Kalsiy va magniy ionlarini kompleksometrik (trilonometrik) usulda aniqlash
Hozirgi vaqtda trilonometrik usul singdirilgan (almashinuvchi) asoslarni aniqlashda, suvli so‘rimdagi, sizot suvlari tarkibidagi va tuzli so‘rimdagi kalsiy va magniyni aniqlash uchun keng qo‘llaniladi. Trilon –B yordamida dastlab kalsiy va magniyning umumiy miqdori va so‘ngra faqat kalsiyning o‘zi aniqlanadi, magniy esa birinchi va ikkinchi aniqlashlar ayirmasidan hisoblab topiladi. Trilon–B (etilendiamentetrasirka kislotasining natriy tuzi) va Ca+Mg yig‘indisini aniqlashda foydalaniladigan qora xromogen-(qora ernoxrom) indikatori hamda faqat kalsiyni aniqlashda ishlatiladigan mureksid – (purpur kislotasining ammoniyli tuzi) indikatori organik birikmalar – kompleksonlar jumlasiga kiradi.
Kalsiy va magniyning yig'indisini aniqlash
1. Har birining sig‘imi 250 ml dan bo‘lgan ikkita konussimon kolbaga pipetka yordamida 25 ml dan suvli so‘rim olinadi.
2. Har bir kolbaga yana 75 ml dan distillangan suv qo‘yiladi.
3. So‘ngra eritmaga gidroksilamin xloridning 1 % li eritmasidan 5-10 tomchi va natriy sulfid eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi.
4. Kolbalarga 5 ml dan ammiak buferi qo‘yiladi va 10-15 tomchidan qora xromogen indikatoridan tomiziladi (shu indikatorning kukunidan ham foydalansa bo‘ladi), keyin biroz aralashtiriladi. Kolbalardagi eritma olcha qizil rangga kiradi.
5. Kolbalardan biridagi eritma 0,05 n trilon–B eritmasi bilan titrlanadi; ikkinchi kolbadagisi esa eritmalar ranggini taqqoslash uchun xizmat qiladi.
Titrlash davomida eritma doim aralashtirilib turiladi. Eritmaning olcha qizil rangi ekvivalentlik nuqtasi yaqinlashgandan binafsha rangga o‘tadi ana shu paytda sekinlashib va tomchilab titrlanadi. Yashil tusli ko‘k rang paydo bo‘lganda titrlash tugallangan hisoblanadi. Titrlash nihoyasida titrlashga ketgan trilon- B ning miqdori (ml) yozib qo‘yiladi.
100 g tuproqqa to‘g‘ri keladigan Ca va Mg miqdori (mg-ekv) ushbu formulada aniqlanadi:
bu yerda: A-Ca''+Mg'' miqdori, mg-ekv; a–titrlashga ketgan trilon-B ning miqdori, ml; 0,05-trilon-B ning normalligi; K-trilon-B ga tuzatma; P- titrlash uchun olingan so‘rim miqdoriga to‘g‘ri keluvchi tuproq namunasining massasi, g; 100-100 g tuproqqa qayta hisoblash koeffisiyenti.
Достарыңызбен бөлісу: |