736
«Молодой учёный» . № 23 (313) . Июнь 2020 г.
Молодой ученый O’zbekiston
Молодой ученый O’zbekiston
boshqarish, talabalar bilimlarini sertifikatlash, elektron
akademik yozuvlar, elektron qaydlar va elektron kutubxona
imkoniyatlarini bera oladi.
3) eLearning Office 3000 asosan oliy va o’rta maxsus ta’lim
o’quv yurtlari o’qituvchilari, shuningdek masofaviy o’qitish
bilan shug’ullanuvchi IT mutaxassislari uchun mo’ljallangan.
Internet tarmoqlarining rivojlanishi masofaviy ta’limning yangi
istiqbollarini ochib berdi, bunda o’quvchilarga an’anaviy ta’lim
turlariga xos bo’lgan imkoniyatlar taqdim etiladi.
4) IBM Workplace Collaborative Learning avtorizatsiya
dasturi IBM Workplace Collaborative Learning Authorizing Tool
masofaviy o’qitish kurslari uchun avtomatlashtirilgan vositalarni
ishlab chiqishni o’z ichiga olgan bo’lib, bular o’z ichiga ma’ruza
materiallari va bilimlarni nazorat qilish testlarini yaratish va
birlashtirish jarayonini avtomatlashtirish vositalaridan tashkil
topadi. Masofaviy kursni ishlab chiqish uchun ikkita alohida
tartibi mavjud: reja tuzish tartibi kurs tuzilishini yaratish uchun
ishlatiladi va ishlab chiqish tartibi kurs mazmuni va kurslar
uchun sahifalar yaratish uchun ishlatiladi. Ikkala tartib ham kurs
yaratuvchisining qulay va intuitiv interfeysiga ega va sahifada
joylashtirilishi mumkin bo’lgan deyarli barcha zamonaviy
ob’ektlarni o’z ichiga oladi: matnli ob’ektlar, grafik ob’ektlar, ovozli
ob’ektlar, tugmalar va boshqalar.
5) HyperMethod 3.5 — multimedia dasturlarining
dizayneri — axborot tizimlari, taqdimot disklari, elektron
darsliklar, ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar va boshqa har
qanday multimedia dasturlarini tez va samarali yaratish uchun
mo’ljallangan. Bugungi kunda bu multimedia dasturlarini ishlab
chiqish vositalari bozorida taqdim etilgan yagona mahalliy
dasturiy mahsulot.
Ushbu tizimlar universitet yoki fakultet doirasida o’quv
jarayonini amalga oshirishda juda samarali natija beradi.
Hozirgi kunda ko’plab o’quv muassasalarida bunday dasturiy
qo’llanmalardan to’liq foydalanish uchun moliyaviy mablag’lar
yoki tashkiliy holatlar to’liq rivojlanmagan.
Достарыңызбен бөлісу: |