OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNI AMALGA OSHIRISHDAGI
ZAMONAVIY KUCH VA VOSITALAR
Idiev Asqar Abdurashidovich
Mayor Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi
Tarixdan ma’lumki, ommaviy tartibsizliklari ma’lum bir davlatning boshqaruv
tizimiga ta’sir qilishda tashqi va ichki kuchlarning siyosiy vositasi bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va “Boshqariladigan xaos”
konsepsiyasi kabi noharbiy kuch vositalarining paydo bo‘lishi ko‘cha tartibsizliklarni
amalga oshiruvchi kuchlar faoliyatning samarali bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Hozirda, ma’lum bir mintaqa yoki davlatda yuz berayotgan ommaviy
tartibsizliklar jamiyatdagi ijtimoiy salbiy hodisa sifatida ayrim tashqi kuchlar
tomonidan turli vosita va usullarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Dastavval
ommaviy tartibsizliklarni amalga oshiruvchi kuch va vositalar xususida to‘xtalib
o‘tadigan bo‘lsak, ular asosan tartibsizlik amalga oshirilishidan manfaatdor bo‘lgan
yirik davlatlar maxsus xizmatlari yoki mamlakat ichidagi destruktiv kuchlar
(muxolifat, jinoiy guruhlar, ekstremistik tashkilotlar yoki biron narsadan norozi
kayfiyatdagi shaxslar) bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina hollarda, mamlakat ichkarisidagi
destruktiv kuchlar ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishda yirik davlatlarning
yordamchisiga aylanadi va natijada tartibsizliklarni amalga oshiruvchi tashqi va ichki
kuchlarning o‘zaro bir maqsad yo‘lida birlashish holati kuzatiladi.
Geosiyosiy jihatdan dunyoda rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan va qoloq
davlatlarga ajratiladi. Bunda, geosiyosiy jarayonlarda asosan rivojlangan davlatlar
sub’ekt sifatida ishtirok etsa, rivojlanayotgan va qoloq davlatlar esa ob’ekt sifatida
ishtirok etadi. Sub’ekt davlatlari ob’ekt davlatlarni o‘ziga bo‘ysundirish, ta’sir doirasida
ushlab turish yoki ularning manfaatiga xizmat qiladigan boshqaruv hokimiyatini
o‘rnatish uchun doimiy qo‘poruvchilik faoliyatini olib borishadi. Bu holatga tadqiqot
ishi nuqtai nazardan baho beradigan bo‘lsak, sub’ekt davlatlar ob’ekt bo‘lgan davlatlar
hududida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun
ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Misol
uchun, 2011 yilda Arab davlatlarida boshlangan tartibsizlik jarayonlarida bir qator
geosiyosiy sub’ekt davlatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi mutaxassislar tomonidan e’tirof
etiladi. Bunda, asosan AQSH, Xitoy, EI, Turkiya va Rossiya omili etakchilik qilganligi
ta’kidlanadi. 1 SHu bilan birga, jahon siyosatida geosiyosiy kuchlar muvozanatining
tubdan o‘zgarishi, yangi “kuch markazlari”ning yuzaga kelishi, ayrim davlatlarning
dunyo hukmronligi uchun ochiqdan-ochiq da’volari mintaqaviy va etnik mojarolar
sonining ortishiga olib kelmoqda. So‘nggi yillarda etakchi siyosiy kuch markazlari
o‘rtasidagi dunyoda o‘z ta’sir doirasini kengaytirish borasida o‘zaro raqobatining
kuchayishi natijasida “rangli inqiloblar”, “demokratiya eksporti”, “axborot hujumi”
kabi xavfsizlikka tahdidlarning noan’anaviy turlari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
241
Ommaviy tartibsizliklarning keltirib chiqarishda tashqi kuchlarning faol
aralashuvini dunyoning ayrim hududlarida yuz berayotgan tartibsizliklarni tahlil qilish
natijasida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 2011 yilda Arab davlatlarida boshlangan
tartibsizliklarda bevosita AQSHning qo‘li borligi ta’kidlanadi, Arab davlatlarida Oq uy
ma’muriyati ikki maqsadga etishishga intilgan2: - mintaqadagi energetik resurslar
ustidan nazorat o‘rnatish; - ushbu mamlakatlarda boshqariladigan elitani
shakllantirish. Jumladan, rasmiy Vashington bu maqsaddagi harbiy harakatlarini 2001-
2003 yillarda Afg‘oniston va Iroqda boshlagan bo‘lib, bu orqali SHimoliy Afrika va
YAqin SHarqdagi davlat tuzumlarni beqarorlashtirish to‘lqiniga tayyorgarlik olib
borgan. [1] O‘sha paytda mazkur ro‘yxatga Tunis, Misr, Liviya va Suriya davlatlari ham
kiritilgan. Ayni paytda, Tunis, Misr, Liviya davlatlarida rangli inqiloblar
tashkillashtirilib, avtoritar tuzumlar yo‘qotildi, Suriyada esa beqarorliklar haligacha
davom etib kelmoqda.
Bundan tashqari, AQSH hozirda Eron bilan bo‘layotgan o‘zaro nizolarda ham,
yuqoridagi csenariyni takrorlashga urinmoqda. Xususan, Eron hududida sun’iy
tartibsizliklar tashkil etib, mamlakatda siyosiy beqarorlik holatini vujudga keltirishni
ko‘zlamoqda. 2019 yil 15 noyabr kunida Eronda benzin narxining oshishiga qarshi
norozilik namoyishlari boshlandi. Olomonning tinch namoyishlar ko‘rinishida
boshlangan harakati keyinchalik ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi. G‘arb
davlatlari ommaviy axborot vositalari Erondagi bu vaziyatni hukumatning tinch
namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgani bilan baholasa, YAqin SHarq va post sovet
makoni ommaviy axborot vositalari bunda bevosita AQSH qo‘li borligini ta’kidlashdi.
Xususan, AQSH sobiq Prezidenti D.Tramp o‘z tvitter sahifasida fors tilida “Anchadan
beri jafo chekayotgan, biroq jasur eronliklarga: Men prezidentligimning boshidan siz
bilan birgaman va mening ma’muriyatim ham siz bilan birga bo‘lib qoladi. Biz sizning
noroziligingiz ortidan sinchkov kuzatmoqdamiz va mardligingizdan ilhomlanamiz”1
deb aytib o‘tadi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Eron oliy etakchisi Ali Xomanaiy
mamlakatdagi noroziliklarda tashqi dushmanlarni ayblaydi. Uning fikricha, “Ayrim
odamlar hukumatning ushbu qaroridan xavotirga tushgan, lekin xalqni g‘alayonga
da’vat etib, ko‘chalarga o‘t qo‘yayotganlar bezori, bizning fuqarolar emas.
Revolyusiyaga qarshilar va Eron dushmanlari hamisha mamlakatda tartibsizlik keltirib
chiqarishga uringan va bu ishni qilishda davom etaveradi”.[2] Iran.ru sayti ma’lumoti
bo‘yicha, Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida politsiya qo‘lga tushirgan bezorilar
o‘t qo‘yilgan har bir bino uchun 60 AQSH dollari miqdorida mukofotga ega bo‘lganini
tan olgan. 19 noyabrda huquq-tartibot organlari brigadasi generali Baxsh Ali
Komroniy Solih ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqlagan. U noroziliklar vaqtida bu kabi
uyushtirilgan salbiy holatlarni oldini olish uchun ham fuqarolar ogohligini
kuchaytirish lozimligini ta’kidlagan.
XXI asr ommaviy tartibsizliklarini tashkil etishda muhim rol ijtimoiy tarmoqlarga
tegishli ekanligini ta’kidlash zarur. Bugungi kunda hayotimizni hech bir sohasini
axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu texnologiyalar natijasida
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
242
ko‘plab ilmiy-texnikaviy yutuqlarga erishish bilan bir qatorda insonlar uchun zararli
oqibatlari ham ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, hozirda norozilik namoyishlari
o‘tkazish va ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishda global internet tarmog‘i
imkoniyatlari dushmanlar uchun qo‘l kelmoqda. Olomonni tartibsizliklarga undash,
uning agressivligini oshirish, auditoriyani kengaytirish ishlari bevosita internet
tarmog‘i bilan bog‘liq. Dunyoda ro‘y berayotgan ommaviy tartibsizliklarning deyarli
barchasida internet tarmog‘i muhim vosita sifatida ishtirok etmoqda. Jumladan, 2020
yil 7 fevral kuni Qozog‘iston Respublikasining Jambul viloyati Korday tumanida yuz
bergan ommaviy tartibsizliklarda Ichki ishlar vaziri E.Turgumbaevning so‘zlariga
ko‘ra, “avvaliga mushtlashuvda 70 ga yaqin odam qatnashgan. Bir vaqtning o‘zida
ig‘vogarlar va hodisa guvohlari ro‘y berayotgan voqealarni video tasvirga olib,
messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni noqonuniy harakatlarga chorlagani
sababli qo‘shni aholi punktlaridan yana 300 ga yaqin odam etib kelib mojaro jiddiy tus
olgan. [3]
2019 yil jinoyatchilarning Xitoy qamoqxonalariga ekstraditsiya qilish imkonini
beruvchi bahsli qonunga qarshi Gonkongda boshlangan tartibsizliklar yangi aloqa va
tashviqot vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba o‘tkazish uchun ideal muhitga
aylandi. Gonkong aholisining 92 %dan ortig‘i doimiy internetga ega bo‘lib, aholining
80% o‘zlarini ijtimoiy axborot vositalarining faol foydalanuvchilari deb hisoblashadi.
Bu erda internet messenjerlaridan Twitter, Facebook, Telegram, WhatsApp,
foydalanuvchilari juda ko‘pchilikni tashkil qilib, asosan ushbu internet tarmoqlari
orqali tartibsizliklarni tashkil qilish va o‘tkazishda o‘z samarasini berdi. Tartibsizliklar
jarayonida ushbu ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkilotchilar turli yangi uslublardan
foydalanishganini qo‘rishimiz mumkin. Birinchi, namoyishlar paytida kanallarda
tartibsizliklar o‘tkaziladigan joylar aks etgan xaritalar tezda e’lon qilinadi. Bu faollarga
yordam kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarni oldindan bilishga imkon beradi.
Xaritalarda namoyishchilar egallab olgan hududlar, politsiya bilan to‘qnashuvlar
bo‘layotgan manzillar, politsiya kuchlaridan yashirinish mumkin bo‘lgan joylar, kerakli
materiallar sotib olishingiz uchun do‘konlar va dorixonalar belgilangan bo‘ladi. [4]
Ikkinchi, kanallarda aholi ruhiyatini ko‘tarish, jangovarligini oshirish uchun ayrim
to‘qnashuvlarda politsiya ustidan qozonilgan muvaffaqiyat aks etgan video yoki
fotosuratlar joylab boriladi.
Uchinchi, yangi rejalashtirilgan mitinglarning o‘tkazilish joylari, vaqti,
qatnashuvchilar taxminiy soni va boshqa ma’lumotlar aks etgan jadvallar har kuni
yangilanib kanallarga joylashtiriladi.
To‘rtinchi, namoyishchilarni jalb qilishning eng qulay usulidan biri bu
namoyishlar vaqtida politsiyaning aholiga nisbatan shafqatsizligi (kaltaklash, rezina
o‘qlar va gaz granatalardan foydalanish) aks etgan video yoki fotosuratlar
joylashtirilib, hukumatning namoyishchilar bilan hech qachon murosa qilmasligi
to‘g‘risidagi bayonotlar doimiy takrorlab turiladi.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
243
Beshinchi, muxolifatga xayrixoh bo‘lgan shifokorlar va tibbiyot xodimlari
politsiya tomonidan namoyishchilarga qarshi foydalanilayotgan ko‘zni yoshlantiruvchi
granatalarning inson organizmiga xavfli ta’sir qilishini ko‘rsatuvchi grafikalar
tayyorlanib, jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Oltinchi, hukumat vakillari va politsiyaning har qanday harakatini
obro‘sizlantirish, buning uchun mansabdor shaxslarning bir-biriga zid bo‘lgan
bayonotlari bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Masalan, politsiyaning muxolifat namoyishchilariga
nisbatan hokimiyatni qo‘llab quvvatlovchi shaxslarning ko‘pligi to‘g‘risidagi bayonoti,
aslida yolg‘on ekanligi to‘g‘risidagi dalillar keltiriladi.
Ettinchi, norozilik namoyishlarida turli kasb egalari ishtirok etayotganligi alohida
ta’kidlanib, ularga maxsus seriyali plakatlar tarqatiladi. Xususan, ta’lim xodimlari, bank
xodimlari, tibbiyot xodimlari va boshqalar.
Sakkizinchi, namoyishchilarning onlayn makoni uchun turli ramziy belgilar
yaratiladi. Misol uchun, Gonkong namoyishchilarining sevimli virtual qahramoni bu
“Pepe” laqabli baqa bo‘lgan. 35
To‘qqizinchi, ijtimoiy tarmoqlardan nafaqat norozilik kompaniyasi materiallarini
tarqatish uchun, balki muxolifat harakatlarini muvofiqlashtirish uchun ham
foydalanilmoqda. Bunga misol qilib iqtisodiy boykot qilish taktikasini keltirish
mumkin. Barcha noroziliklarga xayrixoh bo‘lganlarga davlat banklari bilan ishlash,
hokimiyatni qo‘llab quvvatlaydigan ishlab chiqaruvchilarda tovarlar sotib olish
qat’iyan rad qilinadi. Namoyishchilar uchun o‘z mablag‘larini naqd pulga yoki
kriptovalyutaga aylantirib to‘lov kartalaridan foydalanish cheklanadi.
O‘ninchi, “suv kabi bo‘ling” bu mashhur jang san’ati ustasi Bryus Liga tegishli
bo‘lib, bu namoyishchilar tomonidan shior qilib olingan va ijtimoiy tarmoqlarda keng
tarqatilmoqda. Buning ma’nosi shuki, norozilik paytida xuddi shisha ichidagi suvday
moslashuvchan bo‘lish kerak, ya’ni to‘qnashuvlar vaqtida politsiya kuchlari son
jihatdan ustunligi sezilsa darhol chekinish va kichik guruhlarga bo‘linib turli
tomonlarga tarqalish kerak, shunda ularni hibsga olish imkonsiz ishga aylanadi. Global
internet tarmog‘i imkoniyatlaridan tashkilotchilar tomonidan nafaqat namoyishlarni
rivojlantirish uchun, balki Xitoy rasmiy hukumati va keng jamoatchiligi Gonkong
tartibsizliklarini bevosita boshqa davlatlar ta’siri ostida bo‘layotganligi, hukumat
kuchlari norozilik namoyishchilari qatnashchilariga nisbatan adolatli faoliyat olib
borayotganligi borasidagi dalillar bilan antimiting siyosatini qo‘llashda ham
foydalanmoqda.
