Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tahlil natijalarini hisoblash



бет26/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tahlil natijalarini hisoblash

Tahlil natijasida olingan ma’lumotlar asosida boshlang‘ich namunaning massasiga nisbatan zarrachalarning foiz miqdori quyidagicha hisoblab chiqiladi:


  1. Elakda qolgan 1-0,25 mm o‘lchamli zarralar miqdori ushbu formula asosida aniqlanadi:

,
bu yerda: A-zarralarning miqdori, %; a-o‘lchami 1-0,25 mm li zarralarning massasi, g; 100-100 g tuproqqa nisbatan % ga hisoblash uchun koeffisiyent; GK-mutlaqo quruq tuproqqa qayta hisoblash uchun gigroskopiklik koeffesiyenti; P-tahlil uchun olingan, havoda quritilgan tuproq namunasining massasi, g.
2. O‘lchami 0,05 mm dan kichik zarralar (birinchi sinalg‘ich namuna) miqdori quyidagi formula bilan hisoblab topiladi;
,
bu yerda: P1- birinchi sinalg‘ich namuna zarralarining miqdori, %; b-birinchi namuna zarralarining massasi, g; Vu-silindrning hajmi, sm3; 25-bitta pipetkaning hajmi, ml; P-tahlil uchun olingan tuproq namunasining massasi, g.
Boshqa namunalardagi (II, III, IV) zarralarning foiz miqdori ham shu tarzda hisoblab chiqariladi.
Har bir fraksiyaning ajralish prinsipini quyidagi sxemadan yaqqol ko‘rish mumkin.
Elakdagi yirik va o‘rta qum (1- 0,25) A

M ayda qum (0,25-0,05 mm) 100- (A+P1)
Y irik chang (0,05-0,01 mm) P1-P2
O ‘rtacha chang (0,01-0,005 mm) P2-P3
M ayda chang (0,005-0,001 mm) P3-P4
L oyqa (0,001 mm)-P4 IV namuna P4

Barcha fraksiyalarning foiz miqdori hisoblab topilgan ayrim elementlar miqdoridan aniqlanadi. Birinchi namuna olinganda pipetkaga 0,05 mm dan kichik barcha zarralar, shu jumladan, 0,05-0,01, 0,01-0,005, 0,005-0,001 mm li hamda 0,001 mmdan kichik zarralar ham so‘rilgani uchun tinish davri o‘sib borishi bilan har bir keyingi namuna o‘zidan oldingi namunadan faqat maydaroq fraksiyani ajratib olish imkonini beradi. Masalan, ikkinchi namunani olganda biz 0,05 mm dan kichik zarralar tarkibiga kiruvchi 0,01mm dan kichik zarralarni pipetka bilan olamiz; 0,005 mmdan kichik zarralar esa (uchinchi sinalg‘ich namuna) 0,01 mm dan kichik zarralar tarkibida (ikkinchi namuna) bo‘ladi va hokazo.


Yirik chang miqdori necha foiz ekanini aniqlash uchun birinchi sinalg‘ich namuna–P1 dan ikkincha sinalg‘ich–P2 ni ayirish kerak: o‘rtacha chang miqdorini aniqlash uchun P2 dan P3 ni ayirish, mayda chang miqdorini aniqlash uchun P3 dan P4 ni ayirish lozim, loyqa esa tahlilda qanday chaqqan bo‘lsa, o‘shanday yoziladi.
Mayda qum miqdorini aniqlash uchun (u tahlil vaqtida aniqlanmaydi) 100 % dan A+P1 yig‘indisini, ya’ni elakdagi fraksiyani va birinchi sinalg‘ich namuna fraksiyasini ayirish zarur. Birinchi sinalg‘ich namuna olinayotganda mayda qum fraksiyasi (0,25-0,05 mm) pipetka sathidan pastda qoldi, ya’ni silindrning quyi qismiga o‘tib ketdi.
Tahlil natijalari asosida tekshirilayotgan tuproqning mexanik tarkibi N.A.Kachinskiy klassifikasiyasi bo‘yicha aniqlanadi.
Yengil va o‘rtacha qumoq (o‘rtacha) tuproqlar agroishlab chiqarish nuqtai nazaridan eng yaxshi tuproqlar hisoblanadi. Ular struktura (donadorlik) hosil qilish xususiyatiga ega, yerga ishlov berish nisbatan oson, bunda tuproq strukturasi bo‘laklariga yaxshi ajralib maydalanadi. Ular yuqori nam sig‘imi va sug‘orilgandan so‘ng suvni ko‘proq ushlab qolishi bilan ajralib turadi: biroq bunda tuproqdagi namlik eng kam nam sig‘imiga mos bo‘lganda ham g‘ovaklarining 10-20 % qismi havo bilan band bo‘ladi, ya’ni bu tuproqlarning aerasiya g‘ovakligi qoniqarli va ular o‘simliklar uchun zarur oziq moddalarga boydir.
5-jadval


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет