Keywords: pedagogical technologies Pedagogical literature
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
266
KIRISH
Mamlakatimiz qiyofasi qanday o`zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga
erishganimiz, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik
davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo`lida qanday sur`atlar bilan rivojlanib
borayotganimizni baholash ehtiyoji tug’ilgan kunda bajarilmoqda .
Qisqacha aytganda, biz o`z oldimizga qo`ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar,
ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning
barqaror o`sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida
munosib o`rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan
xolisona baho berishimiz tabiiydir.
Tadqiqot maqsadi: Jismoniy tarbiya darslarida yangi pedagogik tehnologiyalarni
tadbiq etish.
Natijalar.Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun
egalari bo`lgan yosh avlod istiqboli, ta`lim-tarbiyasiga mas`ul bo`lgan ustoz va
murabbiylar kasbiga bo`lgan munosabat o`zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o`z
navbatida o`ta mas`uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e`tibor davlat
siyosati darajasiga ko`tarilib, doimiy e`tibor ostidadir.
Mamlakatimiz ta`lim tizimida uzoqni ko`zlab olib borilayotgan islohotlar bugun
nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e`tibor bilan e`tirof etilmoqda.
Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta`mirlangan, eng
so`nggi rusumdagi o`quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni
haqiqatdir.
O`tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega
bo`lgan eng muhim ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab
ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga
etkazildi. 9 yillik umumta`lim maktab bosqichini va 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar
ta`lim bosqichini o`z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta`lim tizimi yaratildi va 12 yillik
ta`lim tizimiga o`tish yakunlanmoqda.
O`rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010 yilda davlat byudjetining 50 foizdan
ko`prog’i mamlakatimizda faqat ta`lim-tarbiya va sog’liqni saqlash sohalarini
rivojlantirishga yo`naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so`z borganda, o`tgan yillar davomida katta kuch va
mablag’ hisobidan ta`lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va
samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo`lishi
kerak. Ta`lim sohasida zamonaviy axborot va komp’yuter texnologiyalari, internet
tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini
o`zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar
nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o`quv yurtlariga, balki har qaysi oila, hayotiga
keng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz
lozim.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
267
Mas`uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida,
Respublika Oliy Majlisining 9-sesiyasida qabul qilingan “Ta`lim to`g’risida”gi Qonun
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni (1997 yil 29 avgust) ro`yobga chiqarish orqali
bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta`limning yangi modeli yaratiladi.
Bundan ko`zlangan maqsad ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan kolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlapshing milliy tizimini yaratish edi.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta`lim-tarbiya modelini amaliyotga
tatbiq etish o`quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog’liqdir.
Ushbu dastur mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab
voyaga etkazish jarayonining mohiyati to`laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar
tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o`zida ta`lim jarayonini samarali tashkil etish,
uni yuqori bosqichlarga ko`tarish, shu bilan birga jahon ta`limi darajasiga etkazish
borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. CHunonchi, mazkur jarayonning
birinchi bosqichi ( 1997-2001 yillar)da “...o`quv-uslubiy majmualarning hamda ta`lim
jarayoni didaktik va axborot ta`minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish”,
ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da “...ta`lim muassasalarining moddiy-texnika va
axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o`quv-tarbiya jarayonini yuqori
sifatli o`quv adabiyotlarni va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash” hamda
uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da “...ta`lim muassasalarining resurs,
kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash o`quv-tarbiya jarayonini yangi
o`quv uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to`liq ta`minlash” kabi
dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim.
Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik
texnologiya tushunchasi ta`lim amaliyoti va nazariyasi ilmdan mustahkam o`rin
egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o`rni hali
noma`lumligicha bo`lmay qolmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli
qarashlar mavjud bo`lgan: u texnik vositalar haqidagi ta`limot deb hamda o`qitish
jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan.
Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta`riflari mavjud.
N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o`quv
jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lishi shart deb
hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar ishlab
chiquvchi, ularni izchil qo`llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan
bo`lishi kerak, deb hisoblaydi, ularsiz pedagogik jarayon asoslanmay qoladi.
Ayrim mualliflar o`qitish texnologiyalariga fan va san`at oralig’idagi fan deb
qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
268
SHunday qilib, bir yondashuvda o`qitish texnologiyalari o`kitishning barcha
vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda
texnologiya o`quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Boshqa
yondashuvda
texnologiyaga
ta`lim
amaliyotini
yangi
yoki
zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta`minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat
beradi. Bunda texnologiyaga ta`limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish
sifatida qaraladi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Evropada ta`limni isloh
qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.YA.Gal’perin, V.I.Davidov,
N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I. Zankov texnologiyalari mashhur. O`qitishni
tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespal’ko, N.F.Talizina, L.M.Fridman,
YU.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavtsev, A.M. Matyushkin, M.I.Maxmutov
kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Pedagogik texnologiyada hali ko`p aniqlanmagan masalalar bor, bu muammoni
tadqiq etish o`qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini
aniqlash bilan bog’liq.
Pedagogik texnologiya o`ziga xos va potentsial yaratiladigan pedagogik
natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador
nazariy va amaliy (ta`lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.
Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar
tomonidan berilgan ta`riflarga to`xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.
«Pedagogik texnologiya – psixologik va pedagogik o`gitlar yig’indisi bo`lib,
shakllar, metodlar, usullar, o`qitish yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus
to`plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham
bildiradi» (B.Lixachev).
«Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan
shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo`lishning tizimli
yig’indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Klarin). «Pedagogik texnologiya – talaba va
o`qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o`quv jarayonini loyihalashtirish,
tashkil etish hamda o`tkazish bo`yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama
o`ylangan modelidir». (V.M.Manaxov).
«Pedagogik texnologiya - avvaldan berilgan tavsifga ko`ra asoslangan didaktik
jarayonlarning joylashtirilishi bo`yicha ishlab chiqilgan maqbul tizim va tamoyillar
mohiyatini belgilovchi ilmiy tadqiqot va didaktikaning muayyan yo`nalishi»
(I.P.Podkasistiy).
«Pedagogik texnologiya - ta`lim jarayoniga nisbatan o`ziga xos yondoshuv;
ijtimoiy-mushandislik tafakkurining pedagogik ifodasi, texnokratik ongning
pedagogikaga ko`chirilgan tasviri, ta`lim jarayonining muayyan standartidir»
(B.L.Farberman).
«Pedagogik texnologiya - didaktik maqsad,talab etilgan o`zlashtirish darajasiga
erishish, ta`lim jarayonini avvaldan loyihalashtirish» (U.N.Nishonaliev).
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
269
«Pedagogik texnologiya - o`qituvchining o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida
o`quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta`sir ko`rsatish hamda mazkur
faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish
jarayoni» (N.Saidahmedov).
«Pedagogik texnologiya – bu ta`lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko`zlagan
o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida
va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning
izchil metodidir» (YUNESKO).
Bu ta`riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo`lga kiritish uchun ta`lim
doirasida zarur bo`lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tatbiq etish degan xulosaga
kelish mumkin.
Ta`lim texnologiyasi deganda ta`limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim
darajasiga ko`ra o`quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik
tizimning amalda bo`lishini ta`minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.
Ta`lim texnologiyali muammolari, mualliflik maktablari va o`qituvchi-
novatorlarning
ulkan
tajribalari
doimiy
ravishda
umumlashtirishni
va
sistemalashtirishni talab etadi. Sistemani tashkil etuvchi poydevor asosi sifatida
pedagogika uchun yangi bo`lgan tushunchadan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi
- pedagogik jarayonlarni taxlil qilish va loyihalashtirishga yangicha “texnologik”
yondoshish va “texnologiya”. Pedagogik texnologiya tushunchasi pedagogik leksikaga
mustahkam kirib keldi. Ammo uni tushunish va ishlatishda turlicha o`qishlar katta
farqi bor. Bugungi kunga kelib pedagogik texnologiya tushunchasini 300 dan ortiq
ifodalanishi mavjud.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi
mumkin:
1) Ilmiy pedagogik texnologiya - o`qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarini
o`rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi pedagogik
fanning bir qismidir.
2) Protsessual - ta`rifiy: jarayonni tasvirlash o`qitishning ko`zda tutilgan
natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to`plami.
3) Protsessual - amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shax-siy,
instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga soli¬nishi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya o`qitishning eng samarali yo`llarini izlovchi
fan sifatida ham, o`qitishda qo`laniladigan usullar, printsiplar va boshqaruvlar
sistemasi sifatida ham, o`qitish haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.
Достарыңызбен бөлісу: |