So‘rimdagi ionlarni miqdoriy aniqlash
Suvli so‘rimda ishqoriylikni aniqlash. Ishqoriylikni aniqlashda ular ikkiga ajratiladi: 1) ishqoriy metal karbonatlari (asosan Na2CO3) ning va shuningdek ishqoriy va ishqoriy er metallari bikarbonatlari (asosan Ca(HCO3)2 va NaHCO3) ning ta‘sirida vujudga kelgan umumiy ishqoriylik; 2) faqat ishqoriy metal karbonatlari ta‘sirida vujudga keladigan normal karbonatlar ta‘siridagi ishqoriylik.
Normal karbanatlar ta’siridagi ishqoriylikni aniqlash
Normal karbonatlar ta’siridagi ishqoriylik tuproqlarda ishqorli metallarning karbonatlari (asosan Na2CO3) mavjudligi bilan bog‘liq.
Bu ishqoriylik quyidagicha aniqlanadi:
1. Sig‘imi 100 ml bo‘lgan kimiyoviy stakanchaga pipetka yordamida 25 ml suvli so‘rim quyiladi va 2 tomchi fenolftalein tomiziladi; fenolftalein kuchsiz kislotalarga sezgir bo‘lganidan faqat keskin ishqoriy reaksiyadan dissosiasiyalanadi. Stakanchadagi eritmaning indikator ta’sirida qizil rangga kirishi normal karbonatlar mavjudligini bildiradi.
2. Qizil rang paydo bo‘lgan holda eritmaning ranggi yo‘qolguncha H2SO4 ning 00,2 n eritmasi bilan titrlanadi. Reaksiya quyidagi tenglama bo‘yicha kechadi:
2Na2CO3+ H2SO4=2NaHCO3+Na2SO4
Shunday qilib, karbonatning barchasi bikarbonatga o‘tib bo‘lgandan so‘ng fenolftaleinning rangi yo‘qoladi. Binobarin, olingan suvli so‘rim hajmidagi normal karbonatlar ta’siridagi ishqoriylikning qiymati titrlashga sarflangan 0,02 n H2SO4 eritmasining ml hisobidagi ikkilangan miqdoriga teng bo‘ladi. Titrlab bo‘lgandan keyin so‘rim stakanchadan tukib tashlanmaydi (keyinchalik shu eritmadan umumiy ishqoriylik va xlor – ioni aniqlanadi).
Normal karbonatlar tufayli yuzaga keluvchi ishqoriylik 100 g tuproqqa nisbatan milligramm–ekvivalent va foiz miqdorida ushbu formulalar bilan hisoblab topiladi:
,
bu yerda: X-100g tuproqqa to‘g‘ri keluvchi CO3 mg.ekv miqdori; a- titrlashga sarflangan H2SO4 miqdori, ml; n-titrlangan H2SO4 eritmasining normalligi; v-suvli so‘rim tayyorlash uchun olingan suvning umumiy miqdori ml; 2-bikarbonatlarni karbonatlarga hisoblash uchun koeffisiyent; 100-foizlarga o'tkazish uchun koeffisiyent; b- titrlash uchun olingan suvli so‘rimning hajmi ml; c- suvli so‘rim tayyorlash uchun olingan tuproq namunasining massasi, g.
CO3, % =mg-ekv * 0,03,
bunda 0,03- CO‘3 ning milligramm ekvivalenti (chunki CO3 ning ekvivalent massasi 60:2 = 30 ga teng, milligramm ekvivalent esa o‘z navbatida 30:1000 = 0,03 ga barobar).
Достарыңызбен бөлісу: |