Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет21/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. I. Aldashev, S. Aldasheva “Dars samaradorligini oshirishda axborot 
texnologilarining tutgan o’rni”- … and practical conference” the time of…, 2022 Related 
articles 
2. Modern information technologies in education is a new opportunity I. 
Aldashev-Economy and society,2020 cited by 8 Related articles 
3. Temirov. A, Sohobiddinov A. “Mamlakatimiz ta’lim tizimida axborot 
kommunikatsiya va innoatsiyon texnalogiyalardan foydalangan holda bilim olish” 
4. Biznesrivoj. uz 2021 
5. ”Plans and Pricing-Zoom” 2020-yil 24-iyun 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
38 
6. Sport. uz 2019-yil 13-avgust 
7. Yoshlarovozi. uz 2023 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
39 
ZAMONAVIY DUNYODA MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI YOXUD KIBER 
HUJUMLARDAN SAQLANISH 
Aldashev Ilhomjon
 Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi 
Qosimova Ismigul
 Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti 1-kurs talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’lumotlar xavfsizligi va kiber hujumlardan 
saqlanish ,shu bilan birga ularga sabab bo’ladigan holatlar haqida so’z yuritilgan. 
Tayanch so’zlar: xavf, xavfsizlik, hacker, ma’lumotlar xavfsizligi, kiber hujum, 
electron pochta, veb-sayt, virus, Phishing, Accidental data exposure, insider tahdid. 
XXI asr texnologiyalar asri bo’layotgani barchamiz uchun sir emas. Hozirgi davrni 
zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular inson hayotidan shunday o’rin 
egallaganki, kundalik hayotimizni texnologiyalardan foydalanmay o’tkazolmaymiz. 
Shu bilan birga texnologiyalar qanchalik rivojlangani sari ulardan foydalanishdagi 
xavfsizlik ham dolzarb va zarur bo’lib qolmoqda.Ayniqsa, zamonaviy korxonalar 
tomonidan qo’llanilayotgan SaaS ilovalari sonining ko’pligi ichki va tashqi 
identifikatsiyalar tomonidan almashiladigan va boshqariladigan maxfiy ma’lumotlarga 
kirish va xavfsizligini boshqarish jarayonida qiyinchiliklarga olib keladi, Sizning 
kompaniyangizda ma’lumotlarga kiruvchi va foydalanuvchi odamlar qanchalik ko’p 
bo’lsa, moliyaviy jarimalar, biznesni buzish, brendga zarar yetkazish kabi xavfsizlikni 
buzish va salbiy oqibatlarga sabab bo’lish muammolari shunchalik yuqori bo’ladi. 
Ma’lumotlar xavfsizligi nega kerak? 
Axborotlar xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadi ma’lumotlarning 
konfidensialligi, yaxlitligi, mavjudligini hisobga olgan holda, tashkilot faoliyatiga hech 
qanday zarar yetkazmasdan himoyalashdir. Korxona, muassasa, tashkilotlarning 
intellektual mulkini himoya qilish, turli salbiy oqibatlardan saqlash uchun ham 
muhimdir. 
Axborot xavfsizligining markazida ma’lumotni himoyalash faoliyati, uning 
maxfiyligi mavjudligini ta’minlash, shuningdek, tanqidiy vaziyatda har qanday 
murosaga yo’l qo’ymaslik yotadi.Ayniqsa, hozirgi kunlarda zararli dasturlar orqali 
insonning shaxsiy mulkini va tashkilotlar ma’lumotini o’zlashtirish kabi muammolar 
avj olmoqda. 
Zararli dasturlar deganda, kompyuter va tarmoqqa zarar yetkazish uchun 
mo’ljallangan dasturiy ta’minot tushuniladi. Zararli dastur viruslar, troyanlar va to’lov 
dasturlari kabi ko’plab shakllarni olishi mumkin. Mana shunday xavflar orqali 
ma’lumotlarga zarar yetmoqda. Xavfsizlikka zarar yetkazadigan tahdidlarning bir 
necha turlari mavjud: 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
40 
1.Ichki tahdid (Indiser threats) tashkilot tizimi va ma’lumotlariga qonuniy kirish 
huquqiga ega bo’lgan o’sha tashkilotning o’ziga tegishli bo’lgan xodimlar tomonidan 
amalga oshirilgan va kelib chiqadigan xavflarni bildiradi. Bunday tahdidlar qasddan 
yoki tasodifiy ma’lumotlarning buzilishi, sabotaj va maxfiy ma’lumotlarni o’g’irlashdan 
va sotishdan iborat bo’ladi. 
2.Fishing (Phishing) bu soxta veb-saytlar yoki qonuniy ko’rinadigan elektron 
pochta orqaliparollar va moliyaviy kabi maxfiy axborotlarni olish, insonlarni aldash 
faoliyatidir. Fishing hujumlaida, asosan, insonlarning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor 
qilish usulidan foydalaniladi. 
3.Accidental data exposure (Tasodifiy ma’lumotlarga duch kelish) bu jarayon 
maxfiy ma’lumotlarni ruhsatsiz shaxslarga tasodifan taqdim etilganda sodir bo’ladigan 
hujumdir. Bu noto’g’ri sozlangan bulutli saqlash sozlamalari, noto’g’ri qabul 
qiluvchilarga elektron pochta xabarlarini yuborish yoki maxfiy axborotlarni turli xil 
veb-saytlarga yuborish va joylash orqali kelib chiqadi. 
Ma’lumotlar xavfsizligiga to’xtalar ekanmiz, kiber xavfsizlik atamasini ham chetta 
qoldirmasligimiz kerak. Kiber xavfsizlik o’zi nima? 
Kiber xavfsizlik internet yoki elektron tarmoq, veb-sahifalar orqali ma’lumotlar, 
tizimlar, dasturlar va qurilmalarni kiber hujumlar, hockeringlar, viruslar, matware, 
identifikatsiya olish va boshqa kiber xavfsizlik xavf himoyalariga qarama-qarshi 
himoya qilishning qavmlarini tashlik etish, rivojlantirish va saqlash sohasidagi 
texnologik va amaliy faoliyatni ifodalovchi tarmoqning bir qismidir. 
Kiber xavfsizlikni bilmaslik oddiy odamlarda turli xil muammolarga olib keladi. 
Ko’pchilik foydalanuvchilar kompyuter, mobil qurilma va boshqa texnologik 
voaitalardan foydalansa-da, ular qurilmalaridagi maxfiylik sozlamalari va onlayn 
hisoblari haqida to’liq ma’lumotlarga ega emaslar. Bu esa ularning xavfsizlik bilan 
ta’minlanmaganini anglatadi. Shuningdek, aksariyat foydalanuvchilar maxfiy 
maa’lumotlari parollari sifatida oddiy sonlardan, masalan, “12345678”, kabi yoinki ID 
raqamlaridan foydalanadi. Bu esa kiber hujumlar uchun oson o’lja hisoblanadi va
hockerlar tomonidan osonlik bilan o’zlashtirishga imkoniyat yaratadi. 
Kiber hujumlardan saqlanish uchun quyidagilarga amal qilish mqsadga 
muvofiqdir: 
1. Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda, birinchi navbatda, hujumlardan 
omon qolish uchun parolni yangilash eng muhim yechimlardan biridir. O’zingizning 
onlayn hisobingizdagi parollarni tez-tez yangilash va har bir sayt uchun alohida parol 
ishlatish va bu parolni qayta ishlatmaslik muhimdir. 
2. Kompyuteringiz va qurilmangizning dasturiy ta’minotini kengaytirilgan 
antivirus va antipyware dasturlari yordamida muhofaza qiling. 
3. Maxfiy ma’lumotlaringizni, shu jumladan, bank, karta ma’lumotllarini yoping va 
boshqa maxfiy ma’lumotlarni tasdiqlangan saytlar, ilovalar yoki banklar orqali oling. 
Shu bilan birga, kiber xavfsizlik haqida savodxonlikni, bilimni oshirish va bu 
haqida to’liq o’rganish eng asosiysi va eng keraklisidir. Sababi biz texnologik jarayonda 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
41 
yashamoqdamiz va internet, texnologiyalar kundan kun rivojlanib, takomillashib 
bormoqda. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет