262
BOLA SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA
TARBIYACHINING O`RNI
T.B.Joniyeva
TerDU Maktabgacha ta`limy o`nalishi 3-kurs talabasi
Ma'lumki, ―Ta'lim to`g`risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖dan ko`zlangan aossiy maqsad – ta'lim-tarbiya sohasini tubdan isloh qilish,
uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.
Dunyoga yangi ko`z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko`zini biluvchi, buyuk
kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni
tayyorlash, Respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas'uliyatli
vazifadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil
19-oktabr kuni maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga
bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri, Prezidentning Davlat
maslahatchilari, tegishli vazirlik va idora raxbarlari ishtirok etdi. Mamlakatda
milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlidni yetuk kadrlar etib tarbiyalash
masalalariga doimiy e‘tibor qaratib kelinmoqda. 2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib
o‘tgan yig‘ilishda ta‘lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab
berildi.
Xususan, maktabgacha ta‘lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish,
mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yilgan edi.
Jamiyatimiz taraqqiyotining muhim sharti bo`lg`usi kadrlarni tayyorlash
tizimining mukammal bo`lishi, zamonaviy fan-texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi
hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga ilg`or pedagogik
tajribalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o`qitish va rivojlantirish
maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimini orqali har
tomonlama rivojlangan shaxs — fuqaroning tashkil topishni ko`zda tutadi. U ushbu
ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta'lim xizmatlarining istemolchisi,
buyurtmachisi sifatida va huddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi.
Tarbiyachi
yosh
avlodni
xalqimizning
munosib
farzandlari
qilib
tarbiyalashdek
muhim,
faxrli
va
shu
bilan
birga
mas‘uliyatli
vazifani
bajaradi.
Tarbiyachining
siyosiy
etukligi
bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‗z
mas‘uliyatini anglashiga, ta‘lim-tarbiya vazifalarini
hal etishga ijodiy
yondoshishi, o‗z
mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi
hamkasblarining o‗sishiga ko‗maklashishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bo‗lishi, o‗zi yashab turgan o‗lka
hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol
bo‗lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar ruhiyati
va
fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
263
SHuningdek, tarbiyachining pedagogik hodisalarni tahlil qilishga
ilmiy nuqtai nazardan yondoshuvi bolalarni har tomonlama rivojlantirish
muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Har bir tarbiyachi o‗ziga
qo‗yilayotgan zamonaviy talablarni his eta bilishi davlatimiz maktabgacha
ta‘lim muassasalari oldiga qo‗yayotgan talablarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishining garovidir. Bu talablar:
- Bolaning sog‗lig‗ini saqlash va mustahkamlash.
- Aqliy qobiliyatlarini o‗stirish.
-
Milliy
qadriyatlar,
ma‘naviyatimizning
g‗oyaviy
-
aqliy
tamoyillariga mos e‘tiqod va qarashlarni tarkib toptirish.
- Ona Vatanga muhabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirshi.
- YOsh avlodda o‗rtoqlik, do‗stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni
tarkib toptirish.
Yuqorida keltirilgan
sifatlarni tarkib toptirish o‗sib kelayotgan
yosh avlodni tarbiyalash hamma tomonlarni qamrab ololmaydi. Lekin
tarbiyachi shularga asoslanib bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga
tayyorlash ishini ma‘lum bir maqsad bilan samarali amalga oshirishi
mumkin.
Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb
etadi. Ayniqsa, uning har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida
javobgarligini taqozo etadi. SHunga kura -tarbiyachi bolalarga kundalik
hayotda o‗yinlarga, mashg‗ulotlarga, birgalikda mehnat faoliyatida, ular
bilan bo‗ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‗lishi, bolani har
tomonlama diqqat bilan o‗rganishi, uning shahsiy xusutiyatlari,
qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokotini namoyon qilishi, bolalarning
xulq-atvori, ish natijalarini haqqoniy baholash va ularga o‗z vaqtida yordam
ko‗rsata olish hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda bo`lg`usi kadrlarni har tomonlama tayyorlash –
pedagogik, texnik-texnologik, kasbiy bilim olishining o`ziga xos belgisi ularning
amaliyot asosida yangilikni o`rganish, bilimga intilish, ko`nikma, malaka, mahorat
darajasini ko`tarish, ishlab chiqarish va jamiyatning muhim masalalarini ochishga
qaratiladi.
Достарыңызбен бөлісу: