Natijani hisoblash: Quruq modda va gigroskopik namlikning miqdorini aniqlashda quyidagi hisoblashlar o’tkaziladi.
a- byuks massasi; g
b - byuks va namuna massasi; g
s - byuks va namunaning quritishdan so’ng massasi; g
d = s-a absolyut quruq modda massasi; g
y = b-s gigroskopik namlik
v =b-a namuna massasi; g
Gigroskopik namlik 100 gr absolyut quruq moddaga nisbatan hisoblanadi va quydagi formula bilan aniqlanadi.
Quruq modda miqdori ham 100 gr namunaga nisbatan hisoblanadi.
2. Quritilgan va yangi uzilgan o’simlik namunalaridan quruq modda
va namlikni aniklash
O’simlik namunalari 105°C quritilganda undagi bug’lanmagan va gigroskopik namlik ajralib chiqishi hamda massalar orasidagi farqni o’lchash ushbu usulning asosini tashkil etadi.
Ishni bajarish tartibi. Shisha byuksga tozalab yuvilib quritilgan qumdan 5-10 g o’lchab olinadi va ichiga shisha tayoqcha solinib, quritish shkafida 100-105°C haroratda 40 minut davomida quritiladi. Sovutilib 0,0001 g aniqlikda analitik tarozida massasi aniqlanadi.
Ayni paytda tekshirilishi lozim bo’lgan o’simlik namunalari (meva, sabzavot, karam, kartoshka tuganagi va h) gomogenizatorda yoki qirg’ichda maydalanadi. Bir xil holga keltirilgan o’simlik namunasidan 5-7 g namuna byuksga solinadi.
Quritish 105°C haroratda 6 soat davom ettiriladi. Byuksdagi namuna shisha tayyoqcha bilan vaqti-vaqtida aralashtirilib turiladi. Sovutilgach massasi aniqlanadi. Quritish namuna massalari orasidagi farq 0,0002 g bo’lguncha yana 1-2 soat davom ettiriladi.
Natija quydagicha amalga oshiriladi:
a - byuks, qum va shisha tayoqcha massasi; g
b - byuks va namunani quritishdan ilgari massasi; g
s - byuks va namunani quritishdan so’ng massasi; g
d - absolyut quruq modda massasi; g
d=s-a
y - namuna massasi
y=b-a
Namunadagi quruq moddaning % miqdori quyidagi formula bilan topiladi.
Namlik quyidagicha hisoblanadi:
u=100 - x
bu yerda:
x - quruq modda % miqdori;
Достарыңызбен бөлісу: |