Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


kompleksometrik usul bilan aniqlash



бет42/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Laboratoriya mashg\'

kompleksometrik usul bilan aniqlash
1. Sig‘imi 250 ml bo‘lgan konussimon kolbaga 20 ml so‘rim solinib, taxminan 100 ml distillangan suv, 10 ml xlorid-ammiak buferi quyiladi va eritmaning qizg‘ish-binafsha tusga kiritish imkonini beradigan miqdorda qora xromogen kukuni solinadi.
2. Eritmaning binafsha rangdan ko‘kimtir – zangori tusga o‘tguncha trilon–B ning 0,01 n, 0,05 n yoki 0,1 n eritmasi (karbonatlarning kutilayotgan miqdoriga bog‘liq) bilan sekin-asta titrlanadi. Eritma binafsha–ko‘k rangga o‘tgan paytda titrlashni ayniqsa ehtiyotlik bilan sekin olib borish zarur.
3. Titrlashning normalligi va titrlashga sarflangan trilon–B ning miqdori ml hisobida yozib qo‘yiladi.
Kalsiy ionini aniqlash
1. Kalsiyni aniqlash uchun Ca'' va Mg'' ning umumiy miqdori aniqlangan miqdoridagi (20 ml) so‘rim olinib, 250 ml sig‘imli konussimon kolbaga solinadi va 100 ml hajmidagi distillangan suv bilan suyultiriladi. Uning ustiga KOH yoki NaOH ning 10% li eritmasidan 5 ml quyiladi hamda eritmani yorqin qizg‘ish rangga kiritish uchun yetarli bo‘lgan miqlorda mureksidning osh tuzi bilan aralashtirilgan kukuni qo‘shiladi.
2. Kolbadagi eritma darhol trilon–B eritmasi bilan titrlanadi, shunda eritmaning normalligi Ca'' va Mg'' ning yig‘indisini aniqlash uchun titrlashga olingan eritmanikidek bo‘lishi kerak; titrlash asta-sekin, yaxshi aralashtirilgan holda, eritma binafsha rangga o‘tgunga qadar dovom ettirilishi kerak.
3. Kalsiyni titrlash uchun sarflangan trilon–B ning normalligi va miqdori ml hisobida yozib qo‘yiladi.
Kalsiy va magniyning foiz miqdorini hisoblash
Tahlilimiz maqsadi tuproqdagi karbonatlarning foiz miqdorini aniqlashdan iborat bo‘lgani uchun hisoblashda quyidagi formulalardan foydalanamiz;


Bunda A-Ca va Mg ning umumiy miqdorini titrlashga sarflangan trilon-B ning miqdori, ml; B-Ca ni titrlashga ketgan trilon-B ning miqdori, ml; n- trilon-B eritmasining normalligi; Ca mg-ekv-0,02000; Mg mg-ekv-0,01216; 100-100 g tuproqqa hisoblash koeffisiyenti; P-tahlilga olingan tuproq namunasining massasi; B- so‘rimning umumiy hajmi, C-titrlash uchun olingan so‘rimning hajmi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет