Тиллабаева Зилола Рахматиллаевна


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi



бет7/30
Дата07.08.2024
өлшемі179.46 Kb.
#503126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Tillabayeva avtoreferat lotincha

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand shahri qarluq lahjasining leksikasini qiyosiy-tavsifiy tadqiq qilish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mazkur hudud shevalariga doir soʻzlarning yasalish usullarining oʻziga xosligi, Samarqand shahri qarluq lahjasini oʻrganishga lingvomadaniy yondashuv yoʻnalishi oldingi oʻringa qoʻyilganligi haqidagi nazariy xulosalaridan 2012-2016-yillarda bajarilgan №FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional soʻz yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 7-oktabrdagi 17.01/170-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning soʻz yasalishining har bir til va shevada oʻzgacha namoyon boʻlishi haqidagi ilmiy qarashlar bilan boyishiga asos boʻlgan;
Samarqand shahri qarluq lahjasi leksikasida uchraydigan xalq ogʻzaki ijodiga xos janrlar, ya’ni erkalamalar, ovutmachoqlar haqidagi ilmiy-tahliliy xulosalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 7-oktabrdagi 17.01/172-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning folklorshunoslik va adabiyotshunoslik janrlarining qardosh tillarda uchraydigan xalq ogʻzaki ijodiga xos ilmiy tushunchalar bilan boyitilishiga erishilgan.
Samarqand shahri qarluq lahjasi orqali matbuot, radio, televideniye ta’siri natijasida yuz berayotgan lugʻaviy oʻzgarishlar shevalar lugʻat jamgʻarmasida mavjud boʻlgan soʻzlarni toʻplash, saqlab qolish va ularni adabiy tilga kiritish zaruratini keltirib chiqarayotganligi haqidagi asosli ilmiy-nazariy xulosalardan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy boʻlinmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy toʻgaragining mahorat darslarida Nazm va nasr Kengashi tomonidan oʻtkazilgan ijodiy seminarlarda foydalanilgan (Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 26-avgustdagi №94-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyot ixlosmandlarida oʻzbek adabiy tilining shevalariga nisbatan faxrlanish hamda qiziqish tuygʻusining oshishiga xizmat qilgan.
Dialektal sharoitlarda kishilarda muloqot odobini shakllantirishga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan teleradiokompaniyaning “Kun mavzusi” loyihasida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-sentabrdagi №01-12/335-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishning mazmunan boy, qiziqarli va jonli bo‘lishiga erishilgan.


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет