INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020: CENTRAL ASIA»
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, FEB-MARCH 2020
168
bo‘lgan qiziqish orta boradi. O‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va
vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Shunday qilib, didaktik o‘yin mashg‘ulotlari orqali maktablarda ta’lim oluvchilar nafaqat
yangi kasblar bilan tanishadilar, balki egallagan bilimlarini qaysi sohalarda qo‘llash
mumkinligini o‘rganadilar, fanga bo‘lgan qiziqishlari ortadi, qo‘shimcha adabiyotlardan
mustaqil foydalanishga, o‘z o‘rtog‘ining fikrini sabot va chidam bilan tinglashga, harakatlari
bilan birga so‘zlarini ham nazorat qilishga, o‘z-o‘zini tanqidiy baholashga odatlanadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. M. Shomonov. Usluksiz didaktik o‘yin mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda notiqlikni
rivojlantirish. “Uzluksiz ta’lim” jur. 1-son. T. 2013-y.
2. Q. Husanboyeva. Adabiyot-ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. T., 2009-y.
3. B. Xodiyev, L. Golish. Mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish uslub va vositalari. T. , 2008-y.
4. Q. Yo‘ldoshev. Adabiy saboqlar. Metodik qo‘llanma. T., “Bilim”, 2003-y.
ИЛМИЙ ФАНТАСТИКА ВА МАГИК РЕАЛИЗМ УЙҒУНЛИГИ
(Михаил Булгаков ва Габриэль Маркес ижоди мисолида)
Мансурова Нодира Бобожоновна
катта ўқитувчи, НДПИ
Навоий, Ўзбекистон
Аннотация: Қўлланилиш жиҳатидан кўламдорлигига қарамай, магик реализм
айнан бадиий адабиёт йўналишида ўзининг том маънодаги чўққисига кўтарилган. Магик
ва фантастик унсурларнинг асар ичига, асар қаҳрамонлари руҳиятига сингиб кетганлиги,
рамзларга тез-тез мурожаат этилиши, фольклор элементларининг мавжудлиги ва уларнинг
инсоний эҳтиросларга таъсири ёритилган.
Достарыңызбен бөлісу: |