Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
122
TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKA O’QITISH MASALASI
Eraliyeva Nigora Abdukarimovna
Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Kosonsoy tuman
1-son kasb-hunar maktabi matematika fani yetakchi òqituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fani va uning maktablarda o’qitish
jarayoni haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Sistema, algebra, matematika, arifmetika, geometriya, ta’lim,
maktab, o’qituvchi, o’quv yuklama.
Hozirgi zamon fanlari mazmuniga qarab uch qisimga (ijtimoiy,tabiiy va texnika
fanlariga) bo`linadi. Bularning har biri o`ziga mos ko`pgina qo`shni fanlarni qamrab
olib, butun bir sistemani tashkil qiladi. Matematika fanlar sistemasida muhim bir
sohani tashkil qiladi va yunoncha “Ilm,fan “degan ma’noni anglatadi. Shuningdek
matematika – qadimiy fanlardan biri bo`lib, boshqa arifmetika, geometriya,
keyinchalik
algebra, matematik analiz, analetik geometriya kabi fanlarni birin-ketin o`zida
shakllantirib, ularni takomillashtirib bordi.
Respublikamizda kasb hunar maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, hukumatimiz tomonidan
qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan. Mamlakatimiz uchun ilm-fan
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-
fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har
yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. Ma’lumki,
matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson
tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt
tuzilishi, o‘zini-o‘zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va
ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan
insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Xatto matematik
masalalarni yechish musobaqalari o‘tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo‘lgan.
Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan
o‘quvchilarni o‘ylashga, to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga
o‘rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik
o‘quvchilarni o‘ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli
tuman masala, muammo va jumboqlarni yechish orqali o‘quvchilar to‘g‘ri fikr yuritish,
mantiqiy fikrlashni o‘rganadilar.
Ayni paytda Prezidentimizning 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika taʼlimi va
fanlarini yana-da rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab¬quvvatlash, shuningdek,
Oʻzbekis ton Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi
Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora¬tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
123
hamda 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim
sifatini oshirish va ilmiy
tadqiqotlarni rivoj lantirish chora¬tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilindi.
Ushbu qarorlar orqali matematika fani va taʼlimini rivojlantirish, xalqaro standartlarga
moslashtirish uchun mavjud muammolarni bartaraf etish tizimi yaratib berildi.
Masalan, matematika boʻyicha xalqaro konferensiyalarda, talabalar oʻrtasida
oʻtkaziladigan xalqaro olimpiadalarda, seminar¬ treninglarda ishtirok etish imkoniyati
yaratildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan
matematika sohasidagi olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijdagi xalqaro ilmiy¬
amaliy tadbirlarda ishtiroki taʼminlanmoqda. Talabalarning matematika fani boʻyicha
xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki qoʻllab¬quvvatlanmoqda, matematika taʼlimi uchun
zarur ilmiy va hisoblash asbob¬ uskunalarini xarid qilish dasturlari amalga
oshirilmoqda.
Matematika taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar
uchun akademik T.Sarimsoqov nomidagi stipendiya taʼsis etildi. Oʻzbekiston
matematika jamiyatining xalqaro aloqalarini kengaytirish va Xalqaro matematiklar
jamiyatiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Zamonaviy ta’limda ta’lim oluvchi uchun dars jarayonidan tashqari vaqtlarda
ham o‘z ustida ishlashlari, bilimlarini kengaytirish
va chuqurlashtirish uchun
imkoniyat yaratiladi. Matematika boshqa fanlar (fizika, ximiya, tarix va hokazo) kabi
haqiqiy borliqni o‘rganadi. Haqiqiy borliqning tuzilishi va undagi qonun qoidalarini
tadqiqot qiladi. Haqiqiy borliq haqida turli modellar yasaydi. Agar, tabiiy fanlar o‘z
tadqiqotlarida tajribalarga asoslanishsa, matematika tajribalarga asoslanmaydi.
Matematikadagi nazariyani amaliyot bilan bog‘lash bilan bog‘liq muammolarni
tushunish va tasavvur qilishda tajribaga murojaat qilish mumkin. Biroq tajriba metodi
matematikada isbot uchun qabul qilinmaydi. Tabiiy ilmiy fanlar haqiqiy borliqning
noma’lum bo‘lgan xossalarni topish uchun tadqiqot o‘tkazsa, matematika moddiy
dunyoning qaralayotgan modellarida yangi xossalarni topadi va yangi modellar
yaratadi. Bunga borliqdagi hodisalarni yaxlit talqin qilishga imkon beruvchi matematik
modellashtirishlar misol bo‘ladi. Matematika bu aniq fanlar guruhiga mansub bo‘lib,
uni o‘rganish va tadqiqot qilishning boshqa fanlardan farq qiluvchi o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud.
Matematikani o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
malakalarini shakllantiradi. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnik
vositalardan, matematik ko‘rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan
foydalana olish malakalarini tarkib toptiriladi. O‘quvchilarni mustaqil ravishda
matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. Bunda asosan o‘quvchilarni o‘quv
darsliklaridan va ilmiy-ommaviy matematik kitoblardan mustaqil o‘qib o‘rganish
malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Shunday ekan, o‘rta umumiy ta’lim tizimida
matematika fanini o‘qitishning eng asosiy vazifasi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash,
to‘g‘ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetentsiyalarini) tarkib toptirishdan
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
124
iborat bo‘lmog‘i lozim. Fanga oid umumiy kompetentsiyalar
matematika fanidan
o‘quvchilar bilishi va uddalashi lozim bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni,
fanga oid kognitiv kompetentsiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash,
o‘qib-o‘rganish va fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda
qo‘llash bo‘yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.
Достарыңызбен бөлісу: