Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


O’simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni aniqlash



бет62/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
Laboratoriya mashg\'

O’simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni aniqlash.
O’simliklar namunasi xona harorati sharoitida quritilgan holatda ham ma’lum miqdorda gigroskopik namlik saqlaydi. Yangi uzilgan meva-sabzavotlar tarkibida 70-97 %, donli, dukkakli don va moyli ekinlar urug’ida 7-17 % namlik bo’ladi. O’simliklar o’suv davri mobaynida quruq modda namlik miqdorini aniqlash ularning yetilish muddati, yig’im terimga tayyorligini aniqlash imkonini beradi.
Bundan tashqari ko’pchilik ekinlarni saqlashga qo’yish, saqlash davrida quruq modda va namlik miqdorini kuzatib borish mahsulotning buzilishi, aynishi, sifatining pasayishi oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Quruq modda va gigroskopik namlik o’simliklarni kimyoviy tahlillari natijasini absolyut quruq modda holida hamda standart namlikni ifodalashda foydalaniladi.
O’simliklar tarkibida quruq modda va namlik 2 usulda:
1. Maydalangan, quritilgan namunadan;
2. Namuna quritilmasdan to’g’ridan – to’g’ri aniqlanadi;
1. Quruq modda va gigroskopik namlikni quritilgan namunadan aniqlash.
Quruq modda va gigroskopik namlikni aniqlash o’simlik namunasini quritish shkafida 100-105oS haroratda doimiy massagacha quritishga asoslangan.
Ishni bajarish tartibi: Tozalab yuvilib quritish shkafida 100-105oC haroratda doimiy massagacha quritilgan shisha byuks olinadi. Byuks massasi analitik tarozida 0,0001 g aniqlikda tortib olinadi. Tekshirilayotgan o’simlik namunasi maydalanib pergament qog’ozi ustiga yupqa qavat qilib yoyiladi. Namunaning turli joyidan byuksga 3-5 g miqdorda olinadi. Byuks qopqog’i yopilib dastlab texnokimyoviy tarozida, so’ng analitik tarozida namuna bilan birgalikda massasi aniqlanadi. Byuks qopqoqchasi vertikal holatda ochiq qoldirilib quritishga qo’yiladi. Byuksni quritish shkafi markaziga qo’yish tavsiya etiladi. Quritish 100-105oC haroratda 6 soat davom ettiriladi. So’ng byuks qopqog’i yopilib eksikatorda sovitiladi va massasi aniqlanadi. Quritish yana 2-3 marta 2-3 soat davom ettiriladi. Har safar byuks massasi o’lchanadi. Quritish namuna massasi doimiy holga kelgancha davom ettiriladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет