Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет79/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164
1-секция

Литература


150 
1. Реймерс Н. Ф. Природопользование. Словарь-справочник, М., изд-во 
Мысль, 1990.
2. Марфенин Н. Н.. Устойчивое развитие человечества. Изд-во МГУ, 
М.:, 2007 г.,
3. Яницкий О. Н. Экологическое движение в России. Критический 
анализМ.: Институт социологии РАН. 1996. – 216 с. 
ALTRUIZM – SHAXS KAMOLOTIGA TA`SIR
ETUVCHI OMIL SIFATIDA 
 
M.E.Berdiqulova - I bosqich magistrant 
O‟zbekiston Milliy Universiteti
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
islohotlarimizning samaradorligi avvalo, xalq ma`naviyatining tiklanishi, boy 
tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an`ana va urf-odatlarimizning 
saqlanishi, madaniyat va san‘at, fan-ta‘lim rivoji, eng muhimi jamiyat tafakkurining 
o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog`liqdir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z 
mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning 
istiqboli bugungi avlodning bilimdon, ma‘naviy jihatdan barkamol ruhiy sog‘lom 
insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liqdir.
Darhaqiqat, o‘qimishli, ruhan tetik, sog`lom va jismonan baquvvat 
kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi. Yuqoridagi 
mulohazalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, respublikamizda amalga 
oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi tarzida shakllanayotgan yosh avlodni 
voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida 
kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal 
etishga tayyorgarlik masalasi asosiy muammolar tariqasida ta`lim jarayonining kun 
tartibida turibdi. 
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o‗ylashga, 
fikrlashga, mulohaza yuritib, o‗zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda.
Ya‘ni, bu cheksiz olamda biz o‗zimizni o‗zgalarsiz, o‗z manfaatlarimizni o‗zgalar 
manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham insonlar psixologiyasini bilishga 
majburmiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati inson manfaatini himoya qilish, 
uning uchun munosib turmush tarzini yaratishdan iborat.
Ma`lumki, shaxs kamolga yetib borar ekan, unga atrofdagi tashqi muhit, 
shaxslararo munosabatlar, ta`lim olayotgan muassasasi hamda oilaviy muhit tizimli 
ravishda ta`sir ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘smir o‘quvchilarda shaxslararo 
munosabatlarni to‘g`ri yo‘lga qo‘yilishi ularni har tomonlama kamolga yetishishiga 
olib keladi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib, barkamol shaxs va yetuk kadrlarni 
tayyorlashda ulardagi ijobiy sifatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yer yuzida insoniyat paydo bo‘libdiki, hamisha uning xulq-atvori, ruhiyati, ichki va 
tashqi olamini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj va qiziqish kuchli bo‘lgan. Shaxs xulq-
atvori va uning o‘zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar olimu-ulamolarning doimiy 
diqqat markazida bo‘lgan. Mana shunday xulq-atvor ko‘rinishlaridan biri 
altruizmdir.


151 
Bu tushunchani shaxs kamolotiga ta‘sirini tahlil qilishdan avval al‘truizm o‘zi 
nima ekanligini aniqlashtirib olsak. Altruizm (lotincha alther - boshqa) – shaxs 
qabul qilgan qadriyatlar yo‘nalishi bo‘lib, bunda uning ma‘naviy bahosi mezoni va 
asosiy mohiyatida o‘zga odamning yoki ijtimoiy guruhning qiziqishlari yotadi. 
Altruizm atamasini birinchi bo‘lib fransuz faylasufi O. Kant egoizmga qarama-
qarshi atama sifatida fanga kiritgan [1, 2, 3]. Altruizmning bosh g‘oyasi – o‘zgalar 
qiziqishlariga yo‘naltirilgan va hech qanday manfaat ko‘zlanmaydigan xulq-
atvordir. Altruizm shaxs xulq-atvorini to‘liqligicha aks ettirsagina, u anglangan 
qadriyatlar tizimiga aylanishi va shaxsning hayoti mazmuniga singib ketishi 
mumkin. Altruizm kishilarning kundalik muloqot va faoliyatida ijtimoiy-psixologik 
voqelik sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Muayyan bir xavfli vaziyatlarda 
namoyon bo‘luvchi vaziyatli al‘truistik ustanovkalar altruizmni yuzaga keltiruvchi 
mexanizm bo‘lishi mumkin. Z.Freyd konsepsiyasida altruizmni namoyon bo‘lishi 
subyektning aybdorlik hissini susaytirishga bo‘lgan nevrotik ehtiyoji yoki siqib 
chiqarilgan dastlabki egoizmni kompensatsiyalash sifatida ko‘rib chiqilgan [2]. 
Demak, altruizm – bu o‘zga insonlar ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan 
xulq-atvor shakli bo‘lib, uning asosida hech qanday manfaat kutmaslik yotadi. Bu 
insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishga tayyorlik demakdir. Altruistik xulq egasi 
boshqalarga har doim, har qanday sharoitda xatto buning evaziga hech narsa 
olmasligini bilsa ham, boshqalarga qilgan yordami uchun o‘zi jabr ko‘rsa ham 
baribir boshqalarga yordam beraveradi.
Altruizm – bu o‗zga odamning yoki ijtimoiy guruhning qiziqishlariga 
yo‗naltirilgan va hech qanday manfaat ko‗zlanmaydigan shaxs xulq-atvoridir. 
Bizga ma‘lumki, Sharqning buyuk siymolari o‗zlarining asarlari, ilmiy izlanishlari 
davomida ko‗pgina ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy masalalarning nazariy va amaliy 
asoslarini yaratib berganlar [3]. Ayniqsa, bola tarbiyasi va uning kamoloti borasida 
o‗zlarining qator pedagogik-psixologik fikrlarini bildirib o‗tganlar. Shu jumladan, 
altruizm muammosining tahlili ham Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‗z aksini 
topgan. Biroq, bu muammo ularning asarlarida ―altruizm‖ tushunchasi orqali emas, 
balki, ―ezgulik‖, ―muruvvat‖, ―yaxshilik‖, “sahovat‖, ―futuvvat‖, kabi 
tushunchalar negizida yoritib berilgan. Bizga ma‘lumki, mana shu oliy sifatlar 
zamirida o‗zgalarning manfaatlari, qarashlari yotadi. Shunga ko‗ra, allomalarimiz 
asarlarida keltirilgan mana shu kabi shaxs ijobiy sifatlarini aynan altruizmning 
sharqona tavsifi deb hisoblash mumkin. 
Bundan tashqari bu tushuncha muqaddas dinimiz islomda ham keng o‘rin 
olgan. Agar inson kimningdir koriga yaramasa, u haqiqiy mo‘min bo‘la olmasligi 
muqaddas kitoblarimizda aytilgan. Hozirgi jamiyatdagi eng og‘ir muammo bu yosh 
avlod tarbiyasidir. Bu tarbiya zamirida altruizm kabi g‘oyalarning o‘rni benihoya 
katta.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatning ma‘naviy hayoti shaxsning ma‘naviy 
qiyofasiga bog‘liqdir. Shaxs ma‘naviy qiyofasida esa altruizm kabi g‘oyalar o‘rni 
salmoqli 
ekanini 
hayotning 
o‘zi 
ko‘rsatmoqda. 
Insonlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarning manfaat ustida qurilishi, jamiyatni chok-chokidan yemiradigan 


152 
illatdir. Shu bois bu illatdan qutulmoq kerak. Buning uchun esa insonda altruistik 
dunyoqarash shakllangan bo‘lishi kerak. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет