Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет30/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

BUYUK FIZIK OLIMLAR HAYOTI 
O'rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi 
Andijon Davlat Pedagogika Instituti o'qituvchisi 
Tursunaliyeva Mahliyoxon Hamidullo qizi 
Andijon Davlat Pedagogika Instituti talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada buyuk fizik olimlar hayoti va ularning qilgan ishlari 
, fizika faniga qo'shgan hissalari yoritilgan. 
Kalit so'zlar: Isaak Nyuton, Maykl Faradey, Nobel Alfred Bernxard, Leyden 
Universiteti, Heyke Kammerling-Onnes. 
Abstract: In this feature great scientific scientists's life and helps which is injection 
to physic is illuminated. 
Keywords: Isaac Newton, Michael Faraday,Nobel Alfred Bernhard, University of 
Leiden, Heyke Kammerling-Onnes
Абстрактный: В этой статье описываются жизнь физиков, их работа и их 
вклад в физику 
Ключевые слова: Исаак Ньютон, Майкл Фарадей, Нобелевский Альфред 
Бернхард, Лейденский университет, Хайке Каммерлинг-Оннес. 
KIRISH 
Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan 
boshlab , kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo'lgan mashaqqqatli va sharafli 
yo'lni bosib o'tdi. Odatda ilm- fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlarga o'tib , 
taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi . Bu to'g'ri mulohaza. 
Evklid va Arximedsiz - Nyuton , Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari 
mukammal bo'lmasligi ham mumkin edi . Lekin , umuman olganda hamma zamonlarda 
ham ilm-fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o'z sohasining 
asl bilimdoni bo'lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi . Noyob aql - zakovat 
egalarining ilmiy mulohazalari , amaliy tajribalari va eng muhimi , o'zlaridan qoldirgan 
qimmatli ilmiy meroslari - kiyob va ilmiy ishlari butun bashariyatning eng 
qimmatbaho boyligidir . Zero yer yuzini obod qilgan ham , odamzod hayotini farovon 
va obod qilgan ham bu ilm-fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so'zlari bir-biriga 
o'zakdosh va egizakdir. 
Ingliz fizigi va matematigi , klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi 
eng mashhur olimlardan biri edi. Nyuton 1643-yil 4-yanvarda Angliyaning Linkolnshir 
shahrida fermer oilasida tug'ilgan . U Kembrij Universitetining Matematika fakultetiga 
o'qishga kirgan va uni 1665-yil tamomladi. O'sha tili "China epidemiyasi" kasalligi keng 
tarqala boshladi va kasallik Kembrij shahriga ham yetib keldi , natijada universitet 
yopildi. Keyinchalik Nyuton o'z shahri Linkolnshirga qaytdi . 1668-yilda Nyutonga 
"Magistr" unvoni berildi va shundan so'ng u Kembrij Universitetida fizika-matematika 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
68 
kafedrasiga boshchilik qila boshladi . 1672-yilda u London Qirollik jamiyatining a'zosi 
qilib saylandi , 1703-yilgacha esa uning prezidenti bo'ldi. Isaak Nyutonning ilm-fanga , 
xususan matematika , fizika faniga qo'shgan hissasi benihoyat ulkandir . U fizika va 
matematika fanlariga juda ko'plab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi . Harakat va 
tortishish qonunlari , butun olam tortishish qonuni , yorug'lik qonuniyatlari , 
yorug'likning tarqalishini o'rgandi. Nyuton matematik hisoblashni qo'llab ko'p asrlik 
muammo bo'lgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolatini hal etdi . Yerning 
tortishish kuchi borligini isbotladi. Aytishlaricha , uning boshiga olma tushgan ekan . 
O'zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda 
osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi . 
U ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy 
muammolari bilan uzviy bog'langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik 
asboblarning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan edi . "Yorug'lik va ranglarning 
yangi nazariyasi"(1672) nomli optikaga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg'in 
bahsga sababchi bo'ldi. Nyuton yorug'lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlarini 
Ingliz olimi R. Guk qarshi chiqti . U vaqtda Nyuton yorug'lik haqidagi korpuskulyar va 
to'lqin tasavvurlarni o'z ichiga oluvchi gipotezani olg'a surdi . 1704-yilda Nyuton 
o'zining ko'plab mehnati natijasida yozgan "Optika" deb nomlangan kitobini chiqardi . 
Unda yorug'likning xususiyatlari , uning tarkibi , umuman olganda bu kitob optikaga 
bag'ishlangan edi. Nyutonning Optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini 
shisha plazma orqali qorong'i xonaga o'tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi . U 
shuni isbotladiki: Oq yorug'lik tarkibida 7 xil rang mavjud ekan. Nyuton barcha 
sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab , Keplerning sayyoralar 
harakati haqidagi qonunlarini tasdiqlaydi . Nyuton matematika faniga ko'plab 
qonunlar kiritdi , masalan, kombinatorika elementlari , guruhlash , yoki sonlarni 
o'rnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi . 
Maykl Faradey 1791-yil London (Angliya) atrofida istiqomat qiluvchi temirchi 
oilasida tug'ildi . Dastlabki mehnat faoliyatini kitob do'konida boshladi . 1813-yildan 
Londondagi Qirollik tadqiqot institutida laborant lavozimida ishga joylashdi . 1833-yil 
shu institutida professor darajasiga erishdi. Faradey, o'zimdan avval magnetizmni 
o'rgangan olim Ersted kashfiyoti haqida eshitib, quyidagi so'zlarni yozgan edi: "Elektr 
magnetizmni vujudga keltirar ekan , magnetizm elekrtni vujudga keltirmasmikan ? " 
Agar boshqa ha aytadigan bo'lsak: "Agar elektr toki magnit maydonni hosil qilsa , 
magnit maydon yordamida elektr tokini hosil qilib bo'lmasmikan". 
Faradey buning amalga oshishiga ishonar edi , lekin qanday amalga oshirishni 
bilmas edi . 1822-yildan boshlab , tajriba ketidan tajriba o'tkazib , u qo'yilgan masalani 
hal qilishga intildi, lekin tezda muvaffaqiyatga erisha olmadi . Faqat oradan 9 yil 
o'tgach ya'ni 1931-yilda mehnati va tirishqoqligi natija berdi: u tajribada magnit 
yordamida elektr toki hosil qildi ya'ni ga'ltak orasiga doimiy magnitni harakatlantirib 
induksion tok hosil qildi . Faradey o'zining ilm-fan yo'lida bardoshligi va tirishqoqligi 
bilan boshqa olimlarga o'rnak bo'la oldi . Ushbu kashfiyotini qo'llab mexanik 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
69 
energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma yaratdi . Uning bu kashfiyoti 
hozirgi turmush hayotimizda juda keng qo'llaniladi . 
Kammerling-Onnes 1853-yilning 21-sentabr kuni, Gollandiyaning Gröningen 
shahrida tugʻilgan[2]. Oʻrta taʼlimni oʻz shahridagi maktabda tamomlagach, 1870-yilda 
Groningen universitetining Fizika va Matematika boʻlimiga oʻqishga kiradi. Keyinroq 
oliy taʼlimni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qoʻl 
ostida davom ettirgan. 1873-yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882-yillar 
davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida maʼruzalar oʻqiy boshlagan. 1882-
yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Leyden 
universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va 
Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qiladi.Heyke Kammerling-Onnes -golland 
fiziki vakimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga 
erishgan olim hisoblanadi. Uning oʻz davri uchun rekord hisoblangan 0.9 Kelvin 
haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika 
boʻyicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy 
doiralardagi hazilomuz unvoni (Janob Mutlaq nol) boʻlgan. Kammerling-Onnesning 
doktorlik dissertatsiyasi oʻziga xos mavzuda boʻlib, unda olim Yerning oʻz oʻqi atrofida 
aylanishini gʻayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883-yilda himoya qilingan 
mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab 
boʻlib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yoʻl ochib beradi. Bu orada uning ilmiy 
qiziqishlari doirasi, gazlarni siqish va ularning past haroratlardagi xossalarini 
oʻrganish masalalariga qaratilib, olim laboratoriya sharoitlarida mutlaq nol haroratga 
erishish uchun ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni boshlagan. Ushbu maqsadda uning shaxsiy 
tashabbusi bilan, 1894-yilda Leyden universiteti qoshida Kriogen texnikasi 
laboratoriyasini tashkilkashtiradi va laboratoriyaning eng birinchi direktori etib, 
aynan Kammerling-Onnes tayinlanadi. Laboratoriyaning ilmiy-amaliy ehtiyojlari 
uchun, olimning oʻzi oʻsha yildayoq maxsus yangicha qurilma — gazlarni siqib-
suyultiruvchi ilmiy-tajriba dastgohini yasaydi. Mazkur qurilmaning ishlab chiqarish 
samaradorlik koʻrsatkichlari shu darajada yuqori boʻlganki, undan keyingi bir necha 
oʻn yilliklar davomida ham yetarlicha foydalanish mumkin boʻlgan ekan. Kammerling-
Onnes, oʻzi tayyorlagan qurilma va laboratoriyada, tarixda ilk bora suyuq kislorod va 
suyuq neon moddalarini olishga muvaffaq boʻlgan. 1906-yilda esa suyuq vodorod 
olishni ham uddalagan.1908-yilgakelib olim, tarixda ilk bora suyuq geliyni olishga 
erishgan va bir vaqtning oʻzida, oʻsha davr uchun eng past haroratni, yaʼni, 0.9 Kelvinni 
hosil qilishga erishgan. 
Nobel, oʻn yettinchi asr olimi Olaus Rudbeck (1630-1708)ning avlodi. U 
Immanuel Nobel (1801-1872) va Andriette Ahlsell Nobel (1805-1889)larning uchinchi 
farzandi. Alfred Nobel 1833-yil 21-oktabr Stokgolmda tugʻilgan. 1842-yili oilasi bilan 
Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtishadi, u yerda otasi torpedalarni ishlab chiqish bilan 
shugʻullanadi. Alfred professor Zinin Nikolay Nikolayevichning qoʻlida kimyoni 
oʻrganadi. 1859-yili otasining ishi bilan ikkinchi oʻgʻli Ludvig Nobel (1831-1888) 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
70 
shugʻullana boshlaydi. Oilaviy biznesi bankrotga uchragach, Alfred otasi bilan birga 
Shvetsiyaga qaytadi va oʻzini portlovchi moddalarni oʻrganishga, ayniqsa 
nitroglitserinni (1847-yilda Ascanio Sobrero tomonidan ihtiro qilingan) havfsiz ishlab 
chiqarish va ishlatishga bagʻishlaydi.Nobellarga tegishli zavodda bir necha portlashlar 
qayd etilgan, ularning birida 1864-yili Alfredning ukasi Emil va bir nechta boshqa 
ishchilar halok boʻladi.Alfred Nobelning dramaturg sifatidagi faoliyati — uning 
biografiyasining eng mashhur boʻlmagan faktlaridan biri. Uning yagona pyesasi — 
„Nemezida“ — Beatrisa Chenchi haqidagi nazmda yozilgan 4-aktli fojia. U oʻlim 
toʻshagida yotganida nashrdan chiqadi, ammo uch nusxadan tashqari butun adad 
uning vafotidan soʻng darhol yoʻq qilinadi, chunki pyesa janjalli va shirkli deb topiladi. 
Saqlanib qolingan birinchi nashr (ikki tilda, shved va esperanto) Shvetsiyada 2003-yili 
chop etiladi. Biznesdagi turli muvaffaqiyatsizliklardan soʻng, Nobelning otasi 
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda dastgohlar va 
portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchisi sifatida muvaffaqiyat qozondi. U shponli 
stanokni ixtiro qildi (bu zamonaviy fanera ishlab chiqarish imkonini berdi) va torpedo 
ustida ish boshladi. 1842-yilda oila shaharga koʻchib oʻtdi. Ota-onasi Nobelni xususiy 
repetitorlarga yuborishga muvaffaq boʻldi va bola oʻqishda, xususan, kimyo sohasi va 
til oʻrganishda aʼlo darajada taʼlim oldi. Ingliz, fransuz, nemis va rus tillarini yaxshi 
bilishga erishdi. 1841-yildan 1842-yilgacha 18 oy davomida Nobel Stokgolmdagi 
bolaligida o‘qigan yagona maktabga qaytdi.Nobel ingliz tilida sheʼr yozish uchun yetarli 
darajada adabiy mahoratga ega boʻldi. Uning Nemesis — italiyalik zodagon ayol 
Beatrice Cenci haqidagi toʻrt qismdan iborat nasriy tragediyasi mashhur boʻlgan. Uning 
sheʼrlari 2003-yilda Shvetsiyada nashr etilgan va sloven, fransuz, italyan va ispan 
tillariga tarjima qilingan. Alfred Nobel Stokgolmdagi Norra qabristonida dafn 
etilgan.Yoshligida Nobel kimyogar Nikolay Zinin bilan tahsil olgan. Keyinchalik u 1850-
yilda Parijga ketadi. U yerda uch yil oldin nitrogliserinni ixtiro qilgan Ascanio Sobrero 
bilan uchrashadi. Sobrero nitrogliserindan foydalanishga keskin qarshi chiqdi, chunki 
u oʻzgaruvchan issiqlik yoki bosimga nisbatan portlashi mumkin edi. Ammo Nobel 
nitrogliserinni tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin boʻlgan portlovchi modda 
sifatida nazorat qilish va ishlatish yoʻlini topishga qiziqib qoladi. Nitrogliserin 
poroxdan koʻra koʻproq kuchga ega edi. 1851-yilda 18 yoshida u bir yilga Amerika 
Qoʻshma Shtatlariga oʻqish uchun ketdi va qisqa muddat shved-amerikalik ixtirochi Jon 
Eriksson qoʻl ostida ishladi. U Amerika fuqarolik urushi temir qoplamasi, USS 
Monitorni loyihalashtirdi. Nobel oʻzining birinchi patentini, gaz hisoblagichi uchun 
ingliz patentini 1857-yilda topshirgan boʻlsa, 1863-yilda olgan birinchi Shvetsiya 
patenti „porox tayyorlash usullari“ haqida edi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет