Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
283
Global axborot makoniga teran koʼz bilan qarasak, unda mavjud barcha
axborotlarni ham foydali va beziyon deb boʼlmaydi. Xususan,
ayni paytda internet
tarmogʼida oʼz joniga qasd qilishning oson yoʼllarini targʼib qiluvchi, shuningdek,
zoʼravonlik va yovuzlik ruhidagi kompyuter oʼyinlari borki, ular milliy
qadriyatlarimizga zid va yosh avlod tarbiyasiga toʼgʼridan-toʼgʼri salbiy taʼsir
koʼrsatishi ehtimoli juda yuqori.
Mazkur masalada davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar esa tahsinga
loyiqdir. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Biz yoshlarga
doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat
davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab
qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga
hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi
uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”,-
deb ta’kidlaganida yoshlar orasida har qanday ijtimoiy xavf keltirib chiqaruvchi
omillarga qarshi kurashish nazarda tutilgan desak, mubolag’a qilmaymiz.
Bugungi kunda ta’lim jarayonini to‘gri va samarali tashkil
qilishda ham axborot
texnologiyalarining, jumladan kompyuterning o‘rni beqiyos. Ushbu texnikaning eng
katta yutuqlaridan biri sifatida aytib o‘tishimiz lozimki, darsda mamlakatimizda va
dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, (xohlagan mavzuga doir) jumladan, ta’lim tizimi
va sport yangiliklarini to‘g’ridan to’g’ri foydalanilsa, bo‘ladi, shu mavzudagi
videofilmlar ham darsni yanada qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Shu orqali har
qanday ma’lumot o’quvchi xotirasida tez va mukammal holda qolishiga ham o’z
ta’sirini o’tkazadi.
Bugungi zamon hamma narsaga teranlik bilan real qarashni, yuksak maqsadlar
yo‘lida fidoyi va qat’iyatli bo‘lishni taqozo etmoqda. Shu bois yosh avlod ongida u yoki
bu mavzu xususida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lmasligi kerak.
Buning uchun esa
muallim va murabbiylar, ma’naviyat sohasi xodimlari yoshlarning qalbi va ongini yot,
zararli ta’sirlardan asrash uchun kurashishi, axborot oqimi jadallashuvi sharoitida
milliy-axloqiy qadriyatlarni yoshlar ma’naviyatiga singdirishning ta’sirchan omillarini
izlab topishi haqida ko‘proq o‘ylashimiz zarur.
Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki, axborot asri davrida yoshlarga yopirilib
kеlayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan
himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to`g`ri foydalana bilishlari uchun
bilim va tajriba kеrak. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va
ustozlarning ma`naviy-ruhiy ko`magiga muhtoj. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom
axborot muhitini yaratib, ular ma`naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy
vazifalarimizdan biridir. Zеro, yoshlar ma`naviyatiga daxldor yumushlarda
bеparvolikka yo`l qo`yib bo`lmaydi.