Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


– Mashg’ulot. O’simlik tarkibidagi yalpi azot, fosfor va kaliyni



бет67/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
Laboratoriya mashg\'

12 – Mashg’ulot. O’simlik tarkibidagi yalpi azot, fosfor va kaliyni
bitta namunada K.Ginzburg Sheglova va Vilfuis usulida
aniqlash. (6 soat)
Mashg’ulotning maqsadi: K. Ginzburg usulida o’simlik kuli hosil qilish va undan azot, fosfor, kaliyni aniqlashdan iborat.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: Kul hosil qilish uchun: Konsentrlangan sulfat kislota sol. massa 1,84 va 57% li HClO4 1:10, nisbatdagi aralashmasi tajriba oldidan tayyorlanadi. Azotni aniqlash uchun: 50% li o’yuvchi ishqor eritmasi 500 g NaOH 1 l suvda eritiladi, 0,02n sulfat kislota, 0,02n o’yuvchi ishqor, fiksanaldan tayyorlanadi, metil qizil indikatori, fenolftalein yoki lakmus qog’ozi. Fosforni aniqlash uchun: Suyultirilgan sulfat kislota, zichligi 1,84 bo’lgan konsentrlangan, sulfat 10 ml kislota 700 ml suvda 150 ml hisobida eritilib 1l hajmga yetkaziladi. Kislotali muhitdagi ammoniy molibdati 20 g ammoniy molibdat tuzi distillangan suvda eritilib, hajmi 1l ga yetkaziladi, Qalay xlorid eritmasi 2 g qalay xlorid 30-40 ml konsentrlangan vodorid xloridda suv hammomida quriguncha qizdiriladi. Qoldiq 10 ml suyultirilgan sulfat kislota bilan eritiladi. Bu 20%li qalay xlorid eritmasi 1-2 oy saqlanadi. 1%li eritma tayyorlash uchun 1 ml 20% kalay xlorid eritmasi 5 ml suyultirilgan sulfat kislota bilan qo’shilib, 20 ml hajmga distillangan suv bilan yetkaziladi. 0.1%li beta-dinitrofenolning suvdagi eritmasi, 0,1%li fenolftaleinning spirtli eritmasi, 10%li NaOH, 10% li HCl
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
O’simliklar oziqlanishida eng muhim ahamiyat kasb etuvchi elementlarga azot, fosfor va kaliy kiradi. Ularning o’simlikdagi miqdorini aniqlash, o’simliklar tomonidan olib chiqilishini o’rganish, fazalar bo’yicha ularga bo’lgan talabni hisobga olgan holda mineral o’g’itlar qullash tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu maqsadda o’simlik namunalari ho’l usulda kuydiriladi. Ho’l usulda kuydirishning afzalligi shundaki, bunda ayrim elementlar, jumladan fosfor, kaliy, oltingugurt yo’qolishini oldi olinadi.
K.Ginzburg usulida kul hosil qilish o’simlik organik moddalarining 10:1 nisbatda olingan sulfat va xlorid kislotalari aralashmasida gidrolizlanib, oksidlanishiga asoslangan.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет