Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Umumiy ishqoriylikni aniqlash



бет33/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Umumiy ishqoriylikni aniqlash
Umumiy ishqoriylik tuproqda ishqoriy karbonatlar va bikarbonatlarning (Na2CO3) hamda ishqoriy-yer metallarning (Ca(HCO3)2 va NaHCO3) mavjudligi bilan bog‘liq.

  1. Bikarbonatlar ta’siridagi ishqoriylik aniqlangan stakanchadagi eritma ustiga 2 tomchi metiloranj qo‘shilib sariq rangdan pushti tusga kirguncha H2SO4 ning 0,02 n eritmasi bilan titrlanadi. Reaksiya quyidagi tenglama bo‘yicha kechadi:

Ca(HCO3)2+ H2SO4=CaSO4+2H2CO3
2NaHCO3+ H2SO4=Na2SO4+2H2CO3
Fenolftaliyen va metiloranj ishtirokidi titrlash uchun sarflangan 0,02 n H2SO4 eritmasining barcha miqdori umumiy ishqoriylikka mos keladi. Umumiy ishqoriylik 100 g havoda quritilgan tuproqqa nisbatan HCO3 ionlarning mg ekvivalent va foizi miqdorida ifodalanadi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
,
bu yerda: X- 100 g tuproqqa to‘g‘ri keluvchi HCO3, mg-ekv; a-normal karbonatlar ta’siridagi ishqoriylikni titrlash uchun sarflangan H2SO4 midori, ml; m-bikarbonatlar tufayli yuzaga keluvchi ishqoriylikni titrlash uchun sarflangan H2SO4 miqdori, ml; Formuladagi boshqa belgilar ko‘rsatkichi bundan oldingi formulada keltirilgan.
HCO3%- mg-ekv * 0,061
bunda 0,061- HCO3 ning mg.ekv massasi.
Xlor – ionni aniqlash
Xlor–ionni suvli so‘rimni neytral muhitda, indikator-K2CrO4 ning 10 % li eritmasi ishtirokida 0,01 n AgNO3 eritmasi bilan titrlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Xlor–ionlari kumush kationlari bilan o‘zaro reaksiyaga kirib kumush xloridning erimaydigan oq cho‘kmasini hosil qiladi. Bu quyidagi tenglama bo‘yicha kechadi:
NaCl+AgNO3=↓AgCl+NaNO3
Xlorning barchasi kumush xloridga o‘tib bo‘lishi bilanoq, AgNO3 ning navbatdagi har bir tomchisi K2CrO4 bilan reaksiyaga kirishadi va quyidagi tenglama bo‘yicha qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli (bu rang suyuqlikni chayqatganda ham yo‘qolmaydi) kumush xromat hosil bo‘ladi:
2AgNO3+ K2CrO4=↓Ag2CrO4+2KNO3
Xlor–ionini aniqlash oldidan suvli so‘rimni H2SO4 ning 0,01 n eritmasi bilan neytrallash zarur. Shu maqsadda, umumiy ishqoriylikni aniqlashda ishlatilgan stakancha ichidagi eritmadan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Umumiy ishqoriylik titrlangan stakanchadagi so‘rim ustiga kaliy xromat (K2CrO4) ning 10 % li eritmasidan 1 ml qo‘shiladi.
2. Stakanchadagi eritma chayqatganda ham yo‘qolmaydigan qizg‘ish-qo‘ng‘irrangga kirguncha AgNO3 ning 0,01 n eritmasi bilan titrlanadi.
3.Xlor–ionini miqdori quruq tuproqqa nisbatan mg.ekv va foiz hisobida ushbu formula yordamida hisoblanadi:
,
bu yerda: a-25 ml suvli so‘rimni titrlash uchun sarflangan AgNO3 ning miqdori, ml; n–AgNO3 eritmasining normalligi; qolgan belgilar ma’nosi umumiy ishqoriylikni aniqlashga doir bundan oldingi formulada keltirilgan.
Cl, %= mg-ekv * 0,0355
bunda: 0,0355- Cl ning miliggramm ekvivalenti.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет