Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Ca va Mg miqdorini tegishli karbonatlar foiziga hisoblash



бет43/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Ca va Mg miqdorini tegishli karbonatlar foiziga hisoblash
CaCO3 ning gramm-molekulasi Ca ning gramm-ionidan 2,5 baravar og‘ir, MgCO3 ning gramm-molekulasi esa Mg ning gramm-ionidan 3,5 marta og‘ir bo‘lgani sababli biz hisoblashning quyidagi sxemasidan foydalanamiz:
1,4 CaO 1,66 MgO
Ca'' Mg''
2,5 CaCO3 3,5 MgCO3
Agar tuproq suvda oson eriydigan tuzlarga boy bo‘lsa, u holda magniy karbonatning foiz miqdoridan magniyning suvda oson eriydigan tuzlarining foiz miqdorini ayirish lozim.
Tuproqlar ham boshqa jismlar kabi qator tashqi alomatlar (belgilar) majmuiga, muayyan morfologiyaga egadir. V.V.Dokuchayev tomonidan genetik tuproqshunoslikning yaratilganidan keyingina tuproqlarning morfologik xossalarini mukammal o‘rganish tuproq tadqiqotlarida munosib o‘rinni egalladi va uning zarur tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Tuproqning morfologik belgilari uning paydo bo‘lish jarayonlarining natijasida shakllanadi va tabiiyki uning kimiyoviy hamda fizik xossalarini aks ettiradi. Bular tuproqlarni tadqiq qilishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqlar morfologiyasi haqidagi ta’limot genetik tuproqshunoslikdagi muvaffaqiyatlardan biri hisoblanadi.
N.M.Sibirsev morfologik (tashqi) belgilariga qarab tuproqni biz minerallar, o‘simliklar yoki hayvonlarni aniqlagan singari aniqlashimiz mumkin, deb hisoblagan. Shu sababli dala hamda laboratoriya sharoitida tuproqni to‘g‘ri ta’riflash uchun uning barcha alomatlarini to‘g‘ri belgilash juda muhimdir. Tuproqlarning asosiy morfologik belgilariga quyidagilar: 1) tuproq profili (vertikal kesmasi); 2) tuproqning rangi va tusi; 3) tuproqning namligi; 4) tuproqning strukturasi; 5) tuproqning qovushmasi; 6) tuproqdagi qo‘shilmalar; 7) yangi yaralma; 8) ko‘rsichqon uyalari (krotovini) va koprolitlar (chuvalchang organizmi orqali tuproqqa o‘tgan mayda donador chiqindi); 9) tuproqning mexanik tarkibi; 10) organik qoldiqlar; 11) bir qatlamdan boshqasiga o‘tish xarakteri va boshqalar kiradi. Tuproqlarni dalada o‘rganish tuproq chuqurlari (razrez) dagi alohida qatlamlarining morfologik belgilarini ta’riflashga asoslangan.
Laboratoriya- amaliy mashg‘ulotlarda tuproq tiplarini ta’riflash va o‘rganishda daladan olingan yaxlit namunalar (monolitlar) tuproqlarning alohida genetik qatlamlaridan tayyorlangan va qutichalarga solingan namunalardan iborat o‘quv materiallaridan foydalaniladi.




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет