Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
43
o'qitish vositalaridan farqli o'laroq, axborot texnologiyalari nafaqat o'quvchini katta
hajmdagi bilimlar bilan to'ldirishga, balki o'quvchilarning intellektual, ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallashga, turli xil
ma'lumotlar manbalari bilan ishlashga imkon beradi.
Hozirgi kunda ta'limni rivojlantirish unda sifat darajasini oshirish maqsadida
innovatsion texnologiyalarni qo'llanilishi keng tarqalgan metodik qo'llanmalardan
biriga aylandi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni talimda kiritilishi ta'lim
jarayonini osonlashtirdi desak adashmaymiz. Mustaqilligimizdan so'ng "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturiga binoan ta'lim sifatiga e'tibor yanada kuchaydi. Unda
o'qituvchi bilim malakalarini oshirish o'quvchilar, talabalar bilan ishlashda yetarlicha
bilim va malakalarga ega bo'lish uchun alohida kurslar tashkil qilindi. Ushbu kurslar
asosan ta'limda innovatsion qurilmalar ya'ni kompyuter imitatsion modellarni dars
jarayonlarida foydalanash hamda zamonaviy texnologik qurilmalardan keng qo'llamda
ishlatilish imkoniyatlarini berdi. So'nggi yillarda xorijiy tillarni o'qitishda yangi
axborot texnologiyalarini qo'llash savol miqiyosida ko'tarildi.
Chet tilini o'qitish uchun o'quv-metodik adabiyotlarni yaratish muhim
ahamiyatga ega bo'lib, unda o'quvchilarni rivojlanishini e'tiborga olgan holda maxsus
o'quv dasturlar yaratish, ta'lim tizimini axborot va ilmiy-metodik ta'minlash, bazisli
o'quv rejalarini va namunali kurs dasturlarini ishlab chiqish, o'quv adabiyotlarni chop
etishni tashkillashtirish, o'quv qo'llanmalarni yaratishni yo'lga qo'yish, ta'lim
muassalarida qo'llaniladigan metodikadan foydalanish, ularni mukammallashtirish va
masofali ta'lim texnologiyalarini yo'lga qo'yish kabi masalalarni yechishni talab qiladi.
Butun dunyoda elektron axborot ta'lim resurslarini yaratish va undan
foydalanish ommalashib ketdi. Sababi bunday ma'lumotlar bilan ishlash qog'ozli
ma'lumotlarga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:
1. Butun ma'lumotlar ichidan kerakli qismini tez topib olish;
2. Lozim bo'lganda uni tez tahrirlash, yangilash;
3. Internet orqali ko'zlangan boshqa manzilga tez yetkazib berish;
4. Elektron kutubxona yaratish.
Elektron axborot ta'lim resurslari bir necha turlarga bo'linadi:
1. Kompyuterdagi
oddiy elektron variant;
2. Elektron darslik;
3. Elektron o'quv-uslubiy majmua.
Hozirgi davr ta'lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini
ko'rsatmoqda. Bunda masofaviy ta'lim texnologiyalarini ta'lim jarayonida qo'llash va
uni boshqarish ham muhim o'rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb
ishlar olib borilmoqda. 2012-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi barcha oliy
ta'lim muassasalari (OTM) o'rtasida yagona videokonferensiya ta'lim texnologiyasi
amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta'limga katta e'tibor
qaratilmoqda. Bunda OTM'larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish
borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
44
masofadan boshqarish bunga misol bo'la oladi. Elektron yoki masofaviy ta'limning
yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo'llash, balki elektron shakldagi
ta'lim manbalarini bilan ta'minlashni ko'zda tutiladi. Elektron va masofaviy
texnologiyalar ta'limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo'llangan
variantlaridir. Elektron ta'lim (E-Learning) avval «Elektron ta'lim» atamasi kompyuter
yordamida o'qitish
deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu
tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta'lim ko'pgina ta'lim
texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya'ni sinxron va
asinxron turlarga bo'lish mumkin.
Sinxron elektron ta'lim — masofaviy ta'lim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda
amalga oshiriladigan ta'limdir. U oddiy kunduzgi ta'limga o'xshaydi, farqi shundaki,
ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo'ladi. Kundan-kunga keng tarqalib
borayotgan vebinarlar mazkur ta'lim shaklining eng yorqin ko'rinishidir. Maruzalarni
tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta'minotlar qo'llaniladi. Asinxron elektron ta'lim
— bu talaba barcha kerakli ma'lumotni onlayn-manbalardan yoki elektron axborot
tashish vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan olishi va materialni o'zlashtirish
sur'ati va jadvalini o'zi mustaqil tashkil etishdir. Asinxron elektron ta'lim tizimiga
barcha turdagi CD-kurslar va elektron o'qitish kurslari, ostkastlar vaskrinkastlar
kiradi.
Bugungi kunda elektron ta'lim ko'pchilik OTM'larda ta'lim jarayonining ajralmas
qismi bo'lib qolgan, u shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda ham o'z
o'rnini topgan, ba'zi korporatsiyalarda bo'linmalar mavjud bo'lib, ularning vazifasi
xizmatchilar uchun elektron kurslar tashkil etishdir Yashash joyidan turib, o'qish
imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib,
universitetga kirib-o'qish imkoniyati har doim ham bo'lavermaydi.
Masofaviy taʼlim texnologiyalari ularga o'z shahridan ketmasdan turib, o'qish
imkoniyatini yaratib beradi. O'qish va ishni birga qo'shib olib borish — o'quvchilar
ishdan ajralmagan holda ta'lim olish imkoniga h yoki ikkinchi oliy ma'lumot
oluvchilarga juda qo'l keladi. Sifatli texnologiyalar va o'quv mazmunini egallash —
talaba sifatli o'quv materiallari yordamida o'qitilishi, o'qituvchi bilan muloqat qilishi
va o'z individual o'quv rejasini tuzishi mumkin. Baholashning xolisligi — masofaviy
ta'lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson
omilidan xoli bo'lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy
manfaatdorlikni yo'qotishni ko'zda tutadi. Hech ikkilanmay ayta olamizki, hozirgi
kunda axborot texnologiyalari va ularning ta'lim jarayonidagi
ahamiyati juda ham
yuqori bo'lib bormoqda.
Достарыңызбен бөлісу: