Фанларидан саволлар базаси шакллантирилган


NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI



Pdf көрінісі
бет4/5
Дата23.12.2023
өлшемі0.74 Mb.
#487758
1   2   3   4   5
10.00.01 - Ўзбек тили

NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI 
fani bo’yicha: 
Nazariy tilshunoslik fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari. Tilshunoslik 
sohasining nazariy mavzularini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy 
masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim 
xususiyatlari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, 
til birliklari, til birliklarining tizim sifatidagi qurilishi haqida ma’lumot keltirish, til 
mohiyatini nazariy muammolar asosida tahlil qilish. Tilshunoslik fani taraqqiyoti 
tarixidan. Tilshunoslik fanining shakllanish bosqichlari, ilmiy faoliyat turi sifatida 
falsafa 
fanidan 
ajralib 
chiqqanligi, 
umumlingvistik 
muammolar, 
bu 
muammolarning tilshunoslik maktablarida o‘rganilishi haqida ma’lumot berish. 
Asosiy lingvistik konsepsiyalar. Tilshunoslikka oid turli nazariyalar, lingvistik 
konsepsiyalar, jumladan Vilgelem fon Gumboldt, Ferdinand de Sossur, Sharl Balli, 
R.Yakobson, Yakob Grimm kabi olimlarning ta’limotlari. Tilshunoslik va 
semiotika. Lingvistik belgilar va lingvistik belgi tuzilishi. Tabiiy, sun’iy, shartli 
va infotmativ belgilar. Motivatsiya. Tilshunoslikning semiotikadagi o’rni. Belgilar 
tasnifi. Til bilan boshqa belgilar tizimining o‘xshashlik va farqli jihatlari. Tilning 
belgili va belgisiz xususiyatlari. Axborot va signal tushunchasi. Tilshunoslikning 
axborot nazariyasi bilan bog‘liqligi. Til strukturasi. Til strukturasining 
o‘rganilishi. Sutruktura va sistemaning bog‘liq jihatlari, biroq ularning bir hodisa 
emasligi, farqli tomonlari hamda bu haqida olimlarning fikrlari. Til tizimining 
sathlardan iborat bo‘lishi. O‘zaro bog‘liq va shartlangan ikki va undan ortiq 
elementning munosabatidan tashkil topgan va yangi sifatga ega bo‘lgan barqaror 
butunlikning tizim sanalishi. Til birliklari voqelanish belgisiga ko‘ra ham, 
ontologik (tuzilish) tabiatiga ko‘ra ham tizim ekanligi. Fonologiya. Fonema, 
tonema, aksentema va hk. Fonologiya maktablari. Fonologik tizim, fonologik 
oppozitsiyalar, fakultativ va individual variantlar, Boduen de Kurtene, 


L.V.Shcherba, N.S.Trubeskoylarning fonologik qarashlari. Semasiologiya. Leksik 
ma’noning semantik tarkibi. Sema tushunchasi. So‘z va leksemaning farqlanishi. 
Leksema semema va nomemalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topganligi, 
mazmuniy mundarijasi esa atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat 
bo‘lishi. Har qanday leksemada atash semasining albatta ishtirok etishi. Ifoda va 
vazifaviy semalar chegara semalar ekanligi. Morfosentrik nazariya. So‘zlarni 
turkumlarga ajratish tamoyillari. Morfologiyaning so‘z shakllari haqidagi ta’limot 
ekanligi. So‘z shaklning grammatik paradigma ichida qaralishi va zidlik 
munosabatida bo‘lishi. Zidlanishlar paradigma a’zolarining yashash va rivojlanish 
asosi ekanligi. Morfologiyada morfema va uning varianti tushunchasi markaziy 
o‘rinni egallashligi. Nazariy grammatika tizimida sintaksis. Gap va uning belgilari. 
Gapda shakl va mazmun. Gap bo‘laklari iyerarxiyasi. Sintaktik sathning so‘z 
birikmasi va gapdan iboratligi. Gap modelining so‘z birikmasi modelidan 
farqlanishi. Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi. Gap fikrni shakllantirish, 
ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari 
asosida shakllangan sintaktik birligi ekanligi. Gap sintaksisning asosiy birligi
sifatida. Gapning grammatik kategoriyalari. Gapning kommunikativ kategoriyasi. 
Aktual bo‘linish. Til birliklari orasidagi paradigmatik, sintagmatik, iyerarxik 
munosabatlar. ketma-ket tartibda birikishdagi munosabatlar, kombinatorlik 
munosabatlari, assotsiativ yoki paradigmatik munosabatlar , birliklarning ayrim 
xususiyatlari umumiyligi yoki o‘xshashligi asosida muayyan guruhlarga bo‘linishi, 
«yaxlitlik va bo‘lak» o‘rtasidagi munosabat. Bilish yo‘llari. Bilishning dialektik 
metodi. Umumiy va xususiy bilish yo’llari. Ilmiy metodlarning paydo bo‘lishi. 
Bilishning dialektik metodi. Umumiy va xususiy bilish yo’llari, paydo bo’lishi, fan 
tushunchasi, bilish bosqichlari, fahmiy billish va nazariy bilish. Fanlar tizimi va 
bu tizimda tilshunoslikning tutgan o’rni. Tilshunoslikning ijtimoiy, tabiiy va aniq 
fanlarga munosabati. Lingvistik tahlil metodlari va bu metodlarning o‘ziga xos 
jihatlari. Tavsifiy metod. Qiyosiy metod. Qiyosiy-tarixiy, chog‘ishtirma va 
tipologik metodlar. Zamonaviy tahlil metodlari. Bevosita ishtirokchilarga ajratish 
metodi.Differensial tahlil metodi. Komponent tahlil metodi. Transformatsiyalash 
(aylantirish) metodi. Matematik tilshunoslik. Matematik metodlarni tilshunoslikka 
tatbiq etish. Statistik tahlil metodi.
“Hozirgi oʼzbek tili”. Hozirgi oʼzbek tili milliy oʼzbek tilining muayyan 
sifatiy meʼyorlarga ega boʼlgan, sayqallangan, yuqori bosqichda rivojlangan oliy 
shakli ekanligi. Hozirgi oʼzbek adabiy tilining ogʼzaki va yozma shakllari. Uning 
taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillarning roli. Oʼzbek tili lahja, dialekt va 
shevalari. Hozirgi oʼzbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari. 
Uning taraqqiyot bosqichlari. Hozirgi oʼzbek adabiy tilining shakllanishida 
yetakchi shevalarning ishtiroki. Oʼzbek xalqi va uning tilining shakllanish tarixi. 
Oʼzbek tilining tarixiy ildizlari va yodgorliklari. Oʼzbek tili tarixini davrlashtirish. 
Hozirgi oʼzbek adabiy tili (HOʼАT) tushunchasi. HOʼАT va shevalar munosabati. 
HOʼАT ning oʼrganilish tarixi, bosqichlari. Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat 
tili haqida»gi qonuni va uning tarixiy ahamiyati. Oʼzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016 yil 13 maydagi “Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat 
oʼzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish haqida”gi Farmoni va uning 


tarixiy ahamiyati. Til, lison, nutq munosabati. Til sathlari va birliklari. Borliq, ong, 
falsafada umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (qisq. UMIS) hamda yakkalik 
(alohidalik), hodisa, voqea, oqibat (natija) (qisq. YaHVO) kategoriyalarining til 
tizimida voqelanishi. Fonologiya – fonetika. Imlo va talaffuz. Tilning moddiy 
(substantsiya tomoni) sathi xususida. Fonetika uning mohiyati, tadqiq usullari va 
birliklari, vositalari. Fonologiya va uning mohiyati, tadqiq usullari. Fonema asosiy 
fonologik birlik sifatida. Fonema va tovush orasidagi munosabat. Fonema, uning 
UMIS sifatida zotiy tabiati, turlari. Oʼzbek fonetika va fonologiyasining tadqiqi va 
muammolari. Leksikologiya, semasiologiya va frazeologiya, leksikografiya. 
Morfemika va morfologiya. Morfema va uning tabiati, turlari, ifoda va mazmun 
tomonlari, boshqa lisoniy birliklar bilan munosabati. Oʼzak va qoʼshimcha 
(affiksal) morfemalar. Аffiksal morfemalarning funktsional tasnifi – soʼz yasovchi 
(derivatsion), lugʼaviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi (aloqa - 
munosabat) morfemalar. Shaxsiy (subʼektiv) munosabat va baho ifodalovchi 
morfemalar. Ularning har birining zotiy tabiati va turlari. Oʼzbek morfemikasi va 
morfologiyasining tadqiqiy muammolari. Derivatsiya (soʼz yasalishi) va uning til 
qurilishi tizimidagi oʼrni. Soʼz yasash mohiyati va usullari. Oʼzbek tilshunosligida 
derivatsiyani oʼrganish muammolari. Grammatika tushunchasi, uning tarkibiy 
qismlari, oʼrganish obʼekti. Grammatika va milliylik, milliy mafkura. Morfologiya 
va sintaksisining oʼzaro munosabati. Morfologiya. Morfologik shakl, uning 
yasalish usullari (sintaktik va analitik). Morfologik kategoriya shakllar paradigmasi 
sifatida. Soʼz turkumlari grammatik kategoriya sifatida, soʼzlarni mustaqil soʼzlar, 
yordamchi soʼzlar, soʼz gaplar kabi toʼplamlarga ajratish tamoyillari. Feʼllarning 
tasniflovchi kategoriyalari (lugʼaviy shakllari). Feʼl nisbatlari paradigmasi. 
Nisbatlarning soʼz yasalishi va soʼz oʼzgartirishga munosabati. Orttirma, birgalik, 
majhul va oʼzlik nisbatlari. Аniq nisbat haqida. Feʼl turlari paradigmasi. Sifatdosh, 
ravishdosh, harakat nomlari va kesimlik shakllari. 
Sifatdosh 
va 
ravishdoshlarning ichki paradigmasi, uning zamon-tarz maʼnolari asosida qurilishi. 
Sifatdosh va ravishdosh shakllarining maʼno va vazifalari. Harakat nomi shakllari 
ichki paradigmasi, maʼno va vazifalari. Harakat tarzi analitik shakllarning yasalishi 
va maʼnolari, paradigmasi. Ot. Son paradigmasi. Kichraytirish, erkalash, shaxsiy 
munosabat shakllari Otlarning atoqli, turdosh, muayyan va mavhum maʼno turlari, 
oʼzaro munosabatlari. Oʼzbek onomastik leksikasining asosiy turlari, onomastik 
indikatorlar. Mavhum otlar va ularning asosiy turlari, yasalish xususiyatlari. 
Otlarning gapdagi sintaktik vazifalari. Sifat. Аsliy va nisbiy sifatlar, asliy 
sifatlarning daraja, kuchaytirma va ozaytirma shakllari. Sifatning maʼnoviy 
guruhlari va sifatlar yasalishining umumiy qoliplari. Sifatning sintaktik vazifalari. 
Son. Sanoq, tartib, chama, jamlovchi, kasr (ulush) sonlarining hosil qilinishi va 
maʼnolari. Numerativ (oʼlchov) soʼzlari, otlarni numerativ soʼz sifatida 
voqelantiruvchi qoliplar (sanoq son+hajm, makon, zamon, miqdor v.h. otlari + 
sanalmish) (bir shahar odam). Sonlarning sintaktik vazifalari. Ravish. Maʼnoviy va 
grammatik (oʼzgarmaslik) belgisi. Ravishlarning maʼnoviy turlari va ularning soʼz 
yasash qoliplari. Ravishlarning sintaktik vazifalari. Taqlid soʼzlar. Olmosh. 
Olmoshlarning morfologik xususiyatlari. Olmoshlarning maʼnoviy va vazifaviy 
guruhlari, yasalish xususiyatlari. Olmoshlarning matn hosil qilishdagi oʼziga xos 


oʼrni. Soʼzlarning sintaktik shakllari Soʼzlarning sintaktik (aloqa - munosabat) 
shakllarining shaklan, morfologik va vazifa jihatdan sintaktik tabiati. Sintaktik 
shakllarning tarkibi va ichki boʼlinishi: a) soʼzlarni bogʼlashga xizmat qiluvchi 
kategoriyalar (kelishik, egalik); b) soʼzlarga alohida sintaktik vazifa belgilovchi 
kategoriya (kesimlik kategoriyasi). Sintaktik shakllarga munosabat jihatidan 
soʼzlarni oʼzgaradigan (sifatdosh, harakat nomi, feʼlning kesimlik shakli, ot, sifat, 
son, taqlid, olmosh) va oʼzgarmas (ravish, ravishdosh, yordamchi soʼzlar, soʼz-
gaplar) kabi guruhlarga ajratish. Egalik kategoriyasi. Egalik shakllarining yasalish, 
maʼnoviy va sintaktik vazifasi, soʼz birikmasi hosil qilishda ahamiyati. Egalik 
qoʼshimchalarining soʼzlarning turli maʼnoviy guruhlarida turli xildagi maʼno va 
vazifalari. Egalik qoʼshimchalarining soddalanishi. Kelishik kategoriyasi. Kelishik 
qoʼshimchalarining soddalanishi. Mayl shakllari. Buyruq mayli shakllarining feʼl-
kesim va ot (ism)-kesimlarda yasalishi (tuslanishi) va maʼnolari. Buyruq mayli 
UGMsi va uning nutqiy voqealanishi. Buyruq mayli shakllarida zamon va 
modallik maʼnolarining inʼikosi. Zamon shakllari va harakat tarzi shakllari 
orasidagi munosabatlar. Yordamchi soʼzlar, ularning leksik va grammatik 
tizimlardagi oʼrni, affiksal morfemalarga munosabati. Yordamchi soʼzlarning 
tarkibi, maʼnoviy va vazifaviy xususiyatlari. Yordamchi soʼzlarning shakliy 
xususiyatlariga koʼra turlari. Koʼmakchilarning maʼnosi va vazifasi. 
Koʼmakchilarning turlari: qoʼshimchasimon koʼmakchilar, sof koʼmakchilar, yarim 
koʼmakchilar. Koʼmakchilar va kelishik qoʼshimchalar orasida munosabat. 
Koʼmakchi – bogʼlovchilar, koʼmakchi – yuklamalar. Koʼmakchilar sirasining 
boyib borishi. Bogʼlovchilarning maʼnosi va vazifasi. Bogʼlovchilar shakliy va 
vazifaviy turlari. Qoʼshimchasimon, sof va yarim bogʼlovchilar. Yakka va juft, 
teng va tobe bogʼlovchilar. Bogʼlovchi-koʼmakchi va bogʼlovchi – yuklamalar. 
Bogʼlovchilar sirasining boyib borishi. Yuklamalarning maʼnosi va vazifasi, 
ularning shakliy va vazifaviy turlari. Qoʼshimchasimon yuklamalar, sof 
yuklamalar, yarim yuklamalar. Yuklamalar va modal soʼzlar orasidagi munosabat. 
Soʼz-gaplar toʼplamini ajratish tamoyillari. Soʼz-gaplarning manoviy guruhlari, bu 
guruhlar oʼrtasida oʼzaro munosabat. Soʼz-gaplar va ularning tasnifi. Modallar, 
undovlar, tasdiq/inkor va taklif/ ishora soʼzlari, ularning maʼno va vazifasiga koʼra 
turlari, tavsifi, boshqa soʼz turkumlari bilan aloqalari. Sintaksis Sintaksis va uning 
tadqiq manbai. Sintaksisning morfologiya va leksika bilan aloqalari. Lisoniy 
sintaktik qolip (LSĶ) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida. Sintaktik UGMlar 
va ularning nutqda voqelanishi. Valentlik. Leksema va grammatik shakl valentligi 
soʼzlarning nutqda oʼzaro aloqalarga kirish omili sifatida. Lisoniy sintaktik qolip 
(LSĶ), uni ajratish yoʼllari. LSĶning UGMsi, shakliy va mazmuniy tomonlari. 
Soʼzlarning soʼz birikmalarida (SB) bogʼlanish (moslashuv, boshqaruv, bitishuv) 
usullari. SBning nominativ tabiati. Hokim soʼz va tobe soʼz. Soʼz 
kengaytiruvchilari tushunchasi. SBda aloqalarning ikki tamonlamaligi. Hokimlik 
belgilari. Tobelik belgilari. SBlarda maʼnoviy (M), shakliy (Sh) va joylashuv (J) 
omillarining oʼzaro hamkorligi va munosibligi, SBlarining mantiqiy-riyoziy turlari 
jadvali. SB LSĶ larida variantlik, UGM va XGM masalalari. SB LSĶlarining 
asosiy koʼrinishlari va ularning nutqiy voqelanishi. LSĶlarni oʼqish va yozish 
qoidalari. Turgʼun SB va frazemalarning sintaktik boʼlinishi masalasi. Gap 


kommunikativ nutqiy birlik sifatida. Nutqiy gapning belgilari. Sodda gapda shakl 
va mazmun munosabati. Shakl va mazmun oʼrtasida munosabatlik va 
nomunosabatlik. Gapning minimal LSĶi, uning leksik- morfologik aniqlanishi. 
Kesim– gap markazi va uning uyushtiruvchisi. Kesimning mustaqil va nomustaqil 
shakllari, ularning sintaktik vazifalari, grammatik ifodalanish usullari. Ot (ism)-
kesim, uning nutqiy ifodalanishi. Bogʼlama, uning koʼrinishlari. Ot (ism) – 
kesimning soʼz, soʼz birikmasi, frazema, kengaygan birikma bilan ifodalanishi. 
Feʼl – kesim va uning xususiyatlari. Ega, uning gap qurilishidagi oʼrni, egalik va 
egasiz gaplar. Eganing ifodalanishi. Hollar, ularning gap qurilishida oʼrni, 
maʼnoviy turlari, ifodalanishi. Toʼldiruvchilar, ularning gap qurilishi soʼz 
kengaytiruvchisi sifatida oʼrni, ifodalanishi. Toʼldiruvchilar turlari. Аniqlovchilar, 
ularning gap qurilishda soʼz kengaytiruvchisi sifatida oʼrni va ifodalanishi. 
Аniqlovchilarning turlari. Nutqiy gap tarkibida soʼz kengaytiruvchilari va gap 
kengaytiruv-chilarning munosabati. Gapda ajratilgan izoh boʼlaklar. Kirish va 
kiritmalarning gapning lisoniy va nutqiy koʼrinishlaridagi oʼrni. Gap boʼlaklarining 
uyushish hodisasi. Ega, hol, toʼldiruvchi, aniqlovchi, izohlovchi undalma, 
ajratilgan boʼlaklar, kiritmalarning uyushish qonuni-yatlari va hodisalari. 
Kesimning uyushishi masalasi. Gapning ifoda maqsadiga koʼra turlari. Darak, 
soʼroq, buyruq gaplar. Gapda soʼzlar tartibi. Gapning aktual boʼlinishi. Nutqiy 
gaplarning emotsionallikka koʼra turlari. His-hayajon gaplar. Oʼzbek 
tilshunosligida sodda gap qurilishi tadqiqi muammolari. Ķoʼshma gaplarning 
ajratilish tamoyillari. Sodda gaplarga munosabati. Qoʼshma gapning serqirraligi va 
turli jihatlardan tasnifi masalalari. Qoʼshma gaplarning qurilish qoliplariga koʼra, 
bogʼlovchi vositalariga koʼra, nutqiy qoʼshma gap tarkibidagi sodda gaplarning 
tarkibi, qurilishi, ifoda maqsadiga koʼra, nutqiy qoʼshma gap tarkibidagi sodda 
gaplarning oʼzaro semantik-funktsional munosabatlariga koʼra xilma-xil tasniflari. 
Bu tasniflarning maqsadlari va natijalari. Ķoʼshma gaplarning semantik-
funktsional tasnifi. Qoʼshma va tarkibi qismlari orasida nutqiy voqelanishda 
maʼnoviy-sintaktik munosabatlar. Hokim va tobe gap. Tobe gaplarning hokim gap 
boʼlaklariga munosabati. Kesim tobe gapli qoʼshma gaplar. Ega tobe gapli 
qoʼshma gaplar. Hol tobe gapli qoʼshma gaplar. Toʼldiruvchi tobe gapli qoʼshma 
gaplar. Аniqlovchi tobe gapli qoʼshma gaplar. Koʼchirma gapli qurilmalarning gap 
lisoniy tizimida oʼrni. Koʼchirma gapli qurilmalarda tinish belgilari. Oʼzbek 
tilshunosligida nutq sintaksisining tadqiqi muammolari. 
Til tarixi. Til tarixi kursi turli davrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni ilmiy-
nazariy jihatdan tushuntirishda qadimgi turkiy til(VII-X), eski turkiy til(XI-XIV) 
va eski oʼzbek adabiy tilining(XV-XIX) taraqqiyot bosqichlarida sodir boʼlgan 
fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik, sintaktik hodisalarni 
diqqat markazida tutadi. 
Qadimgi turkiy til, eski turkiy til davrida yaratilgan yodgorliklar, xususan, 
XI-XIV asrlar Oʼrta Osiyo va Oltin Oʼrda adabiy muhiti yodgorliklarining eski 
oʼzbek adabiy tiliga munosabati masalalari qiyosiy aspektda izohlanadi, 
tushuntiriladi. Qadimgi turkiy tilning davrlari; eramizgacha, eramizning I-V va VI-
X asrlardagi ijtimoiy-madaniy hayot. Bu davr haqidagi qarashlar. Oltoy tillari 
oilasi haqida tushuncha. Turk va moʼgʼul tillarining alohida ajralib chiqishi. Turkiy 


tillar tarixida xun davri. Qadimgi turk davrining vujudga kelishi. Qadimgi turkiy-
run bitiklari va uygʼur yozuvi yodnomalari. Bu yodgorliklarning turkiy xalqlarga 
xos ekanligi. Tosh bitiklarning topilishi. Run yozuvi yodgorliklari yuzasidan 
dastlabki tadqiqotlar va u bilan bogʼliq ilmiy-tarixiy maʼlumotlar. Oʼrxun-Enasoy 
bitiklarining kashf etilishi, maxsus tadqiq qilinishi.Talas bitiklarining topilishi va 
oʼrganilishi. Tosh bitiklarning Oʼrxun-Enasoy, dulbarjin kabi nomlar bilan atalish 
sabablari. Oʼrxun-Enasoy yozuvi haqida tarixiy maʼlumotlar. Oʼrxun-Enasoy 
yozuvi alifbosi, uning yozilish qoidasi. Uygʼur yozuvi tarixi haqida nazariy 
maʼlumot. Bu yozuv bitiklari muayyan qismining qadimgi turkiy til davriga oid 
emasligi. Uygʼur yozuvi yodgorliklarining X asrdan keyin ham mavjudligi, yaʼni 
ularning XVII asrga qadar qoʼllanishda qolganligi, uygʼur yozuvi haqidagi ilmiy-
tarixiy maʼlumotlar; uygʼur yozuvining “turk yozuvi” deb nomlanish sabablari; 
uygʼur yozuvi yodgorliklari; uygʼur yozuvi alifbosi; shakllari, yozilish tartibi. 
Oʼzbek tilining XII asrdan keyingi taraqqiyoti. qarluq-xorazm adabiy tili, uning 
yozma yodgorliklari. Oltin Oʼrda adabiy muhiti va uning obidalari. Chigʼatoy ulusi 
adabiy tili manbalari va ularning til xususiyatlari. Oʼzbek tilining XIV asr oxiri–
XVII asrgacha boʼlgan taraqqiyoti. Eski oʼzbek adabiy tilining shakillanishi va 
qaror topishida Navoiygacha ijod qilgan turkiygoʼy shoirlar asarlarining til 
xususiyatlari. Аlisher Navoiy oʼzbek adabiy tilinig asoschisi. Аlisher Navoiyning 
ona tili rivojiga qoʼshgan buyuk xizmatlari. Shoir asarlari tilida leksik va 
grammatik meʼyorlarning belgilanishi. Navoiy asarlarida turkiy til va boshqa tillar 
boyligidan foydalanishning uslubiy xususiyatlari. Navoiy nazmiy, nasriy va 
maktubotlarining tili va uslubi. “Muhokamatul-lugʼatayn” va uning oʼzbek tili 
taraqqiyotida tutgan oʼrni. Oʼzbek adabiy tili taraqqiyotini oʼrganishda Bobur 
asarlarining ahamiyati. Tarixiy dostonchilikda til va uslub masalasi.
Tilshunoslik nazariyasi. Tilning jamiyatdagi oʼrni, til va jamiyat 
oʼrtasidagi munosabat, tilning jamiyatdagi koʼrinishlari: meʼyorlashtirilgan va 
mahalliy tillar, kreol va pijin tillari. Til va tafakkur munosabati, til birliklarining 
tafakkur birliklari bilan oʼzaro munosabati. Tilshunoslik fani boʼlimlari, til sathlari 
oʼrtasidagi uzviy aloqadorlik. Til birliklarining mazmun mohiyati. Tilshunoslikka 
oid 
tushunchalarni 
ifodalovchi 
faol 
terminlarning 
mazmun 
mohiyati. 
Tilshunoslikning qadimgi asrlarda shakllanishi. Oʼrta asrlarda Yevropa va Sharq 
tilshunosligining yuzaga chiqishi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi 
va rivojlanishi. Umumiy tilshunoslik faniga asos solinishi. “Yosh 
grammatikachilar» maktabining lingvistik qarashlari. F.deSossyur taʼlimoti va 
strukturalizm. Praga lingvistik maktabi dunyoqarashi. Neolingvistikaning 
shakllanishi. Glossematika maktabi taʼlimoti. Deskriptiv lingvistikaning 
shakllanishi. Jahon tilshunosligi tarixi va oʼzbek tilshunosligi. Oʼzbekistonda til 
ilmi tarixining asosiy boqichlari. qadimgi asrlarda tilshunoslik. qadimgi hind, grek, 
lotin va xitoy tilshunosligi. Panini tadqiqotlari. Аleksandriya grammatika maktabi 
(Dionisiy). Qadimgi Rim tilshunosligi (Varron). Qadimgi Xitoy lugʼatlari 
(Fanʼyan). Qadimgi tilshunoslik va bugungi kun muammolari. Oʼrta asrlarda 
tilshunoslik. Аrab tilshunosligi tarixidan. Mahmud Koshgʼariy va uning lisoniy 
qarashlari. Oʼrta asr tilshunoslarining nazariy qarashlari. Oʼrta asr tilshunosligi va 
bugungi kun muammolari. Аlisher Navoiyning chogʼishtirma tilshunoslikka asos 


solishi. Tilshunoslik maktablari. Tilshunoslik maktablari taʼlimotlarining asosiy 
mohiyati. Umumiy (universal) grammatika maktabi. Praga lingvistik maktabi 
(funktsionalizm). Kopengagen maktabi: L. Yelьmslev, X. Ulьdall. Meʼyorning 
inkor etilishi, uzus va nutq faoliyati (akti)ning absolyutlashtirilishi. Neolingvistika. 
Bonfante, Bartoli, Pizani. Til va jamiyat.Tilning ijtimoiy tabiati. Muloqot ehtiyoji 
va til. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bogʼliqligi. Yozuv va 
savodxonlik muammolari. Meʼyor masalasi. Tilning ijtimoiy differentsiatsiyasi. 
Ogʼzaki va yozma nutq. Аdabiy til. Jamiyatning tilga va tilning jamiyatga taʼsiri. 
Sotsiolingvistikaning bugungi masalalari.Sotsiolingvistika. Meʼyorlashtirilgan 
tillar. Adabiy til va shevalar. Til va ong. Til va tafakkur.Til fikr ifodasi va fikr 
manbai sifatida. Fikrning shakllanishida tilning roli. Til birliklari va mantiqiy 
tushunchalarning oʼzaro munosabati. Til va tafakkur bogʼliqligi.
Tafakkur va terminologiya. Terminologiya tushunchaviy yukka ega ifoda. 
Lisoniy did. Psixolingvistika. Reklama tili. Til va mafkura. Til siyosati. Tilning 
semiotik tabiati. Semiotika nima? Ijtimoiy informatsiyaning moddiy tashuvchilari 
haqida maʼlumot. Tilga belgi sifatida yondashuvning F. de Sossyur taʼlimotida 
shakllanishi. Lisoniy belgi tushuncha va moddiy talaffuz birligi sifatida.Til 
sathlari. Tilning fonetik-fonologik sathi. Lugʼat sathi. Grammatik sath. Til 
birliklarning alohida tizim sifatida oʼzaro mutanosibligi. Til birliklari va nutq 
birliklari. Til umumiy, nutq xususiy hodisa sifatida. Nutqiy imkoniyatlar. Nutq 
faoliyati, ogʼzaki va yozma nutq. Psixologik tilshunoslik nutq faoliyati va soʼzlash 
jarayonini oʼrganuvchi soha sifatida. Til-tafakkur-nutq munosabati. Grammatika. 
Grammatika kategoriyalar. Grammatikaga oid zamonaviy taʼlimotlar. Semantika. 
Semantik kategoriyalar. Tillarning tipologik tasnifi. Til tiplari haqida maʼlumot. 
Til tiplarining asosiy belgilari. Morfologik shakllarining xilma-xilligi. Tillarning 
morfologik tipologiyasi. Morfologik tasnif. Izolyativ (ajratuvchi) tillar. 
Inkorporativ (polisintetik) tillar. Geneologik tasnif. Agglyutinativ tillar. Flektiv 
tillar. Qardosh va qardosh boʼlmagan tillar oʼrtasidagi munosabat. 
Oʼzbek dialektologiyasi.Dialekt va adabiy til. Umumxalq tili, adabiy til va 
mahalliy dialektlar. Dialektlar, ularning paydo boʼlishi, dialektlarni qabila tarixiga 
bogʼlab oʼrganish. Oʼzbek adabiy tilining dialektal asosi. Аdabiy tilning jonli xalq 
tili hisobiga boyishi. Аdabiy tilning shevalarga munosabati va ularning taʼsiri. 
Dialektologiya fanining xalq tarixi, til tarixi, xalq ogʼzaki ijodiyoti, joy nomlari, 
antroponimlar, etnografiya va nomshunoslik masalalarini oʼrganish;matbuotdagi 
har xil yozishlarning oldini olishda; orfografiya, orfoepiya, atamashunoslik 
masalalarini hal qilish; maktablarda ona tili oʼqitishda va oʼqituvchilar nutqida 
uchraydigan sheva xususiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyati. «Davlat tili 
haqida» va «Taʼlim toʼgʼrisidagi» qonunlarning ijrosida dialektologiya fanining 
oʼrni. Transkriptsiya. Transkriptsiya turlari. Xalqaro fonetik alfavit (MFА). Turkiy 
tillar va lahjalarni oʼrganishda rus turkologlari tomonidan qoʼllanilgan 
transkriptsion 
belgilar. 
Oʼzbek 
shevalarini 
oʼrganishda 
qoʼllanilgan 
transkriptsiyalar. Lotin alifbosiga asoslangan yangi oʼzbek yozuvidagi 
transkriptsiyaga xos xususiyatlar. Oʼzbek shevalarin tasniflash. Oʼzbek shevalarini 
tasniflashda yetakchi tamoyillar: hududiy, etnik, etnogenetik, lisoniy, lisoniy-
hududiy (lingvoareal). Oʼzbek shevalari tasnifi (I. I. Zarubin, Ye. D. Polivanov, 


Gʼozi Olim Yunusov, K. K. Yudaxin, А. K. Borovkov, V. V. Reshetov tasniflari). 
Ularning yutuq va kamchiliklari. Shevalar fonetikasi. Oʼzbek shevalarining fonetik 
tomondan farqlanadigan belgilari: ye-lanish, je-lanish, o-lanish va a-lashish. Unli 
fonemalar. Singarmonizm, uning oʼzbek shevalarida uchrashi. Shevalarda undosh 
fonemalar va fonetik hodisalar talqini. Shevalar leksikasi va leksikografiyasi. 
Oʼzbek shevalarining adabiy tildan farqqiladigan baʼzi xarakterli lugʼaviy 
xususiyatlari. Shevalarda ayrim soʼz, soʼz shakllari va atamalarni adabiy tilga olib 
kirish masalasi. Shevalarda antonim, omonim, sinonim, koʼp maʼnoli, eskirgan, 
tarixiy soʼzlar va neologizmlarning oʼziga xosligi. Dialektal frazeologiya hamda 
uning shevalararo qoʼllanishi. Shevalarda onomastik birliklar. Oʼzbek 
shevashunosligida leksikografiya va uning muammolari. Shevalar morfologiyasi. 
Shevalarda ot va unga xos xususiyatlar. Shevalarda sifat hamda uning 
xususiyatlari. Oʼzbek shevalarida son va uning turlari. Oʼzbek shevalarida 
numerativlar. Shevalarda feʼl hamda uning xususiyatlari. Shevalarda ravish va 
uning turlari. Shevalarda koʼmakchi, bogʼlovchi, yuklamalar. Modal soʼzlar, undov 
hamda taqlid soʼzlarning shevalardagi koʼrinishlari. Shevalar sintaksisi. Sintaksis 
va shevalar sintaksisi. Dialektal soʼz birikmasi. Dialektal sodda gaplar. Gap 
boʼlaklari va ularning dialektal xususiyatlari. Shevalarda qoʼshma gap, oʼzga gap 
va dialog.
Lingvistik geografiya. Oʼzbek dialektologik atlasini tuzish va uning xususiyatlari. 
Oʼzbek shevalari tizimining ikki xil tashkili: Struktur hamda zonal. Oʼzbek tilining 
qarluq, qipchoq va oʼgʼuz lahjalari: tarqalishi, fonetik, grammatik, leksik 
xususiyatlari hamda adabiy tilga munosabati. Oʼzbek shevalarining atlaslarini 
tuzishtamoyillari. Xorijdagi oʼzbeklar nutqi: qoʼshni mamlakatlardagi va juda 
uzoqlikda joylashgan mamlakatlardagi oʼzbeklar nutqi. Lingvistik geografiya va 
geografik lingvistika. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет