40
o’sgan. Bu esa, Agrobank kredit portfelining diversifikatsiya darajasi talabga javob
bermasligidan dalolat beradi. Buning sababi shundaki,
xalqaro bank amaliyotida
qabul qilingan me’yoriy talabiga ko‘ra, tijorat bankining kredit portfelida bitta
tarmoq korxonalariga berilgan kreditlarning salmog‘i 25 foizdan oshib ketmasligi
kerak.
Shuningdek, jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Agrobank tomonidan
moddiy-texnika ta’minotiga berilgan kreditlar ham sezilarli darajada yuqori
salmoqni egallagan va 9 foizni tashkil qilgan. Garchi moddiy-texnika ta’minoti
alohida tarmoq hisoblansa-da, lekin u bevosita agrar sohada faoliyat ko‘rsatuvchi
sub’yektlarning moddiy texnika ta’minoti bilan bog‘liq. Shu sababli, agrar
sohadagi sub’yektlarning moliyaviy ahvolini yomonlashishi bevosita moddiy-
texnika ta’minoti korxonalarining moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi.
Ma’lumki, agrar sohada ishlab chiqarish mavsumiy tusda bo‘lib, ob-havoni
yomon kelishi oqibatida chamalangan hosil olinmasligi mumkin. Natijada qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning pul oqimi keskin kamayadi
va uning oqibatida mazkur korxonalar tomonidan
olingan bank kreditlarining
muddatida qaytmasligi yuz beradi.
Достарыңызбен бөлісу: