Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Suvda eriydigan moddalarning umumiy miqdori



бет31/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Suvda eriydigan moddalarning umumiy miqdori
(quruq qoldiq) ni aniqlash
Tuproqdagi ionlarni sifat tomondan aniqlash
Xlor-ionini aniqlash. 1. Probirkaga 5 ml suvli so‘rim quyiladi va uning ustiga H2SO4 ning 10 % li eritmasidan ikki tomchi tomizilib nordonlashtiriladi.
2. Keyin probirkadagi filtrat ustiga AgNO3 ning 5 % li eritmasidan 5-8 tomchi tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi. Shunda quyidagi tenglama bo‘yicha AgCl ning cho‘kmasi (yoki quyqasi) hosil bo‘ladi:
NaCl+AgNO3=↓AgCl+NaNO3
Eritmaga tushadigan cho‘kmaning miqdoriga qarab xlorning kamligi, ko‘pligi yoki juda ko‘pligi belgilab qo‘yiladi.
Sulfat–ionni aniqlash
Suvli so‘rimda SO4 ionning borligini unga bariy xlorid ta’sir ettirib aniqlash mumkin. Agar suvli so‘rimda ma’lum miqdorda sulfatlar bo‘lsa, ular BaCl2 bilan o‘zaro ta’sirlashib suvda erimaydigan BaSO4 tuzini hosil qiladi. Bu reaksiya quyidagicha kechadi:
Na2SO4+BaCl2=↓BaSO4+2NaCl
1. Probirkaga taxminan 10 ml suvli so‘rim olinadi.
2. Keyin probirkaga BaCl2 ning10 % li eritmasidan 10 ml quyiladi va bu eritma 1 minut davomida qaynatiladi.
3. Agar suvli so‘rimda sulfatlar bor bo‘lsa, u holda idish tubiga bariy sulfatning oq cho‘kmasi tushadi. Cho‘kmaning miqdoriga qarab sulfatlarning kamligi, ko‘pligi yoki juda ko‘pligi yozib qo‘yiladi.
Kalsiy – ionni aniqlash
Suvli so‘rimda kalsiy mavjudligi ammoniy oksalat eritmasi yordamida aniqlanadi. Agar kalsiy mavjud bo‘lsa, u ammoniy oksalat bilan o‘zaro ta’sirlashib kalsiy oksalatning erimaydigan tuzi yuzaga keladi.
1. Probirkaga 5 ml suvli so‘rim olinib, uning ustiga 5 ml ammoniy oksalat (4 % li eritmasi) quyiladi va sirka kislotaning 10 % li eritmasidan bir necha tomchi tomizilib nordonlashtiriladi.
2. Probirka ichidagi eritma qaynaguncha qizdirilidi.
3. Kalsiy oksalat cho‘kmasining miqdoriga qarab kalsiyning kamligi, ko‘pligi yoki juda ko‘pligi yozib qo‘yiladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет