Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет20/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

Muxtaramxon Mutalibova
Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti
o’zbek tili yo’nalishi 1-kurs talabasi 
Ilhomjon Aldashev
Farg’ona davlat universiteti axborot 
 texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy texnalogiyalardagi dasturlarning inson 
hayotiga qanchalik kerakligi va ularning inson uchun qulaylik,yengillik yaratayotgani 
haqida so’z boradi. 
Kalit so’zlar: zamonaviy texnalogiyalar, pandemiya, dasturlar, zoom, 
konferensaloqa, masofaviy ta’lim, power point, slayd, prezdentatsiya, animatsiya, 
proyekt, videorolik, hemis, kundalik. com. 
THE ROLE OF PRIGRAMS IN MODERN TECHNOLOGIES IN OUR LIVES 
 
Abstract: This article talks about how much modern technology programs are 
necessary for human life and convenience for people. 
Keywords: modern technologies, pandemic, programs, zoom, conference call, 
distance education, power point, slide, presentation, animation, project, video, hemis, 
kundalik. com. 
Bilamizki 21 asr Axborot texnalogiyalari asri deb nomlangan,shundan kelib 
xulosa qilish mumkinki,hozirda haqiqatdan ham insonlar ish faoliyati,ijtimoiy hayot 
to’laqonlik ravishda texnalogiyalar va ulardagi dasturlarga bog’liqdir. Zamonaviy 
texnalogiyalar hozirgi paytda insonlar uchun ancha yengilliklar berib,ular uchun 
muammo bo’lgan vaziyatlarni yechimini topishda yordam bermoqda. Aslida G’arb 
davlatlari, xususan, Yevropa hududida zamonaviy texnalogiyalar ancha oldin 
rivojlangan va insonlar hayotiga kirib borgan bo’lsa-da, Markaziy Osiyo, xususan, 
bizning mamlakatimizda so’nggi 4yil ichida ancha ommalashib, insonlar hayotiga,ish 
faoliyatiga kirib keldi. Bunga asosan pandemiya sabab bo’ldi desak mubolag’a 
bo’lmaydi, chunki pandemiya davrida ta’lim olish jarayonlari,ish faoliyatlar onlayn 
tarzda ya’ni texnalogiyalarga bog’liq holda bo’ldi. Bundan tashqari pandemiy davida 
insonlar texnalogiyalar va ulardagi dasturlarga qiziqib,o’rgana boshladi. 
Hozirgi kunda esa texnalogiyalar va ulardagi dasturlar insonlar faoliyati, ijtimoiy 
hayotning ajralmas bir bo’lagi bo’lib qoldi. Masalan: Zoom, PowerPoint, Hemis, 
Kundalik. com, Exsel, Word kabi dasturlar. Bu dasturlar orqali insonlar o’z 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
36 
maqsadlariga yuqori qulaylik bilan erishmoqda. Quyida ushbu dasturlarning 
ba’zilariga to’xtalib o’tamiz. 
Zoom. Ushbu dasturning qulayliklari juda ham ko’p. Bu dastur orqali insonlar 
bemalol onlayn ya’ni masofaviy ta’lim olishi yoki ta’lim berish va o’z ish faoliyatini 
onlayn tarzda amalga oshirish, videokonferensiyalar o’tkazish va ularda ishtirok etish 
imkoniyatiga ega bo’lishadi. Bu esa tom ma’noda insonlar uchun juda ham katta 
yengillik bo’ladi. Negaki,insonlar zoom dasturi sababli vaqt va pul taraflama 
moddiyatini tejashi mumkin. Ushbu dastur 2011-yil Erik Yuan tomonidan yaratilgan.
Bu dastur asosan videokonferensaloqa tizimi uchun xizmat qiladi. 2013-yil may oyiga 
kelib Zoom dasturi foydalanuvchilari bir millionga yetadi. Foydalanuvchilarning eng 
faol o’sishi pandemiya davrida, videokonferensaloqa har qachongidan ham ko’roq 
talabga ega bo’lgan paytga to’g’ri keldi. Bu davrda Erik Yuan 3oy ichida 4milliard 
dollar ishlab oldi. Hozirda ham ushbu dasturdan keng qamrovda foydalanilmoqda. 
PowerPoint. PowerPoint ingilizchadan tarjima qilinganda “ishonarli hisobot” 
degan ma’noni anglatadi. Dasturdagi asosiy tushuncha slayd va prezentatsiya 
tushunchalaridir. Ushbu dastur hozirgi kunda hayotimizda juda ko’p foydaanilayotgan 
dasturlarda biri hisoblanadi. Bu dastur asosan taqdimotlar yaratish va ularni tomosha 
qilishga mo’ljallangan dastur. Power Point dasturida yaratilgan taqdimotlar proyekt 
yordamida katta ekranlarda yoki katta o’lchamdagi televizion ekranlarda ko’rishga 
mo’ljallangan bo’ladi. 
Har qanday mutaxassis o’zining ish faoliyati davomida ish rejalari va taklif 
etilayotgan mahsulotlar haqida so’zlab berish uchun ma’ruza qilishga to’g’ri keladi. 
Bunday vaqtlarda ma’ruzani tez,yaxshi,sifatli va chiroyli qilib tayyorlanishi zarur 
bo’ladi. Shu bilan birga Power Point dasturi orqali tayyorlangan dars mavzulariga oid 
slaydlar o’qituvchini mavzuni yaxshi tushuntira olishi uni kengroq yorita olishi 
imkoniyatini beradi va o’quvchilarning dars mavzusiga qiziqishi,uni yaxshi eslab 
qolishi darajasini oshirish mumkin,chunki ko’pchilik insonlarda ko’rish orqali eslab 
qolish qobiliyati kuchli rivojlangan bo’ladi. 
Power 
Pointda 
matn,rasm,ovoz,chizma,grafiklar,animatsiya,effektlar 
va 
videoroliklardan foydalanib slaydlar tayyorlash mumkin. 
Hemis. Hozirda yurtimizda deyarli hamma narsa raqamlashtirishga tomon 
ketmoqda bu orqali juda ham ko’p qulaylik,moddiy mablag’lar tomonidan 
tejamkorlikka erishish mumkin. Mavjud dasturlarimizdan biri Hemisga to’xtaladigan 
bo’lsak ushbu dastur barcha talabalar va ustozlar uchun dastur barcha talabalar va 
ustozlar uchun qulay dastur hisoblanadi. Hozirgi kunda Hemis dasturi yurtimizdagi 
barcha OTM larda mavjud bo’lib,ular uchun muhim dastur hisoblanadi. Hemis orqali 
talabalar muntazam ravishda o’z baholaridan muntazam ravishda boxabar 
bo’lishi,fanlardan 
o’zlashtirish 
darajasi,hafta 
kunlarida 
qaysi 
fanlarning 
o’tilishi,fanlardan qaysi ustozlarning dars berishi,darslarning soati va hattoki qaysi 
auditoriyada o’tilishini ham bilib olishi mumkin. Bu esa dasturning insonlar uchun 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
37 
qanchalik qulay ekanligidan dalolat beradi. Bu dastur orqali talabaga tegishli bo’lgan 
shaxsiy ma’lumotlarni bilish ham mumkin. 
Hemis axorot tizimi oliy ta’lim muassasalarning asosiy ish faoliyatlarini 
avtomatlashtirish hisobiga ma’muriy xodimlar,professor o’qituvchilar va talabalarga 
elektron ta’lim xizmatlarini taqdim etadi 
Kundalik.com. Hozirda yana bir dastur borki uni Hemis dasturining kichik 
ko’rinishi desak ham bo’ladi. Uning imkoniyatlari Hemis dasturidan biroz ozroq bo’lsa-
da,lekin hozirda yurtimizdagi har bir maktab jarayonida ishlatiladi,ya’ni Kundalik. com 
dasturidir. Kundalik. com-raqamli ta’lim platformasi bo’lib,o’qituvchilar uchun onlayn 
rejimda darslarni rejalashtirish,dars ishlanmalarini tuzish,o’quvchilarning davomati va 
yutuqlarini jurnal hamda kundalikning elektron shakllarda yuritish imkonini beradi. 
Bu esa o’qituvchilrning vaqtini tejashi mumkin. 
Kundalik.com ota-onalar va maktab hamkorligini mustahkamlash uchun xizmat 
qiladi. Ta’kidlash lozimki, Kundalik. com tizimi ota-onalar uchun qator qulayliklar 
yaratdi. Jumladan,ota-onalar farzandlarini darsga qatnashayotgani,darsni qay darajada 
o’zlashtirib borayotgani haqida ma’lumotlar beradi. 
Bu dasturda maktab o’quvchilari o’zlari ham fanlardan o’zlashtirish darajalarini 
muntazam ravishda kuzatishi mumkin hamda o’quvchilar ertangi kungi uy vazifalari
xususida tezkor ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda,Kundalik. 
com tizimi o’qituvchi,ota-onalar shu bilan bir qatorda o’quvchilarning ham mustahkam 
hamkorligini ta’minlashda ishonchli ko’prik bo’lib xizmat qilmoqda. 
Dasturlar 
haqida 
fiklarni 
xulosalar 
ekanmiz,demak 
zamonaviy 
texnalogiyaarimizdagi dasturlarning barchasi insonlar faoliyatiga yengillik berish 
vazifasini o’tar ekan. Har bir sohada dasturlarning o’ziga xos munosib o’rni bo’lib,inson 
ularning yordamiga tayanib o’z maqsadlarini qulay usulda amalga oshirmoqda. Shuni 
ham aytish kerakki,arimizning nomlaniishi ham ijtimoiy hayotimizdagi holatdan kelib 
chiqqan holda nomlangan. Shuni ham aytish kerakki hozirgi kunda yaratilayotgan va 
foydalanilayotgan barcha dasturlar yilda yilga rivojlnib,yangilanib boradi va bu juda 
katta imkoniyat,vaqt tejash demakdir. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет