38
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, ATB Agrobankning aktivlari 2015-yil 1-
yanvar holatiga ko’ra 2898,99 mlrd so’mni tashkil etgan holda, bu ko’rsatkichda
bank tomonidan berilgan kreditlarning ulushi 1911,1 mlrd so’mni, ya’ni 65,9
foizni tashkil etgan. Albatta, jadval ma’lumotlaridan kelib chiqib aytadigan
bo’lsak, bank aktivlari va undagi berilgan kreditlarning miqdori o’sish
tendensiyasiga ega. Bank tomonidan berilgan kreditlarning bank jami aktivlaridagi
ulushining 65,9 foizni tashkil etishi bankda kredit riskini samarali boshqarish
bo’yicha tegishli chora tadbirlarni ishlab chiqishni va u bilan bog’liq muammolarni
oldini olishni taqozo etadi.
Bank tomonidan mamlakat
iqtisodiyotiga ajratilgan kredit qo‘yilmalarining
ortishi qisqa muddatli yoki
uzoq muddali kreditlar o‘sishi evaziga o‘zgarishini
tahlil
etish muhim ahamiyat
kasb etadi. Shu sababli, bank tomonidan berilgan
qisqa va uzoq
muddatli kreditlarning mavjud holatini tahlil qilish muhim
ahamiyatga
egadir.
Достарыңызбен бөлісу: