Объединение юридических лиц в форме ассоциации


INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL



Pdf көрінісі
бет174/199
Дата28.02.2023
өлшемі3.95 Mb.
#470155
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   199
1 3 ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ НАУКИ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020: CENTRAL ASIA» 
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, FEB-MARCH 2020 
 
166 
yomonni ajratish, yomondan hazar qilish, ojizlarga yordam berish kabi ijobiy xislatlar tarkib 
topadi. Bunday darslarning tez-tez o‘tkazilishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini 
oshirish bilan birga o‘qituvchining mahorati ham oshib boradi. 
Darslarda o‘rganilayotgan o‘quv materialini sahna ko‘rinishi asosida o‘zlashtirish asarni 
rollarga bo‘lib o‘qish yoki shu asar qahramonlarini sahna ko‘rinishi orqali namoish etish 
o‘quvchilarda darsga qiziqishni oshiradi, o‘quvchilar o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirishga 
erishadilar. 
Uzluksiz ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar ta’lim oluvchilarning bilim olish 
jarayonini o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtiradi. Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi 
vazifalar amalgam oshiriladi: 
-shaxsning o‘qishga, mehnatga nisbatan qiziqishi ortadi; 
-o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi, ya’ni kommunikativ-muloqot madaniyatini 
egallashiga yordam beradi; 
-hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo‘ljalni to‘g‘ri 
olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; 
-o‘yin jarayonida ijtimoiy me’yorlarga mos hulq-atvorni egallash, kamchiliklarga balham berish 
imkoniyati yaratiladi; 
-shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
-insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi; 
-o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi; 
Aynan ushbu jarayonlar bevosita muloqot vositasi bo‘lgan ona tili va adabiyot ta’limi bilan 
bog‘liqligi barchamizga ayon. Har qanday muloqotning asosini, albatta, til tashkil etadi. Til 
madaniyati-umummilliy madaniyatning bosh ko‘rsatkichi. Ayniqsa, inson ma’naviyatining 
yuksalishi tilga, ona tiliga bo‘lgan e’tibordan boshlanar ekan, afsuski, hanuzgacha tilga, 
so‘zlashuv madaniyatiga e’tiborsiz qaraydigan kimsalar bor. Shuning uchun ham Prezidentimiz 
ma’naviyatni shakllantiruvchi boshqa omillar qatorida til masalasiga alohida e’tibor qaratib, 
shunday deydi:” Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko‘p ish 
qilishimiz lozimligini unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, ba’zi rasmiy muloqotlarda ham adabiy til 
qoidalariga amal qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini 
qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo‘lib 
qolayotganini ko‘rsatdi…”(1). 
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarini o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda 
quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi lozim: 
a) didaktik o‘yin mash’g‘ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lishi; 
b) jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, ular o‘yin davomida 
hal qilinishi; 
c) barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq me’yorlarga mos kelishi; 
d) o‘yin tuzilish jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi; 
e) mashg‘ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga 
erishishi kerak. 
Didaktik o‘yinlar o‘yin usullarini cheksiz takrorlash va o‘zgartirish, o‘yinga turli narsalar 
kiritish imkonini beradi. Masalan, “Jimjitlik” o‘yininig 5-7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim 
bolalar bilan 10 xili turli ko‘rsatmali material bilan o‘tkaziladi va hokazo. Natijada o‘yin 
malakalarining bir xilda va mustahkam bo‘lishiga o‘yinning har bir qoidasini tinglay bilish va 
unga rioya qilinishiga erishish imkonini beradi. O‘yinlar o‘zining shakli jihatdan asosan quyi 
sinflarda o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan ham, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan 
tushuntiriladi va o‘quvchilarni birma-bir so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan va shu 
singari o‘yinlardan ham har tomonlama farq qiladi. Didaktik o‘yinlar ta’limning 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   199




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет