41
Yuqoridagi rasmdan shuni ko’rishimiz mumkinki, ATB Agrobank
tomonidan berilgan jami kreditlar tarkibidagi sanoat tarmoqlariga ajratilgan
kreditlar ulushi 25-35 foiz oralig’ida, qishloq xo’jaligiga ajratilgan kreditlar 35-50
foiz oralig’ida, moddiy-texnika ta’minotiga ajratilgan kreditlar esa 10 foiz atrofida
tebranmoqda.
ATB Agrobank tomonidan ajratilgan kreditlar ortishi o’z navbatida
bankning o’z mijozlari oldida likvidliligini ta’minlashni taqozo etadi. Tijorat
banklarining likvidliligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai-
nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining likvidliligini
ta’minlash ularning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkonini beradi.
Ma’lumki, bank tomonidan o‘z aktivlari va passivlarining maqbul strukturasini
shakllantirgan
holda,
likvidlilik
tavakkalchiligini
boshqarish
tizimini
takomillashtirishni ta’minlash orqali moliyaviy holatining barqarorligiga erishiladi.
Xususan, mazkur tavakkalchilik Markaziy bankning tegishli iqtisodiy
me’yorlari bajarilishi, yuqori likvidli aktivlarning yetarli darajada saqlash hamda
kundalik to‘lov pozitsiyasi ustidan nazorat o‘rnatish orqali boshqarib kelinmoqda.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali ATB Agrobankning 2015-yil 1-yanvar
holatigacha bo’lgan davr mobaynida joriy likvidliligiga baho beramiz.
8-rasm. 2015.01.01. holatigacha ATB Agrobank likvidlik ko’rsatkichi
Достарыңызбен бөлісу: