Объединение юридических лиц в форме ассоциации


INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL



Pdf көрінісі
бет173/199
Дата28.02.2023
өлшемі3.95 Mb.
#470155
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   199
1 3 ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ НАУКИ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020: CENTRAL ASIA» 
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, FEB-MARCH 2020 
 
165 
o‘qituvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi 
orasidagi munosabat insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, noxush hissiyotlarni bartaraf 
etishga yo‘naltirilishi lozim. Ikkala tomon orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan 
zavqlanish, o‘quv faoliyatiga nisbatan chanqoqlik bilan intilish hamda birgalikdagi ijodiy 
muloqotga chorlashi kerak. Bu esa pedagogik ta’sirning yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan 
o‘zaro aloqa vositasi-“ko‘prik”ni hosil qiladi. 
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar ta’lim oluvchilarning bilim olish 
jarayonini o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtiradi. Bola hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi 
vazifalar amalga oshiriladi: 
-o‘quvchining o‘qishga, mehnatga nisbatan qiziqishi ortadi; 
-o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi, ya’ni kommunikativ-muloqot 
madaniyatini egallashiga yordam beradi; 
-o‘quvchining o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon yaratadi; 
-hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo‘ljalni 
to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; 
-o‘yin davomida ijtimoiy me’yorlarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham 
berish imkoniyati yaratiladi; 
-o‘quvchining fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
-insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-
madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi’ 
-o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Aynan ushbu jarayonlar bevosita muloqot vositasi bo‘lgan ona tili va adabiyoti ta’limi 
bilan bog‘liqligi barchamizga ayon. Har qanday muloqotning asosini, albatta, til tashkil etadi. Til 
madaniyati- umummilliy madaniyatning bosh ko‘rsatkichi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘quv jarayonida o‘yinlar va ular tarkibida turli topshiriqlardan 
foydalanish, darslarda o‘yin vaziyatlarini hosil qilish natijasida o‘quvchilar o‘zlari sezmagan 
holda toliqmasdan turib zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar, hamkorlikda 
faoliyat ko‘rsatish, bir-birlariga ko‘maklashish, musobaqalashish, sog‘lom raqobatga kirishish 
tajribasini egallaydilar. Adabiyot ta’limi o‘quvchining xarakteri, dunyoqarashi, olamni uyg‘un va 
obrazli tarzda ifodalashga moyil tafakkur tarzidan kelib chiqadi. Ta’limning o‘yinli faol 
texnologiyalari aynan shu muammoni hal etishga qaratiladi. Ushbi texnologiya zamirida 
o‘quvchini maktab ta’lim-tarbiyasiga hadiksirab qarashdan, o‘quvchi ko‘rsatmalarini aynan 
takrorlashdan xalos etish, uni ta’lim jarayonining faol sub’yektiga aylantirish g‘oyasi yotadi. 
O‘yinga asoslangan ta’lim g‘oyasi aynan shu muammoni hal etishga qaratilgan. Barcha davrda 
ta’limning asosiy muammosi o‘quvchini o‘ziga jalb eta olish, uni qiziqtirish, hayajonga solish, 
faoliyatidagi muhim o‘rinni egallash o‘qituvchi uchun o‘ta muhim. Rus metodistlari E. 
Bugrimenko va G. Sukermenlar o‘yin mashg‘ulotini 2 turga bo‘ladilar: 
1. Ko‘ngil ochar o‘yinlar. 
2. Ta’lim beruvchi o‘yinlar. 
Didaktik o‘yinlarga qo‘yiladigan talab esa birmuncha jiddiyroq. Ular bevosita ta’lim 
maqsadiga xizmat qiladi. O‘quvchida bilim olishga ishtiyoq, izlanuvchanlik va topqirlik 
faoliyatini shakllantiradi. Ta’lim uchun xizmat qiladigan ma’lumotlarni o‘zlashtirishga 
qaratilgan o‘yinlar o‘quvchida nazariy bilimlarni shakllashtirishi kerak. Yangi mavhum 
tushunchalarni o‘quvchi obrazli-hissiy qabul qilishga erishish zarur. Demak, o‘qituvchi darsda 
o‘yinlarni qo‘llar ekan, uning didaktik va ko‘ngilochar turlaridan qay darajada foydalanishni, 
me’yorni bilishi lozim. 
Darsda 
didaktik o‘yin unsurlarini qo‘llash o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi 
qiyinchiliklarni bartaraf qiladi. 
Sahna –dars orqali ularda mantiriy va mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanibgina qolmay, 
ijobiy fazilatlar ham shakllanib boradi. O‘quvchilarda ertak qahramonlari orqali yaxshi va 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   199




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет