararlanishi hamda ularning rivojlanishi kabi tartiblariga 
turlicha taosir qiladi. Tuproqdagi o’simliklarga qiyin o’zlashadigan ozuqa 
moddalaridan yaxshi foydalanadigan baozi bir qishloq xo’jalik ekinlari ildiz 
qoldiqlarining minerallashuvi natijasida qiyin eriydigan moddalarni o’simliklarga 
oson o’zlashadigan shaklga o’tkazadi. 
Ertangi ekinlar, kechkin, vegetatsiya davri uzoq bo’lgan ekinlarga nisbatan 
ozuqa elementlaridan kam foydalanadilar va ular erta yig’ishtirilib olinadi. Natijada 


ulardan kein tuproqdagi ozuqa moddalardan o’simliklarning foydalanishi uchun 
yaxshi sharoit yaratiladi. 
Madaniylashgan tuproqlardagi dukkakli ekinlar nafaqat o’zlarini azot bilan 
taominlaydilar, balki tuproqni ham azot bilan boyitadi. 
SHuning uchun dukkakli ekinlardan keyin ekiladigan ekinlarga azotli o’g’itlar 
juda kam yeriladi yoki berilmasa ham bo’laveradi. Lekin dukkakli ekinlar o’zarining 
o’suv davrlarida tuproqdagi fosfor va kaliyning ko’p miqdorini sarf qiladilar, yaoni 
ularni ko’p miqdorda qabul qiladilar. 
SHuning uchun bulardan keyin ekiladigan ekinlar uchun fosfor va kaliy 
yetishmasligi sezilishi mumkin. 
Ko’p yillik dukkakli ekinlarni o’z vaqtida haydalishi to’plangan chimli 
qatlamni chirishi uchun yaxshi sharoit yaratadi va natijada tuproqda harakatchan 
ozuqa moddalarning to’planishi, ayniqsa, azotning ko’p to’planishi uchun imkoniyat 
yaratilajdi. Tuproqqa ishlov berish usullari, u bilan bog’liq holda o’g’itlarni tuproqqa 
solish chuqurligi o’simliklar oziqlanishida muhim rol o’ynaydi.yu 
o’g’itlarni 
tuproqning 
nami 
qurib 
qolmaydigan 
qatlamiga 
tushishi 
o’simliklarning oziqlanishi sharoitlarini yaxshilaydi va ishlatilayotgan o’g’itlarning 
samaradorligini oshiradi. 
Bundan tashqari, tuproqqa o’z vaqtida va sifatli ishlov berilishi begona o’tlarga 
qarshi kurashdir. Begona o’tlarning soni qanchalik kam yoki ular yo’q bo’lsa, 
borayotgan o’g’itimizdan o’simliklarning foydalanish shunchalik yaxshi bo’ladi. 
Tuproqqa ishlov berisho’ bilan haydalma qatlam chuqurligi ham ortadiyu natijada, 
o’simliklarda kuchli, baquvvat ildiz sistemasi rivojlanadi va tuproqning ancha chuqur 
qatlamlaridan ham ozuqa moddalarni qo’shimcha ravishda so’rib oladi. Ekilayotgan 
ekinlar navining biologik xususiyatlariga bog’liq holda maolum bir ozuqa 
elementlarining roli, ahamiyati ham o’zgarib turadi. O’simliklarning mahsuldor 
navlari katta miqdordagi ozuqa moddalarni talab qiladi. 
Tuproqqa soliayotgan o’g’itlarning miqdori ekinlarning ekish normalari va 
muddatlari bilan monand bo’lishi kerak.
Optimal ekish muddatlarining o’zgarishi, shuningdek, ko’chat qalinligining 
kamligi ham o’g’itlar samaradorligiga salbiy taosir ko’rsatadi.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida sug’orish rejimiga qatoiy amal qilish 
kerak. 
Sug’orilganda o’g’itlarning samaradorligi 1,5 -2 marta ortadi, ayniqsa azotli 
o’g’itlarniki. 
Tuproqqa solinadigan organik va mineral o’g’itlarning samaradorligi kislotali 
tuproqlarni ohaklaganda va sho’r, sho’rtoblarni gipslaganda yana ham yaqqol 
bilinadi. 
3. Iqlim sharoitlari. 
Iqlim sharoitlari ham o’g’itlar samaradorligiga katta taosir qiladi. 
O’simliklarning o’suv dari davomida tushadigan yog’ingarchilikning intensivligi va 
miqdoriga bog’liq bo’lgan tuproqning suv rejimi, fizik xossalari hosildorlikni 
belgilovchi eng muhim omillardan hisoblanadi.


Tuproqda namlikning keskin kamayishi o’g’itlardan kutilgan samarani 
bermaydi va hatto o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga zararli taosir ko’rsatishi 
mumkin. 
Tuproq tarkibida namlik yetarli bo’lsa, o’simliklar o’g’itlardan ancha unumli 
foydalaniladi.
O’g’itlash tizimini tuzatayotganda iqlimiy xususiyatlarini, ayrim ekinlar uchun 
o’g’itlarni tuproqqa solish muddatlari va usullarini hisobla olish zarur. 
Yog’inlar kam yog’adigan , iqlimi quruq mintaqalarda o’g’itlarni tuproqning 
chuqurroq qatlamlariga solish tavsiya etiladi. 
O’g’itlarning taosiri nafaqat yog’inlarning yillik miqdorgagina emas, balki 
o’suv davrida oylar bo’yicha taqsimlanishiga ham bog’liqdir. 
Yuqri haroratli davrda o’g’itlarning tuproqqa sayoz solinsa ularning 
samaradorligi kam bo’ladi. SHuning uchun g’o’zani oziqlantirishda o’g’itlarni 16-18 
sm chuqurlikka solish kerak.
Haddan tashqari yuqori xharoratda oziq moddalarning o’simliklarga qabul 
qilinishi kamayadi. 
O’simliklar rivojlanishiining boshlarida harorat past bo’lsa, ularning azot va 
fosfor bilan oziqlanishiga salbiy taosir ko’rsatadi. 
Agar kuz va qish oylarida ko’p miqdorda yog’in tushsa, kelgusi yilda azotli 
o’g’itlarning samaradorligi ortadi.
Organik o’g’itlar maolum miqdordagi hosilni paydo bo’lishida suv sarfini 10-
20 % ga kamaytiradi va qurg’oqchilikning halokatli taosirini kamaytiradi. 
4. Organik va mineral o’g’itlarning birgalikda ishlatilishi. 
Organik va mineral o’g’itlarning birgalikda ishlatilganda ularning alohida-
alohida ishlatilanga qaraanda ko’p samara beradi. 
Bu qo’shimcha samaraga eng avvalo tuproqda bo’ladigan mikrobiologik 
jarayonlar natijasida erishiladi, yaoni tuproq va go’ng tarkibidagi organik moddalar 
intensiv suroatda parchalanadi, chiriydi. Mineral o’g’itlar tarkibidagi fosforning 
tuproqda qiyin o’zlashadigan shaklga o’tish darajasi kamayadi. 
Go’ng bilan birga tuproqqa anchagina miqdorda mikroelementlar ham tushadi. 
Yoyirik shoxli hayvonlar go’ngning har tonna quruq moddasi tarkibida 20 kg azot, 10 
kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 230 gr marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr 
kobalt, 2 gr molibden va 0,4 gr yod bor. Go’ngning chirishi natijasida karbonat 
angidrid gazi ajralib chiqadi va havoning yerga yaqin qatlamini karbonat angidrid 
gazi bilan boyitadi, bu bilan esa o’simliklarda bo’ladigan fotosintez jarayonining 
mahsuldorligini ko’paytirai. 
Go’ng va mineral o’g’itlarning birga qo’shib ishlatilishi tuproq eritmasining 
yuqori kontsentratsiyasini qo’tara olmaydigan, lekin o’suv davrida nisbatan ko’p 
o’g’it talab qiladigan ekinlarda yaxshi samara beradi. 
Organik va mineral o’g’itlar tuproq tarkibidagi chirindi miqdoriga ham taosir 
qiladi. 


Ko’p yillik tajribalarning guvohlik berishicha, uzoq vaqt mobaynida tuproqqa 
o’g’it solmasdan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish natijasida tuproq tarkibidagi 
chirindi miqdori anchagina kamaygan. 
Tuproq tarkibdagi chirindi miqdorini kamayib ketishini to’xtatish uchun har 
yili tuproq tipiga qarab, 10-20 tonnadan organik o’g’itlar solib turish kerak. 
Go’ngni eng avvalo chopiq talab ekinlarga solish zarur. CHunki qator oralarga 
ishlov berilganda, organik moddalarning minerallanishi kuchayadi va o’simliklar 
go’ngdagi ozuqa moddalardan to’la foydalanadi, bu ayniqsa, uzoq vegetatsiya 
davriga ega bo’lgan ekinlar uchun foydalidir. 
5. Ayrim ekinlar oziqlanish xususiyatlarining ahamiyati va almashlab ekish 
harakteri. 
Qishloq xo’jalik ekinlari vegetatsiya davrining uzoqligi bir xilda bo’lmagan 
holda, shuningdek, asosiy oziq elementlari - azot, fosfor va kaliyni o’zlashtirish 
miqdori jihatdan har xil bo’lganligidan hosilni shakllantirish, ularni umumiy 
o’zlashtirish hajmi bo’yicha bir-biridan katta farq qiladi. 
Ozuqa elementlariga bir muncha talabchan ekinlarni har anday bir xil 
sharoitda ham biroz katta norma bilan o’g’itlash zarur. U yoki bu turdagi ekin naviga 
ko’ra oziq rejimiga va o’g’itga talabchanligi jihatidan ham bir biridan farq qilishi 
mumkin. 
Tez pishar navlar kech pishar navlarga qaraganda oziq moddalarni nsbatan 
qisqa davr ichida o’zlashtira olishi va oziqlanish sharoitiga bir muncha talabchanligi 
bilan harakterlanadi. 
Erga solingan o’g’it o’simlikning butun vegetatsiya davri davomida ularning 
talabiga muvofiq ravishda eng yaxshi oziqlanish sharoiti bilan taominlanishi kerak. 
O’g’itlash sistemasini ishlb chiqishda, tuproqni o’g’itlash normasi, miuddatlari 
va qo’llash usullarini belgilashda har qaysi tur ekinning ayniqsa yosh davrida, tuproq 
eritmasidagi ozuqa moddalar kontsentratsiyasiga taosirchanligini, ildiz sistemasining
o’zlashtirish qbiliyatini va uning rivojlanishi harakterini, muhit reaktsiyasiga 
talabchanligini hisobga olish zarur. 
Azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarni qo’llashda ular o’rtasidagi nisbatni to’g’ri 
belgilash juda muhimdir.
Faqat azotli o’g’itlar bilan bir tomonlama oziqlantirilganda, ekinlarning 
vegetativ organlarini g’ovlab ketishiga olib keladi, hosilning tovar qismini 
shakllanishi kechikishiga olib keladi, don ekinlari yotib qoladi. 
Ekinlarni tez yetishtirishda katta normada fosforli o’g’itlar o’g’it solish yaxshi 
samara beradi. O’g’itlash sistemasi ekinlardan faqat yuqori v barqaror hosil 
yetishtirishnigina emas, balki shu bilan birga olinadigan qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini saqlash muddatini va sifatini oshirishni ham talab qiladi. 
Almashlab ekishda o’g’itlash sistemasini to’g’ri tuzish uchun turli ekinlarning 
agrotexnika va xalq xo’jaligidjagi ahamiyatini ham hisobga olish zarur. 
Har bir almashlab ekishda iloj topshiriqlarni bajarishda muhim rol 
o’ynaydigan muhim asosiy ekin bo’ladi. SHunday ekinlar qatoriga noqoratuproq 
mintaqasida texnika ekinlaridan zig’ir, ukrainada qand lavlagi va kuzgi don ekinlari, 


O’rta Osiyo respublikalarida g’o’za, shimoliy Kavkaz va Pol’shada donli ekinlar, 
chorvachilik yo’nalishidagi xo’jaliklarda makkajo’xori , ildizmeva, shakar qamish, 
shahar atrofidagi xo’jaliklarda kartoshka sabzavot sholi ekinlari va boshqalar. 
Almashlab ekiladigan asosiy ekinlarga o’g’itlar birinchi navbatda va katta 
normada berilishi kerak. 
Ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish tuproqdagi ozuqa moddalardan birmuncha 
unumliroq foydalanishni va organik hada mineral o’g’itlarning samaradorligini ancha 
oshirishni taominlaydi. 
Almashlab ekishda ayrim ekinlarni o’g’itlash oldingi ekilgan ekin turiga, uing 
hosiliga, shuningdek, tuproqlda qolgan ildiz va ang’iz qoldiqlariga hamda undagi 
ozuqa elementlariga bog’liq. Almashlab ekish dalasida o’stirilayotgan ekinlarning 
turiga va ularning navbatlashishiga qarab, dalalarni ohaklash va o’g’itlash masalasini 
bir xilda hal etib bo’lmaydi. Masalan, almashlab ekish dalasida, asosan, kartoshka, 
ildizmevali, silosbop va kaliyli o’g’itlarga talabchan boshqa ekinlar yetishtirilayotgan 
bo’lsa bunday holarda kliyli o’g’itlarga talab ortadi va ularning samaradorligini 
oshiradi. CHimli-podzol tuproqlarda almashlab ekish dalasi lyupin bilan band 
qilingan bo’lsa, bunday hollarda fosforit unining samaradorligi ancha yuqori bo’ladi. 
CHunki lyupin o’simligi tuproqdagi qiyin o’zlashadigan birikmalar tarkibidagi 
fosforni yaxshi o’zlashtira olish xususiyatlariga ega. 
CHopiq talab ekinlardan keyin o’g’itlarning samaradorligi va ulardan keyin 
ekiladigan va ulardan keyin ekiladigan ekinlarning o’g’itlarga bo’lgan talabi ortadi, 
chunki chopiq talab ekinlar yaxshi parvarish qilingandan keyin dalalar begona 
o’tlardan tozalanadi, shu bilan birga ular tuproqdan ko’p miqdordagi oziq 
elementlarini oladi va hosili nisbatan keyinroq yig’ib olinadi. 
SHunday qilib almashlab ekish dalasiga o’g’itlarning taqsimlanishi har bir 
ekinning xalq xo’jaligidagi va agrotexnika ahamiyatiga, ularning almashlab ekishda 
tutgan o’rniga, oldingi ekilgan ekinlarning harakteriga va har qaysi dalaning qanday 
darajada o’g’itlanganligiga ko’p jihatdan bog’liqdir. 
Nazorat savollari
1. Tuproqning xususiyatlari o’g’itlarning samaradorligiga qanday taosir qiladi?
2. Tuproqning madaniylashganlik darajasi nima va uning o’g’itlar 
samaradorligiga taosiri? 
3. Nima uchun xo’jaliklarning tuproq xaritasi va agrokimyoviy kartogrammasi 
tuziladi? 
4. Qanday agrotexnik tadbirlarni bilasiz va ularning o’g’itlar samaradorligiga 
taosiri qanday? 
5. Tuproqqa o’z vaqtida sifatli qilib ishlov berish berishning ahamiyatini 
ayting. 
6. O’tmishdosh ekinlar va o’g’itlar samaradorligi o’rtasida aloqadorlik. 
7. O’g’itlar samaradorligiga dukkakli ekinlarning taosiri qanday? 
8. O’g’itlar samaradorligini ortishida sug’orishning ahamiyati? 
9. Iqlim sharoitlarining o’g’itlar samaradorligiga taosirini gapiring? 


10. Organik va mineral o’g’itlarni birga qo’shib ishlatishning ahamiyatini 
gapiring? 
11. Karbonat angidrid gazining ahamiyatini gapiring. 
12. Almashlab ekish tizimida asosiy almashlab ekiladigan ekin deganda nimani 
tushunasiz va bu ekinning almashlab ekish tizimidagi o’g’itlashda tutgan o’rni? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T., 1988. 
3. Paxtachilikdan spravochnik. T., 1989. 
4. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990. 
5. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983. 
MA’RUZA 23: O’G’ITLARNING YILLIK NORMASI, DOZASI, TUPROQQA 
SOLISH USULLARI VA MUDDATLARI 
REJA: 
1. O’g’itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari. O’g’itlarning yillik 
normasi va dozasi. 
2. O’g’itlarni haydov ostiga solish. Haydov ostiga solinadigan asosiy 
o’g’itlarning normalari. 
3. O’g’itlarni ekish bilan birga solish. 
4. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirish. Qator orasiga solinadigan 
o’g’itlarning tarkibi va normasi. 
5. O’g’itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati. 
6. Mineral o’g’itlardan foydalanishni rejalatishrish va o’g’itlash normasini 
belgilash. 
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’g’itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari. O’g’itlarning yillik normasi va 
dozasi. 
O’g’itlarni tuproqqa solishning uch xil usuli bo’ladi.
1. Ekishgacha (asosiy o’g’itlash) 
2. Ekish vaqtida (qatorlarga, uyalarga, chuqurlarga) 
3. Ekishdan keyin (vegetatsiya davrida oziqlantirish). 
O’g’itlarni bir necha muddatlarda solinadi. 
1. Kuzda (haydov ostiga) 
2. Bahorda (ekishdan oldin va ekish bilan) 
3. Yozda (oziqlantirishda). 


O’g’itlarni plugning ostiga, kultivator - oziqlantirgichlar bilan va diskali 
boronalar bilan solinadi. 
O’g’itlarni haydov ostiga solish uchun traktorlarga osib ishlatiladigan 
agregatlar bilan tuproq yuzasiga sepiladi va plug bilan 35-40 sm chuqulikka ag’darib 
haydaladi. 
O’g’itlarni ekish bilan birga va oziqlantirish davrida kultivator oziqantirgichlar 
bilan tuproqning maolum bir chuqurligiga solinadi. 
O’g’itlarning yillik normasi bu qishloq xo’jalik ekinlariga ishlatiladigan 
o’simliklarning butun vegetatsiya davri uchun mo’ljallangan o’g’itlarning umumiy 
miqdoridir. Bu norma bir gektar yerga solinadigan o’g’itlarning kg hisobidagi 
miqdoridir. 
O’g’itlarning dozasi bu qishloq xo’jalik ekinlarini bir marta oziqlantirishda sarf 
bo’ladigan o’g’itlar miqdori bo’lib, har gektarga kg hisobida belgilanadi. 
O’g’itlarning tuproqqa shunday solish keraki, ular o’suv davri eng ko’p 
miqdorda o’simliklarga o’zlashadigan bo’lsin. Ildiz sistemasining rivojlanadigan 
qatlamda bo’lib, tuproq bilan kamroq bog’lansin. Tuproqning chuqurroq nam 
qatlamiga solingan o’g’itdan o’simliklar butun vegetatsiya davrida yaxshi 
foydalanadi. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda o’g’itlarni mexanik tarkibi og’ir 
tuproqlarga nisbatan chuqurroqqa solish kerak. 
O’g’itlarni 
chuquroqqa 
solishda 
ularni 
tuproq 
qatlamlari 
bo’ylab 
harakatlanishini ham xisobga olish lozim.
Nam iqlimli mintaqalardagi mexanik tarkibi yengil tuproqlardan sezilarli 
darajada yuviladi. Nitratlarning ko’p yuvilishi tuproq yuzasini o’simliklar 
qoplamagan paytda, erta bahorda va kech kuzda sodir bo’ladi. Issiq iqlimli 
mintaqalarda sug’orilib dehqonchilik qilinadigan mintaqalarda azotli o’g’itlar solinib, 
ekinlar sug’orilib bo’lgandan keyin tuproqdagi kapillyar naychalarning tiklanishi va 
parchalanishi oibatida egatlarning yon boshida va pushtaga nitratlarning ko’tarilishi 
ro’y beradi.
Fosforli o’g’itlar solingan qatlamda turadi, ular tuproq qatlamlari bo’ylab, 
deyarli harakatlanmaydi. 
Kaliy to’g’risida ham shunday hulosaga kelish mumkin. CHunki kaliy ham 
almashinuvchi arakterda tuproqqa singdiriladi va u bog’langan tuproqlarda yaxshi 
tutib turiladi. 
Bunday jarayonlar ayniqsa kislotali muhitga ega bo’lgan podzol, chimli podzol 
tuproqlarda kuchli sodir bo’ladi. CHunki bu tuproqlara ko’p miqdorda temir va 
alyuminiy oksidlari bo’lib, ular bilan temir va alyuminiy fosfatlar hosil qiladi. Bu 
birikmalarni amalda o’simliklar o’zlashtira olmaydilar. 
2. O’g’itlarni haydov ostiga solish. Haydov ostiga solinadigan asosiy o’g’itlarning 
normalari. 
O’g’itlarni haydov ostiga solish bu qishloq xo’jalik ekinlarini butun o’suv 
davrida ozuqa elementlari bilan bir tekisda taominlash demakdir.


CHuqur haydov ostiga solingan o’g’itlar o’simliklar rivojlanishining eng zarur 
davrida, yaoni o’simliklarning tez o’sayotgan va rivojlanayotgan davrida ozuqa 
elementlarini eng ko’p isteomol qiladigan davrida kerak bo’ladi.
SHning uchun xaydov ostiga solinadigan o’g’itlar asosiy o’g’itlar deyiladi. 
Bunday usulda o’g’itlar yillik normasining ko’p qismi solinadi. 
Asosiy o’g’itlarni tuproqqa solish muddatini aniqlash tuproqning mexanik 
tarkibiga iqlim sharoitlariga va o’g’itlarning o’zlarini xususiyatlariga bog’liqdir. 
Nitratli va ammiak nitratli azotli o’g’itlarni nam iqlimli sharoitlarda chimli-
podzol, o’rmon sur tusli ishqorsizlangan qora tuproqlarda bahorda solinadi. Bu 
sharoitda azotli o’g’itlarni ko’pgina kultivator bilan solinadi. Ammiakli azot issiq 
bahor oylarida 2 haftada to’liq nitrat shakliga o’tadi. 
Bunday sharoitda azotli o’g’itlarni bahorda tuproqning ustk qatlamiga solinsa, 
namgarchilik bo’lmasa tuproq quriydi va o’g’itlarning samaradorligi pasayadi. 
Fosforli va kaliyli o’g’itlar ko’pchilik asosiy tuproqlar sharoitida kuzda haydov 
ostiga solinadi. 
Kaliyli o’g’itlar faqat qumli va qumoq tuproqlar sharoitida, nam iqlimli 
mintaqalarda, bahorda solinadi. 
Go’ng asosan kuzda haydov ostiga solinadi.
O’g’itlarni notekis solinishi 15-20 % dan ortmasligi kerak. 
1. Haydov ostiga solinadigan asosiy o’g’itlarning normalari quyidagicha 
bo’ladi. 
Fosforli o’g’itlarning yillik normasining 70 %, agar kaliyli o’g’itlarning yillik 
normasi 100 kg gacha bo’lsa, hammasi solinadi, 100 kg dan ko’p bo’lsa, 50 -60 % 
haydov ostiga qolgani esa oziqlantirishda beriladi.
2. Eroziyaga uchragan yerlarda azotning yillik normasini 50 % ni bahorgi 
haydov ostiga yoki chizel ostiga solinadi. Qolgan qismi ekish bilan va oziqlantirishda 
beriladi.
Fosforning 65-70 % haydov ostiga solinadi. 
3. Sug’orish eroziyasiga uchragan joylarda o’g’itlarning yillik normasini 4545-
65 % ni yonbag’irning kuchli yuvilgan joyiga 22-23 % ni yonbag’irning o’rtacha 
yuvilgan joyiga, qolgan qismini esa yonbag’irning pastki qismiga yaoni yuvilib 
tushgan loyqa va oziq moddalarni to’plangan joyiga solish lozim. 
3. O’g’itlarni ekish bilan birga solish. 
O’g’itlarni ekish bilan birga berishda o’g’it va urug’lar alohida-alohida 
qutilardan tukoprovodlar orqali tuproqqa solinadi. Bunday holatda o’g’itlarni yerga 
solganda ekilayotgan urug’lar o’g’itdan yupqa tuproq qatlami bilan ajralib turadi.
O’g’itlarni bunday usulda solish shuning uchun yaxshiki, unayotgan yosh 
nihollar tuproq eritmasidagi yuqori kontsentratsiyasini juda sezuvchan bo’ladi. 
O’g’it bilan urug’larning o’rtasidagi tuproq qatlami ajratib turadi. Va bu o’g’itlardan 
yosh nixhollarni foydalanishi 40-60 % ga yetadi. 
Ekish bilan solinadigan o’g’itlar ekinlarning dastlabki rivojlanish djavrlarida 
oziq elementlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida beriladi.
SHuning uchun bunday usulda o’g’itlarning ozroq dozada beriladi.


O’simliklarning 
yosh 
vaqtida 
noqulay 
sharoitlarga 
xususan 
ozuqa 
elementlarining yetishmasligiga sezuvchan bo’ladi. Ekish bilan bilan irga beriladigan 
oz dozadagi mineral o’g’itlar yosh nihollarning oziqlanishi uchun qulay sharoit 
yaratadi. 
Buning natijasida ular tez rivojlanaadi va noqulay sharoiti yengil o’tkazadi. 
O’simliklar rivojlanishining dastlabki davrida yaratilgan qulay sharoit qisqa 
muddatda baquvvat ildiz sistemasining rivojlanishiga keyinchali esa tuproq va asosiy 
o’g’itlar tarkibidagi ozuqa elementlaridan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat 
yaratadi.
Urug’lar bahor paytida ekiladi.
Maolumki, bu paytda tabiatda ham xar xil ofatlar ro’y beradi, yaoni jala, 
shamol, qatqaloq hosil bo’lishi, haroratning keskin pasayishi sodir bo’ladi. 
Ozuqa bilan yaxshi taominlangan yosh nihollar yuqoridagi kabi salbiy 
hodisalarga chidamli bo’ladi. Ekish bilan birga beriladigan o’g’itlarning dozasi 15-20 
kg ni tashkil etadi.
Ekish bilan birga, asosan, fosforli va azotli o’g’itlar solinadi. Bunda 
donadorlashtirilgan superfosfat, kompleks o’g’itlardan ammofos, diammofos, 
nitrofos, nitrofoska, nitroammofoslardan foydalaniladi.
4. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirish. Qator orasiga solinadigan o’g’itlarning 
tarkibi va normasi. 
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilgan tajribalarning natijalariga 
qaraganda ko’pchilik hollarda oziq moddalarning yuvilishi juda kam bo’lgan o’rtacha 
va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda azotli o’g’itlarni ham oziqlantirish uchun 
ajratilishi hosilni kamayishiga olib kelgan. Bunday holat shu bilan tushuntiriladiki, 
o’simliklarni oziqlantirishda beriladigan o’g’itlar kultivatorlar bilan quruq tuproqqa 
va sayoz solinadi. SHuning uchun bu o’g’itlardan o’simliklar yomon foydalanadilar.
SHuning uchun oziqlantirishni tuproqda nam yetarli bo’lganda va o’g’itlarni 
chuqur qatlamlarga solish bilan olib borish lozim. Sug’orilibyu dehqonchilik 
qilinadigan sharoitda esa o’g’itni tuproqqa solgandan keyin darhol sug’orish kerak. 
Oziqlantirishda ayniqsa kaliyli va fosforli o’g’itlarni tuproqqa solish maqsadga 
muvofiq ema. CHunki kaliy va fosfor tuproq profili bo’yicha deyarli 
harakatlanmaydi. Azotli o’g’itlarning nitrat anioni hxarakatchan bo’lgani sababli 
tuproqqa solingandan boshlab pastki qatlamlarga qarab harakatlanadi. SHuning 
uchun undan o’simlik foydalanadi.
O’simliklarning o’suv davrida ozilantirish bir qator omillarga bog’liqdir.
1. Agar qishloq xo’jalik ekinlariga beriladigan o’g’itlarning yillik normasi katta 
miqdorda bo’lsa,
2. Ekilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyatlariga bog’liq. 
3. Tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdoriga bog’liq.
4. Qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llaniladigan o’g’itlarning shakllariga bog’liq.
5. Qo’llaniladigan o’g’itlarning tuproq tarkibidagi xarakatchanligiga va 
ularning tuproqda mustahkamlanib ushlanib qolishiga bog’liq. 
6. Tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq.


7. Qishloq xo’jalik ekinlarining vegetatsiya davrining uzun qisqaligiga va har 
xil o’suv fazalarida oziq elementlariga bo’lgan talabining turlicha bo’lishiga va 
boshqalar. 
O’g’itlarni qator oralarga solib oziqlantirish, masalan, g’o’za 2-4 ta chin barg 
chiqargan davrdan boshlanadi.
Agar azotning yillik normasi har gektarga 250 kg fosforlik ham 250 kg 
kaliyniki esa 100 kg bo’lsa, fosforning 180 kg kaliyning 50 kg kuzgi haydovda 
azotning 20 kg ekishdan oldingi ishlovda, 20 kg azot va 20 kg fosfor ekish bilan birga 
beriladi.
O’g’itlarnin oziqlantirishda qanday sharoitlarida beriladi: 
1. Ekishgacha bo’lgan davrda. O’g’itlar solinmagan yoki yetarli darajada 
solinmagan bo’lsa. 
2. CHopiq talab ekinlarga yuqori dozalarda mineral o’g’itlar ajratilgan bo’lsa.
3. Oziqlantirishda azotli o’g’itlarning tuproqda xarakatchan bulgan shaklaridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
5. O’g’itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati.
Mineral o’g’itlarni donador qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: 
1. Ular mushtlashib qolmaydi. 
2. 
Donadorlashtirilgan 
o’g’itlarni 
tuproq 
yuzasiga 
sochiluvchanligi 
yaxshilanadi va tuproq yuzasiga bir tekisda tushadi.
3. Boshqa o’g’itlar bilan aralashmalar tayyorlaganda bir tekisda aralashadji. 
4. Donadorlashtirilgan o’g’itlarning taosiri poroshok holidagi o’g’itlarnikiga 
nisbatan ancha yaxshi bo’ladi. 
5. Donadorlashtirilgan o’g’itlarning gigroskopikligi kristall va poroshok 
holidagi o’g’itlarnikiga nisbatan ancha kam bo’ladi. 
6. Mineral o’g’itlardan foydalanishni rejalashtirish va o’g’itlash normasini belgilash. 
Almashlab ekishda o’g’itlar sistemasini ishlab chiqishda eng muhim va 
murakkab 
maqsadlardan 
biri 
o’g’itlash 
normasini 
belgilashdir. 
Ekinlar 
hosildorligining ortishi o’g’itlarnming normasi ortishi bilan qishloq xo’jalik 
ekinlarini hosildorligi ham bevosita ortadi, bunda olinadigan mahsulot sarflangan 
oziq moddalarni ancha ortig’i bilan qoplashga erishiladi. Bunday intervalda 
normadan ortiq solingan o’g’it hisobiga ham, shuningdek o’g’it birligi hisobiga ham 
ortadi.
O’g’itlash normasini yanada oshirish gektaridan olinadigan osilni ko’paytirish 
mumkin. Lekin oshirilgan norma evaziga olingan qo’shimcha hosil va o’g’it birligi 
hisobiga olingan maxsulot asta sekin kamayib boradi. Gektaridan olinadigan hosil 
maksimal arajga aylangandan keyin kelgusida o’g’itlash normasini oshirishning 
hojati yo’q. O’g’itlash normasini oshirish qo’shimcha solingan o’g’itlar miqdori
bilan bog’ldiq barcha sarf haraatlar olingan qo’shimcha hosil qiymati ortig’i bilan 
qoplangandagina u iqtisodiy jihatdan foydil hisoblanadi.


Solinadigan o’g’itlardan foydalanish eng asosiy qulay normasini belgilash va 
o’g’itdagi oziq moddalarning nisbatini planlashtirishda dala tajribasi natijalari asosi 
qilib olindi. 
Respublikamizning 
turli 
tuproq-iqlim 
sharoitlarida 
jolashgan 
tajriba 
stantsiyalarida qishloq xo’jaligi sohasidagi ilmiy tekshirish institutlarida va zonal 
agrokimyo laboratoriyalarida yagona sxema asosida o’g’itlash bo’yicha dala 
tajribalari o’tkaziladi.
Geografik dala tajribalari natijalari umumlashtirilib olingan maolumotlar 
asosida tuproq-iqlim sharoitlari agrotexnik usullar va boshqa omillarni hisobga olgan 
holda o’g’itlardan foydalanish bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.
Geografik dala tajribalari natijalari o’g’itlar taosirining asosiy qonuniyatlarini 
aniqlashga o’g’itlarning turi va nisbatiga qrab ekinlarga turli normada solinganda 
ulardan olinadigan barqaror qo’shimcha hosil miqdorni belgilashga: o’g’itdan 
agronomik va iqtisodiy jihatdan maksimal foyda olish uchun asosiy oziq 
elementlarining optimal normasi va nisbatini aniqlashga, mamalkatimizni tabiiy 
iqtisodiy rayonlari va viloyatlari bo’yicha o’g’itlarga bo’lgan talabni aniqlashga, 
ularni davlat mifqyosida ishlab chiqarishni rejalashtirishga va taqsimlashga imkon 
beradi. 
Belgilangan miqdordagi hosilni olish uchun agrokimyo xizmati tomonidan tavsiya 
qilingan ozuqa elementlarining
nisbati va o’g’itlash normasi 
Ekinlar ekiladigan 
mintaqalar 
umumlashtir
ilgan 
tajribalar 
ozuqa 
moddalar- ning 
optimal 
normasi 
azot, fosfor, 
kaliyning o’zaro 
nisbati 
Kuzgi bug’doy
shimoliy kavkaz 
131 
140 
1:1:0.3 
markaziy qoratul vil. 
52 
140 
1:1,2:1,2 
Donetsk - predneprovk 
426 
135 
1:1,4:1 
janubiy g’arbiy 
276 
255 
1:1,3:1 
janubiy 
205 
130 
1:1,2:0.7 
Kartoshka (orgnik o’g’it solingan, 200-250 kg/ga) 
markaziy 
229 
205 
1:0,7:0,8 
janubiy-g’arbiy 
170 
225 
1:0,7:0,8 
belorussiya 
210 
225 
1:1,4:1,4 
Qand lavlagi (gektaridan 250-300 ts) 
markaziy qoratuproq 
141 
200 
1:2,5:1,1 
shimoliy kavkaz 
70 
155 
1:1,3:1,1 


donetsk - predneprovsk 
298 
200 
1:1:0,8 
janubiy-g’arbiy 
386 
220 
1:1,1:1,1 
G’o’za (getaridan 25-30 ts) 
O’zbekiston 
39 
340 
1:0,7:0,14 
Tojikiston 
70 
340 
1:0,7:0,3 
Turkmaniston 
54 
290 
1:0,6:0,2 
Ozarbayjon 
162 
275 
1:1:0,5 
Mineral o’g’itlar birinchi navbatda xalq xo’jaligida muxim ahamiyatga ega 
bo’lgan ekinlarga va tuproq-iqlim sharoiti maolum darajada cheklangan joylarga 
ajratiladi. 
Sug’oriladigan va namgarchilik ko’p bo’ladigan mintaqalarga ko’proq o’g’it 
yetkazib berish rejalashtiriladi. Bunday joylarda o’g’itga ketgan harajatlar tezda 
ortig’i bilan qoplanadi. Asosan g’o’o’za, qand lavlagi, kartoshka, uzun tolali zig’ir, 
shuningdek sabzavot va poliz ekinlari kabi muhim texnika ekinlari ekiladigan 
rayonlarga yuqori normalda o’g’it berish rejalashtiriladi. 
Mamlakatimizning ayrim zonalari bo’yicha tavsiya qilinadigan o’rtacha 
o’g’itlash normalari u yoki bu zonaning haqiqatda o’g’itlar bilan qanchalik 
taominlanganligiga va tuproqning unumdorligi darajasiga qarab rejalashtiriladi. 
Tuproqning agrokimyoviy ko’rsatkichlari bilan o’g’itlarni samaradorligi 
orasida o’zaro munosabatni aniqlash bo’yicha mamldakatimizdagi zonal agrokimyo 
laboratoriyalari va ilmiy tekshirish tashkilotlari muntazam ravishda keng ko’lamda 
eksperimental kuzatishlar o’tkazib turadilar. Bunday tajribalarda aniqlangan o’zaro 
bog’liqliklarga asoslanib tuproq agrokimyoviy ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda 
rejalashtiriladigan hosilga o’g’it qo’llash bo’yicha tavsinomalar ishlab chiqiladi. 
Tayanch iboralar
Ekishgacha, ekish vaqtida, ekishdan keyin, haydov ostiga, bahorda, yozda, 
plug, kultivator, oziqlantirgich, yillik norma, doza, o’suv davri, o’g’itlarni tuproqqa 
solish, kapillyar naychalar, eroziya, shonalash, gullash, o’g’itlarni donadorlarshtirish, 
o’g’itlar normasi, kimyolashtirish darajasi. 
Nazorat savollari
1. O’g’itlarni tuproqqa qanday usulda solinadi? 
2. O’g’itlarni tuproqqa qaysi muddatlarda solinadi? 
3. O’g’itlarning yillik normasi deb nimaga aytiladi? 
4. O’g’itlarning dozasi nima va uning o’lchov birligi? 
5. O’g’itlarni tuproqqa qanday solish kerak? 
6. Haydov ostiga solinadigan o’g’itlarning normalarini gapiring? 
7. O’g’itlarni nima uchun ekish bilan birga solinadi va uning ahamiyati. 
8. O’simliklarning o’suv davrida nima uchun oziqlantiriladi? 


9. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirishni belgilovchi omillar? 
10. O’g’itlar nima uchun donador qilinadi? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990. 
3. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983. 
4. Spravochnik po udobreniya. M. Kolos. 1964. 
MA’RUZA 24: ASOSIY QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI O’G’ITLASH 
REJA:
1. Kuzgi bug’doyni o’g’itlash
2. Makkajo’xorini o’g’itlash 
3. Kartoshkani o’g’itlash 
4. Qand lavlagini o’g’itlash
5. G’o’zani o’g’itlash.
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kuzgi bug’doyni o’g’itlash. 
Kuzgi bug’doy asosiy oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Kuzgi bug’doy 
yetishtiriladigan asosiy mintaqalarga shimoliy kavkaz va ukraina respublikasi kiradi. 
Bu yerlarda u donli ekinlar strukturasida qariyb 70 % ni tashkil etadi. Bundan 
tashqari, kuzgi bug’doy Roissiyaning markaziy qora tuproq va noqora tuproq 
mintaqalarida va Belorussiyada anchagina katta maylonlarga ekiladi. 
Tuprog’i ohaklangan agrotexnika qoialariga qatiy rioya qilingan va yaxshi 
o’g’ilangan yerlarda ulardan yuqori xosil olinadi. Kuzgi bug’doyning ildizi popuk 
ildiz bo’lib, asosan tuproqning haydov qatlamida joylashgan. Kuzgi bug’doy asosan 


kuzda va bahorda tuplanadi. Kuzgi bug’doy kislotali muxitga ega bo’lgan tuproqlarda 
juda yomon o’sadi va neytralga yaqin va neytral muhitli tuproqlarda yahxshi 
rivojlanadi. 
Kuzgi bug’doy qumli va qumoq tuproqlarda yaxshi rivojlanmaydi va 
o’tmishdosh ekinga talabchandir.
Kuzgi bug’doyning 1 t donida somoni bilan birga 35 kg azot 12 kg fosfor va 26 
kg kaliyni olib chiqib ketadi. Kuzgi bug’doy azotga juda talabchandir. Ozuqa 
elementlarini isteomol qilish asosan kuzgi ekinlarda gullash davrida tugallanadi. Eng 
ko’p ozuqa elementlarini tuplanish va nam o’rash davrida qabul qiladi. Kuzgi 
bug’doyni shu fazalarda ozuqa elementlari bilan yaxshi taominlanishi muhim 
ahamiyatga egadir.
Kuzgi bug’doyning ozuqa elementlariga bo’lgan talabi
rivojlanish davri 
azo

fosfor kaliy 
tuplanish 
32 
20 
23 
nay o’rash 
56 
37 
78 
gullashi 
85 
79 
100 
mum pishiqlik 
100 100 
84 
Kuzgi bug’doy organik o’g’itlarga ham juda talabchan bo’lib, har gektariga 20-
30 t solinadi.
Organik o’g’itlarni haydov ostiga solinadi. Bunda yarim chirigan go’ngdan 
foydalaniladi. Kuzgi g’allali ekinlarning, xususan, kuzgi bug’doyning hosiliga 
mineral o’g’itlarning taosiri tuproq-iqlim sharoitiga bog’liqdir. Fosforli va kaliyli 
o’g’itlarni to’g’ri qo’llash, kuzgi bug’doyni qishki sovuqqa chidamliligini oshiradi va 
yotib qolish xususiyatini kamaytiradi. Yosh o’simliklarda qand moddalarini 
to’planishini ko’paytiradi. 
Azotli o’g’itlar unumdorligi past tuproqlarda ko’chli taosir ko’rsatadi. Azotli 
o’g’itlar asosiy o’g’it sifatida plug ostiga solinadi yoki kultivator va diskali borona 
bilan tuproqqa ko’miladi. Kuzgi bug’doyni azot bilan ortiqcha oziqlantirish natijasida 
o’simlikda qand moddalarini to’planishini kamaytiradi va qishlovga chidamliligini 
kamaytiradi.
Qishi iliq bo’ladigan, bahori issiq, tuprog’i tez qurib qoladigan va azotli 
o’g’itlarning yuqilish xavfi bo’lmagan janubiy mintaqalarda organik o’g’itlarning 
to’liq normasini haydov ostiga solsa ham bo’laveradi. Qatorlarga solinadigan 
fosforning dozasi har gektariga 10 kg bo’lib, donadorlashtirilgan superfosfat beriladi 
yoki tarkibida kompleks o’g’itlardan foydalaniladi.
Geografik dala tajribalarini natijalariga qaraganda har gektariga toza holda 10 
kg yoki o’g’it ko’rinishida 50 kg superfosfat ekish bilan berilganda chimli podzol 
tuproqlarda har gektardan 3-4 ts sur tusli tuproqlarda 2,8 ts, azotdagi janubiy va 
ishqorsizlangan qora tuproqlarda 1,8 ts karbonatli qora tuproqlarda 3,7 - 4 ts 
qo’shimcha hosil olingan.


Kuzgi bug’doyni bahorda oziqlantirilganda ammiakli selitra ammoniy sulfat va 
mochevinadan foydalaniladi. Erta bahorda kuzgi bug’doyni ammiakli selitra bilan 
oziqlantirilganda eng yaxshi samaradorlikka erishiladi. CHunki kuzgi bug’doyning 
azotdan foydalanishi yaxshi kechadi yaoni selitradagi ammoniy azot tuproqning yuza 
qatlamida ushlanib tursada, nitrat anioni yuvilib ildiz tarqalgan qatlamga tushadi. 
Kuzgi bug’doydan sug’orilmaydigan sharoitda 50-55 ts har gektaridan hosil olish 
uchun chimli podzol tuproqlarda: go’ng har gektariga 30-40 va 120-170 kg azot, 70-
100 kg fosfor, 40-60 kg kaliy solinadi, ko’p yillik o’tlardan keyin azot 120-170 kg, 
fosfor, 150-180 kg, kaliy 120-150 kg, ishqorsizlangan, fosfor va kaliyning 
harakatchan shakllari bilan yuqori darajada taominlangan qora tuproqlarda 30 t 
go’ng, 50-90 kg azot va 40-70 kg fosfor, toza shudgorda azot 60-1000 kg, fosfor 80-
120 kg, kaliy 60-90 kg, har gektariga sug’orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda
tuproq-iqlim sharoitini va agrotexnik fonlarni hisobga olgan holda azot 60-120 kg, 
fosfor 60-90 kg, kaliy 30 kg solinadi.
2. Makkajo’xorini o’g’itlash. 
Makkajo’xori ham silos uchun ham don uchun ham yetishtiriladi. 
Makkajo’xorini don uchun quyidagi mintaqalarda yetishtiriladi. SHimoliy kavkazda 
markaziy qoratuproqning janubiy qismida, Quyi Volga bo’yida, O’rta Osiyo 
respublikalarida. 
Nam yetarli bo’lmagan sharoitlarda makkajo’xorining o’tmishdoshlari kuzgi 
g’allali ekinlar va don dukkakli ekinlar makkajo’xori oziqlanish rejimiga ancha 
talabchandir. Makkajo’xori yaxshi havo almashinadigan yengil mexanik tarkibli va 
neytral muhitga ega bo’lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Ildizning eng ko’p 
massasi asosiy haydov qatlamida joylashadi. Makkajo’xori oziq moddalarni butun 
vegetatsiya davomida yaoni doni dumbul bo’lgunga qadar talab qiladi. Lekin ro’vak 
chiqarishdan gullashgacha bo’lgan davrda ozuqa moddalarni aynpiqsa ko’p talab 
qiladi. Makkajo’xori sut pishiqlik davriga kelib 90 % ozuqa moddalarni va 20 % 
quruq mddalarni to’pldaydi. Makkajo’xorining doni dumbul bo’lganda ozuqa 
elementlari miqdori maksimal darajga yetadi. Har gektardan 100 ts doni va 
ikkilamchi mahsulotlar bilan birga olinganda 34 kg azot, 12 kg fosfor va 37 kg kaliy 
chiqib ketadi. 100 ts ko’k massa bilan 25 kg azot, 12 kg fosfor va 45 kg kaliy chiqib 
ketadi.
Makkajo’xori organik o’g’itlarni solishga juda talabchandir. 
Organik o’g’itlar chimli podzol tuproqlarda har gektarga 40-50 t, o’rmon dasht 
zonasmida 20-30 t, dasht zonasida 20 t soldinadi. O’rmon dasht zonasidagi 
tuproqlarda har gektariga 20 t go’ng solinganda olingan qo’shimcha hosil donidan 4-
9 ts, silosdan esa 90 ts gacha tashkil etadi.
Namgarchilik yetarli yoki ortiqcha bo’lgan mintaqalarda azotli o’g’itlarni 
bahorda kultivatorlar bilan beriladi. 
Fosforli va kaliyli o’g’itlarni haydov ostiga solinadi. Faqat namgarchilik ko’p 
mintaqalarda yengil mehanik tarkibli tuproqlarda kaliyni bahorda sepiladi. Kaliy 
yetishmasligi oqibatida makkajo’xorining yotib qolishi kuzatiladi.


Makkajo’xorida birinchi oziqlantirishni uning balandligi 15-20 sm ga yetganda 
o’tkaziladi. O’g’it kultivator oziqlantirgichlar bilan olib boriladi. O’g’itni 
makkajo’xori qatorining har ikki tomonida 10 sm uzoqlikda solinadi. Ohak solingan 
tuproqlarda hamma turdagi azotli o’g’itlar makkajo’xori hosiliga bir xil taosir qiladi. 
Sug’oriladigan sharoitlarda esa ammiakli selitra va mochevina ancha yaxshi taosir 
ko’rsatadi.
3. Kartoshkani o’g’itlash. 
Kartoshka muhim oziq-ovqat va texnik ekinidir. Kartoshka asosan Rossiya, 
Ukraina va Belorussiyada yetishtiriladi. Kartoshka kuchsil kislotali muhitda ancha 
chidamli bo’lsa ham, uning uchun optimal reaktsiya rN=5,5-6 ga teng. Kuchli va 
o’rtacha kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlar meyorida ohaklansa kartoshka yaxshi 
o’sib rivojlanaveradi. Lekin kislotali yerlar to’liq normada oxaklansa kartoshka 
parish kasaliga uchraydi. Kartoshkaning ildizi popuksimon bo’lib, asosan haydov 
qatlamida joylashadi. Gullash davrining oxiriga kelib kartoshkaning palagi to’la 
shakllanib olganda umumiy ozuqa moddalarning 2/3, 3/4 qismini o’zlashtiradi. 
Asosiy kartoshka ekiladigan zonalarda ekinni yuqori agrotexnika asosida parvarish 
qili har 100 ts tuganak va shuncha miqdorda palak va palak yetishtirish uchun 40-60 
kg azot, 15-20 kg fosfor va 60-90 kg kaliy sarf bo’ladi. Kartoshkaning ildiz sistemasi 
nisbatan kuchsiz rivojlanadi. O’suv davrining boshlarida tuproqdan qiyin eriydigan 
oziq moddalarni yaxshi o’zlashtira olmaydi.
Kartoshkaning tezpishar navi g’unchalash va gullash davrida o’rta pishar va 
kechpishar navlari esa palagi jadal o’sayotgan va tuganaklar hosil bo’la boshlagan 
paytda ozuqa elementlarni eng ko’p miqdorda talab qiladi. O’simliklarni ayni shu 
paytda hamma turdagi ozuqa elementlari bilan yetarli darajada taominlash hosilning 
shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynaydi.
Tuganak hosil bo’lish vaqtida kartoshka tuproqdan o’g’it tarkibidagi 
shuingdek palagida olinroq hosil bo’lib to’plangan ozuqa moddalardan foydalanadi. 
Kartoshka palagi, tuganaklarni o’sishi va ozuqa moddalarni to’lanishi (Lorx navi), % 
Rivojlanish 
fazalari 

oylar 
palagi tugana
gi 
azot fosfor kaliy
iyun
38 

27 
23 
20 
iyul 
100 
31 
67 
75 
80 
avgust 
94 
50 
91 
85 
98 
sentyabr 
86 
100 
100 100 
100 
Kartoshka ekiladigan yerga go’ng solishning o’rtacha normasi: chimli - podzol 
tuproqlarda gektariga 30-40 t, qora tuproqli yerlarda 15-20 t solinadi. 
Ko’pgina dala tajribalarining maolumotlariga qaraganda, chimli-podzol 
tuproqlarda, har gektariga 120 kg azot 120 kg fosfor va 90-120 kg kaliy solinganda, 
olingan hosil 195-226 ts ni tashkil etadi. Qo’shimcha hosil 72-85 ts ni tashkil etadi.


Och sur tusli va sur tusli o’rmon tuproqlarda har gektariga 120 kg azot, 90 -120 
kg fofor va 120 kg kaliy solinganda, olingan hosil har gektariga 172 -200 ts ni, 
qo’shimcha hosil esa 62-82 ts ni tashkil etdi.
Ishqorsizlangan qora tuproqlarda va to’q sur tusli azot, 60-120 kg fosfor va 90-
120 kg kaliy solinganda, olingan hosil har gektar hisobiga 165-209 ts ni tashkil etgan. 
4. Qand lavlagini o’g’itlash. 
Qand lavlagi turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtiriladi, lekin sanoat asosida, 
asosan Rossiyaning Markaziy Qora tuproq mintaqasida va Ukrainaning o’rmon dasht 
mintaqasida ko’p yetishtiriladi. 
Qand lavlagi uchun tuproqning mo’otadil reaktsiyasi neytralga yaqin yoki 
kuchsiz ishqoriy bo’ladi. 
Qand lavlagi uchun eng yaqin yaxshi o’tmishdosh ekin bu yaxshi o’g’itlangan 
kuzgi g’allali ekinlardir. Tuproqdag ozuqa moddalarni olib chiqib ketishiga ko’ra 
qand lavlagi ancha oldingi o’rinlarni egallaydi. Har gektaridan 100 ts ildizmeva 
yetishtirilganda, 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor, va 60-90 kg kaliyni olib chiqib 
ketadi. Qand lavlagining ildizi yo’g’onlashgan bonitrovka qismidan va ingichkalashib 
boradigan qismdan iborat bo’ladi. Yonboshga 40-50 sm va 2-2,5 m chuqurlikka kirib 
boradi. Qand lavlagi yetishtirladigan maydonlarni tarkibida bor elementi bo’lgan 
o’g’itlar bilan o’g’itlash maqsadga muvofiqdir. CHunki bor yetishmasa qand 
lavlagining o’zagida chirish kasali paydo bo’ladi. Qand lavlagi avgustning 
boshlanishiga qadar ozuqa moddalarning 70 % ni isteomol qiladi. Bu vaqtga kelib 60 
% quruq modda hosil bo’ladi. Qolgan 30 % ozuqa moddalar keyingi 1,5 oyda qabul 
qilinadi va ildizining hosili shakllanadi yoki ildizi kattalashadi.
Qand lavlagining tig’iz oziqlanish davri barglarinig paydo bo’lish djavriga 
to’g’ri keladi va shu vaqtda umumiy ozuqa moddalarning 25-30 % ni qabul qiladi.
Qand lavlagi uchun organik fosforli va kaliyli o’g’itlar kuzgi haydov ostiga 
solinadi. Namgarchilik yetarli bo’lmagan sharoitlarda azotli o’g’itlarni ham kuzda 
haydov ostiga solish mumkin. Sug’oriladigan sharoitlarda 2-3 marta oziqlantirish 
mumkin. Bunda har gektariga 20-40 kg dan azot va 20-40 kg dan kaliy solinadi va 
sug’oriladi. 
Ekish bilan birga qatorga 15-20 kg fosfor donador superfosfat ko’rinishida 
beriladi. Agar sistemali ravishda o’g’itlarni yuqori dozalarda ishlatilsa, o’g’itlarni 
qatorlarga solishga hojat qolmaydi.
Go’ngning o’rtacha normasi har gektariga 20 -30 t ni tashkil etadi. Kuzgi 
haydov ostiga solinadi.
Qand lavlagi uchun eng yaxshi azotli o’g’it natriyli selitradir. Kaliyli 
o’g’itlarning orasida silvinit yaxshi samara beradi. Fosforli o’g’itlardan esa nordon 
reaktsiyali muhitga ega bo’lgan tuproqlarda fosforit uni va pesipitatdan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida qand lavlagidan 500-600 ts ildiz hosili 
olish uchun har gektarga 20-30 t go’ng va 90-150 kg azot, 40-90 kg fosfor va 40-60 
kg kaliy solish kerak. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida fosforli, kaliyli o’g’itlar 


va go’ng kuzgi haydov ostiga azotli o’g’itlar esa ekishdan oldin kultivatsiya bilan va 
oziqlantirishda beriladi. 
5. G’o’zani o’g’itlash.
G’o’za O’rta Osiyo respublikalarida bo’z, g’o’z-o’tloqi, o’tloq va o’tloq-
botqoq tuproqlar sharoitida yetishtiriladi. Bu tuproqlarda chirindining o’rtacha 
miqdori 1-4 % ni tashkil etadi. Sug’oriladigan yerlarda g’o’zaning ko’p qismi bo’z 
tuproqli, shuningdek o’tloq va o’tloq-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi. Bu tuproqlar 
almashinuvchi kaliy bilan ancha yaxshi taomilangan harakatchan fosfor bilan kam 
taminlangan g’o’za neytral va ishqoriy muhitli sharoitda yaxshi o’sadi. 
G’o’zaning ildizi o’q ildiz bo’lib, asosiy ozuqa bilan taminlovchi ildizlar 0-60 
sm qatlamda joylashgan bo’lib, 1,5-2 m gacha tushib boradi.
G’o’za gullash davrida umumiy oziq moddalarning 80-90 % ni isteomol qiladi. 
1 t paxta hosilini olish uchun 60 kg azot, 20 kg fosfor, va 50 kg kaliy sarf bo’ladi. 
G’o’zaning fosfor va azotga nisbatan tig’iz oziqlanish davri yosh nihollarning 
paydo bo’lishidan 2-4 ta chin barg chiqargunga bo’lgan davr hisoblanadi. Kaliy bu 
vaqtda sezilarli darajada ahamiyatga ega emas. Nihollar paydo bo’lgandan keyin azot 
yetishmasligi sodir bo’lsa keyinchalik g’o’zada hosilsiz monopodial shoxlar ko’p 
paydo bo’lib, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Kaliy g’o’zada hosil 
elementlari paydo bo’lish va pishish davrida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
G’o’zaga o’tmishdosh ekin bu bedadir. Almashlab ekishda asosiy almashlab 
ekiladigan ekin bu g’o’za hisoblanadi. SHuning uchun asosan g’o’za beda almashlab 
ekish sistemasi qo’llaniladi. Bunda 2-3 dalasi beda qolgan 7-8 dalasiga g’o’za ekiladi. 
Almashlab ekishdan keyin tuproq organik moddalar va azot bilan boyiydi. Keyingi 
ekiladigan ekin uchun g’o’zaga fosfor va kaliy tanqisligi sezilishi mumkin. 
G’o’zaning ozuqa elementlari va quruq moddani to’plashi, % hisobida. 
Rivojlanishi 
fazalari 
quru

mod
da 

R
2
O
5
K
2

shonalash 




gullashning 
boshlanishi 
12 
18 
13 
18 
to’liq gullash 30 
50 
36 
55 
pishish 
100 100 100 
100 
Paxtachilik mintaqasida beda uchun birinchi darajali o’g’it fosforli o’g’it 
hisoblanadi. Organik o’g’itlar almashlab ekishdan keyin yoki bedadan keyin 4-5-
yillari gektariga 30-40 t kuzgi haydov ostiga solinadi. Bedadan keyingi 1-2- yillarda 
g’o’za uchun solinadi azot 3-4-yilarga nisbatan 1-1,5 barobar kam bo’ladi.
Azotli o’g’itlar g’o’zaga birnecha marta soldinadi. Ekishdan oldin ekish bilan 
va oziqlantirishda.


Agar azotning yillik normasi har gektariga 100 kg bo’lsa uni faqat 
oziqlantirishda beriladi.
Azotning yillik normasi uning miqdori ko’p bo’lsa, uning 20-30 % ekishgacha 
bo’ladigan ishlovda beriladi qolgan qismi esa ekishda va oziqlantirishda beriladi.
Fosforli o’g’itlarning normasi tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga 
qarab belgilanadi. Agar tuproq xarakatchan fosfor bilan past darajada taminlangan 
bo’lsa fosforning normasi aralashgan gektariga 150 kg o’rtacha taminlangan bo’lsa 
100 kg, qoniqarli va yuqori taminlangan bo’lsa 50 kg solinadi. G’o’za uchun eng 
yaxshi fosforli o’g’it bu superfosfatdir. G’o’za ekiladigan maydonlar kaliy bilan 
ancha yaxshi taminlangan bo’lsa ham uzoq vaqt dehqonchilik qilinishi va bir necha 
yil qotorasiga g’o’za ekilishi natijasida kaliyga ham ehtiyoj seziladi. Agarda kaliyli 
ekinlarning yillik normasi 100 kg gacha bo’lsa hammasi haydov ostiga solinadi. 
Agarda yilning norma 100 kg dan ko’p bo’lsa, 50-60 % haydov ostiga qolgan qismi 
shonalash fazasida beriladi. G’o’zani ekish bilan birga 15-20 kg azot, 20-25 kg fosfor 
beriladi. O’g’itlar ur3ug’ qatoridan 5-7 sm yonboshga va 10-12 sm chuqurlikka 
solinib urug’ bilan o’g’itni tuproq qatlami ajratib turiladi. Vegetatsiya davrida 3 
marta kultivator oziqlantirgich bilan oziqlantiriladi va sug’oriladi.
Keyingi yillarda keng qatorlab g’o’za o’stiriladigan maydonlar tobora kengayib 
bormoqda. SHunga ko’ra g’o’zani o’g’itlash usuli va texnikasidan ham odatdagi tor 
60 sm qatorlab ekilgandagiga nisbatan bir oz farq bor, agar g’o’za 3 marta 
o’g’itlanadigshan byuo’lsa dastlabki 2 marta o’g’itlash tor qatorlab o’stirilgan 
g’o’zanikidan farq qilmaydpi, lekin 3-oziqlantirishda o’g’it g’o’za tupidan 30-35 sm 
yonboshga va sug’orish egati tubidan 4-5 sm chuqurga berilsa u qatorning o’rtasiga 
solinganga nisbatan yaxshi natija beradi.
Er osti suvlari yaqin joylashgan o’tloq, botqoq va o’tloq botqoq tuproqlarda 1-
2- oziqlantirishlar bir yo’la kultivatsiya bilan birga olib boriladi va talab qilinmasa 
sug’orilmaydi. 
Yer 
osti 
suvlari 
chuqur 
joylashgan 
bo’z 
tuproqlarda 
oziqlantirilagnadan so’ng tezlik bilan sug’oriladi. G’o’zani o’g’itlashda o’g’itlarning 
belgilangan chuqurlikka tushishiga eotibor berish lozim. Ayniqsa, bu ekish bilan 
birga solishda o’suv davrida, o’g’itlashda juda muhimdir. Buning uchun o’g’itlagich 
soshniklari aniq kenglikka o’rnatilishi o’g’it hamma tukoprovodlardan bir meyorda
tushishini muntazam ravishda nazorat qilib turishi kerak. 
Tayanch iboralar 
Kuzgi bug’doy, ohaklangan tuproq, kislotali muhit, o’tmshdosh ekin, 
to’planish va nay o’rash, organik o’g’itlar, fosforli o’g’bit, kaliyli o’g’itlar, qatorlarga 
solish, bahorda oziqlantirish, sug’orilib, dehqonchilik qilinadigan sharoit, 
makkajo’xori, ozuqa moddalar, vegetatsiya davrida, ko’vak chiqarish, gullash, sut 
pishiqlik davri, namgarchilik yetarli mintaqalar yotib, qolish, madaniylashgan, 
kartoshkani o’g’itlash, parsh kasalli7gi, popuksimon gullash davri, guganak hosil 
bo’lish davri, karbonat angidrid gazi, qo’shimcha hosil, qand lavlagi, neytral va 
neytralga yaqin, ildiz meva va chirish kasali, g’o’zani o’g’itlasho’, o’q ildiz, 1 t paxta 
hosili olish uchun azot yetishmasligi, almashlab ekish, be, oziqlantirish, tuzatish 


koeffitsienti , tuproqni harakatchan fosfor bilan taominlanishi, keng qatorlab o’stirish, 
yer osti sulari yaqin joylashgan o’g’itlarngi talab qilgan chuqurlikka tushishi. 
Nazorat savollari
1. Kuzgi bug’doyni yetishtiradigan mintaqalarni ayting? 
2. Kuzgi bug’doy qanday sharoitda xshi o’sad? 
3. Kuzgi bug’doyning oziq modalarini eng ko’p qabul qilish davri qachon. 
4. Kuzgi bug’doy uchnu organik va fosfor kaliyli o’g’itlar qachon solinadi? 
5. Kuzgi bug’doy uchun fosforli va kalyili o’g’itlarni to’g’ri qo’llashning 
o’ziga hos xususiyati nimadan iborat? 
6. Kuzgi bug’doyga azotli o’g’itlarni qo’llash texnologiyasini gapiring. 
7. Kuzgi bug’doyni erta bahorda qaysi o’g’itlar bilan oziqlantiriladi.
8. Makkajo’xori qanday ekin va u qaerlarda yetishtiriladi. 
9. Makkajo’xori qanday tuproq sharoitida yaxshi rivojlanadpi. 
10. Makkajo’xori oziq moddalarni eng ko’p qabul qiladi. 
11. Tuproq iqlim sharoitiga qarab azotli o’g’itlar qanday qo’llaniladi? 
12. Oraginik fosforli va kaliyli o’g’itlar qanday qo’llaniladi? 
13. Kartoshka qanday tuproq sharoitida o’sadi? 
14. Kartoshka oziq moddalarni eng ko’p qachon qabul qiladi? 
15. Katoshka uchun organik va mineral o’g’itlarning yillik normalarini ayting. 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990. 
3. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983. 
4. Spravochnik po udobreniya. M. Kolos. 1964. 
MA’RUZA 25: AGROKIMYOVIY TADQIQOT USULLARI. DALA TAJRIBASI. 
REJA: 
1. Dala tajribalari va ularning turlari
2. Dala tajribalarini o’tkzishga qo’yiladigan asosiy talablar 
3. Dala tajribasini o’tkazish uchun joy tanlash va tayyorlash 
4. Dala tajribasini joylashtirish 
5. O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalarining sxemalarini tuzish 
6. Dala tajribasining tadqiqot dasturi 
7. Xo’jalik shartnomalarini o’tkazish va o’g’itlar taosirini hisobga olish. 


8. Tayanch iboralar
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
10. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Dala tajribalari va ularning turlari. 
Agrotexnik tekshirishlarda qo’llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga 
bo’linadi.
1. Biologik usullar 
2. Laboratoriya usullari 
Bu usullar deyarli bargalikda qo’llanilib, bir-birini to’ldirib boradi. 
Biologik usul: dalada tajribalar olib borish, vegetatsion tajribalar olib borish va 
mezimetrik usullarga bo’linadi. 
O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalari - bu dala sharoitida o’tkaziladigan 
qishloq xo’jalik ekinlarining hosiliga uning sifatiga, shuningdek tuproq 
unumdorligiga o’g’itlarning taosirini aniqlash uchun olib boriladigan tajribalardir. 
Biologik tekshirish usuli sifatida dala tajribasining xususiyati shundan iboratki, 
madaniy o’simliklarni ishlab chiqarishga yaqin sharoitda o’rganiladi. Yaoni 
o’rganilayotgan oboektga to’g’ridan to’g’ri taosir qiladigan tuproq-iqlim agrotexnik 
va ishlab chiqarish omillarining mujassamlangan taosiri ostida o’rganiladi.
Dala tajribasi olib borish usuli agrokimyoda keng qo’llaniladi va o’g’itlar 
taosirini o’rganishda ulardan ratsional foydalanish usularini ishlab chiqish va asoslab 
berish, qishloq xo’jaligida o’g’itlar sistemasini tuzishda keng foydalaniladi. O’g’itlar 
bilan qilinadigan dala tajribalari tabiiy dala sharoitida alohida ajratilgan uchatskalarda 
o’tkaziladi ularning natijalari amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi, qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishi uchun qo’llaniladi. Dala tajribalarining natijalariga asoslanib 
mineral o’g’itlar ishlab chiqarish va xo’jaliklarga yetkazib berish bo’yicha ilmiy 
asoslangan davat tadbirlari ko’rsatmalari beriladi. Tajribaning o’rni va o’tkazilish 
sharoiti, maqsadi, uning qancha davom etish va o’rganiladigan omillaning oz, 
ko’pligiga qarab, o’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalari quyidagi turlarga 
bo’linadi. 
1. Ishlab chiqarish dala tajribalari - to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish sharoitida 
katta maydonlarda olib boriladi va o’g’itlarning qishloq xo’jalik ekinlari hosiliga va 
uning sifatiga taosirini aniqlashga imkon beradi. 
2. Statsionar dala tajribalari - bir necha yillar mobaynida bir joyda yoki 
almashlab ekish dalasida ekinlarni almashtirilmagan holda doimiy ravishda o’g’itlar 
solinib, ularning taosirini o’rganiladi.
3. Bir omilli tajribalarda - biror usulning o’zgarmas agrotexnik sharoitda 
qo’llaniladigan o’g’itlarning turlari yoki shakllari yohud normalarining shuningdek, 
boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda biror agrotexnik omilning taosiri o’rganiladi. 
4. Ko’p omilli tajribalarda bir vaqtning o’zida bir necha omilning va ularning 
birgalikda qo’llangandagi taosirini o’rganiladi.
5. Qisqa muddatli dala tajribalari. Bunday tajribalar 2-3 yil mobaynida 
o’g’itlarning qishloq xo’jalik ekinlari hosili va uning sifatiga taosirini o’rganadigan 
dala tajribalaridir.


6. Yakka dala tajribalari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda alohida 
paykallarda har xil sxema bo’yicha o’tkaziladi. Ularning har biri o’zining alohida 
dasturi va tadqiqot usullariga ega bo’ladi. 
7. Ommaviy dala tajribalari yagona mavzu va sxemalar asosida bir vaqtning 
o’zida bir qancha paykallarda o’tkaziladi. Ommaviy dala tajribalari o’g’itlar va 
boshqa 
agrousullarning 
tuproq-iqlim 
sharoiti 
bog’liq 
bo’lgan 
taosiridagi 
qounniyatlarni aniqlash maqsadida geografik printsip bo’yicha butun mamlakat
hududi maqsadida ham tabiiy iqtisodiy viloyatlar miqyosida ham o’tkaziladi.
8. Tajribalarning geografik turi - bu mamlakatning har xil geografik zonalarda 
kelishilgan dastur asosida tajriba o’tkazish tashkilotlari tomonidan olib boriladigan 
dala tajribalari majmuidir.
9. Mayda delyankali dala tajribalari. Bundy dala tajribalarining umumiy 
maydoni 10 m kv dan oshmaydigan kichik kichik delyankalarda olib boriladi.
10. O’g’itlar bilan o’tkaziladigan mikrodala tajribalari. Tabiiy yoki to’ldirilgan 
haydalma qatlamli, dala sharoitida mikrodelyankalarda olib boriladigan tajribalardir.
2. Dala tajribalarini o’tkazish uchun qo’yiladigan asosiy talablar. 
Dala tajribasining o’ziga xos tomonlaridan biri o’simlikning tuproq iqlim va 
agrotxnik unsurlar majmuida o’rganilishidir. SHu sababdan ham har qanday dala 
tajribasini oldiga bir qator uslubi talablar qo’yiladi va ulardan eng asosiylari 
quyidagilardan iborat: 
1. Tajribaning tipikligi 
2. Faqat bitta belgi bilan farqlanish printsipligi 
3. Tajribani maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish 
4. Tajribaning aniqligi va to’g’riligi 
5. Dala tajribasi bo’yicha yuritiladigan hujjatlarning mavjudligi. 
Tajribaning tipikligi 
Tajribadan olinadigan natijalarni aynan u o’tkazilgan joyning o’zida 
qo’llanilishida tajribaning tipikligi deyiladi. Ayrim hollarda tipiklik tajribaning 
tipikligi deyiladi. Ayrim hollarda tipiklik tajribaning reprezentativligi degan ibora 
bilan ham ifodalanishi mumkin. Tadqiqotlarda tabiiy -tashkiliy xo’jalik va agrotexnik 
sharoitlarga nisbatan tipiklik farqlanadi.
Faqat bitta belgi bilan farqlanish printsipligi. 
Uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil qilingan tajribaning muhim sharoitlaridan biri 
mantiqan bitta belgi bilan farqlanish printsipidir. Boshqacha qilib aytganda 
taqqoslanadigan variantlar bir-birlaridan faqatgina bitta o’rganiladigan belgisi bilan 
farq qilishi kerak. Masalan, azotli o’g’itlar dozalari ustida o’tkaziladigan 
tadqiqotlarda variantlar o’rtasidagi bir-biridan farqlanadigan belgi bu o’g’itlarning 
dozasidir.


Boshqa barcha sharoitlar tuproq sharoitlari, o’tmishdosh ekinlar, tuproqni 
ishlash usullari, nam, ekish, o’g’itlash muddati, usullari, shuningdek, parvarishlash 
barcha variantlarda bir xilda bo’lishi kerak. 
Tajribalarni maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish. 
Dala tajribalarini maxsus ajratilgan maydonchalarda o’tkazish faqat bitta belgi 
bilan farqlanish printsipining mantiqiy davomi bilan bu talab ham har qanday dala 
tajribasida albatta bajarilishi shart.
Tarixiy maolum bo’lmagan maydonlarda amalga oshirilgan tajribalarning 
natijalarini ham faqatgina shu tuproq tipi tarqalgan hududda qo’llanilish lozimligini 
taqozo qiladi.
Boshqacha qilib aytganda tajribada rejalashtirilgan barcha yumushlar hamma 
variantlarda bir kunda bajarilishi kerak. Birorta sabab bilan navbatdagi 
rejalashtirilgan ishni bir kunda tugatishni imkoni bo’lmasa, bitta takrorlikni barcha 
variantlarida birinchi kungi qolgan takrorliklani esa ikkinchi kuni bajariladi.
Bundan tashqari, tuproqni ishlash, ekish va nihollarni parvarishlashda 
qo’llaniladigan barcha moslamalar, birinchidan, zamonaviy, ikkinchidan, barcha 
variantlarda bir xilda bo’lishi kerak. 
Tajribaning aniqligi va to’g’riligi. 
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosili va maxsulot sifati tajribada o’rganilayotgan 
variantlarning eng hosil ko’rsatkichlaridir. Hosilni hisobga olish yili bilan tajriba 
variantlarida o’rganilayotgan omillarning taosiri miqdori aniqlanadi. O’tkazilagn 
tajriba haqqoniy bo’lgandagina xosilni hisobga olish va uning sifatini baholash 
maolum bir qimmatga ega bo’ladi. Tajriba haqoniy bo’lishi uchun uning sxemasi, 
o’tkazilish uslubiyoti, o’tkaziladigan joy va o’tkazilish shart sharoitlari tadqiqotning 
oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga mos kelishi kerak. 
Tajribalarning aniq va to’g’riligi bir-biriga bog’liq, lekin mustaqil 
tushunchalardir. 
Aniqlik tajribadan olingan natijalarni o’ziga hos riyozat usullari bilan hisoblab 
topiladi.
Dala tajribalarida uchraydigan xatoliklarni 3 toifaga bo’lish mumikn. 
1. Tasodifiy xatolik. Juda ko’p unsurlarning o’zaro taosiri natijasida yuzaga 
keladi. Tasodifiy xatoliklar tajribaning aniqligiga sezilarli -sezilmas taosir ko’rsatadi. 
Har bir dala tajribasida tasodifiy xatoliklarni yuzaga keltiradigan elementlar mavjud.
2. Sistematik xatoliklar - maolum bir sababing faqatgina bitta yo’nalishdagi 
doimiy taosiri natijasida yuzaga keladi. Masalan, unumdorligi jihatidan bir jinsli 
bo’lmagan maydonni va riontlarga bo’lib tajriba o’tkazilganda, tuproq unumdorroq 
bo’lgan yerdagi hosildorlik boshqa variantlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori 
bo’ladi. 
Qo’pol xatoliklar. 


Dala tajribalari oldiga qo’yiladigan talablarning buzilishi oqibatida kelib 
chiqadi.
Dala tajribsi bo’yicha yuritiladigan hujjatlarning mavjudligi va ularning diqqat 
bilan rasmiylashtirilishi. 
Dala tajribalari haqidagi jurnal asosiy hujjat hisoblanadi.
Bu jurnal belgilangan forma asosida tajriba sxpemasi va ish dasturiga muvofiq 
keladigan barcha maolumotlar tajriba dalasini tavsifi, qilingan barcha ishlar va 
kuzatishlar, hisob kitob va o’lchash ishlari yozib boriladi.
Dala tajriba jurnaliga bu maolumotlar tajribalar bajarilgan vaqtning o’zida 
yoki dala tajribalari kundaligi asosida yozib qo’yiladi. 
3. Dala tajribasini o’tkazish uchun joy tanlash va tayyorlash. 
Dala tajribalari o’tkaziladigan maydonlar bir qator talablarga javob berishi 
kerak. Bu talablarni asosan ikkiga bo’lish mumkin. 
1. Tajriba maydonchasi tipik bo’lishi kerak. Bu degani tajriba maydonchasi 
o’zining xhossalari, unumdorligi va relefi jihatidan tajriba o’tkazilayotan tuman 
tuproqlariga aynan mos bo’lish kerak. 
2. Tuproq qoplamini bir jinsli bo’lishidir.
Tajriba maydonchasining tarixi. Xo’jalik faoliyati nuqtai nazaridan tarixiy 
nomaolum bo’lgan maydonlarda dala tajribalarini o’tkazib bo’lmaydi. 
Tajriba uchun tanlab olinadigan maydonda keyingi 3-4 yil ichida bir xil ekin 
ekilgan bo’lishi shart. SHuningdek, o’g’itlash va ishlov berish ham maolum bir tizim 
asosida amalga oshirilgan bo’lishi kerak. Ayniqsa, tuproqqa solingan ohak, fosforli 
o’g’itlar va go’ng uzoq vaqtgacha o’zlarining taosirini saqlab qolishni unutmaslik 
kerak. 
Tajriba maydonchasining relefi. Dala tajribalarida joyning relefiga 
qo’yiladigan talablar tadqiqotlarning maqsadi va yetishtiriladian ekin trlaridan kelib 
chiqadi.
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda dalaning umumiy qiyaligi 0,05-
0,01 ga teng bo’lishi kerak. 
Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar amalga oshirilib bo’lingandan keyin, tajribani 
joylashtirish rejasi tuziladi, tajriba variantlarining va qaytarilishlari aniqlanadi, 
delyankalarning minimal o’lchamlari va eng samarali shakllari tanlanadi. 
4. Dala tajribasini joylashtirish. 
Uchastkani 
tanlab 
va 
tayyorlangandan 
so’ng 
tajriba 
variantlarini, 
qaytarilishlarini va delyankalarni joylashtiriladi. 
Tajribadagi variantlarning soni olib boriladigan tadqiqotning maqsadi va 
vazifalar soniing ko’payishi tajriba uchun ajratilgan maydonning kengayishiga, 
tuproqning unumdorligi bo’yicha har xilligini kamayishiga olib keladi. Dala 


tajribasining sxemasidagi variantlarning soni tajriba o’z oldiga qo’ygan vazifalarini 
to’g’ri va aniq bajarilishiga imkon yaratishi lozim. 
Variantlarning optimal soni 12-16 ta bo’lishi mumkin. Bundan ortib ketishi esa 
tajribani olib borish uslubiyotini murakkablashtiradi. 
Tajribadagi bir xil variantlarni bir-biri solishtirish variantlar ulardan aniq, 
ishonarli natiejalar olish uchun, ular bir necha marta, tajriba dalasini qamrab oladigan 
darajada, takrorlanib keladi. 
Bizning sharoitimizda asosan dala tajribalarida 4 marta qaytarilish, baozi 
hollarda 3 qaytarilishlar qo’llaniladi. Yuqori aniqlik talab qilinadigan tajribalarda 6-8 
qaytarilishlardan foydalaniladi.
Ikki marta qaytarilishlar ko’pincha ishlab chiqarish tajribalarida qo’llaniladi. 
Tajribalarni qo’yishda kerak bo’lgan tajriba qaytarilishlari quyidagi formula bilan 
hisoblanadi.
n = 
Υ
ςα






2
Υ
- variatsiya yoki o’zgaruvchanlik koeffitsienti, 
ςα
- o’rtacha nisbiy hatolik. 
V. P. Peregudov maolumotlariga asosan variatsiya koeffitsienti 100 m kv. 
delyankalar 10 % ga yaqin, 300-500 m kv delyankalar uchun 5-6 %, 
madaniylashgan, tekis relefli joylarda, eotibor berib, olib borilgan tajribalarda esa 
variatsiya koeffitsienti 5-8 % bo’lishi kerak. 
Tajriba dalasidagi delyankalarning umumiy soni N = ln formula bilan 
aniqlanadi. Bunda N - delyankalarning umumiy soni l - variantlar soni, n - 
qaytarilishlar soni.
Tajriba delyankalarining maydoni yuzaga keladigan shart- sharoitlarga qarab 1 
m kv dan 1000 m kv gacha o’zgarib turishi mumkin. Lekin shuni har doim esda tutish 
lozimki, delyankalarning katta kichikligi to’g’risida rasmiy hujjatlar mavjud emas. 
Delyankalarning maydoni aniq sharoitdan kelib chiqqan holda tajribadan to’g’ri 
variantlar ishonarli natijalar olinishini hamda tajribada ishlatiladigan qishloq xo’jaligi 
mashinalarini hisobga olgan holda tanlanadi.delyankalarning maydoni umumiy 
variantlar xisobga olinadigan maydonlarga bo’linadi.
Agar delyankalarning kattaligi 50 m kv dan ortiq bo’lsa, cho’zinchoq 
shaklidan, agar delyankalarning maydoni 10-20 m kv ni tashkil etsa, kvadrat 
shaklidan foydalanish kerak. Tajriba dalasining umumiy shakli kvadrat shakliga ega 
bo’lgani maqsadga muvofiqdir.
Agar tajriba variantlari yoki delyankalari qaytarilishlar bitta rsga joylashtirilsa, 
har bir qaytarilishda variantlar sistemali tartib bilan joylashaveradi. Bundan tashqari 
yana tajriba variantlarini variantlar delyankalarni qaytarilishda joylashtirishning 
favqulodda yoki rendomizatsiya usuli ham bor. Bunday usulda variantlarni 
joylashtirish uchun variantlarning nomerlari yozilgan tablitsalar tuziladi va shu 
tablitsadan favqulodda bita son tanlanadi va shu son variantga nomer qilib qo’yiladi. 
Bitta xaltachaga variantlarning nomerlari yozilgan chiptalar solinadi. Qo’lni shu 
xaltaga chiqib to’g’ri kelgan chiptani olinadi variantlar undagi sonni variantga nomer 
qilib qo’yiladi. 


5. O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalarining sxemalarini tuzish. 
Dala tajribalarini sxemalarini tuzayotganda variantlar sonini kam bo’lishiga 
intilish kerak.
Azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarning taosirini o’ranish uchun 8 variantli 
tajriba sxemasidan foydalaniladi.
1. Kontrol o’g’itsiz variant 
2. Faqat azotli o’g’itlar solinadi 
3. Faqat fosforli o’g’itlar solinadi 
4. Faqat kaliyli o’g’itlar solinadi 
5. Azotli + fosforli o’g’itlar solinadi 
6. Azotli + kaliyli o’g’itlar solinadi 
7. Fosfor + kaliyli o’g’itlar solinadi 
8. Azotli + fosforli + kaliyli o’g’itlar solinadi. 
Bunday sxemada qo’yilgan tajriba mineral o’g’itlarning alohida-alohida 
variantlar ularni birgalikdagi taosirini o’rganish imkonini beradi. Lekin bunday ko’p 
variantli tajribalarni olib borish ancha qiyinchiliklarni tug’diradi. Tajribani 
kattalashtirib yuboradi, olinadigan natijalarni aniqligiga salbiy taosir ko’rsatadi.
6. Dala tajribasini tadqiqot dasturi.
Tajriba dasturida hamma qilinadigan ishlar mufassal yoritilib yoziladi.
1. Tanlangan mavzuning qanday darajada o’rganilganligi to’g’risida. 
2. Tanlangan mavzuni variantlar vazifalari, maqsadi qanday nazariy va ilmiiy 
ahamiyatga ega ekanligi., tajriba sxemasi beriladi. 
3. Ilmiy jihatdan qanday yangilik ekanligi. 
4. Tajriba o’tkazishning usullari yoziladi 
a) tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarini o’rganish 
b) tuproqning agrofizikaviy xususiyatlarini o’rganish 
v) ekilayotgan ekin uchun fenologik kuzatuvlar, yaoni o’sish va rivojlanishini 
maolum bir muddatlarda kuzatib borish kalendari beriladi. 
g) ekilayotgan ekinning fiziologik xususiyatlarini o’rganish 
d) tajriba uchun ekilgan ekindan olingan hosil natijalari 
e) ishlatilan o’g’itlarning yoki boshqa har xil agrotexnik tadbirning iqtisodiy 
samaradorligini hisoblash kabi bir qator tadbirlar yoziladi. 
7. Dala tajribasini qo’yish va olib borish. 
Dala tajribasini qo’yishda va olib borishda uslubiy sharoitlarni bajarish 
aniq natijalar olishni muhim shartidir.
Uchastkani tajriba qo’yishga tayyorlangandan keyin dala tajribasini rejada 
tuziladi. Rejada tajribaning variantlari qaytarilishlar va ularning qanday joylashtirish 
delyankalarning katta kichikligi va shakli himoya zonalari aks ettiriladi. 
Tajriba olib borish qoidalari, talablarini to’la saqlagan holda tajriba rejasiga 
qarab rejadagi tajribani dalaga ko’chiriladi va tajriba dalasining chegaralari 
aniqlanadi. Tajriba dalasini bo’lib bo’lgandan keyin o’g’itlar solinsa, haydalsa va 
boshqa agrotexnik tadbirlar o’tkazilsa, qoziqchalar turiladi va shu variantda ish 
tugagandan so’ng yana o’z joyiga qoqib qo’yiladi. 
8. Xo’jalik sharoitlarida ishlab chiqarish dala tajribalarini o’tkazish va o’g’itlar 
taosirini hisobga olish. 


Ko’pgina xo’jaliklarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida fan va 
ilg’or tajribalarni keng tadbiq qilish uchun kompleks ilmiy ishlab chiqarish tajribalari 
olib boriladi. Ularning vazifalariga ilmiy tekshirish muassasalari tomonidan tavsiya 
etilgan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishning yangi usularini oldindan 
sinab ko’rish kiradi.
Ishlab chiqarish tajribalari to’g’ridan to’g’ri xo’jaliklar sharoitida olib boriladi 
va fanda erishilgan yutuqlarni va kashfiyotlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida 
muvaffqaiyatli qo’llashga tadbiq qilishga ishlab chiqarishni rivojantirishga imkoniyat 
yaratadi. Eng yaxshi agrotexnik usullarni va ularni samaradorligini aniqlashga 
imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqarish tajribalarida variantlar va qaytarilishlar soni ko’p 
bo’lmaydi. 
Tadqiqot 
dasturida 
tajribada 
olib 
boriladigan 
jarayonlarni 
mexanizatsiyalashni inobatga olish juda muhimdir. Yaoni yerlarni ekishga 
tayyorlash, ekish, ishlov berish va hosilni yig’ishtirib olish kabi jarayonlar shular 
jumlasiga kiradi.
Nazorat savollari
1. Dala tajribalari olib borish usulini o’ziga xos xususiyatlari
2. Dala tajribasi olib borish usuli agrokimyoda qanday maqsadlarda 
qo’llaniladi? 
3. Dala tajribasi olib borish usuli necha turga bo’linadi? 
4. Dala tajribasini tipikligi deganda nimani tushunasiz? 
5. Tajribaning aniqligi nima? 
6. Xatoliklar necha xil bo’ladi? 
7. Tajriba maydonchasining tipikligi nima?
8. Tajriba maydonchasining tarixini o’rganishni bayon eting? 
9. Rekognostirovka ekin ekish nima?
10. Dala tajribasining varianti, uning soni va ahamiyati? 
11. Dala tajribalaridan qaytarilish nima va ularning ahamiyati? 12. 
Delyankalarning katta-kichikligiga, o’lchamiga qanday omillar taosir qiladi. 
13. Himoya zonasi nima va uning ahamiyati nimadan iborat? 
14. Rendomizatsiya usuli qanday usul? 
15. Ishlab chiqarish dala tajribalari qaerlarda va nima maqsadda olib boriladi? 
16. Dala tajribalaridagi qaytarilish nima va ularning ahaiyati nimadan iborat? 
17 Tajriba delyankalarining maydoni, uning o’lchamlari va turlari. 
18. Tadqiqot dasturida nimalar yoritiladi? 
19. Tajriba rejasi nima va unda nimalar aks ettirilishi kerak? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981. 
3. 
Dospexov B. A. Metodika polevogo opqta. M., Kolos. 1979. 
4. 
Musaev B. S. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. 1995. 
MA’RUZA 26:.V YEGETATSION VA MIZEMETRIK TAJRIBALAR. 


REJA: 
1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati va turlari. 
2. Tuproqli vegetatsion tajribalar. 
3. Qumli vegetatsion tajribalar. 
4. Suvli vegetatsion tajribalar. 
5. Ozuqa aralashmasini tayyorlash. 
6. Lizimetrik tajribala va lizimetrlarning turlari. 
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati, ahamiyati va turlari. 
Vegetatsion tajribalar olib borish uslublari agrokimyoda keng qo’llaniladigan 
uslub bo’lib, bunda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun muhim bo’lgan 
omillar namlik harorat yorug’lik ozuqlanish va boshqalarni boshqarish va xisobga 
olish anchagina qattiq tartib ostida olib boriladi. 
Agrokimyoda vegetatsion tajribalar olib borish uslubliyotining rivojlanishining 
Bussengo, Timiryazev, Pryanishnikov,Kossovich,Gedroyts va boshqa ko’pgina 
olimlarning olib borgan ishlari bilan bog’liqdir. Agrokimyoviy tekshirishlarda 
vegetatsion uslubni vazifasi jarayonlarning mohiyatini ochish va aloxida omillarning 
ahamiyatini, birinchi galda o’simlik , tuproq va o’g’itlarning rolini, ana shu rolni 
aniqlashga imkon beradigan qulay sharoitlarda aniq bilib olishdan iboratdir, degan 
edi D.N. Pryanishnikov. 
Tadqiqot maqsadlariga qarab vegetatsion uslub mustaqil yoki dala tajribalariga 
qushimcha ravishda o’tkazilishi mumkin. Vegetatsion tajribalar suniy yoki yarim 
suniy sharoitlarda o’tkaziladi va ularda o’simliklarning oziqlanishi, tuproqlarning suv 
rejimi hamda ularda sodir bo’ladigan ayrim kimyoviy, fizik-kimyoviy va fiziologik 
jarayonlar o’rganiladi.
Vegetatsion tajribalarda o’rganish obekti bo’lib, o’simlik, tuproq va o’g’it 
xizmat qiladi. 
J. Bussengo birinchilardan bo’lib, tajriba o’tkazishning vegetatsion usulidan 
foydalangan va aytish mumkinki, shu usulning asoschilaridir biridir.
K. A. Timiryazev vegetatsion tajribalarni o’simliklarning oziqlanishini 
o’rganishdagi muhim usul sifatida yuqori baholagan edi.
Tuproq , o’simlik va o’g’itlar orasidagi o’zaro taosir jarayonining alohida 
xususiyatlarini bilish, o’rganish uchun yana ham aniqroq maolumotlar olish uchun 
vegetatsion 
tajribalardan 
foydalaniladi. 
Vegetatsion 
tajribalar 
yordamida 
o’simliklarning oziqlanishi, o’g’itlardagi oziq-moddalarning o’zlashtirilishi, tuproq 
unumdorligi, yaoni dehqonchilikda moddalar aylanishini chuqurroq ochib beradi.
Vegetatsion tajribalarda olib borilayotgan ishlarning maqsad va vazifalariga 
qarab, yetishtirilayotgan ekinlar bir necha kungacha yoki to’liq pishguncha ham 
turishi mumkin. Ko’p yillik tajribalarda esa byuir necha yillargacha ham 
yetishtirilishi mumkin.


Bunday tajribalar sunoiy sho’aroitda, maxsus va vegetatsion uylarda, idishlarda 
olib boriladi.
Vegetatsion tajribalar bir necha xil bo’ladi: 
- tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
- qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
- suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
- oqib turadigan eritmalarda ekin o’stirish. 
- alohida ajratib qo’yilgan sharoitda oziqlantirish va boshqalar. 
Lekin bu ularning orasida, asosan uch turidan ko’proq foydalaniladi: 
- tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
- qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
- suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; 
Har xil ko’rinishdagi vegetatsion tajribalarni olib borish uchun: vegetatsion 
uychalar, issiqxonalar, turli pavil’onlar, sunoiy iqlim joriy qilish, fitotronlar va 
boshqa qurilmalardan foydalaniladi.
2. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish 
Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish o’simlik, tuproq va o’g’it 
sistemasidagi o’zaro munosbatlarni o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Tuproqli 
muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalar o’simliklarni o’g’itga bo’lgan talabini 
tezkor aniqlash usuli sifatida ham qo’llaniladi. Tuproqli muhitda olib boriladigan 
vegetatsion tajribalarning yana bir muhim tomoni shundaki, dala tajribalarida 
uchraydigan turli hodisalarning sabablarini aniqlash maqsadida qo’llanishdir. Lekin 
vegetatsion tajribalar hech qachon dala tajribalarining o’rnini bosa olmaydi. CHunki 
bu 2 xil ko’rinishdagi tajribalarni amalga oshirishdagi shart sharoitlar bir-biridan farq 
qiladi. 
Bu borada bitta omilni ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya qiladi, yaoni dala 
tajribasidagi ekilgan ekinlar ozuqa moddalarni ham haydov qatlamidan, ham haydov 
osti va undan ham chuqur qatlamlardan oladilar, vegetatsion tajribalar uchun esa 
tuproq namunalari faqat haydov qatlamidan olinadi, xolos. 
Qtda o’simlikning butun o’sish va rivojlanishi davrlarida meoyoridagi namlik 
saqlanadi va shunga mos ravishda ozuqa elementlarining mobilizatsiyasi ham dala 
sharoitidagidan tamomila farq qiladi.
Idishlarga solingan tuproqning harorati ham tamomila boshqacha bo’ladi, bu 
o’z navbatida tuproqda kechadigan jarayonlarning dinamikasiga taosir qiladi.
Tuproq strukturasi, uning suv va havo o’tkazuvchanligi, undagi ildiz 
sistemasining rivojlanishi ham dala sharoitidagidan tamomiyla farq qiladi. D. N. 
Pryanishnikov o’zining 1940 yilda chop etilgan “Agroximiya” darsligida shunday 
degan edi: “Dala tajribasining asosiy vazifasi dala sharoitida o’g’itlarning taosir 
doirasini o’rganish bo’lsa, vegetatsion usulning vazifasi ayrim omil va jarayonlarni 
o’simlik, tuproq, va o’g’itlarga ko’rsatadigan taosirini nisbatan qulay sharoitlarda 
ko’rsatib berishdir”. 
Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish o’simliklarning oziqlanish 
rejimini, o’g’itlarning neytrallnish xususiyatlarini o’rganishda aniq natijalar olinadi. 


Bunday usulda vegetatsion tajribalar olib borish oddiy, arzon va aniq iyosiy natijalar 
beradi, vegetatsion tajribalarning ushbu ko’rinishi ilmiy tekshirish muassasalarida 
keng miqyosda qo’llaniladi. 
Tuproqli muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalar uchun o’g’itlar dozasi, g/kg 
tuproq uchun
Ekinlar
azot 
fosfor
kaliy
g’alladoshlar 
0,15 
0,10 
0,10 
dukkakdoshlar 
0,10-0,15 
(0,02-0,04) 
0,10-0,15 
0,10-0,15 
kartoshka 
0,12 
0,20 
0,28 
qand lavlagi
0,15 
0,22 
0,22 
zig’ir 
0,05-0,07 
0,10-0,12 
0,06-0,1 
kanakunjut
0,20-0,30 
0,20-0,30 
0,20-0,30 
g’o’za 
0,24 
0,36 
0,06-0,09 
tamaki 
0,20-0,30 
0,10-0,20 
0,20-0,30 
sabzavotlar: 
karam 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
0,20 
pomidor 
0,10-0,15 
0,10-0,15 
0,20-0,35 
bodring 
0,15-0,20 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
sabzi 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
0,20-0,25 
piyoz 
0,10-0,20 
0,10-0,15 
0,10-0,15 
lavlagi 
0,15-0,20 
0,20-0,25 
0,20-0,25 
3. Qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish. 
Qumli muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalarni ham huddi tuproqda 
qanday qilib olib borilsa, o’shanday tartibda olib boriladi. Ularning farqi shundaki 
qumli sharoitda vegetatsion tajribalar olib borilsa, ozuqa moddalar ozuqa 
aralashmalari ko’rinishida beriladi. Qumni tajriba olib borish uchun quyidagicha 
tayyorlanadi. 
Qum tarkibidagi har xil arlashmalarni eritib yo’qotish uchun qumga 
kontsentrlangan xlorid kislota quyiladi. Keyin qum tarkibidan xlorid kislotani 


vodoprovod va distsillangan suv bilan ko’p marta yuvilib, to’la tozalanadi. 
Tozalanganligini bilish uchun yuvilgan suvdan olib, unga kumush nitrat taosir 
ettiriladi. Agar eritmada oq cho’kma hosil bo’lmasa, qum xlorid kislotadan 
tozalangan bo’ladi.
Qumni shunday yo’l bilan tozalangandan so’ng qolgan ishlar tuproq bilan 
vegetatsion tajribalarni qo’yish va olib borish kabi amalga oshiriladi. 
Faqat shuni eslatib o’tish kerakki, qumda vegetatsion tajribalardagi ekinlarga 
ozuqa moddalar tayor ozuqa aralashmalari ko’rinishida beriladi. 
4. Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish usuli. 
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun 3,5-5 l hajmga ega 
bo’lgan shisha yoki polietilen idishlardan foydalaniladi.
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun substrat distillangan suv, 
alohida 
maxsus 
tajribalarda, 
masalan, 
mikroelementlarning 
xususiyatlarini 
o’rganishda, bidistillangan suvdan, baozan esa vodoprovod suvidan foydalaniladi.
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish foydalaniladigan oziq 
aralashmasidagi tuzlarning cho’kmaga tushib qolmasdan to’la erib ketishiga erishish 
kerak. 
Buning uchun tuzlar navbat bilan, shisha tayoqcha yordamida, aralashtirilgan 
holida eritiladi. 
Har bir tajriba uchun ko’zp miqdorda oziq aralashmasi kerak bo’lishini hisobga 
olib, aralashma bir yo’la ko’p miqdorda tayyorlanadi va og’gi mahkam 
berkitiladigan, qora yoki jigar rang tusli idishlarda saqlanadi. 
Vegetatsion tajribalar olib borish uchun foydalaniladigan idishlarning 3/4 
qismigacha distilangan suv quyiladi. Keyin o’lchov tsilindri yoki pipetka yordamida 
tajriba sxemasida berilgan miqdorda oziq aralashmalaridan olib, idishdagi suvga 
qo’shiladi va o’sha tajriba olib borish uchun mo’ljallangan idishni yuqori qismidagi 
o’lchov belgisigacha suv bilan yetkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi. Keyin 
taxtadan qilingan, 4-5 ta diametri 1,-2 sm keladigan teshiklari bo’lgan qopqoq bilan 
yopiladi. 
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun ishtirok etadigan 
o’simliklarning urug’lari avvaldan namlangan doka gazlamada, filtr qog’ozda yoki 
qumda yohud termostatda undirib olinadi.
Nihollarning ildizlari 5-7 sm bo’lganda, ularni ehtiyotlik bilan idish 
qopqog’idagi teshikchalar orqali oziq aralashmalariga tushiriladi va o’simlikning o’zi 
paxta yoki paralon qiyqimlari bilan teshikka mahkamlanadi. 
Qopqoqdagi teshiklardan biriga shisha nay o’rnatiladi, bu shisha naydan havo 
berib turiladi, o’rtadagi teshikka esa ekilgan o’simliklarni mahkam ushlab turish 
uchun karkaslar qo’yiladi. Bunday qopqoqlarni shisha idishlarga mahkam yopishib 
turishi uchunularning pastki qismi idish diametridan 0,5 sm kam qilib yasaladi. 
SHisha idishlarga 2 qavat g’ilof kiydiriladi yoki qoplanadi. 
Birinchi qavat qora metaldan bo’ladi, bu oziq eritmasini va o’simlikning 
ildizini yorug’likdan saqlaydi, uning ustidan esa oq rangli qalin material qoplanadi, 
bu idini qizib ketishdan saqlaydi. 
Bu qoplama g’iloflarni tashqi tomondan mahfkam bog’lab qo’yiladi. Bu 
mahkam g’ilof idishning og’zidagi taxta qopqoqni ham yaxshilab berkitish lozim. 


Ozuqa eritmasida o’simlik ildizining normal rivojlanishi uchun har kuni shisha 
naychadan havo berib turiladi. Suvli muhitda sistemali doimiy ravishda tajriba olib 
borilsa, eritma parlanishi mumkin. 
SHuning uchun uning belgisigacha distillangan suv bilan to’ldirilib turiladi va 
muhit reaktsiyasi tekshirib turiladi. 
Butun vegetatsiya davrida ozuqa eritmasi 3-4 marta almashtiriladi. 
5. Oziq aralashmalarini tayyorlash. 
O’simliklarni sunoiy suhitda yetishtirish masalasi birinchi marta 1842 yilda 
Vigman va Pol’stroflar tomonidan izohlab berildi. Ular platinadan tigelga platina sim 
qiyqimlarini solib urug’ ekdilar va distillangan suv bilan muntazam ravishda sug’orib 
turdilar. 
Maolum bir fursat o’tgach, urug’ tarkibidagi zahira ozuqa moddalar 
tugagandan so’ng, o’simlik nihollari qurib qoladi. Boshqa bir idishdagi nihollar vaqti-
vaqti bilan kul elementlarining eritmasi bilan sug’orilib turilganda, o’simliklar yaxshi 
o’sib rivojlanadi. 
1857 yilda botanika fanining namoyondalaridan biri Saks o’simliklarning ildiz 
tizmi bo’yicha o’z ilmiy ishini eolon qilib, o’simliklarni oddiy suvda ham gullash 
davrigacha o’stirish mumkinligini bayon qildi. Lekin bunda kuzatishlar yirik urug’li 
o’simliklar ustida olib borilganligi va ular tarkibida ko’p miqdorda zahira ozuqa 
moddalari bo’lishi tadqiqotchining eotiboridan chetda qolgan edi. 
1858 yilda Saks va Knop bir vaqtning o’zida bir-birlaridan bexabar holda 
o’simliklarni meorida o’sib rivojlanishi uchun yaroqli bo’lgan oziq aralashmalarining
tarkibini eolon qildilar. Bunday oziq aralashmalaridan o’simliklarni suvli va qumli 
muhitlarda 
yetishtirishda 
keng 
foydalaniladi. 
Oziq 
aralashmalari 
tuzlar 
aralashmasining eritmasidan iborat bo’lib, tarkibida o’simliklar hayoti uchun zarur 
bo’lgan barcha makro va mikroelementlarni tutadi.
Oziq aralashmalarini tayyorlashda o’simliklarni ayrim elementlarni kation 
holida ayrimlarini anion holda o’zlashtirishini hisobga olgan holda tuzlar tanlab 
olinadi. 
Bu maqsadda ko’pchilik hollarda kaltsiy nitrat, kaliy nitrat, ammoniy nitrat, 
fosfat kisltaning kaliyli va kaltsiyli tuzlari, kaliy sulfat va magniy sulfatlardan 
foydalaniladi. CHunki ularning har biri o’z tarkibida ikkitadan oziq elementlarini 
tutadi. Elementlar o’rtasidagi maolum nisbatni saqlash uchun bitta oziq elementini 
tutgan 
tuzlardan 
ham 
foydalaniladi. 
Oziq 
aralashmalarini 
tayyorlashda 
mikroelementlarini eng qulay va eruvchan tuzlari ishlatiladi. 
O’simliklarga eng kerakli mikroelementlardan biri - bu temirdir. 
Temir xlorid, temir sulfat kabi tuzlar shu maqsadda eng talabga javob 
beradigan tuzlardan hisoblanadi.
Temir fosfat yoki temir gidroksidning cho’kmaga tushib qolmasligi uchun 
hozirgi paytda temir tsitrat yoki temir tartrat tuzlaridan foydalanish tavsiya etilgan. 
Marganets, mis va rux odatda sulfatli yoki xloridli tuzlar holida, molibden esa 
molibden kislotaning nitratli yoki ammoniyli tuzlari shaklida, bor borat kislota 
shaklida beriladi. 
Aralashma tarkibda marganets va borning kontsentratsiyasi 0,1-1,0 mg/l, mis 
rux va molibdenning kontsentratsiyasi esa 0,01-0,1 mg/l atrofida bo’lishi talab etiladi. 


Har bir oziq aralashmalari barcha ozuqa elementlarini maolum miqdor va nisbatda 
tutishi bilan bir vaqtda, undagi vodorod ionlarining kontsentratsiyasi ham mo’tadil 
bo’lishi kerak. Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari uchun bu ko’rsatkich 5,5-7,8 
oralig’ida bo’lishi lozim.
Suvli va qumli muhitlarda o’stiriladigan o’simliklar uchun oziq aralashmalari, bir l 
suvda mg hisobida 
Aralashma tarkibi 
Gel’rigel
’ 
oziq 
ara-
lashmasi 
knop 
oziq 
aralashm
asi 
Pryanishni
kov 
oziq 
aralash-
ma. 
Belousov 
oz.aral. 
yagodin 
Grechixa 
uchun 
oz.ar. 
kaltsiy nitrat suvsiz 
492 
1000 
1100 
ammoniy nitrat 
240 
343 
kaliy di- gidrofosfat 
136 
250 
360 
263 
kaliy fosfat 
430 
kaliy sul’fat 
166 
temir sul’fat eritmasi 
40 
kaltsiy gidrofos fat 
suvli eritma. 
172 
Magniy sulfat suvsiz 
60 
250 
60 
54 
magniy sulfat suvli 
716 
kaliy xlorid 
75 
120 
160 
temir (3) xlorid 
25 
izi 
25 
10 
natriy xlorid 
100 
N
3
VO
3

2,86 
kaltsiy sulfat suvli 
344 
mis kuporosi 
0,197 
rux sulfat suvli 
0,44 
marganets sulfat svli 

2,63 
kobalt sulfat suvli 
0,095 
Na
2
Mo
4
2N
2

0,077 
kaltsiy karbonat 
500,5 
kaltsiy 
karbonat 
(qo’shimcha) 
55,5 


20 kundan keyin 
Distillangan suv faqatgina vodorod ionini tutgani sababli uzoq muddat 
o’simliklar ni sug’orish uchun yaramaydi. Muvozanatlashtirilgan oziq aralashmalari 
tarkibidagi kation va anionlarning yig’indi kontsentratsiyalari tahminan 30 ni tashkil 
etishi lozim. Oziq aralashmalarining turi hozirgi kunda anchagina bo’lib, ularning 
ko’p tarqalanlari jualasiga Knop, Gel’rigul’, D. N. Pryanishnikov, Xogland-Snayders 
oziq aralashmalarini kitritish mumkin. G’o’z ustida olib borilagigan tajribalarda 
M.A.Belousov taklif etgan oziq aralashmasidan keng foydalaniladi.
Makroelementlar, 1 l svda gr. Mikroelementlar, 1 l suvda mg.
Kaltsiy nitrat suvsiz - 1,11 
N
3
VO
3
- 2,0 
kaltsiy gidrofosfat suvsiz - 
0,20 
marganets sulfat - 20 
kaliy gidrofosfat - 0,12 
mis sulfat - 0,3 
kaliy xlorid - 0,075 
rux sulfat - 0,5 
magniy sulfat - 0,12 
(NN
4
)
2
MoO
4
- 0,1 
temir (III) - 0,027 
kobal’t nitart - 0,1 
6. Lizimetrik tajribalar va lizimetrning turlari. 
Lizimetrik tajribalar bu o’simlik hayot faoliyatini va tuproq xususiyatlarini 
dalada maxsus uskunalar lizimetrlar yordamida tadqiq qilish usulidir. Lizimetr tabiiy 
sharoitda tuproq tarkibdagi suvning xarakatini va dinamikasini o’rganish imkonini 
beradi. Lizimetrik tajribalar ham dala va vegetatsion tajribalar olib borish usullari 
kabi biologik tekshirish usullari qatoriga kirib, bir qator tabiiy falar sohasida keng 
qo’llanilmoqda. Lizimetrlar bilan birinchi bo’lib ingliz olimi Dj.Dalton 18-asrning 
oxiri va 19-asrning boshlarida tajribalar olib borgan hamda. Atmosferadan tushadigan 
yog’in suvlaridan sizot suvlarining oziqlanishidagi roli ochib bergan edi. Yaoni 
tushayotgan atmosfera yog’inlarining yerga singishi natijasida sizot suvlarining 
ko’payishi, ko’tariligi kabi aloqadorlikni ochib bergan.
Lizimetrda suv sizib o’tadigan tuproq qatlami 20-25 sm dan bir necha m gacha 
bo’ladi. Ammo eng ko’p tarqalgan lizimetrlarning konstruktsiyasi bir metrlik tuproq 
qatlamida ilashga mo’ljallangan. 
Lizimetrlar konstruktsiyalarining xususiyatlariga qarab quyidagilarga bo’linadi. 
1. Betonli yoki g’ishtli. 
2. Metalldan qilingan. 
3. Lizimetrik voronkalar 
4. Plastmassa plyonkali lizimetrlar. 


1. Betonli yoki g’ishtdan qilingan lizimetrlar odatda ko’p yllik tajribalarni olib 
borish uchun foydalaniladi. Ularning yuza maydoni 1, 2, 4 m kv. bo’ladi. 
2. Metaldan qilingan lizimetrlar har xil shaklda bo’ladi: tsilindrsimon, kub, 
parallelopipet va boshqa shakllarda va hajmlarda bo’ladi. Bunday lizimetrlar ham 
tuproqni to’ldirish yo’li bilan ishlatiladi. 
3. Lizimetrik voronkalardan faqat tabiiy holdagi tuzilishga ega bo’lgan 
tuproqlar uchun foydalaniladi.
Tayanch iboralar
Vegetatsion tajribalar, sunoiy sharoitlar, makro va mikroelementlar, dala 
tajribalari, azotli o’g’itlar, mineral o’g’itlar, bahor, yoz, kuz, plastmassa yoki shisha 
idishlar, tuzlarni eritish, tsilindr, distsillangan suv, tajribalar, tadqiqotlar, lizimetrlar, 
lizimetrik tajribalar, lizimetrik voronkalar, betonli yoki g’ishtli, metalldan qilingan, 
plastmassa plyonkali lizimetrlar, Dj.Dal’ton, ozuqa moddalar, oziq aralashmalar, 
o’g’itlardan ratsional foydalanish. 
Nazorat savollari
1. Vegetatsion tajribalar olib borish usularining moxhiyati, ahamiyati va 
turlarini ayting? 
2. Vegetatsion tajribalar qanday sharoitlarda olib boriladi? 
3. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish tarkibini ayting? 
4. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun tuproqlar qachon 
va qaerlardan olinadi? 
5. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borishni dala tajribalari usuli 
o’rtasidagi o’xshashlik va faqrni ko’rsating? 
6. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar qanday idishlarda olib boriladi? Bu 
idishlar qanday bo’ladi? 
7. Qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borishni ayting? 
8. Qumni qanday qilib tozalanadi? 
9. Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish usulini gapiring? 
10. Idishlarga nihollar qanday o’rnashtiriladi? 
11. Nima uchun vegetatsion idishlarning usti qalin materiallar bilan qoplanadi? 
12. Necha xil oziq aralashmalarini bilasiz? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Mednis M.P. - O metodika polevogo i vegetativnogo opita. M., 1941. №5. 
3. 
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981. 
4. 
Dospexov B. A. Metodika polevogo opqta. M., Kolos. 1979. 
4. Musaev B. S. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. 1995. 


MA’RUZA 27: TAJRIBA NATIJALARINI MATEMATIK YO’L BILAN 
ANIQLASH USULI. 
REJA:
1. Tajriba natijalarini V. P. Peregudovning dispersion analiz usuli bilan 
aniqlash. 
2. Tayanch iboralar
3. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tajriba natijalarini V. P. Peregudovning dispersion analiz usuli bilan aniqlash. 
Tajriba natijalarini matematik yo’l bilan aniqlaning bir necha usullari mavjud. 
Bular jumlasiga A.V.Sokolyovning bir necha usullari, B.V.Dospexov usuli va 
V.T.Peregudovning dispersion analiz usullari kiradi.
Biz quyida V.T.Peregudovning dispersion analiz usulini ko’rib chiqamiz.
1. Tajribadan olingan hosil delyankalar va qaytarishlar bo’yicha ko’rib 
chiqiladi. Bunda hosil ko’rsatkichlari 0,1- aniqlikkacha ko’riladi, yaoni verguldan 
keyin bitta son qo’yiladi. 
1-jadval 
Paxta hosili
tajriba varianti 
qaytarilish bo’yicha 
yig’indi 
o’rtachasi 
kontrol’ 
20,5 
20,2 
22 
23,3 
86,86 
21,5 
№120 
34,8 
35,1 
36,7 
37 
143,6 
35,9 
№120 R
2
O
5
-45 36,5 
37,4 
37,6 
38,1 
149,6 
37,4 
№120 R
2
O
5
-90 37,8 
38,2 
38,9 
40,3 
155,2 
38,8 
R= 
129,6 
130,9 
135,2 
138,7 
Q=534,4 
M=3,4 
2. Variantlar bo’yicha summasi S hisoblanadi. Qaytarilishlar bo’yicha 
yig’indisi R hisoblanadi, Q - variantlar va qaytarilishlar bo’yicha umumiy yig’idisi, 
M - tajribadan olingan o’rtacha hosil. Mana shu jadvalda variantlar bo’yicha umumiy 
yig’indisi bilan qaytarilishlar bo’yicha olingan umumiy yig’indini qo’shganimizda, 
ularning umuiy ko’rsatkichi bir xil bo’lishi kerak. 


3. Variantlar bo’yicha o’rtacha hosildorlikni qaytarilishlar bo’yicha berilgan 
hosil ko’rsatkichlari bir-biriga qo’shib, qaytarilishlar soniga bo’lamiz va variantlar 
bo’yicha o’rtacha hosildorlikni olamiz. 
4. Endi tajribadagi eng yuqori hosilni va eng past hosilni olamiz, ularni 
qo’shamiz va 2 ga bo’lamiz. 
a = (20,0+40,0):2=30,0 ga teng. 
Endi jadvaldagi ko’rsatkichlardan kelib chiqib, 2-jadvalni tuzamiz. 
2-jadval 
tajriba 
variantlari 
qaytarilishlar 
bo’yicha 

kontrol 
-
9,5 
-9,8 -8,0 -
6,7 
-34,0 
№120 
4,8 5,1 
6,7 
7,0 23,6 
№120 R
2
O
5
-45 
6,5 7,4 
7,6 
8,1 29,6 
№120 R
2
O
5
-90 
7,8 8,2 
8,9 
10,

35,2 
R = 
9,6 10,9 15,2 18,

Q=54,4 
5. 2-Jadvaldagi hisob-kitobning to’g’ri ketayotganligi tekshirish uchun 
quyidagini amalga oshirish kerak. 30 ni qaytarilishlar soniga ko’paytirib, 2-jadvaldagi
S ni ishorasiga qarab ayiriladi yoki qo’shiladi. SHunda birinchi jadvaldagi S ni 
ko’rsatkichlari chiqishi kerak.
30*4-34=86 yoki 30*4+23,6=143,6 
30*4-29,6= 149,6 yoki 30*4+35,2=155,2 
6. Endi 2-jadvaldagi ko’rsatkichlarni kvadratga ko’tariladi va 3-jadval tuziladi. 
3-jadval 
tajriba 
variantlari 
qaytarilishlar bo’yicha 

kontrol 
90,3 96,0 64,0 44,9 
1156,

№120 
23,0 26,0 44,9 49,0 
557,0 
№120 R
2
O
5
-45 
42,3 54,8 57,8 65,6 
876,2 
№120 R
2
O
5
-90 
60,8 67,7 79,2 106,1 1239,

R
2

92,2 118,

231,

349,7

791,7 
3828,

U
2
=
216,

244,

245,

265,6

9071,



7. 
Σ
r
2
=791,7 Q
2
=54,4
2
=2959,4 
Σ
u
2
=971,9
Σ
S
2
=3828,2 
8. Olingan natijalar quyidagicha tartibda yoziladi: 
Q
2
=2959,4 
Keyingi hisoblashlar quyidagi formulalar bilan olib boriladi. Kvadratlarning 
umumiy formulasi: 
Σ
u
2
-(Q
2
:nm) = 971,9-184,9=787. 
9. Dispersion analiz jadvali tuziladi.
4-jadval
dispersiya 
turlari 
stepeniy 
svobodq 
kvadratlar 
yig’indisi 
o’rtacha 
kvadrat 
umumiy
15 
787 
qaytarilish 3 
13 
δ
2
0 21
=
,
variantlar 

772 
qoldiq 

1,9 
δ
2
0 21
=
,
10. Qoldiq o’rtacha kvadratni ildiz ostiga chiqaramiz.
δ
=
=
0 21
0 46
,
,
11. Tajribaning aniqligiga umumiy harakteristika beriladi 
Ε =
δ
n
tajriba bo’yicha o’rtacha hosildorlik o’rtasidgi xatolikni 
belgilaydi. 
12. Har xil variantning orqasidagi o’rtacha hosildorlik farqini aniqligini, 
ishonchligini baholash uchun ushbu farqni “E”ning uch marta ko’paytirilgandagi 
ko’rsatkichiga solishtiriladi. Agar ikkita taqqoslanayotgan variantlarning olingan 
o’rtacha hosildorliklar o’rtasidai farq 3 “E” dan katta bo’lsa, demak, olingan natijalar 
to’la ishonli deb hisoblanadi. 
Bizda 3E = 0,29x3=0,69 ts. Demak, 1,4 ts dan kichik, ishonchli. 
Nazorat savollari
1. Variantlar bo’yicha summa qanday hisoblanadi?
2. Qaytarilishlar bo’yicha yig’indisi R qanday hisoblanadi?
3. O’rtacha hosildorlik qanday hisoblanadi? 
4. Hisoblashlarning to’g’riligini qanday aniqlanadi? 
5. Kvadratlarning umumiy formulasini yozing. 
6. Qaytarilishlar kvadratlariing yig’indisi formulasini yozing. 
7. Variantlar kvadratilinng yoig’indisi? 


8. Variatsiya koeffitsienti qaysi formula bilan aniqlanadi? 
9. O’rtacha hosildorliklar o’rtasidagi farq qaysi formula bilan aniqlanadi? 
10. Tajribaning aniqligi qaysi formula bilan aniqlanadi? 
11. 3 Ye nima? 
Adabiyotlar 
1. 
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989. 
2. 
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981. 
MA’RUZA 28: TUPROQLARNI KIMYOVIY MELIORATSIYALASH 
USULLARI. 
REJA: 
1. Nordon tuproqlarni ohaklash
2. Qishloq xo’jalik ekinlarini tuproq reaktsiyasi va ohaklashga munosabati. 
3. Ohakning tuproq bilan o’zaro taosiri
4. Ohakli o’g’itlar va ularning normasini aniqlash. Ohakni tuproqqa solish 
usullari
5. SHo’rtoblar va sho’rtobli tuproqlarni gipslash 
6. Gipsning tuproq bilan o’zaro taosiri
7. Tuproqni gipslash uchun ishlatiladigan materiallar. Gipsning normasi, 
tuproqqa solish muddati va usullari.
8. Tayanch iboralar
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
10. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Nordon tuproqlarni ohaklash. 
Nordon reaktsiyali tuproqlarda katta miqdorda singdirilgan holda vodorod va 
alyuminiy ionlari, sho’rtoblarda esa natriy kationi mavjud bo’lib, ular tuproqlarning 
fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarini keskin yomonlashtiradi, 
unumdorligini pasaytiradi. Bunday tuproqlarni holatini tubdan yaxshilash uchun 
ularni boshqa agrotexnik tadbirlar bilan birga kimyoviy melioratsiyalash ishlarini olib 
borish kerak. 
Nordon va sho’rtob tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash usullari tuproq 
mingdirish kompleksiga kationlar tarkibini kislotaliligini neytrallash va 
unumdorligini oshirish uchun asosiy tadbir ohaklash, sho’rtob tuproqlarning 
xossalarini yaxshilash va yuqori ishqoriyligi yo’qotish uchun gipslash kerak. 
Ohakli o’g’itlar qadimdan ishlatilib kelingan. Britan va Golli orollarining 
dehqonlari mergel’ va bo’rdan bundan 2000 yil oldin foydalanganlari maolum. 
16-18-Asrlarda ohakli o’g’itlar g’arbiyEvropa mamlkatlarida juda keng 
miqyosda ishlatilgan, lekin o’sha paytda ohakni qanday qilishni bilmaganlar. 
Tuproqlarning xususiyatlarini yaxshilagani sababli uni katta normalarda go’ng 
o’rnida ham ishlatganlar. Bu esa baozi hollarda salbiy oqibatlarga ham olib kelgan.
Tuproqlarni kislotaliligini yo’qotish maqsadid ohakdan foydalanish faqat 
o’tgan asrning oxirlarida boshlandi. Ohakning samaradorligini aniqlashda birinchi 
dala tajribalari D.I.Mendeleev rahbrligida 1867-1868 yillarda olib borilgan edi. 


Keyingi yillarda ushbu yo’nalishdagi ishlarni A.Engelgradt, P.A.Kostichev, 
P.S.Kossovich, K.K.Gedroits, D.N.Pryanishnikov va boshqalar olib bordilar. 
Tadqiqot ishlarining natijalari asosida ohakning tuproqqa taosir qilish 
mexanizmi chimli-podzol tuproqlarda yuqori samaradorligi anqlandi va ohakli 
o’g’itlarning qo’llashni eng samarali usullari ishlab chiqildi. 
2. Qishloq xo’jalik ekinlarini tuproq reaktsiyasi va ohaklashga munosabati. 
Ko’pchilik madaniy ekinlar va tuproq mikroorganizmlari kuchsiz nordon va 
neytral reaktsiyasi muhitda yaxshi rivojlanadi, ishqoriy va ortiqcha nordon muhit 
ularga salbiy taosir ko’rstadi. Har xil o’simliklar muhit reaktsiyasiga turlicha 
munosabatda bo’ladi.
O’simliklarni muhit reaktsiyasi va ohaklashga bo’lgan talabiga qarab bir necha 
guruhga bo’linadilar: 
1. Tuproqning kislotaliligini o’ta sezuvchan o’simliklar, bularga: g’o’za, beda, 
espartset, qand va xashaki lavlagi, kanakunjut va karam kiradi.
2. Yuqori kislotalilikni sezuvchi o’simliklarga arpa, baxorgi va kuzgi bug’doy, 
makkajo’xori, soya, beda, kungaboqar, bodring, piyoz va boshqalar kiradi. 
3. Tuproqning kuchli kislotaliligini kam sezuvchan o’simliklarga javdar, suli, 
tariq. Grechixa, tifeka, rediska va sabzi kiradi.
4. Zig’ir va kartoshka ohaklashga faqat kuchli kislotali tuproqlarda ehtiyoj 
sezadilar. Kartoshka nordon reaktsiyani kam sezuvchan bo’lganligi uchun kislotali 
tuproqlarda ham yaxshi o’sadi. 
5. Ko’k va sariq lyupin, seradella, cho butalari, nordon tuproqlarda yaxshi 
o’saveradi. Ishqoriy va neytral muhitda yomon o’sadilar. Tuproqning kislotali 
muhitga va ohaklashga nafaqat qishloq xo’jalik ekinlarining o’zlari, hatto ularning 
navlari ham har xil munosabatda bo’ladilar. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, kelib 
chiqishi jihatdan janubiy mintaqalardagi neytral muhitli tuproqlarda yetishtirilgan 
ekinlar kislotali muxitga ega bo’lgan chimli podzol tuproqlarda o’stirilganda ohak 
solishga suhtojlik sezadilar. 
Yuqori kislotali muhitning salbiy taosiri tuproq tarkibidagi alyuminiy va 
marganetsli birikmalarning eruvchanligini kuchayishi bilan ham bog’liqdir. Tuproq 
eritmasida 1 l darajasi 2 mg alyuminiy bo’lsa, ko’pgina o’simliklarga salbiy taosir 
qiladi. 
Tuproq 
eritmasida 
alyuminiy 
kontsentratsiyasining 
ortib 
borishi 
o’simliklarning hosilini pasaytirib hatto nobud qilishi ham mumkin. 
Alyuminiyning ko’payishi o’simliklar ildizini kalta dag’al qilib qo’yadi. Rangi 
qorayadi va ildiz tolalari kamayib ketadi. Alyuminiy va marganetslarning 
o’simliklarga ortiqcha qabul qilinishi ulardagi uglevodli, azotli, fosforli moddalarning 
almashinuvini buzadi.
O’simliklarda reproduktiv organlarning paydo bo’lishini yomonlashtiradi. 
Alyuminiy va marganetsning salbiy taosiri o’simliklarning boshlang’ich rivojlanish 
davrlarida kuchli seziladi. 
N. S. Avdenin o’simliklarni albminiyga sezuvchanligiga qarab 4 guruhga 
bo’ladi. 


1. Alyuminiyga o’ta chidamli o’simliklar suli, timofeenka. 
2. Alyuminiyga o’rtacha chidamli lyupin, kartoshka, makkajo’xori, tariq 
o’simliklari. 
3. Alyuminiyga juda sezuvchan o’simliklar zig’ir, no’xat, loviya, grechixa, 
arpa, bug’doy. 
4. Alyuminiyga chidamsiz o’simliklar qand lavlagi, beda, kuzgi bug’doy, 
javdar. 
Tuproq eritmasida kaltsiy kationining kontsentratsiyasi yuqori bo’lsa, 
o’simliklarning ildizlariga alyuminiy va vodorod ionlarining qabul qilinishi 
sekinlashadi va ularning salbiy taosiri pasayadi. Agar tuproq eritmasida kaltsiy 
bo’lsa, o’simliklar anchagina kislotali muhitga ham chidaydilar. Tuproqning yuqori 
kislotaliligini doimiy ravishda fosforli o’g’itlar solish bilan ham pasaytirish mumkin.
CHunki tuproqqa ko’p miqdorda va doimiy ravishda fosforli o’g’itlar 
solinganda tuproq tarkibidagi alyuminiy va temir ionlari ularning ko’p qismi fosfor 
bilan birikib alyuminiy va temir fosfatlarni hosil qiladi va salbiy taosirlari kamayadi. 
3. Ohakning tuproq bilan o’zaro taosiri. 
Ohakni tuproqqa solinganda tuproq eritmasi tarkibidagi karbonat angidrid gazi 
taosirida sekin asta eruvchan kaltsiy yoki magniy bikarbonatga aylanadi. 
Kaltsiy bikarbonat kal’tsiy va gidrokarbonat ionlariga dissotsilanadi va qisman 
gidrolizga ham uchraydi.
Tuproq eritmasidagi kal’tsiy gidrokarbonat kal’tsiy ioni va gidroksil 
ionlarining kontsentratsiyasini oshiradi. Kal’tsiy kationi tuproq singdirish 
kompleksidan vodorod ionini siqib chiqaradi va tuproq kislotaliligi neytrallanadi. 
Ohak erkin holdagi chirindi va organik kislotalar va nitrifikatsiya jarayonida 
hosil bo’lgan azot kislota bilan ham o’zaro taosir etadi va ularni neytrallaydi. 
Ohakning yillik to’la normasini solinsa tuproqning aktual va almashinuvchi 
kislotaliligi bartaraf etiladi. Gidrolitik kislotaliligi ancha pasayadi. Tuproq eritmasida 
kal’tsiy ioni miqdori ko’payadi. Tuproqning asoslari bilan to’yinish darajasi ortadi.
Tuproqqa solinadigan ohakning normasi qanchalik katta bo’lsa, uning 
kislotaliligi shuncha kuchli pasayadi va tuproqning asoslar bilan to’yinishi ortadi. 
Ohak bilan solingan kal’tsiy ioni tuproq kolloidlarini koagullaydi, strukturasini 
yaxshilaydi va agregatlarni suvga chidamliligini oshiradi.
Ohakning taosirida tuproqning suv o’tkazuvchanligi, havo almashinuvi 
yaxshilanadi, qatqaloq hosil bo’lish imkoniyati kamayadi va og’ir tuproqlarga ishloq 
berish ancha yengillashadi. Tuproqqa ohak solinishi natijasida qishloq xo’jalik 
ekinlarining azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar bilan oziqlanishi yaxshilanadi.
4. Ohakli o’g’itlar va ularning normasini aniqlash. Ohakni tuproqqa solish usullari. 
Ohakli materiallar, ohakli jinslar, ohaktosh, dolomit, melni ezish, tuyish yoki 
kuydirish yo’li bilan olinadi yoki yumshoq ohakli jinslardan va ohakka boy bo’lgan 
sanoat chiqindilaridan foydalaniladi.
1. Qattiq ohakli jinslar. Qattiq ohakli jinslar tarkibida kal’tsiy karbonat va 
magniy karbonat, shuningdek erimaydigan loy va qumdan iborat qoldiqdan tashkil 
topadi. 
Kal’tsiy oksidi va magniy oksid miqdoriga qarab, bu jinslar quyidagi 
guruhlarga bo’linadi. 


A) ohaktoshlar tarkig’bida 55-56 % kal’tsiy oksidi, 0,9 % gacha magniy kosidi 
bor. 
B) dolomitlangan ohaktoshlar tarkibida 42,55 % kal’tsiy oksid, 0,9-9,0 % 
magniy kosid bor. 
V) dolomitlar tarkibida 30-32 % kal’tsiy oksid va 18-20 % magniy kosidi bor. 
Tarkibidagi loy, qum va boshqa aralashmalarning miqdoriga qarab qattiq 
ohakli jinslar quyidagi guruhlarga bo’linadi. 
Toza ohakli jinslar ohaktosh va dolomit tarkibida 5 % gacha aralashmalari bor.
Mergelli yoki qumsimon ohakli jinslar tarkibida 5-25 % aralashmasi bor. 
Mergel yoki qumli ohakli jinslar tarkibida 25-50 % loy yoki qum bo’ladi.
Ohakli jinslar tarkibida ko’p miqdorda aralashmalarning mavjudligi ularning 
sifatini pasaytiradi. Tarkibida 15-20 % dan ortiq aralashmasi bo’lgan
jinslarniqachonki toza ohakli jinslar bo’lmagan hollarda o’g’it sifatida ishlatish 
mumkin. 
Ohaktosh va mel kelib chiqishi jihatdan dengiz cho’kindisidir. Ohaktosh 
asosan kal’tsiy karbonat mineralidan va magniy karbonatdan iborat bo’ladi. 
2. Yumshoq ohakli jinslar.
A) Ko’l ohagi tarkibida 80-95 % kal’tsiy karbonat bo’ladi. Bu jinslar ilgari 
ko’p miqdorda kal’tsiy ioni bo’lgan, suv to’plangan va keyinchalik suvi qurib qolgan 
berk suv xavzalarida paydo bo’ladi.
Ko’l ohagi yengil sochiluvchan va tuyiluvchan zarrachalarning o’lchami 0,25 
mm bo’lgan ohakli o’g’itdir. 
B) Mergel tarkibida 25-50 % kal’tsiy karbonat va kam miqdorda magniy 
karbonat bo’ladi.
V) pastlikda paydo bo’lgan torf ohakka boy. Tarkibida 10 -70 % gacha kal’tsiy 
karbonat bor. Qimmatbaho torfli ohakli o’g’itdir. 
G) talbiiy dolomit uni tarkibida kal’tsiy karbonat va magniy karbonat mavjud. 
Kal’tsiy karbonatga aylantirib hisoblaganda 5 % gacha.
3. Sanoatning ohakli chiqindilar.
A) slanesli kul tarkibida 30-48 % kal’tsiy oksid va 1,5 - 3,8 % magniy oksid 
bor. 
B) defekat tarkibida 60-75 % kal’tsiy karbonat, 10-15 % organik moddalar , 
0.2-0,7 % azot, 0,2-0,9 % fosfor oksidi va 0,3-1 % kaliy oksidi. 
V) domna va marten pechi shlaklari tarkibida 30-50 % kal’tsiy oksid, 12-37 % 
qum, 10-15 % alyuminiy (3) oksid, 2-10 % magniy oksid, 0,4-5,6 % marganets 
oksidi, 0,1-3,5 % fosfor oksidi mavjuddir. 
G) oq ohakli shlak. Tarkibida 50-68 % kal’tsiy oksid, 6-15 % magniy oksid, 
15-25 % qum, shuningdek fosfor, marganets, oltingugurt va boshqalar mavjud. 
D) dolomit changi asosan kal’tsiy oksid va magniy osiddan iborat bo’lib, 
saqlaish davrida asta sekin kal’tsiy karbonat va magniy karbonatga aylanadi. 
E) belitli ularning - bu alyuminiy sanoatining chiqindisi bo’lib, tarkibida 45-50 
% kal’tsiy oksid, 25 % natriy va kaliy oksidi, 30 % gacha qum, 2,9 % ftor oksidi, 0,4 
% marganets oksidi, 3,4 alyuminiy oksidi mavjud. 
Tuproqlarning baozi bir belgilariga qarab ohaklashga bo’lgan ehtiyojini 
aniqlash mumkin.


Tuproqlarning kislotaliligini ancha aniq bilish uchun agrokimyoviy aalizlar 
o’tkazish kerak. 
Almashinuvchi kislotalilikni aniqlash asoslar bilan to’yinganlik darajasiga 
qarab, tuproqlarni ohaklashga bo’lgan ehtiyojini quyidagicha aniqlanadi: 
1) rN= 4,5 ga teng va undan past bo’lganda, 
2) rN=4,6 dan 5,0 gacha bo’lganda, o’rtacha, 
3) rN=5,1 dan 5,5 gacha bo’lsa, kuchsiz,. 
4) rN=5,5 dan yuqori bo’lsa, ohaklashga ehtiyoj sezilmaydi. 
Asoslar bilan to’yinganlik darajasiga qarab, quyidagicha bo’ladi: 
1) asoslar bilan to’yinganlik darajasi 50 % bo’lsa, ohaklashga kuchli ehtiyoz 
seziladi 
2) 50-70 % bo’lsa, o’rtacha 
3) 70 % va undan yuqori bo’lsaYu, kuchsiz 
4) 80 % dan yuqori bo’lsa, ohaklashga ehtiyoj sezilmaydi. 
Tuproqlarga solinadigan ohakning normasi tuprqning gidrolitik kislotaliligiga 
qarab belgilanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
SaSO

normasi =


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет