Тиллабаева Зилола Рахматиллаевна


Qarg‘ish, so‘kish ma’nolarini ifodalovchi frazeologizmlar



бет14/30
Дата07.08.2024
өлшемі179.46 Kb.
#503126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Tillabayeva avtoreferat lotincha

6. Qarg‘ish, so‘kish ma’nolarini ifodalovchi frazeologizmlar. Aynan Samarqand shahri qarluq lahjasida keng tarqalganlariga to‘xtalib o‘tsak, “ādämlär qätāridän käm bogür”, “bojginäη lähäddä čirigür”, “jüziηni mürdašoj ko‘rsin”, “ǯüvānimärg bol”, “särγältān bol”, “qolläriη čüηüräk bosün”, “bālläriη blän qošmäzār bol”, “ujläriη beegä qāsün”, “xeš-ü tävāriη blän čil mäzār bol”, “bojginäη säpčädäj üzilsün”, “bojiη serridäj bolmäj ol”, “Xüdāj āsin seni”, “kokiηni kijäj”, “Xüdādän tāpkür”, “sürāpčäη ävārä”, “äft-ü ändāmiη qürsün” kabi.
7. Ozg‘inlikni ifodalovchi frazeologizmlar. Samarqand shahri qarluq lahjasida esa bu frazeologizmlarning ma’nodoshi “mürdä qāq”, “simjān silliq”, “sim kälit” ko‘rinishdagi metaforik usulda yuzaga kelgan iboralar qo‘llaniladiki, bular boshqa lug‘atlarda keltirilmagan. Ozg‘in kishini o‘likka, kalitga o‘xshatish vositasida mana shunday ajoyib original frazeologizmlar shakllangan: Avqotingni ye, simjān silliq (“Bibixonim” mahallasi). Bilmadum bu mürdä qāq qachon semiradi? (“Yoshlik” mahallasi) Kelinim sim kälit-dä (“Juhuton” mahallasi).
8. Dangasalik, faoliyatsizlik ma’nolarini ifodalaydigan frazeologizmlar. O‘TILda shu mazmundagi “qo‘li bo‘sh” iborasi keltirilgan. Bularga ma’nodosh shevada uchraydiganlari quyidagilar: “tāzä hävā xoǯäjini”, “čil kārä”, “ālib, tākčägä qoj”, “ädresi joq”. Dāmmādi tāzä hävā xoǯäjini (“Bibixonim” mahallasi). O‘g‘li čil kārä. Tuzukli hunari yo‘x (“Navgandagi” mahallasi). Yaqinda ogan kelinimiz hech ish qimaydu, ālib, tākčägä qojlardan ekan-da (“Rustam qishloq” mahallasi).
9. Ezmalik, ko‘p gapirish xislatlarini ifodalovchi frazeologizmlar. Adabiy tildagi “labi-labiga tegmaydi” iborasining “ǯäγi-ǯäγigä tegmäjdi” varianti ishlatiladi. Shuningdek, “gäpni läγmāndäj čozmāq”, “ezilib otirmāq” kabi iboralar Samarqand shahri qarluq lahjasida uchraydi. Bu bozorchi xotunni ǯäγi-ǯäγigä tegmäjdi (“Navgandagi” mahallasi). Biyiseshammida biyimlom gäpni läγmāndäj čozip o‘tirdilar-da, biram uyollim xesh-u tavor ollida (“Juhuton” mahallasi). Qalavur qayga borsa ezilib otirädü (“Rustam qishloq” mahallasi).
Samarqand shahri qarluq lahjasiga xos iboralarni adabiy tilda mavjud ma’nodoshlari bilan qiyoslagan holda tadqiq etish orqali ona tilimiz lug‘aviy boyligi bo‘lgan frazeologizmlarni keng o‘rganishni talab qiladi. Biz mazkur hudud shevalarini tadqiq qilish jarayonida adabiy tilda uchramaydigan iboralarni o‘ziga xos tahlil qilishga harakat qildik. Shunday ekan, o‘zbek tili frazeologizmlarining to‘ldirilgan yangi tahrirdagi izohli lug‘atini tayyorlashda nafaqat Samarqand, balki boshqa qarluq shevalari vakillari nutqida uchrovchi iboralar qamrab olinishi kerak, deb hisoblaymiz. Bu esa ona tilimiz so‘z zahirasi naqadar boy ekanligidan dalolat beradi.
BobningIjodkorlar asarlarida SShQLga xos iboralarning qoʻllanilishideb nomlangan uchinchi faslida Alisher Navoiy asarlarida, Abdulla Qodiriy romanlarida, Behbudiy, Hoji Muin ijodida, Nusrat Rahmat asarlarida, Orif Gulxаniy vа Olim Orifiy she’rlarida qoʻllanilgan aynan Samarqand shahri qarluq lahjasiga xos iboralarni aniqlab, ularni tahlilga tortdik. Samarqandlik ijodkorlar asarlarida qoʻllanilgan shevaga doir iboralar milliy koloritni, aynan mazkur hududga taalluqli urf-odatlarni, voqea-hodisalarni tasvirlash uchun qoʻllanilgan boʻlib, bu ularning bevosita tugʻilib oʻsgan hududi shevalarining ta’sirida boʻlganini izohlaydi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет