Dasturiy ta'minot – Mijozlarga onlayn tarzda
Platforma Xizmati, Sayt, Shaxsiy kabinet yoki
Mobil ilovadan foydalanish, elektron tarzda
Ofertalarni
rasmiylashtirish,
Shartnoma
va
qo'shimcha kelishuvlarni tuzish, shuningdek, boshqa
hujjat va xabarlarni almashish imkonini beruvchi
dasturiy vositalar yig'indisi.
Push-xabarnoma – Platforma tomonidan Mijozga,
mijozning mobil telefoni ekranida chiqib keluvchi
xabar shaklida yuboriladigan xabarnoma.
Hisob-kitob sanasi – navbatdagi Har oylik to'lovni
amalga oshirish shart bo'lgan To'lovlar jadvalida
ko'rsatilgan sana. Hisob-kitob sanasining kun yakuni
holatiga mazkur Umumiy shartlarga muvofiq,
qarzdorlikni so'ndirish, uning muddat o'tishi fakti
belgilanadi, qarzdorlik qoldig'i o'zgaradi va hkz.
Hisob-kitob davri – Shartnoma tuzilgan sanadan
boshlab, birinchi Hisob-kitob sanasigacha (shu kuni
ham) bo'lgan davr, hisob-kitob davridan keyingi
kundan boshlab kelgusi Hisob-kitob sanasigacha
(shu kuni ham) bo'lgan davr.
Sayt – Platformaning quyidagi manzilda joylashgan
Internet-manbasi: https://uzumnasiya.uz.
Hamkorning sayti – zarur Dasturiy ta'minot
o'rnatilgan yoki uning yordamida ko'rsatilgan
Dasturiy ta'minotdan foydalanish imkoni mavjud
bo'lgan Savdo nuqtasi sifatida xizmat qiladigan
Hamkorning Internet-manbasi.
SHMga ishlov berilishiga rozilik – Mijozning
shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berish va Mijoz
tomonidan
birlamchi
identifikasiya
va
verifikasiyadan o'tish jarayonida yoki boshqa
Shartnoma
doirasida
bildirilgan
boshqa
majburiyatlarni qabul qilish uchun rozilik bo'lib, u
bilan Mijozning Shaxsiy kabinetida, shuningdek,
Uskunada yoki Hamkorning Saytida tanishish
imkoniyati mavjud.
Достарыңызбен бөлісу: |