Jumladan, Gonkongni tashqi kuchlar ta’siridan saqlash to‘g‘risidagi “Gonkongni
himoya qil” nomli qisqa metrajli video rolik 5 mlndan ortiq namoyishlarga qarshi
chiquvchilarni to‘pladi. Ular “Politsiya xodimlari, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz” shiori
bilan harakat olib borishdi. [5] Ayrim politsiya xodimlarining qahramonona
harakatlari bo‘rttirilgan holda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Masalan, Lyu Ser
ismli politsiyachiga bir guruh tartibbuzarlar hujum qilib, uzoq vaqt kaltaklashgani
surati butun Xitoy xalqi tomonidan namoyishchilarning vahshiyligi qoralandi. Xitoy
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
244
hukumatining rasmiy tezislarini ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilishda, ya’ni
“Namoyishchilarning pul evaziga ko‘chaga chiqishayotgani”, “Namoyishchilar politsiya
bilan kurashda Amerika qurolidan foydalanayotgani” kabi suratlarni e’lon
qilishmoqda. Tahlil natijasiga ko‘ra, Gonkongdagi tartibsizliklar davrida internet
vositasi orqali targ‘ibotda rasmiy hukumatga qaraganda oppozitsiyaning yaqqol
ustunligi ko‘rinmoqda. Pekin keng ko‘lamli tashviqot urushi uchun qarshi turishga
tayyor emasligi Gonkongdagi tartibsizliklar vaqtida o‘z aksini topdi.
Ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishda yana bir muhim vosita bu “Aqlli
olamon” va “Boshqariladigan xaos” konsepsiyalari bo‘lib, ushbu tushunchalari bir-biri
bilan o‘zaro bog‘liq ravishda tartibsizliklar bo‘lishidan manfaatdor tashqi kuchlarning
o‘ziga xos quroliga aylanmoqda.
O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab, yangi “ijtimoiy” texnologiyalarni
shakllantirish va dunyodagi geosiyosiy jarayonlarni tartib bilan emas, balki tartibsizlik
prizmasi orqali boshqarish davri boshlandi. «Sovuq urush» barham topgach, bundan
keyingi jahon siyosiy jarayonlarining insonparvarlik yo‘nalishida rivojlanishiga keng
jamoatchilik va ilmiy doirada ishonch paydo bo‘lgan edi. Biroq, dunyoning turli
nuqtalarida sodir bo‘layotgan turli xildagi inqilobiy ko‘tarilishlar va shunga o‘xshash
hodisalar
dunyoning
global
xarakterdagi
geosiyosiy
konfliktlar
bilan
to‘qnashganligidan dalolat bermoqda. Ushbu geosiyosiy konfliktlar natijasida, xalqaro
siyosiy vaziyat ancha murakkablashib, xalqaro munosabatlarning asosiy sub’ektlari
o‘rtasidagi kurash shiddatli tus olmoqda. Ushbu geosiyosiy kurash jarayonlarida yirik
davlatlar yangi texnologiyalar ishlab chiqib, bunda asosiy e’tiborni harbiy kuch
qo‘llashni istisno etishga qaratishmoqda.
1992 yilda S.Man Vashingtondagi Milliy harbiy kollej jurnalida “Xaos nazariyasi
va strategik fikrlar” nomli maqolasini nashr qildi hamda xaos tushunchasi bilan
geosiyosiy jarayonlarni o‘zaro bog‘lab “Boshqariladigan xaos” nazariyasiga asos soldi.
Muallif bu nazariya bilan AQSH milliy manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida
dushman davlat uchun “Tanqidni eksplatatsiya qilish” va u erda “Tartibsizlik yaratish”
zarurati xususida fikr bildirdi. S.Mann muvaffaqiyatli xalqaro siyosatning kaliti keskin
vaziyatni aniqlab olish va undan unumli foydalanishda deb biladi. U ayrim holatlarda
ushbu keskin vaziyatdan qochish kerak, ayrim holatda esa siyosiy qayta qurishni
amalga oshirish maqsadida uni qo‘llab-quvatlash lozim, deydi. Keskin vaziyatni keltirib
chiqarishning bir nechta imkoniyatlari haqida gapirib, ularning ichida maqsadga
erishishda eng qulay usuli individual aktorlar yoki olomonning konfliktli energiyasi
ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, konfliktli energiya inson tabiatida, u global
tizimning asosiy bo‘g‘iniga aylangandan buyon mavjud. Manning ta’kidlashicha,
insonlarda konflikt energiyasini kamaytirish yoki ularni AQSH milliy xavfsizligi
maqsadlariga mos ravishda yo‘naltirish uchun insonlardagi dasturiy ta’minotni
o‘zgartirish lozim. Axborot sohasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, dasturni
o‘zgartirishning agressiv usuli “virus” bilan bog‘liq. S.Manning fikricha, g‘oya
dasturlangan inson uchun «virus» hisoblanadi. S.Manning ta’kidlashicha, bunday
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
245
g‘oyaviy virusdan AQSH o‘zining quroli sifatida foydalanmoqda. O‘sha joyda
demokratik plyuralizm va inson huquqlarini himoya qilish kabi g‘oyalar bilan
zararlashni tanlaydi. Kerakli mamlakat yoki mintaqada xaosni amalga oshirishda
noharbiy vositalardan (OAV, ta’lim, madaniyat kabilar) foydalanish zarurligini
ta’kidlaydi va geosiyosiy raqibning hududida xaosni vujudga keltirishning asosiy
mexanizmlari sifatida S.Mann quyidagilarni keltiradi:
1) liberal demokratiyani yoyish;
2) mamlakatda bozor islohotlari amalga oshirilishiga erishish;
3) siyosiy elitaning hayot standartlarini ko‘tarish;
4) jamiyatda milliy qadriyat va g‘oyani siqib chiqarish.
Ushbu doktrinaga ko‘ra, har qanday siyosiy tizim mustahkam emas. Demokratik
tuzumga ega mamlakatlardan ko‘ra avtoritar tuzumga ega mamlakatlarda xaos yuzaga
kelishga moyillik bir muncha kuchli. SHundan kelib chiqib, AQSH o‘zini ilg‘or
demokratik davlat deb hisoblab, avtoritar tuzumga ega davlatlarda demokratiyani
o‘rnatish yo‘li orqali xalqaro barqarorlikni ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi sifatida
ko‘radi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’kidlash joizki, S.Manning “Xaos nazariyasi”ga
asoslangan ta’limoti dunyoda AQSHning hukmronligini ta’minlashga qaratilgan
geosiyosiy konsepsiya hisoblanadi. Uning fikricha, AQSHning hukmronligini an’anaviy
strategik yondashuvlar bilan emas, balki noan’anaviy bo‘lgan “Xaos nazariyasi” orqali
ta’minlash mumkin. Biroq, ushbu nazariy inshootlarning amaliyotda samarali siyosiy
doktrinaga aylanishi uchun tegishli texnik baza, va eng avvalo ko‘pchilik uchun ochiq
bo‘lgan axborot texnologiyalari kerak edi. Bu 2000 yillar boshida sodir bo‘ldi
robototexnika, simsiz aloqa va internetga kirish uchun qulay bo‘lgan smartfonlarning
paydo bo‘lishi tufayli jamiyatda insonlarning o‘zaro bog‘liqlik kuchaydi.
2002 yilda Govard Reyngold o‘zining “Umnaya tolpa: novaya sotsialnaya
revolyusiya” deb nomlangan kitobida “Aqlli olomon” tushunchasini qo‘lladi. “Aqlli
olomon” (inglizcha smart mob) – yuqori texnologiyalardan samarali foydalanish orqali
o‘z-o‘zini tuzadigan ijtimoiy tashkilotning noan’anaviy shakli bo‘lib, u aynan aniq bir
maqsadni ko‘zlagan holda, doimiy nazorat asosida boshqarib boriladigan odamlar
guruhini tashkil qiladi. “Aqlli olomon” texnologiyasining birinchi bo‘lib aynan
uyushgan jinoyatchilik va boshqa mamlakatlarning rejimini o‘zgartirishga harakat
qiluvchi maxsus xizmatlar foydalanishgan. Hozirda, tezda va global miqyosda
tarqalishga erishgan aqlli olomonning bir nechta turlari mavjud. Ularning eng sodda va
keng tarqalgan turi Flesh-mob – ya’ni oldindan rejalashtirilgan ommaviy aksiya bo‘lib,
odatda zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkil etiladi. Bunda, katta odamlar
to‘dasi to‘satdan oldindan kelishilgan joylarda paydo bo‘ladi va belgilangan
harakatlarni bajarib, tezda tarqalib ketadi. Ikkinchi turi “Shoping-bunt” (kriminalnыy
karnaval) - ijtimoiy tarmoqlar orqali tartibsizliklar uyushtirilib, talonchilik, o‘yin-kulgi
maqsadida bino va avtomobillarni o‘qqa tutish yoki o‘t qo‘yish. Uning o‘ziga xosligi
shundaki, u tartibsizlikdan zavqlanish, rohatlanish uchun o‘tkaziladi, bunda hech
qanday siyosiy maqsad ko‘zlanmaydi. Aqlli olomoning uchinchi turi “Tinch isyon”
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
246
(mirnыy bunt) - aholi va jahon hamjamiyati nazarida amaldagi hukumatni
delegitimizatsiya qilishni maqsad qilgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali uyushtirilgan
siyosiy harakatlardir.[7] “Aqlli olmon” tushunchasining to‘liq ma’no mazmunini ochib
berishda uni “An’anaviy olomon” bilan o‘zaro farqli jihatlarini ajratib ko‘rsatish
samarali hisoblanadi.
1. “An’anaviy olomon” shakllanishi uchun “shok stimuli” (bevosita
ishtirokchilarning hayotiy manfaatlariga ta’sir qiladigan voqea) kerak bo‘lsa “Aqlli
olomon” shakllanishi uchun oldindan puxta tuzilgan reja asosida bo‘ladi;
2. struktura jihatdan “An’anaviy olomon” agressiv (buzg‘unchi) tarqoq
ko‘rinishida bo‘lsa, “Aqlli olomon” uchun nisbatan birikgan shaklda harakatlanish
ustun;
3. “An’anaviy olomon”da boshqaruv faqat shakllanish va harakat boshlanishning
dastlabki bosqichida bo‘lsa, “Aqlli olomon”da boshqaruv doimiy ravishda amalga
oshiriladi;
4. ishtirokchilar soni bo‘yicha “An’anaviy olomon” 20 000 gacha bo‘lsa, “Aqlli
olomon” 500 000 gacha bo‘lishi mumkin;
5. ishtirokchilar hissiy holati an’anaviyda ancha kuchli bo‘lsa, “Aqlli olomon” ko‘p
ham hissiyotga berilmaydi.
Bugungi kunda ommaviy tartibsizliklar kelib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar
o‘rganilganda, dastlab biron-bir omil norozilik namoyishi keltirib chiqarishi,
keyinchalik esa norozilik namoyishida keskinlikning ortishi bilan ommaviy
tartibsizlikka aylanib ketishi holatlari kuzatilmoqda. Keskinlikning ortish holati, ushbu
noroziliklar vaqtida davlatning namoyishchilarga tazyiq o‘tkazishi, huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning olomonga kuch ishlatishi, olmonning talabi qondirilmasligi bilan
izohlanishi mumkin. Dunyoda bo‘lib o‘tayotgan ommaviy tartibsizliklarning paydo
bo‘lish mexanizmiga e’tibor qaratsak, barcha ommaviy tartibsizliklarda o‘xshash jihat
mavjud. Bu aholini jumbushga keltiruvchi davlatning o‘z fuqarolariga nisbatan qilgan
noto‘g‘ri harakati (vahshiyligi) hisoblanadi. Masalan, 2019 yil 6 iyun kuni Moskvada
“Meduza”ning maxsus muxbiri Ivan Golunov politsiya tomonidan narkotik moddalar
savdosi aybi bilan hibsga olindi, lekin keyinchalik Golunov sumkasidan va uyidan
topilgan narkotik moddalar politsiya tomonidan atayin tashlab qo‘yilganligi, uning
tanqidiy ruxdagi jurnalistik materiallari tufayli bu ish qasddan uyushtirilganligi
isbotlangandan so‘ng butun mamlakatda tartibsizliklarning kelib chiqishiga sabab
bo‘ldi. Ommaviy tartibsizliklarga qarshi kurashning o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki,
tartibsizliklar vujudga kelgandan so‘ng uni bartaraf qilish imkonsiz jarayon bo‘lishi
mumkin. SHuning uchun ham, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishdan ko‘ra, uning
paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratuvchi holatlarni aniqlash va zarur chora tadbirlar
belgilash muhim jarayon hisoblanadi. Bunda dastlab ommaviy tartibsizliklarni keltirib
chiqaruvchi omillarni aniqlab olish lozim. Soha mutaxassislarining fikricha ommaviy
tartibsizliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilganda, ularni quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
247
Birlamchi omillar:
1. davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning tangligi;
2. ishsizlik darajasining yuqoriligi;
3. mamlakatda muttasil davom etib kelayotgan beqaror siyosiy vaziyat;
4. mamlakat hududlardagi turli xil milliy-etnik ziddiyatlar;
5. diniy konfessiya vakillari o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi;
6. milliy ozchilikka nisbatan diskriminatsiya mavjudligi.
Ikkilamchi omillar:
1. ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklar;
2. qo‘shni davlatlar hududidagi ommaviy tartibsizliklar ta’siri;
3. yirik davlatlar manfaatlariga xizmat qiluvchi tendensioz sayt (Ozodlik radiosi,
Eltuz.com, Uz xalq harakati)larning provokatsion faoliyatlari. Bundan tashqari, ushbu
omillarni davlatga nisbatan ta’sir o‘tkazish sub’ektlariga qarib ichki va tashqi omillarga
ham ajratish mumkin. Ichki omillar: davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning tangligi,
mamlakatda muttasil davom etib kelayotgan beqaror siyosiy vaziyat, ishsizlik
darajasining yuqoriligi, diniy konfessiya vakillari o‘rtasidagi munosabatlarning
yomonlashuvi, milliy ozchilikka nisbatan diskriminatsiya mavjudligi, ommaviy
tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar. Tashqi
omillar: chegara hududlardagi turli xil milliy-etnik ziddiyatlar, qo‘shni davlatlar
hududidagi ommaviy tartibsizliklar ta’siri, yirik davlatlar manfaatlariga xizmat
qiluvchi tendensioz sayt (Ozodlik radiosi, Eltuz.com, Uzxalqharakati)larning
provokatsion faoliyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Mutaxassislar fikricha, ijtimoiy
adolat mezonlarining qo‘pol ravishda buzilishi, aholi ehtiyoji uchun zarur tovarlarning
tanqisligi yoki ushbu mahsulotlar narxining keskin ko‘tarilib ketishi, fuqarolar huquq
va erkinliklarini oshkora poymol qilinishi va mansabdorlarga xos jinoyatlar
(poraxo‘rlik, byurokratizm va tamagirlik)ning avj olishi, singari illatlar ham ommaviy
tartibsizliklarni vujudga keltiradigan omil o‘laroq qaraladi. Sanab o‘tilgan mazkur
holatlar o‘rtasida davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning tangligi va aholining o‘z
vaqtida hal qilinmagan turli muammolar yuzasidan norozilik namoyishlarining
keyinchalik ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketishi eng muhim sabablardan biridir.
2013 yil noyabr oyida Ukraina davlatida boshlangan evromaydon voqealarini
bunga misol tariqasida olsak, ijtimoiy adolatsizlikning yuqori darajasi, Ukraina
aholisining daromadlari va turmush darajasidagi katta farq, ijro etuvchi, sud
hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi korrupsiya aholining
hukumatga nisbatan ommaviy noroziligiga olib kelganligiga amin bo‘lamiz.
2018 yil oxirida Fransiya davlatida “sariq jiletlilar” nomi bilan mamlakatda neft
mahsulotlari narxining oshirilishiga qarshi boshlangan tinch namoyishlar keyinchalik,
prezident Emmanuel Makronning iste’fosini talab qila boshlashdi va natijada huquqni
muhofaza qiluvchi organlar qarshiligi bilan ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Ba’zi davlatlardagi siyosiy vaziyatning nobarqarorlik holatini ham kelgusida ommaviy
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
248
tartibsizliklarga turtki beruvchi kuch sifatida ko‘rish mumkin. Bunga dalil sifatida,
2019 yil 4 oktyabrda Iroq davlatida og‘ir siyosiy vaziyat natijasida boshlangan
ommaviy tartibsizliklarning keltirishimiz mumkin. Iroq so‘nggi o‘n besh yil davomida
urush va diniy nizolar girdobida qolgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Iroqda
2018 yildan ishsizlik darajasi yiliga 7.9 % ga o‘smoqda, ammo bu yoshlar orasida ikki
barobardan ham yuqori taxminan 25 % dan ortiq. Deyarli 17% mehnatga layoqatli
iroqliklar faqat vaqtinchalik ish topishlari mumkin, 2014 yildan buyon mamlakat
aholisining deyarli to‘rtdan bir qismi kuniga 1.9 dollardan kam mablag‘ evaziga
yashamoqda. Har oltinchi oilada oziq-ovqat tanqisligi mavjud. Mamlakatni qayta
tiklash uchun 88 mlrd dollar mablag‘ talab qilinmoqda. 1 Davlatdagi siyosiy beqarorlik
holati haqida gapirilganda shunisi e’tiborliki bunda amalga oshirilgan ommaviy
tartibsizliklardan nafaqat ichki kuchlar, shuningdek tashqi kuchlar ham o‘z
manfaatlarida yo‘lida foydalanishadi. Bunday tartibsizliklar mamlakatga tashqi
kuchlarning osonlik bilan suqilib kirishiga imkoniyat yaratadi. Siyosiy beqaror
davlatlardagi ommaviy tartibsizliklar jarayonida, hukumatning tartibsizliklar
ishtirokchilariga nisbatan kuch ishlatishi va bundan jabr ko‘rgan aholining
“huquqlarini himoya qilish” niqobi ostida suqilib kirish ssenariysi hozirda juda ko‘p
yirik davlatlar tomonidan qo‘llanib kelinmoqda. Ommaviy tartibsizliklar jamiyatdagi
turli qarama-qarshi milliy-etnik guruhlarning o‘zaro ayirmachilik ruhidagi nizolari
ta’siri ostida ham vujudga kelishi mumkin. Bunday turdagi ommaviy tartibsizliklar
ko‘proq avvalgi sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lib, uning sabablari
tahlil qilinsa, ularning aksariyatining ildizlari o‘tmish xatolariga ya’ni, sobiq sovet
tuzimi sovet davlatini tuzishda chegaralarni belgilashdagi amalga oshirilgan noto‘g‘ri
siyosatiga va o‘sha davrda yo‘l qo‘yilgan milliy kamsitishlarga, shuningdek, davlat
siyosatini nomaqbul olib borilishi kabi holatlarda ko‘rishimiz mumkin. [9] Misol
tariqasida 1991 yilda boshlangan Ozarbayjon va Armanlar o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘
mojarosini keltirishimiz mumkin. Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyat sifatida 1923 yilda
Ozarbayjon hududida tashkil etilgan bo‘lib, bu erda asosan arman millati vakillari
(89.24 %) istiqomat qiladi. Ular 1820 yillarda CHor Rossiyasi tomonidan bu erlarga
ko‘chirib olib kelingan. SSSR tarqalgandan so‘ng armanlar separatistik harakatni
boshlashdi va ikki millat ozarbayjon va armanlar o‘rtasida millatlararo mojaro vujudga
keldi. 1991 yil separatistik rejim Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini e’lon qildi, lekin
dunyoning hech bir mamlakati bu mustaqillikni tan olmadi.1 Davlatlar o‘rtasidagi
chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlarining to‘liq yakunlanmaganlik
holati ham chegara hududlarida yashovchi aholi punktlari o‘rtasida o‘zaro ommaviy
nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri bo‘lmoqda. Misol uchun, Tojikiston va
Qirg‘iziston o‘rtasida 970 kmdan ortiq umumiy chegara bo‘lib o‘tgan yillar mobaynida
uning 510 kmga yaqini demarkatsiya qilingan. SHu sababli ham chegara hududlarda
bot-bot qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib turadi. 2020 yil 07 may kuni Tojikiston va
Qirg‘iziston chegara hududida Qirg‘iziston fuqarolarining bahsli hududda 4 gektar er
maydonini o‘zlashtirishlari natijasida u erda yashovchi qirg‘izlar va tojiklar o‘rtasida
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
249
to‘qnashuv bo‘lib ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqan. Diniy konfessiya vakillari
o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi natijasida vujudga kelgan ommaviy
tartibsizliklarga 2020 yil 24 fevral 1 Tog‘li qorabog‘ muxtor viloyati.
https://uz.wikipedia.org/wiki/T 46 kuni Hindiston davlatida boshlangan voqealarni
misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Hindiston parlamenti Pokiston, Afg‘oniston va
Bangladeshdan kelgan qochqinlarga fuqarolik berishni soddalashtirish bo‘yicha
Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirish kiritdi, ammo bir shart bilan, ular
induistlar, sikhlar yoki nasroniylar bo‘lishi mumkin faqat musulmon bo‘lmasliklari
kerak. SHu bilan bir vaqtda, ko‘plab shtatlarda mahalliy musulmonlar Hindiston
fuqarosi ekanini isbotlashi kerak bo‘ladi. Agar ular kerakli dalillar keltira olishmasa,
ular deportatsiya qilinishi mumkin. Ushbu qonun loyihasi hindistonlik musulmonlarni
g‘azablantirdi. Ularning fikricha, so‘nggi tuzatishlar konstitutsiyaga zid, chunki rasman
dunyoviy hisoblangan mamlakatda aholining bir qismi diniy e’tiqodidan kelib chiqib
kamsitilmoqda. Hindiston shimoli-sharqiy shtatlari aholisi ham qonunga e’tiroz
bildirgan — endi ular Bangladeshdan kelgan millionlab odamlar ularning shtatlarida
doimiy qolib ketishidan xavotirda. Bu tuzatishlarni mahalliy aholi manfaatlariga zid
deb hisoblagan musulmonlar ommaviy tartibsizliklarni boshlashdi.1 Ommaviy
tadbirlar vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlarining yoki ommaviy
tadbirlar tashkilotchilarining tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda mas’uliyatsizlikka
yo‘l qo‘yishi, turli noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi ham aholi tomonidan ommaviy
norozilik holatlarini keltirib chiqarishi, bu esa kelgusida ommaviy tartibsizliklarga
aylanib ketishi ehtimolini oshirishi mumkin. 2017 yilda Sayilgoh ko‘chasida o‘tkazilgan
rekord osh tadbirida tashkilotchilar tomonidan OAVda keng yoritilib, kirish
chegaralanmagan degan ma’noda reklamalar berilganligi sababli, “Amir Temur
xiyoboni” atrofida 120.000 dan ortiq fuqaro yig‘ilib osh tarqatish bilan bog‘liq
jarayonda turli ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lgan. 1 Hindlar nega Islomga qarshi isyon
ko‘tarmoqda. https://sputniknews-uz.com/world/20200228/13562068 47 2018 yil
30 iyunda YOshlar kuniga bag‘ishlanib “Milliy” stadionda o‘tkazilgan tadbirga kirish
biletlari kassalarda tekin tarqatilmoqda mazmunida ommaviy axborot vositalarida
keng yoritilishi natijasida 30.000 kishiga mo‘ljallangan stadionga taxminan 50.000ga
yaqin fuqaro tashrif buyurgan. Bu o‘z navbatida, stadion hududiga kira olmagan
fuqarolar tomonidan juda ham qattiq norozilikka sabab bo‘lgan. SHu bilan birga, turli
bayramlar va siyosiy tadbirlarda (miting va namoyishlar) huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tomonidan ommaga nisbatan turli qurollardan o‘rinsiz foydalanishi
kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ommaviy tartibsizliklarning boshlang‘ich
bosqichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kuch va vositalarning etarli
darajada bo‘lmasligi, olomonga tushuntirish ishlarini olib bormasdan, uning
etakchilarini qo‘lga olishga qaratilgan harakatlari ommani g‘alayonga undovchi sabab
bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish bilan biror
mamlakatda siyosiy beqarorlik holatini vujudga keltirishda yirik davlatlar axborot
kommunikatsiya texnologiyalardan oqilona foydalanishmoqda. Jumladan, o‘zlarining
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
250
manfaatlariga xizmat qiluvchi tendensioz saytlar orqali yashirin faoliyat bilan
mamlakat aholisi ongiga salbiy axborot-psixologik ta’sir o‘tkazib, ularda davlat
boshqaruviga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‘otish va davlat siyosatiga qarshi
norozilik chiqishlari uyushtirishga chorlovchi axborotlar tarqatilmoqda. Xususan,
“Eltuz.com” saytining oxirgi 2 oy ichida (yanvar 2020 y. – fevral 2020 y.) nashr etilgan
134 ta materiallari mazmunan tahlil qilinganda tarqatilgan materiallarning 90 foizi
O‘zbekistondagi siyosiy hokimiyat faoliyatini qoralashga qaratilganligini ko‘rish
mumkin. Saytning 24 yanvar kuni nashr qilingan “Ketga tepadiganlarni ko‘paytirish
kerakmi?” nomli maqolasida yashash uylari buzilayotgan fuqarolarni o‘z huquqlarini
himoya qilish uchun bosh ko‘tarishlari kerakligiga ochiqdan ochiq da’vat qilingan
Достарыңызбен бөлісу: |