INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020: CENTRAL ASIA»
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, FEB-MARCH 2020
174
Handalak – qovunning yumaloq, maydaroq, xushbo‘y, eti yumshoq, ertaroq yetishadigan
bir turi.(3,44).
Umbirvoqi – shakli tuxumsimon, tusi sariq aralash qoramtir yashil, sersuv, shirin,
kechpishar qovun.(3,171).
O‘quvchilar izohni o‘qiganlaridan so‘ng o‘qituvchi ularga bu qovunlarning rasmini
ko‘rsatadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga qo‘zivoy tarvuz haqida ma’lumot beradi:
Qo‘ziviy – cho‘ziq – sharsimoh, yuzasi silliq, po‘sti qoramtir yashil, eti pushti rangli, sersuv,
kechpishar tarvuz navi. (2,178).
Darslikda berilgan “Qo‘rqo‘q” hikoyasida qo‘y uyadoshlik qatoriga mansub qo‘y, sovliq
qo‘zichoq so‘zlari uchraydi. Ushbu so‘zlar qo‘llangan gaplarni keltiramiz.
1.
Katta sovliq qorong’I tun ichidan sho‘ng’ib chiqdi.
2.
U qo‘yni ko‘rgan zahoti xuddi yo‘ldosh topilganday qo‘rquvni unutdi.
3.
Yashin yalt etganda, sel betide qalqib oqib borayotgan qo‘zichoqqa ko‘zi tushdi.
Bu gapda qo‘llangan sovliq, qo‘zichoq so‘zlari uyadosh soz bo‘lsa, qo‘y so‘zi jins nomini
bildiruvchi uya so‘zdir.
Mazkur matndagi uyadosh so‘zlarni o‘quvchilar faol lug’atiga kiritish uchun quyidagicha
ish olib boorish mumkin.
1. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan savol-javob qiladi.
-
O‘quvchilar, matndan qo‘y ma’nosini bildiruvchi so‘zlarni topinglar-chi?
-
Qo‘y, sovliq, qo‘zichoq.
-
Qo‘zichoq nima bolalar?
-
Qo‘yning bolasi.
-
Sovliq-chi?
O‘quvchilar, albatta, bunga javob bera olmaydi. Shunda o‘qituvchi o‘quvchilarga bu
so‘zning ma’nosini lug’atdan topib o‘qishni taklif qiladi. O‘quvchilar topib oqiydi.
-
Sovliq- qo‘zilagan, sog’iladigan qo‘y,: ona qo‘y. (3, 147).
O‘quvchilar, qo‘yning erkagi nima deb atalishini bilasizmi?
-
Qo‘chqor deyiladi.
-
Qo‘zichoq, qo‘chqor, sovliq so‘zlarini bitta so‘z bilan nima deb arash mumkin?
-
Qo‘y deb atash mumkin.
Demak, o‘quvchilar, qo‘y so‘zi umumiy nomni, qo‘zichoq, qo‘chqor, sovliq so‘zlari
uning turlarini bildirar ekan.
1. Shundan so‘ng o‘qituvchi bu so‘zlar ishtirokida gap yoki kichik matn tuzishni topshirishi
mumkin.
Darslikdagi “Tushovli to‘y” hikoyasida ot uyadoshlariga oid saman, toy, qashqa, ayg’ir
so‘zlari ishtirok etgan. Bu hikoyani o‘tishd uyadosh so‘zlar ustida quyidagicha ish olib boriladi.
O‘qituvchi hikoyadan ot ma’nosini bildiruvchi so‘zlarni topishni topshiradi. O‘quvchilar
saman,toy, qashqa, ayg’ir so‘zlarini topib aytadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi bu so‘zlarning
ma’nosini lug’atdan topib o‘qishni taklif qiladi. O‘quvchilar bu so‘zlarning ma’nosini lug’atdan
topib o‘qiydi. Samas och,malla, sarg’ish tusli ot.(3, 269).
Toy otning bir yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolasi.(3,134)
Qashqa ot yoki mol peshonasidagi oq joy, oq nishona, shunday nishonali ot yoki
mol.(3,269).
Ayg’ir – 3-4 yoshli erkak ot, umuman erkak ot.(3,130).
Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob qiladi.
O‘quvchilar, otning 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolasi qanday nomlanadi?
O‘quvchilar javob bera olmasa, o‘qituvchi shunday izoh beradi:
-
Otning bir yoshgacha bo‘lgan bolasi qulun deyiladi.
-
2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolasi esa g’o‘non, 3 yoshdan katta ot esa do‘non
deyiladi.
|