Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


-rasm. Tuproqlarning mexanik tarkibini dalada ho‘llab loy



бет54/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Laboratoriya mashg\'

18-rasm. Tuproqlarning mexanik tarkibini dalada ho‘llab loy
qilib aniqlash usuli.
Qumloq tuproq quruq holatda barmoqlar bilan bosilganda osongina parchalanadigan palaxsacha va kesaklar hosil qiladi. Loy qilingan qumloq tuproq namunasini dumaloqlash mumkin, ammo ip qilib yechib bo‘lmaydi.
Yengil qumoq tuproqlar quruq holatida dumaloq shakldagi kesaklar hosil qiladi, barmoq bilan kuchsiz ezganda ham bu kesaklar maydalanib ketadi. Loy namunasini dumaloqlash, yo‘g‘onligi taxminan 3 mm li chilvirga aylantirish mumkin. Chilvirni halqa qilib bukmoqchi bo‘lsak, u qismlarga bo‘linib ketadi.
O‘rtacha qumoq tuproqlar quruq holatda burchaklari, qirralari va yoqlari yaqqol ifodalangan agregatlarni hosil qiladi. Agregatlarni barmoqlar bilan katta kuch ishlatib bo‘lish mumkin. Tuproqning loy qilingan namunasini dumaloqlash, ip qilib chilvirga aylantirish, bu chilvirni halqa qilib bukish mumkin. Bunda halqaning tashqi tomoni yoriladi.
Og‘ir qumoq tuproqlarning agregatlari kub yoki prizma shaklida va qattiq bog‘langan bo‘ladi. Ularni barmoqlar bilan maydalash qiyin yoki umuman mumkin emas, nam holatda juda plastik bo‘ladi. Tuproqning loyli namunasini dumaloqlash, ingichka chilvirga aylantirish, chilvirni halqa qilib bukish mumkin. Bunda halqa yorilmaydi. Yon tomondan bosib siqqandagina halqa yoriladi.
Soz tuproq quruq holatda juda birikkan bo‘ladi. Soz tuproqlar agregatlari mexanik ta’sirlarga juda chidamligi bilan ajralib turadi. Shudgordagi soz tuproq palaxsalarini maydalash qiyin. Tuproq chang hosil qilishga moyil, quriganda esa hamma tomoni yorilib ketadi. Pichoq yoki belkurak bilan kesilgan joyi yaltiraydi. Bunday tuproqlarning loyli namunasi juda plastik bo‘lib, uni ingichka chilvirga aylantirish, chilvirni esa halqa va «sakkiz» ga o‘xshash ko‘rinishida bukish mumkin. Bunday halqani hatto yon tomondan qisganda ham u yorilmaydi.
Tuproqdagi organik qoldiqlar ko‘pincha ildizlardan iborat bo‘ladi. Ildizlarning tarqalish xarakter tarzini o‘rganish har bir tuproq qatlamida o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish sharoitini aniqlash uchun zarurdir. Ildiz sistemalarining barcha tarqalish xususiyatlari daftarga yozib, rasmi chizib tasvirlanadi yoki so‘zlar bilan ta’riflab boriladi (masalan, ildizlar ko‘p, ildizlar mo‘l, ildizlar kam, ildizlar yakkam-dukkam va hokazo).


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет