Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет34/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

REFERENCES: 
1. 
Klaus Dodds and James D. Sidaway. The Geographical Journal. Vol. 170, No. 4, 
Halford Mackinder and the 'Geographical Pivot of History' (Dec., 2004), pp. 292-297 (6 
pages). 
2. 
https://www.thoughtco.com/what-is-mackinders-heartland-theory-
4068393. 
3. 
http://licchavilyceum.com 
4. 
https://www.upsc.gov.in 
5. 
https://americangeopoliticalsociety.com/rimland 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
80 
PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA KELAJAK AVLOD 
 TARBIYASINING AHAMIYATI 
Ergasheva Dilbar Nomozovna 
Yakkabog' 1-kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
 
Annotasiya: Professional ta’lim tizimida kelajak avlod tarbiyasining ahamiyati 
xaqida ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so’zlar: Professional ta’lim tizim, kelajak avlod tarbiyasi
Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash ularning 
qalbiga mexr muxabbat, halollik va hayotiy bilim berish har birimizning burchimiz 
bo'lib bu yuksak ishonchni oqlash biz pedagoglardan ulkan ma'suliyat, qat'iyat va 
ishonch xislarini talab qiladi. Huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar 
ekanmiz, o'sib kelayotgan yosh avlod va bo'lajak mutahassislarning barkamol bo'lib 
voyaga yetishlariga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. 
rofessional ta'lim tizimi, kelajak avlodning rivojlanish va o'zini rivojlantirish 
uchun juda muhim ahamiyatga ega. Kelajak avlodning ma'lumot texnologiyalari, 
moliyaviy xizmatlar, bank xizmatlari va boshqa sohalarda rivojlanishiga yordam berish 
uchun, ularni tayyorlashga katta e'tibor qaratilishi kerak. 
Professional ta'lim tizimi, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularga yangi 
texnologiyalardan foydalanish, innovatsion yondashuvlar o'rnatish va moliyaviy 
operatsiyalarni samaraliroq bajarish bilan bog'liq bilimlarni o'rgatishda katta rol 
o'ynaydi. Bu tizim orqali talabalarga soha bo'yicha tajribalar olish, amaliyot bilan 
shug'ullanish imkoniyatini beradi va ularni kasbga yondashadi. 
Kelajak avlodning rivojlanishi uchun professional ta'lim tizimi hamkorlikda 
tuzilgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va moliyaviy sohalarda yangiliklar 
o'rnatish imkoniyatlarini yaratadi. Bu tizim orqali talabalar kelajakda moliyaviy 
sohalarda rivojlanishga tayyorlanadi va mamlakatlararo hamkorlikni rivojlantirish 
uchun muhim vazifalarni o'zlariga oladilar. 
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy 
jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta'lim 
islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etib, bu 
tarbiya avvalambor oiladan, undan keyin esa maktabgacha ta'lim tashkilotidan va 
umumiy o'rta ta'lim beruvchi maktablarimizdan boshlanadi. Kelajakni qurish 
bugundan boshlanishi hech kimga sir bo'lmaganidek, barkamol shaxsni kamol 
toptirish uning yoshligidan boshlanadi. Biz ta'lim-tarbiyaga xozirdanoq e'tibor 
qaratmasak, o'zmizning porloq kelajagimizni qura olmaymiz. Zero, shu o'rinda taniqli 
marifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- 
yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir" degan so'zlari naqadar chuqur ma'noga 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
81 
ega ekanligini anglashimiz mumkim. Bu muxim vazifani bajarishda maktabgacha talim 
tashkilotlarining o'rni beqiyosdir. 
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida o‘quvchilarning boshlang‘ich tushunchalari asosida 
ularning faolligini ta’minlash, o‘rganilayotgan tushunchalarga nisbatan sub’yektlarning 
qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda refleksiv yondashuv muhim ahamiyatga 
ega. 
Chunki refleksiv yondashuv jarayonida o‘quvchilarni tahliliy faoliyatga undash va 
ularda refleksiyani rivojlantirish uchun qulay vaziyatlar vujudga keladi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida refleksiv ta’limiy muhitni vujudga keltirish 
o‘quvchilarning shaxsiy tushunchalarini rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga, uning 
ahamiyati, mazmunmohiyatiga qiziqish shakllantirish asosida ularning faolligini 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Hozirgi sharoitda pedagoglarimizga keng imkoniyatlar yaritib berilgan. 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani tarbiyachining 
qo'yilgan talablarga qanchalik muvofiq ekanligi belgilab beradi. Maktabgacha talim 
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog tarbiyachilar, eng avvalo,bolaning 
kelajagi, taqdiri uchun yuksak mas'uliyatni to'la anglab yetishi zarur. Fakatgina 
maktabgacha yoshdagi bola rivojining muhim kadriyat ekanligini tushunishgina emas, 
balki bola rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallash juda muhimdir. 
Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojining uni o'rab 
turgan atrof-muhit bilan bog'liqligidir. 
Bolaning jismoniy va psixologik salomatligini mustahkamlash haqida g'amxo'rlik 
qilish maktabgacha yoshdagi bolada tarbiyani oqilona tashkil etishning garovi bo'lib 
hisoblanadi, chunki mazkur yosh davri rivoji bolaning ijtimoiy holati, kayfiyati, 
emotsional ko'rinishlarga bevosita bog'likdir. Ana shu sababli tarbiyachi bolani o'rab 
turgan atrof-muhitga e'tiborli bo'lishi, bola hayoti va salomatligiga xavf soluvchi eng 
oddiy holatlarning ham oldini olishi lozim. Ya'ni, tarbiyachi maktabgacha ta'lim 
tashkiloti maydonchasi, o'yinchoklar, mebel jihozlarining bola yosh davriga mos kelish 
holatini muntazam nazorat qilib borishi, havo va suv temperaturasini o'lchashi, 
bolalarni tayyorlash uchun mashg'ulotlar vaqtini oldindan aniqlashi, mashg'ulotlarni 
olib borish jarayonida zamonaviy pedagogik tehnologiyalardan foydalanishi lozim. 
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, tarbiyachining e'tiborsizligi,befarqligi uning kasbiy 
layoqatsizligining muhim belgisidir. 
Tarbiyachining pedagogik faoliyatning ijodiy tavsifga egaligi tarbiyachidan ilg'or 
ish tajribalarini o'rganish, innovatsiyalarni o'zlashtirish va amaliyotga tatbiq etishni 
talab etadi. Innovatsiyalarning jadal kirib kelishi tarbiyachilarni ilmiy-tadqiqot 
ishlarida ishtirok etishga jalb etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Tarbiyachilarning 
bunday tadqiqot ishlariga jalb etilish keyinchalik erishilgan natijalardan o'z faoliyatida 
muvaffaqiyatli foydalanishga imkon beradi. Yosh avlodni kamol toptirish, unga to'g'ri 
yo'lanish berish umuman olganda bolaga chuqur bilim berish uchun avvalambor 
tarbiyachining o'zi chuqur bilimga ega bo'lishi zarurdir. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
82 
Bolaning psixologiyasini anglash uning nimalarga qiziqishini yaxshi anglagan 
xolda yo'naltirishni to'g'ri tanlash zarurdir. Chunki bola xar bir hatti-harakatimizga 
e'tibor berib boradi. Talim jarayonini foydali va qiziqarli olib borishimiz zarurdir. 
Oddiygina bir misol, to'g'ri ta lim-tarbiya olgan bola kelajakda o'sib ulg'ayib o'z 
kasbining egasiga aylanadi. Shu kasbi orqali hayotda 
o'z o'rnini topadi, o'z tengdoshlari, maxalla ko'ni ko'shni oldida o'z obro'-
e'tiboriga ega bo'ladi, vatani uchun kerakli inson bo'lib yetishadi. Zero shaxs oilaning 
bir bo'lagi, oila esa jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. 
Har bir ota-ona o'z farzandini bilimdon, yuksak mahoratli, odobli pedagog-
tarbiyachi qo'lida ta'lim-tarbiya olishni hoxlaydi. Tarbiyachilarimizni yuksak 
mahoratli, bilimli bo'lishlari uchun Davlatimiz katta e'tibor qaratmokda. Ko'plab bilim 
yurtlarida bir kator yangi yo'nalishlar ochilib, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat 
yuritadigan mahoratli pedagog kadrlarni tayyorlash va pedagog tarbiyachilarimizning 
malakalarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaritib berilmoqda. Bunday 
murakkab vazifalarni bajarish uchun bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda, qonunlar 
qabul qilinmoqda. 
Misol uchun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda 
e'tirof etilgan g'oyalarga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon 
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar 
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda 
mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbolli vazifalarni ilgari surish va 
hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh 
qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to'la xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axlokiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan 
iboratdir. Maktabgacha ta'lim tizimiga oid yana bir qonun qabul qilindi. Bu qonun 
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunidir. Bu qonun orqali maktabgacha 
ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya berish, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, 
estetik hamda jismoniy jixatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o'rta 
ta'limga tayyorlashga qaratilgan yo'nalishlar belgilab berildi.sohaga oid qonun bilan 
mamlakatimizda yashovchi har bir bolaning maktabgacha ta'lim-tarbiya olish 
huquqiga ega bo'lgani, eng muhim jixat, davlat har bir bolaning umumiy o'rta ta'lim 
tashkilotiga o'qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 
umumiy o'rta ta'limga majburiy bir yillik qayta tayyorgarlikdan o'tishga bo'lgan 
huquqini kafolatlashi belgilab qo'yilgani katta yangiliklardan biri bo'ldi. Eng muximi 
mazkur qonun orqali maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasi tartibga solinmoqda. 
Maktabgacha ta'lim tizimida bunday yondashuvlar albatta o'z samarasini beradi. 
Buning natijalarini xozirgi kunda ko'rib turibmiz. Mustaqil O'zbekistonimiz kundan 
kunga rivojlanmoqda, chiroy ochib bormoqda, yoshlarimish jaxon maydonlarida xar 
qanday yo'nalishda dunyo mamlakatlarini lol qoldirib yurtimiz bayrog'ini balandlarga 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
83 
ko'tarmoqda. Bunday yuksak marralarni egallashlarida albatta ustoz va 
murabbiylarimiz, pedagog tarbiyachilarimizning xissalari juda kattadir. Zero ertangi 
kun bugundan boshlanadi. 
Shuningdek, professional ta'lim tizimi orqali talabalar sifatli bilim va ko'nikmalar 
olishadi, ularning kasbiy rivojlanishiga yordam beradi va moliyaviy sohalarda 
yangiliklar o'rnatishga imkoniyat yaratadi. Bu esa kelajak avlodning rivojlanishi va 
moliyaviy sohalarda innovatsion yondashuvlarni o'rnatishiga ko'maklashadi. 
Jamiyatlar kelajak avlod tarbiyasiga katta e'tibor berishlari, o'z mamlakatlari va 
dunyoni rivojlantirish uchun zarurdir. Bu tarbiya tizimi, kelajak avlodni dunyodagi 
o'zgarishlar va talablar bilan bog'liqligi haqida tushuncha beradi va ularni bu 
o'zgarishlara tayyorlaydi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет