Ч а с т ь I x главный редактор


«Молодой учёный» . № 23 (313) . Июнь 2020 г. Молодой ученый O’zbekiston



Pdf көрінісі
бет84/103
Дата08.12.2022
өлшемі4.33 Mb.
#466862
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
moluch 313 ch9 Z6mUoK3

724
«Молодой учёный» . № 23 (313) . Июнь 2020 г.
Молодой ученый O’zbekiston
Молодой ученый O’zbekiston
PWA — bu veb texnologiyalari guruhidan ya’ni 
JS+HTML+CSS-lardan foydalanadigan, nativ mobil ilovalar 
uchun hos bo‘lgan qulayliklarga ega va veb saytdan foydalanish 
oddiyligini yaratish imkonini beruvchi ilovalar guruhining 
nomlanishi. Uni boshqacha qilib «o‘rnatiladigan veb ilova» yoki 
«progressiv veb ilova» deb ham nomlashadi. Aslida u oddiygina 
veb sahifa yoki veb sayt, lekin, foydalanuvchi nuqtai nazarida u 
mobil ilova ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu ilova hozirgacha 
taqdim etilgan barcha veb va mobil texnologiyalarning eng qulay 
va eng yaxshi tomonlarining jamlanmasidan tashkil etilgan. 
PWA asosan veb saytlarning konversiyasini va foydalanuvchilari 
sonini oshirish, veb ilovalarni mobil qurilmalarda foydalanish 
qulayligini yaratish uchun mo‘ljallangan.
Progressive Web Apps (PWA) ni Google 2015-yilda e’lon 
qilgan edi. Mobil saytlarni yaratishning bu formati oʻzining 
oddiyligi va unda boshqa texnologiyalarga qaraganda koʻpgina 
kamchiliklar bartaraf etilganligi bilan e’tiborni oʻziga tezda 
torta oldi. 2016-yilga kelib esa Google I/O konferensiyasida The 
Washington Post nashri oʻz sayti uchun birinchilardan boʻlib 
oʻzining progressiv veb ilovasini yaratganini ma’lum qildi va 
uni qoʻllashda erishilgan yutuqlar koʻrsatildi. Ular haqiqatdan 
ham xayratlanarli natijalarga erishgan edi.
Progressiv veb ilova biz koʻnikib ulgurgan «odatiy» boʻlgan 
veb ilova yoki «odatiy» veb sayt emas. Bu innovasion texnologiya 
sayt va ilovaning eng yaxshi jihatlarini oʻzida jamlagan ilovaning 
oʻziga hos boʻlgan gibrid koʻrinishi boʻlib, oddiy ilovalarga 
qaraganda oʻnlab ustunliklarga ega va hozirgi kunga kelib 
judayam ommalashmoqda.
Mobil telefonlardan saytga tashrif buyuruvchilar uchun 
tezlik katta ahamiyat kasb etadi. 2018 yil iyulidan boshlab, 
Google mobil saytlarini yuklab olish tezligiga asoslangan 
yangi ranjlash algoritm bilan tanishtirdi. Bu algoritmga koʻra 
endilikda yuklanish tezligi yuqori boʻlgan saytlar qidiruv 
natijalarida birinchilar sifatida taqdim etiladi. Shu kunga qadar 
yuqori reytinglar uchun eng muhim mezonlar: sayt mazmuni, 
SEO bo’yicha tuzilishining to’g’riligi va boshqalar ta’sir qilar edi. 
Bundan kelib chiqadiki PWA uchun bir marta harajat qilib sayt 
reytingini koʻtarish uchun SEO (search engine optimization — 
qidiruvni optimallashtirish) harajatlaridan ham holos bo’lamiz 
va saytning reytingi avtomat tarzda yuqorilanadi. Bunday holda, 
saytda PWA mavjudligi uni maksimal tezroq yuklab olishga 
imkon beradi (The Washington Post nashrida bu koʻrsatkich 
100 barobargacha oshgan edi). PWA-ning xususiyatlari esa 
saytni offlayn rejimda koʻrish va yoki yomon Internet aloqasi 
boʻlganda ham foydalanish imkonini beradi.
PWA bilan, sayt avtomatik ravishda mijozning smartfoniga 
bir marta bosish bilan oʻrnatiladi. PWA ning afzalliklari 
AliExpress, OLX, Lancome kabi global savdo gigantlari 
tomonidan yuqori baholandi. Dunyoning eng yirik va nufuzli 
media-nashrlaridan biri boʻlgan, The Washington Post, o’z 
biznesini rivojlantirish uchun PWA ni tanladi.
Foydalanuvchi smartfondan foydalangan holda veb saytga 
berilgan havolani ochadi va veb sahifa toʻliq yuklangandan 
soʻng foydalanuvchi PWA ilovasini mobil ilova kabi ishlatishi 
mumkin boʻladi. Shu bilan birga yangi ilovani ishlatish odatiy 
ilovalarga qaraganda anchagina qulayroq boʻladi. Sababi 
yangi ilovani oʻrnatish uchun tegishli tizimga kirish va uning 
oʻrnatilish jarayonini kutish shart emas.
Google kompaniyasi bu texnologiyani aktiv taqdim etishni 
boshlashi bilan dunyodagi katta biznes yurutuvchi kompaniyalar 
bu yangi texnologiyani oʻzlarida qoʻllagan holda raqiblariga 
qaraganda anchagina ustunliklarga ega boʻlishdi.
AliExpress, OLX, Lancome, The Washington Post, 
MakeMyTrip, Forbes kabi mashhur kompaniyalar oʻzlarida PWA 
texnologiyasini qoʻllashgan va natijada yangi texnologiyaning 
imkoniyatlariga ijobiy baho berishgan. Keyinchalik esa Google 
progressiv veb ilovalarni oʻzlarida qoʻllagan kompaniyalarning 
statistik tahlilini oʻtkazgan. Bu tahlil natijalari bilan tanishib 
texnologiyani qoʻllagan kompaniyalarning judayam yaxshi 
koʻrsatkichlarni qayd etganliklari koʻrish mumkin.
1-rasm. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет