10-jadval
O’g’itlarning o’ziga xos xarakterli reaksiyalarini yozish uchun quyidagi
jadvaldan foydalanish mumkin:
№
|
O’g’itning tashqi ko’rinishi va rangi
|
Suvda eruv-
chanligi
|
Ko’mir cho’g’ida
|
Reaktivlar
|
O’g’itning formulasi
|
O’g’itning nomi
|
NaOH
|
BaCl2
|
AgNO3
|
1.
|
Oq donador
|
eriydi
|
bor
|
|
|
|
NH4NO3
|
Ammiakli selitra
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Muhim mineral o’g’itlarni aniqlash.
Mineral o’g’itlar kristall va amorf hollarda bo’ladi. Kristall holatdagi o’g’itlar suvda yaxshi eruvchan, amorf o’g’itlar esa kam eriydigan yoki erimaydigan bo’ladi.
Kristall holatdagi o’g’itlarga hamma azotli (kalsiy sianamiddan tashqari) kaliyli o’g’itlar (toshko’mir kuli va kalimagdan tashqari) hisoblanadi. Murakkab o’g’it ammofos ham kristall holatdagi o’g’itlarga kiradi.
Fosforli va ohakli o’g’itlar hamda kalsiy sianomid va kalimag o’g’itlari amorf holatdagi o’g’itlar jumlasiga kiradi.
Shunday qilib, o’g’itlar eruvchanligiga ko’ra ikki gruppaga, ya’ni kristall holatdagi azotli va kaliyli o’g’itlar, amorf holatdagi fosforli va ohakli o’g’itlarga bo’linadi.
Azotli o’g’itlardan ammiakli selitra (NH4NO3). Uning tarkibidagi azot ammoniy va nitrat holida bo’ladi. Hozirgi vaqtda bu o’g’it maydonda donador shaklda chiqarilmoqda. Bu o’g’itdan tashqari natriy (NaNO3) va kaliy (KNO3) selitrasi ishlatiladi, kaliyli selitra murakkab o’g’it hisoblanadi. Bu o’g’itlarni faqat ko’mir cho’g’ida ajratish mumkin. Bunda sariq alanga bersa NaNO3 va binafsha alanga bersa KNO3 o’g’itlari bo’ladi. NH4NO3 ishqor eritmasi tomizilganda ammiak hidi ajraladi.
Bunda quyidagicha reaksiya boradi:
NH4NO3+NaOH=NaNO3+NH4OH -H2ONH3
NH4OH H2ONH3
Natriy va kaliyli selitrada bunday bo’lmaydi, ya’ni ammiak hidi ajralmaydi.
Ammoniy sulfat (NH4)2SO4 ko’mir cho’g’ida suyuqlanadi va oq tutun hosil qilib, ammiak ajratib chiqaradi:
(NH4)2SO4+2NaOH = Na2SO4+2NH4OH
2NH4OH 2NH3+2H2O
Ammoniy sulfatni ammiakli selitradan ajratish uchun eritmaga 2-3 tomchi BaCl (bariy xlorid) eritmasi tomizilsa, oq cho’kma hosil bo’ladi.
(NH4)2SO4+BaCl2= BaSO4+2NH4Cl
Hosil bo’lgan oq cho’kma sirka yoki xlorid kislota ta’sirida erimasa ammoniy sulfat o’g’iti bo’ladi.
Mochevina CO(NH2)2 keng tarqalgan azotli o’g’itdir. Bu o’g’it ko’mir cho’g’ida ammiak hidini beradi, ishqor ta’sirida esa ammiak hidini bermaydi.
MDH va O’zbekistondagi asosiy kaliyli o’g’itlar quyidagilar: kaliy xlorid (KCl), 40% li kaliy tuzi - KCl+mKC+nNaCl, silvinit - mKCl + nNaCl, kaliy sulfat - K2SO4 va boshqalar. Kaliyli o’g’itlarning hammasi ko’mir cho’g’ida parchalanib, sachraydi. Ularni shu xususiyatiga ko’ra azotli o’g’itlardan farq qilish mumkin.
40% li kaliy tuzi oq va qizg’ish pushti kristallardan iborat.
Kaliy xlorid odatda mayda oq kristall yoki donador holatda bo’ladi.
Agar kaliyli o’g’it tarkibida xlor bo’lsa, bunday o’g’itga kumush nitrat eritmasidan 2-3 tomchi tomizilganda oq cho’kma hosil bo’ladi:
KCl+AgNO3 = KNO3+AgCl
Kaliy sulfat oq yoki sarg’ish tusli kukun. Kaliy sulfat suvda eritilib, unga 2-3 tomchi bariy xlorid eritmasi (BaCl2) tomizilganda oq cho’kma hosil bo’ladi.
K2SO4+BaCl2= BaSO4+2KCl+K2SO4+BaCl2
Bariy sulfat sirka va kuchsiz xlorid kislotalarda erimaydi. Kaliy sulfat va ammoniy sulfat bariy xloridda bir xilda oq cho’kma hosil qiladi. Bularning farqini bilish uchun eritmaga 2-3 tomchi ishqor eritmasidan tomizilsa ammoniy sulfat ammiak hidi keladi, kaliy sulfatdan esa ammiak hidi kelmaydi.
Kainit, kalimag va kalimagneziya o’g’itlarni ham bariy xlorid ta’sirida oq cho’kma hosil qilsa, kumush nitratda hyech qanday o’zgarish bo’lmaydi.
Ammofos o’yuvchi natriy yoki o’yuvchi kaliy ta’sirida ammiak hidini, kumush nitrat ta’sirida esa sariq rang hosil qiladi.
Odatda azotli va kaliyli o’gitlar aniqlab bo’lingach, fosforli hamda ohakli o’g’itlar aniqlanadi. Buning uchun sinalayotgan o’g’itdan tarozida 0,5-1,5 g tortib olib, unga 3-4 tomchi sirka yoki xlorid kislota eritmasidan tomiziladi. Bu reaksiyani chinni likopchada yoki temir qoshiqlarda bajarish mumkin. Agar sinalayotgan o’g’itga sirka yoki xlorid kislota eritmasidan tomizilganda o’g’it qaynasa, u ohakli yoki tomasshlak o’g’iti bo’ladi, chunki uning tarkibida tarkibida ohak ko’p bo’lganli uchun u qaynaydi. Fosforli o’g’itlarning qolganlari esa sirka yoki xlorid kislota eritmasi ta’sirida qaynamaydi, ular faqat kumush nitrat ta’sirida sariq rang hosil qiladi.
Fosforit uni - qoramtir sarg’ish tusli, hidsiz, mayda og’ir kukun.
Presipitat - oq tusli hidsiz o’g’it.
Superfosfat - oqish yoki sariq tusli, o’ziga xos hidli fosforli o’g’it. o’g’itni probirkada eritib, bir oz tingandan keyin ko’k lakmus qog’ozini tekkizilsa, u qizaradi.
Suyak uni - och sariq tusli bo’lib, tarkibida fosfor va qisman azot bordir.
Kalsiy sianamid - qora tusli kukun, suvda erimaydi. Kalsiy sianamidning suvli eritmasiga qizil lakmus qog’oz tushirilsa, eritmaning muhiti ishqoriy bo’lgani uchun qizil lakmus qog’oz ko’karadi. Bu o’g’it ko’pincha defoliant sifatida ya’ni g’o’zaning bargini to’kish uchun ham ishlatiladi.
Достарыңызбен бөлісу: |